Press "Enter" to skip to content

Ali Eshonqulov – Скачать mp3 бесплатно

Har yuz yilda keladigan eng buyuk inson bu – siz

«Hamma ayb yoshlarda emas. Tan olish kerak, tizim mukammal emas» – 15 yoshda talaba bo‘lgan jizzaxlik yigit bilan suhbat

«Osmondagi bolalar» loyihasining navbatdagi soniga Muhammad Ali Eshonqulov tashrif buyurdi. Jizzaxlik 26 yoshli yigit o‘qituvchilikdan tashqari, xalqaro toifadagi iqtisodchi, tadbirkor, biznes-murabbiy, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Avstriya IMC University Krems o‘qituvchisi, «Patronlar ligasi» klubi asoschilaridan biridir. U suhbat davomida mukammallik, maqsadsiz yoshlar, ta’limda korrupsiya va islohotlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, suhbat so‘ngida o‘qilishi kerak deb hisoblagan kitoblar ro‘yxatini ham aytib o‘tdi.

Muhammad Ali Eshonqulov 1994 yil 6 noyabrda Jizzax viloyatining Baxmal tumanida tug‘ilgan. 5 yoshida Baxmal tumanidagi 1-maktabda o‘qishni boshlagan, keyinchalik 4-iqtidorli bolalar maktabida tahsil olgan. 15 yoshida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga o‘qishga kirib, bakalavr va magistratura bosqichlarini tamomlagan.

O‘sha yigit menman!

Ko‘pchilik savol beradi, shuncha joyni bitirib, kelib-kelib o‘qituvchi bo‘ldingmi deb. Buning o‘ziga yarasha tarixi bor. Yoshligimizda maktabda bir voqea bo‘lgan. Bir to‘polonchi do‘stimiz bo‘lar edi. Doim shovqin bo‘lsa kaltak shuning boshida sinar edi. Bir kuni bir o‘qituvchimiz kelib, nohaqdan hammaning oldida kaltaklab, ancha izza qildi. O‘tish davrida edik, o‘sha do‘stimiz o‘zining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi, palonchi ustoz, hali janozamga kelib o‘ligimning ustida yig‘laysiz, deb xat yozdi. Xudoning inoyati bilan o‘sha yigit bir o‘limdan qolib, yashab ketdi. Eng qizig‘i, o‘sha yigit menman! O‘shanda tushunganman o‘qituvchining naqadar kuchga ega ekanligini, yo birovning hayotiga nuqta qo‘yishi mumkin, yo kimnidir hayotga qaytarib qolishi mumkin. Agar nasib qilsa, men kareramning birinchi besh yilini o‘qituvchilik bilan boshlayman, faqat birovning hayotiga nuqta qo‘yadigan emas, ko‘pchilikni, ruhan o‘lib qolgan odamlarni hayotga qaytaradigan o‘qituvchi bo‘laman, deb niyat qilgan edik. Qisqa muddatda, Allohga shukrki, O‘zbekiston bo‘yicha 10 mingdan ziyod shogird chiqardik. Agar o‘z kasbingizning mutaxassisi bo‘lsangiz, odamlar sizning ortingizdan quvlaydi, juda ko‘p qo‘mitalarga, katta-katta tashkilotlarga, hokimlarga dars berdik.

O‘qituvchilikdan tashqari tadbirkorlik ham qilamiz. Yevropadan zotdor qoramol olib kelamiz va butun O‘zbekiston bo‘yicha tarqatamiz. Ta’lim sohasida bir ikkita yaxshi loyihalar qildik, o‘quv markazlari ochdik. Qo‘limizdan kelgancha xalqqa xizmat qilyapmiz, Allohim oxirida suyuntirsin.

Bolam o‘qib charchab qolyapti, deydigan ota-onalarga.

Biz inson degan zotga juda past baho beramiz, aslida inson qobiliyatlari, imkoniyatlari, salohiyatini bilganimizda, bu bosimni bundan ming barobar kuchaytirgan bo‘lar edik. Ba’zi kitoblarda keladi, eng mukammal inson kim deyilsa, chaqaloqlar deb javob beriladi. Hech qanday gunoh qilmagan, oppoq qog‘ozdek bo‘ladi, xotirasi ham mukammal bo‘ladi, qiziqishi, diqqatini jamlashi ham bizga nisbatan juda kuchli bo‘ladi. Biz 10-20 marta o‘qib, yodlaydigan narsamizni ular bir marta ko‘rishda fotoxotira deydi, yodlab olishadi. Shuning uchun, ko‘p past baho bermaslik kerak ularga. Aslida, yoshligida qanchalik kuchaytirsak, katta bo‘lganda shunchalik yengillik bo‘ladi. Bunga tarixdan misollar juda ko‘p. Biz 4 yoshimizda endi o‘qishni o‘rgangan ekanmiz, 4 yoshida qori bo‘lganlar bor.

Muvaffaqiyatga erishishimning asosiy sababchisi – akam

Akam rahmatli qo‘limdan tutib, maktabga olib borganlar, yozishni, chizishni, hisob-kitobni o‘rgatganlar. Diplomatiyaga kirishni orzu qilar edilar, uydagilar “yuqori ball to‘plolmasang kerak” deb ko‘p ham ishonishmadi, TATUga kirdilar. Lekin men o‘sha orzularini amalga oshiraman deb Diplomatiya universitetiga topshirib, kirganman. Akamning juda ko‘p orzularini hayotda amalga oshirdim, oshirib kelyapman. Umrimning oxirigacha haqlariga duo qilib, xizmat qilsam arziydi. Sababi men uchun «kumir» hisoblangan, ya’ni ko‘zimiz bilan ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan ideal inson bo‘lib xizmat qilganlar. Doim o‘xshashga intilaman. Joylari jannatda bo‘lsin. Agar akam yonimda bo‘lganlarida tog‘ni talqon qilib tashlar edim. Hayotda hech kim sizning akangizdek bo‘la olmaydi, xuddi otangizdek bo‘la olmagandek. Akalar siz uchun doim ikkinchi ota bo‘ladilar. Eng oxirgi marta Jizzaxga birga ketganmiz, taksida suhbatlashib ketganmiz, manzilga yetganda, haydovchi kursdoshmisizlar deb so‘ragan, yo‘q, biz aka-ukamiz deb javob berganimizda, yo, tavba, umrimda birinchi marta bunaqa miriqib gaplashib, suhbati uzilmasdan ketgan aka-ukalarni ko‘rishim, degan edi. Shunga xursand bo‘lamanki, bizning fikrimiz doimo bitta joydan chiqqan, o‘rtamizda to‘siq bo‘lmagan, qisqa umr yashagan bo‘lsalar ham, manfaatli yashaganlar. Umrlarini men davom ettiryapman, deb o‘ylayman. InshaAlloh hamma orzularini bitta qoldirmay, amalga oshiraylik.

Dadamning bir yaxshi gaplari bor: «Agar sen hayotda biror-bir fikringni o‘ylanmasdan, filtrlamasdan ayta oladigan, istihola qilmasdan gapira oladigan, hech qanday to‘siq qo‘ymasdan, samimiy gapira oladigan do‘sting bo‘lsa, demak, sen baxtli ekansan». O‘shanday do‘stlarimning eng kattasi akam bo‘lgan.

O‘qituvchilikdan boshqa faoliyat

Yevropadan zotdor qoramol, Xitoydan har xil texnologiyalarni olib kelamiz. Bundan tashqari, «Patronlar ligasi» tadbirkorlik klubi asoschilaridan birimiz. Butun Markaziy Osiyodan o‘z ustida doimiy ishlaydigan, o‘xshash qadriyatlarga ega tadbirkorlar yig‘ilgan klub, oiladay bo‘lib qolganmiz. Yaqin 5 yilda klub doirasida oldimizga shuni oliy maqsad qilib qo‘yganmizki, O‘zbekistonda eng kamida bir, bo‘lmasa uch nafar Nobel mukofoti laureatiga erishish, 50 nafarga yaqin “Forbs”ga kiradigan tadbirkorlarni chiqarish, yalpi ichki mahsulotning 10 foizini bajarish, eng kamida 10 ming, bo‘lmasa 100 ming Yevropa standartlariga javob beradigan ish o‘rnini yaratish.

«Biznes kvadrat» qanday loyiha?

«Fratellicasa» brendi egasi Sherzod aka bir kuni bir yaxshi gap aytib qoldilar. Amerikada biznes maktabda o‘qiyotganimizda o‘qituvchimiz bog‘ga olib bordi va hamma pullarimizni olib qo‘yib, kechgacha kim pul topsa, shunga baho qo‘yamiz, qolganlar xafa bo‘lmasin, dedi. Shunda pul tikmasdan pul topishga majbur bo‘lganmiz, shu bizda pulsiz ham biznes qilsa bo‘ladi, degan stereotipni shakllantirgan, miyadagi ko‘p to‘siqlarni olib tashlagan. Shu gaplarni ancha yillar oldin eshitganimda, o‘zimizda ham shunday maktab bo‘lganida, men borib o‘qir edim, deb dilimga tugib qo‘ygan edim. Oradan yillar o‘tdi, baribir hech kim ochmadi, o‘zimiz ochishimizga to‘g‘ri keldi. Hali yangi loyiha, martda boshladik. Xudo shukr qilaman, o‘qib boshlaganlar ikki hafta o‘tar-o‘tmas oylik daromadini 1000 dollarga chiqarib ulgurishdi, ya’ni biz kutgandan ko‘proq natija berdi. Ba’zi ustozlar “qo‘rqmaysizlarmi, mabodo eplay olishmasa, yigitlarda o‘ziga bo‘lgan ishonch tushib ketmaydimi” deyishganda, aytgan edimki, biz inson salohiyatiga o‘ta past baho beramiz, ehtimol siz kutgandek bo‘lib chiqmasa-chi, ehtimol biz kutgandan zo‘rroq bo‘lib chiqsa-chi, deb aytgan edik. Biz kutgandan bir necha barobar zo‘r bo‘lib chiqdi. Guruhdagi o‘quvchilar ichida tahlillar qildik. Kim o‘zi kuchli sohada ish qilsa, daromadini oshirish tezligi baland bo‘lar ekan, kim o‘zi tushunmagan sohaga kirsa va jismoniy mehnat bilan ko‘proq shug‘ullanadigan bo‘lsa, faqatgina yutqizar ekan, xolos.

Mukammallik nima?

Ishning mukammalligi shundaki, undan xato topa olmaydigan darajada qilish, o‘shanga yaqinroq qilish. Dunyoda mukammal narsaning o‘zi kam deb o‘ylayman, Alloh taolo tomonidan yaratilgan hamma narsa mukammal, inson tomonidan qilingan hamma ishda xatolik bor.

Maqsadsiz yoshlar haqida

Avvalo, hamma ayb yoshlarda emas. Tan olish kerak, tizim mukammal emas. Bizning ta’lim tizimimiz bilan haqiqiy amaliyot o‘rtasida katta farq bor. Oliy ta’lim tizimimizda bitirib kelayotgan yoshlarda shu muammo bor. Ya’ni, nazariya bilan amaliyotning o‘rtasida katta jarlik bor. Eng avvalo, shuni to‘g‘rilab qo‘yishimiz kerak.

Talabalar orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, o‘qishga kirishdan avval aksariyati o‘rtacha hisobda kuniga 8 soatdan dars qilgan va kam uxlagan, juda faol turmush tarzida bo‘lgan, erta turib, kechroq uxlagan. O‘qishga kirgandan keyin shu ko‘rsatkich, eng yaxshi o‘qiydiganlarda ham, 2 soatga tushib qolgan. 8 soatdan 4 baravar tushib ketyapti. Agar 2 soat yaxshi o‘qisa, bemalol to‘rt, beshga yopadigan talaba bo‘lishyapti. O‘qishga kirishi va bitirishining o‘rtasida juda katta farq, ya’ni pasayish bo‘lyapti. O‘qishga kirgandagi holatim hozirgidan yaxshiroq edi, deydigan talabalar juda ko‘p. Aksariyatining “umri” mandat chiqqanidan keyin tugagan.

Bular saharlab turib dars qilishga kuchni qayerdan topishgan, chunki eng oliy maqsadi o‘qishga kirish bo‘lgan. O‘qishga kirdi, maqsadiga erishdi, undan keyingi maqsadni qo‘ymagani uchun faqatgina diplomni kutib yashayapti, xolos. Bu o‘ta achinarli hayot. Diplom bir devorday narsa, borasiz, devor qulaydi, undan keyingi narsaga ko‘pchilik bolalar tayyor bo‘lmaydi. Shuning uchun ishsizlik muammosi bo‘ladi. O‘zini aldash uchun chet elga ketishadi, o‘zini aldash uchun magistraturaga kirishadi, ish topolmaydi, ish ko‘p bizda, munosib kadr kam.

Ta’limda korrupsiya

Biz o‘zi korrupsiyaga aralashmay o‘qiganligimiz uchun kam deb hisoblayman, lekin aslida jamiyatda ko‘p. Umrimning yarmi Diplomatiyada o‘tgan, 7 yil o‘qib, 4 yil dars berib, 3 yil shu joyga kirish uchun tayyorlangan bo‘lsam, hozir 26 yoshdaman, umrimning yarmi Diplomatiya uchun ketgan. Biror marta korrupsiya bo‘lgan holatini ko‘rmaganman, o‘zimiz ham bermaganmiz. Hamma ham karera qilar ekan, karerasini xavf ostiga qo‘yishga qo‘rqadi, hammaning ham qonuniy ishlagisi keladi. Hech kim o‘z hayotini, jamiyatdagi obro‘sini, oilasi sha’nini o‘rtaga qo‘yib, korrupsiyaga o‘zining xohishi bilan harakat qilmaydi, deb o‘ylayman. Eng avvalo, korrupsiyaga sabab maosh masalasi deb o‘ylayman. Masalan, 2ta universitetda oladigan oyligimni men o‘zimizning sohada 1 soatda topishim mumkin.

Yoshlar so‘ra olmaydigan savol: qachon oila qurish kerak?

Ko‘pchilik hamma narsaga erishib bo‘lgandan keyin oila qurish kerak, degan fikrda. Kimdir ertaroq oila qurish kerak, degan fikrda. Keling shuni xolis ko‘rib chiqamiz. Bir ota o‘g‘liga savol beribdi: o‘g‘lim, seni uylab qo‘yay, desa, shoshmang, dada, avval men uy olay, mashina olay, kareramni qilib, bir yaxshi mutaxassis bo‘lay, topish-tutishim zo‘r bo‘lganidan keyin uylanaman, debdi. Shunda otasi: o‘g‘lim, ahmoq ekansan, sen uy olib, mashina olib, hamma sharoitlaringni zo‘r qilib, taxt qilib, tayyoriga xotin oladigan bo‘lsang, u xotining hech qaysining qadriga yetmaydi, avval olib, keyin birga erishadigan bo‘lsang, har bitta narsaning qadriga yetadigan bo‘ladi. Agar hammasi zo‘r bo‘lsa, u ayolingni qachon sinaysan, sabrlimi, yo‘qmi, bilmaysan-ku, yoningda kim yashayotganini bilmay o‘tib ketasan, degan ekan. Shuning uchun birgalikda hayotning past-balandini ko‘rib, erishilgan narsada qiymat bo‘ladi, deb hisoblayman. Men shaxsan erta turmush qurish tarafdoriman, bu har taraflama foyda, ruhiy, jismoniy, hatto moddiy ham.

Ko‘pchilik qo‘rqadi, oila quradigan bo‘lsam, o‘zimga pul topolmayapman, ayolimga qayerdan pul topaman deydi, rizq beruvchi Alloh. 32ta tishni bergan, rizqni ham beradi, siz qayerdan bilasiz, balki uylangandan keyin topish-tutishi zo‘r bo‘lib ketar. Ayol kishi – baraka. Aksari tadbirkor do‘stlarimiz bilan suhbat qurganimizda, 95 foizining javobi shu bo‘lgan, uylangandan keyin kuchayib ketganman, deyishadi.

Kech turmush qurish jamiyatda buzg‘unchilikka, fahsh, zinoning tarqalishiga olib keladi. 5ta narsaga shoshilish kerak deyishadi-ku, shularning 1tasi qiz bolaning bo‘yi yetganda, uzatishga shoshish kerak.

Yosh faktori turmush qurish uchun asosiy sabab bo‘lishi kerak emas, degan fikrdaman. 30ga kirib, hali ham yosh bola bo‘lib yurgan odamlar bor. 13 yoshida qariganlar bor. Hayot sizga qanday sinov berishiga qarab ruhiy yoshingiz aniqlanadi. Shuning uchun inson avvalo, aqlan, ruhan, jismonan va moddiy tomondan tayyor bo‘lishi kerak. Eng muhimi, ruhan tayyorlik. Ayoliga zulm qilib qo‘ymaydigan holatda uylanish kerak.

Yoshlarga amal qilishi kerak bo‘lgan maslahatlar

Eng avvalo, hayotga nimaga kelganingizni anglab yeting, oliy maqsadingizni tushuning. Vaqtingiz shunda bekorga ketmaydi, umringiz bekorga sarflanmaydi. Tushungandan keyin o‘sha oliy maqsadga erishtiruvchi sabablarni qiling. Birinchisi, ustoz toping. Ikkinchisi, harakatni boshlang. Harakat ham oddiy emas, maqsadli bo‘lishi kerak va oliy maqsadga erishish yo‘lida bor kuchingizni, salohiyatingizni sarflang, degan bo‘lar edim. Ummatga qanchalik kerakligimizni bilganimizda, biz kechalari uxlamas edik. Biz shu qadar kerakli inson bo‘lishimiz kerakki, hatto kasal bo‘lishga haqimiz yo‘q, hatto o‘lib qolishga ham haqimiz yo‘q, sababi, hali qiladigan ishlarimiz juda ko‘p.

Har yuz yilda keladigan eng buyuk inson bu – siz

Bir shayx shogirdlariga: har yuz yilda Alloh taolo bu insoniyatni jaholatdan qutqarib, jarlikdan olib chiqadigan, adolatni o‘rnatib, mazlumlarning haqini olib beradigan bir buyuk inson jo‘natadi, degan ekan. Shunda shogirdlari: ustoz, hozirgi yuz yillikda kim o‘sha kishi, bilsangiz, ayting, xizmatini qilaylik, yoniga boraylik”, deyishibdi. Ustoz shunday debdi: shu joyida xato qildingiz, siz o‘sha insonni o‘zingizdan tashqaridan qidira boshladingiz, aslida o‘sha inson menman, deb harakat qilishingiz kerak”.

Yuz yilda keladigan buyuk inson bu – siz, shuni tushuning, his qiling! Agar Mahatma Gandi bo‘lganida, Hindiston nima bo‘lar edi. Ya’ni, xalqning dardini tushunish, o‘zinikini birovga ilib qo‘yish emas, avvalo, jamiyatdagi muammolarga yechim aslida o‘zimizda, biz yordamchi bo‘lishimiz, o‘sha buyuk inson bizmiz, deb harakat qilishimiz kerak.

Har bir inson buyuk odam. Hech kim o‘ziga past baho berishga haqi yo‘q aslida. Bizga juda katta, juda ulug‘ omonat topshirilgan, bu narsani arzonga sotib qo‘ymasligimiz kerak. Tushunishimiz kerak bo‘lgan eng birinchi narsa – o‘zligimizni anglashimiz kerak. Kim o‘zining nafsini tanisa, batahqiq, Robbisini ham tanibdi. Shu masaladan boshlashimiz kerak. Biz kimmiz, degan savolga javob berishdan boshlanishi kerak. Agar o‘zingiz haqingizda chuqur tafakkur qilib boshlasangiz, eng katta dushmaningiz o‘zingiz ekanligingizni tushunib yetasiz. Insonning eng katta to‘sig‘i, eng katta muammosi, bu hukumat, siyosat, tashqi bo‘layotgan masalalar, dollar kursi, ishsizlik emas, hech narsa emas, eng katta muammosi – bu o‘zi. Biz o‘zimizga o‘zimiz to‘siq qo‘yamiz, o‘zimizga o‘zimiz dushmanlik qilamiz. Bizning tashqaridan kelib, hech kim ushlab turgani yo‘q, o‘qimagin, deb.

Agar inson nima qilishini aniq biladigan bo‘lsa, sovuq bo‘ladimi, tikka turibdimi, tashqaridami, farqi yo‘q, u o‘sha ishni qiladi. Izlagan imkon topadi. Agar inson nima qilishini aniq bilmasa, noaniq bo‘lsa, nimaga yashayotganini tushunmasa, unga hamma sharoitni yaratib bering, u hech narsa qila olmaydi.

Hayotga qiymat berish haqida

Inson hayotiga qiymat berishi, ma’no kirgizishi avvalo, niyat bilan bo‘ladi. Inson har bir harakatini shu dunyoni yana ham yaxshilashi uchun, insonlarga xizmat qilishi uchun foydali qilgan holda harakat qilishi kerak. Bunda qanchalik ko‘p ish qilishingiz emas, qanchalik sifatli va qaysi niyatda qilishingiz muhimroq.

Agar sen bir narsani ishlab chiqarsang, bir odam bo‘lsa ham umrida shundan foydalansa va muammosi yechilsa, ishi oson kechsa, demak sen bekorga yashamagan ekansan, sen foydali umr kechirgan ekansan. Bu hayotda qanchalik ko‘p pul bilan qancha odamga xizmat qilish emas, qanchalik xolis xizmat qilish muhimroq. Agar qanchalik xolis xizmat qilinsa, Alloh taolo kutilganidan katta narsani ham, pulni ham berib qo‘yar ekan.

Hayotda hech qachon kibr qilmasligimiz kerak. Professional bo‘lsangiz ham, oddiy o‘qituvchi bo‘lsangiz ham, kerak bo‘lsa vazirlarga dars berasiz. Qiymat mana shu narsa deb tushunaman men, farqi yo‘q qaysi sohada ishlashingizning, hatto “Maxsustrans”da ishlasangiz ham, eng zo‘ri bo‘ling. Qorovul bo‘lsang ham, O‘zbekistonda eng zo‘r qorovul bo‘l. Kim eng zo‘ri deb so‘rashsa, mana bu, deb seni ko‘rsatishsin.

O‘qilishi kerak deb hisoblagan kitoblarim

  1. Jaloliddin Rumiyning masnaviylari
  2. Mario Pyuzo «Cho‘qintirgan ota»
  3. Aleksandr Dyuma «If qal’asining mahbusi»
  4. Navoiy asarlari
  5. Million dollarlik xatolar
  6. Ahatqul Jumanqul «Savdogarlar ustozi»
  7. Sond Zi «Jang san’ati»
  8. Temur tuzuklari
  9. Firdavsiy «Shohnoma»

Ta’lim sohasida qilinishi kerak bo‘lgan 3ta islohot

  1. Xususiy universitetlar ochilishini oson qilib qo‘yish
  2. Universitetlarga kirishni oson, bitirishni qiyin qilib qo‘yish
  3. Universitetlarimizni xalqaro standartlarga to‘g‘rilash

Ilm narsalarning eng foydalisidir! Qaysi sohada bo‘lishimizdan qat’i nazar, har kuni o‘z ustimizda ishlaylik. Bugungi kunimiz kechagidan yaxshiroq bo‘lsin.

Ali Eshonqulov – Скачать mp3 бесплатно

Для вашего поискового запроса Ali Eshonqulov мы нашли 50 песен, соответствующие вашему запросу. Теперь мы рекомендуем загрузить первый результат Ali Eshonqulov который загружен Жураев И размером 10.00 MB, длительностью 7 мин и 36 сек и битрейтом 192 Kbps.

Обратите внимание:

Перед загрузкой вы можете послушать любую песню, наведите курсор и нажмите «Слушать» или «Скачать» для загрузки mp3-файла высокого качества. Первые результаты поиска – с YouTube, которые будут сначала преобразованы, после чего файлы можно загрузить, но результаты поиска из других источников могут быть сразу же загружены в MP3 без какого-либо преобразования.

Слушают сейчас

Звук Киборг Убийца

Фоновая Музыка Перед Началом Мероприятия

Я Люблю Разный Пенис Грязный Пенис Белый Пенис Чёрный Пенис

Scally Milano Юпи Йо Минус

Раз Раз Раз Это Хардбасс Я Пою Про Ананас

Ты Крутая Сенорита Бомбита

Set It All Free Male

Dolmax 73 Maxim

Memories X Another Love Conan Gray X Tom Odell Full Tiktok Version Speed Up

Jaloliddin Ahmadaliyev 2023

Томас Его Друзья Большая Гонка

Kun Woo Paik Suite Bergamasque L 75 Iii Clair De Lune

Дизель Шоу Колыбельная Минус

Mant Deep Waiting For You Original Mix

Тэхен Его Партия В Песне Jump

Песня Девочка Уэнсдей Последний Парты

Я Отвлекся Мне Надо Было Поебаться Кое С Кем

Скачивают

Tilekid You Not The Same Slowed

Новый Блатной Шансон Настоящие Мужские Блатные Песни Блатняк 2018

Yungway Feat Bushido Zho Магазин Speedup Nightcore

Remembering Your Touch Feat J Damur J Damur Remix

Да Я Люблю Сосать Член Это Пенис

Get Low Slow Remix

Крис Кельми Ночное Рандеву

Ashe Moral Of The Story Lyrics

Clean Bandit Rockabye Feat Sean Paul Anne Marie Official Video

А Я С Неё Балдею Remix Теперь Ты Только Моя Душевная Песня Топовый Трек Эту Песню Ищут

Abba Money Money Money Sped Up

Японский Камикадзе Оригинал Едит От Меня

Мари Краймбрери Одно И То Же Кавер На Группу Iowa Битва Поколений

Она Дала Дала Дала Все Тело Дала Дала Дала Всю Душу Премьера Трека 2023 Эту Песню Ищут Все

Хиты Кавказа 2022 Лучшие Видео Клипы Года Музыка Юга Душевные Песни Новый Шансон Сборник 12

Я Уёбываю В Джаз

El Mismo Sol Speed Songs Speed Up

Японская Народная Песня Сакура

Chkn Mocean Instrumental Help Urself Remix Prod Jayywiththeak

Прикосновение 2020 Remix Cover Текст

Muhammadali Eshonqulov haqida

Siz yuqorida koʻrib turgan inson hozirgi kunda oʻzining biznes murabbiylik faoliyati bilan mashhurlika erishgan, 15 yoshida universitet talabasi boʻlgan oʻzbek oʻgʻloni Muhammadali Eshonqulov hisoblanadi.

Muhammadali Eshonqulov — 1994-yilning 6-noyabrida Oʻzbekistonning Jizzax viloyati Baxmal tumanida ziyoli oilasida tavallud topgan (https://youtu.be/WFTtGlFL52M).

Tabbasum ham bir ehson, deya taʼkidlovchi ajoyib biznes murabbiy 5 yoshida maktabda tahsil olishni boshlagan. 15 yoshida esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasiga aylangan (https://youtu.be/WFTtGlFL52M). Qahramonimiz faoliyati davomida 10 mingdan ziyod shogird chiqarishga ham ulgurgan.

Hozirda u xalqaro toifadagi iqtisodchi, Avstriyaning “IMC Krems” va Oʻzbekistonning Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetlarida oʻqituvchi. Bundan tashqari u Patronlar ligasi klubi asoschilaridan biri va Biznes kvadrat loyihasi muallifi hisoblanadi (https://youtu.be/WFTtGlFL52M).

��Muhammadali Eshonqulov haqida bilarmidingiz?

Oxshash xabarlar:

  • Muhammadali Abdukunduzov haqida, oilasi, instagram, rasmlari
  • Muhammad Ali Eshonqulov treninglari, darslari
  • Muhammad Ali Eshonqulov fotosuratlari
  • Vatan haqida she’rlar – O’zbekiston haqida she’rlar
  • O’zbekiston haqida / vatan haqida ruscha sherlar
  • Chimildiq Birinchi nikoh kechasi haqida sizni qiziqtirgan…
  • Kitob haqida maqollar – eng ko’p maqollar to’plami
  • Ona haqida maqollar to’plami
  • Suv haqida maqollar
  • Internetdan bepul sms yuborish usullari haqida
  • “G’aroyib doktor” haqida ma`lumot
  • Zolim Istanbul Turk Seriali haqida
  • Qashqirlar makoni haqida to`liq malumot
  • “ICHKARIDA” TURK SERIALI HAQIDA
  • PANJARA ORTIDA (PRISON BREAK) seriali haqida

207 комментариев к “Muhammadali Eshonqulov haqida”

An outstanding share! I have just forwarded this onto a colleague who
had been doing a little research on this. And he in fact ordered me
dinner due to the fact that I discovered it for him…
lol. So let me reword this…. Thanks for the meal!!
But yeah, thanks for spending some time to discuss this topic here on your blog.

I am really impressed with your writing skills as well as with the layout on your
blog. Is this a paid theme or did you customize it yourself?
Either way keep up the excellent quality writing, it’s rare to see a great blog like this one today.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.