Uy sharoitida oqshom soch turmagini yaratamiz
Oddiy xvostdan ko’ra o’zgacha stil beradi. Ijod qilib yanada o’zgartirish mumkin.
Dunyodagi eng aql bovar qilmas soch turmaklari (foto)
Butun dunyoni hayratga solish uchun ko‘p bosh qotirish shart emas. Buning uchun allaqachon g‘ayrioddiy soch turmaklari ixtiro qilingan.
Amasunzu turmagi, Ruanda
Ruanda erkaklari o‘zlarining mavqeyi va kuchlarini ko‘rsatish uchun amasunzu kiyib yurgan. Ushbu soch turmagidan esa ayollarni nikoh yoshiga yetganligi va yolg‘iz ekanligini ko‘rsatish uchun foydalanilgan.
Uzun shoxli shinyon, Xitoy
Xitoyning Guychjou provinsiyasida Myao xalqlari mavjud bo‘lib, ayollari “chan szyao” – uzun shoxli parik kiyadi. Zamonaviy qizlar dunyoga mashhur soch turmaklarini faqat ta’til vaqtida taqadi. Lekin ularning buvilari ushbu 6 kilolik parikni kun davomida taqib yurgan.
Valensiya fallerasi, Ispaniya
Aftidan rejissor Jorj Lukas Ispaniyaning Valensiya shahriga qilgan sayohatidan shunchalik ilhomlanganki, u “Yulduzlar jangi” filmi qahramoni Leining soch turmagini yaratgan. Ushbu murakkab turmak ko‘p vaqt talab etadi. Soch turmagi qanchalar murakkab bo‘lsa, qariyalarning ijtimoiy mavqeyi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Eritreya sehrgarlari
Sharqiy Afrikadagi juda kichik davlat, Eritreya noyob etnik guruhlar bilan ajralib turadi. Shunisi qiziqki, erkaklar harbiy xizmatga noma’lum muddatga chaqiriladi, shuning uchun ayollar ularga vaqt borida turmushga chiqib olishi kerak. Shuning uchun ham ayollar soch turmagi orqali yanada maftunkor bo‘lishga urinar.
Xamer qabilasi qizlari, Efiopiya
Yovvoyi Efiopiya qabilasi qizlari mehmondo‘st, samimiy va sertabassum. Ular Afrika qit’asining eng go‘zallari hisoblanadi. Aytgancha, ularning soch turmagi butun dunyo bo‘ylab urfga kirganini bilmasa kerak.
Karrayyu qabilasining afroturmagi, Efiopiya
Karrayyu qabilasining erkaklari an’anaviy tarzda qirqilgan afroturmakni “gafura” deb nomlaydi. Nikohdan so‘ng yangi oila har kuni ertalab sochiga yog‘ tomdirishi va u kun davomida yelka va bo‘yin qismga oqib turishi kerak. Bu ularning milliy marosimi hisoblanadi.
Ximba qabilasi, Namibiya
Sayyoradagi o‘ziga xos xalqlardan biri soch turmagi va zargarlik buyumlariga katta ahamiyat beradi. Hatto chaqaloqlar ham marvarid marjonlar, kattaroqlari esa chig‘anoqlar bilan bezatilgan mis bilaguzuk taqadi. Turmushga chiqqan xonimlar boshida hayvonlar terisidan yasalgan shox yoki toj bo‘ladi.
Yao xalqi, Xitoy
Bu ayollar sivilizatsiyadan uzoqda yashaydi va ota-bobolarining urf-odatlarini muqaddas biladi. Qizlar hayotida faqat bir yoshga kirgandagina soch kesishi mumkin. Shundan so‘ng qizlar sochini kesmaydi, ularning uzunligi 2 metrni tashkil qiladi. Odatga ko‘ra, soch qanchalik uzun bo‘lsa, baxtli bo‘lish imkoniyati shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Kongodagi qabilalar
Markaziy afrikada joylashgan shtat qit’adagi eng yirik davlatlardan biridir. Biroq mamlakatda zamonaviy texnologiyalardan uzoq va daryolar bo‘yida yashaydigan qabilalar ham bor. Yer aholisi qalin sochlarini kesib, ularni kam miqdorda qoldiradi. So‘ngra qolganlarini qattiq shoxchalarga o‘xshatib turmaklaydi.
Simada turmagi, Yaponiya
Ushbu turmak XVII−XIX asrlarda qizlarning asosiy bezagi hisoblangan. Hozirda faqatgina geyshalar, ya’ni raqqosa-qo‘shiqchilar tomonidan kiyiladi.
- Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan xalqlar go‘zalligini aks ettiruvchi suratlar
- Go‘zallik bir standart asosida bo‘lmasligini isbotlaydigan turli ko‘rinishga ega ayollar (foto)
- Go‘zalligi bilan butun dunyoni maftun qilgan osiyolik ayollar (foto)
Uy sharoitida oqshom soch turmagini yaratamiz
Tashqi ko‘rinishimiz nafaqat libos yoki makiyaj, balki soch turmagiga ham bog‘liq. To‘y yoki bazmga shoshilib turganimizda aksariyat holatlarda go‘zallik saloniga borishga ulgurmay qolamiz. Biroq maftunkor ko‘rinishni har birimiz istaymiz.
Ana shunday vaziyatlarda soch turmaklari bo‘yicha surat va videolar yordamga keladi. Quyida romantik va universal soch turmagini yaratish usullariga to‘xtalamiz.
Ployka yordamida yengil jingalak sochlar
– Sochlarimizni yuvib, ularni fenning sovuq oqimi yordamida quritamiz;
– issiqlikdan himoyalovchi vosita suramiz;
– sochlarimizni ikki qismga ajratib, yuqori qismini yig‘ib qo‘yamiz;
– sochning bir tutamini ajratib, muss suramiz va ploykaga o‘raymiz. Uni vertikal holatda tutib turamiz. Bir daqiqadan so‘ng sochni ploykadan bo‘shatib, sovishini kutamiz. Shu tarzda pastki soch tutamlarining barchasini o‘rab chiqamiz.
– sochlarning yuqori qismini bo‘shatib, xuddi yuqoridagi kabi aylantirib chiqamiz;
– barcha kokillar o‘rab chiqilgandan keyin boshingizni pastga egib, sochlaringizni qo‘l bilan tarang va biroz lak seping.
Yuqoridagi soch turmagini sochlar uchun maxsus dazmol yordamida ham yaratish mumkin.
Agar sochlaringizni biror qo‘shimcha bezak bilan boyitmoqchi bo‘lsangiz, uning rangi va uslubi ko‘ylak va soch turmagiga mos tushishiga ahamiyat qarating. Juda katta bezaklardan foydalanmaslikni tavsiya etamiz. Boshingizdagi ulkan kapalak butun obrazingizni buzib, beo‘xshov ko‘rinib qolishi mumkin. Diametri 5—7 santimetr bo‘lgan kichikroq bezaklar esa joziba bag‘ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Oqshom soch turmaklari
Har kuni bir xil soch turmagini qilish joningizga tegdimi? Kundalik hayotdagi ko’rinishingizga o’zgartirmoqchimisiz? Siz to’g’ri manzildasiz. Bu sizni atrofdagilarga yanada jozibali va qiziqarliroq qilib ko’rsatadi.Kayfiyatingizko’tarilib, o’zingizga ishonchni yanada kuchliroq his etib yurasiz. Ushbu saytimizda siz uchun kundalik hayotda qilinadigan 20 ta turdagi soch turmaklarini havola qilamiz. Rasmlarni o’zidanoq o’rganish mumkin. Nomlaridagi ruscha so’zlar o’rniga o’zbekchasini alishtirlmaganligining sababi, sizga ruschasida ko’proq tushunarli bo’lishi mumkin. Oddiysidan boshlaymiz.Har kuni sochini xvost qilib yurganlar ushbu soch turmagi bilan ozgina o’zgartirish mumkin.
1.“Пучок Балеринa» soch turmagi.
Ushbu soch turmagini osongina qilish ajoyib. Atiga 5 minut vaqt ketadi. Oddiy xvostdan haqiqiy soch turmagiga aylantiring!
3.“Тройная Коса”
Osongina qilingan soch turmagi ham tashqaridan qaraganda murakkabga o’xshab turishi mumkin. Ushbu 3 talik o’rimni sinab ko’ring.
4. “Aylantirilgan o’rim” soch turmagi.
Ushbu ideal soch turmagi usuli ofis yoki tantanalar uchun qo’llansa bo’ladi. Shu kabi to’qimali usul sochlarga hajm beradi va har qanday soch turmagini salobatli qiladi.
5.“Baliq dumi” o’rimi.
6.“Элегантный Пучок” soch turmagi.
Bu soch turmagi eng nafis nikoh to’yi turmagi bilan ham bas kela oladi. Kundalik hayotingiz nafislikkiritish uchun ushbu soch turmagidan foydalaning.
7.“Oddiy fransuzcha o’rim” soch turmagi
Gozal fransuzcha o’rim soch turmagi boshqa bog’langan bandaj oddiy bog’lov atrofiga o’ralib qilinadi. Navbatdagi soch turmaklarini ko’ring va kundalik hayotingizga go’zallik kiriting.
8.“Плетеный Пучок” soch turmagi.
Har kuni yengil va oson tarzda soz turmagiga o’gartirish kiritish doimo hushkayfiyatda va yosh ko’rinish garovi hisoblanadi.
9.«Бантик» soch turmagi.
Bunday ayyorlik bilan har qanday o’rimni chiroyli qilib olish mumkin.Bu soch turmagini bitiruv kechasi, bayramlarga bemalol qilish mumkin.
10.Soch turmagini osongina yevropalashtirish.
11.“Тройной хвост” soch turmagi.
Oddiy xvostdan ko’ra o’zgacha stil beradi. Ijod qilib yanada o’zgartirish mumkin.
12.“Элегантный Конский Хвостик” soch turmagi.
Bu soch turmagi juda jozibali va nafis ko’rinadi. Buni qilish oddiy emas. Ployka yordamida sochlaringizga shakl bering va ko’rsatma bo’yicha turmaklang.
13.Murakkab o’rimli soch turmagi.
Natijaga qaraganda juda murakkab tuyulgan bu soch turmagii rasmdagi ko’rsatma bo’yicha qilib osongina natijaga erishing
14.Baliq dumi o’rimi
15.O’rtacha sochlar uchun kunlik soch turmagi.
16.Aksessuar yordamida soch turmagi.
Ozgina urinish bilan juda chiroyli soch turmagi.
17.“Элегантное Апдо из Жгутов” soch turmagi.
Jgut yordamida oson va chiroyli soch turmagi qilish mumkin.
18.“Стильная Французская Коса” soch turmagi.
O’rim kundalik hayotdagi soch turmagi uchun o’z joyini boshqasiga bo’shatmaydi. Oddiy o’rimdan o’ziga hos stilga ega obraz yaratish mumkin.Shunchaki hajm bering va lak bilan ishlov bering.
19.E’tibor jalb qiluvchi oddiy xvost.
Ushbu xvost zamonaviy va yevropacha ko’rinadi. Ozgina harakat bilan o’zgacha korinish tayyor!
20.Bublika yordamida chiroyli “Puchok” soch turmagi.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.