Press "Enter" to skip to content

2. Nutq va nutq tushunchasi

Og’zaki nutqning eng muhim kamchiliklaridan biri uning uzluksizligi (mantiqiy, grammatik va intonatsion) hisoblanadi, bu nutqni asossiz to’xtatishda, iboralarni, fikrlarni kesishda va ba’zida – xuddi shu so’zlarni asossiz takrorlashda. Buning sabablari boshqacha: nima deyishni bilmaslik, keyingi fikrni shakllantirishga qodir emaslik, aytilganlarni tuzatish istagi.

Nutq qanday vosita

1.O’qitishning muammoli vositalari.

2.Nutq o’qitish vositasi.

3. Atamalarning talaffuzi. Nutqning sofligi, nutq madaniyati .

O’qitishning muammoli vositalari.

O’zbekiston Respublikamizdagi mustaqil huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish yo’lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf qilishga, uni o’zligini anglashda imkoniyatlarni ro’yobga chiqarishga va ma’naviy intellektual, aqliy-amaliy rivojlanishi uchun yangi shart-sharoitlar yaratib beradi.

Bu o’z navbatida insoniyat yaratgan ma’naviy-ilmiy boyliklarga, insonning o’ziga yangicha munosabat, yondashuvni yuzaga keltirdi. Prezidentimiz I.A. Karimov aytganlaridek: “Fuqarolar endi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va tashkilotchisidir”. Bunday yangicha yondashishlar pedagogika fanining ob’ekti va predmetini kengaytirdi. Endi pedagogika fani faqat ta’lim-tarbiya jarayonini nazariy, metodik-amaliy ta’minlovchi fan emas, komil inson shakllanishini, rivojlanishini ta’minlovchi keng sohalarni o’z ichiga oladi.Shuning uchun kadrlar tayyorlash milliy dasturidagi milliy ta’minot maqsadida shahsga kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti sifatida qaraladi. Ma’lumki, pedagogika fani tarbiya va ta’limning inson rivoji, shahs kamoli va mutahassis shakllanishida ta’lim tizimi o’z ichiga olmaydigan etnik, antropologik, genetik, tarihiylik, mustaqillik, tabiiy-ekologik, intuitiv, ruhiy-hissiy bilish, rivojlanish, komillik omillariga ham suyanadi. Bundan tashqari pedagogika fani oldiga yangicha fikrlash, yangicha tafakkur, milliy mafkuraning keng qamrovli sifatlarini shakllantirish vazifalari yoyildi.

Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch” asarining kirish qismida kuyidagilarni yoritib o’tgan: Mazkur asarda Mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarining yukori sinflarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan o’quvchilar, Oliy o’quv yurtlarining talabalari, olim va tatkikotchilar, o’kituvchilar, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchilik vakillari, umuman ma’naviyat va marifat dunyosi bilan kizikadigan insonlar foydalanishlari mumkin. Shu jumladan asarda oilada tarbiyaning o’rni va ta’siri hakida batafsil tushunchalar berilgan.

Jamiyat taraqqiyoti tarihi shuni ko’rsatadiki, faqat ma’naviyat-ma’rifat keng quloch yoygan, ilm-urfon taraqqiy etgan mamlakatdagina adolatli jamiyat qurish va unda bir-biriga mehr-oqibatli,kamolotli insonlar shakllanishi mumkin. Bunday jamiyatda halqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik, yaratuvchilik ishiga, ezgulikka intilishi kuchli bo’ladi. Bunday jamiyat fuqarolarida sog’lom fikr, aql-idrok har doim ustuvor bo’ladi. qayta qurish, oshkoralik va milliy mafkura siyosati mahsulidan bahramand bo’lgan Respublikamiz halqi chuqur bilim va yuksak tafakkurga asoslangan ana shunday adolatli, huquqiy jamiyat qurish yo’lidan dadil

olg’a bormoqda. Prezidentimiz o’zining “O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat” asarida bunday deydi: “Biz shunchaki demokratik davlat emas, balki adolatparvar demokratik davlat qurishga intilayapmiz. Adolatga intilish halqimiz ma’naviy-ruhiy dunyosiga hos eng muhim hususiyatdir. Adolatparvarlik g’oyasi butun iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy ko’maklashuv mehanizmida o’z aksini topishi kerak”.

Prezidentimiz o’zining uzoqni ko’ra oladigan dono siyosati tufayli Respublikamizni turg’unlikdan, ma’naviy va iqtisodiy qaramlikdan ozod qilib, yangi mustaqil jamiyat qura oldi. Bu jamiyatning asosini nima tashkil qiladi? Uning kuchi qayerda?

o’z mustaqil yo’lini tanlagan Respublikamizda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan milliy mafkura asosida quyidagi besh tamoyil yotadi:

1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi.

2. Qonunning ustuvorligi.

3. Davlat bosh islohoti.

4. Kuchli ijtimoiy siyosat.

5. Islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi.

Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat qariyalar, nogironlarga ko’rsatilayotgan g’amho’rlikda, yoshlarning bilim olishlari uchun doimiy ravishda ko’rilayotgan chora-tadbirlarda o’z aksini topmoqda.

Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek: “Halq ochlikka, yo’qchilikka, qimmatchilikka chidashi mumkin, ammo adolatsizlikka chiday olmaydi”.

Qomusimizda, “har bir fuqaro dinidan, irqidan, millatidan, kelib chiqishidan, amalidan qat’iy nazar qonun oldida barobardir”, deyiladi.

Respublikamizda amalga kiritilgan va ishlab chiqilayotgan qonunlarda quyidagi kafolatlar ta’minlangan:

– aholi turli tabaqalarining o’zaro uyg’un bo’lishi ta’minlangan;

– barchaning tengligini, farovonligini himoya qilish bilan birga bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi hizmati va huquqiga qarab har bir inson o’z ulushini olishga imkon yaratilgan.

Yurtboshimiz haqiqat, adolat kabi insoniyat abadul-abad intilgan sifatlarni o’z timsollarida ko’rsatib berayotgan chinakam rahbar sifatida tobora halqning qalbiga singib bormoqda. U istagan adolat dunyosi istiqloldan so’ng yurtimiz uzra bosh ko’tardi. Mustaqillik bizga ma’rifiy, madaniy, adolatli va insonparvar jamiyat qurish imkoniyatini berdi. Endi bu jamiyatga har bir inson o’z o’rni, mavqeiga yarasha vijdonan hissa qo’shmog’i lozim. Biz pedagoglar, ota-onalar, tarbiyachilar ham talaba yoshlarda adolatparvarlik, vatanparvarlik, teran aql-idroklilik kabi ma’naviy sifatlarni tarbiyalashda o’z mehnatimizni ayamasligimiz, butun kuch-quvvatimizni ishga solishimiz kerak.

Buning uchun eng avvalo inson fazilatlarining o’zaro munosabatlarini va o’rnini aniqlab olmog’imiz lozim. Insonning ma’naviyati uning odobi, hulqi, madaniyatidan tashkil topadi. Ma’naviyat esa aqliy, ahloqiy, huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar o’z navbatida inson ijobiy sifatlarining kamol

topib, boyib borishiga olib keladi. Fazilatlar insonning ijobiy sifatlari majmuidan iborat.

Sifat alohida bir shahsning muayyan bir hislatini ifodalovchi ahloqiy kategoriyadir.

Fazilat – alohida shahs, el, elat, halq, ulusga taalluqli bo’lgan ijobiy ahloqiy sifatlar majmui.

O’qib-uqqan, chuqur ma’naviyatli, adolatli va adolatsizlikning farqiga tushungan inson qaysi yo’ldan borayotganligini tushunib etadi. Yurtiga nisbatan mehr, qurur paydo bo’ladi. Natijada u ham Vatanining ravnaqiga munosib farzand sifatida o’z hissasini qo’shadi. Ajdodlarimiz yashab o’tgan, meni o’z bag’riga olib ulyoaytirayotgan Vatan uchun men nima qila oldim, meni go’dakligimdan edirib-ichirgan ota-onam, ona zamin, qonlari tomirimda jo’sh urayotgan ajdodlarimiz sha’niga munosib ishlar qilayapmanmiyo- degan savollarni o’z vijdoni oldiga ko’ndalang qo’yadi.

Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch”asarining 4-bobida : Barchamizga ayonki, inson kalbiga yo’l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun kachonki bu hakda gap ketsa, ajdodlarimiz koldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz katori biz uchun eng yakin bo’lgan yana bir buyuk zot o’kituvchi va murabbiylarning oliyjanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz. Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarni ado etishda birincha galda anashu mashakkiyatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz. Ertaga o’rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakillantirishda ularning hizmati nakadar beqiyos ekanini tasavvur qilamiz.

Bu yorug’ olamda har bir odam o’zitning mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimlarga nisbatan hamisha minnatdorchilik tuygusi bilan yashaydi. Inson uz umri davomida kanday yutuk va natijalarga erishmasin, kaerda kanday lavozimda ishlamasin maktab dargohida olgan ta’lim – tarbiyasi uning etuk shahs va malakali mutahassis bulib shakillanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasizdir. .

. Insonni uning ma’naviy olamini, kashf etadigan yana bir kudratli vosita borki, u ham bulsa, so’z sa’nati badiiy adabiyotidir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuchchilarning esa inson ruhining muhandislari deb tariflanishi bejiz emas albatta. Halkimiz orasidan manashu g’oyat mashaqqatli sohaga butun hayoti va noyob iste’dodini bag’ishlab, adibiyotimiz hazinasidan munosib o’rin egallagan o’lmas asarlar yaratgan buyuk so’z sanatkorlari- ularning barchasining nomlarini zikr etish, albatta, ko’p vaktni ta’lab kilgan bo’lur edi – etishib chikkani bilan barchamiz fahrlanamiz.

Adabiyot so’z san’ati afzaldan halk kalbining ifodachisi, hakikat va adolat jarchisi bo’lib keladi. Hususan, mustakillik yillarida yurtimizda ma’naviyatimizning g’oyat muhim va uzviy kismi bo’lgan adabiyotni rivojlantirish shoir va yozuvchilarimizning ezgu mehnatini kadrlash va munosib rag’batlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’z hosilini berayotganligini badiiy adabiyotimiz jihatidan ham janrlar nuqtiiy nazaridan ham rang – barang bo’lib borayotgani adabiyot maydonida yangi- yangi nomlar paydo bo’layotgani kitobhon hakimizning albatta quvontiradi. Bularning barasi milliy tiklanish jarayonlari kalam halkining

ijodiy izlanishlari uchun kanday katta ufqlar ochib berganini yana bir bor ko’rsatadi. Deylik, hozirga payitda tarihiy mavzuni yoritishda – bu Imom Buhoriy yoki Imom Termiziy bo’ladimi, Jaloliddin Manguberdi yoki Amir Temur siymosii yaratish bo’ladimi, olis va yakin o’tmishning hali ochilmagan sahifalarini aks ettirish bo’ladimi, buyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yo’li tasvirlangan ko’plab asarlar dunyoga kelmoqda.

Biz pedagoglar va ota-onalarning burchi farzandlarimizni va talabalarimizni Vatanga muhabbatli, imonli, e’tiqodli, adolatparvar qilib tarbiyalash, shakllantirishdan iboratdir. Bunday fazilatlarni o’zida kasb etgan yoshlarimiz, qanday vaziyatda bo’lmasin, hamma vaqt o’ziga to’g’ri yo’l tanlay oladi.

O’zlarining chuqur bilimlari va adolatli hatti-harakatlarini ko’nikmaga aylantirgan bunday nufuzli talaba yoshlarimiz mustaqil jamiyatimizga tamal toshini qo’yguvchi fidoyi insonlar bo’lib etishishlari muqarrardir.

Inson – tabiatning eng buyuk ne’mati. Unga aql-idrok, ong, farosat kabi buyuk fazilatlar ato etilganki, inson bu fazilatlarga sayqal berib, rivojlantirib, olamni, insoniyatni kamolotga etaklab boradi. Taniqli shoirimiz E.Vohidov aytganlaridek:

Mulki borliq ichra bir mahal,

Mo”jazgina olam yaralgan,

Bermoq uchun dunyoga sayqal,

Olam aro odam yaralgan.

Odamning inson sifatida shakllana borishi jarayonida uning kamoloti darajasi odob, ahloq, madaniyat, ma’naviyat elementlarining unda qanchalik mujassamlashganligi bilan belgilanadi. Shu o’rinda bu kategoriyalarning mohiyati ustida to’htalib o’tish joizdir.

Odob – har bir insonning o’zi bir inson yoki jamoa bilan bo’lgan muloqotida hamda yurish-turishida o’zini tuta bilishidir.

Hulq – odobning ichki tuyiq ko’nikmaga aylangan ko’rinishi.

Ahloq – jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma’qullangan hulq-odob normalari majmui.

Madaniyat – “jamiyatning va unda yashovchi fuqarolarning faoliyati jarayonida to’plangan barcha ijobiy yutuqlar majmuasi”.

Ma’naviyat – inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy, ruhiy, intellektual fazilatlar majmuasi.

Mushohada qilish aqlning peshlanishiga olib keladi. Aql ongni sayqallaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson sekin-asta takomillashib, komillikka erishib boradi.

Yuqoridagi fikrlardan, chizgilardan ko’rinib turibdiki, inson ma’naviyatli bo’lishi uchun juda ko’p insoniylik bilimlari sarchashmasidan bahramand bo’lishi, o’z ustida tinmay izlanishi va hayotni kuzatib, undan saboq chiqarib borishi lozim.

Nutq o’qitish vositasi .

O’quv materialini o’quvchilarga muvofakkiyatli yetkazish uchun o’qituvchi bayon etish metodikasi bilan bir katorda nutq tehnikasini ham yahshi egallagan bulishi kerak. Nutq tehnikasi, kupchilik hollarda tabiat in’omi bulmay, balki o’z ustida tinmay ishlash natijasidir.

O’1ituvchi o’1uv materialini har hil tarzda bayon etib, bunda ijobiy natijalarga erishishlari mumkin. O’qituvchi mukammal biladigan, o’quvchilarning chuqur va puhta bilim olishlariga imkon beradigan metodikagina yahshi bo’ladi. shu munosabat bilan nutq tehnikasi yuzasidan har bir o’qituvchiga bir hil darajada va istagan holda yarayveradigan metodik maslahat berish kiyin. Shuning uchun ilgor pedogogik tajribani umumlashtirishga asoslangan ba’zi tavsiyalarni keltirib o’tamiz.

Avvalo shuni nazarda tutish kerakki, darsda o’quv materialini og’zaki bayon etish tashki samaraga mulljallangan nutq bulmay, balki o’quvchilarga yangi bilimlar bayon etishidir.

O’quv materialini o’quvchilarga karab, jonli tilda bayon etishga harakat qilish, «biz», «siz», «biz siz bilan» kabi olmoshlardan kuprok foydalanish, o’quvchilarning dikkatiga e’tibor berib turish kerak.

O’quvchi nutqining ifodali bulishi uchun mimika va imo-ishoralar katta ahamiyatga ega, chunki ular bayon etilayotgan materiallarning ma’naviy buyogini kuchaytirishga, unga uz munosabatini bildirishga yordam beradi. Ammo mimika, imo-ishoralarga haddan tashqari berilib ketish yaramaydi.

o’qituvchi o’quv materialini bayon etar ekan, unga befarq qaray olmaydi. Bu narsa o’quvchilarni ham befark karay olmaydigan qiladi. O’qituvchi bayon etayotgan materialning emotsional buyogi o’quvchilar e’tiborini aktivlashtiriladi.

Ta’lim jarayonini ijobiy emociyalar asosida kurish zarur. I. P. Pavlov ijobiy emociyalarga bosh miya katta yarim sharlari mahsuldor ishlashining manbai sifatida karar edi. Psihologlar ijobiy emotsiyalarni inson faoliyatining kudratli stimuli deb hisoblaydilar. Didatika zerikish ta’limning ashaddiy dushmani ekanligini isbot qilgan.

Tabiiyki, bayonning emocional buyogi imkoiyatlari kup darajada fanning mazmuniga bog’liq. Gumanitar fanlar o’qituvchilarida bunday imkoniyatlar, masalan, umutehnika va mahsus fanlar o’qituvchilrnikiga karaganda ancha katta. Birok eng «quruq» fan ham jonli, kizikarli, jozibali tarzda bayon etilishi zarur. Bunga erishish vositalari juda kup. Bo’lar jumlasiga tarihga kichikroq sayohat qilish ham, kizikarli faktlar, amalda ishlatiladigan misollar keltirish ham, solishtirish ham kiradi va hokazo.

Har bir pedogokning nutq sifati va ovoz tembri har hil bo’ladi. Tegishlicha mashq qilib, ovozning yokimli bulishiga erishi mumkin. Nutqning individual kamchiliklariga, masalan, dimogdan suzlash, suzning ohirgi qismini «yutib yuborish» va shu kabi kamchiliklarga barham berish zarur. Nutqni parazit suzlardan tozalash lozim.

O’qituvchi ovovzining o’zi bemalol gapira oladigan ohangini aniqlab olishi juda foydali. Bu ohangdan chetga chiqish nutqni jonlantiradi.

Nutqning past balandligi muhim ahamiyatga ega. O’qituvchining auditoriyani tuldirib, eng ohirgi katorda utirgan o’quvchilar ham eshitadigan ovozi normal hisoblanadi. Birok haddan tashqari baland ovoz o’quvchilarni charchatib kuyadi.

Nutqning tezlik va balandlik darajasini, shuningdek, ohangini o’quv materialining qiyinlik hamda muhimlik darajasiga karab o’zgartirish zarur. Muhim qonun koidalar, tariflarni oddiyroq yoki ikkinchi darajali materialga qaraganda balandrok

ovoz bilvan va sekinrok bayon etgan ma’qul. Hamma vakt aniq va ravshan gapirishga harakat qilish lozim. Yangi terminlarni ayniksa aniq aytish zarur.

Tajribali o’qituvchilar o’quv materialini bayon etish jarayonida ayrim jumlalar orasida va har bir muhim fikr yoki tarifdan keyin bir oz tuhtab-tuhtab oladilar. Bu hol ukvuvchilar e’tiborini oshiradi va bayon etilayotgan materialni tushinib olishi uchun vaqt beradi.

Nutq tehnikasi o’qituvchining kundalik ishi natijasidir; uni doimo takomillashtirib borish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

boshqalarning qanday gapirayotganini kuzatib borish, ishdagi urtoklari, shuningdek, majlis, ma’ruza, konfirentsiyada gapirganlar nutqining afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilish lozim;

hamma vakt uz nutqini mashq qildirishga intilish kerak; nutqni Yuqori madaniyatli va tehnikali qilishning eng yahshi usuli majlis, kengash, seminar, pedogogik ukishlarda keng auditoriya oldida nutq so’zlashdir.

Suhbat – o’quv jarayonini tashkil etishning savol-javobli metodi. Umumtehnika va mahsus fanlar o’qituvchilari suhbatning ikkita asosiy turidan: asosiy maqsadi o’quvchilarga yangi bilimlarni bayon etishdan iborat bulgan suhbat hamda o’quvchilarning bilimlari mustahkamlanadigan, takrorlanadigan, tekshirib kuriladigan va baholanadigan suhbatdan foydalanadilar. Suhbatning har bir turi uchun uz metodikasi hosdir.

Agar suhbatdan kuzlanadigan maqsad yangi bilimlarni bildirishdan iborat bo’lsa, o’qituvchi urganilishi kerak bulgan masalani urtaga tashlaydi va mantiqiy mulohazalar yuli bilan o’quvchilarni muayyan hulosaga olib keladi. Bunda o’qituvchi o’quvchilarni ilgari olingan bilimlar, kuzatishlar, hayotiy va ishlab chiqarish tajribasini takrorlashga, hodisalarni solishtirish, takkoslashga, uz fikrini bayon etishga undaydi. Suhbatning asosiy alomati – o’quv materialin muhokama qilishda o’quvchilarning bevosita ishtirok etishi suhbatning uziga hos hususiyatlarini belgilaydi. Bunday suhbat jarayonida o’quvchilarning bilimlari va tajribasi suzlab berishdagiga karaganda ancha samarali aniqlanadi va foydalaniladi, materialni uzlashtirish jarayoni tularok hamda operativrok nazorat qilinadi, ilgari olgan bilimlari ancha chuqurlashadi, mustahkamlanadi. Jamoa suhbat umumiy manfaatdorlik vaziyatini yaratadi, o’quvchilarning e’tibori va qizqishini oshiradi, mushohadasini aktivlashtiradi tashabbus hamda mustaqillikni rivojlantiradi, darsda bilimlarning ongli ravishda uzlashtirilishini ta’minlaydi va uy ishini osonlashtiradi.

Ilg’or o’qituvchilar suhbatining goyaviy mazmuniga katta ahamiyat beradilar, uning imkoniyatlaridan o’quvchilarnijamoalilik ruhida tarbiyalash, o’quvchilar bilimini e’tikodga aylantirish uchun, bilish va ijodiy kuchlarini rivojlantirish uchun keng foydalanadilar.

Suhbat o’quvchilarning yangi bilimlarini idrok etishini ta’minlabgina kolmay, balki bu bilimlarni tushunib olishi va sistemaga solishga imkon beradi ham. Ammo yangi materialni bayon etish metodi bulgan suhbat, bir kancha afzalliklarga ega bulishiga karamay, pedagogikada «sof holda» nisbatan kam kullaniladi. Buning asosiy sababi shuki, o’quvchilarni yangi materialni uzlashtirishga sekin-asta olib kelish jarayoni kup vakt oladi va o’qituvchiningg mahsus tayyorgarlik kurishini: savollarni o’quv materialining mantikiga muvofiq tanlash, ta’riflash, joylashtirishni,

o’quvchilardan kutilishi mumkin bulgan javoblar hamda asosiy hulosalarni uylab olishni, shuningdek anchagina vaktni talab qiladi. O’quvchilar urganiladigan material yuzasidan bir kator tayyorgarlikka ega bulishlari kerakligi ham suhbatdan foydalanishni kiyinlashtiradi: suhbatni «bush joyda» utkazib bulmaydi. O’quvchilarning ayni fan yoki boshqa fanlardan olgan bilimlari, kuzatishlar, darsliklarning, spravochniklarning materialini, jurnallardagi makolalarni, tehnikaviy va tehnologik hujjatlarni o’rganish, o’quvchilarning ishlab chiqarish ta’limi jarayonida ortirgan tajribasi, hayot tajribasi suhbat manbai bo’ladi.

Yuqorida aytib utilganlar asosida yangi materialni bayon etish metodi bulgan suhbatdan foydalanishning ba’zi shartlarini aniqlash mumkin:

eng muhim, prinsipial ahamiyatga ega bulgan materialni suhbat metodida urgangan ma’kul;

suhbat metodida o’rganish uchun mazmuni aniq mantiqiy izchillikka ega bulgan materialni tanlash zarur;

suhbatda o’quvchilar bilimni muayyan sistemaga keltirish, fanlararo boglanishni amalga oshirish, o’quvchilarning nazariy bilimlari bilan ishlab chiqarish tajribalari urtasida boglanish urnatish uchun foydalanish eng katta samara beradi;

suhbatni boshqa metodlari: tushuntirish, kitob bilan ishlash, o’quvchilarning mustaqil kuzatishlari, namoyish qilish, mashqlar, laboratoriya – amaliy ishlar bilan birga kushib utkazgan ma’kul.

Suhbatning muvafakiyatli utishi ko’p jihatdan shu suhbat temasining to’g’ri tanlanishiga va konkret o’quv vazifasiga bog’liq. Suhbat temasini aniq ifodala berish, o’quvchilarga bilimlarni uzlashtirish uchun yana nimalar qilish lozimligini kursatib berish juda muhimdir.

Yangi bilimlar berish maqsadida utkaziladigan suhbat induktiv va deduktiv usul bilan olib borilishi mumkin.

O’qituvchilar induktiv usulni o’quvchilarni uzlarida bor bilimlarga va ishlab chiqarish tajribasiga tayanib, mustaqil hulosalar chiqarishga va umumlashtirishlar qilishga olib keladigan holllarda qullaydilar.

O’qituvchi keltirib chikargan yoki bayon etilgan koida, shart, talabni o’quvchilar boshqa hollarga tatbik eta boshlagan, o’qituvchi savoliga javob berib va uning topshirigini bajarib, yangi hodisalarni analiz qila boshlagan, mazkur koidani ana shu hodisalarga tatbik etish mumkinligi to’g’risida mulohaza yurita boshlagan vaktda deduktiv usuldan foydalaniladi.

Suhbatning samarali chiqishi uchun o’quvchilarga beriladigan savolni to’g’ri tanlash, ta’riflash va quyish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Evristik, izlash suhbatida savollarni o’qituvchi faoliyatining formasi debgina qaramaslik kerak. O’qituvchi urtaga tashlagan har bir savol o’quvchilar ongida tegishli savol tugdirishi, paydo bulgan noaniqliklarga barham berish istagi hosil qilishi, yangi assotsiasiyaga undashi zarur.

Shu nuktai nazardan karaganda, savol fikrning bilish bilan bilmaslik urtasida turadigan, yangi mulohaza hamda tushunchalardan oldin keladigan va ayni vaktda ularning hosil bulishiga yordam beradigan alohida formasidan iborat, deb aytish mumkin.

Ana shu asoslanilganda, savolga nisbatan kuyiladigan asosiy talab o’quvchilarning aktiv fikrlash faoliyatini, zehnini ustirishdan iborat. Bundan tashqari, savollarga nisbatan kuyiladigan talablarni aytib utish zarur: qisqalik va aniqlik; maqsadga muvofiklik; mantiqiy ravshanlik va oddiylik; suhbatnin bundan oldingi savollari va mavzusi bilan bog’liqligi; mazmun va shaklining aniqligi; amaliy yunalganlik; o’quvchilarning ishlab chiqarish tajribasini hisobga olish.

Aso siy kushimcha, yordamchi savollar bo’ladi. Asosiy savollardan kuzda tutiladigan maqsad – eng muhim materialni ochib berish; kushimcha savollardan kuzlangan maqsad – asosiy materialni aniqlashtirish, unga aniqlik kiritish; yordamchi savollardan ko’zda tutiladigan maqsad – tanish ma’lumotlarni o’quvchilar esiga tushirishga yordam berish, o’quvchilar fikrini zarur tomonga karatish.

Yangi materialni suhbat metodida bayon etishda o’quvchilarga beriladigan savollar nihoyatda hilma hildir. Savollarning quyidagi guruhlarini ajratib kursatish mumkin:

narsalarni, ularning tasvirlarini, hodisalar, jarayonnlar, faktlar va shu kabilarni solishtirish hamda taqqoslashga oid savollar;

urganilayotgan faktlar, hodisalar, jarayonlarni umumlashtirish va ularning muhim alomatlarini ajratib kursatishga doir savollar;

bilimlardan bir hil vaziyatlarda foydalana bilishni aniqlash uchun beriladigan savollar;

sababi izohlashga oid savollar;

isbotlashga oid savollar, «ha» va «yuk» ekanligiga isbotlar keltirish;

fanlararo boglanishni urnatishga oid savollar;

tushunchaalarni ta’riflashga oid savollar.

O’quvchilarning javoblariga nisbatan kuyiladigan talablardan, avvalo, onglilik va asoslanganlikni aytib utish kerak. Har bir javob o’quvchining fikrlash mustaqilligini aks ettirishi lozim. O’qituvchi o’quvchilardan tehnika jihatidan va adabiy jihatdan savodli ifodalangan aniq hamda ravshan javob kaytarishni talab qilishi shart. O’quvchilarning nutq madaniyatini tarbiyalashga fikrlash madaniyatini tarbiyalashning tarkibiy qismi deb karamok lozim.

Suhbatni tashkil etishga nisbatan kuyiladigan talablar, birinchi navbatda, savollar qo’yish usullariga va o’quvchilarni javob kaytarish uchun undashga taaluklidir. Savollarni butun guruhga berish, sungra o’quvchilar javob berishga tayyorlanishi uchun bir oz tanaffus qilish, shundan keyingina biror o’quvchining familiyasini atash tavsiya qilinadi.

Suhbatning mantiqiy rejasiga kat’iy amal qilish juda muhim. Savollar bilan javoblar shunday tartibda kelishi kerakki, o’quvchilar mavzuning izchilligini hamma vakt sezib turadigan bulsin. Suhbat jarayonida o’quvchilar e’tiborini butun urganilayotgan materialni tushunish uchun asosiy bulgan fakt va hulosalarga qaratish alohida ahamiyatga ega.

O’qituvchi suhbat ipining uchini hamisha o’z qo’lida tutib turishi kerak. Shu bilan birga savollar qo’yishning va ularni ta’riflashning ilgari belgilab kuyilgan tartibiga ko’r-ko’rona amal qilish yaramaydi. Savollarni o’quvchilarning javoblariga karab har qila bilish, fikrlarning borishini tartibga solish, har qaysi o’quvchining kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olish zarur. Agar o’quvchi savolga javob kaytarishga kiynalsa, boshqa o’quvchini chakirishga shoshilish yaramaydi, savolni o’quvchiga tushunarlirok bulgan yangi varinatda berish va to’g’ri javob yunaltirish mumkin bulgan biror faktni eslatib utish lozim. Ammo javobni ochik oydin beruvchi savollar berish yaramaydi.

Suhbatni yakunlar yasash bilan tugallash zarur: o’qituvchi suhbat jarayonida urganilgan masalalarga aniq ta’riflar beradi.

Hozirgacha gap suhbat olib borish usuli to’g’risida bordi, bunda savollarni o’qituvchi berdi, o’quvchilar esa bu savollarga javoblarni uylab ko’rdilar va o’qituvchi rahbarligi ostida ma’lum hulosaga keldilar. Suhbatning bunday tuzilishi eng tipikdir. Lekin suhbat jarayonida o’quvchilar ham savol berishi mukin; o’quvchilar savolni o’qituvchiga ham, guruhdagi urtoklariga ham berish mumkin. bunday metodik usulning afzalligi shundaki, birinchidan, o’qituvchi, savolning harakteriga karab, o’quvchilar bilimining kanchalik chuqur ekanligi, ularning bilish aktivligi, kizikuvchanligi va o’rganilayotgan hodisalarni tushunish darajasi to’g’risida bir fikrga keladi; ikkinchidan, ko’pincha chuqur, asosli savol bir-biri bilan ketma-ket boglangan boshqa savollarning uzluksiz zanjiridan iborat bo’ladi; birinchi savolning hal qilinishi ikkinchi, uchinchi savolni keltirib chikaradi va, shunday qilib, o’quvchilar aktiv ishga jalb etiladi. Bu holda savollar o’quvchilar bilimlari va qiziqishlarining chuqurlik mezonigina emas, balki bu qiziqishni kuvvatlab turuvchi vosita ham bo’lib qoladi.

O’qituvchining vazifasi savolarning murakkabligini va pedagogik kimmatini doimo oshira borib, o’quvchilarni savollar berishga undashdan iborat. O’quvchilarni savol berishga undash usullaridan quyidagilarni ta’kidlab utish mumkin: o’qituvchining ukib chi?ilgan matn, rasm, ko’rsatma kullanmaga oid savollar tuzish to’g’risida o’quvchilarga beradigan topshirigi; javob kaytarayotgan o’quvchiga, o’qituvchiga savollar berishni taklif eitsh; o’quvchilarni ataylab muayyan kiyinchiliklarga tuknashtirish va hokazo.

Atamalarning talaffuzi.Nutqning sofligi, nutq madaniyati .

Tarbiya – ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o’qituvchining o’quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy va nazariy muloqotidir.

Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi:

A) Talabaning qaysi hislatini shakllantirish yoki yo’qotish maqsadida rejalashtiriladi.

B) Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun hizmat qiluvchi manbalarni izlab topiladi.

V) Belgilangan maqsad uchun hizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qaerda ishlashni rejalashtiriladi.

Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini ta’lim-tarbiya tizimi, jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi.

Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu hatti-harakatini sekin-

asta ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Buning uchun bolalarning yosh hususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma’naviy, insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va bolalarga bo’lgan munosabat muhim rol o’ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo’lgan munosabatlarini ko’rgan bola shunga qarab shakllana boradi. Ular avval kattalarga taqlid qiladilar. So’ng sekin-asta qilayotgan ishlarining mohiyatini anglaydilar. Bolalarni to’g’ri tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma’naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga ega.

Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bog’liq.

Metod – yunoncha atama bo’lib – aynan nimagadir yo’l, usul orqali maqsadga erishish yo’lini bildiradi. Metod, ya’ni usul ahborotni uzatish va qabul qilish harakteriga qarab:

1. So’z orqali ifodalash usuli.

2. Ko’rgazmalilik usuli.

3. Amaliy, namuna usuli.

4. Rag’batlantirish va jazo usuli.

Yuqoridagi metodlar (usullar) o’z navbatida quyidagi guruhchalarga bo’linadi:

Birinchi guruh – so’z orqali uzatish, maslahat berish, ma’lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqa usullarga;

Ikkinchi guruh – kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshqa ko’rish orqali tarbiyalash usullariga;

Uchinchi guruh – tarbiya ma’lumotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish. o’rnak ko’rsatish, boshqalarni amaliy mehnatini misol qilib ko’rsatish;

To’rtinchi guruh – o’quvchi-talabalarning yahshi bajargan ishlarini, o’rtoqlari oldida yoki ota-onalar majlisida ma’qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy yordam, stipendiyalarini oshirish, maqtov yorliqlari topshirish. Suratlarini hurmat tahtachasiga yopishtirish va boshqa og’zaki, ”rahmat”, ”barakalla” kabi rag’batlantirish usullarini kiritish mumkin.

Tarbiyachining rag’batlantirish usuli ikkiga bo’linadi:

1. Siz buyurgan ishga burch va mas’uliyat bilan yondashganligini rag’batlantirish.

2. Siz buyurgan ishga qiziqishini va uni uddalay olganligini rag’batlantirish.

Masalan: Bugun ishdan kech qaytishingizni aytib, farzandingizga ish buyurdingiz. Farzandingiz siz buyurgan ishni bajarib qo’ydi. U siz buyurgan ishga burch va mas’uliyat bilan yondoshdi. Siz farzandingizdagi bu ijobiy o’zgarishga befarq bo’lmay, qolgan farzandlaringizga bo’lgan mehringizni suiste’mol qilmagan holda, uni suyib, elkalariga qoqib,yoki peshonasidan o’pib qeyingi, bu harakatingiz qolgan farzandlaringizni ham tarbiyalasin. Ularni mustaqil yumush qilishga undasin. Bu holatdan keyin farzandlaringiz o’zini sizga nihoyatda kerakligini sezadi. Oilaga yordami tekkanligidan mamnun. o’zida yo’q hursand, o’zini katta bo’lib borayotganligini his etib boradi. Siz esa ana shu beg’ubor, mehrli

rag’batlantirishingiz orqali unda mehnatga qiziqish va uni uddalay olish qobiliyatiga ishonch hosil qildingiz.

Jazo – bu bolaning noto’g’ri qilgan ishiga o’zini iqror qildirish.

Agar bola siz ogohlantirmasingizdan yoki tushuntirmasingizdan oldin o’z hatosini tushungan bo’lsa-yu, sizga qilgan hatosini aytolmay izza chekib turgan bo’lsa, uni jazolashga zarurat yo’q. Endi bu hatoni qaytarmayman, degan ma’noda sizga qarayapti. Siz unga yana bir marta imkoniyat bering. Ammo keyingi gal ham hato qilsa va uni tan olmasa, unday hollarda quyidagi jazo turlari qo’llaniladi.

Yuqoridagi jazo turlarini o’qituvchi o’quvchiga yuzma-yuz hech kimning guvohisiz qo’llaydi. Ammo gruppadosh o’rtoqlari yoki sinfdoshlari oldida izza qilay deb bolani uyaltirsa, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Uyat – bu insonning eng nozik sezgisi bo’lib, o’quvchini o’rtoqlari yoki kollektiv orasida izza qilish (uyaltirish) eng yuqori jazo hisoblanadi.

O’quvchini jamoa orasida izza qilishni eng ohirgi chorasiz qolganda qo’llash mumkin. Eng ma’quli o’quvchi bilan yuzma-yuz mehrli ohangda, unga ishonch bildirib, qaltis yo’ldan qaytarish mumkin.

Tarbiya – har bir insonning hayotda yashashi jarayonida ortirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko’nikmasini o’zgalarga berish jarayoni.

Tarbiyalanganlik – milliy urf-odatimiz mezoniga kirmagan, o’zgalarning nafratini qo’zqatadigan hatti-harakatlardan o’zini tiya bilish.

Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch”asarining 1-bobida: Ma’naviyat insonning kon – koni, suyak-suyagiga yillar davomida ona suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o’giti, Vatan tuygusi, bu hayotning ba’zida achchik, ba’zida quvonchli saboglari bilan katra-katra bo’lib singib boradi. Ayniksa tabiatga, odamlarga yaniklik, doimo yahshilikni uylab yashash, halol mehnat kilish dunyoning tangsiz mehnat va guzzalliklaridan bahramand bo’lish ma’naviyatiga ozuka beradi. Uni yanada kuchaytiradi.

2. Nutq va nutq tushunchasi

Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, nutq ikki shaklga ega: og’zaki va yozma. Ushbu shakllarning har biri o’ziga xos xususiyatlarga, o’z normalariga ega. Yaxshi gapirishni biladigan kishi har doim ham qanday qilib yaxshi yozishni bilmaydi, va aksincha: savodli yozuvchi ba’zida og’zaki nutqlarda qiyinchiliklarga duch keladi. Shubhasiz, gapirish va yozish psixologiyasi bir xil emas. Og’zaki va yozma til – bu odamlar orqali bir-biri bilan aloqa qilishning ikki shakli. Og’zaki nutqning markazida nutq a’zolaridan kelib chiqadigan eshitish hislari mavjud. Yozma nutqda asosiy rolni vizual va motorli (yozma qo’lning harakatidan) sezgilar o’ynaydi, garchi bu erda og’zaki nutq jarayonida asosiy rol o’ynaydigan sezgilar ham muhimdir.

Ushbu hislarning barchasi o’qish, yozish, to’g’ri gapirish qobiliyatini rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega. Eshitish qobiliyati past yoki ko’rish qobiliyatidan aziyat chekadigan odamlar odatda noaniq, loyqa, tushunarsiz, o’qish va yozishda xato qilishadi.

Ushbu nutqning har bir shakli bilan odamlar o’rtasidagi aloqa turli yo’llar bilan amalga oshiriladi. Og’zaki nutq odamlarning bevosita muloqotini anglatadi (og’zaki nutq, dialog, suhbat, munozara). U karnay va tinglovchilarning mavjudligi bilan ajralib turadi Yozma nutq aloqa jarayonida ishtirok etadigan barcha shaxslarning shaxsiy ishtirokini talab qilmaydi.

Og’zaki nutq tinglovchidan uni nutq jarayonida, nutqning jonli oqimida tushunishini talab qiladi. U o’ylash va o’ylash uchun vaqt bermaydi. Yozma nutq nafaqat ruxsat beradi, balki ko’pincha yozuvchidan fikrlash va mulohaza qilish uchun to’xtashni talab qiladi.

Og’zaki nutq aytilganlarni takrorlashga imkon beradi, tinglovchiga intonatsiya, yuz ifodalari, imo-ishora kabi vositalarni qo’llaydi. Yozma nutqda uning tarkibini tushunishga yordam beradigan barcha yordamchi vositalar mavjud emas. Shuning uchun fikrlarni yozma ravishda ifodalashda, tinglovchilar uchun emas, balki o’quvchi uchun bayon mazmunini tushunish qiyinroq ekanligini hisobga olishingiz kerak.

Og’zaki va yozma nutq, shuningdek, ularning har biri foydalanadigan til materialining o’ziga xos jihatlarida ham bir-biridan farq qiladi. Og’zaki nutqda biz og’zaki tilning leksik, grammatik va stilistik vositalaridan foydalanamiz va yozma ravishda kitob yozma til vositalari bilan shug’ullanamiz.

Og’zaki, ayniqsa so’zlashuv, nutq – bu ko’proq erkin so’zlar, ba’zan tilning ustunlik qiladigan normalaridan chetga chiqish. Yozma, adabiy, monologik nutq yanada normallashgan va barqaror nutqdir. Yozma nutq og’zaki nutqga qaraganda ko’proq darajada grammatika normalariga mos kelishi kerak.

Yozma va og’zaki til so’zma-so’z, sintaksis, ifoda vositalari va nutq sur’ati jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan, og’zaki til kitob nutqiga qaraganda uning sintaktik tuzilishida ancha sodda. Og’zaki nutqda, qoida tariqasida, oddiy va qisqa jumlalar qo’llaniladi. Ego gapirishning fiziologik va psixologik sharoitlari bilan izohlanadi. Biz har bir nisbatan tugagan fikrni bir nafas va nafasi bilan talaffuz qilishga intilamiz. Yozma nutqda har qanday murakkablik va har qanday hajmdagi jumlalar qo’llaniladi.

Belgilangan ikki shaklda nutq va ifoda vositalari. Og’zaki nutqning ekspressivligi uni tinglovchilar tomonidan to’g’ri tushunish uchun muhim shartlardan biridir. Og’zaki nutqda, ayniqsa, ovozni ko’tarish va tushirish, stress, so’zlar va iboralarni, pauzalarni, imo-ishoralarni, yuz ifodalarini ajratish va ajratish kabi ekspressiv vositalar keng qo’llaniladi. Og’zaki nutqning ekspressivligi uni nafaqat fikrlarni ifodalash vositasi, balki ishontirish va motivatsiya qilishning kuchli vositasiga aylantiradi. Yozma nutqning ekspressivligi so’z birikmalarini, jumlalarni tuzilishini, fikrlarning mantiqiy muvofiqligini yanada sinchkovlik bilan tanlash, shuningdek matnni bo’limlar, paragraflar, paragraflarga bo’lish orqali amalga oshiriladi. Bu erda kursiv, tushirish, tagiga chizish, undov belgilari, savol belgilari va ellipslar ham ifodali vosita bo’lib xizmat qiladi. Ushbu barcha vositalarning asosiy vazifasi – matndagi asosiy, asosiy narsani ta’kidlash, ularga o’quvchilar e’tiborini jalb qilish.

Yozma nutq og’zaki nutqqa qaraganda qurilishda ancha qiyin, murakkabroq, ammo bu yozuv jarayonida og’zaki fikrni ifoda etishda diqqat bilan ishlashga imkon beradi. Yozma nutq odatda o’z fikrlarining eng yaxshi ifodasini qidiradigan, nutqidagi xatolarni qanday ko’rishni va ularni tuzatishni biladigan kishiga tegishli.

Nutqni rivojlantirish bo’yicha ishlarni to’g’ri shakllantirish uchun tilshunoslik, psixologiya va pedagogikaning ilmiy yutuqlari katta ahamiyatga ega.

Og’zaki nutq yozishga qaraganda ancha faolroq – biz yozganimizdan va o’qiganimizdan ko’ra ko’proq gaplashamiz va tinglaymiz. Kengroq va uning ifodali qobiliyatlari. B. Shou bu borada “ha” deb aytishning ellik yo’li va “yo’q” deb aytishning ellik yo’li bor, va uni yozishning faqat bitta usuli bor “. Yozuvda grafik ifoda vositalari tizimi qo’llaniladi va u ingl. Yozuvchi va o’quvchi, qoida tariqasida, nafaqat bir-birlarini ko’rishadi, balki ularning suhbatdoshining tashqi qiyofasini umuman namoyish etmaydilar. Bu aloqa o’rnatishni qiyinlashtiradi, shuning uchun yozuvchi tushunish uchun matnni maksimal darajada oshirishga, yaxshilashga harakat qilishi kerak. Yozma nutq cheksiz ravishda mavjud va o’qish uchun odam har doim matndagi tushunarsiz iborani aniqlab olish imkoniyatiga ega. Leksik va grammatik munosabatlarda u tilning adabiy me’yorlariga qat’iy rioya qilinishi bilan tavsiflanadi – lug’at va frazeologiyaning sintaksis bilan ishlangan maxsus tanlovi. Yozma tilda kitob lug’ati keng qo’llaniladi: rasmiy biznes, ilmiy, ommaviy jurnalistika. Yozma nutq shakli bayonotlarni oldindan ko’rib chiqish bilan ajralib turadi. Bu nutqning yozma shaklining aniqligi va to’g’riligini belgilaydi.

2.2 Nutqning shakllari

Nutqning ikki shakli mavjud: og’zaki va yozma nutq.

Og’zaki nutq – bu nutq jarayonida etkazilgan nutq; Nutq faoliyatida tabiiy tildan foydalanishning asosiy shakli.

Badiiy tilning so’zlashuv uslubi uchun og’zaki shakl asosiy hisoblanadi, kitob uslubi ham yozma, ham og’zaki shaklda ishlaydi (ilmiy maqola va og’zaki ilmiy ma’ruza, tayyorlangan matnsiz yig’ilishda chiqish va ushbu nutqni yig’ilish bayonnomasida qayd etish).

Og’zaki nutqning eng muhim ajralib turadigan xususiyati uning tayyorlanmaganligidir: og’zaki nutq, qoida tariqasida, suhbat davomida yuzaga keladi. Biroq, tayyorlanmaganlik darajasi farq qilishi mumkin. Bu ilgari noma’lum mavzudagi, improvizatsiya sifatida olib borilgan nutq bo’lishi mumkin. Boshqa tomondan, bu oldindan ma’lum bo’lgan mavzu bo’yicha, u yoki boshqa qismda ko’rib chiqilgan nutq bo’lishi mumkin. Ushbu turdagi gapirish rasmiy ommaviy aloqa uchun xarakterlidir. Og’zaki nutqdan, ya’ni. nutq jarayonida hosil bo’lgan nutq, o’qilgan yoki yodlangan nutqni farqlash kerak; nutqning bu turi uchun ba’zida “ovozli nutq” atamasi qo’llaniladi.

Og’zaki nutqning nima ekanligini to’g’ridan-to’g’ri anglash uchun mo’ljallangan nutq, agar u juda batafsil bo’lsa, yo’qoladi va faqat batafsil so’z birikmalaridan iborat bo’ladi, agar unda to’g’ridan-to’g’ri so’z tartibi ustunlik qilsa.

Tinglovchilarga qaratilgan nutqda, iboraning tarkibiy va mantiqiy tasviri tez-tez o’zgarib turadi, to’liq bo’lmagan jumlalar (ma’ruzachi va tinglovchilarning vaqtini va vaqtini tejash) juda o’rinli, qo’shimcha fikrlar, baho beruvchi iboralarni (matnni boyitgan va asosiy matndan intonatsiya bilan yaxshi ajratilgan) o’tkazish kerak.

Og’zaki nutqning eng muhim kamchiliklaridan biri uning uzluksizligi (mantiqiy, grammatik va intonatsion) hisoblanadi, bu nutqni asossiz to’xtatishda, iboralarni, fikrlarni kesishda va ba’zida – xuddi shu so’zlarni asossiz takrorlashda. Buning sabablari boshqacha: nima deyishni bilmaslik, keyingi fikrni shakllantirishga qodir emaslik, aytilganlarni tuzatish istagi.

Og’zaki nutqning eng ko’p uchraydigan kamchiliklaridan ikkinchisi uning bo’linmasligi (intonatsion va grammatik): iboralar birin-ketin pauzalarsiz, mantiqiy stresslarsiz, jumlalarning aniq grammatik tuzilishisiz. Albatta, grammatik-intonatsion ajralish nutq mantig’iga ham ta’sir qiladi: fikrlar birlashadi, ularning ketma-ketligi mavhum bo’lib qoladi, matnning mazmuni noaniq va noaniq bo’ladi. Yozma nutq – bu qog’ozda, boshqa materiallarda va monitor ekranida ko’rinadigan (grafik) belgilar yordamida yaratilgan nutq. Yozma nutq shakli rasmiy ishbilarmonlik va ilmiy nutq uslublari, badiiy adabiy til uchun asosiy hisoblanadi. Jurnalistik uslub bir xil yozma va og’zaki nutq shakllaridan foydalanadi (davriy nashrlar va televidenie).

Yozma shakldan foydalanish sizning nutqingiz haqida uzoqroq o’ylash, uni asta-sekin tuzatish, tuzatish va to’ldirish imkonini beradi, natijada og’zaki nutqga qaraganda ancha murakkab sintaktik konstruktsiyalarning rivojlanishi va qo’llanilishiga yordam beradi. Yozma matnda takrorlash, tugallanmagan tuzilish kabi og’zaki tilning xususiyatlari stilistik xatolarga olib keladi.

Agar intonatsiya og’zaki nutqda bayonot qismlarini semantik ajratish vositasi sifatida ishlatilgan bo’lsa, unda harfda tinish belgilaridan foydalaniladi, shuningdek, so’zlarni, matn birikmalarini va qismlarini grafik jihatdan ajratib ko’rsatishning turli xil usullari qo’llaniladi: harflarning har xil turi, qalin, kursiv, tagiga chizish, ramkalash, matnni joylashtirish sahifa. Ushbu vositalar matnning mantiqiy muhim qismlarini ajratish va yozma nutqning ekspressivligini ta’minlaydi.

· Gapirish – ma’lumot uzatadigan audio signallarni yuborish;

Tinglash – tovush signallarini idrok etish va ularni tushunish;

Xat – xabarni etkazish uchun ko’rinadigan grafik belgilardan foydalanish;

O’qish – grafik belgilarni idrok etish va ularni tushunish.

Yuqorida aytilganlarning barchasi, nutq bizning ongimizda o’ziga xos bir narsaga ega – biz bilan uzluksiz muloqotda bo’lgan ichki ovoz va ichki ovoz – ong oqimi, chunki bu monolog emas, balki aniq doirada va bitta odam ichidagi suhbat degan xulosaga kelishimizga imkon beradi. Biz o’zimiz uchun va ichimizdagi sherikni yaratamiz, uni ichki “men”, keyin qalbning ovozi, keyin vijdon ovozi, keyin Xudo deb nomlaymiz.

Va nihoyat, nutq ongga ta’sir qiladi va harakatga undaydi, til tushunish va fikrlashga moyildir.

Nutqning xususiyatlari insonning psixologik xususiyatlariga, uning holati va xarakteriga bog’liq. Og’zaki va yozma nutq shakllari, shuningdek nutqning to’rt turi mavjud: nutq, tinglash, yozish va o’qish.

Xulosa

Aytilganlarning barchasini xulosa qilsak, til va nutq bir butunning ikki tomoni: inson tili degan xulosaga kelishimiz mumkin. Ularning orasidagi farq shundaki, nutq timsolidir, tilni amalga oshirish. Til o’zining kommunikativ maqsadini nutq orqali amalga oshiradi.

Nutq aniq, til mavhum va mavhum. Til – bu aloqa vositasi, nutq esa jarayondir. Til – bu mavjudlik shakli va namoyon bo’lishi nutqning mavjudligi. Til mavjudot sifatida nutqda o’z ifodasini topadi. Til tahlil, nutq idrok va tushunish orqali o’rganiladi.

Til faqat jamoa a’zolari tomonidan tuzilgan kelishuv asosida mavjuddir. Til shunday darajada ajratib qo’yilganki, nutqsiz kishi eshitgan til belgilarini tushunganligi sababli tilni saqlab qoladi.

Til va nutq juda murakkab hodisalar. “Til” va “nutq” tushunchalari ko’pincha sinonim sifatida ishlatiladi. Shu bilan birga, ularning orasidagi farqni aniqlash kerak. Til va nutq bir-biridan farq qiladi va ayni paytda birlashadi. Til nutqsiz mavjud bo’lmagani kabi, nutq ham tilsiz bo’lolmaydi. Ushbu tilda jonli nutq faoliyati mavjudligi sababli til yashaydi va rivojlanadi (aks holda til o’lik holga keladi).

Demak, til va nutq turli xil hodisalar emas, balki bitta hodisaning turli tomonlaridir. Barcha lisoniy birliklar til va nutq birligidir: bir tomonda ular tilga, ikkinchisi esa nutqqa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. Ganeev B.T. Til va nutqdagi qarama-qarshiliklar. – Ufa: BDPU nashriyoti, 2004. – 470 b.

2. Levontina I. B. Zamonaviy rus tilidagi nutq va til // Til haqida til. Shanba Maqolalar / Umumiy bo’yicha. qo’llar. va ed. N. D. Arutyunova. – M .: Rus madaniyati tillari, 2000. – C. 271-289.

3. Lomtev TP Umumiy va rus tilshunosligi. – M., 1976. – S. 54-60

4. Nikolaev, V.V. Til va nutq estetikasi / V.V. Nikolaev.- L .: Nauka, 1979.- 216p.

5. Rus tili va nutq madaniyati: darslik / Ed. V.I. Maksimova. – M .: Gardariki, 2003 .– 413 p.

6. Formanovskaya, N.I. Nutq odob va aloqa madaniyati / N.I. Formanovskaya. – M .: Oliy maktab, 1989 .– 159 p.

Allbest.ru saytida joylashtirilgan

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.