Press "Enter" to skip to content

Mavzu 12: Jigar va o‘t pufagi kasalliklarida qo‘llaniladigan dori vositalarini

yuboriladi. Obturatsion sariqlik bo‘lgan bemorlarga xologon va dexolinni buyurish

Jigarga tabiiy rastoropsha (qushqo’nmas) damlamasi foydasi

Rastoropsha o’simligining bargidan ham, gulidan ham quritilgan shaklda dorixonalarda sotiladi. Undan damlama tayyorlanadi. Bu damlama jigarni qo’llab quvvatlaydi. Jigar hujayralarining oziqlanishida, devorining mustahkam bo’lishida, virusli kasalliklardan keyin jigarni oldingi holatiga qaytarishga yordam beradi. Zararlanish jarayonini kamaytiradi.

Jigar, o’t qopidagi operatsiyalarni boshidan kechirgan bemorlarga, jigari lat yegan kishilarga, rastoropsha damlamasi tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, spirtli ichimlik ichib jigar zararlanganida, o’t qopi tiqilib safro (zardop) dimlangan paytlarda rastoropsha ichish buyuriladi. Pankreatit kasalligida ham shu damlamadan istemol qilish mumkin.

Serroz kasalligining tez rivojlanib ketmasligi uchun han itemol qilish mumkin. Qon tomirlarida tromp hosil bo’lmasligi uchun bu damlamadan ichish maqsadga muvofiqdir. Sigaret va nos chekadiganlar ham bu damlamadan ichib tursalar, jigarini himoya qilgan bo’ladilar.

Shu damlamaga allergiyaasi borlarga ichish tavsiya qilinmaydi. Boshqa barcha kishilar ichib turishlari mumkin.

Har bir ichgan malhamingiz shifo bo’lsai.

Mavzu 12: Jigar va o‘t pufagi kasalliklarida qo‘llaniladigan dori vositalarini

O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti

Mavzu 12: Jigar va o‘t pufagi kasalliklarida qo‘llaniladigan dori vositalarini

Mavzu 12: Jigar va o‘t pufagi kasalliklarida qo‘llaniladigan dori vositalarini

tanlash va qo‘llashga klinik farmakologik yondoshish.

O‘t xaydovchi moddalar: o‘t xosil bo‘lishini rag‘batlantiruvchi va o‘t

xaydalishini kuchaytiruvchi preparatlar. Muayyan patologik xolatda preparatlarni

O‘t yo‘llarini bo‘shashtiruvchi dori vositalar. Berilishiga ko‘rsatmalar,

mo’neliklar va nojo‘ya ta’sirlar.

Xolelitiazda qo‘llaniladigan preparatlar. Berilishiga ko‘rsatmalar, mo’neliklar

va nojo‘ya ta’sirlar.

Gepatoprotektorlar. Berilishiga ko‘rsatmalar. Nojo‘ya ta’sirlar.

Kalit so‘zlar: gepatoprotektor, gepatit, xoletsistit

O‘t qopi va o‘t yo‘llari kasalliklarini davolash maqsadlariga kiradi:

1) infeksiya bilan kurash (antibakterial davolash);

2) diskinetik buzilishlarni korreksiyalash;

3) o‘t tarkibini meyorlashtirish va uning chiqarilishni yaxshilash;

4) o‘t qopidagi toshlarni eritishga harakat qilish.

O‘tkir yoki surunkali xoletsistitning xuruj davrida antibakterial davolash

yiringli yoki xoletsistektomiyadan keyingi asoratlarni oldini olish maqsadida

o‘tkaziladi. Bunda o‘t bilan yaxshi ajraladigan preparatlar buyuriladi, masalan,

sefoperazon yoki pefloksatsin (abaktal). Davolashni yarimsintetik penitsillinlar

yoki sefalosporinlar yoki tetratsiklinlar yordamida ham o‘tkaziladi. Ampitsillinni

1,0 g dan har 4-6 soatda; sefazolin 1,0 g dan har 6-8 soatda; sefalotinni 2,0 g dan

har 4-6 soatda buyuriladi. Anaerob floraga shubha bo‘lganda IV-avlod

sefalosporinlari, hamda metronidazol buyuriladi.

O‘t haydovchi preparatlar keng qo‘llanadi.

Ma’lumki, o‘t haydovchi preparatlar 2 guruhga bo‘linadi:

I. O‘t hosil bo‘lishini rag‘batlantiruvchi DV – xoleretiklar

II. O‘t chiqarilishini oshiruvchilar – xolekinetiklar va xolespazmolitiklar.

I. O‘t hosil bo‘lishini rag‘batlantiruvchi preparatlar o‘z o‘rnida 2 guruhchaga

I.1. Haqiqiy xoleretiklar – o‘t sekretsiyasini oshirib, o‘t kislotasini hosil

qiluvchi preparatlar. Bularga kiradi: o‘t kislotasi tutuvchi preparatlar – dexolin,

xologon, allaxol, xolenzim, zoletsin, liobil; sintetik preparatlar – nikodin,

oksafenamid, sikvalon; o‘simliklardan yaratilgan preparatlar – qumloq bo‘znochi,

makka popugi, oddiy dastorbosh, na’matak, qalampir yalpiz va hokazo.

I.2. Gidroxoleretiklar – bu preparatlar suv tarkibi hisobiga o‘t sekretsiyasini

oshiradilar. Bularga mineral suvlar, natriy salitsilati, valeriana preparatlari kiradi.

Haqiqiy xoleretiklar o‘t sekretsiyasini oshiradi, uning o‘t yo‘llaridagi oqimini

tezlashtiradi, o‘tdagi xelatlar miqdori va xolatoxolesterin koefitsientini oshiradi.

O‘t oqimini tezlashuvi natijasida yuqoriga ko‘tariluvchi infeksiyaning oldi olinadi,

yallig‘lanish darajasi va o‘tning turib qolishi kamayadi.

Gidroxoleretiklar xelatoxolesterin koeffitsientini oshirmaydi, shuning uchun

ham ularning xoleretiklik ta’siri haqiqiy xoleretiklarga nisbatan ancha kam. Biroq,

ularni qo‘llash natijasida og‘riqlar, dispepsik holatlar, qabziyat kabi belgilar ancha

Xoleretiklarni qo‘llashga ko‘rsatmalar – xoletsistit, xolangitlar hisoblanadi.

Surunkali xolangitda xoleretiklar qo‘lllanganda bemorning umumiy ahvoli

yaxshilanadi, terining qichishi, sariqligi, qondagi bilirubin miqdori kamayadi.

Bo‘shashtiruvchi moddalar bilan birga qo‘llanganda esa qabziyatlarni davolashda

yaxshi samara beradi, hamda ichakda toksik moddalar so‘rilishini kamaytiradi.

Dexolin, xolagon kabi xoleretiklar spazmolitiklar (atropin, platifillin va h.) bilan bir

vaqtda buyurilsa, mayda toshlarni ichakka chiqishiga olib kelishi mumkin.

O‘t haydovchi DVning klinik farmakologik xususiyatlari umumiy klinik

farmakologiya kursida o‘tilgan. Hozirgi qo‘llanmada biz u yoki bu xoleretiklarni

muayyan klinik holatda tanlab buyurish tamoyillari ustida to‘xtalib o‘tamiz.

O‘t kislotasi tutuvchi preparatlar. Dexolin o‘t haydash ta’siridan tashqari,

diurez miqdorini ham oshiradi, shuning uchun assit bilan asoratlangan jigar

sirrozida qo‘llanishi mumkin. YUqorida aytib o‘tilganidek, xologon va dexolinni

ba’zi hollarda ehtiyotlik bilan mayda toshlarni haydash maqsadida ham buyuriladi.

Bu maqsadda avval 0,1% – 0.5 ml atropin sulfat, so‘ng 20% – 5 ml dexolin v/i

yuboriladi. Obturatsion sariqlik bo‘lgan bemorlarga xologon va dexolinni buyurish

qat’iyan man etiladi, bundan tashqari, o‘tkir gepatit, jigarning keskin distrofiyasida

ham qo‘llash mumkin emas.

Allaxol kuchli o‘t haydovchi ta’siridan tashqari ichakda bijg‘ish jarayonini

so‘ndiradi, yo‘g‘on ichak peristaltikasini kuchaytiradi. SHuning uchun bu preparat

qabziyatlarni davolashda ham buyuriladi. Bir oy davomida 1-2 tabletkadan kuniga

3 marta, ovqatdan keyin qabul qilinadi.

Xolenzim ning xoleretik ta’siri kuchli emas, biroq u spazmolitik ta’sirga ega.

Preparat qabul qilinganda ishtaha va ovqat hazm bo‘lishi yaxshilanadi (oshqozon

osti bezi va ichak fermentlari, quruq o‘tni tutadi); og‘riqlar kamayadi. Xolenzim 2

tabletkadan kuniga 3 mahal ovqatdan keyin (4 xaftagacha) buyuriladi.

Sintetik xoleretiklar o‘t hosil bo‘lishini kuchaytiradi, uning tarkibini

meyorlashtiradi va spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, sikvalon

yallig‘lanishga qarshi, nikodin (nikotin kislota amidi va formaldegid unumi) esa –

mikrobga qarshi ta’sir (chunki metabolizmga uchraganda formaldegid ajraladi)

ko‘rsatadi. Nikotin kislotaning amidi esa jigar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Preparatlarni 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta, ovqatdan oldin 2-4 hafta davomida

buyuriladi. Xoletsistit, o‘t yo‘llari diskineziyasi, ayniqsa surunkali gastrit, kolit bilan

birga kelgan hollarida buyurish tavsiya etiladi.

O‘tlardan tarkib topgan preparatlar – bu guruhga 100 dan ortiq DV mansub.

Bir nechta o‘tli preparatlar birgalikda «o‘t haydovchi yig‘ma» yoki «choy»

ko‘rinishida keng qo‘llanadi. Tarkibiga o‘t haydovchi, yallig‘lanishga qarshi va

sitoprotektiv ta’sir ko‘rsatuvchi dorili o‘tlar (bo‘znochi guli, tog‘rayxon, zumturum

bargi va b. kirgan). «Xojimatov yig‘masi» juda yaxshi o‘t haydovchi ta’sirga ega

ekanligi, amaliyotda tasdiqlangan.

Dorili o‘tlarning damlamasi yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi: tarkibida

efir moylari, smola, flavonlar, fitosterin, vitaminlar tutishi hisobiga jigarning

funksional holatini yaxshilaydi.

O‘tli preparatlardan «yig‘malardan» tashqari yana quyidagilar keng

qo‘llanadi: qumloq bo‘znochi, o‘t, me’da va pankreatik sok sekretsiyasini

kuchaytiradi; bakteritsid ta’sirga ega, me’da va ichak peristaltikasini

sekinlashtiradi; diurezni oshiradi. Flamin bo‘znochining quruq ekstrakti bo‘lib, 5

mg tabletkasi kuniga 3 martadan, ovqatdan 30 min oldin 2-3 hafta mobaynida

Makka popugi ham o‘t haydovchi, ham siydik haydovchi ta’sirlarga ega.

Preparat o‘t sekretsiyasini oshirib, uning qovushqoqligini kamaytiradi, bilirubin

miqdorini pasaytiradi; qondagi protrombin miqdori va qonning ivuvchanligini

(vitamin K tutadi) oshiradi, Oddi sfinkteri tonusini susaytiradi. Damlama yoki spirtli

ekstrakt ko‘rinishida 1 oy davomida qabul qilish tavsiya etiladi.

Xolosas – na’matak mevalarining konsentratsiyalangan suvli ekstrakti bo‘lib,

o‘t sekretsiyasi va undagi o‘tli kislotalar miqdorini oshiradi, umumiy o‘t yo‘llari va

Oddi sfinkteri tonusini susaytiradi, o‘tni 12 barmoqli ichakka chiqishini

engillashtiradi. 1 choy qoshiqdan kuniga 3 marta buyuriladi.

Gidroxoleretiklar o‘t sekretsiyasini oshirib, uning qovushqoqligini biroz

kamaytiradi. Xususan, magniy va natriy sulfatlar o‘tning turib qolishi, o‘t qopi

atoniyasi, diskineziyasini bartaraf etadi. Mineral suvlardan gidroxoleretik ta’sirga

Jeleznovodsk, Karlov Var, Djeruk, «Essentuki» №17 va №14 kabilar ega. Ularni iliq

holda ovqatdan 20-30 min oldin ichish tavsiya etiladi.

Xoleretiklarni quyidagi hollarda buyurish mumkin emas: mexanik sariqlik;

jigarda o‘tkir yallig‘lanish va kuchli distrofik jarayonlar bo‘lganda, chunki ular jigar

hujayralariga bo‘lgan zo‘riqishni oshiradilar.

II. O‘t chiqarilishini rag‘batlantiruvchi preparatlar – o‘tni 12 barmoqli ichakka

Xolekinetiklar – o‘t qopi tonusi va harakati faolligini oshirib, umumiy o‘t

yo‘llari tonusini pasaytiradi. Bularga magniy sulfat, sorbit, mannit, berberin kiradi.

Preparatlarning ta’siri 12 barmoqli ichak shilliq qobig‘ini ta’sirlanishi va o‘t

qopining silliq mushaklari qisqarishini chaqiruvchi xoletsistokinin ajralib chiqishi,

hamda Oddi sfinkterini bo‘shashishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, ular me’da

shirasini meyorlashtiradi, bo‘shashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, sedatsiya chaqiradi.

Magniy sulfat spazmolitik va xoleretik ta’sir ko‘rsatadi. 30% – 50 ml eritmasi

duodenal zondlash, tyubaj o‘tkazish uchun qo‘llanadi; davolovchi maqsadda 25%

eritmani 1 osh qoshiqdan 3 mahal qabul qilinadi. Sorbit xolekinetik ta’sirga ega,

o‘t qopi qisqarishini chaqiradi va Oddi sfinkterini bo‘shashtiradi. Asosan

rentgenologik tekshiruvlarda o‘t qopining motor faoliyatini rag‘batlantirish

maqsadida ishlatiladi. Xoletsistitni kompleksli davolashda 10% – 50-150 ml

eritmani 2-3 mahal ovqatdan oldin ichishga yoki tyubaj uchun buyuriladi. Og‘riq,

o‘ng qovurg‘a osti sohasida og‘irlik hissi preparat ta’sirida kamayadi.

Xolespazmolitik moddalar o‘t yo‘llari tortishishini yo‘qotadi. Bu preparatlar

o‘t yo‘llari diskineziyasi, o‘t-tosh kasalligi, surunkali xoletsistit, xolangitlarda

qo‘llanadi. Bu maqsadda atropin, platifillin, papaverin, no-shpa, eufillin,

nitroglitserinlar oddiy dozalarda buyuriladi.

Atropin sulfat diskineziyaning xoxlagan turida qo‘llanishi mumkin. O‘t

chiqarish tizimining giperkinezida tonusni pasaytiradi, gipokinetik holatda esa, uni

meyorgacha oshiradi, hamda o‘t chiqarilishni kamaytiradi.

Platifillin gidrotartrat o‘t chiqarilishini so‘ndirmasdan, o‘t yo‘llari tonusini

meyoriga keltiradi. No-shpa va papaverin xolespazmolitik ta’sir ko‘rsatadi.

O‘t yo‘llari diskineziyasining giperkinetik shaklida (og‘ir hollarida) eufilli og‘iz

orqali ichishga, m/o yoki v/i yuboriladi.

Nitroglitserin nospetsifik FD ta’sir va o‘t qopi silliq mushaklarini

bo‘shashtirish xususiyatiga ega, bundan tashqari, o‘tli xurujni so‘ndiradi.

Spazmolitik modda sifatida olimetin va xolagol ham qo‘llanadi. Olimetin va

xolagol o‘t haydovchi va efir moyini tutishi hisobiga yallig‘lanishga qarshi

ta’sirlarni ham ko‘rsatadi. Olimetin o‘t-tosh kasaligini oldini olish maqsadida uzoq

vaqt 2-3 tabletkadan (yoki kapsulada) kuniga 3-5 marta ovqatdan keyin buyuriladi.

Gepatit, glomerulonefrit, me’da – ichak yara kasalligida qo‘llash mumkin emas.

Xolagolni 5 tomchidan qandga tomizib, ovqatdan 30 min oldin kuniga 3 marta va

xuruj vaqtida 20 tomchidan buyuriladi.

O‘t chiqarishi yo‘llari diskineziyasining shakliga qarab o‘t haydovchi

preparatlarni qo‘llanishi.

Diskineziya deyilganda o‘t qopi va o‘t yo‘llari tonusi va motorikasining

buzilishlari tushuniladi. Ma’lumki, diskineziyaning 2 xil shakli mavjud: 1) gipertonik

– giperkinetik, bunda o‘t qopining gipertonik holati Lyutkens va Oddi sfinkterining

gipertonusi bilan belgilanadi; 2) gipotonik – gipokinetik, bu shakli esa o‘t qopi va

Oddi sfinkterining gipotonik holati bilan belgilanadi.

Diskineziya gipertonik – giperkinetik shaklining xuruj davrida ehtiyot qiluvchi

parhez bilan birgalikda quyidagilarni buyurish ko‘rsatilgan: spazmolitik va

xolinolitik moddalar (papaverin, no-shpa, atropin, platifillin va b); serukal (reglan);

kam mineralizatsiyalangan issiq holdagi mineral suvlar (Slavyan, Smirnov,

«Essentuki» №14 va №20 va b.); issiqlik muolajalari.

Gipotonik – gipokinetik turdagi diskineziyalarda parhez tutish (stol № 5, 15

yoki 3) bilan bir qatorda rag‘batlantiruvchi ta’sirga ega bo‘ladi va o‘t haydovchi

preparatlar buyuriladi. Qaytadan duodenal zondlash; magniy sulfat, sorbit,

mineral suvlar bilan yopiq tyubajlar o‘tkazish yaxshi samaraga olib keladi. Bunday

bemorlarga ko‘p mineralizatsiyalangan, sovuq yoki biroz iliq holdagi mineral suvlar

(Arzni, Batalinsk, Esentuki №17 va b.) ham buyuriladi.

O‘tli toshlarni eritish uchun qo‘llanadigan DV.

O‘tga xolesterin ko‘p miqdorda chiqishi yoki o‘tli tuzlar sekretsiyasining

buzilishi (yoki bu buzilishlar birga kelsa) natijasida xolesterin kristallari cho‘kib,

xolesterinli tuzlarni hosil qilishi mumkin. Bunday toshlarni eritib yuborish uchun

xenodezoksixol (xenofalk, xenosan) va o‘rsodezoksixol (o‘rsofalk) kislotalari

qo‘llanadi. Xenodezoksixol kislotasi gidroksid-3-metilglutaril K

so‘ndiradi. Bu esa xolesterin sintezi va uning o‘tdagi miqdorini kamayishiga olib

keladi, cho‘kma hosil bo‘lishini oldini oladi, hamda katta bo‘lmagan xolesterinli

toshlarning erib ketishini chaqirishi mumkin. Xenofalkning samarali sutkalik dozasi

750-1000 mg ni tashkil etadi, ovqatdan keyin 3 mahal buyuriladi.

Nojo‘ya ta’sir – diareya, bu dozaga bog‘lik holda rivojlanadi; epigastral

sohadagi og‘riq; ba’zida jig‘ildonni qaynashi; aminotransferaza faolligining ortib

Xenofalkni quyidagi hollarda buyurish mumkin emas: ishqoriy rentgenpozitiv

toshlar; diametri 2 smdan katta bo‘lgan toshlar; toshlarning kattaligi yig‘indisi o‘t

qopi hajmining 50%dan ortib ketsa; «ishlamaydigan» o‘t qopi; tez-tez

qaytalanadigan o‘t yo‘larining qisman obturatsiyalanishi; ichakning yallig‘lanuvchi

kasalliklari; qandli diabet; surunkali pankreatit; buyrak etishmovchiligi;

homiladorlik. Barcha qarshi ko‘rsatma va nojo‘ya ta’sirni hisobga olinsa, o‘t-tosh

kasalligi bilan og‘rigan barcha bemorlarning faqat 15-20% xenofalk qabul qilishi

mumkin ekan. Davolash uzoq – 1 yil va undan ko‘p (18 oy) davom etadi. Preparat

bekor qilingandan so‘ng kasallik qaytalanishi mumkin (taxminan 50% bemorlarda),

shuning uchun 250-500 mgdan doimiy ushlab turuvchi dozada buyurish lozim.

Ursofalk (ursosan) samaradorligi bo‘yicha xenofalkdan kam emas, ammo

nojo‘ya ta’sir, jumladan diareya ancha kam uchraydi. Qarshi ko‘rsatmalari

O‘tkazilayotgan davolash samaradorligini (kattaligi, soni, toshning kattiqligi

va hokazo) har 2 oyda ultratovush tekshiruvi yordamida nazorat qilish mumkin.

SHuni yodda tutish lozimki, gipolipidemik preparatlar, xolesterinning biliar

sekretsiyasini oshiruvchi DV o‘tli kislotalarning terapevtik samarasini bartaraf

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, ursodezoksixol kislotasi gepatoprotektor ta’sir

ham ko‘rsatadi, ya’ni gepatotsitlar qobig‘ini turg‘unlashtiradi. SHu sababli

ursodezoksixol kislota jigarning bir qator kasalliklarini davolashda buyuriladi.

Ursodezoksixol kislotani sutkasiga 2 mahal 10 mg/kg dozasida buyurilganda jigar

kasalligi bemorlarida terining qichish belgisini asta-sekin kamayishiga olib keladi.

Preparatni platsebo tekshiruvlardan o‘tkazilganda biliar jigar sirrozining kechuvi va

biokimeviy ko‘rsatkichlari yaxshilangani aniqlangan, biroq, morfologik o‘zgarishlar

katta bo‘lmagan. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, ursodezoksixol kislotasi jigar

sirrozi rivojlanishining boshlang‘ich davrida buyurilsa, yaxshi samaraga erishish

mumkin, preparatni 15 mg/kg doza hisobida buyuriladi. Ursodezoksixol kislota

biliar jigar sirrozining o‘ziga xos belgisi bo‘lgan giperxolesterinemiyani

Bundan tashqari, bu preparatlar sklerozlanuvchi xolangit, jigarning alkogolli

kasalliklarida ham qo‘llanishi ko‘rsatma hisoblanadi, chunki jigardagi

gistopatologik o‘zgarishlar tiklanib, bemorning umumiy ahvolini yaxshilanishiga

Ma’lumki, gepatotrop DV (gepatoprotektorlar) guruhiga turli omillarning

nojo‘ya ta’sirlariga nisbatan gepatotsitlarning chidamligi, ularning detoksikatsion

faoliyatini oshiruvchi, hamda turli jarohatlovchi omillarning ta’siridan so‘ng jigar

faoliyatini tiklash xususiyatiga ega bo‘lgan preparatlar kiradi. Haqiqiy

gepatoprotektorlarga (jigarga tanlab ta’sir ko‘rsatadi) legalon (silibor),

ademetionin, essensial kiradi.

Bundan tashqari, gepatoprotektor ta’sirni bir qancha DV guruhi ham

ko‘rsatadi, masalan, vitaminlar, asparkam, kaliy orotat, riboksin, vitagepat,

sirepar, metionin, glutamin va lipoy kislota, xofitol, katergen va boshqalar. Bu

preparatlarning klinik farmakologik xususiyatlarini Siz V-kursda o‘rgangansiz.

Preparatlarni buyurishga asosiy ko‘rsatmalar bo‘lib, jigarning o‘tkir va surunkali

kasalliklari hisoblanadi. Mazkur qo‘llanmada biz faqat nisbatan yangi preparatlar

ustida to‘xtalib o‘tamiz.

Geptral (faol modda – ademetionin). Ademetionin gepatoprotektor faollikka

ega, bu esa sirrozli bemorlarda jigardagi glutamin miqdorini, sistein va taurin

konsentratsiyasining ko‘payishi, qon plazmasidagi metionin sathini kamayiishi

bilan namoyon bo‘ladi, ya’ni jigardagi metabolik reaksiyalarni meyorlashuviga olib

keladi. Bundan tashqari, MNSga antidepressant ta’sir ham ko‘rsatadi. Davolashni

avval v/i yoki m/o 5-10 ml preparatni 2-3 hafta mobaynida yuborish yo‘li bilan

boshlanadi. Ushlab turuvchi davolash uchun ovqat qabul qilish orasida 2-4

tabletkani ichishga buyuriladi. Tabletkalar qabul qilinganda epigastral sohada

noxushlik sezilishi mumkin, chunki faol modda nordon rN muhitga ega.

Preparatni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar kam, bular preparatga nisbatan

sezgirlik; homiladorlikning I – II uchoyligi. Tonusni oshirish ta’siriga egaligi sababli,

uyqudan oldin buyurish tavsiya etilmaydi.

Davolash davomida qondagi qoldiqli azot miqdori nazorat qilib turiladi.

Gepatofalkning tarkibiga xolinoorotat, sistein, tiamin xlorid, nikotinamid,

sianokobolamin, folat kislota, moyaning o‘ti, kellin va boshqalar kiradi. Asosiy

farmakodinamik ta’siri antioksidant va gepatotrop ta’sirlardir. Preparatning

tabletka shakli surunkali gepatit, jigar sirrozi, gepatoz, o‘t chiqarish yo‘llarning

yallig‘langan va funksional kasalliklarida qo‘llanadi. O‘t–tosh kasalligi, mexanik

sariqlik, o‘t qopi empiemasida preparatni qo‘llash mumkin emas. Nojo‘ya

ta’sirdan allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

Gepatofalkning in’eksion shakli tarkibiga yana adenozin, vitamin V

boshqalar kiradi. SHuning uchun preparatning bu shaklini qo‘llashga yuqorida

keltirilganlardan tashqari yana qo‘shimcha ko‘rsatmalar mavjud. Bularga ichakda

so‘rilishining buzilishi, hamda ichak rezeksiyasidan so‘nggi holatlar

kiradi. Buyrak komasida gepatofalk in’eksiyasini buyurish mumkin emas.

Vigeratin preparati qisman gepatotrop, lipotrop va kamqonlikka qarshi

ta’sirlarga ega, uning tarkibiga liofilizlangan jigar ekstrakti va pankreatin kiradi.

Surunkali gepatit, pankreatit va sekretsiya etishmovchiligi bilan kechuvchi

gastritlarda og‘iz orqali buyurish ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi.

Laktofalk – toza kristall laktulozasidir. Laktofalkning farmakodinamik

ta’sirlari – jigarning detoksikatsion faoliyatini rag‘batlantirish; gepatotrop ta’sir;

ammiakning neyrotoksik ta’sirini bartaraf etish; ammiakning so‘rilishi va hosil

bo‘lishini kamayishiga olib keluvchi ichak muhitini o‘zgartirish. Buyurishga

ko‘rsatmalar – jigarning kasalliklari, jigarli ensefalopatiya, portal gipertenziya,

spirtli ichimlik iste’mol qilish, salmonellezli enteritlar, qabziyatlar (ayniqsa, keksa

bemorlar va bolalarda). Diareyada buyurish mumkin emas. Preparatni ichishga 5

paketchadan (20-30 g) kuniga 3-4 marta buyuriladi.

Dyufalak – laktuloza, galaktoza va boshqa shakarlardan tarkib topgan

laktulozo-sintetik disaxariddir. CHambar ichakka o‘zgarmagan holda tushib,

qanderituvchi bakteriyalar o‘sishini rag‘batlantiradi, rN – muhitni pasaytiradi va

chambar ichak peristaltikasi, ichakning motor faoliyati, zaharli moddalarning

chiqarilishini kuchaytiradi. Jigar kasalliklari, jigarli ensefalopatiya, koma, qabziyat,

salmonellyozlarda qo‘llash ko‘rsatilgan.

Qarshi ko‘rsatmalar: ichak tutilishiga gumon bo‘lgan hollar; qorindagi og‘riq

(sababi aniq bo‘lmagan).

Nojo‘ya ta’sir qorinning dam bo‘lishi, ich ketish, ko‘ngil aynishi. Dyufalakni

15-30-45 mldan (jigarli ensefalopatiyada hatto 50ml) kasallikning xususiyatiga

qarab ichishga buyuriladi.

Portalak sharbatining asosiy ta’sir etuvchi moddasi bo‘lib ham laktuloza

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.