Press "Enter" to skip to content

Omon Matjon (1943-2020)

Nomim bo’lsa qalbingda agar,
Otib tashla, mayli, tuproqqa.
. Har kuni o’t shu yo’lni toptab,
Nomim bo’lsa qalbingda agar.

Omon Matjon (1943)

Omon Matjon 1943 yil 14 fevralda Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida tug‘ilgan. O’zbekiston xalq shoiri (1993). Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1969). «Karvon ko‘ng‘irog‘i» (1973), «Quyosh soati» (1974), «Yonayotgan daraxt» (1976), «Yarador chaqmoq» (1977), «Seni yaxshi ko‘raman» (1981), «Daraxtlar va giyohlar» (1984), «O’rtamizda birgina olma» (1990), «Odamning soyasi quyoshga tushdi» (1991), «Qush yo‘li» (1993), «Iymon yog‘dusi» (1994), «Ardaxiva» (2000), «Xoja Ahror eiyoratlari» (2002) va boshqa she’riy asarlar muallifi. «Haqqush qichqirig‘i» (40 afsona, 1979) she’rlar kitobi, «Gaplashadigan vaqtlar» (1986) qissasi, shuningdek, Xorazmdan chiqqan buyuk siymolar xaqida dramatik dostonlar («Pahlavon Mahmud, 1975 va boshqa) ham yozgan. «Ming bir yog‘du» (1982) asari Alisher Navoiy «Xamsa»si ta’sirida yozilgan. F. Shiller, Sh. Bodler kabi shoirlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).

Odamning soyasi quyoshga tushdi

Muallif: Omon Matjon
Hajmi: 235 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish

Ochil, ey gul, gul vaqting bo‘ldi,
Uyg‘on, ey dil, dil vaqting bo‘ldi.

Yetar ming bir kecha ertaga,
Tong sirlarin bil, vaqting bo‘ldi.

O’z haqqini bilmagan quldir,
Shukr etgan ham qul, vaqting bo‘ldi.

Noming aziz, o‘zingga bek bo‘l,
El bo‘l endi, el vaqting bo‘ldi.

Ogoh etar soatsiz qismat,
Harakating qil, vaqting bo‘ldi.

Tilni qutqar tillar bandidan,
Tilga kirgin, til vaqting bo‘ldi.

O’zbekiston, falak burjiga
Yuragangni il, vaqting bo‘ldi.

O’rtamizda birgana olma –
Olam ichra yumaloq ilinj.
O’rtamizda birgina olma –
Balki g‘am u yo balki sevinch.

O’rtamizda birgana olma,
Yarmi qizil, yarmi och-yashil.
Hayo tug‘yonidan qizil u,
U sog‘inchning ramzidir asil.

O’rtamizda birgina olma,
Barmoq uchi tegsa tovlanar.
Alvon iffat, yashil tashnalik
Bir senga, bir menga dovlanar.

O’rtamizda birgina olma,
Gard tegmagan, biram pokiza.
Hozircha u rangin bir havas,
Lab tegsa boshlanar mo‘‘jiza.

Yaratganga shukur, sen yana kelding,
Hamma qonunlarning o‘zgardi kuchi.
Men senga uzundan uzun ot qo‘ydim:
«Ey, eski dardlarni yangilatuvchi!»

Barmoqlar barmoqlar uchini sezdi,
Ko‘ngil bir ilohning kuchini sezdi,
Yurak allanening o‘chini sezdi,
«Ey, uzoq yo‘llarni yaqinlatuvchi!»

Yana ikki ko‘zdan sirqildi namlar,
Billurni yuvdilar pokiza g‘amlar.
Qani ul Sir, Amu mavj urgan damlar,
Ey, sen dengiz tubin dolgalatuvchi?!

Asli, qayda bo‘lsang, men ko‘ngli to‘qman,
Kunchiqarim ishqtsir, nur o‘chsa – yo‘qman,
Bilaman, kimgadir juda suyukman,
Ey sen, xotirani poklantiruvchi!

Kim aytdi, yo‘l ancha o‘tildi deya,
Kelgan ketdi, kutgan kutildi deya,
Shodman – yana menga duch bo‘ldi deya,
Ishqi omonlarni yashartirguvchi!

Yaratganga shukur, sen yana kelding,
Hamma qonunlarning o‘zgardi kuchi.
Senga men uzundan uzun ot qo‘ydim:
«Ey, ko‘hna dardlarni yangilatuvchi!»

Dilimning rangini gul bilsa bo‘ldi,
Mening kimligimni el bilsa bo‘ldi.

Olis yulduzlarga sirrim aytmiram,
Nolishimni tonggi yel bilsa bo‘ldi.

Ucharga har qushdan par topinmadim,
Parvozlar hadisin dil bilsa bo‘ldi.

Jaholat mehrobi toshin o‘pmadim,
O’shal bafi toshim til bilsa bo‘ldi.

Damlar shikvasiga uchma, omon bo‘l,
Fazlu kamolingni el bilsa bo‘ldi.

TURG’UNLIK YILLARI

«Nega men?!» dostonidan parcha

Dunyoga sinchiklab tikilgan ko‘zlar
Mushkul bir holatni payqashga tushdi.
Qay tomonga boqmang, bari — yo‘lsizlar,
Tolelar ayqashu uyqashga tushdi.

Yetmish yil el yashab qur’on, tavrotsiz,
Erlar nochor qoldi, ayol avratsiz,
Zamon duradgori, asbob-yaroqsiz,
Ilma-teshik tomni yamashga tushdi.

Qor qora yog‘moqda, yomg‘ir za’faron,
Daryolar o‘rnida oqmoqda armon,
Har podsho o‘zicha chiqarib farmon,
Qolganlar bir-birin bulg‘ashga tushdi.

Yoqib bo‘lakeldik gazni, ko‘mirni,
Zimiston aylaymiz tez ona-erni,
Ko‘k yutar bundayin ulkan qabrni,
Odamning soyasi quyoshga tushdi.

Har yerda hokim haq, arboblar g‘olib,
Qonun shularniki, shularda qolip,
Eng katta aybdor bir yoqda qolib,
Jazoni boshqalar o‘tashga tushdi.

Na mayxona qoldi yurtda, na mehrob,
Na muqaddas qasr, na aziz kitob,
Ne-ne oltin boshlar ko‘rolmay oftob,
Nadomat tunida mudrashga tushdi.

Hayronman sen o‘zbek degan millatga,
Yeringni to‘ldirding maraz, illatga,
Ne javob aylarsan bunday kulfatga,
Qara, poydevoring nurashga tushdi?

Qani elni yaktan etgan donolar,
Qani uy fayzini tutgan momolar,
Qani «Birlash! Tiklan!» degan nidolar,
G’aflat og‘usimi yo oshga tushdi?!

Na shomda ishing bor, na tongda yoding,
Aroq, uyqu bo‘pti bor e’tiqoding,
Jahon sahnasidan o‘chmoqda oting,
Nomingdan boshqalar so‘zlashga tushdi.

Ko‘kda yo‘q Ulug‘bek ochgan yulduzlar,
Ko‘hna Urganchingni yemoqda tuzlar.
Yer osti ganjlaring begona ko‘zlar
Izlab, kovlab, tashib, gizlashga tushdi.

Nechun qoralaysan sen o‘z o‘tmishing,
Amir ham o‘z kishing, hon ham o‘z kishing,
Ko‘rarmanmi sening unib-o‘sishing,
Nechun parvonalar otashga tushdi?

Boyqarong qotilmish, Temuring xunxo‘r,
Manguberding zobit, xor, manglayi sho‘r,
Ne xarob millatsan, bormi biron zo‘r,
Ustunlar tiklanmay qulashga tushdi?!

Jannat O’zbekiston, jannating qani,
Shuncha mehnat qilding, mehnating qani,
Sig‘ingan, suyangan davlating qani,
Har daydi it seni talashga tushdi?

Hech kim o‘z moliga qo‘yolmas bahr,
Boru yo‘g‘imizni bilmaydi dunyo,
Hech kimdan so‘ramay-netmay ne yuho
Bu yurtdan qurbonlik yamlashga tushdi.

O’zing bo‘lsang eding o‘zingga qozi,
Har og‘ir-engilga bo‘lardik rozi,
Yetti yotlar qo‘yib nosoz tarozi,
Oqu qorangni kaj o‘lchashga tushdi.

Bilganing-ko‘rganing paxta bo‘libdir,
Aqling, tafakkuring axta bo‘libdir,
Yuz sariq, jigaring so‘xta bo‘libdir,
Nasling shajarasi butrashga tushdi.

O’zin, elin, tilin naqd sotgan kim u,
Bir tanda uch sotqin yashagani shu,
Buni sharaf bilib nechalar yohu,
Davrondan mukofot tilashga tushdi.

Davr devorida Qodiriy qoni,
Shimolga quladi janub Cho‘lponi,
Zahr ichdi billur jom tutgan Usmoning,
Qonli bazm soqiyni so‘rashga tushdi.

Xo‘sh, bugun-chi, yo‘qmi hech pok tiynat
O’n joyga xatlanar sal faol inson,
Kim u, har so‘qmoqqa qo‘yib yuz qopqon,
Har yo‘lni kim obdon bog‘lashga tushdi?!

Kimmish! O’zimizning bular palidlar,
Bular o‘zimizning abdullatiflar,
Yulduzlar ta’midan bebahra itlar
Oyni yaloq bilib uvlashga tushdi.

Kim emish! Barin goh sotgan o‘zingsan,
Bir-biringni g‘ajib yotgan o‘zingsan,
Kim bosh tiklasa tosh otgan o‘zingsan,
Axir, o‘z boshing ham shu toshga tushdi.

Keldi Mahtumquli aytgan bir zamon,
Unutdi «Yaxshilik» so‘zini yomon,
Obro‘ talashmoqda qurt bilan ilon,
Fillar pashsha bilan savashga tushdi.

Ilm, bu aslida tangrining nuri,
Hammaga teng ayon emasdir siri,
Ko‘pni olim etib qamchining zo‘ri,
Shogird ustoz bilan kurashga tushdi.

Kimning eri qattol, kimning ayoli,
Shundan bir-birida emas xayoli.
Rom etib o‘tkinchi tulporning yoli,
Ko‘plarning ko‘zlari o‘ynashga tushdi.

Aziz nimamiz bor ayoldan boshqa,
Kuyib bo‘lsalar-da ishda, quyoshda,
Nechun kirmakdalar yana otashga,
Qanday sharmandalik bu boshga tushdi?!

Tortilish kuchidan sobitdir olam,
Quyosh tegrasida sayyoralar jam,
Aslida mehrdan yaralgan odam
Burch yukidan bo‘yin tovlashga tushdi.

Inson bir tug‘ilar, qayta tug‘ilmas,
Azal bunyodkori qayta urinmas,
Asli rost narsalar qayta qurilmas,
Axir, suv boshqayu o‘t boshqa tushdi.

Ne ko‘rding Stalin bo‘lganda «otang»,
Ne berdi dovdirboy, parfe’l Nikitang,
Go‘yo Brejnev ham sening o‘z xatong,
Tirnog‘ingni kimlar kovlashga tushdi?!

Rusning uyiga ham kirdi darz, alkash,
Shundanmi rejalar, yo‘llar goh chalkash,
Shundanmi o‘z joyin tashlab beotash,
Qayda issiq ko‘rsa tarqashga tushdi.

Umidsiz shayton deb takrorlab oyat,
Yolg‘iz umid bilan yashash jinoyat,
Chunki Yolg‘on yana to‘qib rivoyat,
O’zin «yangilash»ga, bo‘yashga tushdi.

Shuncha saboq yetar! O’zingga ishon!
O’z aqling, xulosang, ko‘zingga ishon!
So‘nggi bor o‘z o‘g‘il-qizingga ishon!
Bugun shular seni o‘ylashga tushdi!

Asli sendan zo‘rroq qanday kishi bor?!
Bugun Sayyorada «O’zbek ishi» bor!
Hali o‘zbekning bir hayqirishi bor,
Qara, tomirlaring titrashga tushdi!

Buzib sarhadlarni, g‘ovlarni olib,
Bori dunyo bilan qilg‘il oshnolik,
Yo‘qsa, o‘tmishing hech ko‘rmay ro‘shnolik,
Kelajak bir joyni toptashga tushdi.

Qarang Yangilanish degan peshani,
Artdi u Xalq Ruhi mahkum shishani,
Bugun qayta anglab Azal ishini,
Ko‘plar orqa-oldin o‘nglashga tushdi.

Zamon bir Leninga qaytsaydi, deyman,
«Hammangiz erkin!» deb aytsaydi, deyman,
Planli zulmni otsaydi, deyman,
Yana Plan elni qiynashga tushdi!

Azizlar, do‘stlarim, qavmu qardoshim,
Istiqbol ne bo‘lar, qotdi-ku boshim,
Ko‘zimga g‘iltillab kelmakda yoshim,
Demang: «Shoir yana yig‘lashga tushdi!»

Shoir jola to‘ksa o‘ping manglayin,
Uning xabari bor bir gapdan tayin.
Kimningki diydasi qotgani sayin,
Bilingki, qalbi ham muzlashga tushdi!

She’rdagi tushkunlik dil gavharidir,
Sadaf mavqei ham dengiz qa’ridir,
Kim desa: «Bu gaplar mendan naridir!»,
Umrini boshqalar yashashga tushdi.

Nega men bu o‘tga jonni tikamen,
Nega men bu o‘tii bekor titamen,
Haqning diydorini o‘tdan kutamen,
O’zi olov ko‘nglim ne g‘ashga tushdi?

Istagim, bugunmi-ertagami, bas,
O’zbekning yo‘limi-qo‘lidami, bas,
Yuragim rangida bir ne bo‘lsa bas,
Ko‘nglim shuni faqat tilashga tushdi.

Charx avzoyi bu dam avvalgilarg‘a o‘xshamas,
Kotibu davru raqam avvalgilarg‘a o‘xshamas,
Endi inson qadri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas,
Ko‘nglum ichra dardu g‘am avvalgilarg‘a o‘xshamas,
Kim ul oyning hajri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas.

Ne uchar yulduzlar o‘tdi chalg‘itib elni juda,
Necha avlod yo‘li-yu umidin aylab behuda,
Davr mezoni bilan tortay bu kun o‘zimni-da,
Ne sitamkim qilsa rahm maxfiy erdi zimnida,
Emdi qilsa ne sitam avvalgilarg‘a o‘xshamas.

Bul Jahon tun birla tong bahs etar bir hujrakim,
Voh, quyosh savdosig‘a shamlar nechuk bo‘ldi hakim,
Ishq, bu – o‘z umrim, anga nechuk qasamlar ichmakim,
Demangiz Shirinu Layli oncha bor ishq ichrakim,
Xo‘blikda ul sanam avvalgilarg‘a o‘xshamas.

Qay kishikim bir ulug‘ ishga etibdi jon nisor,
Shiddati pastu baland kelganda ham bo‘lmaydi or,
Ey falak, hech kimni etma besamar yo‘llarda xor,
Javridin erdi alamlar, emdi tutmish o‘zga yor,
O’lmishamkim, bu alam avvalgilarg‘a o‘xshamas.

Ona Sharq tojin kiyur! Zulmatda ushlatmang meni,
Bodayi haq mastiman, yolg‘onga uyg‘atmang meni,
O’z xayolimg‘a qo‘ying, o‘zgaga ishlatmang meni,
Ishq aro Farhod ila Majnung‘a o‘xshatmang meni,
Kim bu rasvoyi dajam avvalgilarg‘a o‘xshamas.

Har kima har xil yozur Arsh Mirzosi sana,
Aylanur oyina bu, hech bitta ish topmas pana,
Nafs ipiga bog‘lidur ruh iplarin uzgan tana,
Ko‘yining ehromidan ko‘nglimni man etmang yana,
Kim anga azmi haram avvalgilarg‘a o‘xshamas.

So‘kmak o‘tganlar ishin notavonlar rasmikim,
O’z zamonin rost etar qavmi marddir asli kim,
Shu hayot tilsimlarin ochmoq omonlar kasbikim,
Ey Navoiy qilma Jamshidu Faridun vasfikim,
Shoh G’oziyga karam avvalgilarg‘a o‘xshamas.

Tong otdi, olamda ming rasm ko‘rdim,
Mehrli ko‘zlarni pok, ma’sum ko‘rdim.
Hech kim zahar sepib, bol yiqqan emas,
Gul kirgan uylarda tabassum ko‘rdim.

Ey zot, xanjar bilan sen dam talashma,
Olam uyindasan, olam talashma.
Mening o‘z dardimdir elimning dardi,
O’z darding bo‘lmasa, qalam talashma.

Birlik – ko‘ngil bilan gulning birligi,
Birlik – vijdon bilan tilning birligi.
Birlik – to‘qson ikki bovli o‘zbekning –
Ertadan umidvor elning birligi.

Olam ko‘zgusida ming sinar ko‘zgu,
O’zimniki emas, hatto tush, uyqu.
Bu nurlarga tartib kim berar ekan,
Qachon bir idishga tushar bor og‘u?!

Yo‘q derlar, ishi bor bor bilan yo‘qning,
Bo‘shliqdan o‘tar-ku yo‘li har o‘qning,
Kuchlilar kuchsizga qo‘l uzatsalar,
Qadri ortar edi har yengan cho‘g‘ning.

Bu yo‘lda biz necha qo‘rg‘ondan o‘tdik,
Adirlar, qumlardan, darg‘ondan o‘tdik.
Shoshmay, lekin qaytmay, haq deb har doim,
Bizdan ancha oldda borg‘ondan o‘tdik.

Taning hech tinmasin o‘rgangan ishdan,
Ko‘ngling – o‘zi suygan, o‘rtangan ishdan.
Aqling elab tursin bori olamni,
Shunda umring tinmas yangilanishdan.

Shimolda biz yozdan xazonga tushdik.
Bu – janub. Yana «Yo ramozon!»ga tushdik.
G’arbga ketdik – tubsiz qozonga tushdik.
Sharqqa yurdik, yana ozonga tushdik.

Sen meni yolgonchi deding, ey ahmoq,
Shu so‘zdan o‘lishim bilibsan biroq.
Haq deb jon berurlar, sening maqsading
Yolg‘onchi dunyoda ko‘proq yashamoq!

Dehqon o‘z xirmonin ko‘rmasin hech kam,
Do‘stlar yig‘ilsinlar erta ham, kech ham.
O’z yer, o‘z joyida yashasin ellar,
O’z erkin boshqadan so‘ramay hech ham!

SEN FAQAT MENING BO‘L

Ko’p kezma daraxtzor bog’lar ichinda,
Daraxtlar dil do’sting bo’lolmas sening,
Chorlasang kelolmas,yonib qucholmas,
Sen faqat mening bo’l, meniki, mening.

Ko’p qolma jarang suv buloq bo’yinda,
Buloq ham dil do’sting bo’lolmas sening,
Qaynashim chashmadan teran joydandir,
Sen faqat mening bo’l, meniki, mening.

Ko’p titma muhabbat kitoblarini,
Kitoblar dil do’sting bo’lolmas sening,
Bu ishqning tarixi mening qalbimda,
Sen faqat mening bo’l, meniki, mening.

UMR O’TAR

Umr o’tar,vaqt o’tar,
Xonlar o’tar,taxt o’tar,
Omad o’tar,baxt o’tar,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sening yurishlaring,sening kulishlaring.

Bahorda bog’ na go’zal,
Qor tushsa tog’ na go’zal,
Bu yoshlik chog’ na go’zal,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
So’zsiz qarashlaring,holim so’rashlaring.

Oy chiqar goh zaholi,
Do’stlar ko’pdir vafoli,
Hayot shundan safoli,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sokin so’zlashlaring, pinhon izlashlaring.

Umr – yo’l, qayrilish ko’p,
Uchrashish, ayriliq ko’p,
Unutish, aytilish ko’p,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
O’sha kulishlaring, o’sha kelishlaring.

PIYODA KETDI

Odam bir kun
G’o’la ixtiro etdi.
Teshik topdi o’ylab,
O’q ham birkitdi.
Yana nelarnidir
Topib u arang,
Arava kashf etdi.
Kashf etib, qarang,
O’z yo’liga yana
Piyoda ketdi.

FIRUZA

Kelmading.
Qushlar ko’chib ketdi qoshimdan,
Tushlar cho’chib ketdi yoshimdan,
Hushlar uchib ketdi boshimdan,
Kelmading.

Xazonlar to’p bo’ldi yillab men uchun,
Osonlar yo’q bo’ldi yillab men uchun,
Armonlar ko’p bo’ldi yillab men uchun,
Kelmading.

G’amlarning bariga to’zdim – chidadim,
Namlarning bahrida suzdim – chidadim,
Damlarning shahdidan o’zdim – chidadim,
Kelmading.

Kunlarim hijronga o’qdek yoqqanda,
Ruhim oti qonga cho’g’dek botganda,
So’nggi o’qni jonga o’zim otganda,
Sen kelding uzr so’rab:
Sen kelding nechun?!

KO’ZLARINGNI YASHIRGIN MENDAN

?o’zlaringni yashirgin mendan,
O’tib ketay yoningdan befarq,
O’tib ketay yoningdan bedard,
?o’zlaringni yashirgin mendan.

Borligimni payqama, mayli,
Burchaklarda,mayli, qayrilma,
Meni deb tinchingdan ayrilma,
Borligimni payqama, mayli.

Nomim bo’lsa qalbingda agar,
Otib tashla, mayli, tuproqqa.
. Har kuni o’t shu yo’lni toptab,
Nomim bo’lsa qalbingda agar.

ESHIGINGDAN O’TAMAN.

Kuz yoysa ham yo’llarga xazon,
Qor ko’msa ham borliqni butun,
Ko’klam kelib,ursa ham xandon,
Eshigingdan o’taman bir kun.

Sochlaringga tushsa hamki oq,
Peshanangni bossa ham ajin,
Kirganda ham gavdangga titroq,
Eshigingdan o’taman bir kun.

Mayli,shunda tanimasang ham,
Yoki desang ko’rmayin turqin,
Yoshim yutib,boshim qilib xam,
Eshigingdan o’taman bir kun.

Meni demay yumsang ham ko’zing,
Xonang qolsa zulmatga tutqun,
Xotirangga sham bo’lib o’zim,
Eshigingdan o’taman bir kun.

Vaqtim etib chiqsa bu jonim,
Dardlarimga yasalsa yakun,
Bu dunyoni tark etar onim
Eshigingdan o’taman bir kun.

Omon Matjon (1943-2020)

Omon Matjon (taxallusi; asl ism-sharifi Matchonov Omon) (1943.14.2, Xorazm viloyati Yangibozor tumani — 2020.29.10, Toshkent) — O‘zbekiston xalq shoiri (1993). Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1969). G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, bo‘lim mudiri (1969-85), «Yoshlik» jurnalida bosh muharrir (1985-91), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul xodim (1991-94), O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasida rais o‘rinbosari (1994-99), «Cho‘lpon» nashriyotida direktor (1999-2001), 2001 yildan «Gulxan» jurnali bosh muharriri bo‘lib ishlagan.

She’rlari 1965 yildan boshlab e’lon qilina boshlagan. Shoirning «Karvon qo‘ng‘irog‘i» (1973), «Quyosh soati» (1974), «Yonayotgan daraxt» (1976), «Yarador chaqmoq» (1977), «Seni yaxshi ko‘raman» (1981), «Daraxtlar va giyohlar» (1984), «O‘rtamizda birgina olma» (1990), «Odamning soyasi quyoshga tushdi» (1991), «Qush yo‘li» (1993), «Iymon yog‘dusi» (1994), «Ardaxiva» (2000), «Xoja Ahror ziyoratlari» (2002) va boshqa she’riy asarlarida voqelikni nozik his etgan holda badiiy ifodalash, muayyan hodisadan favqulodda falsafiy xulosalar chiqarish, o‘zi tug‘ilib o‘sgan muhit koloritiga mos ifodalar topish tamoyili ustuvorlik qiladi.

Omon Matjon lirik she’rlar bilan birga lirik qissa va dramatik doston janrlarida ham ijod qilib, Xorazm xalq afsonalarining o‘ziga xos badiiy talqini — «Haqqush qichqirig‘i» (40 afsona, 1979) she’rlar kitobini, istiqlol arafasidagi sho‘rolar mamlakati hayotining ziddiyatli manzaralari va jarohatlari tasviriga bag‘ishlangan «Gaplashadigan vaqtlar» (1986) qissasini, shuningdek, o‘zbek xalqining Xorazmdan chiqqan buyuk siymolari haqidagi dramatik dostonlari («Pahlavon Mahmud», 1975; «Beruniy», 1977 va b.) ni yaratgan.

«Ming bir yog‘du» (1982) asari Navoiy «Xamsa»si ta’sirida yozilgan. Omon Matjon bu asarlarida o‘tmishda yashab ijod qilgan o‘lmas siymolar hayoti va hozirgi davr muammolarini tasvirlashda liro-epik she’riyat imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalangan. O‘zbek she’riyatiga Xorazm shevasiga xos leksik unsurlar va musiqiy ohanglarni olib kirgan, lirik she’riyatni epik she’riyat unsurlari bilan boyitgan.

Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).

Lotin alifbosida maqola: Omon Matjon (1943-2020) haqida to’liq ma’lumot kategoriyasi: Adabiyot fikringiz bo’lsa izohda qoldiring va do’stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo’lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)

25-05-2022, 13:12 94

Категории
Популярные тексты

Музыка очень многообразна в своих направлениях и жанрах, пожалуй, это единственный вид искусства столь многогранный. Музыка способна успокоить и зарядить энергией. Лирическая музыка расслабляет, ритмичная возбуждает это всем хорошо известно. Эти свойства музыки известны и используются нами еще с древних времен. Безусловно, первый вид искусства был музыкальным. Возможно, это была колыбельная песня или боевой марш. Редко встретишь человека, который был бы равнодушен к музыке. В настоящее время музыка перестала быть только искусством. Для многих музыка это стиль жизни, для других это имидж, для кого-то это порция адреналина или лекарство от депрессии. Первыми музыкальными дисками или скорее их прародителями можно считать музыкальные автоматы-проигрыватели с набором грампластинок. Назывались эти автоматы Juke Box, и они были популярны в Америке в 20-30 годах. Количество грампластинок обычно достигало сотни, но они вмещали только одну музыкальную композицию. Эти автоматы были очень популярны, и именно они дали толчок к развитию граммофонной промышленности и появлению первых студий звукозаписи. Особенно стоит отметить 60-е годы. Это время считают музыкальной революцией, именно в это время музыка покидает тесные бары и музыкальные клубы и выходит на улицу. Ее можно было услышать в парках, во дворах и на стадионах. Этому во многом способствовали современные технологии. В большом количестве появляются музыкальные радиостанции, на волнах которых постоянно проигрываются музыкальные диски. Чуть позже появляются первые компакт диски, которые по достоинству были оценены звукозаписывающими компаниями как удачная замена виниловым музыкальным дискам. Вся продукция нашего магазина лицензирована и имеет сертификаты качества. Прямые поставки от производителей позволяют нам торговать по разумным ценам. Мы постоянно проводим сезонные распродажи и всевозможные акции, информацию о которых мы высылаем всем зарегистрированным пользователям.

Почта для предложений: admin@uztext.com

Права на тексты песен и переводы принадлежат их авторам.
Все тексты и переводы представлены для ознакомления.

Omon Matjon (1943-2020)

Omon Matjon (taxallusi; asl ism-sharifi Matchonov Omon) (1943.14.2, Xorazm viloyati Yangibozor tumani — 2020.29.10, Toshkent) — O‘zbekiston xalq shoiri (1993). Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1969). G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, bo‘lim mudiri (1969-85), «Yoshlik» jurnalida bosh muharrir (1985-91), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul xodim (1991-94), O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasida rais o‘rinbosari (1994-99), «Cho‘lpon» nashriyotida direktor (1999-2001), 2001 yildan «Gulxan» jurnali bosh muharriri bo‘lib ishlagan.

She’rlari 1965 yildan boshlab e’lon qilina boshlagan. Shoirning «Karvon qo‘ng‘irog‘i» (1973), «Quyosh soati» (1974), «Yonayotgan daraxt» (1976), «Yarador chaqmoq» (1977), «Seni yaxshi ko‘raman» (1981), «Daraxtlar va giyohlar» (1984), «O‘rtamizda birgina olma» (1990), «Odamning soyasi quyoshga tushdi» (1991), «Qush yo‘li» (1993), «Iymon yog‘dusi» (1994), «Ardaxiva» (2000), «Xoja Ahror ziyoratlari» (2002) va boshqa she’riy asarlarida voqelikni nozik his etgan holda badiiy ifodalash, muayyan hodisadan favqulodda falsafiy xulosalar chiqarish, o‘zi tug‘ilib o‘sgan muhit koloritiga mos ifodalar topish tamoyili ustuvorlik qiladi.

Omon Matjon lirik she’rlar bilan birga lirik qissa va dramatik doston janrlarida ham ijod qilib, Xorazm xalq afsonalarining o‘ziga xos badiiy talqini — «Haqqush qichqirig‘i» (40 afsona, 1979) she’rlar kitobini, istiqlol arafasidagi sho‘rolar mamlakati hayotining ziddiyatli manzaralari va jarohatlari tasviriga bag‘ishlangan «Gaplashadigan vaqtlar» (1986) qissasini, shuningdek, o‘zbek xalqining Xorazmdan chiqqan buyuk siymolari haqidagi dramatik dostonlari («Pahlavon Mahmud», 1975; «Beruniy», 1977 va b.) ni yaratgan.

«Ming bir yog‘du» (1982) asari Navoiy «Xamsa»si ta’sirida yozilgan. Omon Matjon bu asarlarida o‘tmishda yashab ijod qilgan o‘lmas siymolar hayoti va hozirgi davr muammolarini tasvirlashda liro-epik she’riyat imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalangan. O‘zbek she’riyatiga Xorazm shevasiga xos leksik unsurlar va musiqiy ohanglarni olib kirgan, lirik she’riyatni epik she’riyat unsurlari bilan boyitgan.

Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.