O’quv loyihasi. O’quv loyihaviy faoliyat. O’quv loyihasining muddatlari
Faoliyat turi
Loyiha metodi bu qanday metod
1. Loyihalash jarayoni va uning ta’limiy mazmuni, o `quv loyihasining metodik pasporti .
2. Loyihalashtirish faoliyatini bajarish bosqichlari
3. Loyiha ishi to’g’risida hisobotga tayyorgarlik bo’yicha yo’riqnoma
4. L oyihalar ekspertizasi , loyiha ishlarini baholash tizimi
Tayanch iboralar : innovatsion texnologiya, loyiha metodi, tadqiqotchilik, baholash, mustaqil fikrlash, mustaqil qarorlar chiqarish, taqdimot qilish, loyihasi pasporti , texnologik xarita, l oyiha e kspertizasi .
Hozirgida ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan, jahon pedagogikasining ilg’or metodlaridan samarali foydalanish dolzarb masalalardan bo’lib, loyiha metodi ta’lim ilg’or usullarini o’zida mujassamlashtirgan. Loyiha metodidan tarix fani o’qituvchisi o’quv mashg’uloti jarayonida mavjud tajribani o’zlashtirish va ta’limning barcha bosqichlarida qo’llashdek muhim vazifa turadi. Loyihalash – oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o’rnatilgan vaqt mobaynida yo’l va vositalarni tanlash uchun, maqsadga erishish bosqichlarini ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish, o’quv axborotini etkazish vositasi va yo’llarini aniqlash usulidir. Tarix ta’limini l oyihalar usuli bilim va malakalarni amaliy qo’llash, tahlil va baholashni nazarda tutuvchi majmuali o’qitish usulini amalga oshiradi. Ta’lim oluvchilar yuqori darajada, boshqa o’qitish usullaridan foydalanishga qaraganda, rejalashtirishda, tashkillashtirishda, nazoratda, tahlil qilish va vazifani bajarish natijalarini baholashda ishtirok etadilar. O’quv loyihalar usuli ta’lim beruvchining ta’lim oluvchilarga muammoni, faraz, vazifalarni ifodalashda yordam beradi va tezkor boshqaradi. Loyihalarda o’qitish nafaqat natijalar, balki jarayonini o’zi ham qimmatli. Loyiha fanlararo, bir fan yoki fan tashqarisida bo’lishi mumkin. Loyihalash ikki usulda – shaxsiy va guruhiy asosda amalga oshiriladi. Har ikki yo’nalishning ijobiy va afzallik xususiyatlari bor. Tarix fanini loyihalash ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi, talabalar loyiha ustida ishlashda loyiha rejasi asosida aniq maqsad uchun faoliyatlarini amalga oshiriladi. Natijada qatnashchilarda loyihani bajarilishi o’zining faoliyatiga bog’liq ekani tushunchasini anglash yuqori mas’uliyat hissini yuzaga keltiradi; loyihaning barcha bosqichlarini bajarish jarayonida fikrning tug’ilishidan yakuniy refleksiyagacha o’quvchilar tajriba orttiradilar; o’quvchilarda eng muhim o’quv ko’nikma va malakalari (tadqiqotchilik, baholash, mustaqil fikrlash, mustaqil qarorlar chiqarish, taqdimot qilish) shakllantirish to’la boshqariladigan jarayonga aylanadi . O`quv loyihasining metodik pasporti bu – o`quv loyihasining mazmun-mohiyatidan kutiladigan maqsadi, o`quv dasturidagi o`rni to`g`risida qisqacha tavsif hisoblanadi. O’quv loyihasining metodik pasporti quyidagilarni o’zida aks ettiradi : f an predmetining o`quv rejasidagi mavzular , predmetning ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarini, o’ quv-pedagogik vazifa larni, o’ quvchilarning yoshi xususiyatlaridan kelib chiqib o’quv loyiha topshirig’ini, l oyiha ning bajarilish muddatini va o’quv loyihasining i sh rejimi . Tadqiqot loyihasi pasporti m ualliflar va loyiha rahbari tomonidan to’ldiril ib, unda o’quv l oyiha sining nomi , l oyiha ning maqsadi va vazifalari, l oyiha muallifi , l oyiha rahbari va k onsultantlar i, l oyiha turi aks ettiriladi. O’quv l oyiha faoliyatida o’quvchilarda tadqiqotchilik, ijodiy, o’yin, axborot izlanish faoliyatlarini qamrab olib, ijtimoiy ehtiyoj qiziqishlar hisobga ol in adi, natijaga aniq yo’naltiriladi.
Amaliy mashg’ulotda loyiha metodi asosida o’tiladigan dars mashg’uloti texnologiyasi tahlil qilinadi.
Loyiha usuli qo’llanilgan o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqich lar i va mazmuni
F a o l i ya t
t a’lim beruvchi
t a’lim oluvchilar
Loyi h a mavzulari va ma q sadini aniqlaydi. Ta’lim oluvchilarni loyi h alash yo ndashuvi mo h iyati bilan tanishtiradi. Bir qancha mavzular taklif etadi, loyi h a mazmuni t o’g’ risida ma’lumot beradi , ular doirasini shakllantiradi, ish turlari, ular ning natijalari va ba h olash mezonlarini sanab o’ tadi
Guruhga birlashadilar, loyiha mavzusini tanlaydilar va muhokama qiladilar. Kerak bo’lganda qo’shimcha axborotlar oladilar. Maqsadni aniqlaydilar, loyiha bo’yicha ish natijalarini muhokama qiladilar
G’oyalarni taklif etadi, takliflarni aytadi.
Axborot manbai va uning yi g’ ish usullari va ta h lilini tavsiya etadi.
Ish tartibi va oraliq bosqichlarni baholash mezonlari va umuman jarayonni belgilaydi
Harakat rejasini tanlaydilar: vazifalarni shakllantiradilar, yo’nalish va bajarish bosqichlarini, ular tartibini aniqlaydilar, vazifalarni guruh a’zolari o’rtasida taqsimlaydilar. Ta’lim beruvchi bilan natijalarni tahlil etish usulini ( hisobot shaklini) ma’qullaydilar
Kuzatadi, masla h at beradi, axborot manbasini izlashga yo rdam beradi, o’ zi axborot manbai h isoblanadi
Tadqiqotni bajaradilar. Axborot t o’ playdilar, oraliq vazifalarni echadilar,
Axborot ta h lili. Xulosalarni shaklla n tirish.
Butun jarayonni boshqaradi, qaytar aloqani ushlab turadi
Olingan axborotni tahlil qiladilar, xulosalarni shakllantiradilar
Eshitadi, oddiy ishtirokchi b o’ lib, maqsadga y o’ naltirilgan savollar beradi, quvvatlaydi va ra g’ batlantiradi
H isob beradilar. Ish natijalarini: o g’ zaki h isobot materiallarini namoyish bilan o g’ zaki h isobot, loyi h a k o’ rinishida yoz ma h isobot shakllarida taqdim etadilar
Jara yo n va natijalarni ba h olash.
Muammoni echishning to’liq darajasini, guruhlar harakati strategiyasi, ta’lim oluvchilar kuchi, manbalardan foydalanish sifati, ijodiy yondashuv, ishni davom ettirish imkoniyati, hisobot sifati va boshqalarni baholaydi
Jamoaviy muhokama orqali ish natijalari va uning borishi, shu jumladan muammoni echishning to’liqlik darajasi va harakat strategiyasini himoya qiladilar, baholaydilar
Loyihalashtirish faoliyatini bajarish bosqichlari tahlil qilinadi:
– Tayyorlov bosqichi:
a) loyiha mavzusini tanlanib, uning dolzarbligi, yechilishi kerak bo’lgan muammo shakllantiriladi.
b) loyiha maqsadi, predmeti, ob’ekti va vazifalari belgilanib olinadi.
v) loyihalashtirish faoliyati turlari va yechilishi lozim bo’lgan topshiriqlar tayyorlanib, ularni yechish usul va vositalari tanlanadi.
g) loyiha mavzusiga doir adabiyotlar va axborot manbalari bilan tanishiladi.
– O’quv faoliyatini rejalashtirish bosqichi.
a) maqsadga erishish ketma-ketligi ishlab chiqiladi.
b) Ish rejasini tuziladi (loyihani ishlab chiqish, rasmiylashtirish, uni taqdimotga tayyorlash, hisobotni tuzish bo’yicha topshiriqlarni ishtirokchilar o’rtasida taqsimlash, ularni bajarish va tayyor holatga keltirish muddatini belgilanadi).
– Loyihani bajarish bosqichi.
a) kerakli ma’lumotlarni to’planib, tizimga keltiriladi va tahlil qilinadi.
b) tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish jarayoni (tayyor holatga keltiriladi).
v) yo’riqnomaga muvofiq loyiha faoliyati to’g’risida hisobot tayyorlanadi.
Bo’lajak tarix fani o’qituvchilari amaliy mashg’ulotda loyihanibajarish rejasini quyidagicha shakllantiradilar.
Loyihani bajarishning ish rejasi
Ishtirok-chilarning F.I.Sh .
Faoliyat turi
Tayyor mahsul ko’rinishi
Loyiha doirasida qatnashchilarni aniqlash, har bir qatnashchining vazifasini belgilash
Qatnashchilar ro’yxati tuziladi, qatnashchilar imkoniyatlariga qarab loyiha uchun tanlangan faoliyat yo’nalishidagi korxonaning hisob siyosatidagi bandlar o’zaro taqsimlanadi
Loyihani amalga oshirish rejasi shakllanadi
Loyiha mavzusi ma’lumotlari bankini shakllantirish
Tanlangan Loyiha mavzusining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi
Loyiha ishi natijalarini to’plash
Loyiha tayyor holga keltiriladi
Loyihalashtirish faoliyati natijalari va loyiha taqdimoti bo’yicha hisobotni tayyorlash
Mavzu dolzarbligi va muammoni asoslab berish, loyihaning maqsad va vazifalarini ko’rsatib berish va boshqalar
MS Power Pointda loyiha taqdimotini tayyorlash
Taqdimotni umumiy rasmiylashtirish va uning mazmunini yana bir bor tekshirish, yangi slaydlarni qo’shish va hokazo
Izoh:* – har bir guruhdagi ishtirokchilar hamda mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda ishtirokchilarning F.I.Sh.lari belgilanadi;
** – bajarish muddatlari tanlangan loyiha yo’nalishi va guruhdagi vaziyatga bog’liq ravishda muayyan holatdan kelib chiqib belgilanadi.
– Loyihani taqdimotga tayyorlash.
a) MS Power Point da taqdimotlarni tayyorlash bo’yicha qo’llanmadan foydalangan holda loyiha taqdimotini tayyorlash.
b) loyihaning og’zaki taqdimotida guruh a’zolari o’rtasida vazifalarni aniqlanadi.
v) ommaviy taqdimot, loyiha himoyasi va baholash
Loyiha ishi to’g’risida hisobotga tayyorgarlik bo’yicha talaba quyidagi yo’riqnoma asosida faoliyatini tashkil etishi maqadga muvofiq:
a) taklif va tavsiya etayotgan loyihani tatbiq etishni isbotlovchi xulosalarni (1 betdan ko’p bo’lmagan matn asosida) ifodalash.
b) hal etmoqchi bo’lgan muammoni (5-6 so’z bilan) asoslanadi.
v) loyihaning maqsadi: uning nima uchun yaratilishi, oxirgi mahsulni qanday bo’lishi va u kimga qaratilganligini (1-3 taklif orqali) ko’rsatiladi.
g) loyiha vazifalarini (qisqa va bir ma’noli) ifodalanadi.
d) loyihaning ish rejasi bayon etiladi.
e) vazifani echimi natijalarini va loyihada bajarilgan ishlarni ko’rsatiladi.
j) taklif etgan loyiha mahsulini tatbiq etish imkonini tasdiqlovchi xulosalarni shakllantiriladi.
z) bajarilgan ish bo’yicha foydalanilgan manbalar ro’yxati ko’rsatiladi.
Loyihalar ekspertizasini ng aniq tizimi g`olibni xolisona aniqlashtirib qolmay, loyihaning sifatini xolisona baholash , loyiha ustida ishlash element lari monitoringini yaratadi. Loyihani ekspert baholashi uchun ekspert komissiyasi tuziladi. Ushbu komissiya tarkibiga zaruriy malakaga ega bo’lgan ota-onalarni, oliy o’quv yurtlari o’qituvchilarini boshqa maktab o’qituvchilarini kiritish mumkin. Bajarilgan o’quv loyhasi natijalarini b aholash jarayonida loyiha sifati, loyiha ustida ishlash jarayoni, ishning natijaviyligi, qiyinchiliklar va uni engib o’tish yo’llariga e’tibor qaratiladi . Fan o’qituvchisi bilan birga amaliy mashg’ulotda bajarilgan loyiha bo’yicha hisobotni tayyorlashni quyidagi varianti tahlil qilinadi:
Bajarilgan loyiha bo’yicha hisobotni baholash
Baholash mezoni
Baholash ko’rsatkichlari
Hisobotni tayyorlash bo’yicha yo’riqnomaga rasmiy ravishda rioya etilishi
Hisobot tuzilmasi yo’riqnomaga muvofiqligi – maks. 1 ball
Tanlangan mavzu asoslanganligi va dolzarbligi
Tanlangan mavzu dolzarbligi aks ettirilishi – maks. 1 ball
Echimi hal etilayotgan muammoni asoslanganligi
Muammo daliliy asoslanganligi – maks.1 ball
Vazifa va loyiha ishtirokchilari faoliyat turlarining bayon etilishi
Vazifa va loyiha ishtirokchilari faoliyat turlari aniq belgilangan ligi – maks. 1 ball
Loyiha vazifalarini ng belgilanishi
Loyiha vazifalari aniqligi – maks. 1 ball
Loyihaning ish rejasini ishlab chiqish
Ish reja ishlab chiqilgan yondashuvlarga muvofiqligi – maks. 1 ball
Vazifalar bo’yicha loyihaning ish natijalarini keltirish
Vazifalar bo’yicha loyiha ish natijalari ishtirokchilarni ko’rsatish bilan, aniq va ravshan keltirilganligi – maks. 1 ball
Xulosada taklif va tavsiya etilayotgan loyihani tatbiq etish muhimligini isbotlash bayon etilgan ligi – maks. 1 ball
Foydalanilgan manbalar ro’yxatini tarkiblashtirish
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati bajarilgan vazifalar bo’yicha tarkiblashtirilganligi – maks. 1 ball
Loyiha faoliyatini o’zi baholashi
Tanqidiy baho: mahsul sifati, loyiha ustida ishlash: har bir ishtirokchi ishining natijaviyligi, qiyinchilik va uni yengish berilganligi, loyiha ishining ish materiallari mavjudligi – maks. 1 ball
Jami: 10 ball
Amaliy mashg’ulotning yakunida loyiha portfoliosi – o’quvchilar loyihani bajarish davomida to`plangan hujjatlar, ma`lumotlarni, ko’rgazmali vositalarni jamlashtirib hisobot tayyorlaydilar va loyiha portfoliosiga joylashtiradi.
Amaliy mashg’ulotning yakunida kelgusi amaliy mashg’ulotning mavzusi va uni tayyorlash uchun mustaqil topshiriqlar beriladi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi . T. : 1997 y .
2. Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – T.: Sharq, 1998 y.
3. Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch .-T.: Ma’naviyat. 2008 y.
4. Azizxo’jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: TDPU. 2003 y.
5. Golish L.V., Fayzullaeva D.M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish: O’quv uslubiy qo’llanma. Innovatsion ta’lim texnologiyasi seriyasi. – T.: “Iqtisodiyot” 2012 y.
6. Saidaxmedov N.S. Pedagogik amaliyotda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash namunalari. -T.: RTM, 2000 y. -46 b.
7. www. Google.uz www. Ziyonet.uz
O’quv loyihasi. O’quv loyihaviy faoliyat.O’quv loyihasining muddatlari.
O’quv loyihasi. O’quv loyihaviy faoliyat.O’quv loyihasining muddatlari.
O`quv jarayonini loyiha asosida tashkil etish:
- O`quv predmeti mavzusini va mazmunini tanlash.
- Darsning o`quv mavzusi yuzasidan yagona umummaqsadni belgilab olish.
- Darsning o`quv mazmunini ishlab chiqish beriladigan nazariy va amaliy bilimlarni belgilash.
- O`quvchi tomonidan o`zlashtirilishi lozim bo`lgan tushuncha, bilim, ko`nikma, malakalarni ifoda etish.
- Darsning shakli, metod, vositalarini tanlash.
- Tushuncha, bilim, ko`nikma, malakalarni o`zlashtirish uchun ta’lim oluvchi tomonidan sarflanadigan vaqt birligi hisobini olish.
- Har bir bosqich natijalarini olish uchun mashq va misollar tizimini yaratish.
- Nazariy olib borish, testlar, savollarni ishlab chiqish.
- Loyihani dars jarayoniga tatbiq etish.
- Dars jarayonini olib borish va yakunlash mexanizmini yaratish.
3.2.Loyihali o`qitish faoliyati o`quvchining o`quv faoliyatini tashkil etuvchi jarayon hisoblanadi.
Bunda;
- O`qituvchi tomonidan taklif etilgan o`quv loyihalari, kichik loyihalarning maktab o`quvchilari tomonidan bajarilishi ko`zda tutiladi.
- O`quv loyihalari oldindan ishlab chiqilgan mezon ko`rsatkichlari asosida baholanadi, loyihada predmetlararo maqsadlar ko`zda tutilsa, yakuniy baholar ham chiqarilishi mumkin.
- Loyiha asosida faoliyat tashkil etilganda o`quv-mavzularda rejalashtirilayotgan loyihani topshirish muddatlari ko`zda tutiladi.
- Loyiha asosida o`quv faoliyatini tashkil etishga o`qituvchi rahbarlik qiladi va u loyihaning koordinatori hisoblanadi.
- Loyihalar yakka shaxslarga va guruhlarga qaratilgan bo`ladi.
- Loyiha topshiriqlari aniq, ravon shakllantirilgan, uning maqsad va vazifalari tushunarli aniqlangan, o`quvchilar bilan uning ijro yo`llari va mexanizmlari kelishilgan bo`ladi.
- Ayrim hollarda yuqori sinf o`quvchilarining xohish va istaklariga binoan loyihalarni shakllantirish loyiha rahbari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin.
- O`quv yili davomida o`rnatilgan tartibda tuzilgan loyihalar taqdimotini ilmiy konferensiyalarda, pedagogik kengashlarda, metod- birlashmalarda o`tkazish, himoya qilish yoki tanlovlar tariqasida o`tkazish mumkin.
Dars loyihalari o`zining davomiyligiga qarab:
- kichik loyihalar (bir soatli);
- qisqa muddatli loyihalar (4 soatga mo`ljallangan)
- haftaga mo`ljallangan loyihalar;
- uzoq muddatga mo`ljallangan loyihalar (ko`pincha bunday loyihalar darsdan tashqari ko`pincha ta’limni amalga oshirishga xizmat qiladi) bo`lishi mumkin.
Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar o`qituvchidan darsni tashkiliy jihatidan puxta o`ylangan, sifatli, ishchanlik muhitida, o`quvchilarni jarayonga qiziqtira oladigan tarzda loyihalay olishni talab etadi. O`quv jarayonini loyiha asosida tashkil etishda o`qituvchi faollikda ish yurituvchi emas, balki keng qamrovli ijodkor pedagog rolini o`tashi talab etiladi.
O’quv loyihasi O`qituvchi loyiha raxbari sifatida yuqori madaniyatli, ijodkor, izlanuvchan, tashkilotchi bo`lmog`i kerak.Loyihalar shunday tuzilishi kerakki, u o`quvchi shaxsiga qaratilib, uning shaxsiy rivojlanishiga xizmat etishi kerak.Loyihalar asosida o`quv jarayonini tashkil etishda o`qituvchi fidoyilik ko`rsatishi, o`quvchini ruhlantirishi, ularni qiziqtirish orqali pirovard maqsadga erishishi talab etiladi.
Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar va unga sarf etiladigan vaqt, tashkiliy ishlar, beriladigan va to`g`ri yo`lga soluvchi savollar oldindan rejalashtirilishi kerak.Undan tashqari dars jarayonida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan kamchilik, xatolar, ularning oldini olish, jarayonning tahliliy tomonlari ham oldindan hisobga olinishi kerak.
Loyihalash (lot. rrojectus – olg’a tashlangan fikr, g’oya, obraz), nomini o’zi aytib turibdiki, kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish bo’lib, proekt ma’lum bir hisob-kitob, chizma va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon qilish shaklida mujassamlashgan g’oya, fikrning ifodasidir. U bildirilgan fikrni mohiyatini va uni amalga oshirish imkoniyatlarini ochib beradi.
Loyihalash metodi ta’lim jarayonining muhim jihatlaridan biri bo’lib, o’qituvchining talabalar bilan individual ishlash imkonini beradi. O’qituvchi dars vaqtidan unumli foydalanib, talabalarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan yakka tartibda ishlaydi. Bunda ularning kasbiy fanlarni chuqurroq egallashlariga kengroq yo’l ochib beriladi. Loyihalash ishlarini tashkil etishda didaktik vazifaning qo’llanilishi va uni hal etish muammolari ko’rib chiqiladi.
Loyihalash metodi ta’lim oluvchilarni quyidagilarga:
- fanning turli sohalaridagi bilimlarni bir butun holga keltirib, muammolarni topish va yechish, axborotlar oqimida mo’ljal olish;
- faoliyatni tanlash huquqidan foydalanib, turli taxmin, g’oyalami ilgari stjrish, tadqiqot o’tkazish, tahlil qilish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini aniqlash;
- o’z faoliyati natijasiga mas’ul bo’lish, mustaqil qaror qabul qilish, yutuqlar va kamchiliklarni aniqlash, uning sabablarini qidirish, xatolarni topish va to’g’rilash;
- turli yechim. takliflaming natijalarini ilmiy taxmin qilish (prognozlash);
- jamoada ishlash, turli nuqtayi nazar, fikrlaming muhokamasida qatnashishga rag’batlantiradi.
Loyihalash metodini qo’llab, dars o’tish jarayonida o’quvchi, talabalarning vazifasi:
- iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq, ijtimoiy ahamiyatga ega ishni bajarish, mahsulot ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, iqtisodiy va boshqa muammoni belgilangan vaqt davomida yechish yoki yechish uchun takliflar ishlab chiqish. O’qituvchining vazifasi:
- o’quvchi, talabalami mustaqil ijodiy faoliyatlarini unumli bo’lishi uchun sharoit yaratish.
O’quv loyihasi Bu metodni iqtisodiy fanlami o’rganishdagi muhim ahamiyati shundaki, talabalar biznes-reja tuzishni, turli tanlovlarda qatnashish uchun loyihalar ishlab chiqishni o’rganadilar. Nazariy va amaliy mashg’ulotlami qanday tashkil etishning texnologik xaritasini ishlab chiqish, ya’ni darsni qanday o’tkazishni mufassal rejasini ishlab chiqishni, umuman olganda, o’z faoliyatlarini rejalashtirishni o’rganadilar. Shu bilan birga mazkur metodning o’ziga xos xususiyatlari mavjudki, ularni, albatta, hisobga olish zarur.
Birinchidan, bu metodni mavzular, alohida predmetlar bo’yicha qo’llash juda qiyin. Chunki, bir muammoning kelib chiqish sabablari nihoyatda xilma-xil. Ularni bir fan doirasida hal qilish qiyin. Ikkinchidan, barcha talabalar ham loyiha tayyorlab, qo’yilgan muammoni yecha olmaydi.
Uchinchidan, bu metod o’qituvchidan chuqur bilim, tajriba, o’z ustida tinimsiz ishlash, turli loyihalarda shaxsan qatnashishini talab qiladi.
Loyihalash metodini qo’llash uchun birinchi navbatda loyihalash ob’yektini aniqlaymiz. Qanday masala, muammo mavjudki, uni yechib loyihaning natijasini qanday bo’lishini belgilaymiz.
- Bu o’tilayotgan mavzu bo’yicha qo’yilgan savol yoki yechimini kutayotgan dolzarb masala bo’lishi mumkin. Loyiha talabalarning o’z xohishlari, qiziqishlariga ko’ra tanlagan ilmiy izlanishlari bo’lishi mumkin yoki o’qituvchi taklif qilishi mumkin. Har ikkala holda ham talabalar zarur axborotlarni to’plashlari, ularni tahlil qilishlari zarur. Tahlil asosida qaror qabul qilib, loyiha ishlab chiqishdan maqsad qo’yiladi va qanday natijaga erishilishi belgilanadi. 2. Maqsadni aniqlagach, loyihaning mazmunini belgilaymiz.
3.Reja asosida amalga oshirish uchun vazifalar belgilanadi, ya’ni faoliyat rejasi ishlab chiqiladi. Loyihaning umumiy tavsifi oy- dinlashadi. Aniq faoliyatga asos yaratiladi. Loyihani amalga oshirish uchun tuzilgan reja aniq bo’lishi, haddan tashqari murakkab bo’lmasligi kerak. Umumiy rejadan tashqari haftalik va oylik rejalar tuziladiki, uning asosida talaba bajaradigan ishlarni yanada oydinlashtiradi.
Loyiha qatnashchilari belgilanadi.
Loyiha qatnashchilari o’z qiziqishlari, fikr doiralari bilan bir- birlariga yaqin, yordam beruvchi o’quvchi, talabalar bo’lib, ularni loyihada qo’yilgan maqsad birlashtiradi.
Ularni yoniga keyinchalik boshqa qatnashchilar ham qo’shilishi mumkin. Lekin qatnashchilar haddan tashqari ko’payib ketishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun loyihada har bir qatnashuvchining bajaradigan vazifasi aniq yozib qo’yiladi.
- Loyihani amalga oshirish muddatlari belgilanadi. Agarda u bosqichlarga bo’linsa, uni harr^muddatlari bilan ko’rsatiladi. 4. Loyihalash va uni amalga oshirishning bosqichlari:
1-bosqich. Loyihani ishlab chiqish. Unda loyihani amalga oshirish shakllari va vositalari, bosqichma-bosqich natijalari ham ko’rsatiladi.
2-bosqich.Loyihada belgilangan vazifalar bajariladi.
O’quv loyihasi Bu bosqichda talabalar mustaqil ravishda individual va guruh bo’yicha qo’yilgan vazifalami bajaradilar. Material, axborot to’playdilar. To’plangan ma’lumotlarni muhokama qiladilar. Jadvallar, grafiklar ishlab chiqadilar. Namoyish etiladigan, illyustrativ materiallar tayyorlashadi.
3-bosqich. Loyihaning barcha qatnashchilari tomonidan tayyorlangan ishlar bir butun qilib birlashtiriladi. Avval loyihaning xoniaki varianti yozib chiqiladi. So’ngra yakuniy variant tayyorlanadi. Rasmiy talablar asosida taxlanadi.
4-bosqich. Loyihaning so’nggi varianti ekspertga, taqr ga beriladi. Bunda matn aniq asoslangan bo’lib, bajarilgan ishlarning mazmuni va erishilgan natijalarni gavdalantirishi kerak. Matilda, albatta, jadvallar, grafiklar, chizma, dasturlar va boshqa shunga o’xshash materiallar bo’lishi shart.
5-bosqich. Ish taqrizga beriladi. Loyihaga ekspert xulosasi olinadi, tashqi taqriz natijasini elon qilingach, lugallangan hisoblanadi.
6-bosqich. Loyiha taqdimoti. Taqdimot loyihada bajarilishi belgilangan mezonlar asosida jyiiri yoki komissiya a’zolari tomonidan baholanadi. Jyuri a’zolari tarkibi loyiha ishlab chiqilayotganda aniqlanadi. Tayyorlangan» loyihani ko’rib chiqib, tanlanib, so’ngra tayyorlangan hisobot ko’rib chiqiladi.
Hay`at ishni baholashi uchun baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Bu mezonlar muammoni o’rganish darajasi, matnni aniq. tushunarli tarzda bayon qilinishi, o’ziga xosligi, rasmiylashtirish sifati, ko’rgazmali, O’quv loyihasi namoyish materiallardan foydalanilgani, berilgan takliflar va ularni muammoni yechishga yordam berishi va boshqa jihatlarini mujassamlashtirilgan bo’lishi kerak. Dars jarayonida kichik guruhlar tayyorlagan loyihalarni o’qituvchi boshchiligida talabalardan tuzilgan hay’at baholashi mumkin.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.