Озиш учун сувни қандай ичиш керак
Tushlikda. Tushlikdan 30-60 daqiqa oldin yana 2 stakan ichimlik suvidan ichimiz. Tushlik vaqtida va ikki soat undan keyin suv ichmaymiz.
Suv – ozdiruvchi eng yaxshi ichimlik
Mana bahor ham kirib, barchamizni xursand qildi. Faqatgina bitta muammodan tashqari: semirgan qomatimizni qishki qalin kiyimlarda yashirgan bo’lsak, endilikda buning iloji yo’q.
Kelishgan va xushbichim qomatni kim ham orzu qilmaydi, deysiz?! Shuning uchun ham bugundan boshlab Zira sizlarga to’g’ri ozish usullari haqida oz-ozdan maslahatlar berib borishga qaror qildi. Buning uchun maxsus parhezlarga o’tishni tavsiya qilmaymiz, chunki parhez tutib 5 kiloga ozsangiz, uni to’xtatgan zahotingiz, 10 kiloga birdan semirishingiz aniq. Suv biz iste’mol qiladigan ichimliklarning ichida eng foydalisi desak, adashmaymiz. Suv organizm uchun foydali bo’libgina qolmasdan, ortiqcha vazndan ham xalos etadi. Qanday qilib deysizmi? Keling, batafsilroq bilib olamiz.
Dietologlarning ta’kidlashlaricha inson bir kunda o’rtacha 1.5 – 2 litr atrofida toza ichimlik suvidan ichishi kerak.
Suvni to’g’ri ichish qoidalari
- Bir kunda o’rtacha 1.5 litrdan 2.5 litrgacha suv ichish tavsiya qilinadi, lekin undan ko’p emas. Ko’proq ichaman va ikki hissa tezroq ozaman deb organizmingizga zarar yetkazib qo’yishingiz mumkin.
- Choy, qahva va sharbatlar bunga kirmaydi. Qahva aksincha organizmni suvsizlantirib qo’yadi. Bir finjon qahva ichsangiz, yana bir funjobn ichimlik suvi ham ichishingiz kerak.
- Suvni ertalab och qoringa iching. Ertalab saharda ichilgan 2 stakan suv sizga 24 kKal dan xalos bo’lishda yordam berar ekan. Bu quvvatni organizm faqatgina suvni hazm qilishga sarflar ekan.
- Ovqatdan yarim soat oldin suv ichishni odat qiling. Bu bilan siz ishtahangizni ham biroz yo’qotishga erishasiz. Ovqatlanish vaqtida, yoki undan keyin darhol suv ichmang. 1.5 – 2 soatdan keyin suv ichsangiz, oshqozon-ichak faoliyatini yaxshi ishlashini ta’minlagan bo’lasiz.
- Faqatgina iliq, xona haroratidagi suvdan iste’mol qiling. Sovuq yoki qaynoq suv ichib, oshqozoningizni buzishingiz hech gap emas. Iliq suv to’qlik hissini bag’ishlasa, muzdek suv ichilganda esa miyaga ochlik signali yetkaziladi.
- Suv terini namlantirib, ajin tushishini sekinlashtiradi. Inson organizmi 70 % suyuqlikdan tashkil topganligi sabab ham, suvni me’yorda ichish teri va organizmning qurib qolishini oldini oladi.
Suvni quyidagi miqdorda ichib, bir oyda 5 kiloga ozishingiz mumkin
Nonushtada. Nonushtadan kamida 20 daqiqa oldin 2 stakan suv iching, lekin bundan ortiq ham, kam ham emas. Nonushta qilib bo’lgach 2 soat hech narsa ichmang.
Tushlikda. Tushlikdan 30-60 daqiqa oldin yana 2 stakan ichimlik suvidan ichimiz. Tushlik vaqtida va ikki soat undan keyin suv ichmaymiz.
Kechki ovqatda. Kechki ovqatlanishdan oldin 1 stakan yoki xohishga qarab 2 stakan suv iching va faqatgina yarim soatdan so’nggina ovqatlaning
Mana uch mahalgina ichilgan suvni hisoblasak 1.5 litr suv ichgan bo’lasiz. Yuqoridagi qoidalarga amal qiling, chiroyli va sog’lom ozing. Asosiysi ozishingizga ishoning va tez orada o’zingiz xohlagan natijaga erishasiz.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Озиш учун сувни қандай ичиш керак?
Сийқаси чиқиб кетган маслаҳатларга кўра, сиз кунига 8 стакан сув ичишингиз керак, яъни 1600-2000 мл. Умуман олганда, бундай эмас. Мутахассислар суюқлик истеъмол қилишнинг ягона қатъий қоидаси бўлиши мумкин эмаслиги, чунки у ҳар бир ҳолат учун алоҳида кўриб чиқиладиган кўплаб омилларга боғлиқлигини таъкидлашади. Масалан, кун давомида тановул қилинадиган озиқ-овқат, об-ҳаво, кийим-кечак, ичак фаолияти, эмизиш даври ва бошқалар.
Озиш учун қай йўсиндаги сув истеъмоли тўғри келади?
Катта ёшли ва юрак -қон томир касалликларидан азият чекувчи инсонлар учун бир мунча кам миқдордаги сув талаб этилади. Уларнинг кунлик меъёри — тахминан 1 литр, бундан ошса юракка кучли юклама тушиши мумкин. Фаол ҳаёт тарзида яшовчилар учун эса ҳатто 2,5 литр миқдори ҳам етарли бўлмаслиги мумкин.
Сувни қандай ичиш керак?
Ўзингиз учун кунлик сув меъёрини аниқлаш формуласи: 1 кг тана вазнига 30 мл сув. Аммо формула «ишлаши» учун сиз учун мос келувчи мукаммал тана вазнини аниқлашингиз керак. Бу нима дегани? Аслида вазннинг узунликка нисбатан «муносиб» деб эътироф этилган нисбати мавжуд. Масалан, агар сиз 160 см баландликдаги аёл бўлсангиз, сиз учун мукаммал вазн 50-60 кг.ни ташкил этади, худди шундай бўйдаги эркак 55-60 кг тош босиши керак. «Идеал» параметрларни Соловьев индекси орқали ҳисоблаш мумкин (Google ёрдамга келади).
Сув қачон ичиш керак?
Олимлар ўтказилган бир қатор тадқиқотлардан сўнг шундай қарорга келдиларки, овқат тановулидан ярим соат олдин ичилган 500 мл сув инсон очлигини қондиради, камроқ таомланишга, натижада янада семирмасликка ва аввал йиғилган вазнни йўқотишга сабаб бўлади.
Ушбу сув билан вазн йўқотиш усулининг афзаллиги шундаки, у оддий ва бепул. Ҳар бир инсон ўзининг соғлигига хавф туғдирмайдиган тарзда бу усулни синаб кўриши мумкин.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.