Press "Enter" to skip to content

Lutfiy hayoti va ijodi

Garchi qurutmas ko’zumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini.
Yig’lama ko’p, bu vujuding ishq o’ti,
Ne qurug’in qo’yg’usi,ne yoshini.

O’zbek mumtoz she’riyati. Lutfiy

O’zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Lutfiy 1366/67 yillarda Hirot atrofidagi Dehi Kanor nomli manzilda dunyoga keldi.Maktabda savod chiqargach,o’z davrining mashhur tasavvuf donishmandi Shahobiddin Xiyoboniy qo’lida tahsil oldi.Alisher Navoiyning guvohlik berishicha,Lutfiy faqirona hayot kechirgan.

Shoir o’sha davr an’analariga binoan turkiy-o’zbek va fors-tojik tillarida ijod qilgan.Uning ijodi faqat g’azallar bilan cheklanmay,”Gul va Navro’z”, “Zafarnoma” kabi yirik asarlari ham ma’lum.Afsuski,muarrix Sharafiddin Ali Shomiyning Amir Temur va temuriylar davri tarixiga bag’ishlangan “Zafarnoma” kitobining erkin she’riy tarjimasi bo’lgan Lutfiyning “Zafarnoma”si bizgacha etib kelmagan. Lutfiy o’z ijodida xalq poeziyasidan juda mohirlik foydalana ololgan shoirlardan biridir.
Lutfiy 1462/63 yillarda vafot etgan.

MAVLONO LUTFIY
ASARLARIDAN NAMUNALAR

G’AZALLAR

Ko’zung qorasi fitna,vale oqi balodur,
Jonlar oladur,vah, ne balo ko’zi qarodur?

Ko’z ustida jon olg’uvchidur xoliyu qoshi,
Bir-birga bari fitna qotilg’an ne balodur?

Hamdardtur aytay anga holimkim,inong’ay,
Gulshandin o’shul bulbuli miskin,ki judodur.

“Bosh o’ynayinu jon berayin vasl uchun” – ayttim,
Xush-xush kulub aytur mangakim:”Yaxshi bahodur!”

Ko’p qilma aning javridin,ey Lutfiy,shikoyat,
Kim,husn elining shevasi payvasta jafodur.

Jonim chiqadur dard ila,jononima ayting,
Men xasta gado holini sultonima ayting.

O’rtanmagu ko’z yoshiyu o’lmakturur ishim,
Bu qissani ul sham’i shabistonima ayting.

Qat-qat yuragim bog’ladi qon g’uncha meng’izlik,
Bu dardi dilimni guli xandonima ayting.

Qon yoshim erur yux uza yulduz kabi sonsiz,
Ul ko’zlari cho’lpon,mahi tobonima ayting.

Lutfiyi dilafkor tilar hajr eliding dod,
Ahvolini ul begimau xonima ayting.

Meni shaydo qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul,
Xoru rasvo qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.

O’qdayin qomatimizni qora qoshlig’lar uchun,
Muttasil yo qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.

Meni yozg’urma “sevar” deb,ki mening haddim emas,
Ul tamanno qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.

Borma derlar eshiki sori damo-dam,netayin,
Ko’p taqozo qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.

Qora mo’yin havasi birla qorong’u kechada,
Jonni savdo qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.

Dushmanu do’st orasinda meni g’ofilni mudom
Be saru po qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.

O’zgadin ko’rma,ki ko’zung yoshini, ey Lutfiy,
Ayni daryo qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.

Qadu og’zingg’a boqsam, oh derman,
Seni ko’rgan sayin Olloh derman.

Tilar ko’nglim seni olamdau bas,
Bu nisbatin seni dilxoh derman.

Meni haddim emaski,istasa vasl,
“Ko’z uchi birla boq goh-goh” — derman.

Qusuri tab’din derman seni sarv,
Erur ul noravo bir oh derman.

Etagingga kishining ilki etmas,
Seni bu vajh ila men moh derman.

Sening qadding bila nozik yururda,
Erur o’zga nima hamroh derman.

Jamoling Lutfi so’zin qildi rangin,
Sening husnungga “shay’anlilloh” derman.

Nega jonima jafo qilursan?
Vaqti o’ldi agar vafo qilursan.

Jonim chiqadur firoq o’tindin
Dardimg’a qachon davo qilursan?

Ul zulfni solma yuzung uzra,
Kim yuz bila ming balo qilursan.

Bo’ynungda qonim,ki bizni,ey ko’z,
Xo’blar bilan oshno qilursan.

Jondin ilikingni,Lutfiy, yuvg’il,
Chun ishq bila marhabo qilursan…

Qon bo’ldi ko’ngul firoqingizdan,
Jon kuydi ham ishtiyoqingizdan.

Dinu dilu aql bo’ldi yag’mo,
Jon olg’uvchi ul qaroqingizdan.

O’qtek bo’yimiz egildi yodek,
Ul fitnalik ikki toqingizdan.

Su bo’ldi jonim,vale damo-dam
O’tqa yoqilur dudoqingizdan.

Oltun kabi chehra bo’ldi sorig’,
Ul sim tikin saqoqingizdan.

Ko’rsam kerak oyu kun bulutsiz,
Sochni ketoring yangoqingizdan.

Bu Lutfiyi xastani so’rungkim,
Bechora o’lar firoqingizdin.

RUBOIYLAR

Sensizin ayshu sururim qolmadi,
Yig’lamoqtin ko’zda nurim qolmadi.
Ul quyosh yuzungdin ayrulg’on uchun,
Qayg’udin zarra huzurim qolmadi.

Sayd qildi bizni jayron ko’zlari,
Delva bo’ldi jon eshitib so’zlari.
Yor agar qilsa inoyat ne ajab,
Qulni chun devona qildi o’zlari.

Bu ne qoshu g’amzayi ayyor erur?
Bu ne shaklu shevau raftor erur?
Sizga osondur agar men bo’lmasam,
Sensizin lekin menga dushvor erur.

TUYUQLAR

Garchi qurutmas ko’zumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini.
Yig’lama ko’p, bu vujuding ishq o’ti,
Ne qurug’in qo’yg’usi,ne yoshini.

Necha dedim:”Ul sanamg’a bormag’in!”
Qilmadi ul tark oxir bormag’in.
Munchakim,xudraylig’ ko’rguzdi ul,
Aql hayrat qildi tishlab barmog’in.

Men sening ishqingdin,ey dil,bandaman,
Vah,qachon eytkayman ul dilbanda man.
Bevafolarg’a meni qilding asir,
Sen menga sultonsan,ey dil,bandaman.

Lutfiy hayoti va ijodi

LUTFIY HAYOTI VA IJODI
Lutfiy – o‘zbek adabiyotining XV asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrlardagi eng
mashhur lirik shoir. Shuning uchun ham zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni
«malik ul-kalom», ya’ni «so‘z podshosi» deb e’zozlagan. Manbalarda taxallusi oldidan
«ulug‘ ustod» ma’nosidagi «Mavlono» sifatining qo‘shib tilga olinishi ham – shundan.
Obro‘yi va shuhrati juda yuksak darajaga yetgan edi. Alisher Navoiy uni, o‘zining
ustozlaridan biri, deb biladi. Buni shoirlar haqidagi «Majolis un-nafois» tazkirasida shu
ulug‘ shoir haqida aytilgan ushbu iliq so‘zlar ham isbotlaydi: «Mavlono Lutfiy o‘z zamonasining
malik ulkalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi. va turkcha devoni ham mashhurdur».

3.

Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat» degan
tasawuf vakillari — shayx-avliyolar to‘g‘risidagi tazkirasida esa Lutfiyning uzoq
umr ko‘rgani va qabri haqida ham qimmatli ma’lumot beriladi: «. To‘qson
to‘qqiz yoshida olamdin o‘tdi. Qabri Dehi- kanordadur, o‘z maskani erdi».
Bundan shoirning Hirotda hayot kechirgani, o‘zi yashagan Dehikanor degan
qishloqda dafn etilganini bilib olamiz. Lutfiy milodiy 1366- yili tug‘ilib, 1465-
yili vafot etgan. Bu ustoz shoir dunyodan o‘tganda Alisher Navoiy 24 yoshda
edi.
XV asming birinchi yarmida o‘zbek tilida yaratilgan «(Jul va Navro‘z»
dostoni sho‘rolar davrida uzoq yillar l.utfiyning asari sifatida xato taxmin
etib kelingan edi. Ammo keyingi tadqiqotlar bu doston o‘sha davrda yashab,ijod
etgan shoir Haydar Xorazmiy qalamiga mansub ekanini ko‘rsatdi.

4.

Lutfiyni Alisher Navoiy o‘zigacha bo‘lgan o‘zbek she’riyatining eng
kuchli, eng taniqli shoiri sifatida baholaydi. U Sakkokiy, Haydar Xorazmiy,
Atoyi, Yaqiniy, Gadoiy kabi o‘zbek shoirlarini sanay turib, o‘zbek
she’riyatida «mashhur forsiy shoirlar muqobalasida (qarshisida) kishi paydo
bo‘lmagan»ini aytadi. Ammo ular orasida Lutfiyni alohida ajratib ko‘rsatadi:
«. Bir Mavlono l.utfiydin o‘zgakim, bir necha matlalari borkim, tab’ ahli
(nozik didli adabiyotchilar) qoshida o ‘qusa, bo Mur». Bundan anglashiladiki,
Lutfiy Navoiygacha bo‘lgan davming eng oldi o‘zbek shoiri edi. U fors-tojik
tilida ham go‘zal
she’rlar bitgan zullisonayn (ikki tilli) ijodkor edi.
Bizgacha Lutfiy turkiy (o‘zbekcha) devonining XVI – XX asrlar mobaynida
ko‘chirilgan jami 33 nusxasi yetib kelgan. Bu qo‘lyozmalar dunyoning turli
shaharlaridagi e’tiborli kutubxona va qo‘lyozmalar xazinalarida saqlanadi.
Olimlaming hisob-kitobiga ko‘ra, shoir merosining umumiy miqdori – 3
ming baytga yaqin. Buning 75 foizini g’azal janri namunalari tashkil etadi.
Shoir, g‘azaldan tashqari, qit’a, ruboiy, tuyuq va fard janrlarida ham ijod
qilgan.

5.

Lutfiy lirikasi faqat o‘zbek she’riyati vakillarigagina emas,
boshqa turkiy xalqlar, jumladan, turkman, ozarboyjon, usmonli
turk shoirlari ijodiga ham sezilarli ta’sir
ko‘rsatgan.
Bobur nomli xalqaro jamoat fondi tashabbusi bilan 2006- yili
Hirot yaqinida joylashgan Dehikanor (hozirgi Nangobod)
qishlog‘idagi Lutfiy qabri aniqlashtirilib, u
yerda o‘zbek milliy uslubida ayvonli yangi maqbara bunyod etildi.
Shoirning, xususan, g‘azal va tuyuqlari XV asr o‘zbek
lirikasining go‘zal namunalari hisoblanadi. Hozirgi paytda ham
shoiming ko‘plab g‘azallari qo‘shiq qilib kuylanadi.
Ular xalqimizning sevimli ashulalari safidan joy olgan.

6.

TUYUQ
Tuyuq – lirik janr. U arabiy va forsiy adabiyotda yo‘q. Bu janr namunalarini faqat turkiy
she’riyatdagina uchratamiz.
Quyidagi adabiy-badiiy talablar tuyuq janrining asosiy qoidasiga aylangan:
Tuyuq sheriyatda aynan ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida yuzaga keladi.
Tuyuq, albatta, to‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak. Tuyuqlar, xuddi ruboiy kabi, a-a-a-a
tarzida ham, d-a-b-a tarzida ham qofiyalanish tizimiga, ya’ni tajnisga ega botishi mumkin.
Navoiyning tuyuqlari a-a-b-a tarzida qofiyalangan. Bu eng ko‘p uchraydi.

7.

Navoiyning ayrim tuyuqlari hatto a-b-d-b
tarzida ham keladi. Buni mana bu tuyuqda
ko‘ramiz:
Ul pari ishqida bu devonani,
Eyki, istarsen, kelib gulxanda ko‘r.
Bir qadah ul gulni xandon ayladi,
Ey ko‘ngul, nazzora qil, gulxanda ko‘r.

8.

Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor.
Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor,
Har necha dardimni desam, dog‘i bor.
Qilcha tanga bori ishqing yor edi,
Bir sori bo‘ldi firoqing, dog‘i bor.

9.

«BANDAMEN» TAJNISLI TUYUQ
Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen,
Vah, qachon yetkaymen ul dilbanda men.
Bevafolarg‘a meni qilding asir,
Sen menga sultonsen, ey dil, banda – men.

10.

«YOZAMEN» TAJNISLI TUYUQ
Charxi kajraftor elidin yozamen,
Chiqmadim hijron qishidin yoza men.
Bir meni yorliq bila yod etmas ul,
Har necha ul shahg‘a qulluq yozamen.

Lutfiy (1366-1465)

Lutfiy (1366 – Hirot – 1465), Mavlono Lutfiy — o‘zbek shoiri, orif va mutafakkir. O‘z zamonining «malik ul-kalomi». Yaqin vaqtlargacha Lutfiyning tavallud topgan va vafot etgan joyi Hirotning Deqikanor mavzei deb ko‘rsatib kelingan. Shayx Ahmad Taroziyning Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlab yozilgan «Funun ul-balog‘a» asari topilgach, undagi «ma’dan ul-latoyif Lutfiyi Shoshiy» jumlalariga asoslanib, Lutfiyning ona vatani Toshkent bo‘lgan, degan fikr ham ilgari surildi.
Lutfiyning hayot yo‘li singari, ijodiy taqdiri ham juda ibratli: u 99 yil yashagan. Umrining asosiy qismi o‘qish, o‘rganish va badiiy ijod mehnati bilan o‘tgan. Navoiyning «Majolis un-nafois» tazkirasida ma’lumot berilishicha, Lutfiy umrining oxirlarida «oftob» radifli bir she’r yozgan, o‘sha zamonning ko‘p shoirlari unga tatabbu’ qilganlar, ammo ulardan hech biri Lutfiyning «panjasiga panja» ura olmaganlar. Navoiyning yozishicha, Lutfiy 90 yoshdan o‘tganda, Abdurahmon Jomiy otig‘a radifi «suxan» saj’ qasidae aytib erdiki, zamon xushgo‘ylari barcha xo‘bliqqa musallam» tutmishlar («Nasoyim ul-muhabbat»).
Lutfiy ham zohiriy-dunyoviy, ham diniy-tasavvufiy ilmlarni chuqur egallagan, davr va zamoniga ochiq nazar bilan qarashga qodir, haqiqat va ma’rifatga sodiq ijodkor edi. Navoiy so‘zi bilan aytganda, u «forsiy va turkiyda naziri yo‘q» shoir bo‘lgan. Lutfiy garchi o‘z ona tili — turkiy tilda yaratilgan she’rlari bilan mashhurlikka yetishgan bo‘lsada, forsiyda ham o‘zining shoirlik iqtidori va mahoratiga ko‘pchilikni iqror eta olgan. Ikkinchidan, Lutfiy she’riyat bilan tariqatni, majoz bilan haqiqatni uyg‘unlashtirgan edi. Ammo u so‘nggi nafasigacha shoirlik burchi va ilhomiga sodiq qolib, o‘zbek she’riyati xazinasini biri biridan qimmatli nazm durdonalari bilan boyitdi. Shu bilan bir qatorda, shoirlik nechog‘lik «ma’ruf va mashhur» bo‘lmasin, «darveshlik tariqini dag‘i ilikdan» (Navoiy) chiqarmagan edi. Xuddi shu narsa uning nafaqat o‘z zamondoshlari va ijod ahli orasida, balki davr hukmdorlari oldida ham yuqori mavqega ko‘tarilishiga bir asos bo‘lgan.
Haqiqatan qam Lutfiyning she’riyati — xilma-xil shakllardan tarkib topgan mazmundor, rangin she’riyat. Bizgacha shoirning 16—20-asrlar mobaynida ko‘chirilgan turkiy devonining 33 qo‘lyozma nusxasi yetib kelgan bo‘lib, ular Toshkent, Dushanba, Istanbul, Tehron, London, Parij, Sankt-Peterburg kutubxonalari va qo‘lyozma fondlarida saqlanadi. Olim E. Ahmadxo‘jaevning aniklashi bo‘yicha, Lutfiy kalamiga mansub mavjud she’rlarning umumiy miqdori 2774 bayt yoki 5548 misradan ortiq. Ularning katta qismi (2086 bayti) g‘azal janrida yozilgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Lutfiy g‘azalnavis sifatida Sharq adabiyotida barqarorlashgan adabiy-estetik an’analar bilan xalq og‘zaki ijodiyoti tajriba tamoyili va usullarini nihoyatda mohirlik bilan muvofiqlashtirgan. Shu boisdan ham uning g‘azallarida milliy his-tuygular nurlanib, insoniy dard, armon, qayg‘u va shodlik tasviri takrorsiz bir ta’sirchanlik kasb etgan. Lutfiy nainki gazallarida, ruboiy, tuyuq, qit’a, fardga o‘xshash boshqa janrlardagi she’rlarida ham nafosat hissi shakllangan, did va saviyasi baland kishilarning — zukko va hayotsevar xalq vakillarining fikru tuyg‘ularini tarannum etgan. Shoirning:
Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon xoh inonma, —
kabi misralarini o‘qiganda, ularning bundan bir necha asr muqaddam yozilganiga ba’zan ishonish ham qiyin bo‘ladi. Chunki ular shu darajada sodda, og‘zaki nutqqa yaqin va kitobiy bezakdorlikdan yiroq va samimiydir.
Lutfiy devonidagi bosh mavzu ishq va asosiy maqsad oshiqning hasbu holini tasvirlashdan iborat bo‘lsada, shoir deyarli har bir she’rida mavzuga yangicha yondashib, betakror ohanglar yaratadi, mohiyatiga mos poetik obrazlar topadi, bir-biriga o‘xshamaydigan badiiy san’atlarni qo‘llaydi. Lutfiy devonida tashbeh, talmeh, tazod, iyhom, xususan, irsoli masal san’ati namoyon bo‘lgan. Lutfiy ruboiy, tuyuq, qit’alarini ham san’at namunasi maqomiga ko‘tara olgan.
Yaqin-yaqingacha «Gul va Navro‘z» dostoni Lutfiy asari deb kelingan edi. Keyingi tadqiqotlar natijasida bu doston muallifi Haydar Xorazmiy ekanligi aniqlandi. Lutfiy — turkiy she’riyatda maktab yaratgan san’atkor. Bu ijod maktabidan Alisher Navoiy va Mirzo Bobur saboq olishgan. Roqim, Amiriy, Sultonxon to‘ra Ado, Tabibiy singari shoirlarning devonlaridan.
Lutfiy g‘azallari ilhomida bitilgan muxammaslar joy olgan.
Lutfiy she’riyatining ta’siri faqat O‘rta Osiyo bilan chegaralanib qolmasdan, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga ham yetib borgan. Atoqli turk olimi M. F. Ko‘prulizodaning e’tirof etishicha, Lutfiyning she’rlari yolg‘iz chig‘atoy shoirlari orasida emas, balki «Xarobot» muallifi Ziyo Poshoga qadar bo‘lgan usmonli turk shoirlari orasida ham zavq bilan o‘qilgan.

G’AZALLAR

Ko’zung qorasi fitna, vale oqi balodur,
Jonlar oladur,vah, ne balo ko’zi qarodur?

Ko’z ustida jon olg’uvchidur xoliyu qoshi,
Bir-birga bari fitna qotilg’an ne balodur?

Hamdardtur aytay anga holimkim,inong’ay,
Gulshandin o’shul bulbuli miskin,ki judodur.

“Bosh o’ynayinu jon berayin vasl uchun” – ayttim,
Xush-xush kulub aytur mangakim:”Yaxshi bahodur!”

Ko’p qilma aning javridin,ey Lutfiy,shikoyat,
Kim,husn elining shevasi payvasta jafodur.

Jonim chiqadur dard ila, jononima ayting,
Men xasta gado holini sultonima ayting.

O’rtanmagu ko’z yoshiyu o’lmakturur ishim,
Bu qissani ul sham’i shabistonima ayting.

Qat-qat yuragim bog’ladi qon g’uncha meng’izlik,
Bu dardi dilimni guli xandonima ayting.

Qon yoshim erur yux uza yulduz kabi sonsiz,
Ul ko’zlari cho’lpon,mahi tobonima ayting.

Lutfiyi dilafkor tilar hajr eliding dod,
Ahvolini ul begimau xonima ayting.

Meni shaydo qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul,
Xoru rasvo qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.

O’qdayin qomatimizni qora qoshlig’lar uchun,
Muttasil yo qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.

Meni yozg’urma “sevar” deb,ki mening haddim emas,
Ul tamanno qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.

Borma derlar eshiki sori damo-dam,netayin,
Ko’p taqozo qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.

Qora mo’yin havasi birla qorong’u kechada,
Jonni savdo qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.

Dushmanu do’st orasinda meni g’ofilni mudom
Be saru po qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.

O’zgadin ko’rma,ki ko’zung yoshini, ey Lutfiy,
Ayni daryo qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.

Qadu og’zingg’a boqsam, oh derman,
Seni ko’rgan sayin Olloh derman.

Tilar ko’nglim seni olamdau bas,
Bu nisbatin seni dilxoh derman.

Meni haddim emaski,istasa vasl,
“Ko’z uchi birla boq goh-goh” – derman.

Qusuri tab’din derman seni sarv,
Erur ul noravo bir oh derman.

Etagingga kishining ilki etmas,
Seni bu vajh ila men moh derman.

Sening qadding bila nozik yururda,
Erur o’zga nima hamroh derman.

Jamoling Lutfiy so’zin qildi rangin,
Sening husnungga “shay’anlilloh” derman.

Nega jonima jafo qilursan?
Vaqti o’ldi agar vafo qilursan.

Jonim chiqadur firoq o’tindin
Dardimg’a qachon davo qilursan?

Ul zulfni solma yuzung uzra,
Kim yuz bila ming balo qilursan.

Bo’ynungda qonim, ki bizni, ey ko’z,
Xo’blar bilan oshno qilursan.

Jondin ilikingni,Lutfiy, yuvg’il,
Chun ishq bila marhabo qilursan:

Qon bo’ldi ko’ngul firoqingizdan,
Jon kuydi ham ishtiyoqingizdan.

Dinu dilu aql bo’ldi yag’mo,
Jon olg’uvchi ul qaroqingizdan.

O’qtek bo’yimiz egildi yodek,
Ul fitnalik ikki toqingizdan.

Su bo’ldi jonim,vale damo-dam
O’tqa yoqilur dudoqingizdan.

Oltun kabi chehra bo’ldi sorig’,
Ul sim tikin saqoqingizdan.

Ko’rsam kerak oyu kun bulutsiz,
Sochni ketoring yangoqingizdan.

Bu Lutfiyi xastani so’rungkim,
Bechora o’lar firoqingizdin.

RUBOIYLAR

Sensizin ayshu sururim qolmadi,
Yig’lamoqtin ko’zda nurim qolmadi.
Ul quyosh yuzungdin ayrulg’on uchun,
Qayg’udin zarra huzurim qolmadi.

Sayd qildi bizni jayron ko’zlari,
Delva bo’ldi jon eshitib so’zlari.
Yor agar qilsa inoyat ne ajab,
Qulni chun devona qildi o’zlari.

Bu ne qoshu g’amzayi ayyor erur?
Bu ne shaklu shevau raftor erur?
Sizga osondur agar men bo’lmasam,
Sensizin lekin menga dushvor erur.

TUYUQLAR

Garchi qurutmas ko’zumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini.
Yig’lama ko’p, bu vujuding ishq o’ti,
Ne qurug’in qo’yg’usi,ne yoshini.

Necha dedim:”Ul sanamg’a bormag’in!”
Qilmadi ul tark oxir bormag’in.
Munchakim,xudraylig’ ko’rguzdi ul,
Aql hayrat qildi tishlab barmog’in.

Men sening ishqingdin,ey dil, bandaman,
Vah,qachon eytkayman ul dilbanda man.
Bevafolarg’a meni qilding asir,
Sen menga sultonsan,ey dil, bandaman.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.