Press "Enter" to skip to content

Muchal yil hisobi haqida

Ilon 1917 1929 1941 1953 1965 1977 1989 2001 2013 ILON YILI Ushbu muchalda tug’ilganlarda donolik va ziyraklik ato etilgan. Ular vaysaqi emas. Ko’p va xo’p fikr-mulohaza yuritishadi. Boshlagan.

MUCHALLAR HAQIDA

MUCHALLAR HAQIDA Juda qadim zamonlardan beri olkamizda muchal bo‘yicha yil ag’darish odati bor. Qariyalar muchaling nima, deb so’rab yoshingizni aytib berishadi.

Muchal — 12 ta hayvonning nomi bilan ataladigan yillar. Muchal hisobi Osiyo va Afrikadagi ko’pgina mamlakatlar xalqlari orasida qadimdan keng tarqalgan.

Yozma ma’lumotlarga qaraganda, muchal hisobini dastlab bizning olkamizda ko’chmanchi chorvador xalqlar ishlatgan. Keyin u Mo‘g‘uliston, Xitoy, Yaponiya, Xindiston, Misr, Iroq, Eron, Afg’oniston va boshqa mamlakatlarga tarqalgan.

Odamlarning tug’ilgan yillarini hayvonlar nomi bilan atash odati ayrim hayvonlarga sig‘inish oqibatida kelib chiqqan bo’lishi mumkin. Shuning uchun qaysi mamlakatda qanday hayvon hosiyatliroq hisoblansa, u 12 yillik yil hisobiga kiritilgan.

Masalan, Xitoyda baliq o‘rniga afsonaviy ajdaho, Afrikadagi ba’zi xalqlarda baliq o‘rniga timsoh, Misrda sichqon o‘rniga mushuk, ot o’rniga eshak va hokazo hayvonlar nomlari qo’llanilgan. 0‘lkamizda esa mana bu hayvon- lar muchalni ifodalaydi.

1. Tovuq, 2. It, 3. To‘ng‘iz, 4. Sichqon, 5. Sigir, 6. Yo’lbars, 7. Quyon, 8. Baliq, 9. Ilon, 10. Ot, 11. Qo‘y va 12. Maymun. Odam shu hayvonlarning nomi bilan atalgan yilning qaysi birida tug‘ilgan bolsa, uning muchali shu hayvon nomi bilan ataladi. Dastlab, muchalning birinchi yili deb sichqon yili olinardi.

Keyinchalik muchal hisobini biz ishlatadigan milodiy hisobga bog’lash maqsadida teskarisiga hisoblansa, milodiy hisobning birinchi yili tovuq yili ekan.

Shuni nazarga olib muchalning hisob boshi tovuq yili desak, grigoriy taqvimi bo’yicha yozilgan yilni 12 ga bolganimizda hosil boladigan qoldiq son muchal yili tartibini bildiradi.

Masalan, 2000 yilning qanday yil ekanligini bilish uchun uni 12 ga bolamiz: 2000 = 166 .12 + 8 boladi. Bunda qoldiq 8 bolgani uchun 2000 yil baliq yili ekan. Tabiiyki, agar qoldiq nol bo‘lsa, yit 12, ya’ni maymun yili boladi.

Muchal hayvonlarining tasviri turmushda ishlatiladigan turli-tuman buyumlarga chizilgan, ayollarning bezaklariga tushirilgan. 12 yillikning har bir yili tabiatdagi ulkan tabiiy hodisalar bilan bog‘liq degan qadimiy rivoyatlar ham to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish mumkin.

Quyoshdagi chaqnash, portlash hodisalari, doglarning ko’payib-kamayib ketishi va shularga bogliq holda Yerda ham ob-havo sharoitlaridagi o‘zgarishlar, magnit bo‘ronlari hodisalari va hokazolar ham 12 yillik davr bilan o‘zgaradi.

Qurg‘oqchilik, namgarchilik, qahraton qish, iliq qish, jazirama yoz va hokazolar, bularga bogliq holda qimmatchilik, arzonchilik kabi jamiyatdagi hodisalar bilan boglanib ketadi.

Hatto tug‘ilgan bolaning taqdiri, fe’l-atvori uning muchaliga bogliq bo’ladi, deguvchilar ham bor. Chunonchi, ilon yilida qurg’oqchilik, qimmatchilik bolarkan, qish sovuq kelarkan, tug’ilgan farzand nodon bo‘larmish, to‘ng‘iz yilida yog’ingarchilik ko‘p, narx-navo arzon, farzand tug’ilsa, u davlatmand va dono bolarmish, quyon yilida tug‘ilgan bola uzoq umr ko rib, badavlat, oqil va odil inson bo’lib yetisharmish va hokazo.

Muchal hisobi bo‘yicha yil boshi deb ko‘pchilik sharq mamlakatlarida, jumladan, 0‘zbekistonda ham 22 mart olinadi.

Shuning uchun tug‘ilgan bolaning muchal hisobidagi yilini aniqlashda ehtiyot bo‘lish kerak, navro’zning birinchi kuniga qadar o‘tgan yilning muchali hisobga olinadi.

Endi, bolalar, muchal- ingizni aniqlashni istasangiz, tug’ilgan yilingizni 12 ga boling, shunda hosil bolgan qoldiq son sizning muchalingizni ko‘rsatadi. Aytaylik, siz
1987-yilda tug‘ilgansiz. Uni (1987 ni) 12 ga bo’lsangiz, 7 qoldiq qoladi. Demak, sizning muchalingiz quyon ekan.

MUCHAL

MUCHAL, muchal yil hisobi — Sharqiy va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan yil hisobi. M. asosida miloddan 2000-yillar oldin kiritilgan xitoylarning siklik kalendari yotadi. 60 yillik sikl bilan yilning nomlari qaytariladigan bu taqvim aslida Quyosh — Oy kalendari (q. Kalendar) boʻlib, u Oyning Yer atrofida aylanish davriga (bu davr sinodik oy deyilib, 29,53 sutkaga teng) va tropik yilga (365,2422 sutka) tayanadi. Yilning uzunligi oddiy yillarda 12 oylik boʻlib, 354 kunga, kabisa yillarda esa 13 oylik boʻlib, 384 kunga teng. 60 yillik siklda kaysi yil 12 oylik, qaysisi 13 oylik (embolismik) boʻlib kelish tartibi maʼlum Oy fazasi (mas, yangi oy) yilning anik, bir sanasiga toʻgʻri kelish davriga (bu davr 19 yilga teng boʻlib, uning ixtirochisi sharafiga Meton davri yoki sikli deyiladi) koʻra aniqlanadi. 19 yillik siklning 2-, 5-, 7-, 10-, 13-, 15 – va 18-y. larida 13-oy qoʻshilib, qolganlari oddiy — 12 oydan iborat boʻladi. 20-a. da ushbu kalendarning 19-yillik sikllari boshi 1924, 1943, 1962, 1981, 2000-yillarga toʻgʻri keldi. Qad. Xitoy kalendarida 60 yillik siklning kelib chiqish tarixi quyidagicha. Kds. da Olam 5 ta — suv, olov, tuproq, metall va yogʻoch kabi unsurlardan tashkil topgan hamda ular ijobiy va salbiy xususiyatlarni mujassamlantirgan, deb qaralar edi. Bu 5 unsur oʻzining 2 xususiyati bilan «Osmon shoxobchasi» belgilari (szya, i, bin, din, u, szi, gen, sin, jen, guy) orqali ifodalangan. 60 yillik siklning paydo boʻlishida ana shu 5 unsur uni tashkil etuvchi koʻpaytiruvchilardan biri boʻlib, ikkinchisi — 12 esa osmonning eng yorugʻ «yul-duz»laridan boʻlgan Yupiter (Mushtariy^ning yillarida ifodalangan davridan olingan.

Yupiterning 12 yillik harakat yoʻli 30° dan qilib 12 boʻlakka boʻlingan (30°x 12=360°) va xar bir boʻlagiga «yer shoxobchasi» deb ataluvchi 12 oyning belgilari (szi, chou, in, mao, chen, si, u, vey, shen, yu, syuy, xay) qoʻyib chiqilgan. Keyinchalik milod boshlarida bu belgilarga ushbu hayvonlarning nomlari qoʻshib qoʻyilgan: kalamush, sigir, yoʻlbars, quyon, ajdaho, ilon, ot, qoʻy, maymun, tovuq, it, choʻchqa. Bular Quyoshning yillik koʻrinma xarakati yoʻlida joylashgan (zodiak soxa deb yuritiluvchi sohada) ushbu yulduz turkumlari egallagan hududlarga mos keladi: Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sumbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jadiy, Dale va Xut. Oqibatda qad. xitoyliklar «osmon shoxobchasi» va «yer shoxobchasi» belgilaridan tashkil boʻlgan va 60 (12×5) yilni oʻz ichiga olgan siklik jadvaltaqvimni tuzganlar. Mazkur taqvimda maʼlum yil — «osmon shoxobchasi»ning vertikal ustuni va «yer shoxobchasi»ning gorizontal yoʻli kesishgan katakda joylashib, qoʻshma — «quyon-olov», «maymun-metall» yoxud «otsuv» kabi nomlar bilan ataladigan boʻlgan va aynan shu nomlarga mos ravishda, 60 yildan soʻnggina qaytarilgan. 60-yillik siklga ega boʻlgan bu taqvim hoz. kunda Xitoy, Yaponiya, Koreya, Vyetnam va Mongoliyada qoʻllanadi. Xitoy va Koreyada «osmon shoxobchasi»ni tashkil etgan unsurlar ikkilamchi — ijobiy va salbiy (baʼzan ikki jins — er va ayol) xususiyatlariga koʻra ikkiga boʻlingani holda, Yaponiyada ular yosh xususiyatlariga koʻra — katta va kichik nom b-n, Mongoliyada esa 5 unsur faqat ranglar bilan koʻk (baʼzan yashil), kizil, sariq, oq va qora deb qoʻllaniladi (jadvalga q.).

Qad. yozma manbalarda koʻrsatilishicha, Muchalni dastlab Yunon-Baqtriya pod-sholigi davrida (mil. av. 250 — 140yoxud 130y.) koʻchmanchi chorvador xalqlar yaratgan, soʻngra Moʻgʻuliston, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Misr, Iroq, Eron, Afgʻoniston, Oʻrta Osiyo mamlakatlari va b. mamlakatlarga Tapkalgan. Bu hisobning vatani Xitoy va Misr degan maʼlumotlar xam bor. Kishilarning tugʻilgan yillarini hayvonlar nomi bilan atash odati ayrim xayvonlarga sigʻinish asosida kelib chiqqan: 12 yillik hisobga kiritilgan hayvonlar «xosiyatli» va «muqaddas» hisoblangan. Qaysi mamlakatda qanday hayvonga koʻproq sigʻinilsa, shu hayvon mazkur yillik hisobga kiritilgan. Mac, Xitoyda baliq oʻrniga afsonaviy ajdaho, Afrikadagi baʼzi xal-qlar orasida baliq oʻrniga timsoh, Misrda sichqon oʻrniga mushuk, ot oʻrniga eshak va h. k. qoʻllangan. Oʻrta Osiyo mamlakatlari, Moʻgʻuliston, Xitoy va b. mamlakatlarning xalqlari orasida turli buyumlarni Muchal yil hisobiga kiritilgan hayvonlarning tasviri bilan bezash odat boʻlgan. Oltin va kumushdan ilon shaklida ishlangan bilaguzuklar, baliq va b. hayvonlarning tasviri oʻyib ishlangan mis tovoklar bunga misol boʻladi. Qad. rivoyatlarga koʻra, Muchal yil hisobidagi har bir yilda muayyan voqeaqodisalar sodir boʻlar emish. Mas, «ilon yili»da qurgʻoqchilik, qimmatchilik boʻlar, qish sovuq kelar, «toʻngʻiz yili»da esa yogʻingarchilik koʻp, narxnavo arzon boʻlar emish. Tugʻilgan bolaningtaqdiri, feʼl-atvori ham goʻyo uning qaysi yilda tugʻilganligiga bogʻliq ekan (xususan, «quyon yili»da tugʻilgan oʻgʻil bola yaxshi kishi boʻlib yetishib, foydali ishlar qiladi, uzoq, badavlat xayot kechiradi va h. k.).

Lotin alifbosida maqola: MUCHAL haqida to’liq ma’lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo’lsa izohda qoldiring va do’stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo’lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)

14-05-2022, 11:17 174

Категории
Популярные тексты

Музыка очень многообразна в своих направлениях и жанрах, пожалуй, это единственный вид искусства столь многогранный. Музыка способна успокоить и зарядить энергией. Лирическая музыка расслабляет, ритмичная возбуждает это всем хорошо известно. Эти свойства музыки известны и используются нами еще с древних времен. Безусловно, первый вид искусства был музыкальным. Возможно, это была колыбельная песня или боевой марш. Редко встретишь человека, который был бы равнодушен к музыке. В настоящее время музыка перестала быть только искусством. Для многих музыка это стиль жизни, для других это имидж, для кого-то это порция адреналина или лекарство от депрессии. Первыми музыкальными дисками или скорее их прародителями можно считать музыкальные автоматы-проигрыватели с набором грампластинок. Назывались эти автоматы Juke Box, и они были популярны в Америке в 20-30 годах. Количество грампластинок обычно достигало сотни, но они вмещали только одну музыкальную композицию. Эти автоматы были очень популярны, и именно они дали толчок к развитию граммофонной промышленности и появлению первых студий звукозаписи. Особенно стоит отметить 60-е годы. Это время считают музыкальной революцией, именно в это время музыка покидает тесные бары и музыкальные клубы и выходит на улицу. Ее можно было услышать в парках, во дворах и на стадионах. Этому во многом способствовали современные технологии. В большом количестве появляются музыкальные радиостанции, на волнах которых постоянно проигрываются музыкальные диски. Чуть позже появляются первые компакт диски, которые по достоинству были оценены звукозаписывающими компаниями как удачная замена виниловым музыкальным дискам. Вся продукция нашего магазина лицензирована и имеет сертификаты качества. Прямые поставки от производителей позволяют нам торговать по разумным ценам. Мы постоянно проводим сезонные распродажи и всевозможные акции, информацию о которых мы высылаем всем зарегистрированным пользователям.

Почта для предложений: admin@uztext.com

Права на тексты песен и переводы принадлежат их авторам.
Все тексты и переводы представлены для ознакомления.

Muchallar jadvali

Sichqon 1912 1924 1936 1948 1960 1972 1984 1996 2008 SICHQON YILI. Ushbu muchalda tug’ilganlar tashqi qiyofasidan yoqimli, jozibador, sobitqadam, mehnatsevardirlar. Bir.

It 1922 1934 1946 1958 1970 1982 1994 2006 2018 IT YILI Ushbu yilda tug’ilgan odamlarga eng yaxshi insoniy xislatlar xos. Ular sodiq va sofdilligi,sir saqlay olishi bilan o’zlariga nisbatan ishonch uyg’otishadi. Bundan.

Yo’lbars 1914 1926 1938 1950 1962 1974 1986 1998 2010 YO’LBARS YILI. Bu muchalda tug’ilganlar hissiyotga beriluvchan, jaxli tez va tartib- intizomga rioya qilmaydigan kishlardir. Ular.

Xo’kiz (sigir) 1913 1925 1937 1949 1961 1973 1985 1997 2009 HO’KIZ (SIGIR) YILI. Bular sabr-toqatli kamgap, ishonchga loyiq, vazmin, imillagan, yaxshi fe’l-atvorli kishilardir. Aksar.

Xo’roz (tovuq) 1921 1933 1945 1957 1969 1981 1993 2005 2017 XO`ROZ (TOVUQ) YILI Bu yilda tug`ilgan odamlarga jur’at, dovyuraklik xos. Bular chuqur fikrlovchi va istedodli shaxslardir. Mehnatsevar.

Sichkon muchal yillari – 1900, 1912, 1924, 1936, 1948, 1960, 1972, 1984, 1996, 2008, 2020, 2032, 2044, 2056.

Ot 1918 1930 1942 1954 1966 1978 1990 2002 2014 OT YILI Bu muchalda tug’ilganlar dongdor, mo’tabar, xushfe’l va pulni tejab-tergab ishlatuvchi kishilardir. Yaxshi kiyinishadi, ommaviy yig’inlarni yoqtirishadi. Ko’p.

Ajdarho (baliq) 1916 1928 1940 1952 1964 1976 1988 2000 2012 A J D A R H O (BALIQ) Y I L I Kimda-kim ushbu yilda tug’ilgan bo’lsa, juda yaxshi sihat-salomatlikka ega bo’lib, serg’ayrat va beg’ubordir. Pastkashlik, tilyog’lamalik.

Ilon 1917 1929 1941 1953 1965 1977 1989 2001 2013 ILON YILI Ushbu muchalda tug’ilganlarda donolik va ziyraklik ato etilgan. Ular vaysaqi emas. Ko’p va xo’p fikr-mulohaza yuritishadi. Boshlagan.

To’ng’iz 1923 1935 1947 1959 1971 1983 1995 2007 2019 TO’NG’IZ YILI Bu muchalda tug’ilganlarni mardonovor fe’l-atvori, odob-nazokat, xizmatga shaylik, nozik tabiatlilik xulqlari bor. Ularga.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.