Press "Enter" to skip to content

Movarounnahr haqida

Arablar istilosiga qadar Movarounnahr aholisining ko‘pchiligi turkiy bo‘lgan. Mamlakat xalifalik tarkibiga qo‘shib olingach ko‘plab arablar va forslarning ko‘chib kelishi natijasida hamda Abbosiy xalifalar davrida ko’pchilik turkiy aholining Iroq va boshqa islom mamlakatlariga borib qolishlari tufayli Movarounnahr aholisi orasida asta-sekin arab va fors tillarida so‘zlashuvchi qatlam vujudga kelgan.

MOVAROUNNAHR

MOVAROUNNAHR Dunyodagi hamma mamlakat, o‘lkaning o‘tmishda boshqacha nomi bo‘lgan.

Vaqtlar o‘tishi bilan ularning nomlari o‘zgarib bugungi holiga kelgan. Lekin xalqlarning yodida yurtning eski nomlari o’chmas iz qoldirgan.

Asosan Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan yurtimiz — 0‘zbekistonimizning nomi ham tarixan juda yosh, 1924-yildan ma’lum. Ungacha u turli nomlarda atalgan.

Shulardan biri arabcha «Movarounnahr» atamasi bo‘lib, u «daryoning narigi tomoni» ma’nosini anglatadi. Bu yerda daryo deganda Amudaryo nazarda tutilib, uning o‘ng qirg‘og‘idagi yerlar o‘rta asrlarda shu nom bilan atalgan.

Miloddan avvalgi 5-4-asrlarda mahalliy aholi daryoning o‘ng qirg‘og‘idagi hududni Varozrud , yunonlar

Transoksaniya deb atagan. Arablar esa yunonchadan o‘z tillariga Movarounnahr deb tarjima qilib, Amudaryo va

Sirdaryo oralig‘idagi madaniy viloyatlarni shu nom bilan atay boshlashgan. Keyinchalik bu atama ilmiy-badiiy adabiyotimizga singib ketgan va 19-asrgacha iste’molda bo’lgan. Movarounnahr qaysi hududlarni o‘z ichiga olgan?

Bu haqda olimlar turli fikrlar bildirishgan. Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra, Movarounnahr, asosan, Amudaryo bilan Sirdaryo oralig’idagi yerlar bo‘lib, shimolda Orol dengizigacha, janubda Pomir tog‘lari etaklarigacha yoyilgan.

Movarounnahrda Samarqand, Buxoro, Termiz va boshqa qadimiy shaharlar joylashgan.

Mahmud Koshg’ariyning yozishiga ko’ra «ba’zilar butun Movarounnahrni turkiylar olkalaridan deb hisoblaganlar. U

Yankanddan boshlanadi… Bu Buxoroga yaqindir. Butun Movarounnahr Yankanddan sharqqacha bo’lgan o’lkalarni turkiy (qavmlar) shaharlaridan deb hisoblashning asosi shuki Samar- qand — Semizkand, Toshkent — Shosh, 0‘zkand,

Tunkand nomlarining hammasi turkiychadir. Kand — turkiycha shahar de- makdir. Ular bu shaharlarni qurdilar va shunday nom qo’ydilar… Bu yerda forslar ko’paygach, so’ng ular Ajam shaharlari kabi bo‘lgan».

Movarounnahr tarkibiga Qubodiyon, Chag‘oniyon, So‘g‘d, Kesh, Nasaf, Xorazm, Farg’ona, Usrushona, lloq, Shosh,

Isfijob va boshqa viloyatlar kirgan. Arab geograflari (Yoqut Hamaviy va boshqalar) Movarounnahrni «tuprog‘i serhosil, mo‘l-ko‘l tabiiy boyliklarga ega, lazzatli meva bog’lariga boy, hayvonot dunyosi rang-barang, aholisi saxovatli va mehmondo’st, yoTlari, ko‘prig-u kechuvlari batartib va mukammal, rabot-u bozorlari obod, yigitlari shijoatli va jasur, barcha aholisi ilm-u ma’rifatga chanqoq, iste’dodli» deb ta’riflaydilar.

Arablar istilosiga qadar Movarounnahr aholisining ko‘pchiligi turkiy bo‘lgan. Mamlakat xalifalik tarkibiga qo‘shib olingach ko‘plab arablar va forslarning ko‘chib kelishi natijasida hamda Abbosiy xalifalar davrida ko’pchilik turkiy aholining Iroq va boshqa islom mamlakatlariga borib qolishlari tufayli Movarounnahr aholisi orasida asta-sekin arab va fors tillarida so‘zlashuvchi qatlam vujudga kelgan.

Movarounnahr zaminidan ko‘plab buyuk allomalar (Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek), davlat arboblari va sarkardalar (Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi) va boshqa mashhur shaxslar yetishib chiqqanligi bilan o‘zbek xalqi haqli ravishda faxrlanadi.

Movarounnahr haqida

Movarounnahr (arab. — daryoning narigi tomoni) — oʻrta asrlarda islom mamlakatlarida keng tarqalgan geografik atama. Uning xuddi shu maʼnoni anglatgan fors tilidagi «Varorud» va «Varojayxun» shakllari ham mavjud boʻlib, ularning barchasi avval (11 -a. gacha) Xuroson viloyatining davomi sifatida, 11-asr boshidan eʼtiboran esa Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati va undan keyingi turkiy davlatlar tarkibidagi maʼmuriy birlik sifatida tushunilgan. 11-asrda Yevropa tarixshunosligida mazkur arab atamasining lotincha tarjimasi boʻlmish yangi «Transoksiana» yoki «Transoksaniya» atamalari muomalaga kiritilgan.

Hozirgi zamon tarixiy-geografik ilmiy adabiyotda Movarounnahr deganda, asosan, Turkmanistondan tashqari boʻlgan Oʻrta Osiyo hududlari, yaʼni, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning janubiy qismi tushuniladi.

Oxshash xabarlar:

  • Vatan haqida she’rlar – O’zbekiston haqida she’rlar
  • O’zbekiston haqida / vatan haqida ruscha sherlar
  • Chimildiq Birinchi nikoh kechasi haqida sizni qiziqtirgan…
  • Kitob haqida maqollar – eng ko’p maqollar to’plami
  • Ona haqida maqollar to’plami
  • Suv haqida maqollar
  • Internetdan bepul sms yuborish usullari haqida
  • “G’aroyib doktor” haqida ma`lumot
  • Zolim Istanbul Turk Seriali haqida
  • Qashqirlar makoni haqida to`liq malumot
  • PANJARA ORTIDA (PRISON BREAK) seriali haqida
  • Chet elda ta’lim haqida. Plyus va minuslari.
  • LATVIYADA ARZON OLIY TA`LIM HAQIDA
  • GERMANIYADA OLIY TA`LIM HAQIDA
  • KOREYADA O`QISH HAQIDA BATAFSIL MA`LUMOT

Оставьте комментарий Отменить ответ

Для отправки комментария вам необходимо авторизоваться.

MOVAROUNNAHR

MOVAROUNNAHR (arab. — daryoning narigi tomoni) — oʻrta asrlarda islom mamlakatlarida keng tarqalgan geografik atama. Uning xuddi shu maʼnoni anglatgan fors tilidagi «Varorud» va «Varojayxun» shakllari ham mavjud boʻlib, ularning barchasi avval (11 – a. gacha) Xuroson viloyatining davomi sifatida, 11-a. boshidan eʼtiboran esa Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati va undan keyingi turkiy davlatlar tarkibidagi maʼmuriy birlik sifatida tushunilgan. 11-a. da Yevropa tarixshunosligida mazkur arab atamasining lotincha tarjimasi boʻlmish yangi «Transoksiana» yoki «Transoksaniya» atamalari muomalaga kiritilgan.

Hoz. zamon tarixiy-geografik ilmiy adabiyotda Movarounnahr deganda, asosan, Turkmanistondan tashqari boʻlgan Oʻrta Osiyo hududlari, yaʼni, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning jan. qismi tushuniladi.

Movarounnahr atamasi ilk bor paygʻambarimiz Muhammad (sav) haqidagi hadislarda tilga olingan. Aftidan bu atama arablar orasida islomgacha boʻlgan davrlarda ham maʼlum boʻlib, u vaqtda (mil. 6-a.) Sosoniylar davlatidan shim.-sharqda, Jayxun, yaʼni Amudaryoning orqasida joylashgan Turk xoqonligiga qarashli yerlarni anglatgan. Qad. fors manbalaridagi maʼlumotlarga tayangan arab geograf olimi Yoqut Hamaviy Movarounnahr atamasini Turon mamlakatining nomi deb bilgan. Arablar oʻzlarining sharqqa qilgan ilk yurishlari davomida (7-a. ning 2-yarmi — 8-a. ning boshi) ikki xil tushuncha haqida maʼlumotga ega boʻlganlar: «ma duna-nnahr», yaʼni «da-ryoning pastki tomoni», va «ma varo-annahr» — «daryoning narigi tomoni». Ulardan birinchisi Xurosondan sharqda Amudaryodan jan. da Hindukush togʻlarigacha boʻlgan Toxariston yerlarini; ikkinchisi esa, Amudaryodan shim. da joylashgan Shim. Toxariston va Sugʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. 9—10a. larda yashagan va Oʻrta Osiyo hududlariga tavsif bergan arab geograflaridan faqat al-Istaxriy va Ibn Havqal ularga nisbatan Movarounnahr atamasini maxsus ishlatganlar. Boshqa arab geograflari esa Oʻrta Osiyo hududlari xdqida soʻz yuritganlarida Movarounnahr atamasini juda tor maʼ-noda ishlatib, uni Xurosonning davomi yoki al-Mashriq (Sharq)ning bir qismi sifatida tasvirlaganlar. Al-Mashriq tushunchasiga esa ular Xuroson va Movarounnahr yerlaridan tashqari, Xindi-ston, Xitoy yerlarini va hatto Hind va Tinch okeanlaridagi Yaponiyagacha boʻlgan orollarni kiritganlar (Ibn Xurdodbeh).

11-a. boshidan eʼtiboran Movarounnahr istilohi hudud jihatdan ayrim manbalarda Sugʻd va Xorazm, boshqalarida esa Sugʻd va Shim. Toxariston yerlarini oʻz ichiga olgan. Maʼno jihatdan esa bu atama endi Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati, keyinchalik esa Xorazmshohlar, Chigʻatoiylar, Temuriylar va Shayboniylar davlatlarining tarkibidagi maʼmuriy birlikni anglatgan.

Shunday qilib, Movarounnahr atamasi oʻrta asr manbalarida turlicha talqin qilinib, geografik hudud sifatida avval Turon, Turk xoqonligi yoki Turkiston mamlakati (7-a. gacha), keyin Xuroson (7 — 10-a. larda) undan ham keyin Turkiston (11a. dan boshlab), maʼlum vaqt esa Xorazm (12-a. ning oxiri — 13-a. ning boshi) tarkibiga kiritilgan. Demak, bu atama faqat geografik maʼnoga ega boʻlib, har xil davrlarda turli davlatlar — Turk xokrnligi, Arab xali-faligi, shuningdek, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshoxlar va b. davlatlarning tarkibiga maʼmuriy birlik sifatida kirgan. Bu atama haqida turli manbalarda keltirilgan maʼlumotlarning yigʻindisi ham hududiy jihatdan «Oʻrta Osiyo» atamasini anglatadigan Turkiston tabiiygeografik oʻlkasining barcha yerlarini qamrab olmaydi. Chunki, mazkur mintaqa tarkibiga kirgan Shim. Xuroson (Turkmaniston), Yettisuv (Qozogʻiston) va Jan. Toxariston (Afgʻoniston) yerlari hech qanday manbalarda Movarounnahr tarkibiga kiritilmagan. Shuning uchun, Movarounnahr atamasining oʻrta asrlarda ishlatilgan eng keng maʼnodagi tushunchasi tarkibiga shartli ravishda faqat Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida joylashgan yerlarni kiritish mumkin.

Ld.: Mahmud Koshgʻariy, Devonu lugʻotit turk (Turkiy soʻzlar devoni, tarjimon va nashrga tayyorlovchi S. M. Mutalli-bov), 3 j. li, T., 1960—1963; Mahmud ibn Vali, More tayn otnositelno doblestey blagorodnыx, T., 1977; Kama liddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.

Lotin alifbosida maqola: MOVAROUNNAHR haqida to’liq ma’lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo’lsa izohda qoldiring va do’stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo’lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)

14-05-2022, 00:23 207

Категории
Популярные тексты

Музыка очень многообразна в своих направлениях и жанрах, пожалуй, это единственный вид искусства столь многогранный. Музыка способна успокоить и зарядить энергией. Лирическая музыка расслабляет, ритмичная возбуждает это всем хорошо известно. Эти свойства музыки известны и используются нами еще с древних времен. Безусловно, первый вид искусства был музыкальным. Возможно, это была колыбельная песня или боевой марш. Редко встретишь человека, который был бы равнодушен к музыке. В настоящее время музыка перестала быть только искусством. Для многих музыка это стиль жизни, для других это имидж, для кого-то это порция адреналина или лекарство от депрессии. Первыми музыкальными дисками или скорее их прародителями можно считать музыкальные автоматы-проигрыватели с набором грампластинок. Назывались эти автоматы Juke Box, и они были популярны в Америке в 20-30 годах. Количество грампластинок обычно достигало сотни, но они вмещали только одну музыкальную композицию. Эти автоматы были очень популярны, и именно они дали толчок к развитию граммофонной промышленности и появлению первых студий звукозаписи. Особенно стоит отметить 60-е годы. Это время считают музыкальной революцией, именно в это время музыка покидает тесные бары и музыкальные клубы и выходит на улицу. Ее можно было услышать в парках, во дворах и на стадионах. Этому во многом способствовали современные технологии. В большом количестве появляются музыкальные радиостанции, на волнах которых постоянно проигрываются музыкальные диски. Чуть позже появляются первые компакт диски, которые по достоинству были оценены звукозаписывающими компаниями как удачная замена виниловым музыкальным дискам. Вся продукция нашего магазина лицензирована и имеет сертификаты качества. Прямые поставки от производителей позволяют нам торговать по разумным ценам. Мы постоянно проводим сезонные распродажи и всевозможные акции, информацию о которых мы высылаем всем зарегистрированным пользователям.

Почта для предложений: admin@uztext.com

Права на тексты песен и переводы принадлежат их авторам.
Все тексты и переводы представлены для ознакомления.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.