Press "Enter" to skip to content

Bolaga qo’shimcha ovqat berish tartibi, 1 oyda 12 oygacha tartibi

Ko’krak suti yoki smesdan tashqari 6 oylik bolaga qo’shimcha ovqat berish mumkin va kerak. Bolaning oshqozoni yangi taomlarga o’rganmagani uchun, bu yerda asta-sekinlik va ma’lum bir bosqichlardan o’tish talab etiladi.

Ovqat mazali bo’lishi uchun 5 tavsiya

Kotletlar yaxshi qizarishi va mazali bo’lishi uchun qiymaga mayda to’g’ralgan, xom va salgina qovurilgan piyoz (teng miqdorda) hamda biroz xom kartoshka qo’shish kerak. Qolaversa, kotletni qovurishda avvaliga olov baland bo’lishi kerak. Bu kotletlar usti qizarib, po’stloq hosil qilishi va ichidagi shirasi oqib ketmasligini ta’minlaydi. Ikkala tomoni shu usulda qizartirib olingach, o’rtacha olovda pishirishni davom ettirish lozim.

Baliqni maromiga etkazib qovuramiz.

Uy bekalari ko’pincha baliqni qovurayotganda uning maydalanib ketishidan nolishadi. Baliq tilla rangga kirib mazali pishishi uchun qovurishdan 10-15 daqiqa oldin uni sochiq bilan artib, quritib, darhol tuzlab qo’yish kerak. Shuningdek baliq qovurayotganda hidi juda kuchli bo’lmasligi uchun o’simlik moyiga bitta xom kartoshka (tozalangani)ni bo’laklarga bo’lib solish kerak.

Oxshash xabarlar:

  • Kotlet tayyorlash retsepti – usullari, sirlari, mazali…
  • Nonushtaga mazali quymoq
  • Tovuq go‘shtidan mazali salat
  • Mazali quymoq
  • Mazali salat
  • Mazali rogaliklar
  • Mazali spageti
  • Mazali lekin zararli ❗️❗️❗️
  • Masofaviy ta’lim uchun 7 tavsiya
  • Ota-onalar uchun 60 tavsiya
  • Grafik dizaynerlar uchun qanday kompyuter tavsiya qilamiz?
  • Motion dizaynerlar uchun qanday kompyuter tavsiya qilamiz?
  • To‘g‘ri yozish uchun 10 ta tavsiya
  • BURUNDAGI QORA NUQTALAR UCHUN TAVSIYA:
  • Bolalarni kitobxon qilish uchun 10 ta tavsiya

Оставьте комментарий Отменить ответ

Для отправки комментария вам необходимо авторизоваться.

Bolaga qo’shimcha ovqat berish tartibi, 1 oyda 12 oygacha tartibi

Qo’shimcha ovqat berish boshlaganda eng asosiy tamoyil — bu shoshmaslik.

Ba’zi bolalar qo’shimcha ovqatga tez o’rganishsa, ba’zilari ko’krak suti yoki smesdan boshqa hech narsani yeyishni istamaydilar. Qo’shimcha ovqat odatda bolaning 6 oyidan boshlab beriladi, lekin bola buni istamasa-chi? U holda shoshilmaslik ayni muddao. Aslida 1 yoshgacha bola o’ziga kerakli barcha vitamin va mikroelementlarni ko’krak sutidan yoki smesdan kerakligicha oladi. Shuning uchun bola yaxshi rivojlanib, vazni kerakligicha oshib, o’zini yaxshi his qilayotgan bo’lib, qo’shimcha ovqatdan bosh tortsa, bundan havotir olmang. Demak hali erta. Vaqti kelib, albatta qo’shimcha ovqat yeyish istagi paydo bo’ladi. Lekin kuch bilan bola istamagan holda unga qo’shimcha ovqat yedirish jismonan ham, ruhan ham bolaga hech qanday foyda keltirmaydi. Olti oyda yeyishni istamayotgan bo’lsa, ozgina vaqt kutib keyin yana harakat qilib ko’ring. Ba’zi bolalar meva yeyishni hush ko’rsalar, ba’zilari sabzi va kartoshka kabi sabzavotlarni hush ko’radilar.

Qo’shimcha ovqat berishda eng muhim tamoyil — bu shoshmaslik.

Siz tayyorlagan taom bolaga yoqmagan bo’lsa, demak uni didini topa olmadingiz. Boshqa mahsulotdan harakat qilib ko’ring.

Eng asosiysi, qo’shimcha ovqat asta-sekinlik bilan bola ratsioniga kiritilib, har bir yangi mahsulot berilish intervali 1-2 haftani tashkil etishi lozim.

Olti oylarda kuniga bir-ikki qoshiq yeyilgan sabzavot yoki mevali pyure bola uchun yetarli bo’lishi ham mumkin. Zo’rlamang. Vaqti kelib o’zi sizni qo’ymay meva berishingizni talab qilib yuradi.

Qo’shimcha ovqat berishda eng yaxshi yo’l, shoshmaslik.

Ba’zi kitoblarda chaqaloqqa qo’shimcha ovqatni 4 oyligidan boshlab bersa bo’ladi, deyilgan. Ba’zilar chillasi chiqishi bilan chaqaloqqa suv berishni boshlaydi. Buvilarimiz esa kattalar ovqatidan yalatish chaqaloqqa foyda deb, 3-4 oylik bolaga qozon ovqatidan yalatadilar.

Halqaro sog’liqni saqlash tashkiloti va 50 yillik pediatrlik stajga ega bo’lgan dunyoga mashxur Sears pediatri ona sutini emayotgan bolaga qo’shimcha ovqatni(shu qatorda suvni ham) 6 oydan berishni, sun’iy sut ichayotgan bolalarga esa 4-5 oydan boshlashni tavsiya qiladi.

Bunday yondashuvga tabiyat ham qo’shiladi:

1. Bolada 6 oydan boshlab ovqatni tili bilan itarib chiqarish refleksi pasayadi. Bu refleks kuchli bo’lgan payti(6 oyga qadar) ovqat yedirish qiyin bo’ladi, chunki o’zi bilmagan holda bola ovqatni itarib chiqaraveradi.

2. Olti oyga qadar chaqaloq juda zaif bo’ladi. Qo’shimcha ovqat esa steril bo’lmaydi. Idish, qo’shiq, qaynagan suvda biron bakteriya bo’lsa, 6 oyga to’lmagan chaqaloqqa zarar yetkazishi mumkin.

3. Ona sutini emayotgan bola organizmida qo’shimcha ovqatlarni hilma xilini hazm qilish uchun yetarlicha fermantlari mavjud bo’lmaydi.

4. Olti oygacha bolaga berilgan qo’shimcha ovqatdan bola hech qanday foyda yoki vitamin olmaydi.

5. Kerakli holatga keltirilmagan qo’shimcha ovqatga bola qaqalib yoki tiqilib qolishi ehtimoli 6 oygacha yuqori bo’ladi.

6. Bolada odatda aynan 6 oydan so’ng kattalar ovqatiga qiziqishi uyg’onadi. Onasi yeyayotganda qaraydi, o’ziga so’raydi.

7. Ovqat yeyayotganda to’yganligi haqida bola 6 oydan keyingina ishora qila oladi. Qoshiqni itarish, labini qattiq siqib olish, yuzini bujmaytirish 6 oydan keyin paydo bo’ladigan xususiyatlardir.

8. Qo’shimcha ovqatni yeyish uchun bola 6 oydan so’ng o’tira boshlaydi.

9. Qo’shimcha ovqatni 6 oydan keyingina barmoqlari bilan ushlay oladi.

10. Qaysi ovqat yoqishi yoqmasligini 6 oygacha ifoda eta olmaydi.

Demak, bolaning organizmi va tabiati ham uni 6 oyiga qadar qoshimcha ovqat yeyishiga moslashmagan bo’lar ekan. Bola ona sutini emib, olti oyidan boshlab qo’shimcha ovqat yeyishga tayyor bo’ladi.

Sun’iy sut ichadigan bolalarga albatta tabiat qonuni mos kelmaydi va ularga 4-5 oydan boshlab qo’shimcha ovqat berish tavsiya etiladi.

Bolaning modda almashinuvi, oshqozon faoliyati buzilmasin, kelajakda ortiqcha vazn muammosiga duch kelmasin desangiz, qo’shimcha ovqat berishga, uni turlarini ko’paytirishga hech qachon shoshilmang.

Ko’krak suti yoki smesdan tashqari 6 oylik bolaga qo’shimcha ovqat berish mumkin va kerak. Bolaning oshqozoni yangi taomlarga o’rganmagani uchun, bu yerda asta-sekinlik va ma’lum bir bosqichlardan o’tish talab etiladi.

6 oylik bola qanday ovqatlanishi mumkin:

Nimadan boshlaymiz:

-Banan;
-Guruchli kasha;
-Nok;
-O’zingiz tayyorlagan olma sharbati.

Taomlarning holati:

-Yaxshilab ezilgan, pyure shaklida qoshiq uchida beriladi.

Bolaga qo’shimcha ovqat berishda eng asosiy qoida bu shoshilmaslik.

Har bir yangi mahsulotni qo’shishni boshlaganingizda kuzating. Bolada unga nisbatan allergiya yoki ichi buzulish holati kuzatilmasa, sekin-sekin porsiyani oshirish mumkin. Bir-ikki haftalardan so’ng ikkinchi mahsulotni berib ko’ring.

Bunda ham biroz kuzatib, keyin porsiya miqdorini oshirishingiz mumkin.

Mahsulotlar yangi va yaxshilab yuvilgan bo’lishi lozim.

Kattalar ovqatidan hali bermay turing. Bolaga yoqib albatta iste’mol qilishi mumkin, lekin uning oshqozoniga bu katta yuk bo’lib, bola kuchi va energiyasi butunlay o’sha ovqatni hazm qilish uchun ketib qoladi.

Bolaga qo’shimcha ovqat berishni boshlaganingizda bolada allergiya holati yuz bermasligi uchun quyidagi allergik mahsulotlar ro’yxati bilan tanishib chiqing. Bu mahsulotlarni berishni boshlaganingizda shoshmay, bola holatini kuzatib ehtiyotkorlik bilan bering. Bu mahsulotlar ayrim bolalarga hech qanday ta’sir ko’rsatmasa, ayrim bolalar bundan qattiq allergik holatga tushishlari mumkin.

Eng allergik mahsulotlar:

  • Grechka;
  • Shokolad;
  • Korisa;
  • Sitrusli mevalar;
  • Kokos;
  • Makkajo’xori;
  • Sutli mahsulotlar;
  • Tuxum oqi;
  • Gorchisa;
  • Danaklar;
  • Yer yong’oq;
  • Cho’chqa go’shti;
  • Dengiz mahsulotlari;
  • Baliq;
  • Soya;
  • Shakar;
  • Pomidor;
  • Drojji;
  • Bug’doy;
  • Malina;
  • Qulupnay;
  • Yejevika;
  • Golubika.

Tayyor mahsulot sotib olayotganingizda etiketkalarga ahamiyat bering:

Bug’doyni etiketkada «krupchatka» yoki «manka» deb atashadi.
Tuxum oqi — «al’bumin»
Sut mahsulotlari — sivorotka, kazein, natriya kazeinat

Agar bolada yuqoridagi mahsulotlarni berganingizda allergik holat kuzatilsa bola menyusidan bu mahsulotni olib tashlang.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.