Metronidazol nima va preparatning barcha shakllarini to g ri qanday qo llash mumkin
Protozoy infeksiyalari: ichakdan tashqari amyobiaz, shu jumladan jigarning amyobali abssessi, ichak amyobiazi (amyobali dizenteriya), trixomoniaz, giardiazis, balantidioz, lyamblioz, teri leyshmoniozi, trixomonad vaginit, trixomonad uretrit. Bacteroides spp. (shu jumladan B.fragilis, B.distasonis, B.ovatus, B.thetaiotaomicron, B.vulgatus) chaqirgan infeksiyalar: suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari, markaziy nerv tizimining (MNT) infeksiyalari, shu jumladan meningit, miya abssessi, bakterial endokardit, pnevmoniya, o‘pka empiemasi va abssessi.
Metronidazol
Sizga eng yaqin dorixonalarda ushbu dori vositasining narxini bilish uchun bizning Telegram-botimizga o’tishingiz lozim.
Metronidazol eritma
METRONIDAZOL r-r d/inf 0,5% 100ml
Прозводитель: МЕРРИМЕД, УЗБЕКИСТАН, ДЕНТАФИЛЛ ПЛЮС, УЗБЕКИСТАН, РАДИКС, УЗБЕКИСТАН, РЕКА-МЕД ФАРМ, УЗБЕКИСТАН, ДЕНТАФИЛ ПЛЮС, УЗБЕКИСТАН, САМАРКАНД, УЗБЕКИСТАН, СИНТЕЗ, РОССИЯ, ЮРИЯ ФАРМ, УКРАИНА, ТЕМУР МЕД ФАРМ
800 so’mdan
Gatling Med
Sizga eng yaqin dorixonalarda ushbu dori vositasining narxini bilish uchun bizning Telegram-botimizga o’tishingiz lozim.
METRONIDAZOL-AKOS R-R D/INF 0,5% 100ML
Прозводитель: СИНТЕЗ, РОССИЯ
3 800 so’mdan
Gatling Med
Sizga eng yaqin dorixonalarda ushbu dori vositasining narxini bilish uchun bizning Telegram-botimizga o’tishingiz lozim.
Metronidazol suppozitorlar
METRONIDAZOL supp vagin 500mg №10
Прозводитель: УЗБЕКИСТАН, ФАРМАПРИМ, МОЛДОВА, ФАРМАПРИМ, ООО (МОЛДОВА)), ФАРМПРИМ, ФАРМАПРИМ
4 800 so’mdan
Gatling Med
Sizga eng yaqin dorixonalarda ushbu dori vositasining narxini bilish uchun bizning Telegram-botimizga o’tishingiz lozim.
Metronidazol tabletkalar
METRONIDAZOL tab 250mg №10
Прозводитель: БОРИСОВСКИЙ ЗАВОД МЕД ПРЕПАРАТОВ, БЕЛАРУСЬ, БОРИСОВСКИЙ ЗМП БЕЛОРУСИЯ, БОРИСОВСКИЙ ЗМП, БЕЛАРУСЬ, БОРИСОВСКИЙ ЗАВОД, БОРИСОВ БЕЛАРУС, ПРОИЗ, ДЕНТАФИЛ, УЗБЕКИСТАН, УЗБЕКИСТАН, МЕРРИМЕД, УЗБЕКИСТАН
800 so’mdan
Gatling Med
Sizga eng yaqin dorixonalarda ushbu dori vositasining narxini bilish uchun bizning Telegram-botimizga o’tishingiz lozim.
METRONIDAZOL tab 250mg №100
Прозводитель:
11 000 so’mdan
Gatling Med
Sizga eng yaqin dorixonalarda ushbu dori vositasining narxini bilish uchun bizning Telegram-botimizga o’tishingiz lozim.
METRONIDAZOL tab 250mg №20
Прозводитель: УЗБЕКИСТАН, ТОРИМЕД ФАРМ, УЗБЕКИСТАН, НАВБАХОР САНОАТ, УЗБЕКИСТАН, НАВБАХОР, ОАО “ФАРМСТАНДАРТ-ЛЕКСРЕДСТВА”, ФАРМСТАНДАРТ, РОССИЯ
1 500 so’mdan
Gatling Med
Sizga eng yaqin dorixonalarda ushbu dori vositasining narxini bilish uchun bizning Telegram-botimizga o’tishingiz lozim.
Saytda e’lon qilingan ma’lumotlar mutaxassislar uchun mo’ljallangan. O’zingizni-o’zingiz davolash bilan shug’ullanmang. Sog’lig’ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Metronidazol ko’rsatmalar
Farmakoterapevtik guruh:
Ishlab chiqaruvchi:
Ishlab chiqarilish joyi:
Kategoriya:
Nimaga qarshi:
Nima uchun:
Faol modda:
Umumiy ma’lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
METRONIDAZOL
METRONIDAZOLE
Preparatning savdo nomi: Metronidazol
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): metronidazol
Dori shakli: infuziya uchun eritma
Tarkibi:
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: metronidazol – 500 mg.
yordamchi moddalar: natriy xloridi, limon kislotasi, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: yashil tusli biroz sarg‘ish tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: protozoylarga qarshi vosita.
ATX kodi: J01XD01.
Farmakologik xususiyatlari
Protozoylarga qarshi va mikroblarga qarshi preparat, 5-nitroimidazol hosilasi. Ta‘sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va sodda hayvonlarning hujayra ichki transport oqsillarining 5-nitroguruhini biokimyoviy jihatdan qaytarilishiga bog‘liq. Biokimyoviy qaytarilgan 5-nitroguruh mikroorganizmlar hujayrasining DNK si bilan o‘zaro ta‘sirga kirishib, ularning nuklein kislotalari sintezini ingibisiya qiladi, bu bakteriyaning nobud bo‘lishiga olib keladi.
Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Gardnerella vaginalis, Giardia intestinalis, Lamblia spp., hamda obligat anaeroblar Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp., Veillonela spp., Prevotella (P.bivia, P.buccae, P.disiens), va ayrim grammusbat mikroorganizmlarga (Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp.) nisbatan faol. Ushbu shtammalar uchun MBK 0,125-6,25 mkg/ml ni tashkil qiladi.
Amoksisillin bilan birga Helicobacter pylori ga nisbatan faollikni namoyon etadi (amoksisillin metronidazolga chidamlilik rivojlanishini susaytiradi).
Metronidazolga aerob mikroorganizmlar va fakultativ anaeroblar sezgir emas, ammo aralash flora borligida (aeroblar va anaeroblar) metronidazol antibiotiklar bilan oddiy aeroblarga qarshi samarali sinergik ta‘sir qiladi.
O‘smalarni nurlanishga sezgirligini oshiradi, alkogolga sensibilizasiya (disulfiramsimon ta‘sir) chaqiradi, reparativ jarayonlarni rag‘batlantiradi.
Farmakokinetikasi
Organizmning ko‘pchilik to‘qima va suyuqliklarida, shu jumladan o‘pka, buyrak, jigar, teri, orqa miya suyuqligi, miya, safro, so‘lak, amniotik suyuqlik, abssesslar bo‘shlig‘i, qin sekreti, urug‘ suyuqligi, ko‘krak sutida bakterisid konsentrasiyalariga erishiladi. Gemato-ensefalik va yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi. Taqsimlanish hajmi: (Vα): kattalarda – taxminan 0,55 l/kg; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 0,54–0,81 l/kg ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 10-20% ni tashkil qiladi.
Qondagi maksimal konsentrasiyasiga (Smax) 30-60 minutdan keyin erishiladi, terapevtik konsentrasiyasi 6-8 soat davomida saqlanadi. Preparatning qondagi minimal konsentrasiyasi (Smin) keyingi yuborishda – 18 mkg/ml. Normal safro hosil bo‘lishida metronidazolning safrodagi konsentrasiyasi vena ichiga (v/i) yuborilganida, plazmadagi konsentrasiyasidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin.
Organizmda metronidazolning taxminan 30-60% gidroksillanish, oksidlanish va glyukuronlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti (2-oksi metronidazol) ham protozoylarga va mikroblarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.
Jigarning me‘yoriy faoliyatida yarim chiqarilish davri (T1/2) – 8 soat (6 soatdan 12 soatgacha), jigarning alkogolli shikastlanishida – 18 soat (10 soatdan 29 soatgacha), yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda: homiladorlikning 28-30 haftaligida tug‘ilgan – taxminan 75 soat, 32-35 haftaligida muvofiq – 35 soat, 36-40 haftaligida – 25 soat. Buyrak orqali – 60-80%, (20% o‘zgarmagan holda), ichaklar orqali – 6-15% chiqariladi.
Buyrak klirensi – minutiga 10,2 ml. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga qayta yuborilganidan keyin metronidazolning qon zardobida to‘planishi kuzatilishi mumkin (shuning uchun buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda qabul qilish sonini kamaytirish kerak). Metronidazol va asosiy metbolitlari gemodializda qondan tez chiqariladi (T½ 2,6 soatgacha qisqaradi). Peritoneal dializda oz miqdorda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Protozoy infeksiyalari: ichakdan tashqari amyobiaz, shu jumladan jigarning amyobali abssessi, ichak amyobiazi (amyobali dizenteriya), trixomoniaz, giardiazis, balantidioz, lyamblioz, teri leyshmoniozi, trixomonad vaginit, trixomonad uretrit. Bacteroides spp. (shu jumladan B.fragilis, B.distasonis, B.ovatus, B.thetaiotaomicron, B.vulgatus) chaqirgan infeksiyalar: suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari, markaziy nerv tizimining (MNT) infeksiyalari, shu jumladan meningit, miya abssessi, bakterial endokardit, pnevmoniya, o‘pka empiemasi va abssessi.
Bacteroides turlari, shu jumladan B.fragilis guruhi, Slostridium, Peptococcus va Peptostreptococcus turlari tomonidan chaqirilgan infeksiyalar: qorin bo‘shlig‘ining infeksiyalari (peritonit, jigar abssessi), chanoq a‘zolarining infeksiyalari (endometrit, endomiometrit, fallopiy naylari va tuxumdonlar abssessi, jarrohlik operasiyalaridan keyingi qin ravog‘i infeksiyalari), teri va yumshoq to‘qimalarining infeksiyalari, sepsis.
Soxtamembranoz kolitda (antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq) qo‘llaniladi.
Helicobacter pylori bilan bog‘liq bo‘lgan gastrit yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasi.
Operasiyadan keyingi asoratlarni (ayniqsa chambar ichak, to‘g‘ri ichak oldi sohasidagi aralashuvlar, appendektomiya, ginekologik operasiyalar) oldini olish.
O‘smalari bo‘lgan bemorlarni nur bilan davolash (o‘smaning chidamliligi o‘sma hujayralaridagi gipoksiya bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, radiosensibilizasiyalovchi vositasi sifatida) qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga boshlang‘ich 0,5-1 g dozada v/i tomchilab (infuziyaning davomiyligi 30-40 minut), so‘ngra esa, har 8 soatda 500 mg dan minutiga 5 ml tezlikda yuboriladi. Yaxshi o‘zlashtirilganida birinchi 2-3 infuziyadan keyin oqim bilan yuborishga o‘tiladi. Davolash kursi – 7 kun. Zarurati bo‘lganida v/i yuborish uzoqroq muddat davom ettiriladi. Maksimal sutkalik doza – 4 g. Ko‘rsatmalar bo‘yicha ichga, 400 mg dozada sutkada 3 marta erishilgan samarani bir maromda ushlab turuvchi qabulga o‘tish amalga oshiriladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga xuddi shunday bir martalik 7,5 mg/kg dozadagi tartibda buyuriladi.
Yiringli-septik kasalliklarda odatda 1 davolash kursi o‘tkaziladi.
Profilaktika maqsadida kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga v/i tomchilab operasiya arafasida 0,5-1 g dan, operasiya kuni va keyingi kunlari sutkada 1,5 g dan (500 mg dan har 8 soatda) buyuriladi. 1-2 kundan keyin ichga bir maromda ushlab turuvchi davolashga o‘tiladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBE) va kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda maksimal sutkalik doza – 1 g dan ko‘p emas, qabul qilishlar soni – sutkada 2 marta.
Radiosensibilizasiyalovchi vosita sifatida v/i tomchilab 160 mg/kg yoki tana yuzasining 4-6 g/kv. m hisobidan nurlanishni boshlashdan 0,5 – 1 soat oldin yuboriladi.
Nur bilan davolashning har bir seansidan oldin 1-2 hafta davomida qo‘llanadi. Nur bilan davolashning qolgan davrida metronidazol qo‘llanmaydi. Maksimal bir martalik doza 10 g dan, kurslik – 60 g dan oshmasligi kerak. Nurlanish oqibatidagi intoksikasiyani bartaraf qilish uchun glyukoza, gemodez yoki natriy xloridining izotonik eritmalarini tomchilab yuborish qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, ichak sanchig‘i, qabziyat, og‘izda «metall» ta‘mi, og‘izni qurishi, glossit, stomatit, pankreatit.
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, harakat koordinasiyasini buzilishi, ataksiya, ongni chalkashishi, ta‘sirchanlik, depressiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, holsizlik, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, gallyusinasiyalar, periferik neyropatiya.
Allergik reaksiyalar: eshakemi, teri toshmasi, terini qizarishi, burunni bitishi, isitma, artralgiyalar.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: dizuriya, sistit, poliuriya, siydikni tutib turaolmaslik, kandidoz, siydikni qizil-jigarrang rangga bo‘yalishi.
Mahalliy reaksiyalar: tromboflebit (og‘riq, in‘eksiya qilingan joyda qizarish va shish).
Boshqalar: neytropeniya, leykopeniya, EKG da T tishini tekislanishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, leykopeniya (shu jumladan anamnezdagi), MNT organik shikastlanishlari (shu jumladan tutqanoq), jigar yetishmovchiligi (katta dozalarda buyurilgan holda), homiladorlik (I uch oyligi), laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan – homiladorlik (II-III uch oyliklar), buyrak/jigar yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Vena ichiga yuboriladigan Metronidazolni boshqa dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya qilinmaydi.
Bilvosita antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi, bu protrombin hosil bo‘lishi vaqtini uzayishiga olib keladi.
Disulfiramga o‘xshab, etanolni o‘zlashtiraolmaslikni chaqiradi. Disulfiram bilan bir vaqtda qo‘llash turli nevrologik simptomlarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin (buyurishlar orasidagi interval – 2 haftadan kam bo‘lmasligi kerak).
Simetidin metronidazolning metabolizmini ingibisiya qiladi, bu qon zardobida uning konsentrasiyasini oshishiga va nojo‘ya ta‘sirlarini rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.
Jigar mikrosomol oksidlanish fermentlarini rag‘batlantiruvchi preparatlarni (fenobarbital, fenitoin) bir vaqtda buyurish, metronidazolning eliminasiyasini tezlashtirishi mumkin, buning natijasida uning plazmadagi konsentrasiyasi pasayadi.
Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, oxirgisining plazmadagi konsentrasiyasi oshishi va intoksikasiya belgilari rivojlanishi mumkin.
Qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar (vekuroniy bromidi) bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Sulfanilamidlar metronidazolning mikroblarga qarshi ta‘sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolash davrida etanolni qabul qilish mumkin emas (disulfiramsimon reaksiyalar rivojlanishi mumkin: qorinda spastik og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzga to‘satdan qon oqib kelishi yuz berishi mumkin). 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlarda amoksisillin bilan majmuada qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Uzoq muddat davolanishda qon manzarasini nazorat qilish kerak.
Leykopeniyada davolashni davom ettirish infeksion jarayonni rivojlanish xavfiga bog‘liq.
Ataksiya, bosh aylanishini paydo bo‘lishi va bemorlarda boshqa har qanday nevrologik holatning yomonlashishi davolashni to‘xtatishni talab qiladi.
Treponemalarni immobilizasiya qilishi va soxtamusbat Nelson sinamasiga olib kelishi mumkin.
Siydikni to‘q rangga bo‘yaydi.
Ayollardagi trixomonadali vaginitni va erkaklardagi trixomonadali uretritni davolashda jinsiy aloqadan saqlanish kerak. Davolash xayz ko‘rish vaqtida to‘xtatilmaydi. Trixomoniazni davolashdan keyin hayz ko‘rishning navbatdagi uch sikli davomida xayz ko‘rish oldidan va keyin nazorat sinamalarini o‘tkazish lozim. Lyambliozni davolashdan keyin, agarda belgilari saqlansa, 3-4 haftadan keyin bir necha kun oralig‘ida ahlatni 3 marta tahlilini (ayrim muvaffaqiyatli davolangan bemorlarda invaziya chaqirgan laktozani o‘zlashtiraolmaslik bir necha hafta yoki oylar davomida lyamblioz belgilarini eslatib saqlanishi mumkin) o‘tkazish lozim.
Laktasiya davrida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, ataksiya.
Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni yuborish (preparat ichga qabul qilingan holda), gemodializni o‘tkazish. Metronidazol va uning metabolitlari gemodializda yaxshi chiqariladi.
Chiqarilish shakli
Birlamchi o‘ram: 100 ml eritma infuzion eritmalar uchun rangsiz plastik (RR) flakonda.
Ikkilamchi o‘ram: 1 flakon karton qutida (qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga).
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25 0 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Metronidazol nima va preparatning barcha shakllarini to’g’ri qanday qo’llash mumkin?
Ushbu dori qaysi guruhga tegishli ekanligini bilib olsangiz, Metronidazolning nima ekanligini tushunishingiz mumkin. Bu eng muhim tibbiy asboblardan biridir. Kuchli antibiotiklar, yallig’lanishga qarshi va antiprotozoal ta’sirga ega. Metronidazol antibiotik bo’lib, to’g’ri qo’llanilganda, uning sog’lig’iga zarar etkazmasdan murakkab kasalliklarni tezda davolash mumkin.
Metronidazolga nima yordam beradi?
Preparatning asosiy faol moddasi metronidazoldir. Bundan tashqari, dori tarkibiga bunday tarkibiy qismlar kiradi:
- kartoshka nişastası;
- mikrokristalin tsellyuloza;
- kaltsiy stearati.
Preparatning o’ziga xos xususiyatlari – uning faol komponentlari tezda to’qimalarga, ichki organlarga kirib, patogen hujayralar DNKlari bilan o’zaro muloqot qilishni boshlaydi. Natijada infektsiyaning tarqalishi to’xtatiladi. Foydalanish uchun metronidazol ko’rsatkichlari farq qiladi. Preparatning asosiy ixtisosligi patogen mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan kasalliklardir, ammo uni parazitar bosqindan himoya qilish tavsiya etilmaydi.
Metronidazol – plazma – foydalanish uchun ko’rsatmalar
Metronidazol shamda qanday ishlatiladi? Odatda preparat profilaktik maqsadlarda qo’llaniladi – operatsiya davomida anaerob infektsiyalarining rivojlanishiga yo’l qo’ymaslik (ayniqsa, qorin bo’shlig’i va siydik yo’llarining organlarida bajariladigan). Bundan tashqari, Metronidazol – süppozituvarlar – quyidagi hollarda qo’llaniladi:
- surunkali alkogolizm;
- amoebik dizenteriya ;
- trichomoniasis uritridi ;
- trichomoniasis vaginitis ;
- anaerobli infektsiyalar (preparatga beqaror bo’lmagan mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan);
- bakterial vaginoz.
Metronidazol tabletkalari – foydalanish uchun ko’rsatmalar
Dori vositasida dori vositasi tibbiyotda keng qo’llaniladi. Ko’p hollarda Metronidazol tabletkalari nazorat qilish uchun ishlatiladi:
- ichki organlarning amoebik shikastlanishi;
- teri infektsiyalari;
- balantidiyaz;
- yumshoq to’qimalar va suyaklarning xo’ppozlari;
- leishmaniasis ;
- peritonit va periton infektsiyalari;
- o’n ikki barmoqli ichakda va safroda lambli;
- oshqozon va o’n ikki barmoqli ichakning oshqozon yarasi;
- pseudomembranous komponentli kolit;
- endokardit va miyokardit;
- genitouriner tizimining trichomoniasis infektsiyalari;
- bakterial septikemiya;
- pastki nafas yo’llarining infektsiyalari.
Nima uchun metronidazol planshetli formada? Preparat nafaqat davolash uchun, balki profilaktika maqsadida ham qo’llanilishi mumkin. Ko’plab mutaxassislar operatsiyadan keyingi turli xil qiyinchiliklarning oldini olish uchun vositadan yordam so’rashadi. Ko’pincha dorilarni bemorlarga yallig’lanishga qarshi davolashning bir qismi sifatida kiritish tavsiya etiladi. Ba’zida planshetlar mahalliy davolash uchun ishlatiladi. Metronidazol, masalan, yarali yarali teri kasalliklarini engishga yordam beradi.
Metronidazolni ishlatish uchun glikoz
Ushbu dori turli shakllarda mavjud va ichki va mahalliy boshqaruv uchun ishlatilishi mumkin. Keyingi holatda Metronidazol jel papules, pustules, rosacea bilan kurashish uchun mos bo’lgan piyodalarga qarshi ishlatiladigan samarali vosita sifatida ishlaydi. Preparat antioksidant faollikka ega va yallig’lanish jarayonida to’qimalarga zarar etkazadigan moddalar ishlab chiqarishni to’xtatadi.
Metronidazolning eritmasi
Yana bir mashhur tibbiyot shakli. Malhami uchun metronidazol ko’rsatkichlari quyidagicha:
- pimpullar;
- rosacea;
- akne püskürmesi .
Yog ‘ichidagi faol modda miqdori 1% konsentratsiyada bo’ladi. Preparat sezilarli mikroblarga qarshi ta’sirga ega. Bu muammoni tez va samarali bartaraf etishga yordam beradi. Boshqa narsalar qatorida, metronidazolning malhamidan foydalanish oson. Epidermis yuzasida yaxshi tarqaladi, tez so’riladi va yoqimsiz hissiyotlarni ortda qoldirmaydi.
Metronidazolning eritmasi
Metronidazolni planshetlar, shampunlar, malham va jel shaklida nima uchun belgilab qo’yganini tushunib, ular preparatni ampulalarda davolashayotganini aniqlash qiyin emas. Turli turdagi giyohvand moddalarni iste’mol qilish uchun ko’rsatmalar bir oz farq qiladi. Metronidazol – infuziyalar uchun eritma – ishlatiladigan:
- Nekrotizan pnevmoniya;
- o’pkaning xo’ppozlari;
- endokardit;
- bakteremiya;
- ensefalit;
- meningit;
- septisemi;
- jigar xo’ppozlari;
- o’t pufagining yallig’lanishi;
- peritonit;
- Abortdan organlarning xo’ppozlari;
- gaz gangrenasi;
- osteomiyelit;
- jigar va intestinal amebiazning og’ir shakllari;
- miyaning yiringli yallig’lanishi;
- ayol jinsiy organlarining infektsiyalari.
Metronidazol – dastur
Metronidazol uchun nima bo’lganligini o’rganib chiqqanidan so’ng preparatni qo’llash usullari haqida batafsil ma’lumot berish kerak. Har bir forma o’z xususiyatlariga ega. Metronidazolni ishlatishdan oldin ularni o’qish tavsiya etiladi:
- Planshetlar og’izdan foydalanish uchun mo’ljallangan. Ovqatlanish paytida yoki undan keyin ularni ichish kerak. Tabletkalar chaynashmaydi. Preparatni sut bilan ichish mumkin. Bir kunlik kurs 8 tabletkadan iborat – 2 g, bir yoki ikki dozada olinishi mumkin.
- Yechim – va metronidazolning yuqorida ta’riflangan ushbu formasida qaysi maqsadda buyuriladi – vena ichiga AOK qilinadi. 100 ml dozasi 30 minut uchun hisoblanadi. Har 8 soatda drakkalarni qilishingiz kerak. Buyrak kasalliklarida bo’shliqlar 12 soatgacha ko’tariladi.
- Jel tepalikka ishlatiladi. Oldindan tozalangan teriga yoki shilliq qavatga ingichka qatlam qo’llaniladi. Muolajalar oralig’i 12 soatdan kam bo’lmasligi kerak. Davolash kursi bir oydan to to’rtgacha davom etadi.
- Candlar vaginaga AOK qilinadi. Bitta doz 2 g yoki 500 mg. Kuniga ikki marta 10 kun davomida protsedurani bajarish kerak. Davolashning davomiyligi uchun jinsiy aloqani uzish kerak.
Homiladorlik davrida metronidazol
Metronidazol nega ba’zan kelajakda onalarga beriladigan bo’lsa, buni tushunish mumkin, ammo homiladorlik paytida ushbu preparatni olish mumkin. Asosiy muammo – preparatning faol moddalari plasental to’siqqa o’tadi va tezda homila qoniga kiradi. Noxush oqibatlardan qochish uchun dori faqat potentsial foydasi mumkin bo’lgan zararni oshirishi mumkin. Preparatning metronidazol dozasi shifokor bilan mutanosib. Homiladorlik dastlabki uch oyligida davolanish keskin kamayadi.
Ginekologiyada metronidazol
Ginekologik amaliyotda preparat keng qo’llaniladi. Ayollarda infektsiyalarni antibakterial davolash uchun ishlatiladi. Odatda, ginekologiyada metronidazol quyidagi hollarda buyuriladi:
- endometrit;
- uretrit;
- tuxumdonlarning xo’ppozi;
- trichomoniasis;
- vaginal vaginal infektsiyalar;
- fallop naychalarining xo’ppozi;
- trichomoniasis yoki bakterial vaginitis;
- tuxumdonlarning infektsiyalari.
Ko’pincha metronidazol qo’ziqorin uchun tavsiya etiladi. Preparatning eng keng tarqalgan shakllari sham va jeldir. Tibbiyot turli bosqichlarda kasallik bilan kurashadi. Preparatning samaradorligini oshirish uchun kompleks terapiyadan foydalanish tavsiya etiladi. Asosiy faol moddaga yuqori sezuvchanlik bo’lsa, pilikni ishlatish tavsiya etilmaydi.
Sistitda boshqa metronidazol ham keng tarqalgan. Dori o’zini yaxshi ko’rsatdi. U yallig’lanishni keltirib chiqaradigan patogenlar bilan tezda yuqadi. Metronidazolning dozasi alohida tanlanadi, ammo odatda bemorlarga 1-2 tabletka ichish tavsiya etiladi. Optimal terapevtik kurs kamida 7 kun.
Trichomoniasis bilan kurashish uchun Metronidazol kuniga ikki marta 2 tabletka buyuriladi. Davolash 10 kundan kam davom etishi kerak. Tabletkalar bilan parallel ravishda vaginal shampunlarni qo’llash tavsiya etiladi. Ularga kuniga ikki marta – ertalab va kechqurun qo’ying. Bir trichomoniasisni davolashni boshlash uchun oy davomida eng tegmaslik – aylanish jarayonining boshida.
Anjinada metronidazol
Metronidazolning an’anaviy tarzda buyurilganlari ro’yxatida hech qanday sabab yo’q. Muammo shundaki, dori har doim ham tonzilitga olib keladigan mikroorganizmlarga qarshi samarali emas. Metronidazol antibiotik bo’lgani uchun, uning otorinolaringologlari faqatgina foydalanishdan kutilgan foyda mumkin bo’lgan zararni sezilarli darajada oshirgan taqdirda belgilanishi mumkin.
Genyantrit bilan metronidazol
Kasallik o’tkir va surunkali. Agar sovuqdan so’ng, o’tkir burunning yiringli oqishi bilan og’rigan bo’lsa, KBB shifokori Metronidazolni davolashni buyurishi mumkin – kuniga 250 mg dan 3 tabletka 10 kun. Bu holda preparat yallig’lanishni bartaraf etishga va yiringni yo’q qilishga yordam beradi. To’g’ri, samarali dori faqatgina genyantrit kasalligida bakterial bo’lishi mumkin. Aks holda, metronidazol kutilgan natijalarni bermaydi.
Demodikozda metronidazol – qabul qilish tartibi
Demodikozni davolash kursi shifokorga har bir bemor uchun alohida-alohida belgilanadi. Bundan tashqari, mutaxassis dorivor preparatning eng to’g’ri shaklini tanlaydi. Tabletkalardagi metronidazolni qabul qilish odatda 2 haftadan ko’p davom etadi. Bu davrda patogen mikrorganizmlar populyatsiyasi sezilarli darajada kamayadi va yangi terining paydo bo’lishi to’xtaydi, ammo ayrim hollarda davolanish 2-3 oy davom etishi mumkin.
Ta’sirni maksimal darajada oshirish uchun mutaxassislar dori-darmonlarni kesib o’tishni tavsiya etmaydi. To’satdan “muhlat” zararli mikroorganizmlarga yaxshi ta’sir qilishi mumkin va ular antibakterial vositaga chidamli bo’ladi. Preparatning ikkilamchi dozasidan keyin yordam berilmaydi va qabul qiling. Ichish tabletkalari ovqatdan keyin 2 soatdan keyin bo’lishi kerak. Ularni ko’p miqdorda suv bilan ichish yaxshidir.
Helicobacter pylori davolashda metronidazol
Ushbu preparat Helicobacter bilan kurashish uchun ishlatiladigan birinchi antibiotik edi. Preparatni bakteriyalarga qarshi samaradorligini Barry Marshall topdi. O’zining tajribasi bor va muvaffaqiyatli shifo topgan. Bugungi kunda, Helicobacter’dan Metronidazolni ishlatishdan oldin, shifokor bilan maslahatlashish va bir qator tadqiqotlar o’tkazish kerak. Aslida, bakteriyalarning moddaning qarshiligi tobora ortib bormoqda, shuning uchun dori vositasi samarasiz bo’lishi mumkin.
Metronidazol – yon ta’siri
Ularni noto’g’ri qabul qilish yoki preparatni suiiste’mol qilish oqibatidadir. Tadqiqotlar va sharhlarga ko’ra, Metronidazol 500 va boshqa dozalarda bu kabi yon ta’sirga olib kelishi mumkin:
- ko’ngil aynish;
- qusish;
- stromatit;
- pankreatit;
- ruhiy tushkunlik;
- uyg’otishning kuchayishi;
- zaiflik;
- glossitis;
- Og’izdagi metall ta’m;
- tromboflebit;
- urticaria;
- qichimish;
- sistit;
- burun tiqilishi;
- isitma;
- Candidiasis;
- konvulsiyalar;
- gallyutsinatsiyalar;
- bosh aylanishi;
- harakatlarni muvofiqlashtirishni buzish.
Metronidazol – kontrendikatsiyalar
Dori uchun juda ko’p ogohlantirishlar va qarshi ko’rsatmalar mavjud emas. Metronidazol 250dan va boshqa holatlarda quyidagi hollarda foydalanish tavsiya etilmaydi:
- metronidazolning individual intoleransi bilan;
- jigar va buyrak yetishmovchiligi bo’lgan bemorlar;
- homilador ayollar;
- laktatsiya davrida;
- markaziy asab tizimining organik lezyonlaridan azob chekayotgan odamlar;
- lökopeni bilan
Metronidazol – preparatning analoglari
Dori juda ko’p afzalliklarga ega bo’lsa-da, ba’zi bemorlar Metronidazol o’rnini qanday o’zgartirish haqida o’ylashlari kerak va davolash uchun muqobil dorilar izlashadi. Majburiy shifokor bilan almashtiring. Eng mashhur va samarali metronidazol analoglari shunga o’xshash:
- Gravagin;
- Trichopol;
- Mistol;
- Bayroq;
- Metrogil;
- Dazolik;
- Meradazol;
- Intesol;
- Meter;
- Meratin;
- Ornigil;
- Ornisol;
- Metrid;
- Protokol;
- Tinidazol;
- Trikasid;
- Tager;
- Fazijin;
- Efloran.
Metroindazol Qo’llanilishi
Sog’ligingizga ziyon yetkazmang .
Saytda ko’rsatilgan ma’lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so’ng foydalaning.
Preparat haqida asosiy ma’lumotlar
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 5 mg metronidazol; yordamchi moddalar: natriy xloridi, natriy edetati, inyektsiya uchun suv.
Ta’sir etuvchi modda(XPN):
Preparatning savdo nomi:
Farmakalogik guruhi:
Tizimli qo‘llash uchun mikroblarga qarshi vositalar. Imidazol hosilalari.
Dori shakli:
infuziya uchun eritma.
tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Tizimli qo‘llash uchun mikroblarga qarshi vositalar. Imidazol hosilalari.
Qo’llanilishi
Metronidazolga sezgir anaerob mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash (asosan anaerob bakteriyalar tomonidan chaqirilgan). Preparat bilan davolash quyidagi hollarda samarali: markaziy nerv tizimining infektsiyalari (meningit, bosh miya abstsessi);o‘pka va plevra infektsiyalari (nekrozlovchi pnevmoniya, aspiratsion pnevmoniya, o‘pka abstsessi);endokardit;me’da-ichak yo‘llari va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining abdominal qismi infektsiyalari, jumladan, peritonit, jigar abtsesslari, yo‘g‘on ichak yoki to‘g‘ri ichakdagi operatsiyalardan keyingi infektsiyalarda, abdominal yoki chanoq sohasining yiringli shikastlanishlari;ginekologik infektsiyalar (shu jumladan gisterektomiyadan yoki kesarev kesish operatsiyasidan keyingi endometrit, tug‘ruq isitmasi, septik abort);LOR a’zolari va og‘iz bo‘shlig‘i infektsiyalari (Simanovskiy-Plaut-Vinsent anginasi ham);suyak va bo‘g‘imlar infektsiyasi (shu jumladan osteomiyelit);gazli gangrena;tromboflebit bilan kechuvchi septitsemiyalar. Aralash anaerob va aerob infektsiyalarda aerob infektsiyani davolash uchun Metronidazolga muvofiq keladigan antibiotikni qo‘shimcha ravishda qo‘llash kerak. Profilaktika maqsadida qo‘llash har doim anaerob infektsiyani rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan operatsiyalarda (ginekologik va intraabdominal operatsiyalarda) tavsiya etiladi. Metronidazolni qo‘llaganda antimikrob preparatlarni muvofiq qo‘llash yuzasidan milliy va xalqaro tavsiyalarini hisobga olish zarur.
Qo’llash usuli va do’zalari
Dozaga patsiyentning davolashga bo‘lgan individual javobi, uning yoshi va tana vazni va kasallikning og‘irligiga qarab tuzatish kiritiladi. Dozalash yuzasidan quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilish kerak: Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: Odatdagi doza har 8 soatda 500 mg ni tashkil qiladi. Tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lganda davolashni boshida boshlang‘ich yuklama doza tana vazniga 15 mg/kg ni buyurish mumkin. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: Har 8 soatda bir kg tana vazniga 7-10 mg metronidazol, bu tana vazniga sutkalik 20-30 mg metronidazol/kg ga to‘g‘ri keladi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar Dozani kamaytirishga zarurat yo‘q, “Farmakologik xususiyatlari” bo‘limiga qaralsin. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar Og‘ir jigar yetishmovchiligida metronidazolning zardobdan yarim chiqarilish davrini uzayishi, plazma klirensini esa tutilishi sababli, bunday patsiyentlarga dozani kamaytirish tavsiya etiladi (“Farmakologik xususiyatlari” bo‘limiga qaralsin). Davolash davomiyligi Davolash davomiyligi uning samaradorligiga bog‘liq. Ko‘p hollarda yetti kunlik kurs yetarli bo‘ladi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘lgan hollarda davolashni davom ettirish mumkin (“Qo‘llash xususiyatlari” bo‘limiga qaralsin).
Nojo’ya ta’sirlar
Nojo‘ya ta’sirlari asosan yuqori dozalarni uzoq vaqt qo‘llash bilan bog‘liq. Ko‘pincha uzoq vaqt qo‘llanilganda ko‘ngil aynishi, ta’m bilish xususiyatining o‘zgarishi, neyropatiya xavfi kuzatiladi. Keyingi ro‘yxatda nojo‘ya ta’sirlarni ta’riflash uchun quyidagi mezonlar qo‘llaniladi: juda tez-tez: ≥1/10; tez-tez: ≥1/100-
Qo’llash mumkin bo`lmagan holatlar
Metronidazolga yoki boshqa nitroimidazol hosilalariga, yoki uning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik, markaziy nerv tizimini organik shikastlanishlari, qon tizimi kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o’zaro ta’siri
Alkogol Metronidazol bilan davolash davrida, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i (disulfiramsimon ta’sir) kabi nojo‘ya ta’sirlari rivojlanishi mumkinligi tufayli, alkogolli ichimliklarni iste’mol qilishdan saqlanish kerak. Amiodaron Amiodaron va metronidazolni birga qo‘llanganida torsade de pointes va QT intervalini uzayishi haqida xabar berilgan. Amiodaronni metronidazol bilan majmuada qo‘llanganda EKG da QT intervalini monitoring qilib turish maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Ambulator ravishda davolanayotgan bemorlarda torsade de pointes simptomini ko‘rsatuvchi belgilar, bosh aylanishi, yurak urishining tezlashishi yoki hushdan ketish kabi holatlar kuzatilganda shifokorga murojaat qilish maslahat beriladi. Barbituratlar Fenobarbital metronidazolning jigardagi metabolizmini kuchaytirishi, uning plazmadan yarim chiqarilish davrini 3 soatgacha qisqartirishi mumkin. Bisulfan Metronidazolni bir vaqtda qo‘llanilishi bisulfanning plazmadagi kontsentratsiyasini sezilarli oshirishi mumkin. Ularning o‘zaro ta’siri mexanizmi ta’riflanmagan. Bisulfanning plazmadagi darajasini oshishi bilan bog‘liq og‘ir zaharlanish va o‘lim bilan yakunlanishining potentsial xavfi sababli, uni metronidazol bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak. Karbamazepin Metronidazol karbamazepinning metabolizmini susaytirishi va buning natijasida metronidazolning plazmadagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Tsimetidin Tsimetidin bilan bir vaqtda qo‘llanganda kam hollarda metronidazolni chiqarilishi kamayadi va bu muvofiq ravishda metronidazolning zardobdagi kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi. Kontratseptivlar Ba’zi antibiotiklar kam hollarda steroid kon’yugatlarni ichakda bakterial gidroliziga ta’sir qilib, peroral kontratseptivlarning samaradorligini kamaytirishi mumkin va natijada kon’yugatsiyaga uchramagan steroidlarni qayta so‘rilishi kamayadi, natijada plazmadagi faol steroidlar darajasi pasayadi. Bu g‘ayri oddiy o‘zaro ta’sir safro orqali steroid kon’yugatlarining yuqori darajada ajralishi aniqlangan ayollarda kuzatilishi mumkin. Peroral kontratseptivlarning samarasizligining ma’lum holatlari turli antibiotiklarni, shu jumladan ampitsillin, amoksitsillin, tetratsiklin, shuningdek metronidazolni qo‘llanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Kumarin hosilalari Metronidazolni bir vaqtda qo‘llanishi kumarin hosilalarini antikoagulyant ta’sirini kuchaytirishi va jigarda deradatsiyasini pasaytirishi tufayli qon ketish xavfini oshirishi mumkin. Antikoagulyantlarning dozasiga tuzatish kiritish kerak bo‘lishi mumkin. Tsiklosporin Tsiklosporin va metronidazol bilan bir vaqtda davolanilganda, tsiklosporinning zardobdagi kontsetratsiyasini oshish xavfi bor. Tsiklosporin va kreatinin darajalarini tez-tez monitoring qilib turish zarur. Disulfiram Disulfiramni bir vaqtda qo‘llanilishi hushni chalkashish holatlarini yoki hattoki psixotik reaktsiyalarni ham chaqirishi mumkin. Bu preparatlarning majmuasiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ftoruratsil Bir vaqtda qo‘llanganda metronidazol ftoruratsilning metabolizmini pasaytiradi, ya’ni ftoruratsilning plazmadagi kontsentratsiyasi oshadi. Litiy Metronidazolni litiy tuzlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda ehtiyotkorlikka amal qilish kerak, chunki metronidazol bilan davolash davrida litiyning zardobdagi kontsentratsiyalarini oshishi kuzatilgan. Mikofenolyat mofetil Me’da-ichak mikroflorasini o‘zgartiruvchi moddalar (masalan, antibiotiklar) mikofenol kislotasi preparatlarining og‘iz orqali qabul qilingandagi biokiraolishligini pasaytirishi mumkin. Infektsiyaga qarshi vositalar bilan davolash vaqtida mikofenol kislotasining immunosupressiv samarasi pasayishini aniqlash uchun sinchkov klinik va laborator monitoringni o‘tkazish tavsiya etiladi. Fenitoin Bir vaqtda qo‘llanganda metronidazol fenitoinning metabolizmini ingibitsiya qiladi, ya’ni fenitoinning plazmadagi kontsentratsiyasi kamayadi. Boshqa tomondan, fenitoin bilan bir vaqtda qo‘llanganda metronidazolning samarasi pasayadi. Takrolimus
Maxsus ko’rsatmalar
Tutqanog‘i va markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan tirishish bo‘sag‘asini pasayishi bilan kechuvchi kasalliklari bilan xastalangan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Og‘ir jigar shikastlanishlari, gemopoezni buzilishi (shu jumladan granulotsitopeniyasi) bo‘lgan patsiyentlarga, metronidazolni faqat kutilayotgan foyda yuz berishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Markaziy yoki periferik nerv tizimining faol yoki surunkali og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda, ahvolni yomonlashish xavfi tufayli, metronidazolni kutilayotgan foyda potentsial xavfdan ancha ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Oldin metronidazol bilan davolangan bemorlarda konvulsiv xurujlar va periferik neyropatiyalar aniqlangan, oxirgilar qo‘l-oyoqlarni uvishishi va paresteziyasi bilan xarakterlangan. Anomal nevrologik o‘zgarishlarni paydo bo‘lishi, davolashni davom ettirish uchun xavf/foyda nisbatini zudlik bilan baxolashni talab etadi. Metronidazol bilan davolashda yuqori sezuvchanlikning og‘ir rektsiyalari (shu jumladan anafilaktik shok) yuz bergan hollarda, zudlik bilan davolashni to‘xtatish va umumiy shoshilinch davolashni boshlash kerak. Davolash davrida yoki undan keyingi haftalar davomida yuz beruvchi og‘ir persistentsiyalanuvchi (avj olmaydigan) diareya soxta membranoz kolitni (ko‘p hollarda Clostridium difficile tomonidan chaqirilgan) rivojlanishi oqibatida yuz berishi mumkin, “Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limiga qarang. Bu antibiotik bilan chaqirilgan ichak kasalligi bo‘lib, hayotga xavf tug‘dirishi mumkin va shoshilinch o‘ziga mos davolashni talab etadi. Peristaltikani susaytiradigan preparatlarni qo‘llash mumkin emas. Metronidazol yoki boshqa nitroimidazol saqlovchi preparatlarni 10 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas. Faqat ayrim hollarda o‘ta zarur bo‘lgan hollarda, davolashni muvofiq klinik va laborator monitoring bilan birga olib borgan holda uzaytirish mumkin. Takroriy davolashni kamdan kam hollargacha maksimal cheklash kerak. Bu cheklovlarga qat’iy amal qilish lozim, chunki metronidazolning mutagen faolligini inkor etib bo‘lmaydi, shuningdek hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda ma’lum bir o‘sma jarayonlarini rivojlanish tezligini oshishi aniqlangan. Metronidazol bilan uzoq muddatli davolash suyak ko‘migi faoliyatini susayishi bilan kechishi mumkin, bu gemopoezni buzilishiga olib kelishi mumkin. Uning ko‘rinishlari “Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limida keltirilgan. Uzoq muddatli davolashda qon formulasini nazorat qilib turish tavsiya etiladi. Bu dori vositasi 100 ml da 14 mmol (yeki 322 mg) natriy saqlaydi, natriy miqdori nazorat qilinuvchi parhezga amal qiluvchi patsiyentlar buni hisobga olishlari zarur. Laborator ko‘rsatkichlarga ta’siri Metronidazol aspartataminotransferaza, alaninotransferaza, laktatdegidrogenaza, triglitseridlar, glyukozateksokinazlar enzimator–spektrofotometrik usulda aniqlanishiga ta’sir qilib, uning ko‘rsatkichlarini pasaytirishi mumkin (ehtimol nolgacha tushirishi mumkin). Nikotinamidadenindinukleotid (NADH) aniqlanadigan to‘lqin uzunligida, metronidazol to‘lqinni yuqori yutish ko‘rsatkichlariga ega. Shu sababli qayta tiklangan NADH kamayishining oxirgi nuqtasiga asoslangan, doimiy oqim usuli bilan NADH aniqlanganda, metronidazol jigar enzimlarining kontsentratsiyasini oshishini niqoblashi mumkin. Jigar enzimlarining o‘zgacha past kontsentratsiyalari, nol qiymatlari aniqlanishi mumkin. Metronidazol- faqat bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Ishlatilmagan qoldig‘ini yo‘q qilish kerak. Preparatni 0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki 5% li glyukoza eritmasida suyultirish mumkin. Suyultirish jarayonida odatdagi aseptika qoidalariga rioya qilish kerak. Eritmani, agar u tiniq bo‘lsagina, konteyner yoki qobig‘ida shikastlanish belgilari bo‘lmasagina qo‘llash mumkin.
Homiladorlik va laktasiya davrida
Homiladorlik Metronidazolni homiladorlikda qo‘llash xavfsizligi yetarlicha o‘rganilmagan. Xususan, uni qo‘llash to‘g‘risida bir-biriga zid xabarlar bor. Ba’zi tadqiqotlarda rivojlanish nuqsonlari soni oshganligi aniqlandi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda teratogen samarasi aniqlanmadi. Homiladorlikning I uch oyligida metronidazolni faqat hayotga xavf tug‘diruvchi og‘ir infektsiyalarda, boshqa xavfsizroq muqobil davolash usuli bo‘lmagan hollarda qo‘llash mumkin, II va III uch oyliklarida metronidazolni, faqat kutilayotgan foyda yuz berishi mumkin bo‘lgan xavfdan yaqqol ustun bo‘lsagina infektsiyalarni davolash uchun qo‘llash mumkin. Emizish davrida qo‘llash Metronidazol ona sutiga ekskretsiya qilinishi tufayli, davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak. Preparat bekor qilinganidan keyin faqat 2-3 kun o‘tgach emizishni qayta boshlash mumkin, chunki metronidazol uzaygan yarim chiqarilish davriga ega.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.