Press "Enter" to skip to content

OTMlarga qabul 15 iyundan 15 iyulgacha onlayn bo‘lib o‘tadi

Abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi hamda barcha oliy ta’lim muassasalarida Call centerlar tashkil etiladi.

Abituriyentlarning hujjatlari onlayn rejimda 1 oy davomida qabul qilinadi – DTM direktori

U bu haqda Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev boshchiligida o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

“Pandemiyani e’tiborga olib bu yil abituriyentlardan hujjatlar davlat xizmatlari markazlari, Yagona davlat interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda qabul qilinadi. Reja bo‘yicha hujjatlar 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinishi belgilangan, bu muddat bekor qilingani yo‘q. Mana shu jarayonda onlayn tarzda ishtirokchilarning ro‘yxatda o‘tishi rejalashtirilgan. Jarayon bir oy, har kuni 24 soat davom etadi. Tizim muntazam ishlaydi va qabul qilish jarayoni to‘xtovsiz davom etadi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlardan avvalgiday ko‘p hujjatlar talab qilinmaydi. Faqatgina shaxsini va ma’lumotini tasdiqlovchi (shahodatnoma yoki diplom) hujjatlar bo‘lsa kifoya. Mana shu hujjatlar bo‘lgan taqdirda internet orqali Yagona davlat interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga kiradi. U yerda “Ro‘yxatga olish” bo‘limi bor, abituriyent shu yerga kirib birinchi navbatda pasport ma’lumotlarini kiritadi.

Pasport va ma’lumotini tasdiqlovchi hujjatlardagi ma’lumotlardan boshqa ma’lumotlar talab qilinmaydi. Agar abituriyent qandaydir imtiyozlarga ega bo‘lsa, imtiyozga egaligini tasdiqlovchi hujjat, nogiron yoki harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lsa, shularni tasdiqlovchi hujjatlar kerak bo‘ladi. Bu hujjatlarning ham to‘rtta turi talab qilinadi, qolgan barcha hujjatlarni vazirlik va idoralardan elektron tarzda olamiz.

Bu tartib avvalgi yillarda o‘qishni bitirgan abituriyentlar uchun. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bu yilgi bitiruvchilarining bitiruv, ya’ni o‘rta ma’lumotiga oid ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlarni elektron shaklda olishimiz mumkin bo‘ladi. Abituriyentlarning pasporti orqali elektron bazadan ularning ma’lumotiga oid hujjat tanlab olinadi”, deya Majid Karimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

DTM direktorining ta’kidlashicha, abituriyentlarda onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida bordi-yu ma’lumotlarni xato kiritib qo‘ygan bo‘lishsa, xatoni to‘g‘rilash imkoni mavjud.

“Abituriyentlarda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida hujjatlardagi ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritganini, ma’lumotlarni to‘g‘ri to‘ldirganini shaxsiy kabinet orqali tekshirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, qandaydir tushunmovchilik yuzaga kelganda aniqlik kiritish va abituriyent bilan bog‘lanish uchun mobil telefon raqamini kiritish kerak va ko‘rsatilgan raqam muntazam ishlab turishi kerak. Keyinchalik imtihonga ruxsatnomani olish uchun telefon orqali xabar beriladi”, deydi Majid Karimov.

OTMlarga qabul 15 iyundan 15 iyulgacha onlayn boʼlib oʼtadi 2020 yil

Abituriyentlar respublika OTMlariga 15 iyundan 15 iyulgacha onlayn hujjat topshirishlari mumkin bo‘ladi, deya xabar berdi Oliy ta’lim vazirligi axborot xizmati “Gazeta.uz”ga.

Bunda abituriyentlarga uydan chiqmagan holda mobil telefon (kompyuter) yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.

  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz
  • Davlat test markazining rasmiy veb-sayti — dtm.uz
  • Davlat xizmatlari markazlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

OTMlarga qabul ko‘rsatkichlari ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tili kesimida DTM hamda tegishli oliy ta’lim муассасасининг rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi hamda barcha oliy ta’lim muassasalarida Call centerlar tashkil etiladi.

Test sinovlari natijalari bir kun muddatda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Test sinovlari natijalariga ko‘ra ta’lim yo‘nalishlari kesimida talabalikka tavsiya etish bo‘yicha tanlov natijalari test sinovlarining oxirgi kunidan boshlab bir hafta muddatda Davlat test markazining rasmiy veb saytida e’lon qilinadi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatiga ko‘ra imtihon o‘tkazilgandan keyin 1−3 kun muddatda oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb saytida e’lon qilinadi.

OTMga kirish uchun hujjat topshirish 15 iyundan boshlanadi

Joriy yilning 15 iyun kunidan oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjatlar topshirish boshlanadi. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov ma’lum qildi.

Karimov ma’lum qilishicha, hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Hujjatlarni qabul qilish har kuni 24 soat davom etadi.

“Pandemiyani e’tiborga olib bu yil test jarayonida ishtirok etuvchi abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish faqat onlayn tarzda Davlat xizmatlari markazlari, Yagona davlat interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi. Reja bo‘yicha hujjatlar 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinishi belgilangan, bu muddat bekor qilingani yo‘q. Mana shu jarayonda onlayn tarzda ishtirokchilarning ro‘yxatda o‘tishi rejalashtirilgan. Jarayon bir oy, har kuni 24 soat davom etadi. Tizim muntazam ishlaydi va qabul qilish jarayoni to‘xtovsiz davom etadi.

Bu yilgi bitiruvchilar uchun Xalq ta’lim vazirligi topshirig‘i bilan o‘rta ma’lum to‘g‘risidagi hujjatlarni elektron shaklda olish mumkin bo‘ladi. Faqatgina pasport bilan kelinsa biz o‘zimiz tegishli hujjatlarni abituriyentga tegishli ekanini tasdiqlab qo‘yamiz”, deydi Majid Karimov.

DTM direktorining ta’kidlashicha, abituriyentlarda onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida bordiyu ma’lumotlarni xato kiritib qo‘ygan bo‘lishsa, xatoni to‘g‘rilash imkoni mavjud.

“Abituriyentlarda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida hujjatlardagi ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritganini, ma’lumotlarni to‘g‘ri to‘ldirganini shaxsiy kabinet orqali tekshirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, qandaydir tushunmovchilik yuzaga kelganda aniqlik kiritish va abituriyent bilan bog‘lanish uchun mobil telefon raqamini kiritish kerak va ko‘rsatilgan raqam muntazam ishlab turishi kerak”, deydi Majid Karimov.

Avvalroq, OTMga kirish imtihonlari qachon boshlanishi haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi imtihonlarda 2 ta fandan test topshiriladi. Shuningdek, imtihon jarayonlari 2 smenada emas, balki 3 smenada amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.