Press "Enter" to skip to content

Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi

Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

O‘zbekiston-Janubiy Koreya munosabatlari: tenglik, do‘stlik, hamjihatlik

Bugungi murakkab vaziyatda dunyo tinchligi, xavfsizlik va barqarorlik davlatlar hamda millatlarning o‘zaro ishonchi, hamjihatligi va do‘stona aloqalarni mustahkam o‘rnatishiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Ijtimoiy-siyosiy, madaniy-iqtisodiy munosabatlarning ijobiy o‘zanda rivojlanishigina global muhitda, integratsiyalangan sharoitda yashashga ko‘nikib ulgurgan insoniyatni bugungi tang vaziyatdan olib chiqishi mumkin. 1991 yilda mustaqil davlat sifatida dunyo sahnasiga chiqqan mamlakatimiz prezidenti Islom Karimov boshchiligida ana shu yo‘ldan, ya’ni tenglik, do‘stlik va hamjihatlik tamoyillariga asoslangan siyosatni yuritgan holda dadillik, qat’iyat bilan olg‘a intilmoqda. Shu vaqtga qadar ko‘plab marotaba yurtimiz har qanday mojaro, ziddiyat va inqirozlarni tinchlik yo‘li bilan, umuminsoniy mezonlar, xalqaro qonun-qoidalar asosida hal etish tarafdori ekani ma’lum qilingan va mana shu pozitsiya sobitqadamlik bilan himoya etilmoqda.

Janubiy Koreya ham xuddi shu yo‘lda tobora taraqqiy etib borayotgan yana bir tinchlik, ezgulik va hamjihatlik mamlakati hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, o‘zbek va koreys millatlarining o‘xshashlik, umumiylik jihatlari bisyor. Bizlarni til jihatdan Oltoy tillar oilasi birlashtirib turgan bo‘lsa, hudud jihatdan bir qit’a, bir mintaqa – Yevroosiyo va sharq umumiylashtirib turadi. Tarixiy, madaniy jihatdan ham ko‘plab uyg‘unliklarni ko‘rish mumkin. Jafokash koreys xalqi ham o‘zbeklar singari o‘tmishda ko‘p bor bosqinchilar zulmi ostida yashashga, ularga qarshi qon va jon kurashini olib borishga majbur bo‘lgan. Ana shunday qiyinchiliklar evaziga bo‘lsa kerak, koreyslar hozirgi tinch va farovon muhitda ham o‘zlarining mehnatsevarligi, tirishqoqligi bilan ajralib turadi, yangiliklarga qo‘l urib, turmush tarzini yanada farovonlashtirishga intilib yashaydi.

Yurtimiz mustaqillikka erishganidan keyin Janubiy Koreya 1991 yil 30 dekabrda Osiyo — Tinch okean mintaqasi davlatlari orasida birinchi bo‘lib O‘zbekiston mustaqilligini tan oldi. 1992 yilning 29 yanvar kuni esa ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Shu kundan buyon O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlar har bir sohada ijobiy ruhda, muvaffaqiyatli tarzda rivojlanib borayapti.

1992 yilning 19 iyunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasiga davlat tashrifi bilan bordi. Mazkur tashrif ikki mamlakat, ikki millat o‘rtasidagi iqtisodiy, savdo, madaniy-texnikaviy aloqalarga asos soldi. Aynan mana shu safar vaqtida “O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risida”gi dekloratsiya imzolandi. Savdo-iqtisodiy ayirboshlash, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga mablag‘ sarflaydigan Janubiy Koreya ishbilarmonlariga beriladigan kafolatlar to‘g‘risidagi qator shartnomalar imzolandi. Madaniyat, ta’lim, ommaviy axborot, sayohat, sport sohalarida hamkorlik qilishning uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalari belgilab olindi. Janubiy Koreyadagi DEU korporatsiyasi rahbarlari bilan Andijon viloyatining Asaka shahrida avtomobil zavodi qurishga kelishib olindi.

1992-1996 yillarda “O‘zDEUavto” O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasini qurish, loyihalashtirish ishlari olib borildi. 1996 yilning 25 mart kuni zavodning ilk mahsuloti ishlab chiqarildi.

Mamlakatlarimiz hamkorlik ko‘lami savdo, sarmoya, eksport-import, yoqilg‘i-energetika, kimyo, transport va logistika, avtomobilsozlik, tog‘-kon sanoati, yengil sanoat, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, tibbiyot, turizm, fan-ta’lim va madaniyat kabi ko‘plab sohalarni qamrab olgan.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda janubiy koreyalik investorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 412 ta korxona, ushbu mamlakatdagi 81 kompaniyaning vakolatxona ishlamoqda. O‘zbekistonga kiritilgan investitsiyalar hajmi esa 6 milliard dollardan oshib ketdi. Koreya Respublikasi O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. Yurtimiz tashqi savdosining 7,8 foizi aynan Janubiy Koreyaga tegishli bo‘lib, 2014 yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard dollardan oshdi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida so‘z ketganida, madaniyat va ta’lim sohasidagi hamkorliklar to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tish joiz. 1992 yildan beri Toshkentda Koreys ta’lim markazi faoliyat ko‘rsatib kelayapti. Bir nechta universitet va institutlarda koreys tili va madaniyati markazlari ochilgan. 13ta oliy ta’lim muassasasi, 28ta maktab va litseyda koreys tili o‘rgatilmoqda. O‘zbekiston universitetlari Janubiy Koreyadagi o‘ttizdan ziyod oliy o‘quv yurti va ilmiy ­ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlik Toshkent shahrida Inxa universiteti filialining tashkil qilinishi bilan davom ettirildi. Shu maqsadda 2014 yil 24 martda prezidentimizning “Toshkent shahrida Inxa universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori, 27 martda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi Inxa universitetining faoliyatini tashkil etish va moddiy-texnika bazasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bugun zamonaviy, xalqaro talablarga mos sharoitlarda o‘zbekistonlik yoshlar kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishi bo‘yicha bilim olmoqda.

Ijtimoiy sohadagi hamkorlik aloqalarida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning o‘rni beqiyos bo‘lmoqda. Jumladan, KOICAning 2012 yildan beri O‘zDJTU va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida (JIDU) amalga oshirilayotgan 1,3 mln dollarlik loyihasi doirasida professional tarjimonlarni tayyorlash sohasidagi tizimga solindi. 2015 yil iyun oyida JIDUda Kompyuter yordamida imtihon olish va professional tarjimonlarni tayyorlash markazi ochilgan bo‘lsa, sentabr oyida O‘zDJTUda professional tarjimonlarni tayyorlash auditoriyasi ishga tushirildi.

Madaniyat sohasidagi hamkorlik ko‘lami ham yildan-yilga kengayib bormoqda. Jumladan, shu yilning 19-24 oktabr kunlari Toshkent, Navoyi va Urganch shaharlarida bo‘lib o‘tgan “Korean week 2015” madaniyat haftaligi doirasida kinofestival, bolalar va o‘smirlar uchun futbol hamda koreys xalq amaliy san’ati bo‘yicha mahorat darslari, tasviriy san’at tanlovi tashkil etildi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda koreslar o‘rtasida ham o‘zbek tili, milliy urf-odatlarimiz, madaniyatimiz va san’atimizga katta qiziqish bildirganlar juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Janubiy Koreyaning Tegu va Pusan chet tillari universitetlarida o‘zbek tili o‘rgatilmoqda.

Ildizlari do‘stlik, sherikchilik va sharqona qadriyatlardan kuch olayotgan ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar kelgusida ham jadal taraqqiy etaveradi.

Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi

Amaliy safar bilan Janubiy Koreyaga borgan O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Koreya Respublikasi bandlik va mehnat vaziri Li Jung Shik bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi .

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

Qayd etilishicha, muloqot chog‘ida E-9 (ishchi) vizasi asosida ushbu davlatga kirib borayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun kvota sonini oshirish yuzasidan fikr almashilgan. O‘zbekiston fuqarolarini qurilish va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, uchrashuvda Koreya Respublikasidagi kompaniyalarga O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish yuzasidan anglashuv memorandumi ham imzolangan.

Кто-то пишет комментарии.
Asosiy yangiliklar
Bugun, 10:35
Bugun, 10:10
Bugun, 00:10
Ko‘proq yangiliklarni yuklash

  • Daryo
    • Internet-nashr
    • Tahririyat haqida
    • Aloqa ma’lumotlari
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Yangiliklar arxivi
    • Instagram | Rasmiy
    • Instagram | Lifestyle
    • Instagram | Sport
    • Facebook | Rasmiy
    • OK | Rasmiy
    • YouTube | Daryo
    • YouTube | Daryo Rus tilida
    • YouTube | Daryo Global
    • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
    • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
    • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
    • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
    • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
    • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Oʻzbekiston — Janubiy Koreya munosabatlari

    Koreya Prezidenti xalqiga yo’llagan yangi yil murojaatida O’zbekiston bilan bo’lgan aloqalarga alohida urg’u berib o’tdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan Erkin savdo shartnomasini (ESSH) tuzish bo‘yicha ishlarni tezlashtiradi. Bu haqda Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In o‘zining koreys xalqiga yo‘llagan Yangi yil murojaatida maʼlum qildi.

    “Biz Filippin, Kambodja va O‘zbekiston bilan ESSH muzokaralarini tezlashtirish orqali Yangi Janubiy va Yangi Shimoliy siyosat bo‘yicha almashinuv va hamkorlikni kengaytiramiz”,-dedi Koreya Respublikasi Prezidenti.

    Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya hukumati tomonidan faol ilgari surilayotgan “Yangi Shimoliy siyosat” Yevroosiyo qitʼasi mamlakatlari, shu jumladan, O‘zbekiston bilan turli jabhalardagi yaqin hamkorlik munosabatlarni rivojlantirishni nazarda tutadi.

    Koreya Respublikasi hozirga qadar Yevropa Ittifoqi va Yevropa erkin savdo uyushmasi, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) kabi tashkilotlar, shuningdek, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Chili, Kolumbiya, Peru, Xitoy, Hindiston, Singapur, Vyetnam va Turkiya kabi davlatlar bilan Erkin savdo shartnomalarini imzolagan.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil noyabr oyida Koreya Respublikasiga davlatiga tashrif buyurdi. Bunga javoban Janubiy Koreya rahbari Mun Chje In 2019-yil aprelda O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirdi. Tashrif doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik sohalarda umumiy qiymati 12 milliard dollardan ziyod qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolangani alohida ta’kidlangan edi.

    Janubiy Koreya O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkorlari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2019 yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi 2,755 milliard dollarni, 2020 yil yanvar-noyabr oylarida — 1,908 milliard dollarni tashkil etdi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.