Press "Enter" to skip to content

Nazar Eshonqul haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol

Savol va topshirikrar:

NAZAR EShONQUL

Nazar Eshonqul 1962 yil 15 iyunda Qashqadaryo viloya- ti Qamashi tumanidagi Tersota kishlogida tugilgan. Tosh- DUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1986). Dastlabki asari — «Urush odamlari» (1988). Shundan sung yozuvchining «Momo kushiq» (1989), «Maymun etak- lagan odam» (2001), «Shamolni tutib bulmaydi» (2004), «Momo qushiq» (2006) kabi asarlari nashr etilgan. F. K. Anittining «Hikoyalar va qissalar»ini, A. Kamyuning «Esselar»ini, Chekhovning «Bolokhonali uy» hikoyasini uzbek tiliga tarjima qilgan.

ShAMOLNI TUTIB BULMAYDI

Yuz yildan beri tersotaliklarning gururi va fakhri bulib kelgan, zamonaviy qilib qurilgan ravoqli uylar qarshisida yuzdagi chipqondek qishloqqa kurimsizlik va keksalik bagishlab turgan, nomalum va mudhish sinoatlarga tula qadim qurgonni eslatuvchi Bayna momoning uyini khuddi unutishga va yuq qilishga mahkum etilgan khotiradek nikhoyat buzib tashlashga kirishishdi: temir tirnoqli buldozerlar uyning devorlarini qulatar ekanlar, uy bilan qushib, uzlarining ham nimalarinidir bu­zib, vayron qilishayotgandek, tersotaliklar bir chekkada jimgina kuzatib turishar va naq ellik yilcha takdirning beshafqat uyiniga qarshi kurasha-kurasha dunyodan yolgiz va izsiz utish azobini kutarib kelgan, hayoti uzlariga khamon tushuniksiz va mavkhum tuyuladigan Bayna momoni eslagan ayollar kuzlariga yosh olib, bolalari- ni bagirlariga bosgancha, olis va gamgin khotiralarga berilib, mungaygan alfozda utirardilar.

Bayna momo tirikligida, garchi bu ayollarni, erining polvonlik lash-lushlari va kiyim-kechaklari yotgan, polvonning ulimidan sung hech qachon chiroq yonmagan, tuynugi shuvab tashlangan ana u hujra kabi qorongu musibat tula uyi ichkarisi- ga kiritmagan bulsa-da, ular qakhr va gazabini sitam bilan ichiga yutib kelgan bu kampirni khurmat va ehtirom bilan eslashardi. Bu uy Tersotada kurilgan birinchi uylardan edi va Rayim polvonning otasi Shukur oqsokol bundan bir asr muqaddam tugilajak farzandlariga keng uy va yildan-yilga kupayib borayotgan yilqilarga otkhona solish maqsadida Tersota soyining oftobruyasiga qishloqning birinchi poydevorini kurgandi. Rayim polvon esa otasining ishini davom ettirdi: uyning orqasida bog barpo etdi va otkhona yonida qirga tutashtirib, yozning jaziramasidan gusht va yoglarni, qimiz va ayronlarni asrash uchun keng ertula, uyning oldiga tosh- dan baland supacha, ot kirib chiqadigan uzun, ustundor ayvon qurdi. Bayna momo el- lik yilga yaqin yolgizlik davrini ana shu ayvondagi ustunlarga suyanib utkazdi: u eri va uglining judolik azobi qiynagan paytlar shu ustunlarni quchgancha yiglardi. Ke-yinchalik kuz yoshlari ham tugab qolgach, hayotida guyo suyanchigi va orqasidan yiglab qoladigani yuqligini odamlardan yashirish uchun yoki endi yillar silsilasiga dosh berolmay puturdan ketayotgan uyni butkul vayron bulishdan asrab qolmoqchidek, el- kasini ustunga suyagan holatda khotirasining siniq parchalariga tikilib, kuzlarini yumgancha gamginu mustagriq utirardi.

Rayim polvonning ulimidan keyin tugilgan va u khakda keyinchalik butkul es- laridan chiqib ketgan chupchaklarnigina eshitib ulgaygan avlod uylarini ravoqli va pishiq gishtdan qura boshlagach, bir paytlar Tersotaning kurki va gururi bulib turgan bu uy birdan kurimsiz qiyofaga kirdi va endi Bayna momo kabi uy ham qishlokdagi uylar oldida yolgizlanib qolgandi: faqat biri-birini bosib-turtib kirib kelayotgan shoshqaloq yillar bu avlodning sarkash qalbiga qandaydir olis kho- tirani yoqib quyish uchun behuda urinib, uy devorlariga mahzun bitiklar yozar, bekasi bilan birga bu makon ham allaqachon uzining oldingi qudrati va viqorini yuqotib bulgan, unut va tashlandiq maskanga aylangandi. Tersotaliklar endi aeroplanlar haqida gaplashishardi. Ular zamonning algov-dalgovlariga garq bulgan, hayotlarida yuz berayotgan yangiliklarni hazm qilib ulgurmasdi. Yillar bilan birga hamma nar- sa uzgarar, faqat Bayna momogina uni sezmas, guyo uning uchun vakt usha kholicha qotib qolganday, uni khamon usha ellik yil oldingi – eri va uglining uligini askarlar tepkilab utishgan ustun oldidan topish mumkin edi.

Mirshab va askarlar uyning har burchagidan yopirilib kelishganda Bayna momo erining murdasi ustida turardi. Rayim polvonni qulga tushirolmay yurgan Zamon otboqar uni uyidan chiqayotganda otib uldirgan, endi polvon rostdan kham ulganmi, yuqmi mirshablar bilan pusib-poylab, ayvonga yaqinlashib kelardi. Biroq shu payt yana uq ovozi jarangladi va Rayim polvondan kuz uzmay kelayotgan askar oyogini quchoklagancha baqirib yiqildi. Bayna momo mehmonkhona eshigidan chiqaverishda otasini otib tashlashganini kurgach, uyga yugurib kirib ketgan, kuliga otasining miltigini tutib turgan uglini kurdi – uglining kuzlarida ham eriniki kabi gazab, telbalik yonardi. Bayna momo uglini ogokhdantirishga ulgurmadi. Birdani- ga bir necha uq ovozi uning qulogini bitirib quydi va ugli otasining ustiga yuz- tuban yiqildi – yiqilarkan, endi sabza urgan muylovi titrab ketdi, onasiga bir zum qurquv va khijolat aralash tikildi. Zamon otboqar yugurib kelib, uning boshi- ga tepdi va miltiqni bir chetga uloqtirdi. Qishlokda askarlardan boshqa hech kim kurinmas, odamlar guyo suvga chukkanday goyib bulgan, fakat derazalarga tortilgan kora pardalar bu mudhish jinoyatga loqayd va befarq boqib turardi. Bayna momo tersotaliklarni kechira olmadi – kukragi ilma-teshik bulgan ugliga qarata Zamon otboqar yana bir necha bor uq uzarkan, u madad izlab, uylarning tuynuklarini yopib turgan kora pardalarga bir-bir kuz tikdi, birok u erdan sovuq sukutdan boshka khech narsa kurinmas, zulmatga chukkan tuynuklar bu misli kurilmagan qotillikni jim- gina tomosha qilib turardi. Mirshablar Rayim polvon va uglining ulganiga ishonch kosil qilishgach, otlariga minib junarkan, Zamon otboqar eri va ugli murdasi usti- da chukka tushgan Bayna momoning elkasi osha kamchi tushirdi:

  • Endi khoru zorlikda ulib ketasan, – khirilladi u. – Molingni topshir, deganda ering quliga miltiq ushlab biz bilan sichqon-mushuk uynadi. Mana, endi unta hech narsaning keragi yuq.

Mirshablar Rayim polvonning kuradagi podasi-yu otlarini khaydab ketish- di. Zamon otboqar otlarni quvib ketarkan, bir yula otasi bilan uning qasosini olishi mumkin bulgan uglini kham otib tashlaganidan khursand edi – u shu ketishi bilan qishloqning kup narsasini haydab ketdi – endi kishloq birdan minora- si qulagan shahardek garib va notavon kurinardi. Un besh yillardan sung Zamon otbokar qishlokka kaytib kelganda qishlokdan fayz ketib, odamlar yana kham ojiz va khurkak bulib qolgandilar. U Rayim polvondan sung tashlandiq kholatga kelib kolgan soy buyidagi bokka keng qilib uy kurdi: u bogda uy kurish uchun khech kimdan rukhsat surab utirmadi. Endi u uzi bu qishloqqa olib kelgan zamon havosidan yayrayotgan kishlokdoshlarini kurish uchun otda izidan bir tuda ov itlarini ergashtirib ay- lanib yurarkan, koya ostida elkasiga utin kutarib kelayotgan Bayna momoga duch kel- di. Bayna momo karib kolgan, ammo kali kam kuzlari khuddi un besh yil avvalgidek kakhrli va nafrat tula edi.

  • Sen menga bunday karama, – Zamon otboqar kamchisini havoda silkitar ekan. – Ering bu erda bulmasa boshqa erda baribir ulgan bulardi. Sen esa khavotir olma, ulsang itlarim kumadi. – Shunday deb u buribosarlarni kursatdi. Ammo u Bayna momoni bu safar urmadi. Bayna momo kham unga bir ogiz ortiqcha gapirmadi. Umuman, eri va uglining ulimidan sung kamgap va odamovi bulib qolgandi. U Shukur oqsoqol uz feliga yarasha keng-keng qilib kurgan khonalarda khuddi bir narsasini yuqotgan kabi maksadsiz kezib yurardi: u endi bu algov dunyoda yolgiz va karovsiz kolgandi: lekin uzining ojizligini khech qachon bildirmas, uzidan kungil suraganlarni yomon kurar, guyo khayoti khech kim qiyo boka olmaydigan dakhlsiz saltanatdek u yoqqa biron ki- shini, hatto suzi bilan kham, kirishga yul kuymasdi. Erta bahordan to kech kuzga- cha saharmardondan oldiga besh-olti kuy-kuzi, echki-ulok khaydagancha daryo buyidagi yulgunzorga tushib ketar, u erdan qurigan shokh-shabba terib, qorongu tushganda uyiga qaytar, bir yilda ikki-uch marta tegirmonga bugdoy kutarib borardi. Uning bugdoy kutarib yurishidan ori kelgan Ollomurod tegirmonchi Bayna momoni insofga chaqirdi:
  • Siz bunday ovora bulib yurmang, – dedi u. – Biron erkakdan berib yuborsangiz, tortib, uzim uyingizga olib borib tashlayman.

– Bu qishloqda erkak yuq, – dedi Bayna momo zarda bilan, sung elkasidagi bugdoyni tegirmonga kiraverishda tushirdi. Gapirayotganda ovozi titrab ketdi. Te- girmonchi tilini tishlab koldi. Bayna momo bir paytlar faqat qishloq emas, butun togli khalqning orini kutargan, nomini chiqargan Rayim polvonni quloq deya taqib qilishlariga, sung itday khor qilib otib tashlashlariga yul quygani va ugli bilan erini zamonning egasi, bir paytlar Rayim polvonning malayi Zamon otboqar ikhtiyo- riga berib quygani uchun qishlokdoshlarini kechirolmas, ularga bulgan nafrati su- sayish urniga, yillar utib, ota-bola uldirilgan okshomdan uzoklashgan sayin kuproq urni va qadri bilinayotgan, uzini hayotning barcha quvonchidan bir yula mahrum etgan, yolgizlikning kur musibati aro tobora avjlanib, Bayna momoning keksaligi bilan birga injiq va yuriqsiz bulib borardi. U bazida qishlokdoshlarini ochiq maskha- ra qilardi: “E, senmisan, Salom kusa, khotiningning ishtonini kiyib yuribsanmi deyman”, “Hakim otchopormisan, buncha urgochi baytalga ukhshab qiyshanglaysan…”, “Bu qishloqning ayollari endi faqat hezalak tugadi”. Bu maskhara va nafrat yillar utishi bilan Bayna momoni qishlokdan butunlay ajratib quydi. Endi u yolgiz va kimsasiz qoldi. Uni oylab birov yuqlamas, faqat ertalab echkilarini yulgunzorga haydab borayotganidan, kechqurunlari kishloqni tutgan qaynayotgan sut hididan hali uning tirik ekanini bilishardi. Bayna momo uz yolgizligi va musibatini hayotning badbuy, zabun, khor etilgan hidlari anqib yotgan yillar dakhdizidan etaklab utdi. Qishlokdoshlari bakhor kelishi bilan eski yaylovlarga kuchib chiqishar va er shud- gorlar, har kim uz tashvishiga berilib ketardi. Qishlokda qolgan Bayna momo esa bu paytda yolgizlik dashtini shudgorlar, u erga har yili Zamon otboqar hukumat odamlari bilan kelib, eri va uglini otib tashlagan okshomni ekar va sung yolgiz uzi hosilini ham yigib olardi. Bayna momo har kecha kuz yoshlari bilan tulgan qayikda yillar qoyalari orasida qolib ketgan eri bilan uglining ilma-teshik bulgan murda- si va Zamon otboqarning muzaffar qamchisi yotgan konli halqob bilan tulgan ayvon- ga suzib borar, ertalablari hul bulib ketgan yostigini khuddi kadim ajdodlarning unut yaloviday uyining oldidagi – oradan yillar utgach, uyini buzayotganlar kuporib tashlashga kuchlari etmagach, kovlab olishga majbur bulgan – baland tolga osib, oftobda quritardi. Qish paytlari gamlab quygan utini etmagan kunlari u kurpaga oyogini tiqqancha khotirasiga isinib jon saqlardi. Rajab kusa karindoshligi quzib, bir necha yil oldin gamlab bergan utini omborkhona ortida kusa keltirib takhlagan joyda takhi buzilmay turardi – uni Bayna momo qazo qilganda marakaga yaratishdi va barcha tersotaliklar Rayim polvon tirikligida hammaning maslahatguyi bulgan, uyi khamisha mehmonlar va polvonvachchalar bilan tulib-toshadigan bu ayolning bun- chalik nafrati va tavqi lanatiga sazovor nima gunoh qilishganini bir umr bilol- may utishdi. Bayna momo qishlokdoshlariga kuz-kuz qilmoqchiday, bu uyning erkagi va oriyati ulmagan deya takidlayotganday eri va uglining polvonlik yaktaklarini khar oyning okhirida shusiz ham hammaning kuziga tashlanib turadigan uyining shappat- gayiga osib quyardi: yaktaklar ham bora-bora yillar hovuriga \amda har oyda qayta yuvadigan nafrat tuda changallarga dosh berolmadi: Zamon qassob ulimidan bir kun oldin yaktaklar dorda uvada-uvada bulib osilib turar, ular endi kiyimdan kura kuproq kabrlar ustiga ilib quyadigan lakhtakka ukhshab kolgandi.

Zamon otboqarning ulimi kh.am Bayna momoning qalbini yumshata olmadi: uning ulimi tugrisidagi khabarni keltirishganda Bayna momo uz hujrasida kelinlik sandigi yonida chukak tushgancha musibatu gamga kumilib utirardi: uning shu tu- rishi azob-uqubatning bir tuplam uyumiga ukhshardi. Hujraga bosh suqqan Roziya momo unga Zamon otboqarning ulimi haqidagi khabarni etkazdi. Barcha ayollar hozir quvonchdan hammani bir-bir quchib chiqadi, deb uylashgandi. Ammo Bayna momo kha­barni oksuyaklardek khotirjam qabul qildi: u bu khabardan ajablanmadi ham, utirgan joyidan ostonadagi ayollarga burilib ham karamadi – haykalday, guyo toshday qotib utiraverdi. Faqat uning barmoqlari qaltirab turar, khonaga kon khldiday nokhush khid utirib qolgandi. Ayollar undan javob kutib uzoq utirishdi. Oradan ancha vaqt utgach, Bayna momo ularga ugirilib ham karamay, guyo ularni kurishdan ijirganganday va jirkangandek alfozda “Boringlar, uliklaringga yiglanglar”, dedi. Uning qahr tula tovushi kupdan buyon odam kadami etmagan khujralar ichiga singib ketdi: u erdan yigirma uch yillik changu gubor guyo zardali ovozdan qaltirab ketgandek joylaridan bir qimillab quydi, sung yana khujralarga bu khonadon boshiga tushgan gam-andukhday abadiy chukdi. Shunday deya Bayna momo musibat va gam ado qilgan bu ayolning yildan- yilga kichrayib, qarib borayotganidan va yuzlarini tilim qilib tashlagan ajin- laridan uyalganday faslma-fasl rangi uzgarib, khuddi bekasi kabi tussiz, rangsiz kurinishiga kelib qolgan va hech kachon elkasidan tushmagan jelagi bilan yuzini ayol- lardan tusib oldi; shu bilan u tersotaliklar va odamlar bilan urnatilajak barcha muloqotlar eshigini taqa-taq yopdi va faqat uzigagina malum, boshqa hech kim anglay olmaydigan, boshqa hech kim anglashga qodir bulmagan uz dunyosiga kirib ketdi.

Bayna momo sunggi nafasigacha uz nafratiga sodiq qoldi. Zamon otboqarning ulimidan sung \am qishloqdoshlari bilan ilakishib ketolmadi. Umrining okhirida bu ujar kampir baribir uzlarinikiga kuchib bormasligini sezgach, singlisi bilan kuyovining uzlari kuchib kelishdi: ammo bu paytda Bayna momo butunlay oyoqdan qolgan, faqat kun uzogi kuzini shiftga tikkancha chuzilib yotishga yarardi. Bayna momoni eri va uglining qabri yoniga quyishdi: ellik yil avvalgi kabrni osongina topishdi; qabr deyarli khar khafta tozalab turilganidan boshqa qabrlardan yakkol ajralib turar va undan miskin bir anduh anqirdi. Uning Rayim polvondan sung deyarli yangilan- magan, hatto ularga kham musibat va yolgizlik hidi utirib qolgan kuylaklarini khalq laparlarini yigish uchun kelib, kurib ketishgan va usha talaba qizlardan sung bi- ron marta foydalanilmagan torga uzoq janglardan sung maglub bulgan qushinning uzlariga ulja qolgan tuglarini osib quyishgandek va qishlokdoshlaridan ellik yil nafrat qilgan ayol ustidan nihoyat galaba qilishgandek bir-bir osib chiqishdi.

Talaba qizlar ushanda Zamon otboqarnikiga yigilgan, pishiriq-mishiriqni bosh- lashgan ayollar qiy-chuv qilishayotgan oqshomda kelishgandi. Ularning kelishi bilan Zamon otboqarnikida boshlangan tuy tashvishlari qushilib ketdi. Biroq qizlar qishloq irimlarini nazariga ham ilishmadi. Bayna momonikiga kela-solib, kir yuvishga tushdilar – ular ichkuylak, rumol, yana Bayna momoga galati kuringan shim- larini shundoq hammaga kuz-kuz buladigan joyga bemalol osib quyishdi – ular Meli uqituvchining “kishlokdagi eng keksa ayol” degan bir ogiz gapi bilan Bayna momonikiga kelib urnashib olishgan, aftidan, khali-beri ketishmoqchiga ukhshamasdi. Bayna momo ular bilan ochilib gaplashmadi kham. U kechqurun echkilarni sogarkan, qizlar hayratdan kiy-chuv kilib yubordilar: ularning birontasi ham echki sogishni kurmagandi. Qizlarning bir-ikkitasi Bayna momoga yaqinroq kelib, uning echki eli- niga borib kelayotgan qoqsuyak qullariga qaradilar: mirshablarning hafsalasini pir qilgan, khuddi uyning devori kabi yillar uqalay-uqalay jimitdek qilib quygan gavdasini sal oldinga egib turganidan uning uzi kham kari va ozgin echkiga ukhshab qolgandi.

– Agar uglingiz bulganida men sizga jon-jon deb kelin bulardim, – dedi qizlardan shaddodrogi Bayna momoning echki sogishidan zavqi kelib.

Bayna momo unga uqrayib qaradi va kuzlarida birdan alam yondi: qizlar qurqib ketishdi: kuz oldilarida Bayna momoning butun tanasi birdan tutab junaganday tuyuldi. Qizlar dud khddini anik sezishdi. Bayna momo urnidan turdi-da, qulidagi kadini supaga quyib, ichkari kirib ketdi va shu kirgani bilan ertasiga echkilarini yulgunzorga khaydab ketmaguncha qaytib chiqmadi. Choshgoh payti echkilarini khaydab ketar ekan, qizlarga bir ogiz kham gapirmadi. U khuddi oyparastga ukhshab ketib bo- rar, echkilari yulgunzorga emas, Pulat cholning bedapoyasiga qarab ketayotganini kham sezmay yulgunzor tarafga yul olgandi. Pulat chol korni shishib ketgan echkilarni khaydab kelganda Bayna momoni uydan topolmadi: u allamahal, oy atrofii sutday yoritganda sharpaday kirib keldi va uyga kirib ketib, to mirshablar surab kelma- guncha uydan chiqmadi. Qizlar bir khafta uning ogzini poylab ovora bulishgach, biron narsaga erisholmay kaytib ketishdi. Ular uy oldida paydo bulishlari bilan uyning tanazzulga yuz tutgani birdan bilinib koldi. Ular navqiron va guzal edilar, uy­dan va Bayna momodan chirkinlik va musibat khidi kelar, navqironlik oldida bir­dan uy kham, Bayna momo kham keksayib kolganday edi. Ular bu uyga urnashib qolgan yolgizlik va musibatni chuchitib, sung quvib yuborishmoqchiday tinmay khokholashardi- lar. Talaba qizlarning ochiq-sochiqligi va lorsillagan tanalarini kuz-kuz qilish uchun kiyib olgan tor shimu kuylaklari, kalta sochlari-yu galati, oppok paypoklari ham tabiatan tekin tomoshani yakhshi kuradigan tersotaliklarning etiborini tor- tolmadi: ularning shakhar atiri ufurib turgan noz va tamannolari sirli tarzda uldirilgan otboqarning azasi orasida kuzga tashlanmay qoldi. Uzok vaqt farzand- sizlik azobini tortgan otboqarni qirkdan oshib dunyoga kelgan uch ugliga bir vara- kayiga dabdabali tuy qilish uchun kazo-kazolarni shakhsan uzi aytib kelish maqsadida shahar tushib ketgandan ikki kundan sung ertalab dare buyidagi yulgunzor ichidan chavaqlangan holda topib olishganda allaqachon tuy qozonlari qurilib, uzok manzil- lardan bazi mehmonlar kela boshlagan edi. Uzok yillar uzlariga suyanchiq bulib kelgan otbokarning ulimi khuddi dushmanlaridan uzlarini asrab turgan qurgonlari qulagandek tersotaliklarni birdan mungaytirib kuydi – ular qariyb yigirma besh yil rahnamo va peshvolari bulib kelgan odamning ulimidan qattiq qayguga tush- dilar. Ertasiga etib kelgan mirshablar qishlokdagi khar bir erkak bilan gaplashib chikishdi, sung ular Bayna momonikiga yul oldilar – ular yigirma uch yil muqaddam otboqar tufayli eri va uglidan ajralgan ayolni tusatdan eslab kolishgandi. Birok uloqlar ichida uloqdan ham kichik jussali, yuziga yillarning beshafkat mukhri bosilgan khamda yolgizlikka makhkum etilgan, khar bir soniyaning musibatu andukhi asorati porlab turgan kichkina, jimitday, sochlari oppok bulib qolgan kampirni kurishgach, negadir botinisholmadi – ular karshilaridagi ramakijon kampir bilan devday Zamon otbokarni qiyoslashib, uz shubhalaridan uyalib ketishdi, chogi, inda- may iziga qaytdilar. Ular, garchi Bayna momoni surok kilganlarida kham khech narsaga erisha olmasdilar – u keyingi yillarda bir ogiz ham gapirmagan, suzlar va ular- ning manosi uning khotirasidan chikib ketganday yoki uz mokhiyatini yuqotganday, uz kaygu va azobi bilan kunlarni zurga engib yashayotgan edi. Zamon otboqar itday ulim topgandi. Jasadning shu turishi avval uzi, keyin tepasi kulab tushgan ul- kan minorni eslatardi – kiyimlar pora-pora yirtilgan, avrati uzib tashlangan, unta barmokning khammasi kesib olingandi… Baribir barmokni izlab topisholma- di. Jasadni barmoksiz kumishga tugri keldi: butun qishlok nak kiyomat maydonga aylangandi: ayollar uvvos solib yiglashar ekan, endi sochlari qorday oppoq, deyarli arvokhga aylangan, qishlokdoshlarining khotirasidan kham chikib ketgan Bayna momo tom ustida Rayim polvonni itday otib tashlashlaridan bir necha daqiqa oldin otini egarlash uchun olib chiqayotib, uqqa duchor bulgan, yillar pora-pora qilib tashlagan jabduq ustiga chukak tushgancha tuy deb kelib, aza ustidan chikayotgan mekhmonlarni, tuy beraman deb, endi aza berayotgan qishloqdoshlarini kuzatib, khuddi qutlug bir vazifani utab, endi dunyoda armoni qolmagandek, yillar gijimlab tashlagan yuzida bir jununvash ifoda qotib qolgan kholda tersotaliklar khayotiga yigirma uch yil soya solgan tosh khaykal kabi qilt etmasdan utirardi.

Nihoyat, bu kampirning kham sitamgar kitobi uqib bulindi – u laylatulqadr ku- tilayotgan oqshom yogoch va kup yillik andukhlar hidi utirib qolgan, sodiq kushinday ellik yilning biron kuni kham tark etilmagan gamnok va alamli saltanati – kelinlik tushagida jimgina joni uzildi – fakat ulishi oldidan singlisini chaqirib yigir­ma yildan buyon ochilmagan, oltmish etti yil oldin teraklilik Kur Safar usta yasa- gan, yarim vayrona sandikka imo qildi va bir suz demay tushakka bosh kuyib jimgina jon berdi. Uni ertasiga tushga yaqin chiqarishdi. Udumga kura azaga Uraning barcha qishlogidan odamlar terilib kelishdi – amir zamonlarini kurgan, narigi asrning sunggi yodgori bulgan qishlokdoshlarini sunggi yulga kuzatish uchun barcha keksa-yu yosh yigildi. Yigilganlar orasida Rayim polvon bilan uglini himoya qilolmay, Bay­na momoning bir umrlik nafratiga duchor bulgan, usha paytda navqiron, endi sharti ketib, parti qolgan chollar kham bor edi. Ular oradan ellik yil utgach, bu unut va muztar gushaga birinchi bor qadam quyishgan va tobut ortidan gunohkorona buyin egib borishardi.

Murdani yuvish oldidan sandiqni ochishdi. Avval ulimlikka atalgan kiyim- kechaklarni, kafanni olishdi, sung dastasi qorayib qolgan qamchi, sopiga gavhar urnatilgan khanjar, erkak kishining ter hidi kelib turgan kalapushi, kukrakka taqadigan zebigardon, kampirning qulida hech qachon kurinmagan kelinlik bilaguzu- gi, etagi kashtali, yoqasiga tasma urilgan keng kuylak, angishvona va sargayib ketgan Quronni olishdi. Eng okhirida sandikdan bogichini chirk boglagan, kaptarning yura- gidek kichkina, matosi zar sim bilan tikilgan, kup yillik qon qotib qolgan tumor va tigi zanglagan kaychi, kup yil turganidan bugin-bugin bulib, faqat suyakning uzi qolgan, u ham qoramtir tus olib, naq kukunga aylanish arafasiga kelgan, chorsining yirtigiga pala-partish urab tashlangan unta odam barmogi kham topildi…

Savol va topshirikrar:

  1. YOzuvchi Nazar Eshonqulning qaysi khikoyalarini uqigansiz? Asarga muqobil nom izlab kuring.
  2. Ushbu khikoya nima uchun “Shamolni tutib bulmaydi” deb nomlangan?
  3. Hikoyadagi ramziy ishoralarni aniklang?
  4. Asardagi voqealar qaysi tarikhiy davrda bulib utgan?
  5. Rayim polvon va uglining ulimiga nima yoki kim sabab buldi deb uylaysiz?
  6. Hikoyada foydalanilgan kinoyalarga misol keltiring va ularni daftaringizga kuchirib yozing.
  7. Bayna momoning qishlokdoshlariga bulgan nafratining sabablari nimada? U bunga khaqli deb hisoblaysizmi?
  8. Bayna momoning kharakteri sizda kanday taassurot uygotdi?
  9. YOzuvchining asarga talaba kizlar obrazini qushishdan maqsadi nima edi deb uylaysiz?
  10. Bayna momoning Zamon otboqarni uldirishiga munosabatingiz qanday?
  11. Bayna momo qanday jon taslim qildi?
  12. «… chollar … tobut ortidan gunokhkorona buyin egib berishardi. Nega?
  13. Sandikdan nimalar chikdi?

Hikoyani uqib, Paygambarimiz (s.a.v.)ning kaysi khadislarini eslash mumkin? Siz bunga qushilasizmi

  • Facebook
  • Twitter
  • Google +

Nazar Eshonqul haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol

Isteʼdodli yozuvchi Nazar Eshonqul 1962 yili Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Tersota qishlogʻida tugʻildi. 1979 yili oʻrta maktabni tugatib, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1981–1986) hamda shu universitet aspiranturasida (1986–1991) tahsil oldi. Shundan keyin Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, “Yozuvchi” gazetasida, “Jahon adabiyoti” jurnalida ishladi. 1997 yildan buyon Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida faoliyat yuritib keladi.

Nasrimizning oʻtgan asr 80-90 yillaridagi yangilanish odatiy anʼanaviy yoʻldan birmuncha oʻzgacharoq kechdi, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Gʻarbda paydo boʻlgan adabiy oqimga oʻxshash sifatlar namoyon boʻldi. Hozirgi nasrimizdagi mazkur ijodiy izlanishlar darhol adabiy jamoatchilik diqqatini tortdi. Bu hol oʻzbek nasrining tahlil hududi kengayib, tasvir qamrovining kengligi, tahlil maydoni, shakli, mazmuni, maqsadi borasida yangi-yangi jihatlarni namoyon etdi. Xususan, obʼyektiv olam, voqea-hodisalar tasviri, qahramon xatti-harakatlari, uni oʻrab turgan muhit va sharoit, zamon va makon endi toʻgʻridan-toʻgʻri badiiy toʻqimaga aylantirilmay, ularning inson tasavvuri, shuuriga taʼsiri, qahramonning unga ongli munosabati badiiyatga aylantirildi. Endi kitobxon qahramon bilan emas, balki uning tafakkuri bilan muloqotga kirishadigan, uning tafakkur jarayoni bilan bahslashadigan boʻldi.

Shu maʼnoda, Nazar Eshonqul oʻzbek nasriga, ayniqsa, hikoyachiligiga yangi ovoz, yangi ruh olib kirdi. U mana shu janrni Sharq va Gʻarb adabiyoti anʼanalari bilan uygʻunlashtirayotgan adiblardan biridir. Ilk asari – “Urush odamlari” qissasidan (1989) soʻng, “Ufq ortidagi quyosh”, “Maymun yetaklagan odam” (2004), “Shamolni tutib boʻlmaydi” (2005), “Momoqoʻshiq” (1991), “Yalpiz hidi” (1996), “Shaftoli guli” (2011) nomli kitoblari nashr qilingan.

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

Талантливый писатель Назар Эшанкул родился в 1962 году в селе Терсота Камашинского района Кашкадарьинской области. В 1979 году окончил среднюю школу и учился на факультете журналистики Ташкентского государственного университета (1981-1986 гг.) и аспирантуре этого же университета (1986-1991 гг.). После этого работал в Союзе писателей Узбекистана, в газете «Ёзвчи», в журнале «Всемирная литература». С 1997 года работает на Узбекской телерадиокомпании.

Обновление нашей прозы в 80-х и 90-х годах прошлого века несколько отличалось от обычного традиционного пути, оно проявляло качества, сходные с литературным течением, появившимся на Западе в конце 19-начале 20 веков. . Эти творческие изыскания в нашей сегодняшней прозе сразу же привлекли внимание литературной общественности. При этом область анализа узбекской прозы расширилась, и в ней проявились новые аспекты по широте охвата образов, области анализа, форме, содержанию и назначению. В частности, предметный мир, образ событий, действия героя, окружающая среда и условия, время и пространство уже не непосредственно преобразуются в художественную ткань, а их влияние на человеческое воображение и сознание, сознательное отношение героя к нему, превращаются в искусство. Теперь читатель начинает общаться не с героем, а с его мышлением, споря с его мыслительным процессом.

В этом смысле Назар Эшанкул привнес новый голос и новый дух в узбекскую прозу, особенно в свое повествование. Он один из писателей, сочетающих этот жанр с восточными и западными литературными традициями. Первые работы — по рассказам «Воины» (1989), «Солнце за горизонтом», «Человек, ведомый обезьяной» (2004), «Ветер не поймать» (2005), Изданы «Песнь Луны» (1991), «Запах мяты» (1996)), книги «Цветение персика» (2011).

Из книги «Узбекские писатели» (С. Мирвалиев, Р. Шокирова. Ташкент, издательство литературы и искусства им. Гафура Гулома, 2016).

Sizni ushbu maqolalar ham qiziqtirishi mumkin:

  1. Alisher Nazar haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
  2. Nazar Shukur haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
  3. Gʻulom Mirzo haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
  4. Abdurahmon Akbar haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
  5. Ibodat Rajabova haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
  6. Haynrix Hayne haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
  7. Abdu Nabi haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
  8. Rober Merl haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
  9. Қутлибека Раҳимбоева haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
  10. Sharifa Salimova haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.