Press "Enter" to skip to content

Nima uchun kitobni eshitish emas, oʻqish koʻproq samara beradi?

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

Kitobni qanday oʻqish kerak?

1940-yil amerikalik faylasuf va pedagog Mortimer Adler “Kitobni qanday oʻqish kerak?” deya savol qoʻyib, shu nomdagi kitobini yozadi.

Oradan sakson yilcha vaqt oʻtib, qanchadan qancha qoʻllanmalar, yoʻriqnomayu tavsiyalar chop etilganiga qaramay hali ham bu kitob dovrugʻini, ahamiyatini, oʻrnini yoʻqotgan emas. Ahli kitobxon uchun bunday savol har doim koʻndalang turishini hisobga olib, M.Adlerning ayrim tavsiyalarini keltirishni joiz topdik.

Kitobni qanday oʻqish kerakligi boʻyicha har kimning tanlovi, didi, fikri turfa va oʻziga xos, ammo buni ham bilib qoʻyish aslo zarar qilmaydi.

Adlerning fikricha, oʻqishning 4 turi mavjud:

1. Boshlangʻich oʻqish

Bu boshlangʻich maktablarda oʻqitiladigan oʻqish darajasi. Agar siz ushbu matnni oʻqiyotgan boʻlsangiz, buni qanday qilish kerakligini allaqachon bilasiz.

2. Tekshirib oʻqish

Bizga azaldan birrovga koʻz yugurtirish va yuzaki oʻqishni yomon odat deb oʻrgatishgan. Lekin har doim ham unday emas. Ushbu vositalardan samarali foydalanish tushunishni kuchaytirishi mumkin. Tekshiruv orqali oʻqish bizga muallifning rejasini koʻrib chiqish va chuqur oʻqish tajribasining mohiyatini baholashga imkon beradi.

3. Tahlil qilib oʻqish

Bir paytlar Frensis Bekon “Baʼzi kitoblarni tatib koʻrish kerak, boshqalarini yutib yuborish kerak, baʼzilarini chaynash va hazm qilish kerak” deb taʼkidlagandi.

Tahliliy oʻqish — bu puxta oʻqish.

4. Qiyoslab-chogʻishtirib, batafsil taqqoslab oʻqish

Bu eng qiyin oʻqishdir. Qiyoslab-chogʻishtirib oʻqish bir xil mavzudagi koʻplab kitoblarni oʻqishni va fikrlarni taqqoslab, qarama-qarshilarini sinchiklab kuzatishni anglatadi.

Xoʻsh, bunday oʻqish kitobxonga qanchalik yordam beradi? Kitob oʻqish qoidasiga rioya etish shunchalik muhimmi? Mutolaa degani kitob varaqlashdan nechogʻlik farq qiladi? Keling, ayrim bosqchilarni koʻrib chiqamiz.

Oʻqishning tekshirib oʻqish bosqichida kitob sarlavhasini oʻqing, avra-astarini, orqa-oldini tekshiring;

Kitobning birinchi sahifasini diqqat bilan koʻzdan kechiring;

Badiiy adabiyotlarga duch kelganda sarlavhalarni nazardan oʻtkazib (xuddi skanerdek), yakuniy bobni sinchiklab oʻqing;

Kitobdagi ayrim sharhlarni erinmay oʻqib chiqing.

Tahlil qilib oʻqishda eng avval muallif va u yozgan boshqa asarlar bilan andak qiziqib koʻring;

Soʻng birrov koʻz yugurtirib, satrlardagi maʼnoni ilgʻab oling;

Uchinchi qiladigan ishingiz – kitobni toʻligʻicha, ammo tezroq oʻqib tugatish;

Mabodo biror soʻz, jumla yoki fikrga tushunmasangiz, qandaydir maʼlumot anglashilmay qolsa, darrov atrofdan najot izlang. U xoh lugʻat, ensiklopediya boʻlsin, xoh muallimingiz.

Shundan soʻng, quyidagi savollarga imkon boricha javob berib koʻring:

a) qoʻlimdagi kitob oʻzi nima haqida?

b) voqealar rivoji nimaga ishora qilmoqda?

s) asar haqiqatga yaqinmi: butunichami yoki qisman?

d) bu aslida nima, ahamiyati qanday? Menga nima beradi?

Asarni tugatgach, andak tanqidiy fikrlab, oʻylaganlaringizni boshqalar bilan baham koʻring! Ishonavering, foydasini sezasiz.

Nihoyat, talabchan kitobxon darajasiga yetganingizda oʻqish – bu savollarni toʻgʻri tartibda berish va ularga javob qidirish bilan nihoyalanadi.

Darvoqe, yana oʻqish payti turfa qaydlar yozish, muddat va belgilar qoʻyib oʻqish, qoʻlingizdan kelsa, shapaloqdek taqrizcha yozib, bir chetga olib qoʻyish, iqtidoringiz boʻlsa, suvrat-puvrat chizib qoʻyish ham ziyon qilmaydi. Bari sizning foydangizga ishlaydi.

Hamisha dunyoqarashingizni oʻstiradigan, ruhingizni tozartiradigan, fikringizni charxlaydigan kitoblarni oʻqing! Har doim!

Nima uchun kitobni eshitish emas, oʻqish koʻproq samara beradi?

16’037 подписчиков
1’136 просмотров на пост

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации

Что это дает?

  • Детальная аналитика 3’010’492 каналов
  • Доступ к 932’320’446 рекламных постов
  • Поиск по 2’316’403’659 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов – обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 683 поста

IT specialist СНГ
: 16’037 | на пост: 1’136 | ER: 7.1%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-04-13 19:45:02 | Показать пост
457
0

Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qilish lozim? ��

Aytaylik, siz jadval yaratdingiz, lekin matnning bir qismi kerakli satrga sig‘mayabdi va uning ortida “yo‘qolib qolmoqda”. Ushbu muammoni hal qilish uchun quyidagi qadamlarni amalga oshirish tavsiya etiladi.

— 1-qadam
Satr ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va hosil bo‘luvchi menyudan “Свойства таблицы” bandini tanlang.

— 2-qadam
“Строка”
varaqa (вкладка)sida “Высота” bandidan maxsus belgini olib tashlang. Endi satrlar yangi matn qo‘shilib borgani sari “kengayib” boraveradi.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

Web-страница:

IT specialist СНГ
: 16’037 | на пост: 1’136 | ER: 7.1%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-04-13 10:50:56 | Показать пост
1’041
0

#learn_english_with_software #smartfon #android

���� HelloTalk — chat yordamida o‘z tilining tashuvchilari bilan muloqot qilish orqali chet tillarini samarali o‘rganish uchun mobil ilova. VIP-versiya.

�� HelloTalk v5.2.26 mobil ilovasini yuklab olish.

Изображение

IT specialist СНГ
: 16’037 | на пост: 1’136 | ER: 7.1%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-04-13 09:09:38 | Показать пост
1’154
0

Pubg MOBILE-da UC xaridi uchun 10% cashback!

7-17 aprel kunlari har qanday UC nominallarini 10% cashback bilan sotib olish imkoniyatini qo’ldan boy bermang.

Bizning narxlarimiz hamyonbop ekanligiga ishonch hosil qilish uchun OSON ilovasini yuklab oling ��

Изображение

IT specialist СНГ
: 16’037 | на пост: 1’136 | ER: 7.1%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-04-12 20:11:22 | Показать пост
1’389
0

Jadvalning sarlavhasini qanday qilib “muzlatib” qo‘yish mumkin? ��

Faraz qilamiz, jadvalingizda sarlavhalar bor va list bo‘ylab pastga qarab siljigan paytingizda – ularning doimiy ko‘rinib turishini istaysiz deylik.

Buning uchun sarlavhadan bitta pastda joylashgan satrni butunlay belgilash lozim (buni oynaning chapki chetidagi satr raqami ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan bosish yoki tegishli satrga strelkali klavishlar yordamida o‘tib, “SHIFT + PROBEL” klavishlari birikmasini bosish orqali amalga oshirish mumkin).

�� Aytaylik, masalan, sarlavha uchinchi satrda joylashgan bo‘lsa — siz to‘rtinchisini belgilaysiz.

Shundan so‘ng menyu satrining Вид varaqa (вкладка)si → Закрепить области‘ga o‘tasiz. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, agar sarlavha birinchi satrda joylashgan bo‘lsa, siz satrlarni belgilamay turib, shunchaki ushbu boshqichdagi Закрепить верхнюю строку bandini tanlashingiz mumkin.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

Web-страница:

IT specialist СНГ
: 16’037 | на пост: 1’136 | ER: 7.1%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-04-12 18:10:24 | Показать пост
850
0

IT va BIZNES sohasiga qiziqasizmi ?

��Hujjatlar 27-aprelga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.

�� Universitetga kirish imtihoni 29-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fursatni qoʻldan boy bermang!
Joylar soni chegaralangan!

Xalqaro diplom;
Britaniya ta’lim standartlari;
✅Oʻqish mobaynida IT-kompaniyalarda malaka oshirish;
✅Bitiruvchilar uchun AQSH va Yevropa mamlakatlarida ish faoliyatini yuritish imkoniyati.

✅ 21-asrning eng talabgir IT va biznes yo’nalishlar sizni kutmoqda.

Изображение

IT specialist СНГ
: 16’037 | на пост: 1’136 | ER: 7.1%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-04-11 19:06:01 | Показать пост
1’527
0

Dastlabki sahifa uchun kolontitulni o‘chirish ��

Kolontitul yaratishda (sahifaning yuqori yoki pastki qismiga ikki marta bosiladi) kiritilgan matn barcha sahifalarda bir xil aks etadi.

Biroq agar kolontitulni dastlabki sahifadan olib tashlab, qolgan sahifalarda esa qoldirish lozim bo‘lsa, quyidagi ko‘rsatmaga amal qiling:

1-qadam
Kolontitulni yarating va menyu satridagi yuzaga kelgan Конструктор varaqa (вкладка)siga o‘ting.

2-qadam
Параметры
bo‘limida Особый колонтитул для первой страницы bandi qarshisiga maxsus belgini o‘rnating.

3-qadam
Dastlabki sahifaga o‘ting va kolontitulni o‘chiring yoki tegishli o‘zgartirish kiriting.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

Web-страница:

IT specialist СНГ
: 16’037 | на пост: 1’136 | ER: 7.1%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-04-11 14:10:49 | Показать пост
1’710
0

#mulohaza_uchun #tarmoq #internet #IT_humor

– Allo, provayderga ulandimmi? Negadir internetim ishlamay qoldi, sababini bilish uchun ustani yubora olasizmi? ��

ℹ️ Tarmoq rukni ostidagi barcha postlarimiz roʻyxati: 1-qism

IT specialist СНГ
: 16’037 | на пост: 1’136 | ER: 7.1%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-04-11 09:31:22 | Показать пост
1’572
0

#tarmoq #security #internet #operatsion_tizim

Ushbu videoko‘rsatmada Wi-Fi tarmog‘ingizga kim ulanganligini bilish, uni tarmog‘ingizdan foydalanishga qarshi bloklash va qayta ruxsat berish to‘g‘risida so‘z boradi.

�� Videoni ko‘rish uchun havola.

�� P.S.: Bizga murojaat etgan yosh vloger ukamiz Nodirbekka esa yangi videoko’rsatmalar yaratishida zafarlar tilab qolamiz! ��

Изображение

IT specialist СНГ
: 16’037 | на пост: 1’136 | ER: 7.1%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-04-11 06:30:02 | Показать пост
1’626
0

O‘z karyerangizni boshlamoqchimisiz?

Toshkent shahridagi Amiti universitetida bo‘lib o‘tadigan bosh ish o‘rinlari yarmarkasi “Job Fair 2023” siz uchun ajoyib imkoniyat!

Ushbu qiziqarli tadbir mintaqadagi eng yaxshi ish beruvchilar, xususan, Huawei, Skillbox, Epam, Deloitte, PepsiCo, Makro, AKFA, UzTelecom, IT-Park, UZCARD va boshqa kompaniyalarni birlashtiradi va turli sohalarda keng ko‘lamli ish imkoniyatlarini taklif qiladi.

���� Ishga qabul qiluvchilar bilan yuzma-yuz uchrashish, savollar berish va hatto rezyume topshirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Bundan tashqari, tadbir davomida qiziqarli o‘yinlar bo‘lib o‘tadi, g‘oliblarni planshet, telefon kabi qimmatbaho sovrinlar kutmoqda ��

��Manzil: Toshkent shahridagi Amiti universiteti
�� O‘tkazilish kuni: 11-aprel
�� O‘tkazilish vaqti: 13.00-17.00

Видео/гифка

IT specialist СНГ
: 16’037 | на пост: 1’136 | ER: 7.1%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-04-10 09:35:01 | Показать пост
1’439
0

����‍�� O‘zbekistonda yigitlar IT mutaxassisi bo‘lishni istaydi — tadqiqot

�� Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari farzandlar tarbiyasi va ularning kasb tanlashida ota-onalarning roli, shuningdek, buning betashvish keksalik gashtini surishdagi ahamiyatini aniqlashga qaratilgan tadqiqot o’tkazdi. Tadqiqot doirasida 10 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan bolalarning ota-onalari ishtirokida so’rov ham o’tkazildi.

��‍��‍��‍�� So‘rovda 2100 kishi ishtirok etdi. (N=2100). Respondentlarning 72 foizini ayollar, 28 foizini erkaklar tashkil etdi. Ta’lim darajasi bo‘yicha ularning 4,6 foizi ilmiy darajaga, 36,1 foizi oliy ma’lumotga, 21,2 foizi o‘rta, 38,2 foizi o‘rta maxsus ma’lumotga ega.

1️⃣ So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 28,7 foizi keksa ota-onasi bilan yashashi ma’lum bo‘ldi. Farzandlaringiz tarbiyasiga kim ko‘proq ta’sir qiladi, degan savolga ota-onalarning 41,6 foizi ona, 27,4 foizi ota, 9,3 foizi bobo va buvilar, 8,1 foizi aka-opalar, 7,3 foizi o‘qituvchilar, 3,7 foizi begonalar va 2,5 foizi boshqa qarindoshlar, deb javob bergan.

2️⃣ Soʼrovda ishtirok etganlarning aksariyati (80,2%) farzandlarini maʼlum kasb boʼyicha yetuk mutaxassis boʼlib, elga taniladigan inson sifatida koʼrishi ma’lum bo’ldi. Moddiy taʼminlanganlik va mulk egasi boʼlishi ikkinchi orzu bo’lib qolmoqda (7,9%). Ushbu savolning javoblari ota-onalarning millati va maʼlumot darajasi, farzandning jinsi boʼyicha farq qilmaydi.

3️⃣ Аksariyat ota-onalar (95,8 foiz) farzandlari kelajagi borasida oʼzaro maslahatlashgan. 88,3 foiz holatda ularning fikri bir joydan chiqqan bo’lsa, 7,2 foiz holatda fikrlar keskin farqlangan.

4️⃣ Soʼrovnoma javoblari shuni koʼrsatdiki, ota-onalar farzandlari kelajagini rejalashtirishda bolalarning fikriga ham eʼtibor bermoqda. Ota-onalarning 97,9 foizi oʼz farzandlari bilan ushbu mavzuda suhbatlashgan boʼlib, 86,3 foizi farzandlarining tanlovini maʼqullagan, 11,1 foizi qisman maʼqullagan, 1,3 foizi esa qoniqmagan.

5️⃣ Soʼrovnoma javoblariga binoan, yoshlarda tibbiyot yo’nalishidagi kasblarga (15,5 foiz) qiziqish kattaligi aniqlandi. Keyingi oʼrinlarni oʼqituvchi (9,7 foiz), IT mutaxassisligi (9,3 foiz), iqtisodchi (sohalar boʼyicha) (8,2 foiz), tadbirkor (7,7 foiz) kabi kasblar egalladi. Respondentlarning 2,5 foizi farzandlari kelajakdagi kasbi haqida hali qarorga kelmaganini ta’kidlagan. Qizlar kutilganidek ko’proq shifokor (16,3 foiz) va oʼqituvchi (13,8 foiz) kasblarini tanlagan boʼlsa, oʼgʼil bolalar birinchi oʼrinda IT mutaxassisligi (18,7 foiz), keyin esa shifokor (13,7 foiz), iqtisodchi (13,2 foiz) va tadbirkor (11,2 foiz) kasblarini afzal ko’rgan.

6️⃣ Farzandining kasb toʼgʼrisidagi qarori qanday boʼlmasin, ota-onalarning 81,6 foizi bu qarorni bajonudil qabul qilishini, 12,7 foizi esa ushbu qarorni oʼzgartirish kerakligini iltimos qilishini aytgan.

7️⃣ Ota-onalarning 55,7 foizi farzandlariga nisbatan talabchanlik qilish, kerak bo‘lganda yordam ko‘rsatish, 36,2 foizi nazorat qilish orqali tarbiya berish lozimligini, 6,4 foizi esa farzandlariga erkinlik berish kerakligini qayd etgan.

8️⃣ So‘rovda qatnashgan ota-onalarning 20 foizdan ortig‘i farzandlarining o‘qituvchilari bilan bir oyda bir marta muloqot qilishini, 16,4 foizi esa umuman muloqot qilmasligini bildirgan.

�� Batafsil

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz.

Web-страница:

IT specialist СНГ
: 16’037 | на пост: 1’136 | ER: 7.1%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-04-07 20:11:17 | Показать пост
1’845
0

Fayl yoki papkaning xususiyati (Свойства)ni ekranga tezkor chaqirish ��

Ma’lum bir fayllar yoki papkalarning hajmini bilish uchun biz bir guruh elementlarni belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmasini bosgan holda ochiladigan kontekstli menyu (контектсное меню)ning ostida joylashgan Свойства (Properties) elementini tanlaymiz.

Buni klaviatura orqali amalga oshirishning soddaroq usuli bor, ya’ni xuddi boyagi kabi elementlarni SHIFT, CTRL, Пробел (Space) va strelkalar yordamida belgilagan holda ALT + ENTER tugmalar birikmasini bosishdir.

Web-страница:

IT specialist СНГ
: 16’037 | на пост: 1’136 | ER: 7.1%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-04-07 17:46:10 | Показать пост
1’680
0

Video darsdagi ma’ruzachi ortidan ulguraman degan paytingda. ��

Видео/гифка

IT specialist СНГ
: 16’037 | на пост: 1’136 | ER: 7.1%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-04-07 15:31:37 | Показать пост
1’661
0

Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar ��

1️⃣. Bir nechta yacheykalarni bir xil qiymat bilan to‘ldirish uchun, ularni dastlab belgilang, yacheykalardan biriga qiymatni kiriting va CTRL + ENTER‘ni bosing.

2️⃣. Listlar bo‘ylab tezkor o‘tish uchun CTRL + PAGE UP va CTRL + PAGE DOWN klavishlari birikmasidan foydalaning.

3️⃣. Agar birovning kompyuterida dasturdan foydalanish istagi yuzaga kelib, biroq Excel yorlig‘ini topa olmasangiz, unda WIN + R klavishlari birikmasi yordamida “Выполнить (Run)” oynasini chaqirib, unga “excel” so‘zini (qo‘shtirnoqlarsiz) kiritgan holda ENTER klavishini bosing (dastur kompyuterga o‘rnatilgan bo‘lsa ochiladi, aks holda xatolik oynasi yuzaga keladi).

4️⃣. Funksiyani qolgan satrlarga nisbatan pastga qarab tortish orqali qo‘llashdan tashqari, faol yacheykaning o‘ng pastki burchagidagi to‘rtburchak marker ustiga (sichqonchaning chap tugmasi bilan) ikki marta bosish orqali buni qo‘llash mumkin (ushbu post ostiga biriktirilgan rasmda ko‘rsatilgan����).

Web-страница:

IT specialist СНГ
: 16’037 | на пост: 1’136 | ER: 7.1%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-04-07 12:20:30 | Показать пост
1’761
0

Senga yangi kompyuter sovg‘a qilishsa-yu, sen undan foydalanishni bilmay ustabuzarmonlik qilganingda. ��

Видео/гифка

IT specialist СНГ
: 16’037 | на пост: 1’136 | ER: 7.1%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-04-06 18:31:24 | Показать пост
1’758
0

Android’da saqlangan parollarni qanday ko‘rish mumkin? ����

Android’da veb-saytlar, xizmatlar va siz tomondan o‘rnatiladigan ilovalar parollarini saqlash uchun parollar menejerining mavjudligi haqida hamma ham bilmaydi. Natijada, siz hattoki dasturni o‘chirib tashlab, so‘ngra qayta o‘rnatgan taqdiringizda ham, sizga qayd ma’lumotlarini qayta qo‘lda kiritib o‘tirish zarurati bo‘lmaydi.

Xo‘sh, ushbu parollarni qanday ko‘rishimiz mumkin?

1️⃣. Smartfoningizdagi Настройки‘ni oching va Google bo‘limiga o‘ting.
2️⃣. Ochilgan oynada АвтозаполнениеАвтозаполнение от Google bandlarini tanlang.
3️⃣. Пароли bandiga o‘ting.
4️⃣. Barcha saqlangan parollar ro‘yxati ochiladi, keraklisini tezroq izlab topish uchun qidiruvdan foydalanish mumkin.
5️⃣. Kerakli akkauntni tanlang va kirishni barmoq izi bilan tasdiqlang.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• iPhone’da turli saytlardagi barcha akkauntlarning login va parollarini ko‘rish
• iPhone’da sayt uchun saqlangan parolni qanday bilish mumkin?
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

Web-страница:

IT specialist СНГ
: 16’037 | на пост: 1’136 | ER: 7.1%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-04-06 16:10:07 | Показать пост
1’882
0

Lenovo M910Q Mini PC kompakt kompyuteri sotiladi

– Protsessor core i7-6700T 2.8GHz 8CPU
– RAM 32GB DDR4
– NVme SSD 1 TB + 2TB SSD SATA / umumiy 3TB ssd
– Windows 10-Pro 64x Licensed
– Monitor xtech curved 24 dyum / изогнутый – egilgan 1920×1080
– Bluetooth, klaviatura, mishka

Ofis, internet, dizayn, media uchun juda qulay.

Изображение

IT specialist СНГ
: 16’037 | на пост: 1’136 | ER: 7.1%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-04-05 06:45:15 | Показать пост
1’714
0

Nega yordam soʻrolmaysiz? Buning qanday zararlari bor? ��

Qandaydir muammoga duch kelganda, yordamga muhtoj boʻlsangiz ham, boshqalarga koʻmak berishini soʻrab murojaat qilolmaysizmi? Koʻpincha bunga qoʻrquv sabab boʻladi. Odamlar koʻpincha ikki holatdan choʻchiydi: rad qilinishdan va ojiz koʻrinishdan. Yoki ikkalasi birdan boʻlishi ham mumkin. “Menga rad javobi berishlari mumkin. Oʻzimni yetarlicha yaxshi emasligimni his qilaman. Ojiz koʻrinaman. Boshqa odamlar men haqimda notoʻgʻri fikrga boradi. Mendan yuz oʻgirishadi. Oʻzimni yolgʻiz his qilaman” singari gaplar miyangizda aylanadi. Yaxshisi, oʻzim eplayman, degan fikrga kelasiz. Bular psixikangizni ogʻriqli holatlardan himoya qilayotganday boʻlsa-da, ular ma’nisizdir.

Yordam soʻrolmaslik boshqa psixologik muammolar singari bolalikdan shakllanadi. Ehtimol bir necha bor yordamga muhtoj boʻlganingizda sizni rad etishlari, kamsitishlari holatiga duch kelgandirsiz. Salbiy hislarning ogʻrigʻini koʻrgan psixikangiz endi yordam soʻramaslik yaxshiligiga qaror qilgan boʻlishi mumkin.

Yordam soʻray olmaslik qanday oqibatlarga olib keladi?

1️⃣. Eng aniq va ma’lum oqibat – rostdan ham yordamga muhtojligingizda, uni ololmaslik. Insoniyat birdamlik orqali rivojlanishga erishgan. Haqiqatdan ham yaxshi natijalarga yolgʻiz erishish qiyin. Siz qiynalib qiladigan vazifalarni kimdir minimal resurslar bilan bajarishi va ishingizni yengil qilishi mumkin.

2️⃣. Har doim oʻzingizni mustaqil va kuchli koʻrsatishga urinar ekansiz, boshqalar bilan yaqin boʻlishingiz qiyinlashadi. Hatto yaqin odamlaringiz ham sizdan sovuqlik his qilishi mumkin. Axir rostdan ham toʻla ochilmayotgan boʻlasiz. Hech kimga ishonolmaysiz.

3️⃣. Yordam berganimizda oʻzimizni yaxshi his qilamiz. Agar yordam soʻrashdan qochsangiz, boshqalarning oʻzini yaxshi his qilishiga imkon bermaysiz. Saxiylik, yordamga shaylik, oqkoʻngillik kabi xislatlarini namoyon qilishiga yoʻl qoʻymaysiz. Natijada, sizga yaqinlashishlari qiyin boʻladi.

4️⃣. Rivojlanishingizni susaytirasiz. Birgalikdagi faoliyat – oʻrganish imkonidir. Hayotimizda uchragan har bir odam ustozimiz ekanini yodda tuting. Ulardan yordam soʻramas ekansiz, ularning mahoratini koʻrish, oʻzlashtirish, ilhom olishdan oʻzingizni mahrum qilasiz.

Nima qilish kerak?

Cheklovlar faqat miyangizda ekanini tushuning. Yordam soʻrashingiz – ishonayotganingiz va hamkorlik qilish xohishingizdan darak. Koʻpchilik odamlar koʻmak berishga tayyor boʻlishadi.

Mayda narsalarni iltimos qilishdan boshlang va kuzating: hech qanday dahshatli narsa sodir boʻlmayaptimi? Odamlarda qanday oʻzgarishlar boʻlyapti?

Koʻp hollarda qoʻrquvlaringiz asossiz ekanini tushunasiz.

Web-страница:

IT specialist СНГ
: 16’037 | на пост: 1’136 | ER: 7.1%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-04-04 18:50:36 | Показать пост
1’668
0

#operatsion_tizim #tarmoq #internet

�� Windows 10’da Wi-Fi’ni routersiz tarqatish

Agar sizning qurilmangizda Windows 10 o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda internetning tarqatilishini kompyuterning o‘zidan turib faollashtirish mumkin.

1️⃣. WIN + I klavishlari birikmasi orqali “Параметры” oynasini ekranga chaqiring va unda “Сеть и Интернет”“Мобильный хот-спот” bandlari bo‘ylab o‘ting. Bu yerda tarmoq nomi va parol keltirilgan bo‘ladi. Xohishga ko‘ra ularni “Изменить” tugmasini bosgan holda o‘zgartirish mumkin.

2️⃣. Oyna yuqorisidagi surgichni “Вкл” holatiga o‘tkazing.

Web-страница:

IT specialist СНГ
: 16’037 | на пост: 1’136 | ER: 7.1%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-04-04 15:15:03 | Показать пост
1’618
0

#learn_english_with_software #smartfon #android

㊗️ Busuu – ko‘plab xorijiy tillarni amaliy va qulay shaklda o‘zlashtirish uchun mobil ilova.

�� Busuu v30.0.3.60008530.0.3 mobil ilovasini yuklab olish.

Изображение

IT specialist СНГ
: 16’037 | на пост: 1’136 | ER: 7.1%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-04-04 06:45:17 | Показать пост
1’638
0

O‘ZIMIZGA NISBATAN QO‘LLASHNI TO‘XTATISHIMIZ LOZIM BO‘LGAN NARSALAR:

⛔️ Ichimizdagi salbiy muloqotni to‘xtatish;

⛔️ O‘zimizni boshqalar bilan solishtirishni to‘xtatish;

⛔️ Ijtimoiy tarmoqlarda vaqtni behuda sarflashni to‘xtatish;

⛔️ O‘zimizga nisbatan g‘azablanishni to‘xtatish;

⛔️ Zaharli insonlar orasida bo‘lishni to‘xtatish;

⛔️ Hayotimizni qo‘rquv nazorat qilishini to‘xtatish.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.