O‘zbekistonda 20-iyundan OTMlarga onlayn qabul boshlanadi
O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialida o‘quv jarayoni boshlanadi.
2021-2022 o‘quv yilida qaysi OTM filiallari va qanday yangi yo‘nalishlar ochiladi?
2021-2022 o‘quv yilidan O‘zbekistondagi oltita oliy ta’lim muassasasida beshta yangi ta’lim yo‘nalishi ochiladi. Shuningdek, qator OTMlar filiallari va yangi institutlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilida:
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi;
- Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali tashkil etiladi;
- Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi;
- O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialida o‘quv jarayoni boshlanadi;
- “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizmi”, “transport logistikasi” va “ijodiy sanoat” (creative industry) magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
- Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti o‘z faoliyatini boshlaydi;
- Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida madaniy meros ob’ektlarini asrash fakultetlari ochiladi.
O‘zbekistonda 20-iyundan OTMlarga onlayn qabul boshlanadi
O‘zbekistonda 20-iyun kuni 2021/2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi. Bu haqda Davlat test markazi xabar qildi.
Bunda abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin.
Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2021/2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining “my.dtm.uz” sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (“my.gov.uz”) orqali onlayn amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20-iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.
Bundan avval O‘zbekistondagi maktablarda 1-sinfga qabul qachondan boshlanishi ma’lum qilingani, O‘zbekistonda bitiruvchilarning yakuniy imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshirilishi hamda O‘zbekistonda talabalar oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun ham akademik ta’til olishi mumkin bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Qabul 2021 Bu yil qanday yangi yo‘nalishlar ochiladi? Ro’yhat
❗️Bu yil qaysi OTM filiallari va qanday yangi yo‘nalishlar ochiladi?
Adliya vazirligi bu yil qaysi oliy ta’lim muassasalari filiallari va qanday yangi yo‘nalishlar ochilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilida:
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi.
Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali tashkil etiladi.
Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialida o‘quv jarayoni boshlanadi.
“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizmi”, “transport logistikasi” va “ijodiy sanoat” (creative industry) magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti o‘z faoliyatini boshlaydi.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida madaniy meros ob’ektlarini asrash fakultetlari ochiladi.
Oxshash xabarlar:
- Kirish imtihonlarida kimlar to’lovdan ozod qilinadi? — yangi…
- Yangi yil tabriklari rasmlarda 2021 yil
- Yoshlar ittifoqi yetakchilari uchun yo’nalishlar haqida…
- O’qishni ko’chirish super-kontrakt miqdorlari to’liq ro’yhat
- On layn qabul 2020-2021 yil
- Yangi yil tabriklari foto 2021
- Iftorlikda nega aynan xurmo bilan og‘iz ochiladi?
- Bog`chalar qachondan ochiladi?
- O’rta Osiyodagi eng katta tematik park qayerda ochiladi?
- Yangi yil archasini qanday bezatish kerak?
- Yangi yil boshqa davlatlarda qanday kutib olinishini…
- Yangi yil bayrami qanday bayram?
- 2020/2021 o‘quv yilida OTMga o‘qishga qabul
- 2020-2021-o‘quv yilida OTMlarga o‘qishga qabul qilish…
- 2-mutaxassislik uchun qabul qachondan boshlanadi? 2021-2022
Sayt Haqida
Assalomu alaykum, Savol-Javob.com saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.