Press "Enter" to skip to content

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari tartibini buzish haqida

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi [393-son] qaroriga ko‘ra, tibbiyot muassasalari hamshiralarining «Hamshira» respublika tanlovi g‘oliblari oliy ta’lim muassasalariga, mos ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.

OTMga o‘qishga kirishda kimlarga imtiyoz berilgan?

16 iyun kuni oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov OTMlarga kirishda beriladigan barcha imtiyozlar qayta ko‘rib chiqilib, inventarizatsiyadan o‘tkazilishini ma’lum qilgandi. «Juda ko‘p va xo‘p imtiyozlarimiz bor. Keyingi o‘quv yilidan shu imtiyozlarning vaqtini yashab bo‘lganlaridan voz kechamiz», — degandi vazir. Shundan kelib chiqib, «Gazeta.uz» ta’lim muassasalariga kirishda OTMlarga kirishda kimlarga qanday imtiyozlar taqdim etilgani borasidagi ma’lumotlarni bir materialga jamladi.

1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari

Prezidentning 1999 yil 10 iyundagi [PF-2326-son] farmoni bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga beriladi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo‘lgan o‘quvchilar OTMlarning bakalavriatiga, bakalavriat talabalari esa magistraturasiga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.

2. Tavsiyanomaga ega harbiy xizmatchilar

Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, DXX va Milliy gvardiya rahbarlarining birgalikdagi [3215] qarori asosida 2020 yil 31 yanvarda harbiy xizmatchilarga tavsiyanoma berish tartibi tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, tavsiyanomalar O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha yuksak natijalarga erishgan, zaruriy bilim saviyasiga ega, namunali harbiy intizomini namoyon etgan eng munosib harbiy xizmatchilarga beriladi.

Tavsiyanomaga ega abituriyentlar quyidagilarga ega bo‘ladi:

  • respublikaning oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga;

respublikaning oliy ta’lim muassasalari (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun OTMga qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga.

3. Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlari

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 iyundagi [462-son] qarori bilan Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlariga ham ta’lim muassasalariga kirishda imtiyoz taqdim etilgan.

Unga ko‘ra, Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar beriladi.

Tavsiyanoma quyidagilarga beriladi:

  • Mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan, jangovar-xizmatda va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning haqiqiy xizmatni o‘tayotgan ofitserlariga, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga va Milliy gvardiya xodimlariga;
  • harbiy xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, yaralangan, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlariga beriladi.

4. «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblari

Prezidentning 2017 yil 21 noyabrdagi [PQ-3402-son] qarori bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga har yili «Yoshlar kuni» arafasida topshirish haqidagi taklifi ma’qullansin.

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan iqtidorli yigitlarga fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi.

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofotiga talabgorlar O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Uning natijalariga ko‘ra Komissiya tomonidan prezidentga takliflar kiritiladi. «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash prezident qarori bilan amalga oshiriladi.

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan o‘quvchilar OTMlarning bakalavriat bosqichiga, oliy o‘quv yurtlari talabalari yoki bakalavr darajasiga ega yoshlar esa magistratura bosqichiga tegishli yo‘nalish bo‘yicha kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.

5. Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 maydagi [375-son] qarori bilan Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Ushbu nizom ichki ishlar organlarining shahodatlangan xodimlari, terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlarining farzandlariga (vasiylikka olingan farzandlar bundan mustasno) nisbatan tatbiq etiladi.

Davlat OTMlarning bakalavriatiga (ikkinchi ta’limdan tashqari) o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining iltimosnomasiga asosan vazir tomonidan beriladi.

Bundan tashqari, huddi shu tartibda vazir tomonidan Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy ta’limdan keyingi ta’limdan tashqari) va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun taqdimnoma beriladi.

6. Harbiy qism qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga ega abituriyentlar

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi [393-son] qarori bilan harbiy xizmatchilar orasidan yuqori natijalarga erishgan, har bir harbiy qismdan bittadan yosh harbiy xizmatchi harbiy qism qo‘mondonligi (rahbariyati) va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga tasdiqlangan davlat granti kvotalariga qo‘shimcha ravishda imtihonlarsiz qabul qilinadi.

7. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyanomasini qo‘lga kiritganlar

Vazirlar Mahkamasi 2017 yilning 14 noyabrida [914-son] sonli qaror bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish tartibini tasdiqlab bergan.

Hujjatga asosan tavsiyanomalar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimidagi sardorlarga, boshlang‘ich tashkilotlardagi yo‘nalish yetakchilariga, ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlarga beriladi. Tavsiyanomalar Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahrining bir nafardan (jami 14 nafar) yoshlariga taqdim etiladi.

Tavsiyanomalarga ega bo‘lgan yoshlar O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga asosan doimiy yashash joyidagi OTMlarning pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.

8. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari

Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktabrdagi [226-son] qarori bilan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar, nomdor stipendiyalar g‘oliblari bo‘lgan bitiruvchilarga ham imtiyozlar berilgan.

Xalqaro va milliy miqyosdagi tanlov va musobaqalar, respublika olimpiadalarining g‘oliblariga berilgan guvohnomalar asosida test sinovisiz hamda qo‘shimcha imtihonsiz (o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha) OTMlarning ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilinadi.

Prezident davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatgandan so‘ng 2 yil mobaynida, nomli davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatganidan so‘ng 1 yil mobaynida tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

9. «Nihol» mukofoti sovrindorlari

Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 9 avgustdagi [169-son] qaroriga muvofiq, jami beshta nominatsiya — estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq, opera ijrochiligi va raqs san’ati bo‘yicha tanlovlar g‘oliblariga «Nihol» mukofoti beriladi. «Zulfiya» nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari tanlovda ishtirok etmaydi.

«Nihol» mukofotiga sazovor bo‘lgan yoshlar madaniyat, san’at yo‘nalishidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga imtiyozli ravishda qabul qilinadi (ansambl, jamoa sifatida ishtirok etganlar bundan mustasno), mamlakatning atoqli san’atkorlaridan saboq olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

10. Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari

Prezidentning 2020 yil 21 apreldagi [PQ-4688-son] qaroriga asosan badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblariga oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun imtiyoz beriladi.

11. «Yilning eng yaxshi tarbiyachisi» respublika tanlovi g‘oliblari

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi [468-son] qarori bilan «Yilning eng yaxshi tarbiyachisi» respublika tanlovi g‘oliblariga davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga imtihonsiz kirishda imtiyoz beriladi.

12. «Hamshira» respublika tanlovi g‘oliblari

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi [393-son] qaroriga ko‘ra, tibbiyot muassasalari hamshiralarining «Hamshira» respublika tanlovi g‘oliblari oliy ta’lim muassasalariga, mos ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.

13. To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar

Prezidentning 2021 yil 9 avgustdagi [PQ-5216-son] qarori asosida oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (yigirma besh yoshga to‘lmagan) chin yetimlar uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari ajratiladi.

14. Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi [393-son] qarori bilan Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatni qabul jarayonida taqdim etganda oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlari fanlar majmuasiga chet tili fani kiritilgan yo‘nalishlarda mos chet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriladi va ular chet tili fanidan test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshirmaydi.

15. Xalqaro imtihon tizimlari sertifikatlariga ega abituriyentlar

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi [468-son] qaroriga ko‘ra, ilg‘or xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va hokazo) sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlarga o‘qishga kirishda mazkur fan doirasida testdan ozod etiladi va maksimal ball beriladi.

16. Kollej yoki texnikumdagi mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar

Vazirlar Mahkamasining 9 iyundagi [322-sonli] qaroriga muvofiq, kollej yoki texnikum diplomidagi mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar kontrakt asosida OTMga qabul qilinadi. Bunda tavsiyanomaga ega abituriyentlar orasida alohida test o‘tkaziladi, ular orasidan yuqori ball to‘plagan 500 nafarigina OTMga kira oladi.

17. Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun tavsiyanoma

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyundagi [402-son] qarori bilan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasiga ega ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun OTMga kirishda qo‘shimcha 4 foizli grant ajratiladi.

18. Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega abituriyentlar

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 noyabrdagi [675-son] qarori bilan kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolarga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma beriladi.

19. Profilaktika inspektorlari

Prezidentning 2021 yil 30 noyabrdagi [PQ-23-son] qaroriga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan ichki ishlar organlarida 3 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan, kasbiga fidoyi, tashabbuskor profilaktika (katta) inspektorlari quyidagi OTMga kirish imtihonlarisiz sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilinadi:

  • Jamoat xavfsizligi universitetiga;
  • Toshkent davlat yuridik universitetiga;
  • yurisprudensiya sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan boshqa davlat OTMga (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bundan mustasno).

Bunda profilaktika (katta) inspektorlariga o‘qishga tavsiyanomalar berish uchun komissiya tashkil etilib, nomzodlar test imtihonlaridan o‘tkaziladi.

Tavsiyanomalar OTM o‘rtasida teng taqsimlanadi.

O‘qishga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda kontrakt mablag‘lari respublika budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lab beriladi.

20. «Vatan tayanchi» harakatining faol a’zolari

Prezidentning 2022 yil 2 martdagi [PQ-150-son] qarori asosida Mudofaa vazirligi huzurida «Vatan tayanchi» bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati, maktablarda esa uning otryadlari tashkil etiladi. Unga ihtiyoriy ravishda a’zo bo‘lgan 10−11-sinf o‘quvchilari orasidan bir nafariga OTMga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi. Bunda uning harakat faoliyatidagi ishtiroki va maktabdagi baholari inobatga olinadi.

2020 yilda «Gazeta.uz» Komil Jalilovning imtiyoz borasidagi maqolasini e’lon qilgandi. Unda muallif Konstitutsiya va testologiya fani talablariga muvofiq kelmaydigan mantiqsiz imtiyozlar tizimi yosh avlodning adolatga ishonchini yo‘qqa chiqaradi hamda universitetlarga haqiqatan munosib nomzodlarni qabul qilishga to‘sqinlik qiladi, deya fikr bildirgandi.

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari tartibini buzish haqida

— abituriyent imtihon o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va unga nisbatan dalolatnoma tuzilib, imtihondan chetlashtiriladi va o‘qishga qabul qilinmaydi.

Oxshash xabarlar:

  • Oltin va kumush medallar oliy ta’lim muassasalariga kirish…
  • Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlariga oliy taʼlim…
  • O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xizmatchilari…
  • Harbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida qanday…
  • Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlariga oliy taʼlim…
  • “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga oliy taʼlim…
  • O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim…
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarni oliy taʼlim muassasalariga…
  • DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA HUJJAT QABUL QILISH MUDDATI…
  • 2020-2021 kirish imtihonlari 2 ta fandan bo’ladi
  • Oʻzbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi…
  • Rasman! Kirish imtihonlari karantin sabab sentyabr oyiga…
  • 2022-2023 Akademik litseylarga kirish imtihonlari vaqti
  • LATVIYADA ARZON OLIY TA`LIM HAQIDA
  • GERMANIYADA OLIY TA`LIM HAQIDA

Оставьте комментарий Отменить ответ

Для отправки комментария вам необходимо авторизоваться.

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari tartibini buzish haqida

2bosqich

1. Abituriyent Davlat test markazining “ABITUR” maxsus elektron dasturi orqali ro‘yxatdan o‘tganda shaxsiy kabinetida aks etgan shahodatnomadagi yoki diplomga ilovadagi umumta’lim fanlari baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini shahodatnomadagi yoki diplomga ilovadagi baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichi bilan taqqoslaydi va tasdiqlash tugmasi bosiladi.

Har yili o‘qishga qabul qilish jarayonida onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida

Davlat test markazi

2. Abituriyent tomonidan tasdiqlash tugmasi bosilgandan so‘ng abituriyentga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnoma shakllantiriladi.

3bosqich

1. Abituriyent Davlat test markazining ABITUR” maxsus elektron dasturi orqali ro‘yxatdan o‘tganda shaxsiy kabinetidagi umumta’lim fanlari baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda shahodatnomadagi yoki diplomga ilovaning aslidagi baholar o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘rtasida tafovut aniqlanganda abituriyent tegishli ta’limni boshqaruvchi boshqarmaga murojaat qiladi.

Ma’lumot olingan kunning o‘zida

Ta’limni boshqaruvchi hududiy boshqarma

2. O‘z o‘rnida hududiy boshqarmalar mavjud muammo bartaraf etilishini ta’minlaydi.

Shu kunning o‘zida

4bosqich

Davlat test markazi

1. Oliy ta’lim tashkiloti bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun ABITUR maxsus dasturi orqali ariza topshirgan, ammo elektron platformaga baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritilmagan abituriyentlar haqidagi ma’lumotni tegishli vazirliklar va idoralarga yuborish.

Har yili qabul jarayonida onlayn ro‘yxatdan o‘tishda ma’lumotlar tasdiqlangan kunning o‘zida

Tegishli vazirliklar va idoralar

2. Davlat test markazidan olingan ma’lumotni abituriyentning shahodatnomasi yoki diplomi berilgan ta’lim tashkiloti joylashgan ta’limni boshqaruvchi hududiy boshqarmaga yuborish.

Ma’lumot qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunida

5bosqich

Ta’limni boshqaruvchi hududiy boshqarma

1. Davlat test markazidan olingan baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritilmagan abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotni ta’lim tashkilotiga yuborish.

Ma’lumot olingan kunning o‘zida

Ta’lim tashkiloti rahbari

2. Abituriyentning shahodatnomasidagi yoki diplomga ilovadagi umumta’lim fanlari baholarini elektron platformaga kiritish va tasdiqlash tugmasini bosish.

Uch ish kuni davomida

3. Abituriyent tomonidan umumta’lim fanlari baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi shahodatnomadagi yoki diplomga ilovadagi umumta’lim fanlari baholari bilan taqqoslanadi va tasdiqlash tugmasi bosiladi.

Ma’lumot olingan kunning o‘zida

6bosqich

Davlat test markazi

Abituriyentlarning test sinovi jarayonida to‘plagan ballariga tegishli ta’lim tashkilotlari tomonidan kiritilgan bitiruvchilar baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini qo‘shish va tanlov jarayonida inobatga olish.

Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari yakunlanganidan so‘ng, tanlovga qadar

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.