Press "Enter" to skip to content

O‘zbekistonda “tonirovka” narxlari arzonlashgani haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirildi

Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

Rasman! «Tonirovka» narxi arzonlashmoqda (video)

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Avtotransport vositalarining oynalari tusini o‘zgartirishga ruxsatnoma olish» xizmati joriy etildi.

Endi siz avtotransport oynalari tusini o‘zgartish uchun ruxsatnomani onlayn olish barobarida, yaxshigina (10 foiz!) chegirmaga ham ega bo‘lasiz. Bu — «tonirovka»ning narxi orqa yon oynalar uchun 135 ming so‘m (yuridik shaxslar uchun 270 ming so‘m), old va orqa yon oynalar uchun esa 1 million 300 ming so‘mga arzonlashdi degani!

Bo‘lishi mumkin emas? Qanday qilib deysizmi?!

Agar bu sizni qiziqtirib qo‘ygan bo‘lsa, o‘z avtotransportingizda qulaylik bo‘lishini va hech qanday jarimasiz «tonirovka»da yurishni istasangiz, barcha savollaringizga my.gov.uz manzilidan javob topasiz!

Quyidagi videoyo‘riqnomada xizmatdan foydalanish tartibi batafsil keltirilgan.

Xizmatning yana bir afzallik jihati — uning tezkorligi. Ya’ni to‘lov amalga oshirilgach, uzog‘i 2 soat ichida Yagona portaldagi shaxsiy kabinetingizga elektron ko‘rinishdagi QR-kodli sertifikat, ya’ni ruxsatnomangiz kelib tushadi. Va uni istalgan vaqtda yuklab olishingiz mumkin.

Haydovchilarga yana bir ma’qul tomoni, endi avtotransport oynasiga STIKЕR majburiy ravishda yopishtirilmaydi!

Shuningdek, oynalarni tusini o‘zgartirishga berilgan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish (avtotransport vositasining mulkdori, davlat raqam belgisi o‘zgargan taqdirda) elektron davlat xizmati joriy yilning 1 oktabr kunidan ishga tushirilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

O‘zbekistonda “tonirovka” narxlari arzonlashgani haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqda 2021-yilning 15-fevral kuni avtomobil oynalari tusini o‘zgartirish (qoraytirish) narxi arzonlashgani haqida xabar tarqaldi.

  • jismoniy va yuridik shaxslarga — bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 5 baravari (1 million 115 ming so‘m);
  • xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga — BHMning 20 baravari (4 million 460 ming so‘m).
  • jismoniy va yuridik shaxslarga — BHMning 25 baravari (5 million 575 ming so‘m);
  • xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga — BHMning 80 baravari (17 million 840 ming so‘m) etib belgilandi.
  • orqa yon oynalar bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun — BHMning besh baravari miqdorini, yuridik shaxslar uchun BHMning o‘n baravari miqdorini va O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun BHMning yigirma baravari miqdorini;
  • orqa va old yon oynalar bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun BHMning ellik baravari miqdorini, yuridik shaxslar uchun BHMning ellik baravari miqdorini va O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun BHMning sakson baravari miqdorini tashkil etadi.

Ta’kidlanishicha, ushbu qaror talablari ayni vaqtda amalda bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar asossiz ma’lumot hisoblanadi, deyiladi xabarda.

Bundan avval O‘zbekistonda “tonirovka” uchun ruxsatnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham berish boshlangani, qariyb 1,5 yilda “tonirovka” uchun 302 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ undirilgani hamda yuk mashinalari va avtobuslarning oynalarini “tonirovka” qilishga ruxsat berilgani haqida xabar berilgandi.

Кто-то пишет комментарии.
Asosiy yangiliklar
Bugun, 10:35
Bugun, 10:10
Bugun, 00:10
Ko‘proq yangiliklarni yuklash

  • Daryo
    • Internet-nashr
    • Tahririyat haqida
    • Aloqa ma’lumotlari
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Yangiliklar arxivi
    • Instagram | Rasmiy
    • Instagram | Lifestyle
    • Instagram | Sport
    • Facebook | Rasmiy
    • OK | Rasmiy
    • YouTube | Daryo
    • YouTube | Daryo Rus tilida
    • YouTube | Daryo Global
    • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
    • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
    • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
    • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
    • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
    • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Rasman: «Tonirovka» narxi 6 baravar arzonlashtirildi

    O‘zbekistonda 1 iyuldan boshlab mashinalarning orqa yon oynalar tusini o‘zgartirish mutlaqo tekin bo‘ladi. Bu borada tegishli prezident qarori e’lon qilindi.

    Qarorda aytilishicha, avtomashinalarning orqa yon oynalariga «tonirovka» yopishtirish tekin bo‘ladi. Bu borada ruxsatnoma olish tartibi bekor qilinadi. Hozirda bu uchun 1,5 million so‘m to‘lov qilish kerak.

    Mashinaning oldi yon oynalari tusini o‘zgartirish esa hamon pulli bo‘lib qoladi, ammo narxi olti baravar arzonlashtirilgan. Hozirda old yon oynalar tusini o‘zgartirish uchun 15 million so‘m to‘lash kerak. Ya’ni faqat barcha yon oynalar tusini o‘zgartirish uchun belgilangan BHMning 50 baravari miqdoridagi to‘lovni amalga oshiribgina orqa yon oynalarni qoraytirish mumkin. 1 iyuldan esa bu to‘lov BHMning sakkiz baravari miqdorida, ya’ni 2,4 million so‘m etib belgilandi.

    Qarorga ko‘ra mashinalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi ham o‘zgartirilgan. Unga ko‘ra, ishlab chiqarilganiga 11-14 yil bo‘lgan ulovlar ikki yilda bir marta texnik ko‘rikdan o‘tadi. Undan oldinroq chiqarilgan mashinalar yiliga bir marta ko‘rikdan o‘tadi. Ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha bo‘lgan mashinalarni ko‘rikdan o‘tkazish ixtiyoriy bo‘ladi.

    «Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 yil 1 sentabrga qadar oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsat berilgan avtotransport vositasiga bo‘lgan egalik huquqi o‘zgarganda, davlat raqami belgisi almashtirilganda yoki avtotransport vositasi egasining ma’lumotlarida o‘zgarish bo‘lganda avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatini avtomatik tarzda saqlab qolish tartibini joriy etsin», deyiladi qarorda.

    Prezident qarori ijrosini nazorat qilish bosh vazir Aripov zimmasiga yuklangan.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.