Press "Enter" to skip to content

1. Windows haqida umumiy tushunchalar Windowsning imkoniyatlari. Windows ning ishlash shartlari

Agar Windows 11`ning bepul yangilanishi mavjud bo‘lsa, yuklab olish va o‘rnatish opsiyasi menyuda paydo bo‘ladi, keyin ko‘rsatmalarga amal qilish lozim bo‘ladi.

Microsoft windows qanday dastur

5-oktabr kuni Microsoft kompaniyasi Windows 11 operatsion tizimini chiqardi, deya xabar qilmoqda «Korrespondent» nashri. Xabarda aytilishicha, kompaniya yangi versiyadagi operatsion tizimni Windows 10 uchun bepul yangilanish sifatida taqdim qildi.

Kompaniya Windows 11`ni turkumdagi «eng xavfsiz» operatsion tizim, deya e’tirof etganligi aytilmoqda. Windows 10 o‘rnatilgan, Windows 11`ga mos keluvchi barcha kompyuterlar taxminan 2022 yil o‘rtalarigacha yangi operatsion tizimga o‘tishi kutilmoqda.

«Microsoft korporatsiyasi Windows 11 operatsion tizimini rejalashtirilgan muddatidan bir kun oldin chiqardi. Operatsion tizimning yangi versiyasi AQSh vaqti bilan 5-oktabrda chiqarilishi kerak edi, lekin u AQSh vaqtiga ko‘ra 4-oktabr sanasidayoq foydalanuvchilarga taqdim etildi» — deya yozmoqda nashr.

Ma’lum qilinishicha, tizim Windows yangilanish markazi orqali kompyuterning yaroqliligiga qarab to‘lqinlarda tarqatiladi. Windows 11`ni mustaqil o‘rnatmoqchi bo‘lganlar Microsoft rasmiy saytidan o‘rnatish bo‘yicha yordamchini yuklab olishlari mumkin.

Windows 10 o‘rnatilgan kompyuterlar operatsion tizimni keyingi versiyaga bepul yangilashi mumkinligi aytilgan. Boshqa foydalanuvchilarga kompyuterlari tizim talablariga minimal darajada javob berishi sharti bilan dasturiy ta’minotni bosqichma-bosqich yangilash taklif qilinadi.

Windows 11`ni o‘rnatish uchun texnik talablar

Qayd etilishicha, Windows 11 kompyuterga yuqoriroq talablar qo‘yadi. Microsoft Windows 11 qurilmada ishlashi yoki ishlamasligini aniqlaydigan shaxsiy kompyuterni tekshirish dasturini (PC Health Check) ishlab chiqqan. Dasturni kompaniyaning veb-saytidan yuklab olish mumkin.

Qurilma Windows 11`ni qo‘llab-quvvatlashi uchun minimal tizim talablari:

  • 1 gigagers yoki undan yuqori chastotali ikki yadroli mos protsessor;
  • 4 Gb operativ xotira;
  • 64 Gb ichki xotira;
  • DirectX 12 yoki undan yuqori versiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan videokarta;
  • 9 dyuymli va 720 yoki undan yuqori piksellar soniga ega bo‘lgan displey;
  • TPM 2.0, UEFI va Secure Boot moduli bilan mos kelish.

Agar sizning qurilmangiz minimal talablarga javob bermasa, Windows 11`ni o‘rnatish yordamchisi bilan bitta sahifada joylashgan ISO fayli orqali o‘rnatishingiz mumkin. Microsoft bunga qarshilik qilmaydi, lekin kompaniya tizimning to‘liq mosligi yoki ishonchli ishlashiga kafolat bermaydi.

Microsoft operatsion tizim interfeysini qayta ishlab chiqdi va unga bir qancha o‘zgartirishlar kiritdi. Microsoft Windows 11`ning asosiy funksiyalaridan quyidagilarni sanab o‘tdi:

  • yangi dizayn (dumaloqlangan burchaklar, Mac`nikiga o‘xshash intefeys);
  • Microsoft Teams suhbatini vazifalar paneliga birlashtirish;
  • bulutda ishlash uchun ko‘proq imkoniyatlar;
  • yangi Microsoft Store ilovalar do‘koni (bu yerda Android mobil operatsion tizimi uchun ilovalar va Linux ilovalarini birlashtirish rejalashtirmoqda);
  • sensorli ekranlar bilan ishlash va ovozli kiritish uchun tizimni optimallashtirish.

Windows 11`ga qanday o‘tish mumkin

Ayni paytda Windows 10`ni qo‘llab-quvvatlaydigan yoki Windows 11`ga yangilashga ruxsat berilgan qurilmalarga ega bo‘lganlar uchun yangilash bo‘yicha ba’zi tavsiyalar:

  • kompyuteringiz Microsoft PC Health Check orqali yangilanishlarni qo‘llab-quvvatlashini tekshiring;
  • barcha muhim hujjatlar, ilovalar va ma’lumotlarning zaxira nusxalarini yarating;
  • «Sozlamalar»ga o‘ting, «Yangilanish va Xavfsizlik»ni, so‘ngra «Windows yangilanish markazi»ni tanlang.

Agar Windows 11`ning bepul yangilanishi mavjud bo‘lsa, yuklab olish va o‘rnatish opsiyasi menyuda paydo bo‘ladi, keyin ko‘rsatmalarga amal qilish lozim bo‘ladi.

Agar bu band yo‘q bo‘lsa, siz korporatsiya veb-saytida mavjud bo‘lgan Microsoft`dan yangi o‘rnatish dasturidan foydalanishga urinib ko‘rishingiz mumkin.

Windows 11 bir yilda bir marta yirik yangilanishni talab qiladi, yangilanishlarning o‘zi 40 foiz kichikroq bo‘ladi va fonda o‘rnatiladi.

Windows 10`ni qo‘llab-quvvatlash muddati 2025 yil 14-oktabrda tugashi aytilmoqda.

1. Windows haqida umumiy tushunchalar Windowsning imkoniyatlari. Windows ning ishlash shartlari

Windows haqida umumiy tushunchalar:Windows (Windows oynalar degan ma’noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 95 operatsion tizimi 1995 yil avgust oyida ishlatila boshlangan bo`lsa, uning ruscha varianti 1995 yilning sentabridan Rossiyada qo`llanila boshlandi.

MS Windows 95 Windowslarning yangi lahjasi emas, balki o`ta murakkab dasturlar majmui bo`lib, shu bilan birga foydalanish uchun oson, operatsion tizimdir.

Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOS ni qabul qilgan bo`lsa, Windows 95 o`zi mustaqil bo`lib, kompyuterda boshqa bir operatsion tizimning bo`lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va Windowsning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan. Bu qo`llanmada Windowsning 9x lahjasi haqida gap borgani uchun lahja nomeri 9x ni tushirib qoldiramiz.

Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega:

– o`zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko`lami qulay;

– u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan Windowsning istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razradli yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;

– foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta’minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo`lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo;

– sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.