Press "Enter" to skip to content

Lokal tarmoq uchun qanday qurilmalar bo’lishi kerak

UTP kabelining ko’rinishi

6-Mavzu: Lokal hisoblash tarmog’ining tashkil etuvchilari

1. Lokal tarmoq va uning turlari
2. Lokal hisoblash tarmog’i turlari: kliyent-server va piring(peer-to-peer).
3. Lokal hisoblash tarmog’ining tarkibiy qismlari
4. Kompyuter tаrmоg‘i topologiyasi haqida umumiy tushuncha
5. Monokanal topologiya tarmog’i

Tayanch so’z va iboralar: Lokal, lokal kompyuter tarmog’i, magnit disk, fayl, umumiy resurslar, printer, amaliy programmalar, tarmoq zaruriyati, tarmoq topologiyasi, monokal Kompyuter, Kanal, monokanal, tarmoq, topologiya, chastota, eltuvchi chastota, CSMA/CD.

1. Lokal tarmoq va uning turlari

Lokal tarmoqlar keyingi vaqtda bitta kompyuterdan ko‘proq bo‘lgan har qanday kompaniyani majburiy buyumiga aylanayapti. Lokal tarmoqlar (LAN, Local Area Network) aynan, lokal deganda shunday tarmoqlarni tushinish kerakki, o‘lchamlari katta bo‘lmagan bir-biriga yaqin joylashgan kompyuterlarni birlashtiradi. Apparaturalarni va dasturiy vositalarni takomillashtirish shunday bir darajaga yettiki, oddiy tarmoqni o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish amalida har qanday ozmi-ko‘pmi savodi bo‘lgan foydalanuvchining qo‘lidan keladigan bo‘lib qoldi. Oxirgi eng ko‘p tarqalgan Windows operatsion tizimlari esa yetarli rivojlangan tarmoqli vositalarga ega, shu tufayli maxsus tarmoqli dasturlarni ta’minot hech majbur emas. Avval faqat maxsus o‘qitilgan professionallarning qo‘lidan keladigan bo‘lsa, endi har qanday foydalanuvchi oson bajarishi mumkin.
Lokal tarmoqlar ikki turga bo’linadi: PBX (Private Branch Exchange) va LHT (Local Area Network). Lokal tarmoqlar o’z navbatida kliyent-server va piring(peer-to-peer) tipdagi bo’lishi mumkin. LHT tarkibiga tarmoq kabeli, interfeys kartalari, operatsion sistemalar, umumiy foydalanish qurilmalari, ko’prik(bridge) va shlyuz(gateway)lar kiradi.
Katta tarmoqlar ham foydali bo’lishiga qaramasdan, ko’pgina kompaniyalar bir bino hududidagi qurilma va kompyuterlarni lokal tarmoqlarni birlashtirishni afzal ko’rishadi.
¬PBX (Private Branch Exchange). Bino doirasidagi telefon simlari orqali aloqa qilishga asoslangan lokal tarmoq. U tashqi telefon liniyasiga ham ulanishi mumkin. Bu eski texnologiya bo’lib, hozir asta-sekin kamayib bormoqda. Tezligi past.
LHT (Local Area Network). LHT esa odatda aloqa kanaliga ega bo’lishi kerak. Bu kanal simli yoki simsiz bo’lishi mumkin. LHT kommunikatsion aloqalar, tarmoq operatsion sistemasi, shaxsiy kompyuterlar yoki ishchi stantsiyalar, serverlar va boshqa umumiy foydalanishga mo’ljallangan qurilmalardan iborat. Bu qurilmalarga printerlar, skanerlar va saqlash qurilmalari kirishi mumkin. Katta tarmoqlardan farqli o’laroq LHTlarda host-kompyuterdan foydalanilmaydi.
Lokal hisoblash tarmog’i (LHT) bu kabel (angl. Wireless-simsiz) orqali maxsus komponentlar yordamida apparatli va dasturli ta’minotda shaxsiy kompyuter (ShK) hamda atrofdagi qurilmalarni birlashtirish.
LHT ning oddiy formasi ikkita ShK. Ular o‘zaro tarmoqli kabel (yoki radio) orqali bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, o‘zining resurslaridan birga foydalanishlari mumkin (ma’lumotlar, xotira, printer, faks, skanner, dasturlar, modem va h. k.). Bir nechta personal kompyuterlarni bitta printerga ulash mumkin. Bu prinsip bugungi kunda ham qo‘llanib keladi.
Keyin birinchi Disk-Server (Disk-Servis) yaratildi. Bu markaziy kompyuter bo‘lib, bir nechta ishchi stansiyalar bilan ulangan. Markaziy kompyuterda operatsion tizim o‘rnatildi va bu bir nechta ishchi stansiyalarga (clients) bir vaqtda kirish imkoniyati yaratildi. Ma’lum bir resurslarga ulangan ishchi stansiyalarni kirish imkoniyatlarini chegaralab qo‘yish xususiyatlarga Disk-serverlar ega edi.
Bunday serverlarga texnik xizmat va xizmat ko‘rsatish katta xarajatlar talab qilinar edi, chunki ishchi stansiyalar boshqarar edi.
Keyinchalik disk-serverlarni faylli serverlar (File-Server) bilan almashtirishdi. Bunda boshqarish vazifalarini server o‘ziga oldi.
Ishchi stansiya resurslariga kirishni qo‘shimcha chegaralash uchun yangi imkoniyatlar tug‘ildi. Yakka ShK afzalligi bu ko‘p sonli amaliy dasturlar bilan avtonomli ishlash. Buning uchun unga markaziy kompyuter resurslariga kirish kerak emas.
Bunday ishlashni kamchiligi esa, qayta ishlangan ma’lumotlarni saqlash lokal tariqasida bo‘ladi. Ya’ni, bu ma’lumotlar bilan boshqa foydalanuvchilar ham ishlamoqchi bo‘lsa, ularni avval saqlash kerak yoki disketaga nusxa ko‘chirish kerak.
Birinchi kompyuterlar katta xarajatlar talab qilar edi, – atrof qurilmasi va xotira uchun ancha-muncha mablag‘ kerak edi. O‘sha vaqtda har bir hisoblash mashinalari orasida ma’lumotlar bilan almashish zarurligi paydo bo‘lgan. Shu sabab bilan kompyuterlar tarmoqga birlashtirilar edi.

Simli lokal tarmoq hosil qilish

Salom bizning Do’stlarimiz. Sizlar bilan UzHackerSW jamoasi. O’tgan mavzularda simsiz aloqa orqali lokal tarmoq hosil qilishni ko’rib chiqqan edik. Bugun esa biz simli aloqa tarmog’ini quramiz. Simli aloqa bilan simsiz aloqaning bir-biridan farqi shundaki, Simli aloqada xavfsizlik darajasi va ma’lumot uzatish tezligi yuqori hisoblanadi. Simli lokla tarmoq qurish uchun biz UTP kabelidan foydalanamiz chunki u Ethernet texnologiyasini qo’llab quvvatlaydi. Ethernet texnologiyasi esa hozirgi kunda lokal tarmoq uchun keng ko’lamda qo’llaniladi. UTP kabelining ham bir necha kategoriyalari ya’ni 1-dan boshlab 8.2 kategoriyalari mavjud. Ularning farqi shundaki, o’tkazish qobilyati yuqoriligi, sifat darajasi, xavfsizlik kabi ko’rinishlar o’sib borgan.

UTP kabelining ko’rinishi

Ekranlashtirilgan (ya’ni himoyalangan) UTP kabeli

UTP kabeli haqida tushunchaga ega bo’ldik. Endi bizga ulash uchun tayyor UTP kabel zarur. U quyidagicha ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:

Buning bir uchi kompyuterga ya’ni:

PC kompyuterlar uchun rasmda belgilangan qismiga ulanadi

Noutbuklar uchun esa quyidagicha portga ulanadi

Ikkinchi uchini esa istasangiz boshqa bir kompyuterga, switch (kommutator), hub (konsentrator), modem qurilmalariga ulashingiz mumkin. Ya’ni:

Switch. Quyida belgilangan portlarning istalgan biriga ulashingiz mumkin

Hub. Quyida belgilangan portlarning istalgan biriga ulashingiz mumkin

Modem. Quyida belgilangan portlarning istalgan biriga ulashingiz mumkin
Biz qurilmalar o’rtasida fizik jihatdan aloqani o’rnatib oldik. Bizga endi mantiqiy bog’lanish kerak. Ya’ni fizik jihatdan qurilmalar bir-biri bilan aloqa o’rnatdi, endi u ma’lumotlarni qayerdan qayerga ko’chirish kerakligi haqida mantiqiy manzilga ega emas. Biz kompyuterlarimizga IP manzil o’rnatishim lozim (ESLATMA. Yuqorida keltirib o’tilgan qurilmalar switch, hub yoki modem qurilmalariga IP manzil berish kerak emas. Ular faqat trafikni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga ya’ni switch va modem aniq bir kompyuterga yo’naltiradi, lekin hub qurilmasi bir kompyuterdan chiqqan xabarni hamma kompyuterlarga yuboradi).
Biz IP manzil berishda 192.168.1.0 /24 oraliqdan foydalanamiz. IP manzil berish quyidagicha amalga oshiriladi:

Quyidagi ko’rinishdagi belgi ustiga sichqonchamizning o’ng tugmasini bosamiz (ESLATMA. Bu belgi Windows ning 7, 8, 8.1, 10 kabi versiyalarida o’xshashdir)

Ochilgan menyuchadan quyidagini tanlaymiz

Mana bizda ochilgan oyna. U yerda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
1. Bu tarmoq aniqlashmaganligi bildiradi ya’ni hali hamma sozlamar amalga oshirilmaganligini bildiradi;
2. Bu bo’limga kirib kerakli tarmoq qurilmasini sozlashga o’tiladi.
Biz 2 ning ichiga kiramiz

Va bizda quyidagicha tarmoq kartasi mavjud. Shuning ustiga sichqonchani o’ng tugmasini bosamiz

Ochilgan oynadan «Свойства» bo’limiga kiramiz

So’ng biz yangi oynadan rasmda ko’rsatilgan bo’limga kiramiz

Rasmda ko’rsatilgan bo’limni tanlaymiz va biz o’zimiz bermoqchi bo’lgan IP kiritamiz. Maska bo’limiga o’tsak bergan IP imizga qarab o’zi avtomatik maska belgilaydi. So’ng «OK» tugmasini bosamiz
Bu jarayonni ikkinchi kompyuterda ham sozlaymiz. Bizning lokal tarmog’imiz soz holatda. Endi o’yin o’ynash va ma’lumot uzatish uchun antivirus dasturini va firewall tizimini o’chirish lozim. Bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga aniq bir faylni ko’chirishni keyingi mavzuyimizda ko’rsatib o’tamiz.
Qo’shimcha qilib shuni aytish mumkin-ki, agar siz hali ham tarmoq ishlayotganligiga aniq ishonch hosil qilmoqchi bo’lsangiz antivirus dasturini va firewall tizimini o’chirib «cmd» buyruqlar qatoriga kirib, «ping 192.168.1.1» ya’ni IP ni o’rnida o’zingiz bergan IP ni kiritasiz va sizda quyidagicha jarayon sodir bo’lish kerak:

Quyidagicha jarayon amalga oshishi zarur
Agar xuddi shu jarayon amalga oshmasa va boshqacha ko’rinishlar yuzaga kelsa, demak, sizda tarmoq to’liq sozlangan emas !

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.