Press "Enter" to skip to content

Orsa foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar

Peroral qo‘llangandan keyin glyukoza karbonati angidridi gazi (SO2) va suv (N2O) gacha metabolizmga uchraydi, qolgan komponentlar esa asosan siydik va faqat kam miqdorda ter yoki axlat bilan chiqariladi.

ОРСА eritma

– сувсизланишга олиб келадиган бошка ҳолатларда, шу жумладан алкогол билан заҳарланишда.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar

– ўткир ёки сурункали буйрак етишмовчилиги;

– умумий анестезия режалаштирилган пациентларда ёки жаррохлик арлашувларидан олдин;

– препаратнинг компонентларига юқори сезувчанлик;

– ичакда углеводларни сўрилишини бузилишлари (туғма моносахаридли мальабсорбция);

– метаболик алкалозда қўллаш мумкин эмас.

Эҳтиёткорлик билан қўллаш керак:

– қандли диабети бўлган пациентларда;

– юрак етишмовчилиги ва артериал гипертензияси бўлган пациентларда;

– буйрак функцияси бузилишлари билан боғлиқ бўлган сув-электролит мувозанатини бузилишлари бўлган пациентларда эҳтиёткорлик билан қўлланади.

Farmakodinamikasi

Орса эритмаси қўллаш учун тайёр, гипоосмоляр орал регидратацион эритма ҳисобланади. Диарея ва дегидратация вақтида сув-туз мувозанатини тиклаш учун, электролит ва суюқликни йўқолишини тўғрилаш учун қўлланади. Глюкоза электролитлар сўрилишига ёрдам беради, цитратлар диарея ва дегидратацияда пайдо бўладиган метаболик ацидозда кислота-ишқор мувозанатини мувофиқлаштириш ёрдам беради. Орса эритмасини осмолярлиги 245 ммоль/л ташкил қилади, рН кучсиз кислотали 5,0-6,0.

ОРСА ионли таркиби

Сувсиз натрия цитрат дигидрати

Орса эритмаси ЖССТ тавсиялари бўйича ишлаб чиқилган. Осмолярлиги камайтирилган регидратация учун эритмалар самаралироқ ҳисобланиши исботланган; натрийнинг пасайган концентрацияси гипернатриемияни ривожланишини олдини олиш учун калийни юқори даражада мавжудлиги эса – калий даражасини тезроқ тикланиши учун зарур. Орса эритмасининг осмолярлигини камайтирилганлиги ва ичакда сув ва электролитларни яхши ўзлаштирилиши туфайли, диареяни давом этишини ва хажмини қисқартиради.

Эритмада цитратлар мавжудлиги туфайли, Орса кислота-ишқор мувозанатини тиклайди, метаболик ацидозни ривожланишини олдини олади.

Farmakologik ta’sir

Перорал қўллангандан кейин глюкоза карбонати ангидриди гази (СО2) ва сув (Н2О) гача метаболизмга учрайди, қолган компонентлар эса асосан сийдик ва фақат кам миқдорда тер ёки ахлат билан чиқарилади.

Asosiy ma’lumotlar

Kategoriya

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo’ljallangan ma’lumotlar taqdim etilgan. O’zingiz hech qanday chora ko’rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

ОРСА eritma rasmlari

ORSA SINK eritma dlya priema vnutr 250ml

ORSA SINK eritma dlya priema vnutr 100ml

ORSA eritma dlya priema vnutr 500ml

ORSA SINK eritma dlya priema vnutr 500ml

ORSA eritma dlya priema vnutr 250ml

ORSA eritma dlya priema vnutr 100ml

Mahsulot bo’yicha savolingiz bormi?

ORSA eritma dori vositasi O’zbekiston dori vositalari reestrida ro’yxatdan o’tganmi?
Ha, preparat O’zbekiston dori vositalari reestrida ro’yxatdan o’tgan.
ORSA eritma dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

ORSA eritma dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ (O’zbekiston) Jurabek Laboratories SP OOO (O’zbekiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Orsa foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar

Emizikli bolalar va kichik yoshdagi bolalar 1 kg vazn un 150 ml 1 kunlik.

O’rta yosh va kattalarga 1kg tana vazniga 20-40 ml dan 1 kunlik

Buyrak yetishmovchiligi
Xushsizlik holati
Ichak tutilishi
Jarrohlik aralashuvidan oldin
Ichaklarda uglevod so’rilishining buzilishida
Buyrakda faoliyati buzilganda
To’xtovsiz qusishda
Yurak yetishmovchiligi kabi yuqoridagi holatlarda orsa ni qo’llash mumkin emas

Glyukoza
Natriy xloridi
Kaliy xloridi
Natriy sitrat digidrat

Oxshash xabarlar:

  • Libeksin foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar
  • Kofanol foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar
  • Isla foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar
  • B kompleks foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar
  • Eritromisin foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar
  • Pantogar foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar
  • Pantenol foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar
  • Ursosan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar
  • Kurantil foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar
  • Panangin foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar
  • Tenoten foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar
  • LINKAS SIROP foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar
  • Flutineks foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar
  • Kalmazin foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar
  • Levomak foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar

Orsa foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar

Sog’ligingizga ziyon yetkazmang .
Saytda ko’rsatilgan ma’lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so’ng foydalaning.

Preparat haqida asosiy ma’lumotlar

Tarkibi:

faol moddalar: suvsiz glyukozaga qayta hisoblanganda glyukoza – 13,5 g, natriy xloridi – 2,6 g, kaliy xloridi – 1,5 g, natriy tsitrat digidrati – 2,9 g. yoyordamchi moddalar: xlorid kislotasi 7M, inyektsiya uchun suv – 1000 ml gacha.

Ta’sir etuvchi modda(XPN):

glyukoza+natriy, xloridi+kaliy, xloridi+natriy, tsitrat digidrati.

Preparatning savdo nomi:

Farmakalogik guruhi:

Ichga qabul qilish uchun regidratatsion vosita.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun eritma

tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Ichga qabul qilish uchun regidratatsion vosita.
Farmakokinetikasi

Peroral qo‘llangandan keyin glyukoza karbonati angidridi gazi (SO2) va suv (N2O) gacha metabolizmga uchraydi, qolgan komponentlar esa asosan siydik va faqat kam miqdorda ter yoki axlat bilan chiqariladi.

Qo’llanilishi

o‘tkir diareyada regidratatsion peroral davolash;kuchli terlash (issiqlik va jismoniy yuklamalar, gipertermiya) natijasida paydo bo‘ladigan suv-elektrolit buzilishlarini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.

Qo’llash usuli va do’zalari

Orsa preparati regidratatsion davolash uchun ishlatishga tayyor eritma hisoblanadi. Eritma ichga qabul qilinadi (peroral). Preparatni ta’sirini buzmaslik uchun eritmaga hech qanday boshqa komponentlarni qo‘shish va suyultirish mumkin emas. Flakon ochilgandan keyin ichidagisini 24 soat davomida qo‘llash kerak. Peroral regidratatsion davolash ikki bosqichdan tashkil topgan: suv-elektrolit yo‘qotilishini to‘ldirish bosqichi va bir maromda ushlab turuvchi davolash. 3-4 soat davom etuvchi peroral regidratatsion davolashning birinchi bosqichida yo‘qotilgan suyuqlik xajmini to‘ldirish zarur. Yengil darajadagi eksikozda ichga yuborish uchun suyuqlik xajmi sutkada 30 dan 50 ml/kg gachani, o‘rtacha darajadagi eksikozda esa – sutkada 60 dan 80 ml/kg gachani tashkil qiladi. Ichga qabul qilish uchun birinchi 3 -4 soat davolashda eritma xajmi hisobini taxminan yo‘qotilgan suyuqlik xajmiga teng eritma xajmida bo‘lishi kerakligini e’tiborga olish kerak. Bir maromda ushlab turuvchi davolash suyuqlikni patologik yo‘qolishi to‘xtagunicha o‘tkaziladi. Ichga yuboriladigan eritmalarni sutkalik xajmi sutkalik fiziologik talab xajmi yig‘indisiga va patologik yo‘qolgan xajmga teng. Orsa eritmasi emizikli bolalar va kichik yoshdagi bolalar uchun tana vazniga 150 ml/kg hisobidan va 20-40 ml/kg– o‘rta va katta yoshdagi bolalar va kattalar uchun tana vazniga buyuriladi. Ko‘ngil ayniganda yoki qusishda eritmani sovutilgan ko‘rinishda qaytariluvchi dozalarda bergan afzal. Shuningdek shifokor kuzatuvi ostida nazogastral zonddan foydalanish mumkin. Orsa eritmasi bilan davolashni diareya to‘xtagunicha o‘tkazish kerak. Bu davrda yuboriladigan eritma xajmi diareya natijasida organizm tomonidan yo‘qotilgan suyuqlik xajmiga muvofiq bo‘lishi kerak. Talab qiluvchi davolovchi eritmani miqdorini kerakli subyektiv ko‘rsatkichi chanqoqlik hisoblanadi.

Nojo’ya ta’sirlar

Orsaning tavsiya etilgan dozalariga rioya qilganda nojo‘ya ta’sirlarining ehtimoli kam. Allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Natriy kontsentratsiyasini pasayganligi tufayli, peroral regidratsiya uchun gipoosmolyar tuzli eritmalar bilan davolash odatda asimptomatik va qisqa muddatli hisoblanuvchi giponatriyemiya bilan assotsiatsiyalangan bo‘lishi mumkin.

Dorilarning o’zaro ta’siri

Orsa preparatini dorilar bilan o‘zaro ta’siri o‘rganilmagan. Eritma kuchsiz kislotali reaktsiyaga ega, shuning uchun ularning so‘rilishi me’daning rN muhitiga bog‘liq dori preparatlarini samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin. Ingichka yoki yo‘g‘on ichakda taqsimlanadigan, yoki metabolizmida ichak-jigar retsirkulyatsiyasi o‘rin tutadigan ko‘pgina preparatlarning dori so‘rilishiga diareya o‘z o‘zidan o‘zgartirishi mumkin.

Maxsus ko’rsatmalar

Og‘ir degidratatsiyani ( >10% tana vaznini yo‘qotilishi, anuriya) vena ichiga yuboriladigan regidratatsiya uchun eritmalar bilan muvofiqlashtirish kerak, faqat shundan keyingina Orsani buyurish mumkin. Davolashni boshlashdan oldin yo‘qotilgan tana vaznini va degidratatsiya darajasini baxolash uchun patsiyentni vaznini o‘lchash kerak. Patsiyentni oziqlantirish yoki bolani emizishni regidratatsion davolashni peroral o‘tkazish vaqtida to‘xtatish mumkin emas yoki regidratatsiya o‘tkazgandan keyin darhol davom ettirish kerak. Yog‘ va oddiy uglevodlarga boy ovqatlardan saqlanish tavsiya etiladi. Ozuqani darhol regidratatsiyadan keyin berish mumkin. Qusishda 10 minut kutish va eritmani asta-sekin, kichik xo‘plamlar bilan ichishga tavsiya etiladi. Buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet yoki kislota-ishqor, elektrolit yoki uglevod muvozanatini buzilishlari kuzatiladigan boshqa surunkali kasalliklar fonida degidratatsiya rivojlangan patsiyentlarga Orsa preparati bilan davolashni o‘tkazishdagi sinchikov monitoring talab qilinadi. Emizikli bolalarda Orsa preparatini qo‘llaganda ozuqlanish tartibini o‘zgartirish talab qilinmaydi. Orsani kichik portsiyalar bilan emizishlar orasida berishni davom ettirish mumkin. Onasi emizmaydigan bolalar ozuqlanishni normal tartibiga 6-12 soat o‘tgach qaytishlari mumkin. Kichik va katta yoshdagi bolalarga yoshiga mos keladigan (masalan, kartoshka, guruch, banan) polimer uglevodlar saqlovchi ozuqani berish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida

Tavsiya etilgan dozalarda Orsa ichga qabul qilish uchun eritmasini homilador va laktatsiya davrida buyurish mumkin. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Ochilgandan keyin eritmani salqin joyda sovutgichda saqlash (+2-+80S haroratda) va 24 soat davomida qo‘llash kerak!

Dozani oshirib yuborilishi

Gipergidratatsiya, elektrolit muvozanatini buzilishi, giperglikemiya. Ichga yuboriladigan suyuqlik xajmini oshishi qusish va shish kabi asoratlarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Orsa glyukozo-elektrolit eritmasi qo‘llanganda, tasdiqlangan yoki latent-kechuvchi qandli diabetli patsiyentlarda qonda qand miqdori diabetik koma xolatigacha oshirib yuborishi mumkin. Orsa eritmasini katta xajmda yoki xaddan ziyod kontsentratsiyada yuborilganda asimptomatik yoki qisqa muddatli hisoblanuvchi giponatriyemiya rivojlanishi mumkin. Buyrak faoliyati buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda metabolik alkalozni rivojlanishi mumkin, bu o‘pka ventilyatsiyasini susayishi, nerv-mushak qo‘zg‘aluvchanligi va tetanik tirishishlar bilan namoyon bo‘ladi. Davolash: ahamiyatli darajada dozani oshirib yuborilish xollarida shifokor nazorati talab qilinadi. Suv-elektrolit muvozanatini muvofiqlashtirish laborator tekshiruvlar ma’lumoti asosida o‘tkazish kerak.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.