Press "Enter" to skip to content

O‘zbekistonda nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan undiriladigan boj stavkalari ko‘tarildi

Ayni paytda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish qoidalarining VI bobi 1- va 2-paragraflariga binoan, voyaga yetmagan umumiy farzandlar bo‘lmagan holatda er-xotinning o‘zaro roziligi bilan bu ishni FHDYo organi amalga oshiradi. Bundan tashqari, er-xotinning voyaga yetmagan umumiy farzandi bor-yo‘qligidan qat’i nazar, FHDYo organi er-xotindan birining dom-daraksiz ketgan, ruhiy kasallik tufayli layoqatli emas deb topganda, yoki er-xotindan biri 3 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etilganda nikohni bekor qilishi mumkin.

O‘zbekistonda nikohni endi faqat sud orqali bekor qilish rejalashtirilmoqda

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevralda qabul qilingan «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5325-sonli farmonining 7-ilovasi — Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan.

Hujjatda bir qator yangiliklar nazarda tutilmoqdaki, ular yakunda nikoh va oila to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga kiritiladi, deb yozadi Norma.uz.

Birinchidan, nikoh tuzmoqchi bo‘lgan shaxslarga tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma berishda ularning sog‘liqliklari haqida yolg‘on va noto‘g‘ri ma’lumot bergan tibbiyot muassasasi rahbari va xodimlarining mas’uliyati kuchaytiriladi.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha ko‘rik natijalari uchun mas’ullik faqat uni o‘tkazgan vrach zimmasida edi.

Ikkinchidan, turmush qurmoqchi bo‘lgan shaxslar maxsus o‘quv dasturiga ko‘ra oila asoslari bo‘yicha majburiy o‘quv kurslarini o‘taydi. U ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqiladi.

Ayni paytda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish qoidalarining 78-bandiga ko‘ra, ariza qabul qilishda FHDYo organi turmush qurayotganlarga uning tartib va shartlari, bo‘lajak er-xotin va ota-onani huquq va majburiyatlarini tushuntirish bilan cheklanadi. FHDYo organi turmush qurayotgan shaxslarning bir-birlarining salomatlik holati, oilaviy ahvolidan xabardorligini ham tekshirib ko‘radi va nikoh tuzishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar yashirilmasligidan ogohlantiradi.

Uchinchidan, nikohni qayd etish muddati uzaytiriladi (ayni damda muayyan muddat ko‘rsatib o‘tilmagan). Bugungi kunda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish qoidalarining 73-bandiga ko‘ra, turmush qurishni istaganlar o‘rnatilgan tartibda ariza topshirishganidan so‘ng bir oy muddat o‘tgach, FHDYo organi tomonidan nikoh qayd etiladi. Bu muddat hayotda bunday jiddiy qadam tashlash uchun yetarli emas, deb topilgan.

To‘rtinchidan, nikohni bekor qilishni faqat sud tartibida amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Ayni paytda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish qoidalarining VI bobi 1- va 2-paragraflariga binoan, voyaga yetmagan umumiy farzandlar bo‘lmagan holatda er-xotinning o‘zaro roziligi bilan bu ishni FHDYo organi amalga oshiradi. Bundan tashqari, er-xotinning voyaga yetmagan umumiy farzandi bor-yo‘qligidan qat’i nazar, FHDYo organi er-xotindan birining dom-daraksiz ketgan, ruhiy kasallik tufayli layoqatli emas deb topganda, yoki er-xotindan biri 3 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etilganda nikohni bekor qilishi mumkin.

Beshinchidan, yarashuv uchun ajratilgan muddat 1 yilgacha uzaytiriladi. Ayni paytda Oila kodeksining 2-qismi 40-moddasiga ko‘ra, sud ishni ko‘rib chiqishni kechiktirib, er-xotinga yarashish uchun 6 oygacha muddat ajratishga haqli.

Oltinchidan, nikohni bekor qilishda er-xotinning mulkiy javobgarligini joriy etish taklif etilmoqda. Gap tovon puli haqida ketmoqda va u jahon yuridik amaliyotida ajrashish uchun tashabbuskor bo‘lgan oila a’zosi tomonidan to‘lanadi.

Qayd etmoq joizki, butun 2018 yil davomida o‘tuvchi me’yoriy hujjatlarni qayta ishlash jarayonida ko‘rsatib o‘tilgan yangiliklar tahrirlanishi ham mumkin.

O‘zbekistonda nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan undiriladigan boj stavkalari ko‘tarildi

Hukumatning 2018-yil 17-iyuldagi qarori bilan Davlat boji stavkalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

  • mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan – da’vo bahosining 4 foizi (oldin – 2 foiz) miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining bir baravari (oldin – 50 foiz) ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
  • nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan – eng kam ish haqining 2 baravari (oldin – 50 foiz) miqdorida;
  • takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan – eng kam ish haqining 4 baravari (oldin – 120 foiz) miqdorida;
  • uy-joylarni ijaraga olish shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi da’vo arizalaridan, vorislikni qabul qilish muddatini uzaytirish haqidagi, xatlangan mulkni qaytarib berish to‘g‘risidagi va mulkka oid bo‘lmagan tusdagi (yoki baholanmaydigan) boshqa da’vo arizalaridan – eng kam ish haqining 2 baravari (oldin – 50 foiz) miqdorida;
  • alohida ko‘riladigan ishlar bo‘yicha ariza (shikoyat)lardan – eng kam ish haqining 1 baravari (oldin – 10 foiz) miqdorida.
  • iqtisodiy sudlarga kiritiladigan mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan – da’vo bahosining 2 foizi (oldin – 1 foiz) miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda boj undiriladi.

Кто-то пишет комментарии.
Asosiy yangiliklar
Bugun, 15:10
Bugun, 15:39
Bugun, 15:25
Ko‘proq yangiliklarni yuklash

  • Daryo
    • Internet-nashr
    • Tahririyat haqida
    • Aloqa ma’lumotlari
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Yangiliklar arxivi
    • Instagram | Rasmiy
    • Instagram | Lifestyle
    • Instagram | Sport
    • Facebook | Rasmiy
    • OK | Rasmiy
    • YouTube | Daryo
    • YouTube | Daryo Rus tilida
    • YouTube | Daryo Global
    • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
    • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
    • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
    • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
    • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
    • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nikohni bekor qilish uchun qancha boj to’lanadi?

    Sizning brauzeringizda ERI orqali ro`yxatdan o`tish va undan foydalanishning imkoni yo`q!

    ERI bilan ishlashni ta`minlovchi brauzerni o`rnatishingizni so`raymiz!
    Yuklab olish

    Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to’xtatiladi.

    –> –> –> –> Саll-center:
    1060 –> (0800) 200-18-18 –>
    “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari” – Nikohni qayd etish tartibi qanday?

    Oila kodeksining 13-moddasiga asosan, n ikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.

    Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.

    Uzrli sabablar bo‘lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi bir oy o‘tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin.

    Alohida hollar (homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin.

    Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi nikohni ro‘yxatga olishni rad etganda, shikoyat bilan bevosita sudga yoki bo‘ysunishiga ko‘ra yuqori turuvchi organga murojaat qilinishi mumkin.

    Oila kodeksining 14-moddasiga asososan nikoh tuzish ixtiyoriydir.Nikoh tuzish uchun bo‘lajak er-xotin o‘z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi.

    Nikoh yoshi erkaklar uchun o‘n sakkiz yosh, ayollar uchun o‘n yetti yosh etib belgilanadi.

    Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin.

    Oila kodeksining 213-moddasiga asosan, Nikohga kirishni xohlovchilar ariza berish chog‘ida o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni, ilgari nikohda bo‘lgan shaxslar esa, avvalgi nikoh tugatilganligi haqidagi hujjatlarni ham taqdim etishi lozim.

    Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar

    • Tug‘ilishni qayd etish tartibi va qanday hujjatlar taqdim etiladi?
    • Belgilangan muddatlarda tug‘ilishini qayd etilmagan bolalarning tug‘ilishi qanday tartibi qayd etiladi?
    • Ota-onalardan birining shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan bolaning tug‘ilishi qayd etish tartibi qanday?
    • Ota-ona o‘rtasida nikoh qayd etilmagan bo‘lsa, bolaning tug‘ilishi qanday tartibda rasmiylashtiriladi?
    • Bolaga familiya, ism va ota ismini berish tartibi qanday?
    • Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganlishi qanday tartibida qayd etiladi?
    • Tug‘ilishni qayd etish bilan bir vaqtda otalikni belgilash tartibi qanday?
    • Bolaning tug‘ilishi qayd etilgandan so‘ng otalik qanday tartibda rasmiylashtiriladi?
    • Farzandlikka olish tartibi va kimlar farzandlikka olishimi mumkin?
    • Nikohni qayd etish tartibi qanday?
    • Qanday holatlarda nikoh qayd etilmaydi?
    • Nikohga kirayotganda familiya tanlash tartibi qanday?
    • MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning va O‘zbekiston Respublikasining xorijda yashovchi fuqarolarining nikohini qayd etish tartibi qanday?
    • Nikohdan o‘tishda FHDYoga to‘lanadigan davlat boji qancha?
    • Qanday asoslarga ko‘ra nikoh to‘xtatiladi?
    • Qanday hollarda er xohishiga ko‘ra nikoh bekor qilinmaydi?
    • MDH mamlakati va chet el davlat sudi tomonidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaror asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohdan ajratish (qaror qachon chiqqanidan qat’i nazar) tartibi qanday?
    • Nikohni bekor qilishda to‘lovlar miqdori qanday?
    • O‘limni qayd etish tartibi qanday va qanday hujjatlar talab etiladi?
    • Dalolatnoma yozuvlarini tiklash tushunchasi?
    • Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini tiklashda qanday to‘lovlar amalga oshiriladi?
    • Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha ariza qaysi FHDYo organi tomonidan ko‘rib chiqiladi?
    • Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori?
    • Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish tartibi qanday va qanday hujjatlar taqdim etiladi?
    • Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi arizani ko‘rib chiqish muddatlari qanday?
    • Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori?
    • Takroriy gerbli guvohnomalarni berish tartibi qanday?
    • Takroriy guvohnoma olish haqidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari?
    • Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari va bu haqda ma’lumotnomalar kimlarga beriladi?
    • Takroriy guvohnoma berganlik uchun qanday to‘lovlar amalga oshiriladi?
    • O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarini saqlash va ushbu dalolatnoma yozuvlariga tegishli tartibda o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar tartibi qanday?

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.