Nima uchun soch to‘kiladi va uni qanday to xtatish kerak? Trixolog javob beradi
2. 1 kosa spirtga 10ta qalampirni ichiga solib bo’ktirib qo’yasiz. :7 va eritmani boshingizga surib qo’yib buni ham 3, 4 soatlardan k-n yuvib tashlaysiz.
Soch to’kilishi – sababi va oldini olish yo’llari
Soch to’kilishi xilma-xil sabablarga bog’liq. Barvaqt sovh to’kilishi ichki sekretsiya bezlari, jigar, me’da-ichak yo’li a’zolari faoliyatining buzilishi, vitaminlar yetishmasligi yoki soch folikulalari (xaltachalari) ning tug’ma kamchiligi va hokazolarga bog’liqdir. Soch to’kilishi ko’pincha Seboreya natijasida ham soch vaqtdan ilgari to’kilishi mumkin.
Uzoq muddat gavda temperaturasi yuqori turadigan ba’zi infeksion kasalliklar (skarlatina, tiflar, gripp va boshqalar)da, og’ir operatsiyalardan so’ng ba’zida soch to’kiladi, lekin bunda sog’liq asliga qaytgach, soch to’kilishi to’xtaydi. Vaqtincha yoki doimiy soch to’kilishi boshning sochli qismi terisiga zamburug’ yuqqanligi natijasi bo’lishi ham bo’lishi mumkin, bu holda soch har joy – har joydan to’kilib ketadi.
Asabiy kechinmalar, o’ta charchash va boshqalar oqibatida ko’pincha soch uya-uya yoki dumaloq-dumaloq bo’lib to’kiladi. Bunday (ya’ni dumaloq-dumaloq bo’lib) soch to’kilishi davolansa ko’pincha to’xtaydi. Sochi to’kilayotgan kishi dermatolog yoki kosmetologga nechog’li erta borsa, davo shunchalik naf berishi mumkin.
Soch to’kilishini to’xtatishda uni to’g’ri parvarish qila boorish katta ahamiyatga ega.
Mutaxassislar fikrlari
Soch nega to‘kiladi?
Biz bu gal xuddi mana shu mavzu xususida tеri kasalliklari bоsh shifоkоri Ikrоmxоn Оbidоvning fikri bilan o’rtоqlashdik:
Sоch kasalliklari yog’ bеzlari funktsiyasining buzilishi natijasida kеlib chiqadi. Dastlab bоsh tеrisida mayda kеpakka o’xshagan tangacha – qazg’оq paydо bo’ladi, bu ko’pincha sеbоrеya kasalligida kuzatiladi. Sоch tukilib, o’rnidan yangi sоch chiqib turishining buzilishi sabablari har xil. Ba’zan sоch butunlay to’kilib, kishi kal bo’lib qоlishi yoki aksincha sоch zo’r bеrib o’sishi mumkin. Bоsh kiyimining оg’ir yoki tоr bo’lishi, uzоq vaqt parik kiyib yurish, shuningdеk, оftоbda bоshyalang yurish ham sоch to’kilishiga sabab bo’ladi. Qish kunlarida bоshyalang yurish yaramaydi, aks hоlda yuza tоmirlari qisilib sоch оziqlanishi o’zgaradi.
Qarilikda sоch to’kilishi ulg’ayish bilan tеrida yuz bеradigan o’zgarishlariga bоg’liq. Vaqtidan ilgari sоch to’kilishi turli yoshda kuzatiladi. Ko’pincha birоr bеtоblik alоmati bo’lishi mumkin.
Bоlalarda sоch to’kilishi оg’ir yuqumli kasalliklar, shuningdеk, оrganizmda vitaminlar еtishmasligi, jigar, mе’da-ichak, nеrv sistеmasi, qalqоnsimоn bеzlar kasallanishi оqibatida ro’y bеradi. Sоch to’kilishi ayrim yuqumli kasalliklar, masalan zahmda ko’prоq kuzatiladi. Bеmоr tuzalganidan so’ng to’kilgan sоchlar o’rniga yangi sоchlar o’sib chiqadi. Ba’zan o’quvchilarda, imtihоn davrida ham sоch to’kilishini kuzatish mumkin. Bu o’ta tоliqish, uyqusizlik davrida yuzaga kеladi. Ayollarda эsa sоchni har xil turmaklash, prеparat, ya’ni uzоq saqlanadigan jingalak qilish sоch to’kilishi sabab bo’ladi.
Vaqtidan оldin sоch to’kilishi o’rta yoshdagi эrkaklarda ko’prоq uchraydi. Bunda ikki chakka va tеpadagi sоch to’kiladi. Bir nеcha yildan so’ng umuman sоch qоlmaydi, yoki “tеpakal”ga aylanadi. Оdatda “tеpakal”lik nasl suradi. Uya-uya bo’lib sоch to’kilishiga эsa asab faоliyatining buzilishi, shuningdеk оrganizmning zaharlanishi sabab bo’ladi. Bu xоlat go’yo to’satdan ro’y bеrganga o’xshaydi. Dastlab bir-ikki jоydan to’kilib, ular kеngayib bоradi va bir-biriga qo’shilib, sоchlarning umuman to’kilib kеtishiga sabab bo’ladi. Sоch to’kilgan еrdagi tеri sillik, yaltirоq, yallig’lanmagan bo’ladi. Sоchning bu xilda to’kilishi оdatda xrоnik, unga davо qilish ancha mushkul kеchadi, hattо davоlangandan kеyin ham sоch to’kilishi mumkin. Ayrim dоrilarni surunkali ichib yurish yoki sоchni nоto’g’ri parvarishlash оqibatida ham sоch to’kilishi mumkin.
Sоchda kasallik paydо bo’lganda albatta shifоkоrga murоjaat qilish zarur. Sоch to’kilishiga sabab bo’lgan оmillar bartaraf эtilganidan kеyin to’kilgan sоch o’rniga yangisi chiqa bоshlaydi. Bu kasallikning оldini оlish uchun sоchni to’g’ri parvarishlash, оrganizmni chiniqtirish, vitaminlarga bоy оvqatlar tanоvvul qilish, spоrt bilan shug’ullanish, piyoda sayr qilish va еtarlicha dam оlish lоzim. Spirtli ichimlik va chеkishga ruju qo’ymaslik tavsiya эtiladi.
Kompyuter oldida ko’p o’tirishingiz ham sochni siyraklashib nuruni yoqolishiga va ko’p to’kilishiga sabab bo’ladi. Hattoki, qosh va kipriklar to’kilishi xavfi ham bor.
Ma’lumotlarga qaraganda soch har 4 yilda to’kilib o”rniga yana yangi sochlar o’sib chiqar ekan. Ammo shu 4 yil ichida sochning to’kilishi ham biror bir kasalliknining boshlanishi asoratini bildirishi mumkin.
Soch to’kilishiga bir maslahat!
1. Uy sharoitida bir osh qoshiq asalga bitta tuxum sarig’ini qo’shib aralashtirasiz va sochingizga surib (maska) qo’yasiz. va 2,3 soatlardan k-n yuvib tashlaysiz.
2. 1 kosa spirtga 10ta qalampirni ichiga solib bo’ktirib qo’yasiz. :7 va eritmani boshingizga surib qo’yib buni ham 3, 4 soatlardan k-n yuvib tashlaysiz.
3. Sochingiz mustahkam bo’lishi uchun sarimsoq piyozni qirg’ichdan o’tkazib suvini ajratib olasiz va suviniboshingizga surtasiz, yoki qatiq surib qo’ysangiz ham bo’ladi.
4. Sochingiz o’sishi u-n kastorniy masla, bodom yog’ini boshingizga surib qo’yasiz va 3,4 soatdan so’ng yuvib tashlaysiz.
Bergan maslahatlarimga rioya qilsangiz InshaAlloh sochingiz mustahkam va chiroyli bo’ladi.
soch ildizlarini mustahkamlashda chindan ham chesnokdan foydalanadilar, chesnokni ezib suvli ezmani soch ildizlariga surib selofan qalpoq kiyib bir soat ushlanadi va hidli, sochga yog’li quruqligiga qarab mos keladigan oziqlantiruvchi shampun bilan yuvib tashlanadi, chesnokning xidi atrofdagilarni ortiqcha bezovta qiladigan darajada qolmaydi.
Yana limonni ko’p iste’mol qilishlik ham soch to’kilishini oldini oladi.
Soch to’kilishiga asosiy sabablardan biri stres! Nimaga yosh bolani sochi hech to’kilmaydi, chunki uni dardi yo’q, hech narsani jiddiyga olmaydi. : )
Keyin vaqtida, sog’liqli shaklda ovqatlanishga ham diqqat qilish kerak. Och qolish, och qolgandan keyin birdan ovqat yeyish qanday oshqozonni og’ritib bezovta qilsa, bundan butun vujud ta’sirlanarkan, soch ham bunga sabab to’kilarkan.
E’tibor berganmisiz, sokin, hotirjam, qachon qaramang ishini o’z paytida qilgan, vaqtiga diqqat etgan kishilarning ham fizikiy ham rıuhiy sog’liqlari joyida bo’ladi.
İnson bir narsadan siqilganda, “voy kech qoldim”, deb shoshganda butun tana ta’sirlanarkan. Bundan hulosa chiqarsak bo’ladi.
Soch to’kilishi vitamin tanqisligidan, kaltsiy yetishmasligidan, gemaglabin tushib ketganligidan, ichki organizmlarning kasallanganidan,issiqdan sovuqqa chalinganda(ya’ni issiq havodan yoki suvdan tezlik bilan va ko’p martalab sovuq havoga yoki suvga almashilganda yoki aksincha) va har xil shampunlar ishlatilganda yuzaga keladi.
Soch to’kilgan joylarga maxsus suyuqlik surtish tavsiya qilinadi. 40% spirtga bitta achchiq garmdori va saromsoqpiyozni bitta tishini maydalab aralashtiriladi va 3kun qorong’uda saqlanadi. Soch to’kilgan joyga surganda 2 soat surp yoki chit mato bilan o’raladi. Keyin tozalab yuviladi. Bu usul bir haftada bir marta qo’llaniladi. Agar soch kam to’kilsa, bu usulni bir oyda bir marta qo’llasa bo’ladi. (Hidi kelishi tabiiy, hidini ketkazishga harakat qilish mumkin, lekin hidi ketishi anchalik qiyin)
Sochi zaif kishilarga sochni to’kilishini oldini olish va ildizlarini baquvvat qilish cuhun kunjut va bodom yog’ini teng o’lchovda olib aralashtirib soch ildizlariga surtib massaj qilish tavsiya qilinadi.
Nima uchun soch to‘kiladi va uni qanday to’xtatish kerak? Trixolog javob beradi
Soch to‘kilishi juda keng tarqalgan muammo. Ko‘pchilik bunga bahorda, organizmda vitamin yetishmaganda duch keladi. Biroq bu yagona sababdan uzoqdir. Mutaxassis nima uchun soch to‘kila boshlashini va vaziyatni yaxshilash uchun mustaqil nimalar qilish mumkinligini ma’lum qildi.
Soch to‘kilishi odatiy holdir
Har doim ham soch to‘kilishi sog‘liq muammolarining belgisi emas.
Bosh terisidagi har bir soch follikulasi hayotining uchta bosqichidan o‘tadi.
- Anagen — o‘sishning faol bosqichidir. Ikki yildan yetti yilgacha davom etishi mumkin. Bu vaqtda sochlar uzun va qalinroq bo‘ladi.
- Katagen — qisqa muddatli o‘tish bosqichidir. Taxminan uch oy davom etadi. Bu davrda soch o‘sishi to‘xtaydi.
- Telogen — bu pauza davri. Olti haftadan olti oygacha davom etadi. Bu vaqtda o‘sgan sochlar asta-sekin soch follikulalaridan terining yuzasiga suriladi va tabiiy ravishda tushadi. So‘ng soch follikulasi dam oladi. Vaqt o‘tishi bilan yana yangi sikl uchun kuch to‘playdi.
Ushbu bosqichlar muntazam ravishda takrorlanib, tolalar yangilanishining tabiiy jarayonini shakllantiradi. Kundalik hayotda sezilarli soch to‘kilishini sezmaymiz, chunki soch follikulalari har doim bu siklning turli bosqichlarida bo‘ladi. Bundan tashqari, boshimizda o‘rtacha 100-150 ming tola o‘sadi va odatda kuniga 50-100 tola soch to‘kilishi mumkin. Ya’ni, uni bir qarashda hisoblash qiyin. Shuning uchun biz soch hajmini vizual ravishda bir xil deb qabul qilamiz.
Nega sochlar mavsumdan tashqari paytlarda ham to‘kiladi?
Ba’zilar mavsumdan tashqari vaqtlarda soch to‘kilishi ko‘payganini payqashadi. Umuman olganda, bu ham tabiiy jarayon. Misol uchun, kuzda, yozda kuchli quyosh ta’siridan keyin sochlar ko‘proq to‘kilishi mumkin. Bahorda qishdan keyin organizmning umumiy zaifligi va vitamin yetishmasligi tufayli soch to‘kilishi odatiy holdir.
Soch to‘kilishining asosiy sabablari
Dori-darmonlarni qabul qilish
Soch to‘kilishi — bu ba’zi dorilarning yon ta’siri. Ko‘pincha qonni suyultiruvchi vositalar, yuqori qon bosimiga qarshi dorilar, retinoidlar, anabolik steroidlar, gormonal kontratseptivlar, artrit, podagra va yurak muammolari uchun ba’zi dorilar bu holatni keltirib chiqaradi.
Homiladorlik
Homiladorlik davri — kuchli gormonal o‘zgarishlar bilan birga keladigan organizmning kuch sinovidir. Tug‘ruqdan so‘ng, gormonal fon barqarorlashganda, uch oydan olti oygacha bo‘lgan davrda yo‘qolgan sochlar o‘rni tiklanadi.
Vitamin va boshqa muhim moddalarning yetishmasligi
Protein organizmdagi asosiy qurilish blokidir. Uning yetishmasligi soch tolalari hujayralarining qayta tiklanish davri sekinlashishiga va to‘xtashiga olib keladi. Temir soch salomatligi uchun ham muhimdir, shuning uchun uning yetishmasligi bevosita soch holatiga ta’sir qiladi. Tirnoqlarning mo‘rtlashishi, terining rangparligi, nafas qisilishi, zaiflik va yurakning tez urishi ham temir tanqisligini ko‘rsatadi.
Stress
Stress holati immunitet tizimini faollashtiradi va uni turli tashqi tahdidga qarshi turishga tayyorlaydi. Va organizmning barcha kuchlari hozirgi vaqtda omon qolishni ta’minlash uchun yo‘naltirilgani sababli soch o‘sishi sekinlashishi, hatto, to‘xtashi mumkin. Shu tariqa o‘sgan soch tolalari to‘kiladi, lekin yangilari paydo bo‘lmaydi. Ayrimlarning soch hajmi kamroq bo‘lib tuyuladi.
Noto‘g‘ri parvarish
Shampun bilan yuvish paytida yuqori harorat, juda issiq yoki sovuq suvni tez-tez ishlatish ham soch to‘kilishiga va mo‘rtlashishiga sabab bo‘ladi. Yana bir keng tarqalgan holat — terini parvarish qilish va turmaklash vositalariga allergik reaksiyadir.
Soch to‘kilishini mustaqil ravishda to‘xtatish mumkinmi?
Parvarish
Birinchi qadam sochni parvarish qilishni tahlil qilishdir. Ehtimol, unda nimadir o‘zgargandir? Yoki yangi vositadan foydalanishni boshladingizmi? Qattiq balanddan qilingan jingalaklar va bog‘lamlar, termal ta’sir qilish, nam tolalarni tarash va tez-tez shampun ishlatish — bularning barchasi shikastlanish va soch to‘kilishini keltirib chiqaradi.
Yengil kundalik parvarish qilish uchun tarkibida sulfatlar, parabenlar va silikon bo‘lmagan mahsulotlardan foydalanish yaxshiroqdir. Tabiiy oziqlantiruvchi va namlovchi tarkibiy qismlarga ega formulalarni tanlang. Va yaxshi soch mahsuloti shikastlangan sochlarni tiklash uchun aminokislotalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Tibbiy analiz
Bundan tashqari, qon testini o‘tkazish tavsiya etiladi. Bu vitamin yetishmasligini va gormonal muvozanatni aniqlashga yordam beradi. D va B12 vitaminlari, temir, sink, mis, oqsil kabi mikroelementlarning ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor beriladi. 30 yoshdan keyin ayollarda digidrotestosteronning yuqori konversiyasi soch to‘kilishini qo‘zg‘atuvchi omil hisoblanadi.
Olingan natijalarga qarab siz vitamin va mineral terapiyaga o‘tishingiz mumkin. Shuningdek, mikroelementlarning yetishmasligini to‘ldirish uchun diyetani o‘zgartiring. Lekin, albatta, birinchi navbatda, mutaxassis bilan maslahatlashish lozim.
To‘g‘ri odatlar
Uyqusizlik, chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni minimallashtirish tavsiya etiladi. Ammo jismoniy faoliyat, yurish va meditatsiya, aksincha, kundalik tartibingizga qo‘shilishi kerak.
Dam olish va parvarish boshni o‘z-o‘zingiz massaj qilish shaklida birlashtirilishi mumkin. Misol uchun, har kuni kechqurun bosh terisini maxsus yumshoq taroq bilan yoki barmoq uchlari bilan ohista massaj qilishni qoidaga aylantiring. Ushbu oddiy amaliyoti stress darajasini kamaytirishga va soch follikulalarining mikrosirkulyatsiyasini yaxshilashga yordam beradi.
Qachon trixologga murojaat qilish kerak?
- Agar mustaqil profilaktika choralarini ko‘rgan bo‘lsangiz, lekin vaziyat yaxshilanmagan (yoki yomonlashgan) bo‘lsa.
- Keskin soch to‘kilishi to‘satdan kuzatila boshlansa, normadan oshib ketsa va sizni juda xavotirga solsa.
- Soch to‘kilishi bosh terisining qichishi, yallig‘lanishi va og‘rig‘i bilan kechganda.
Mavzuga doir:
- Bahorda mavsumiy soch to‘kilishidan qanday saqlanish mumkin?
- Soch to‘kilishi, ularning rangi va tuzilishining o‘zgarishi qanday muammolarni ko‘rsatadi?
- Bir hafta ichida sezilarli natija: soch qalinligini oshiradigan 10 ta mahsulot
Soch nima uchun to‘kiladi?
Sochning to‘kilishi — keng tarqalgan muammo. Ayollarning uchdan bir qismi va erkaklarning aksariyati shundan aziyat chekadi. Biroq taroqlardagi sochlar har doim ham xavotirga sabab bo‘la olmaydi. “Ortodoks” tibbiy portalida ma’lum qilinishicha, soch to‘kilishining ham nasliy, ham bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan sabablari ko‘p, buning uchun ba’zi odatlar va turmush tarziga tuzatish kiritilsa kifoya.
Sochlarning to‘kilishidan nafaqat keksalar, balki yoshlar ham shikoyat qilishadi. Shunday bo‘lsa-da, sochlarning salomatligi bilan shug‘ullanuvchi trixologlar – shifokor-dermatologlar – har kuni yuztacha sochning to‘kilishi xavotir uchun asos bo‘la olmasligi, bu organizmning normal funksiyasi ekanini ta’kidlashmoqda. Bahor va kuz mavsumlarida sochlar boshqa fasllarga qaraganda ko‘proq to‘kiladi, bunday mavsumiy o‘zgarishlardan qo‘rqishga hojat yo‘q.
Biroq vannaga tushganingizdan keyin hamma yoq soch bilan to‘lsa, mutaxassisga uchrashishni kechiktirmang.
Londondagi amaliyotchi trixolog Anabel Kingslining fikricha, sochlarning to‘kilish sabablari genetik (nasliy) va reaktiv (organizmning o‘ziga xos reaksiyasi) bo‘ladi.
Birinchi holatda muammo bilan kurashishning deyarli imkoni yo‘q, ikkinchisida – sababning bartaraf etilishi, qoidaga ko‘ra, salbiy jarayonni to‘xtatadi va sochlar jilosini qayta tiklaydi. Insonning genetik jihatdan soch to‘kilishga moyilligini aniqlash oson: uning ota-onasiga nazar tashlansa, bas. Reaktiv sabablar orasida esa quyidagilarni keltirish mumkin:
Gormonal nomuvofiqlik
Gormonlar muvozanatining buzilishi ko‘plab kosmetik muammolarni yuzaga keltiradi. Sochlarning to‘kilishi – ulardan biri, xolos. Ayollar gormonlari estrogenlar soch tolalari bilan “do‘stlasha olsa”, androgenlar – erkaklar jinsiy gormonlari – davriylik davomiyligini qisqartiradi. Endokrin tizimining ishdan chiqishi natijasida namoyon bo‘lgan gormonal buzilish anrogenlarning me’yordan ko‘payib ketganida yuzaga kelib, sochlarning to‘kilish holatini keltirib chiqarishi mumkin.
Stress
Sochning asabiy zo‘riqishdan to‘kilishi afsona emas. Stressning ta’sir ko‘rsatish mexanizmi bundan oldingi holatdagidek kechadi, muammo organizmda androgenlarning oshib ketishi natijasida paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, Anabel Kingsli ta’kidlaydi:
“Stress shuningdek qazg‘oq kabi bosh terisi bilan bog‘liq muammolar, ovqat hazm qilish tizimida tartibsizliklarni ham keltirib chiqaradi. Bularning bari esa sochlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy”.
Kamqonlik
Temir moddasi sochlarning mustahkamligi va normal o‘sishi uchun zarur. Biroq soch tana uchun hayotiy muhim ahamiyat kasb etmaydi. Shu tufayli temir moddasining yetishmovchiligi, eng avvalo, sochlarda aks etadi. Mineral zaxiralari kamaygan paytda, organizm “ichki zaxiralari”ni sarflaydi.
Gipotireoz va gipertireoz
Qalqonsimon bez oqsil ishlab chiqarish va to‘qimalarning kislorod bilan to‘yinishini nazorat qilib, organizmning butun metabolizmini boshqaradi. Shuning uchun uning faoliyatidagi har qanday buzilish sochga ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, gipotireoz — temir tanqisligidan yuzaga keladigan kamqonlik sabablaridan biri.
B12 vitaminining yetishmovchiligi
B12 vitaminining yetishmovchiligi surunkali charchoqni keltirib chiqaradi, shu bilan birga, sochlarning to‘kilishiga ham sabab bo‘lib, ularning jilosiga ta’sir ko‘rsatadi. To‘qimalarga kislorod yetkazib beruvchi qizil qon tanachalarining holati unga bog‘liq. B12 vitaminining tanqisligidan ayniqsa vegetarianlar aziyat chekadi, zero vitamin organizmga hayvon oqsillari bilan birga kiradi.
Vaznning keskin pasayishi
Ba’zi odamlar turli parhezlardan foydalanib, ortiqcha kilogrammlardan tezda xalos bo‘lishning uddasidan chiqishadi. Biroq tana keskin o‘zgarishlarni yoqtirmaydi va bunga qarshilik qiladi. Hayot uchun kurasha olmaydigan sochlar esa bunda birinchi bo‘lib jabrlanadi.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.