Press "Enter" to skip to content

Polijinaks virgo haqida

Препарат қиз болалар ва ўсмир қизларда қўллаш учун махсус ишлаб чиқарилган. Реинфекция хавфи ва касалликларнинг айрим қўзғатувчиларини унга чидамлилигини шаклланишини олдини олиш мақсадида, препаратни қўллаш муддати чегараланган бўлиши керак. Буйрак етишмовчилиги ҳолларида маслаҳат олиш учун шифокорга мурожаат қилинг. Даволаш вақтида қин ичига тампонларни қўллашдан сақланиш керак. Ҳайз кўриш вақтида даволашни тўхтатмаслик керак.

Polijinaks virgo haqida

Саломатлигингиз ўз қўлингизда

Саломатлигингиз ўз қўлингизда

ҚЎЛЛАШ БЎЙИЧА ЙЎРИҚНОМА

ПОЛИЖИНАКС ® ВИРГО

POLYGYNAX VIRGO

Препаратнинг савдо номи: Полижинакс ® Вирго

Дори шакли: қин ичига юбориш учун эмулсия капсулаларда.

Таркиби:

1 капсула қуйидагиларни сақлайди:

неомицин сульфати 35000 ХБ,

полимиксин В сульфати 35000 ХБ,

нистатин 100000 ХБ;

ёрдамчи моддалар: гидрогенланган соя мойи, диметикон 1000, тефоз 63®: пальмитин кислотаси эфирлари ва стеарин кислотаси эфирлари;

капсула қобиғининг таркиби: желатин, глицерол, диметикон 1000, тозаланган сув.

Таърифи: оч-сариқдан оч-жигарранг ранглигача бўлган, овал шаклли ўткир учли юмшоқ капсулалар.

Капсула таркиби: оч-сариқдан оч-жигарранг ранглигача бўлган мойли эмульсия.

Фармакотерапевтик гуруҳи: мажмуавий антибиотик (антибиотиклар: аминогликозид+ полиен+циклик полипептид).

АТХ коди: G01AX

Фармакологик хусусиятлари

Граммусбат (Staphylococus aureus, коринебактериялар ва бошқалар) ва грамманфий микроорганизмларга (Enterococus faecium, Enterobacter aerogenes, Escherichia coli, Hemophilus influenzae, Proteus vulgaris, Klebsiella pneumoniae, Mycobacterium tuberculosis, Pseudomonas aeruginosa, Ureaplasma urealyticum) бактерицид таъсир кўрсатади.

Патоген замбуруғларга, айниқса ачитқисимон – Candida albicans, Cryptococcus, Hystoplasma тури замбуруғларига фунгицид таъсирга эга. Қин шиллиқ қаватининг трофик жараёнларини яхшилайди.

Қин шиллиқ қаватига текис тақсимланиб, маҳаллий бактерицид ва фунгицид таъсир кўрсатади. Қин шиллиқ қавати юзасидан деярли сўрилмайди.

Қўлланилиши

  • носпецифик, замбуруғли, аралаш вагинитлар, вульвовгинитлар ва цервиковагинитларда қўлланади.

Олдини олиш учун.

  • жинсий аъзолар соҳасидаги жарроҳлик аралашуви олдидан;
  • бачадон ички диагностика муолажаси олдидан қўлланади.

Қўллаш усули ва дозалари

Қин ичига юбориш учун буюрилади. Бир капсуладан кечки ҳожатдан кейин, уйқу олдидан буюрилади. Капсуланинг ўткир учи кесилади ва уни секин сиқиб капусуланинг ичидагисини қинга юборилади. Дори препарати қинга юборилганидан кейин, капсулани чиқиндиларга қўшиб ташлаб юборилади. Даволаш курси 6 кунни ташкил қилади. Олдини олиш мақсадида препарат 6 кун давомида қўлланилади. Препаратни қабул қилиш ўтказиб юборилганида, даволашни одатдаги дозада қайтадан бошлаш керак.

Ножўя таъсирлари

Препаратнинг компонентларига аллергик реакция. Узоқ вақт қўлланилганида, буйрак етишмовчилигида аминогликозидларнинг тизимли ножўя таъсирларни намоён бўлиши кучайиб боради.

Қўллаш мумкин бўлмаган ҳолатлар

Препаратнинг ҳар қандай компонентига аллергик реакцияда қўллаш мумкин эмас.

Дориларнинг ўзаро таъсири

Спермицидлар билан бирга қўллаш тавсия этилмайди, чунки препаратнинг фаоллиги пасайиши мумкин.

Махсус кўрсатмалар

Препарат қиз болалар ва ўсмир қизларда қўллаш учун махсус ишлаб чиқарилган. Реинфекция хавфи ва касалликларнинг айрим қўзғатувчиларини унга чидамлилигини шаклланишини олдини олиш мақсадида, препаратни қўллаш муддати чегараланган бўлиши керак. Буйрак етишмовчилиги ҳолларида маслаҳат олиш учун шифокорга мурожаат қилинг. Даволаш вақтида қин ичига тампонларни қўллашдан сақланиш керак. Ҳайз кўриш вақтида даволашни тўхтатмаслик керак.

Ҳомиладорлик ва лактация даврида қўлланиши

Ҳомиладорлик вақтида шифокор маслаҳатисиз қўллаш тавсия этилмайди. Агар даволаниш вақтида Сиз ҳомиладор эканлигингизни сезсангиз, шифокорга мурожаат қилинг, чунки фақат у даволашни давом эттириш кераклиги ҳақида қарор қабул қилиши мумкин. Эмизиш даврида препаратни қўллашдан сақланиш керак.

Препарат болалар ололмайдиган жойда сақлансин ва яроқлилик муддати ўтгач қўлланилмасин.

Дозани ошириб юборилиши

Тавсия этилган дозаларда қўлланганда, дозани ошириб юборишининг эҳтимоли кам.

Чиқарилиш шакли

Қин ичига юбориш учун эмульсия, капсулаларда. 3 капсула ПВХ/алюмин блистерда. 1 ёки 2 блистер қўллаш бўйича йўриқномаси билан бирга картон қутида.

Сақлаш шароити

15 о С дан 25 о С гача бўлган ҳароратда.

Яроқлилик муддати

Дорихоналардан бериш тартиби

262 просмотров всего, 2 просмотров сегодня

Polijinaks virgo haqida

Davolash uchun. nospetsifik, zamburug‘li, aralash vaginitlar, vulvovginitlar va tservikovaginitlarda qo‘llanadi. Oldini olish uchun. jinsiy a’zolar sohasidagi jarrohlik aralashuvi oldidan;bachadon ichki diagnostika muolajasi oldidan qo‘llanadi.

Qo’llash usuli va do’zalari

Qin ichiga yuborish uchun buyuriladi. Bir kapsuladan kechki hojatdan keyin, uyqu oldidan buyuriladi. Kapsulaning o‘tkir uchi kesiladi va uni sekin siqib kapusulaning ichidagisini qinga yuboriladi. Dori preparati qinga yuborilganidan keyin, kapsulani chiqindilarga qo‘shib tashlab yuboriladi. Davolash kursi 6 kunni tashkil qiladi. Oldini olish maqsadida preparat 6 kun davomida qo‘llaniladi. Preparatni qabul qilish o‘tkazib yuborilganida, davolashni odatdagi dozada qaytadan boshlash kerak.

Nojo’ya ta’sirlar

Preparatning komponentlariga allergik reaktsiya. Uzoq vaqt qo‘llanilganida, buyrak yetishmovchiligida aminoglikozidlarning tizimli nojo‘ya ta’sirlarni namoyon bo‘lishi kuchayib boradi.

POLIJINAKS VIRGO kapsulalar N6

Sizga eng yaqin dorixonalarda ushbu dori vositasining narxini bilish uchun bizning Telegram-botimizga o’tishingiz lozim.

O’xshash dorilar

KLINDOKS kapsula vaginalnaya N7 Applied Communication & Controls
GINOKAPS FORTE kapsulalar 100mg+500mg N15 УП МИНСКИНТЕРКАПС Belarusiya
GINOKAPS kapsulalar 100mg/100mg N10 УП МИНСКИНТЕРКАПС Belarusiya
FEMILEKS suppozitorii 0,1g N10 Нижфарм-Stada CIS Rossiya
YODOKSID suppozitorii N10 Нижфарм-Stada CIS Rossiya
LIVAROL 0,4 suppozitorii N5 Нижфарм-Stada CIS Rossiya
Mahsulot haqida tafsilotlar

Saytda e’lon qilingan ma’lumotlar mutaxassislar uchun mo’ljallangan. O’zingizni-o’zingiz davolash bilan shug’ullanmang. Sog’lig’ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!

POLIJINAKS VIRGO kapsulalar N6 qo’lanishi bo’yicha ko’rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

POLIJINAKS ® VIRGO

POLYGYNAX VIRGO

Preparatning savdo nomi: Polijinaks ® Virgo

Dori shakli: qin ichiga yuborish uchun emulsiya kapsulalarda.

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

neomisin sulfati 35000 XB,

polimiksin V sulfati 35000 XB,

nistatin 100000 XB;

yordamchi moddalar: gidrogenlangan soya moyi, dimetikon 1000, tefoz 63®: palmitin kislotasi efirlari va stearin kislotasi efirlari;

kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, gliserol, dimetikon 1000, tozalangan suv.

Ta‘rifi: och-sariqdan och-jigarrang rangligacha bo‘lgan, oval shaklli o‘tkir uchli yumshoq kapsulalar.

Kapsula tarkibi: och-sariqdan och-jigarrang rangligacha bo‘lgan moyli emulsiya.

Farmakoterapevtik guruhi: majmuaviy antibiotik (antibiotiklar: aminoglikozid+ polien+siklik polipeptid).

ATX kodi: G01AX

Farmakologik xususiyatlari

Grammusbat (Staphylococus aureus, korinebakteriyalar va boshqalar) va grammanfiy mikroorganizmlarga (Enterococus faecium, Enterobacter aerogenes, Escherichia coli, Hemophilus influenzae, Proteus vulgaris, Klebsiella pneumoniae, Mycobacterium tuberculosis, Pseudomonas aeruginosa, Ureaplasma urealyticum) bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi.

Patogen zamburug‘larga, ayniqsa achitqisimon – Candida albicans, Cryptococcus, Hystoplasma turi zamburug‘lariga fungisid ta‘sirga ega. Qin shilliq qavatining trofik jarayonlarini yaxshilaydi.

Qin shilliq qavatiga tekis taqsimlanib, mahalliy bakterisid va fungisid ta‘sir ko‘rsatadi. Qin shilliq qavati yuzasidan deyarli so‘rilmaydi.

Qo‘llanilishi

  • nospesifik, zamburug‘li, aralash vaginitlar, vulvovginitlar va servikovaginitlarda qo‘llanadi.

Oldini olish uchun.

  • jinsiy a‘zolar sohasidagi jarrohlik aralashuvi oldidan;
  • bachadon ichki diagnostika muolajasi oldidan qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Qin ichiga yuborish uchun buyuriladi. Bir kapsuladan kechki hojatdan keyin, uyqu oldidan buyuriladi. Kapsulaning o‘tkir uchi kesiladi va uni sekin siqib kapusulaning ichidagisini qinga yuboriladi. Dori preparati qinga yuborilganidan keyin, kapsulani chiqindilarga qo‘shib tashlab yuboriladi. Davolash kursi 6 kunni tashkil qiladi. Oldini olish maqsadida preparat 6 kun davomida qo‘llaniladi. Preparatni qabul qilish o‘tkazib yuborilganida, davolashni odatdagi dozada qaytadan boshlash kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiya. Uzoq vaqt qo‘llanilganida, buyrak yetishmovchiligida aminoglikozidlarning tizimli nojo‘ya ta‘sirlarni namoyon bo‘lishi kuchayib boradi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentiga allergik reaksiyada qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Spermisidlar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki preparatning faolligi pasayishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat qiz bolalar va o‘smir qizlarda qo‘llash uchun maxsus ishlab chiqarilgan. Reinfeksiya xavfi va kasalliklarning ayrim qo‘zg‘atuvchilarini unga chidamliligini shakllanishini oldini olish maqsadida, preparatni qo‘llash muddati chegaralangan bo‘lishi kerak. Buyrak yetishmovchiligi hollarida maslahat olish uchun shifokorga murojaat qiling. Davolash vaqtida qin ichiga tamponlarni qo‘llashdan saqlanish kerak. Hayz ko‘rish vaqtida davolashni to‘xtatmaslik kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik vaqtida shifokor maslahatisiz qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar davolanish vaqtida Siz homilador ekanligingizni sezsangiz, shifokorga murojaat qiling, chunki faqat u davolashni davom ettirish kerakligi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Emizish davrida preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganda, dozani oshirib yuborishining ehtimoli kam.

Chiqarilish shakli

Qin ichiga yuborish uchun emulsiya, kapsulalarda. 3 kapsula PVX/alyumin blisterda. 1 yoki 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

15 o S dan 25 o S gacha bo‘lgan haroratda.

Yaroqlilik muddati

Dorixonalardan berish tartibi

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.