Press "Enter" to skip to content

Baholar tarjimasi (transcript) qanday qilinadi

Agar siz “baho” tizimida o’qigan bo’lsangiz 4-ustundagi foizlar o’rniga (2-5) baholar yoziladi.

O’qishni ko’chirish (perevod) yangi tartibi haqida

2021 yil 15 iyuldan talabalar o‘qishini ko‘chirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

➖ o‘qishni xorijiy davlatlardagi (xalqaro 1 000 talik ro‘yxatga kirgan) oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekistondagi davlat OTMning mos va turdosh yo‘nalishlariga ko‘chirishda:
�� alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha test o‘tkaziladi;
�� test va kasbiy imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari joriy yil 25 iyulgacha, keyinchalik har yili 15 iyulgacha belgilanadi hamda OAVda e’lon qilinadi;
�� o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;
�� test va kasbiy imtihonlar natijalari DTM hamda OTMning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi;
�� o‘qishni xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekistondagi davlat OTMning mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

С 15 июля 2021 года вводится следующий порядок перевода обучающихся:

➖ При переводе образования из высших учебных заведений зарубежных стран (1000 зарегистрированных на международном уровне) на соответствующие и смежные направления государственного высшего образования в Узбекистане:
�� Профессиональные (творческие) экзамены по направлениям, требующим специальных навыков, тесты по другим направлениям;
�� Результаты тестов и профессиональных экзаменов устанавливаются до 25 июля текущего года, затем до 15 июля каждого года и публикуются в СМИ;
�� Студенты с баллом ниже проходного будут зачислены на стратифицированной платной основе;
�� Результаты тестов и профессиональных экзаменов будут опубликованы на официальных сайтах DTM и университета;
�� Не допускается перевод образования из зарубежных высших учебных заведений на соответствующие и несходные направления государственного высшего учебного заведения в Узбекистане.

Sizni ushbu maqolalar ham qiziqtirishi mumkin:

  1. O’qishni ko’chirish perevod o’tish bali aniq bo’ldi
  2. O’qishni ko’chirish bo’yicha test muddatlari belgilandi
  3. Xorijdan o’qishni ko’chirish imtihonida ishtirok etolmagan talabalar uchun test kuni belgilandi
  4. Nodavlat OTMdan davlat OTMga o’qishni ko’chirish tartibi qanday bo’ladi?
  5. O’qishni ko’chirish (perevod) uzrli sababga nimalar kiradi?
  6. 2020-2021, talabalar o’qishini ko’chirish tartibi
  7. Yuridik universitetga o`qishni ko`chirish uchun necha ball to`plash kerak? (Jadval)
  8. Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi
  9. Xorijiy davlat OTMining kunduzgi-sirtqi ta’lim shaklidan O’zbekistonga o’qishni ko’chirish mumkinmi?
  10. O’qishni ko’chirish o’tish bali joriy kirish bali bilan bir xil bo’ladi

Baholar tarjimasi (transcript) qanday qilinadi?

Xorijiy universitetlarga yoki har qanday grant dasturlariga ariza topshirishda Baholar tarjimasi doimiy so’raladigan hujjat hisoblanadi. Bu maqoladan Baholar tarjimasini qanday qilish haqida bilib olasiz.

Avvalo qilinadigan ish – maktab shahodotnomasi, diplom yoki reyting daftarchasi (zachyotka)ni skaner qilish.

Yoddan chiqarmangki, tarjima tugagandan keyin avval inglizcha keyin o’zbekcha skanerlar bitta word yoki pdf faylga joylashtiriladi.

Barcha turdagi grantlar uchun:

  1. Avvalo, tarjimani notariusdan tasdiqlatish zarur emas. Official Transcript deganda baholaringiz tarjimasining o’qiyotgan universitetingiz (masalan, dekanat) yoki boshqa ta’lim muassasasi rasmiylari tomonidan tasdiqlangani yetarli hisoblanadi.
  2. Tarjimani kimgadir pul berib qildirishingiz shart emas. O’zingiz uni bemalol qila olasiz. Fanlar tarjimasiga qiynalgan joyingizni “Google translate” orqali qilish mumkin, mazkur dastur hozirda ancha ishonarli tarjima qilyapti.

Tarjima qilish bosqichlari:

Odatda baholar tarjimasini o’zbekchasi bilan bir xil ko’rinishda qilishingiz mumkin. U 4 ta ustundan iborat bo’ladi:

1-ustun: Fanlar tartib raqami;

2-ustun: Fanlar nomi (inglizcha);

3-ustun: Fan bo’yicha jami o’qish soatlari yoki kreditlari (o’zbekchasida qanday bo’lsa shundayligicha);

4-ustun: Baholar (o’zbekchasida qanday bo’lsa shundayligicha);

Quyida DAAD va Irlandiya hukumatining magistratura uchun grantlari g’olibi Qudratxo’ja Musayevning UGRAD dasturi uchun tayyorlagan transkripti misolida jarayon bilan tanishib chiqamiz:

  1. Avvalo universitet va u tegishli vazirlikning to’liq nomi, ism familiyangiz va boshqa ma’lumotlar quyidagi ko’rinishda ingliz tiliga o’girilishi kerak (bunda “Google translator” yordamidan foydalanish mumkin):

Reyting daftarchasining asl nusxasi

2. Keyin esa yuqoridagi ko’rinishda bo’lgan reyting daftarcha baholari birin-ketin fanlar nomi bilan inglizchaga tarjima qilib chiqiladi.

Buning uchun 1-navbatda “Word”da quyidagi na’munada keltirilganidek 4 ta ustunli jadval yarating (fanlar tartib raqami, nomi, o’qilgan soati va baholar uchun bittadan).

Shu taxlitda har bir semestrda o’qilgan fanlarning inglizcha nomini va baholarni jadvalga joylashtirib chiqing. Har bir semestrda jadval tepasiga na’munada ko’rsatilganidek o’quv yili, kursingiz va semestrni ingliz tilida yozib chiqishni unutmang. Fanlar nomini tarjima qilishda yuqorida aytganimizdek, “Google translator”dan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz “baho” tizimida o’qigan bo’lsangiz 4-ustundagi foizlar o’rniga (2-5) baholar yoziladi.

3. Transcript’ning eng oxirgi qismiga xuddi reyting daftarchadagidek kurs ishi va amaliyot baholari yoziladi.

4. So’nggi qadam esa quyida keltirilganidek fakultet dekani yoki muhr qo’yayotgan boshqa ma’sul shaxsning “to’g’riligini tasdiqlayman” degan inglizchaga tarjima qilingan so’zlari bilan muhr va imzo talab qilinadi:

Mavzuga aloqador quyidagi maqolani ham o’qishingiz mumkin:

Ushbu havolada UGRAD grant dasturi uchun tayyorlangan transcript – baholar tarjimasiga na’munani ko’rishingiz mumkin.

Omad yor bo’lsin!

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.