Press "Enter" to skip to content

O’zbekistonda huquq va qonunchilik sohasida ishlovchilar maoshi qancha

O`RTAChA OYLIK-ChI?

O`zbekistonda eng ko`p oylik ish haqi qancha? Uni kimlar oladi? Eng kami-chi?

Davlat statistika qo`mitasi bergan ma`lumotlarga ko`ra, mamlakatimizda 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida yuridik shaxslarda ishlovchi xodimlarning 41,5 foiziga 1,3 mln. so`mdan 2 mln. so`mgacha, 17,5 foiziga 679,3 ming so`mdan 1,3 mln so`mgacha, 15,4 foiziga 2 mln so`mdan 2,7 mln. so`mgacha o`rtacha oylik ish haqi miqdori hisoblanganligi kuzatilgan. Aynan shu ma`lumot chiqishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda go`yoki oylik ish haqlari 700 ming so`mga oshgandek talqin qilinib, qizg`in muhokamalarga sabab bo`ldi. “700 ming so`mni qaerdan olishganiga hayronman, bu ko`rsatkichlar xodimlarning aynan shu miqdorlar oralig`ida ish haqi olishadi, degan maqsadda berilganku”, – deya yuqoridagi statistikaga sahifamiz eksperti Davlat statistika qo`mitasi Demografiya va mehnat statistikasi boshkarmasi boshlig`i Zoyir YuLDOShEV o`z munosabatini bildirdi. Bundan tashqari o`rtacha oylik ish haqining qanday aniqlanishi, o`tgan oylarda sohalar, hududlar kesimida oylik maoshlar dinamikasi qanday bo`lganligi, eng kam va eng ko`p oylik maoshlar oladiganlar haqida ham bizga ma`lumot berib o`tdi.

ISh HAQI STATISTIKASI QANDAY YuRITILADI?

— Buning uchun avvalo nominal (o`rtacha) hisoblangan ish haqi haqida tushuntirish berishimiz lozim. Nominal hisoblangan ish haqi – bu ma`lum bir davr (soat, oy, yil) mobaynida xodim tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish yoki ko`rsatilgan xizmat) evaziga ish beruvchilar tomonidan, amaldagi qonun hujjatlariga asoslangan holda soliq va boshqa to`lovlarni o`z ichiga oluvchi pul qiymatidagi mehnat haqidan iborat. O`rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko`rsatkichi yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan statistik hisobotlar asosida yillik va choraklik (kichik tadbirkorlik sub`ektlari va qishloq xo`jaligi korxonalarisiz) davriylikda shakllantiriladi va e`lon qilib boriladi. O`rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko`rsatkichi xalqaro tashkilotlar tavsiyalariga muvofiq, ishlab chiqilgan uslubiyat asosida xodimlarga hisoblangan jami mehnatga haq to`lash tarzidagi daromadlarni xodimlar soniga va ishlagan oylar soniga bo`lish orqali hisoblanadi. Shuni ta`kidlash kerakki, o`rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko`rsatkichi korxona va tashkilotlarning mas`ul shaxslari tomonidan tasdiqlanib elektron shaklda statistika idoralariga taqdim etilgan ma`lumotlar asosida shakllantiriladi. O`rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi har bir korxona yoki tashkilotlarning faoliyat turi, xususiyatlari, daromadlari bilan birga ularda ishlovchi xodimlarning toifalari, mehnat sharoitlaridan kelib chiqib bir biridan farq qilishi mumkin.

MEHNATGA HAQ TO`LAShNING ENG KAM MIQDORIDAN HAM KAM OYLIK OLADIGANLAR BOR

— Mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorini 679 330 so`m deb oladigan bo`lsak, bu miqdordan ham kam miqdorda ish haqi hisoblangan xodimlarning respublikadagi umumiy ulushi 0,6 foiz bo`lib, ular korxona va tashkilotlarda to`liqsiz ish kuni yoki to`liq bo`lmagan ish tartibida ishlashi kuzatilgan.

ENG KO`P OYLIK MIQDORI QANChA?

— 2020 yil yanvar-sentyabr oylarida korxona va tashkilotlarda o`rtacha oylik ish haqining eng yuqori miqdori 34,5 mln. so`mni tashkil etganligi kuzatildi. bu miqdor neft-gaz tarmog`iga tegishli.

O`RTAChA OYLIK-ChI?

— O`rtacha oylik ish haqiga kelsak, u iqtisodiyotning turli sohalarida har xil miqdorlarni tashkil etadi. Xususan, iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha o`rtacha oylik ish haqi miqdorini respublikadagi o`rtacha oylik ish haqi (hozirda 2 mln. 577 ming so`m)ga nisbatan solishtirilganda sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish sohasida 30,2 foizga, ta`lim sohasida 24,7 foizga pastligi shuningdek, moliya va sug`urta sohasidagi ish haqi o`rtacha respublika darajasidan 25,0 foizga, axborot va aloqa sohasi esa 67,4 foizga yuqori ekanligi kuzatildi.

IQTISODIY FAOLIYaT TURLARI BO`YIChA O`RTAChA OYLIK ISh HAQI O`SGAN

— Tahlillar shuni ko`rsatyaptiki, iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha o`rtacha oylik ish haqi 2019 yilning mos davriga nisbatan o`sganligi kuzatildi. Jumladan, moliya va sug`urta sohasida 31,8 foiz, sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish sohasida 20,0 foiz, tashish va saqlash sohasida 17,2 foiz, qurilishda 16,3 foiz, savdoda 11,5 foiz, boshqa faoliyat turlarida 11,2 foiz, ta`limda 10,8 foiz, sanoatda 10,7 foiz, axborot va aloqa sohasida 8,0 foiz sezilarli o`sish kuzatildi.

LEKIN ISh HAQI O`SISh SUR`ATLARI PASAYGAN

— Pandemiya o`rtacha oylik ish haqi o`sishiga o`z ta`sirini ko`rsatdi. Bu yil yanvar-sentyabr oylarida o`rtacha oylik ish haqining o`sish sur`atlari o`tgan yillardagi o`sish sur`atlariga nisbatan sezilarli darajada pasayganligi kuzatildi.

TA`LIM SOHASIDA ENG KO`P VA ENG KAM MAOSh OLADIGAN HUDUDLAR

— Ta`lim sohasidagi o`rtacha ish haqi 2020 yilning yanvar-sentyabr davrida
1,9 mln. so`mni tashkil etdi va bu o`tgan yilning mos davriga nisbatan 10,8 foizga o`sganligini kuzatish mumkin. O`z o`rnida oxirgi 3 oyda, ya`ni iyul oyida 1,7 mln. so`mni (o`tgan yilning mos davriga nisbatan 0,7 foizga oshgan), avgust oyida 1,7 mln. so`mni (0,8 foizga oshgan) va sentyabr oyida 2,1 mln. so`mni (0,2 foizga oshgan) tashkil etganligini ko`rsatmoqda. Ushbu sohada respublikadagi o`rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko`rsatkich Toshkent shahri (41,7 foiz), Sirdaryo (4,0 foiz) hamda Toshkent (0,4 foiz) viloyatlarida kuzatildi. Shu bilan birga, respublikaning qolgan hududlarida ta`lim sohasidagi o`rtacha oylik ish haqi respublikadagi o`rtacha ko`rsatkichdan past bo`lganligi kuzatildi. Xususan, Qashqadaryo viloyati (89,7 foiz), Farg`ona viloyati (90,5 foiz), Xorazm viloyati (91,8 foiz), Surxondaryo viloyati (95,1 foiz) va Samarqand viloyati (96,6 foiz) shular jumlasidandir. Ta`limning barcha bosqichlari o`rtasida yuqori ish haqi ko`rsatkichi oliy ta`lim sohasida kuzatildi. Sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish sohasi bo`yicha esa o`rtacha oylik ish haqi 1,7 mln.so`mni tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 20,0 foizga oshdi.

Sardorbek Rahmonqulov suhbatlashdi

O’zbekistonda huquq va qonunchilik sohasida ishlovchilar maoshi qancha?

⚡️ O’zbekistonda huquq va qonunchilik sohasida ishlovchilar maoshi qancha?

O’zbekistonda huquq va qonunchilik sohasida ishlovchi xodimlarning neto oylik maoshi odatda 1 mln 211 ming so’mdan 3 mln 661 ming so’mgacha yetadi va bu hisob-kitob minimum va maksimum maoshlarning o’rtachasidir.

Bu sohada ishlovchi xodimlarning lavozimlari bo’yicha maoshlari:

— advokat 5 mln 241 ming so’mgacha;
— advokat yordamchisi 2 mln 240 ming so’mgacha;
— korporativ yurist 3 mln 855 ming so’mgacha;
— notarius yordamchisi 2 mln 220 ming so’mgacha;
— paralegal-student 2 mln 55 ming so’mgacha;
— yurist 5 mln 893 ming so’mgacha oylik maosh olishi mumkin.

Eslatib o’tamiz, bu maoshlar butun O’zbekiston bo’yicha o’rtacha hisobda hisoblab chiqilgan. Hududlar bo’yicha bu summalar keskin o’zgarishi mumkin.

@NarxiQancha | Manba (https://www.ishhaqi.uz/salaryinfo/huquq-va-qonunchilik)

Oxshash xabarlar:

  • O’zbekistonda bank sohasida ishlovchilar qancha maosh oladi?
  • O‘zbekistonda ayrim toifadagi o‘qituvchi va shifokorlarning…
  • 3-dekabr Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini…
  • Huquq 8-sinf imtihon javoblari
  • Huquq bilimdonlari uchun sahna ko’rinishi
  • Huquq fanidan dars ishlanma
  • Mashhur kompaniyalarda xodimlarning yillik o’rtacha maoshi…
  • Politsiyachilarning maoshi qancha?
  • Elchilarning oylik maoshi qancha?
  • Krishtianu Ronalduning «Manchester Yunayted»dagi maoshi…
  • 01 sentyabrdan maktab xodimlarining oylik maoshi qancha…
  • Tesla kompaniyasida ishchilar maoshi qancha?
  • O’zbek futbolchilarining maoshi qancha?
  • Diplomatlarning oylik maoshi qancha?
  • Oʻzbekistonda uchuvchilarning oylik maoshi qancha?

Оставьте комментарий Отменить ответ

Для отправки комментария вам необходимо авторизоваться.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.