Press "Enter" to skip to content

O’lkamda faslli bahor

Dil yayrasin dala-dashting yasanib,
Yalpizlaring suv bo‘yiga yastanib.
Ikki misra bayt bitay bir maqtanib,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Bahor fasli haqida sher va sherlar to‘plami

Qisqacha: Bahor fasli, toʻrt fasldan biri boʻlib yoz va qish fasllarining oʻrtasida joylashgan fasldir. Bahor fasli 3 oydan iborat: Shimoliy yarimsharda — mart, aprel va maydan, janubiy yarimsharda esa sentabr oktabr va noyabr

Baxor haqida sher

Uchib yurar mayin shamollar,
Yelpib-yelpib anhor yuzini.
Qirg‘oqlarda soyabon tollar
Oyna-suvda ko‘rar o‘zini.

Tong yellari o‘ynoqlab sekin,
Jiydazorga kirib yo‘qolar.
Maysa o‘tlar tebranib sekin,
Orqasidan kuzatib qolar.

Chumchuqlarning og‘zida cho‘p-xas,
In qo‘yishar tutlar ustiga.
Ko‘kni quchgan teraklar tinmas,
Oro berar kulrang po‘stiga.

Bedapoya, yam-yashil o‘tloq,
Chinorlarda qushlar chug‘urlar,
Ko‘klam ko‘rkin ko‘rdingmi, o‘rtoq,
Chamanzordek hammayoq gullar.

Ifor kelmush

Gar uyg‘onsam, erta nahor, bir ajoyib, ifor kelmush,
Bu tun kim -chun, bemorligu, kim uyqusiz, bedor kelmush.
Yuzim chaysam zavq olurman, har chog‘u, har lahzalarda,
O‘ziga xos viqor bila, suvlar to‘la anhor kelmush.

Qaldirg‘ochning chug‘uri ham shu elning zo‘r shukronasi,
Xush ovozli bulbul ila sho‘xu-shodon bir tor kelmush.
Qanttak o‘rik novdasiga bog‘labon zar kokillarin,
Go‘yo atrof yoritguvchi Oy yuzli yor, dildor kelmush.

Bu o‘lkaki jannatmakon, ta’rifi ming tilda doston,
Aytingizchi shu el ichra, qay bir dilga g‘ubor kelmush?
Ey Sherzod xo‘p alqading sen ne sababdin diyoringni?
Chunki do‘stlar yurtimizga kelinchak hur bahor kelmush!

Iliqlik berar bahor

Ko‘kka quyosh bo‘y cho‘zib,
Ta’ftin asta oshirar.
Bahor nafasin sezgan,
Qish ziynatin yashirar.

Bosh ko‘tarib maysalar,
Yashnaydi bog‘-u rog‘lar.
Xar bahor bu pallalar,
Eslatar yoshlik chog‘lar.

Zamin uzra yangidan ,
Xayot boshlanar go‘yo.
Xar yili mart oyidan,
Qayta tug‘ilar dunyo.

Go‘zallik va nafislik,
Ishq fasli bu betakror.
Xar qanday muz yurakga,
Iliqlik berar baxor!

Seni sog’indim bahor

Sizib chiqar ko‘zimdan sog‘inch,
Kelgin bahor sog‘indim seni.
Sezilar har so‘zimdan sog‘inch,
Kelgin bahor sog‘indim seni.

Qanday nafis, ex qanday dilgir,
Qabog‘imda asta qor erir,
Kelib dardli hayotimda bir,
Kulgin bahor, sog‘indim seni.

Bir yon g‘urbat, bir yonda tuhmat,
Hayotimga solmoqchi zulmat,
Hech yo‘q bir sen menla hamsuhbat,
Bo‘lgin bahor, sog‘indim seni!

Boshda sarson paydar-pay o‘yim,
Sezilmaydi senla qayg‘uyim,
Sen ketgandan buyon rang ro‘yim,
So‘lg‘in… Bahor sog‘indim seni!

Tabiatning ko‘zlari yumuq,
Boshqalardan mening ko‘nglim to‘q,
Sendan boshqa sog‘inganim yo‘q,
Tushun bahor sog‘indim seni!

Bilgandirsan holim hoynaxoy,
Tunlar menla birga yig‘lar oy,
Kelaqolgin, kelgin bahoroy,
Bugun bahor sog‘indim seni,

Gulgun Bahor sog‘indim seni,
Eh «Gulbahor» sog‘indim seni!

Ko‘kingdan ber bir chimdim

Sochimda oq, men bahordan o‘tindim:
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.
Qor qo‘ynida seni qo‘msab o‘kindim,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Ko‘nglimga ko‘k binafshalar sochilsin,
Kokiliga tolpopukdan soch ilsin,
Boychechakka borar yo‘llar ochilsin –
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Fasl boshi, ham oxiri o‘zingsan,
Majnunlarning yo‘ldoshi ham o‘zingsan.
Laylilarning sirdoshi ham o‘zingsan,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Kel-da endi sog‘intirmay odamni,
Sen yo‘g‘ingda bir g‘am bosdi yelkamni,
Qorlar kurab ko‘mib keldim otamni…
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Ko‘king bilan kiyintiray dalamni,
Oyoqyalang suyuntiray bolamni,
O‘zing olgin ko‘ksimdagi alamni,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Ginam yo‘qdir kuzda ketgan oqqushdan,
Iymanmasin qayta eshik qoqishdan.
Qumri bilan birga chiqdik biz qishdan,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Bahor keldi seni so’roqlab

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.

Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekindi nari.

Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,
Sen yurgan bog,larni qidirib chiqdi.
Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,
Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi.

O‘pmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog‘laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.

Qirlarga ilk chiqqan qo‘ychivonlardan
Qayda shoir, deya ayladi so‘roq.
Barida sukunat, ma’yuslik ko‘rib,
Horib-charchab keldi, toqatlari toq…

So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,
Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan.
Singib yosh kuydirgan za’far yonog‘imga
Sekin xabar berdi menga o‘zidan.

Lekin yotog‘imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana yel bo‘ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:

«Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan?
«Baxtim bormi deya, yakkash so‘roqlab”
Meni she’rga o‘rab, suqlanib boqqan?

O‘rik gullariga to‘nmaydi nega,
Elda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho‘x nashidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?

Qanday ishqqa to‘lib boqardi tongga,
Kamol toptirardi keng xayolimni.
Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida
Mudom ko‘rar edim o‘z jamolimni.

Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nega bu ko‘klamda sen parishonhol?

Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
U ham g‘aming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.

Alamda tutoqib daraxtga ko‘chdi,
Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.

Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq.
Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.

Bahorga burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo‘shqin, zabardast.
O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.

Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham.

Jonajon bahor

Inson ko‘zlarida jon olar bahor,
Barcha tomirida uning to‘lqini.
O‘tmishning behuda oni kabi qor,
Beiz, bedard erib ketar uchquni.

Inson ko‘zlarida jon olar bahor,
O‘yinqaroq go‘dak singari bulut.
Ko‘k qovog‘i uyuq, yorqin bir viqor,
Kishilar qalbidan boqar bo‘lib o‘t.

Bahorning sehrgar boqiy chiroyi,
Yosh-u keksa ko‘nglin ovlaydi birdek.
Ko‘zguni sindirib tashlar. Chiroyi
Har kishining yoshi bu fasl dildak.

Har nurga, har qushga, har kurtakka shod,
Benihoya yaqin bo‘ladi yiroq.
Go‘yo sensiz hosil bo‘ladi barbod,
Har tikilgan chigit ko‘ksing etar tog‘.

Bahor bo‘lmasaydi, odamzod albat,
O‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.

Bahor keldi

Bahor keldi o’lkamizga
Yana keldi qaldirg’och.
Humo qo’ndi yelkamizga
Borliq bizga bag’ring och.

Bahor fasli tarovatin
Shunda bildim tabiat.
Qish ketib bahor keldi
Quyosh bobo nuring soch.

Bahor kelinchak misol,
Sepin yoydi olamga.
Ko’rib ko’zing quvnaydi,
Boychechagu lolamga.

Sen yaproqdagi shabnam,
Fasllarning sarasi.
Qo’y qo’zilar o’tlagan,
Yaylovlarning egasi.

O’zingdir olam ko’rki,
Fasllar kelinchagi.
Bolasi orom olgan,
Kelinchak belanchagi.

Senda hayot mujassam,
Sen yasharish faslisan.
Yangi yil ibtidosi,
Yorqin hayot aslisan.

Sevgi fasli kirib keldimi?

Qizg’aldoqlar ochilganda qirlarda
Asta sevgi uyg’onadi dillarda.
Doston bo’lib mahallayu tillarda
Sevgi fasli bahor kirib keldimu.

Bolalikning sog’inchini eslatib
Shirin ahirin hayollarni qo’zg’atib.
Kimni xursand kimni esa yig’latib
Sevgi fasli bahor kirib keldimu.

Yomg’irlaru gohi iliq kun bilan
Yulduzlarga to’la sokin tun bilan.
Hamroh bo’lib do’stim senu mem bilan
Sog’inch fasli bahor kirib keldimu.

Ilk sevgining iforini taratib
Dalalaru qirlariga qaratib.
Go’zal qizlar kulgularin yangratib
Sevgi fasli bahor kirib keldimu.

Bahor kelayotur

Bahor kelayotir, toza, musaffo.
Moviy kengliklarda o‘ynaydi shamol.
Daralar qo‘ynida zangor bir havo,
Tumanli shaharda yotmoqlik malol.

Qoyalar ko‘ksida shodmon, beqayg‘u,
Oniy umri bilan sollanar chechak.
Bahor, bu — eng toza shabbodadir bu,
Bahor, bu — eng toza shamoldir, demak.

Kengliklar bag‘riga uraman o‘zni,
Ko‘zimga ko‘ringay dilbar diyorim.
Go‘dak nafasidek yupatar yuzni,
Qish bo‘yi intizor kutgan bahorim.

Bahor-ku o‘tadi shamoldek shitob,
Mayli, o‘tajak u va o‘tar bo‘lsin.
Azizim, umringda havo bo‘lsin sof,
Umring shamollari muattar bo‘lsin.

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

  • Ona haqida sherlar toʻplami
  • Sevgi muhabbat haqida sara sherlar to‘plami
  • Ota haqida sherlar toʻplami
  • Opa, singil haqida sherlar toʻplami
  • Musofirlar haqida sherlar to‘plami
  • Vatan haqida sherlar to‘plami

O’lkamda faslli bahor

Reja: 1 O’LKAMDA BAHOR FASLI .
2 BAHORNI QANDAY TASAVVUR QILAMIZ.
3 BAHOR FASLINI NIMALARGA QIYOSLASHADI.
4 BAHOR FASLLAR ICHIDA NIMASI BILAN AJRALIB TURADI.
5 BAHOR FASLLAR KELINCHAGI. O’lkamda bahorning ilk kunlari ,boshlanishi bilanoq qushlarning sayrashi hamma joyni tutib ,ketadi.Bu bilan bizga bahor kelganidan darak beradi. Bahor fasli fasllarning boshlanishi , uyg’onish davri hisoblanadi. Qishda uyquga ketgan hayvonlar , bahorda uyg’onishadi. Yani uyg’onish , yangi sahifani boshlanishi, yo’lning boshi boshlanish davriga kiradi. Bahor oylari uch ta bo’lib ,mart ,aprel,may kiradi.Juda oz bo’lsada, o’zida xalqimizning milliy bayramlarini mujjasam etgan. Har bir xalqning o’z milliy bayrami bo’lgani singari bizning ham milliyligi ufurib turgan milliyligimizni aks etgan bayramlarimiz bor. Ular sakkizinchi mart xotin qizlar bayramiz , navro’z umumxalq bayrami,va yana bir qancha bayramlarni o’z ichiga oladi. Bahor fasli kirib kelishi bilan , daraxtlardan kurtaklar chiqa boshlaydi. Qir adirlar yam yashil tusga kiradi ,alvon alvon ranglar bo’ladi. Suvlar to’lib to’lib oqadi. Suvlar chekkalari boychechak , yalpizlar chiqa boshlaydi. Barcha joylar yig’ishtiriladi, turli xil gullar ekiladi ,ko’kalamzorlashtirish ishlari boshlanadi.Daraxtlarning atroflari ohlanadi. Turli hil ko’chatlar ekiladi. Bahor bayramalari juda katta tantana bilan nishonlanadi. Ona xalqimiz milliyligini o’zida mujjasam etgan navro’z bayrami bunga yaqqol misol. Bahor faslida bolalarning ovozlari osmonlar yetadi.Sababi qir adirlar chiqib chuchmoma, boychechak terishadi. Turli xil o’yinlar o’ynashadi. Bahor faslining mart oyining yigirma birinchi martdan yigirma ikkinchiga o’tar kechasi kun va tun teng bo’ladi. Shu kundan boshlab , kunlarimiz uzaya boshlaydi. Bu ham bizga tangrining bizga bergan inomidir. Musulmonlarning yangi kunni yangi yili shu hisoblanadi. Bobodehqonlarimiz ham asta sekin ketmonlarini ko’tarib o’z dalasi tomon yo’l oladi. Qishning qahriga dosh beraolmagan yerlarini quyoshning zarrin nurlari ila eritib , tashlaydi. Bahor havosi salqin , bo’ladi. Asta sekin kunlar issiy boshlaydi. Bahor insonlar bir biriga mehr, baxt, sihat salomatlik mehribor onaxonlarimizu , nafosatga limolim ayollarimiz dilbar opa singillarimiz shirindan shakar jajji qizchalarmizga go’zalik, nafislik baxsh etadi.

Tasavvur qilish insonga tangri tarafida berilgan inomdir.Inson biror nimani o’ylasa yo qilmoqchi bo’lsa eng avvalo uni tasavvur qilib ko’radi. Uni qandayligini tasavvur darajasi yetganicha qiladi ,unda u yog’i o’tib ketmaydi. Tasvvur qilishning yana bir turi bu orzu qilishdegani. Orzu va tasavvur orasida farq bor. Sababi orzu qilish bu insonni o’zida yo’q narsani orzu qilib unga intilish degani bo’lsa, tasavvur esa biror narsani oy’lab o’shani hayolan jonlantirish degani. Bahorni o’ylash o’z inson qalbiga huzur va orzular to’la olam baxshida etadi. Bahor faslini tasavvur qilganimizda yuraklarimiz hapqirib ketadi. Bahor yangilanish yangi orzular qilish ,hayotga ildam qadam qo’yish yangi rejelar tuzishdek tasavvur qilamiz.Bahor fasli o’zi bilan bir olam yangiliklar olib keladi. Yana tasavur qilar ekansiz dalalardagi shaftolining guliyu tog’dagi lolaning hidi ko’z oldingizga keladi. Bahor tasavvurimizga zig’may ketadi. Bahorni sumalaklar, sayllar o’zimizning milliy ,’oyinlarimizsiz tasavvur qila olmaymiz. Eng birinchi tasavvurimizga navro’z bayrami keladi. Undagi momalarimizning bizga aytga hikoyalari navro’z tarihi uning kelib chiqishi udumlari. Navro’z bayramida esa ko’pkari kurash , turli xil aytishuvlar ,milliy raqslarsiz tasavvur eta olmaymiz. Tabiat bizga shunday nematlarni inom etganki bunga shukr keltirishimiz kerak. Bahorni sumalaksiz tasavvur qilaolmaymiz,yozni suvsiz , kuzni zangorangsiz qishni esa oq parchalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Shunday ekan tasavvurimizdagi fasllar kelinchagi bahoroyni shunday tasavvur qilaylikki amalda ham o’shani ko’raylik. Men bahorni tasavvur qilar ekanman.Eng avvalo ko’z o’ngimga daraxtlarning gullashi atrof ko’mko’k bo’lib insonlarning shodu xuramliklari, qir adirlarda bolalarning varak uchurib ,quvonishayotganlarini. Dosh qozonlarimizda sumalaklar pishirilib ,hammaga ulashayotganlarini, barcha joylarda ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borilayotganini , qalblarga quvonch olib kirganini tasavvur qilaman .Barcha yaxshi amallarni o’z ichiga olgan bahorni tasavvur qilaman. Bahorni yana qaldirgo’chsiz tasavvur qila olmaymiz. Qaldirg’och to’kin sochinlik don dun olib keladi.

Bahor faslini men yosharish va yangilanish yangi davrga qiyoslayman. Bahor kirib kelishi bilan o’zining ko’mko’k libosini atrofga yoya boshlaydi. Atrof tobora go’zallashib nafislikni jilvakorlikni aks ettiradi. Yana uni kelinchakga ham qiyoslashadi. Bahor yana ayollarga ham qiyos qilishadi. Sababi ayol ko’nglidek ko’ngli nafis nozik did talabchan o’ziga har qanday insoni torta oladi. Bahor fallarning fayz hisoblanadi. Bahor fasli ayollardek bardoshli tog’lardek sabrli va matonatli .Qancha shamol bo’lsa ham yomg’ir yoqsa ham o’z go’zalligini asrab qoladi.Insonlarni qalbiga eng toza o’ylarni olib keladi.Men bahorni ayol zotiga qiyos etaman. O’zidagi bor chiroyini o’z yaqinlariga ulasha oladigan daraja kuchli bu zot albbata ayollarimiz. Hamma taraflama mukkamal kezi kelgan yig’lab yoki bo’lmasam kulib yuruvchi bu ayollarimiz.Bahor ham ayollarga qiyos deb bilaman.

Bahor fasllar ichida nafosati , go’zalligi , yosharish, yashnashi bilan ajralib turadi.Yana bahor fasli insonlar qalbiga ezgulik urug’i sepish yaxshi amallar qilishdek hammani ko’nglidan birdek joy oladi. Bahor o’zning sepini yoyishi bilan barcha insonlar qalbini to’lqinlantiradi.Bahor faslida o’zimizning milliy bayramimiz navro’z nishonlanadi. Barcha insonlarga birdek shodu xurramlik, mehr oqibat ,baxt soadat, baxshida etadi. Bahorda barchamiz yana bir bor o’zimizning o’zligimizni anglab yetamiz. Milliylikni yo’qotmagan holda ajralib turadi. Milliy taomlarimiz , o’yinlarimiz, bayramlarimiz bilan ham .Bahor fasllarning ilk odimi , yo’lning boshi hisoblanadi. Bahor fasllarning gulshani , borliqga o’zgacha kayfiyat hadya etadi.Shu taraflari bilan ajralib turadi.Bahorning boshlanishi o’zi yangi kundan darak beradi. Bahor manzaralarini tomasha qilar ekansiz beixtiyor shu go’zalikga yanada go’zallik qo’shgingiz keladi. Bunday go’zallik bilan albatta ajralib turadida. Mening fikrimcha bahor fasli fasllar ichida milliylikga boyligi, go’zalikga hammohangligi, mehrliligi,yaratish, yaralish, nafislik va boshqa taraflari bilan ajralib turadi. Sanasak juda ko’p eng asosiy bu milliylikga uyg’uligi bilan. To‘rt faslning tanho malikasi sen,
Tugal go‘zallikning nihoyasi sen,
Oshiq-ma’shuqlarning tamannosi sen!
Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor?

Yer birla osmonning tillaqoshi sen,
Aytar qo‘shig‘imning avval-boshi sen,
Oltin beshigimning safardoshi sen!
Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor? Haqiqatdan ham bahor faslini kelinchakga o’xshatishadi. Sababi kelinchak kabi go’zal turfa ranglarga boy . Yana bir sababi kelinchak keladigan hovli joylar toza ozoda bo’ladi. Bahor kelganda insonlar ham barcha joylarini yig’ishtiradi.Poklik ozodalik bor joyda doimo qut baraka yog’iladi. Bahorga atab har bir shoiru shoiralar sher bitadi.Bahorning har kuni bayram yana har kuni yangilanish o’zgarish yana bir qancha sir asrorlarga boy . Bahor avvallo kelinchak kabi oq libosda kelsa keyin turfa ranglarda o’zini namoyish qiladi. Sababi bodom gulida oq bo’lsa lolada shaftolida qizil pushtu ranglarga kiradi. Insonlar qalbida esa yosharish yangi fikrlar qilishga undaydi. Turli bayramlarda bahorni nomini takror takror yodga oladi. Bayramlar bo’lganda kasallarning holidan habar olinadi ,keksalar borib ko’rib kelishadi va yana bir qancha savobli ishlarni amalga oshiradi. Shuning uchun ham uni fasllarning kelinchagi ardoqlisi mehr muhabbati deb aytishadi. Yana bayramlarimizda kelin salomni ham bejizga qilishmaydi. Bahor va kelinchak bir biriga uyg’un sababi ikkovsida ham nafosat , go’zallik timsoli bor.Barchamizni shunda savobli ishlarga yetkazsin . Men ham fasllar kelinchagi bo’lmish bahorga sher yozgan edim sizlarga shuni havola etsam . Bahor. Keldi o’lkamga bahor,
Har yon bo’ldi lolazor.

Suvlarga to’ldi anhor,
Bugun o’lkamda bahor.
Tabiat yangi zar varaq ochdi,
Daraxtlardan uyqu qochdi.
Tok novdalar ko’zin ochdi,
Yurtimga bahor keldi.
Quyosh zarrin nurin sochadi.
Qushalar ko’kda qanot qoqardi.
Qamashtirar alvon ranglar ko’zni,
O’lkamga kelinchak bahor kelibdi.
o’zimning ijodimdan bir shigil

Bahor fasli haqida sara sherlar to’plami

Bahor fasli haqida eng sara sherlar to’plami guldastasini qabul qiling.

Azizlarim barchangizni kirib kelayotgan bahor yangilanish fasli bilan chin dildan muborakbod etamiz.

  • 1 Bahor keldi seni so‘roqlab – Zulfiya
  • 2 Bahor fasli
  • 3 Bahor — Zulfiya sheri
  • 4 Bahor kelmush
  • 5 Bahor
  • 6 Bahor haqida
  • 7 Bahor keldi o’lkamizga
  • 8 Bahor sog‘indim seni — Abdulla Oripov sheri
  • 9 Sevgi fasli bahor kirib keldimi?
  • 10 Ko’klamoyim Muhammadyusuf she’ri
  • 11 Bahor shamoli — Abdulla Oripov sheri

Bahor keldi seni so‘roqlab – Zulfiya

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.

Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekindi nari.

Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,
Sen yurgan bog,larni qidirib chiqdi.
Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,
Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi.

O‘pmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog‘laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.

Qirlarga ilk chiqqan qo‘ychivonlardan
Qayda shoir, deya ayladi so‘roq.
Barida sukunat, ma’yuslik ko‘rib,
Horib-charchab keldi, toqatlari toq…

So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,
Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan.
Singib yosh kuydirgan za’far yonog‘imga
Sekin xabar berdi menga o‘zidan.

Lekin yotog‘imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana yel bo‘ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:

«Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan?
«Baxtim bormi deya, yakkash so‘roqlab”
Meni she’rga o‘rab, suqlanib boqqan?

O‘rik gullariga to‘nmaydi nega,
Elda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho‘x nashidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?

Qanday ishqqa to‘lib boqardi tongga,
Kamol toptirardi keng xayolimni.
Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida
Mudom ko‘rar edim o‘z jamolimni.

Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?

Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
U ham g‘aming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.

Alamda tutoqib daraxtga ko‘chdi,
Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.

Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq.
Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.

Bahorga burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo‘shqin, zabardast.
O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.

Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!

Bahor fasli

Uchib yurar mayin shamollar,
Yelpib-yelpib anhor yuzini.
Qirg‘oqlarda soyabon tollar
Oyna-suvda ko‘rar o‘zini.
Tong yellari o‘ynoqlab sekin,
Jiydazorga kirib yo‘qolar.
Maysa o‘tlar tebranib sekin,
Orqasidan kuzatib qolar.
Chumchuqlarning og‘zida cho‘p-xas,
In qo‘yishar tutlar ustiga.
Ko‘kni quchgan teraklar tinmas,
Oro berar kulrang po‘stiga.
Bedapoya, yam-yashil o‘tloq,
Chinorlarda qushlar chug‘urlar,
Ko‘klam ko‘rkin ko‘rdingmi, o‘rtoq,
Chamanzordek hammayoq gullar.

Bahor — Zulfiya sheri

Inson ko‘zlarida jon olar bahor,
Barcha tomirida uning to‘lqini.
O‘tmishning behuda oni kabi qor,
Beiz, bedard erib ketar uchquni.

Inson ko‘zlarida jon olar bahor,
O‘yinqaroq go‘dak singari bulut.
Ko‘k qovog‘i uyuq, yorqin bir viqor,
Kishilar qalbidan boqar bo‘lib o‘t.

Bahorning sehrgar boqiy chiroyi,
Yosh-u keksa ko‘nglin ovlaydi birdek.
Ko‘zguni sindirib tashlar. Chiroyi
Har kishining yoshi bu fasl dildak.

Har nurga, har qushga, har kurtakka shod,
Benihoya yaqin bo‘ladi yiroq.
Go‘yo sensiz hosil bo‘ladi barbod,
Har tikilgan chigit ko‘ksing etar tog‘.

Bahor bo‘lmasaydi, odamzod albat,
O‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.

Bahor kelmush

Gar uyg‘onsam, erta nahor, bir ajoyib, ifor kelmush,
Bu tun kim -chun, bemorligu, kim uyqusiz, bedor kelmush.
Yuzim chaysam zavq olurman, har chog‘u, har lahzalarda,
O‘ziga xos viqor bila, suvlar to‘la anhor kelmush.

Qaldirg‘ochning chug‘uri ham shu elning zo‘r shukronasi,
Xush ovozli bulbul ila sho‘xu-shodon bir tor kelmush.
Qanttak o‘rik novdasiga bog‘labon zar kokillarin,
Go‘yo atrof yoritguvchi Oy yuzli yor, dildor kelmush.

Bu o‘lkaki jannatmakon, ta’rifi ming tilda doston,
Aytingizchi shu el ichra, qay bir dilga g‘ubor kelmush?
Ey Sherzod xo‘p alqading sen ne sababdin diyoringni?
Chunki do‘stlar yurtimizga kelinchak hur bahor kelmush!

Bahor

Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
U ham g‘aming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.

Alamda tutoqib daraxtga ko‘chdi,
Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.

Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq.
Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.

Bahor haqida

Ko‘kka quyosh bo‘y cho‘zib,
Ta’ftin asta oshirar.
Bahor nafasin sezgan,
Qish ziynatin yashirar.

Bosh ko‘tarib maysalar,
Yashnaydi bog‘-u rog‘lar.
Xar bahor bu pallalar,
Eslatar yoshlik chog‘lar.

Zamin uzra yangidan ,
Xayot boshlanar go‘yo.
Xar yili mart oyidan,
Qayta tug‘ilar dunyo.

Go‘zallik va nafislik,
Ishq fasli bu betakror.
Xar qanday muz yurakga,
Iliqlik berar baxor!

Bahor keldi o’lkamizga

Bahor keldi o’lkamizga

Yana keldi qaldirg’och

Humo qo’ndi yelkamizga

Borliq bizga bag’ring och

Bahor fasli tarovatin

Shunda bildim tabiat

Qish ketib bahor keldi

Quyosh bobo nuring soch

Bahor kelinchak misol

Sepin yoydi olamga

Ko’rib ko’zing quvnaydi

Sen yaproqdagi shabnam

Qo’y qo’zilar o’tlagan

O’zingdir olam ko’rki

Bolasi orom olgan

Senda hayot mujassam

Sen yasharish faslisan

Yangi yil ibtidosi

Yorqin hayot aslisan

Bahor sog‘indim seni — Abdulla Oripov sheri

Sizib chiqar ko‘zimdan sog‘inch,
Kelgin bahor sog‘indim seni.
Sezilar har so‘zimdan sog‘inch,
Kelgin bahor sog‘indim seni.

Qanday nafis, ex qanday dilgir,
Qabog‘imda asta qor erir,
Kelib dardli hayotimda bir,
Kulgin bahor, sog‘indim seni.

Bir yon g‘urbat, bir yonda tuhmat,
Hayotimga solmoqchi zulmat,
Hech yo‘q bir sen menla hamsuhbat,
Bo‘lgin bahor, sog‘indim seni!

Boshda sarson paydar-pay o‘yim,
Sezilmaydi senla qayg‘uyim,
Sen ketgandan buyon rang ro‘yim,
So‘lg‘in… Bahor sog‘indim seni!

Tabiatning ko‘zlari yumuq,
Boshqalardan mening ko‘nglim to‘q,
Sendan boshqa sog‘inganim yo‘q,
Tushun bahor sog‘indim seni!

Bilgandirsan holim hoynaxoy,
Tunlar menla birga yig‘lar oy,
Kelaqolgin, kelgin bahoroy,
Bugun bahor sog‘indim seni,

Gulgun Bahor sog‘indim seni,
Eh «Gulbahor» sog‘indim seni!

Sevgi fasli bahor kirib keldimi?

Qizg’aldoqlar ochilganda qirlarda
Asta sevgi uyg’onadi dillarda
Doston bo’lib mahallayu tillarda
Sevgi fasli bahor kirib keldimu

Bolalikning sog’inchini eslatib
Shirin ahirin hayollarni qo’zg’atib
Kimni xursand kimni esa yig’latib
Sevgi fasli bahor kirib keldimu

Yomg’irlaru gohi iliq kun bilan
Yulduzlarga to’la sokin tun bilan
Hamroh bo’lib do’stim senu mem bilan
Sog’inch fasli bahor kirib keldimu

Ilk sevgining iforini taratib
Dalalaru qirlariga qaratib
Go’zal qizlar kulgularin yangratib
Sevgi fasli bahor kirib keldimu

Ko’klamoyim Muhammadyusuf she’ri

Sochimda oq, men bahordan o‘tindim:
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.
Qor qo‘ynida seni qo‘msab o‘kindim,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Ko‘nglimga ko‘k binafshalar sochilsin,
Kokiliga tolpopukdan soch ilsin,
Boychechakka borar yo‘llar ochilsin –
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Fasl boshi, ham oxiri o‘zingsan,
Majnunlarning yo‘ldoshi ham o‘zingsan.
Laylilarning sirdoshi ham o‘zingsan,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Kel-da endi sog‘intirmay odamni,
Sen yo‘g‘ingda bir g‘am bosdi yelkamni,
Qorlar kurab ko‘mib keldim otamni…
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Ko‘king bilan kiyintiray dalamni,
Oyoqyalang suyuntiray bolamni,
O‘zing olgin ko‘ksimdagi alamni,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Ginam yo‘qdir kuzda ketgan oqqushdan,
Iymanmasin qayta eshik qoqishdan.
Qumri bilan birga chiqdik biz qishdan,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Jon ustida asrab yuray ko‘kni men,
To‘yib-to‘yib ko‘zga suray ko‘kni men.
Yana senga yetamanmi-yo‘qmi men,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Dil yayrasin dala-dashting yasanib,
Yalpizlaring suv bo‘yiga yastanib.
Ikki misra bayt bitay bir maqtanib,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Bahor shamoli — Abdulla Oripov sheri

Bahor kelayotir, toza, musaffo.
Moviy kengliklarda o‘ynaydi shamol.
Daralar qo‘ynida zangor bir havo,
Tumanli shaharda yotmoqlik malol.

Qoyalar ko‘ksida shodmon, beqayg‘u,
Oniy umri bilan sollanar chechak.
Bahor, bu — eng toza shabbodadir bu,
Bahor, bu — eng toza shamoldir, demak.

Kengliklar bag‘riga uraman o‘zni,
Ko‘zimga ko‘ringay dilbar diyorim.
Go‘dak nafasidek yupatar yuzni,
Qish bo‘yi intizor kutgan bahorim.

Bahor-ku o‘tadi shamoldek shitob,
Mayli, o‘tajak u va o‘tar bo‘lsin.
Azizim, umringda havo bo‘lsin sof,
Umring shamollari muattar bo‘lsin.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.