Press "Enter" to skip to content

Xorijga chiqish pasporti: qanday va qayerdan olinadi; to’lovi qancha; qancha muddatda tayyor bo’ladi

1 million so’mgacha – 1,4 million kishi (28%);
1 milliondan 2 million so’mgacha – 1,23 million kishi (24,6%);
2 milliondan 4 million so’mgacha – 1,26 million kishi (25,2%);
4 milliondan 5,5 million so’mgacha – 467,2 ming kishi (9,3%));
5,5 milliondan ortiq so’m – 649,2 ming kishi (12,9%).

Paraplanda uchish narxi qancha?

46’889 подписчиков
0 просмотров на пост

Kanalda shaxsiy izlanish natijasida yig’ilgan eng aktual narxlar haqida yozamiz!

Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации

Что это дает?

  • Детальная аналитика 3’010’536 каналов
  • Доступ к 932’446’728 рекламных постов
  • Поиск по 2’316’610’940 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов – обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 510 постов

Narxi Qancha?
: 46’889 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-03-05 17:10:23 | Показать пост
1
0

�� Qo’lingdan noutbuk tushmaydi? Qanday pul topyapsan?

➖ Kompyuterga qiziqsang bas o’rtoq! Hamma pul shu matohni ichida ekan!
➖ Menda ham noutbuk bor, xo’sh qani, nima qilishimni tavsiya qilasan?
➖ Avval, telegramdagi @shk_uz kanalidan savodxonligingni oshir, ana undan keyin esa birorta zamonaviy kasbni o’rgan!
➖ Kelishdik, hoziroq kanalga obuna bo’laman, “nonim yarimta bo’ldi” deb hisoblayver!

Siz ham obuna bo’lasiz-mi?
�� @shk_uz

Изображение

Narxi Qancha?
: 46’889 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-03-05 11:31:03 | Показать пост
1
0

⚡️2022-yilda O’zbekistonda go’sht narxi qanday bo’lgan?

Statistika agentligi tomonidan 2022-yilda e’lon qilingan dehqon bozorlardagi asosiy oziq-ovqat narxlari asosida go’sht narxini tahlil qilib chiqamiz:

Suyakli mol go’shti:
— Yanvar 68 ming so’m;
— Fevral 68 ming so’m;
— Mart 70 ming so‘m;
— Aprel 72 ming so‘m;
— May 73 ming so‘m;
— Iyun 75 ming so‘m;
— Iyul 77 ming so‘m;
— Avgust 78 ming so‘m;
— Sentabr 78 ming so‘m;
— Oktabr 78 ming so‘m;
— Noyabr 78 ming so‘m;
— Dekabr 78 ming so‘m;

Yuqoridagi ma’lumotlar tahliliga ko’ra o’tgan yili go’sht narxining o’sishi avgust oyigacha davom etgan. Shundan so’ng yil yakunigacha o’sish kuzatilmagan ekan.

P/S: Yuqoridagi ma’lumot rasmiy statistik xabarlardan olingan bo’lib, supermarketlardagi narxlardan farq qiladi.

��@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!

Изображение

Narxi Qancha?
: 46’889 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-03-04 19:01:02 | Показать пост
1
0

⚡️Poytaxtdan viloyatlarga taksi narxi qancha?

Bayram kunlari yaqinlashishi bilan poytaxtdan viloyatlarga qatnaydigan taksilarning narxi sezilarli darajada ko’tarilmoqda.

Odatiy kunlarda narxlar quyidagicha:
— Andijon: 160 ming200 ming so’m;
— Namangan: 125 ming150 ming so’m;
— Farg’ona: 120 ming150 ming so’m;
— Guliston: 30 ming50 ming so’m;
— Jizzax: 50 ming60 ming so’m;
— Samarqand: 100 ming200 ming so’m;
— Qarshi: 110 ming – 120 ming so’m;
— Termiz: 150 ming – 250 ming so’m;
— Buxoro: 160 ming – 250 ming so’m;
— Navoiy: 160 ming – 200 ming so’m;
— Urganch: 200 ming – 250 ming so’m;
— Nukus: 250 ming – 320 ming so’m;

Narxlar poytaxtdan viloyatlarga bo’lib, viloyatdan poytaxtga arzonroq bo’lishi mumkin.

Yurtimizda “gaz zaprafkalari” bilan bog’liq muammolar sabab narxlar o’tgan yildagiga nisbatan ancha oshgan.

��@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!

Изображение

Narxi Qancha?
: 46’889 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-03-04 18:10:22 | Показать пост
1
0

�� Ilon Mask yana sayyoraning eng boy odami bo‘ldi

Amerikalik ixtirochi Ilon Mask 27-fevral kuni Bloomberg talqini bo‘yicha yana sayyoramizning eng boy odamlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Agentlikga ko’ra, Maskning boyligi hozirda 187,1 milliard dollarga baholanmoqda.Tesla va SpaceX egasi Ilon Mask fransuz hashamatli tovarlar ishlab chiqaruvchi LVMH – Louis Vuitton egasi Bernard Arnodan o’zib ketdi. Bernard 185,3 milliard dollar boyligi bilan ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda.

Ro‘yxatda uchinchi o‘rinda Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi 117 milliard dollarni tashkil etadi. Bloomberg ma’lumotlariga ko’ra, Maskning aktivlari Tesla aksiyalari narxining deyarli 70 foizga ko’tarilishi evaziga ko’paygan. Bunga kompaniyaning elektromobillari narxini pasaytirgandan keyin talabning ortishi ham yordam berdi.

��@NarxiQancha – Narxlar haqidagi #1 blog !

Изображение

Narxi Qancha?
: 46’889 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-03-04 18:00:30 | Показать пост
1
0

Сўнгги йиллар тилимизда «геосиёсат» атамаси кўп айланяпти. Бўлаётган урушлар, зиддиятлар, можаролар, турли таҳликалар натижасида бу борадаги ахборотнинг кўпайиши ва ранг-баранглашуви одамларни халқаро вазиятга тобора қизиқишини орттиряпти.

Сизларга шу мавзуга оид бир яхши канални тавсия қиламан.

ГеоСиёсат – Жаҳонда ва минтақамизда юз бераётган геосиёсий ўзгаришлар, шунингдек рус-украин можароси, Тайванда юзага келиши мумкин бўлган янги уруш ўчоғи ҳақида батафсил инфо олишингиз мумкин. Каналда сиёсий мақолалар, статистикалар бериб борилади. Юртимизда бу каби сиёсий аналитиклар саноқли.

Бир кириб ўқиб кўринг. Кейин фикрингизни шу ерда изоҳда қолдирарсиз.

Изображение

Narxi Qancha?
: 46’889 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-03-04 17:15:23 | Показать пост
1
0

⚡️ Rossiyalik bloger Hasbik millionerga aylandi. Uning boyligi qancha ?

Hasbik nomi bilan tanilgan rossiyalik bloger Hasbulla Magomedov millionerga aylandi. Forbes saytida 20 yoshli blogerni 3yil ichida 2,2 million dollar mablag‘ topgani aytib o’tilgan berdi. Unga ko’ra Hasbulla Magomedov ushbu yillar davomida YouTube hamda UFC orqali daromad orttirgan. Hasbulla faoliyatining boshlanish nuqtasida aytgan “Клубника – бомба, честно говоря” videosi juda mashhurlikka erishdi. Bloger tomonidan aytilgan ibora virusga o’xshab butun ijtimoiy tarmoqda aylandi.

Ma’lumot uchun Hasbik 2022-yilda UFC tashkiloti bilan shartnoma imzolagan edi. Bloger Asxab Tamaev Hasbulla va tojikistonlik qo’shiqchi Abdurozik o’rtasida bo’yi va vazni bir xil bo’lgan jangni tashkil etishga qaror qilgan edi. Jangchilarning matbuot anjumani YouTube’da 18 million tomoshani to’pladi. Ammo ba’zi sabablarga ko’ra jang bo’lib o’tmadi.

��@NarxiQancha – Narxlar haqidagi #1 blog !

Изображение

Narxi Qancha?
: 46’889 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-03-04 07:45:03 | Показать пост
1
0

⚡️Apple’ning 2022-yildagi daromadi qancha?

Apple’ning bugungi kundagi bozor qiymati $3 trlnga yetgan eng yirik korparatsiyalaridan biridir. Korparatsiya dunyo boʻylab 522 ta rasmiy doʻkoniga ega.

2022-yil yakunlari boʻyicha korparatsiyanibg daromadi $394,4 mlrd boʻlgan. Shundan xaqiqiy daromad $99.8 mlrd boʻlgan.

Daromadning asosiy qismi iPhone telefonlarini sotuvidan kelgan, qolgan ikkinchi oʻrinda xizmatlar turgan boʻlsa, undan keyin iMac kompyuterlari va boshqa qurilmalar turibdi.

��@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!

Изображение

Narxi Qancha?
: 46’889 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-03-03 19:25:25 | Показать пост
1
0

O’zbekistonda oshning narxi qancha?

Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning oʼrtacha narxlari e’lon qilindi:

Unga ko’ra, 1 portsiya oshning oʼrtacha narxi:

— Qoraqalpogʼiston R. 19 400 soʼm;
— Аndijon viloyati 21 800 soʼm;
— Buxoro viloyati 22 400 soʼm;
— Jizzax viloyati 23 000 soʼm;
— Qashqadaryo viloyati 23 400 soʼm;
— Navoiy viloyati 20 400 soʼm;
— Namangan viloyati 19 300 soʼm;
— Samarqand viloyati 24 000 soʼm;
— Surxondaryo viloyati 23 000 soʼm;
— Sirdaryo viloyati 22 600 soʼm;
— Toshkent viloyati 21 700 soʼm;
— Fargʼona viloyati 19 000 soʼm;
— Xorazm viloyati 22 400 soʼm;
— Toshkent shahri 27 200 soʼm.

Yuqoridan ko’rinib turibdiki, eng qimmat narx Poytaxt Toshkent shahrida (27 200 so’m) bo’lsa eng arzoni Farg’ona viloyatida (19 000 so’m) ekan.

Minimal va maksimal narxlar bilan batafsil pdf formatda tanishish
�� Osh narxlari (472 kb)

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!

Изображение

Narxi Qancha?
: 46’889 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-03-03 11:31:03 | Показать пост
1
0

2022 yilda eng ko‘p daromad va zarar ko‘rgan oliy ta’lim muassasalari

2022 yildagi 69ta davlat OTMlarining umumiy daromadi 8 trln 770 mlrd 728 mln so‘mni, xarajatlari esa 8 trln 102 mlrd 825 mln so‘mni tashkil etgan.

Eng ko‘p sof daromad ko‘rgan 5ta oliygoh:
— Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 106,2 mlrd so‘m;
— Namangan davlat universiteti – 67,7 mlrd so‘m;
— Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti – 54,4 mlrd so‘m;
— Guliston davlat universiteti – 54 mlrd so‘m;
— Navoiy davlat pedagogika instituti – 43,2 mlrd so‘m;

Eng ko‘p zarar ko’rgan 5ta oliygoh:
— Samarqand davlat universiteti – 42,5 mlrd so‘m;
— Qarshi davlat universiteti – 28,3 mlrd so‘m;
— Samarqand davlat chet tillar instituti – 26,8 mlrd so‘m;
— Farg‘ona politexnika instituti – 15,3 mlrd so‘m;
— Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti – 15 mlrd so‘m.

69ta oliygohining 49tasi o‘tgan yilni foyda bilan yakunlagan bo’lsa qogani zarar bilan yilni yopgan.

@NarxiQancha – Narxlar haqidagi #1 blog!

Изображение

Narxi Qancha?
: 46’889 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-03-02 18:31:03 | Показать пост
1
0

⚡️O’zbekistonda aholining yarmidan ko’pi 2 million so’mdan kam ish haqi oladi

O’zbekiston Respublikasi hududida yashovchi va ishlayotgan fuqarolarning aksariyati 2 million so’mdan kam maosh olishi ma’lum bo’ldi. Bu haqda iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan hisobotda aytilgan.

Bundan tashqari, hisobotda
2020-2022 yillarda byudjet va byudjetdan tashqari tashkilotlarda mehnatga haq to’lash darajasi dinamikasi amalga oshirilmoqda, unga ko’ra mamlakat aholisining yarmidan ko’pi 2 million so’mdan kam ish haqi evaziga ishlaydi:

1 million so’mgacha – 1,4 million kishi (28%);
1 milliondan 2 million so’mgacha – 1,23 million kishi (24,6%);
2 milliondan 4 million so’mgacha – 1,26 million kishi (25,2%);
4 milliondan 5,5 million so’mgacha – 467,2 ming kishi (9,3%));
5,5 milliondan ortiq so’m – 649,2 ming kishi (12,9%).

Shuningdek, 2022 yilda ish haqi fondi 156,9 trillion so’mga yetdi, bu 2021 yilga nisbatan 30,7 trillion so’mga yoki 25 %ga ko’pdir.

��@NarxiQancha – Narxlar haqidagi #1 blog!

Изображение

Narxi Qancha?
: 46’889 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-02-24 19:09:02 | Показать пост
1
0

⚡️Biznes gʻoya: kichik mablagʻ evaziga tovuq fermasini tashkil etish

Tovuq — bu gʻayrioddiy parranda, har bir kishi undan tuxum va goʻsht orqali daromad olishi mumkin. Bu yoʻnalishni boshlash uchun sizga chuqur bilim, maxsus texnika va katta pul kerak emas.

Xarajat va foyda
Zotli parrandalarga dastlabki sarmoyalar $450 boshlanadi. Mahsulotlarga barqaror talab bilan oylik foyda $280 tashkil qilishi mumkin. Sarf qilingan mablagʻlarni qoplash muddati 1,5 oyni tashkil etadi.

Boshlangʻich xarajatlar:
— Uskunalar $150;
— Parrandalarni sotib olish $200;
— Boshqa xarajatlar $100.

Oylik xarajatlar:
— Oziq-ovqat $100.
— Vitaminli qoʻshimchalar $30;
— Boshqa xarajatlar $40;
— Transport xarajatlari $40.

Hujjat ishlari
Ishlab chiqarish hajmining oshishi bilan siz biznesni roʻyxatdan oʻtkazishingiz kerak. Lekin, xaridorga molingizni olib borishdan oldin laboratoriya hujjatlarini olishingiz talab etiladi.

��@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!

Изображение

Narxi Qancha?
: 46’889 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-02-23 10:25:02 | Показать пост
1
0

Smartfon narxlarini qayerda kuzatib borsa bo’ladi?

Ma’lum bo’lishicha, ba’zi smartfonlarning narxi vaqt o’tib tushar ekan. Faqatgina iPhone va Samsung uzoq vaqt qiymatini saqlab qoladi. Shu sababli, agar siz iPhone arzonlashishini kutayotgan bo’lsangiz, undan ko’ra,

@giglinkbot — onlayn do’konlaridagi smartfon narxlarni doimiy kuzatib borish va narxlarni taqqoslashda sizga yordam beradi.

Изображение

Narxi Qancha?
: 46’889 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-02-22 17:45:24 | Показать пост
1
0

⚡️Sun’iy intellekt tizimlarini yaratishning narxi qancha?

Sun’iy intellekt tizimlarini yaratishda juda muhim o‘rinni o‘quv jarayoni, ya’ni hisob-kitoblar egallaydi. Bu juda ko‘plab ishlab chiqarish uskunalari va vaqt talab etiladigan jarayon. Hammayoqda shov-shuv ko‘tarishga ulgurgan ChatGPT singari modelni yaratish narxini koʻrib chiqamiz:

GPT-3 tabiiy tiliga ishlov berish modelini yaratish uchun taxminan $1,4 mln kerak. Yanada kattaroq model uchun sarflanajak pullar $2 mlndan boshlanadi.

Aynan ChatGPT misolida ko‘riladigan bo‘lsa, barcha foydalanuvchilarning so‘rovlariga ishlov berish uchun NVIDIA A100 grafik protsessorlaridan 30 mingtadan ko‘prog‘i kerak bo‘ladi. Shuncha qurilmani ishlatish uchun kuniga elektr energiyasining o‘ziga $50 minggacha sarflanadi. Bunday qurilma narxi $400 mln atrofida turadi.

��@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!

Изображение

Narxi Qancha?
: 46’889 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-02-21 18:31:02 | Показать пост
1
0

⚡️Poytaxtdan viloyatlarga poyezd chiptasi narxi qancha?

Viloyatlarga narxlar quyidagicha ekan (soʻm):

— Nukus:
• Plastkard 171 650;
• Kupe 241 850;
• Lyuks 438 570;

— Urganch:
• Plastkard 163 180;
• Kupe 228 240;
• Lyuks 410 540;

— Navoiy:
• Plastkard 112 250;
• Kupe 148 500;
• Lyuks 250 720;

— Termiz:
• Plastkard 145 290;
• Kupe 200 350;
• Lyuks 354 960;

— Qarshi:
• Plastkard 112 250;
• Kupe 148 500;
• Lyuks 250 720;

— Buxoro:
• Plastkard 120 940;
• Kupe 162 320;
• Lyuks 278 550;

— Samarqand:
• Plastkard 98 920;
• Kupe 127 750;
• Lyuks 209 020;

— Jizzax:
• Plastkard 90 240;
• Kupe 113 600;
• Lyuks 180 990;

— Guliston:
• Plastkard 80 230;
• Kupe 98 380;
• Lyuks 150 430;

— Andijon:
• Plastkard 107 790;
• Kupe 141 490;

— Pop:
• Plastkard 90 240;
• Kupe 113 600;

— Qoʻqon:
• Plastkard 94 580;
• Kupe 120 740;

“Oʻrindiqli” joylar narxi yuqorida inobatga olinmagan va ular ancha past narxda.

��@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!

Изображение

Narxi Qancha?
: 46’889 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-02-20 17:31:03 | Показать пост
1
0

⚡️Oʻzbekistonda soʻngi oʻn yillikda YIM hajmi qancha boʻlgan?

Mazkur davrdagi ko‘rsatkichlarga qaralsa, O‘zbekiston YIM hajmi 791,8 trln so‘mga ko‘payganini ko‘rish mumkin(rasmda).

2022-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha YIMning shakllanishida Toshkent shahri 16,6 foiz ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi.

Toshkent va Navoiy viloyatlari 10,5 foiz va 7,5 foiz ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi. O‘zbekiston YIMini shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (2 %) va Jizzax (3,1 %) viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

2020-yilda pandemiya sababli YIM o‘sish ko‘rsatkichi 1,6 foizni tashkil qilgandi. Qolgan yillarda esa o‘sish ko‘rsatkichi doimiy tarzda 5 %dan yuqori bo‘lgan.

2023-yil oxiriga kelib YIM hajmi 5,3 foizga o‘sishi kutilmoqda.

��@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!

Изображение

Narxi Qancha?
: 46’889 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-02-19 18:21:02 | Показать пост
1
0

⚡️Biznes reja: Toshkent markazida qahvaxona ochish narxi qancha?

Shahar markazidan sal narida loft uslubidagi qahvaxonani ochish uchun kamida 350 mln so‘m investitsiya kiritish kerak boʻladi.

Xarajatlar:
— Bino ijarasi oyiga 7 mln soʻm;
— Taʼmirlash 80 mln soʻm;
— Mebellar 20 mln soʻm;
— Texnika (qahva mashinalari, qahva maydalagich va h.k) 40 mln soʻm;
— Birinchi xarid (oziq-ovqat, idish-tovoq va b.) 20 mln soʻm;
— Kommunal xizmatlar oyiga 2,5 mln soʻm;
— Oylik maoshlar oyiga 3 mln soʻmdan 10 kishi 30 mln soʻm;
— Reklama oyiga 6 mln soʻm;

Dastlab, tadbirkor kamida olti oy davomida o‘z muassasasi aholi orasida mashhur bo‘lgunga qadar uning hayotiyligini saqlab qolishini kutishi kerak. Olti oy ichida biznes nolga tushishi, agar mahsulot yuqori sifatli bo‘lsa, undan daromad olish mumkin.

Investitsiya qilingan 350 mln so‘mni “chiqarib olish” uchun ko‘proq vaqt kerak boʻladi masalan bir yarim yil vaqt ketadi.

��@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!

Изображение

Narxi Qancha?
: 46’889 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-02-19 06:15:08 | Показать пост
1
0

⚡️Sozanda Abduhoshim Ismoilov toʻylarga “birrov”ga chiqish narxi qancha?

Ma’lum bo‘lishicha, Abduhoshim Ismoilov 15 daqiqalik “birrov” dasturi uchun poytaxtdagi to‘ylarda $600, Farg‘ona viloyatida esa $2 600 va boshqa viloyatlarga $3000 atrofida olar ekan.

Shuningdek, Sozandaning 70 yoshli yubileyini nishonlash uchun shu yil yanvar-fevral oylarida Farg‘ona viloyati mahalliy budjetdan 89 mln so‘m, Namangan viloyati mahalliy budjetdan 150 mln so‘m ajratildi. Musiqachi 70 yoshini o‘tgan yilning 9 iyunida qarshi olgan va bu o‘sha paytda ham budjet pulidan nishonlangan.

��@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!

Изображение

Narxi Qancha?
: 46’889 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-02-18 18:21:03 | Показать пост
1
0

⚡️Yoshligida “quloqsiz” va “ikkichi” boʻlgan boylar

Yomon baholar va yomon xulq atvor har doim ham bola uchun kelajak “koʻzgusi” emas. Shunday insonlar borki yoshligida “davrini surib” katta boʻlganda yana “davr surmoqda”:

Aristotel Onassis($5 mlrd):
U maktabda umuman o’qishni xohlamagan. Keyinchalik u xususiy dengiz flotining egasi, aviakompaniyalar, kemasozlik zavodlari, fabrikalar, qal’alar va o’z orollariga egalik qilgan. 1975 yilda vafot etgan.

Soitiro Honada:
Soitiro sharoitiga koʻra maktabda 8 sinfgacha oʻqib avtomoshina ustaxonasida oddiy tozolovchi boʻlib ishlagan. Kun kelib u oʻzining Honda Motor korparatsiyasiga asos solgan. 1991 yilda vafot etgan.

Donald Tramp ($2,5 mlrd):
Uning xulq-atvori va o’qishga bo’lgan munosabati shunchalik yomon ediki, hatto ota-onasi ham xavotrga solgan.

Bill Geyts($110 mlrd):
Bill maktab darsliklariga umuman qiziqmagan. Faqat oʻzi yoqtirgan kitoblar oʻqish bilan shugʻullangan.

��@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!

Изображение

Narxi Qancha?
: 46’889 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-02-18 08:01:02 | Показать пост
1
0

⚡️Dunyoning eng boy merosxo’r oilalarning boyligi qancha?

Ehtimol, X Æ A-12 (ha, bu ism) dunyodagi eng boy merosxo’r bo’lishi mumkin. Uning otasi ilon Mask allaqachon $196 milliard boylika egalik qiladi. Ammo kim biladi – ehtimol Musk kichik X Æ a-12 ga meros qoldirmas.

Demak biz bugun dunyodagi eng boy 3 ta merosxo’rlar reytingini ko’rib chiqamiz:

3. Koch oilasi: $109,7 mlrd:
Fred Koch vafot etganida Koch Industries o’gillariga o’tdi va ulardan ikkitasi o’z ulushini akalari Devid va Charlzga sotdi. 2019 yilda Devid vafot etgach boylik bevasi Yuliyaga qoldi.

2.Uoltin oilasi – $300 mlrd:
1962 yilda asos solingan kichik do’kon yillar davomida o’sib katta bir industriyaga aylangan va 1992 yilda korparatsiya egasi vafot etgach boylik oilasiga qoldi.

1. Saudiya Arabistoni Qirollik oilasi – $2 trln:
Bu oila azolari soni 15 000 ga yaqin bo’lib, lekin asosiy daromad 2000 ga yaqin a’zo qo’lidadir. Asosiy daromad Saudi Aramco kompaniyasidir.

��@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!

Изображение

Narxi Qancha?
: 46’889 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-02-17 17:35:02 | Показать пост
1
0

⚡️Toshkentdan Hajga avtomoshinada borish xarajatlari qancha?

Toshkentdan Hajga 1 kishi eng yaqin yoʻnalish Toshkent – Ashxobod – Texron – Bogʻdod – Madina – Makka – Madina – Bogʻdod – Texron – Ashxobod – Toshkent (11 000 km) boʻylab oʻrtacha 1 oylik sayohat xarajatlarini xisoblab chiqamiz:

— Hujjatlar uchun (viza va boshqalar)$950;
— Avtomobilni tayorlash $1000;
— Benzin (10 litr/100 km) $850;
— Mobil internet va sim karta $50;
— Ovqatlanish va tunab qolish xarajatlari — $6 ming;
— Pulli yoʻl, avtoturargoh va boshqa xarajatlar uchun $1000.

Eng kam xarajat $10 ming ekan va bunga xaridlar, biror bir joyga kirish bilet narxlari va yoʻnalishdan tashqari harakatlar hisobga olinmagan.

P/S: Sayohat xarajatlarini hisoblashda mamlakatlarning siyosiy tuzilmasi hisobga olinmagan va yuqoridagi narxlar oʻzgarishi mumkin.

��@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!

Xorijga chiqish pasporti: qanday va qayerdan olinadi; to’lovi qancha; qancha muddatda tayyor bo’ladi?

2019-yilning 1-yanvariga xorijga chiquvchilar, xususan, xorijiy mamlakatlarda tahsil oluvchilar ham xorijga vaqtinchalik chiqish uchun stiker olishi kerak edi. Endilikda ushbu stiker o’rniga xorijga chiqish biometrik pasporti olinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi qaroriga muvofiq, 2019-yil 1-yanvar kunidan boshlab Oʻzbekistonda xorijga vaqtinchalik chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi stikerlari berish toʻxtatilib, xorijga chiqish biometrik pasportlari joriy etilgan.

Endilikda Oʻzbekiston hududida ikki turdagi pasportlar – ichki va xorijga chiqish pasportlari amal qiladi. Ichki pasport sifatida oʻzbekistonliklar bugungi kunda foydalanayotgan biometrik pasportlar amal qilishadi. Xorijga chiqish pasportlari esa fuqarolar uchun ruxsatnoma yozuvi stikerlarini oʻrnini bosib, 10 yil muddatdga beriladi.

Baʼzi fuqarolar xorijga chiqish pasportlarining joriy qilinishidan xavotirga tushib, tegishli boshqarmalar vakillariga turli xil savollar bilan murojaat qilishmoqda. Quyida, koʻp beriladigan savollar va ularga berilgan javoblar bilan tanishishingiz mumkin.

Xorijga chiqish biometrik pasportlarining koʻrinishi qanaqa boʻladi?

Xorijga chiqish biometrik pasportlari toʻq qizil rangda tayyorlanib, 48 betga ega boʻladi. Xorijga chiqish biometrik pasportlarining varaqlarida yurtimizning tarixiy va arxitektura yodgorliklari aks etgan. Bundan tashqari, xorijga chiqish pasporti suv belgilari, rangi oʻzgaruvchi boʻyoq, muarli effekt, metallashtirilgan himoyaviy ip, laminatsiyalashtirilgan plyonka hamda pasport qobigʻiga joylashtirilgan elektron chipdan iborat.

Xorijga chiqish pasportining xorijga vaqtinchalik chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi stikerlaridan afzal tomoni nimada?

Ruxsatnoma yozuvi stikerlari 2 yillik muddatga berilar edi. Xorijga chiqish pasportlari 10 yil amal qiladi. Xorijga tez-tez chiqadigan fuqarolar uchun bu qoʻshimcha qulaylikdir. Xorijga chiqish pasporti shuningdek xalqaro standartlarga javob beradi.

Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati qanaqa?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, xorijga vaqtinchalik chiqish maqsadida xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

  • ikki nusxada tegishli shakldagi ariza-anketa;
  • biometrik pasport yoki 16 yoshga toʻlmagan fuqarolarning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi va asli.
  • harbiy guvohnoma yoki harbiy qism roʻyxatida turganlik haqidagi guvohnoma (harbiy xizmatga majburlar uchun);
  • ikkita 3,5×4,5 rasm;
  • oldin taqdim etilgan xorijga chiqish biometrik pasporti (agar boʻlsa);
  • vakil idoraning huqmi (xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olinganda);
  • xorijga chiqish uchun ota-ona yoki vasiylik qiladigan odamning notarial tasdiqlangan ruxsati (voyaga yetmaganlar uchun);
  • hamroh fuqaroning notarial tasdiqlangan majburiyati (voyaga yetmaganlar uchun);
  • davlat bojini toʻlaganlik haqidagi kvitansiya;

15 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolar xorijga ota-onalari yoki vasiylarning notarial tasdiqlangan ruxsati bilan hamrohsiz chiqishlari mumkin.

Rasm boʻyicha alohida talablar bormi?

Bosh kiyimda (yuzni biror qismini berkitadigan kiyim unsurlari bilan), rangli linza va koʻzoynaklarda tushilgan rasmlar qaʼbul qilinmaydi.

Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun davlat bojining qiymati qancha?

Xorijga chiqish pasportini olish uchun davlat bojining qiymati eng kam ish haqi (EKIH)ning 120 foizini tashkil etadi.

16 yoshga yetmaganlar xorijga chiqish pasportlarini olish uchun davlat boji EKIHning 80 foiziga teng.

Oʻzbekistonda yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun, ularning yoshlaridan qatʼiy nazar, davlat boji EKIHning 100 foiziga teng.

Nima sababdan xorijga chiqish pasportini olish uchun davlat bojining qiymati ruxsatnoma yozuvi stikerlari uchun olingan davlat bojidan yuqori?

Xorijga chiqish pasportini olish uchun davlat boji EKIHning 120 foiziga teng boʻlib, u 10 yil muddatga beriladi. Ruxsatnoma yozuvi stikerlari uchun davlat boji EKIHning 50 foiziga teng edi, ammo u 2 yil muddatga berilar edi. Ilgari fuqarolar Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga 10 yil ichida 5 marotaba murojaat qilishlariga toʻgʻri kelar edi, davlat boji ushbu davr ichida bir necha marotaba oshib, 10 yilda EKIHning 250 foiziga teng boʻlar edi.

Xorijga chiqish pasporti qancha muddatda tayyorlanadi?

Xorijga chiqish biometrik pasporti 10 ish kuni davomida tayyorlanadi.

Xorijga chiqish pasportining amal qilish muddati qancha?

Xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga quyidagi amal qilish muddatlari bilan beriladi:

  • tugʻilgan kunidan 1 yoshgacha – 2 yillik muddatga;
  • 1 yoshdan 16 yoshgacha – 5 yillik muddatga;
  • 16 yoshdan katta boʻlgan shaxslarga – 10 yillik muddatga.

Biometrik pasportdagi ruxsatnoma yozuvi stikerlari bilan xorijga qachongacha chiqish mumkin boʻladi?

Hozirgi pasportlar bilan xorijga 2021-yil 1-yanvar kunigacha chiqish mumkin boʻladi. 2019-yil 1-yanvar kunigacha rasmiylashtirilgan stikerlar, ularda koʻrsatilgan muddatgacha amal qilishadi. 2019-yildan buyon ruxsatnoma yozuvi stikerlari berilmaydi, uzoq xorijga chiqish uchun xorijga chiqish pasportini olish zarur boʻladi.

Xorijga chiqish istagida boʻlgan qizlar suhbatdan oʻtishlari kerak boʻladimi?

2018 yilning iyun oyidan 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan qizlar bilan suhbat oʻtkazish tartibi bekor qilindi. Ular xorijga chiqish vizasini umumiy asosda olishadi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.