Press "Enter" to skip to content

Laringit — tasnifi, belgilari va alomatlari, davolash, oldini olish, asoratlari

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Bolalarda laringit — sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari

Bolalarda laringit – nafas yoʻllari yuqori qismi (hiqildoq) yalligʻlanish kasalligi boʻlib, ovoz apparati va nafas olish buzilishi bilan kechadigan patologik holat. Bolalarda laringit “xurish» kabi yoʻtal, ovozning boʻ ​ gʻiqlashuvi, tana harorati koʻtarilishi, nafas olish qiyinlashuvi kabi belgilar bilan kechadi.

Bolalarda laringit diagnostikasi bolalar otolaringologi tomonindan klinik belgilar, laringoskopiya, virusologik yoki bakteriologik tekshiruv natijalari asosida qoʻyiladi. Bolalarda laringit davosida kamroq gapirish, antigistamin, virusga qarshi preparatlar yoki antibiotiklar, ingalyatsiya va fizioterapiya muolajalari yordamida olib boriladi.

Bolalarda laringit – hiqildoq shilliq qavatlari va ovoz boylamlarining yalligʻlanishidir. Laringit kasalligi koʻproq erta yoshdagi va maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarda uchraydi. Laringit bolalarda kam holatlarda yagona kasallik sifatida namoyon boʻladi, koʻpincha traxeit va bronxit bilan birgalikda – laringotraxeobronxit koʻrinishida kechadi.

Bolalarda oʻtkir laringit natijasida nafas yoʻllarining yuqori qismlari obstruksiyasi (yopilib qolishi) kelib chiqishi mumkin, bunday holatlarda tez tibbiy yordam koʻrsatish talab etiladi. Yuqorida keltirib oʻtilgan laringit belgilari kasallikning jiddiy ekanligi va ota-onalar, pediatr va bolalar otolaringologi eʼtiboridan chetda qolmasligi zarur.

Bolalarda laringit kelib chiqish sabablari

Bolalarda laringit infeksiya, allergiya, diatezlar, psixo-emotsional va boshqa omillar taʼsirida kelib chiqishi mumkin. Koʻp hollarda laringit kelib chiqishiga sabab viruslar boʻladi: paragripp, gripp, oddiy gerpes virusi, qizamiq, adenovirus va boshqalar. Bakterial etiologiyali laringit bolalarda kam uchraydi, ammo juda ogʻir koʻrinishda kechadi. Bunday holatlarda kasallikning asosiy qoʻzgʻatuvchisi – b tipidagi gemofil tayoqcha, stafilokokk, pnevmokokk, gemolitik streptokokk A guruhidagi bakteriya (skarlatina qoʻzgʻatuvchisi), Borde-Jang tayoqchasi (koʻk yoʻtal qoʻzgʻatuvchisi) va boshqalar boʻlishi mumkin. Difteriya (boʻgʻma) ga qarshi profilaktiik emlashlar natijasida bolalarda difteriyali laringit deyarli uchramaydi.

Bolalarda laringit kasalligi avj oladigan davr – qish mavsumidir. Kasallik koʻp qayd etilishiga sabab bu davrda bolalar sovuq qotishi, burun orqali nafas olishning buzilishi, gipovitaminoz, immunitetning sustlashishi, rinit, faringit, adenoidit, tonzillit kabi kasalliklar xuruj qilishidir. Ayniqsa, laringit kasalligiga moyil boʻlganlar – limfatik-gipoplastik diatez kuzatiladigan bolalar hisoblanadi.

Allergik etiologiyali laringit bolalarda turli xil kimyoviy moddalar bugʻi bilan nafas olganda (boʻyoq-lak), chang, hayvon yungi nafas yoʻllariga tushishi, ayrim aerozol preparatlardan notoʻgʻri foydalanganda va ovqat mahsulotlariga allergik reaksiyalar natijasida kelib chiqadi. Baʼzida laringit kelib chiqishiga ovoz boylamlarining zoʻriqishi (kuchli baqirganda, qoʻshiq kuylovchi bolalarda va boshqalar), kuchli ruhiy-emotsional holatlar natijasida kelib chiqadigan hiqildoq spazmi, hiqildoq jarohatlari, yot jism aspiratsiyasi, oshqozondagi kislotali massaning qayta yuqoriga koʻtarilishi va nafas yoʻllariga oʻtishi (gastro-ezofagal reflyuks, reflyuks-laringit) ham sabab boʻlishi mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Bolani ona suti bilan oziqlantirish

Bolalarda laringit patogenezi

Bolalarda laringit kechishi bolaning nafas yoʻllari anatomo-fiziologik oʻziga xosligi, hamda bola yoshiga mos holda hiqildoq boʻshligʻi torligi va yutqinning voronkasimon boʻlishi, hiqildoq innervatsiyasi, nafas yoʻllari mushaklari zaifligiga bogʻliq boʻladi. Aynan shular sababli laringit natijasida nafas yoʻllarining oʻtkir obstruksiyasi va oʻtkir nafas yetishmovchiligi kelib chiqadi.

Muhim bir jihatni ham unutmaslik kerak, bolalarda hiqildoq shilliq qavatlarining shishi va hatto 1 mm.ga qalinlashishi ham, hiqildoq boʻshligʻining yarim barovar torayib qolishiga olib keladi. Bundan tashqari, yuqori nafas yoʻllari obstruksiyasida mushaklarning reflektor ravishda spazmi va mexanik tiqilib qolishlar (yalligʻlanish natijasida toʻplangan ajralmalar yoki yot jism) ham katta rol oʻynaydi. Hiqildoq boʻshligʻi torayishi va nafas olish qiyinlashuvi asosan tunda sodir boʻladi, bunga sabab tunda hiqildoq limfa va qon aylanishi oʻzgarishi, nafas olish soni uyqu vaqtida kamayishidir.

Bolalarda laringit kechishi boʻyicha: oʻtkir va surunkali; asoratsiz va asoratli shakllari farqlanadi. Endoskopik tekshiruvga asoslanib, laringit bolalar otolaringologiya sohasida – oʻtkir kataral, shishli va flegmonoz, surunkali kataral, gipertrofik va atrofik laringit turlariga boʻlinadi. Kataral laringitda yalligʻlanish jarayoni faqatgina hiqildoq shilliq qavatda roʻy bersa, flegmonoz koʻrinishida shilliq osti, mushak qavati, boylamlar va togʻaylarni ham qamrab oladi. Giperplastik laringitda hiqildoq shilliq qavatining qalinlashishi va giperplaziyasi kuzatiladi. Atrofik laringit esa shilliq qavatning yupqalashishi bilan xarakterlanadi. Bolalarda odatda kasallikning kataral va gipertrofik shakllari uchraydi.

Yalligʻlanish jarayoni tarqalishiga koʻra laringit – boylamosti, diffuz laringit va laringotraxeobronxit koʻrinishida kechadi.

Bolalarda laringit belgilari

Bolalarda laringit klinik belgilari oʻtkir respirator infeksiya bolaga yuqqanidan 2-3 kun oʻtib yuzaga chiqadi. Bolalar holsizlik, yutinganda ogʻriq, yutinish qiyinlashuviga shikoyat qiladilar, tana harorati koʻtarilishi ham mumkin (37,5 C gacha), bosh ogʻrigʻi, nafas olishning qiyinlashuvi va tezlashuvi kuzatiladi. Laringit holatida bolalarda ovoz oʻzgarishi roʻy beradi: ovoz boʻgʻiq, xirillagan, kuchsiz yoki umuman ovozsiz boʻlib qolishi mumkin (disfoniya yoki afoniya rivojlanadi). Quqruq, “xurgan» kabi yoʻtal paydo boʻladi, 3-4 kun oʻtib nam yoʻtalga aylanadi. Asoratsiz laringit odatda 5-10 kun davom etishi mumkin.

Kichik yoshdagi bolalarda laringit avj olib borishi – hiqildoq torayishi va oʻtkir laringotraxeit rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, bolalarda soxta KRUP ham kuzatiladi, uning belgilari triada koʻrinishida kechadi: “xurgan kabi” yoʻtal, ovozning boʻgʻiqlashuvi, inspirator hansirash (nafas olish qiyinlashuvi). Soxta KRUP asosan tunda namoyon boʻladi. Bola toʻsatdan uygʻonadi, uni yoʻtal va nafas qisishi qiynaydi, bola bezovta va juda qoʻzgʻalgan holatda boʻladi. Auskultativ eshitib koʻrilganda xushtaksimon nafas, taxipnoe eshitiladi, taxikardiya, ogʻiz uchburchagida sianoz, akrotsianoz aniqlanadi, bola koʻp terlaydi. Ogʻir koʻrinishlarida yurak-qon tomir yetishmovchiligi va asfiksiya kelib chiqishi mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Stafilokokk mavjud bo‘lganda bolani emizish mumkinmi?

Surunkali laringit katta yoshli bolalarda koʻp uchraydi. Kasallikka xos belgilar – oʻtib ketuvchi yoki saqlanib qoluvchi disfoniya, koʻp gapirganda charchab qolish, tomoqda qichishish va reflektor ravishda yoʻtal tutishi boʻlishi mumkin. Laringit xuruj qilgan vaqtlarda yuqoridagi belgilar kuchli namoyon boʻladi.

Bolalarda laringit kasalligi diagnostikasi

Bolalarda laringit kasalligini tashxislash uchun bolalar otolaringologi uchun anamnez yigʻish va klinik belgilarga asoslanishning oʻzi kifoya. Maxsus otolaringologik tekshiruvlarga faringoskopiya, rinoskopiya, otoskopiya va boʻyin sohasi limfa tugunlari palpatsiyasi kiradi.

Bolalarda laringit diagnostikasida asosiy tekshiruv usuli – laringoskopiya hisoblanadi. Tekshiruv natijasida hiqildoq shilliq qavati giperemiyasi, shish, qon-tomirlari surʼati kuchayishi yoki shilliq qavatda petixiyali qon tomir yorilishlari aniqlanadi. Ovoz chiqargan vaqtda ovoz boylamlarining qalinlashishi va toʻliq yoplimasligi koʻrinadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisini aniqlash maqsadida yuqori nafas yoʻllaridan surtma olinib, bakteriologik, virusologik yoki PZR-tekshiruvlari ham oʻtkazilishi mumkin.

Bolalarda laringit asoratida kelib chiqqan ovoz oʻzgarishlarida maxsus mutaxassislar tekshiruvlari talab etiladi, yaʼni foniatr, logoped va fonoped kabi shifokorlar.

Bolalarda soxta KRUPni difteriya (boʻgʻma, chin KRUP), hiqildoqdagi yot jism, yutqin absessi, hiqildoq papillomasi, hiqildoq allergik shishi, epiglottit, spazmofiliya natijasida kelib chiqadigan laringospazm bilan differensatsiya qilish kerak.

Bolalarda laringit davosi

Bolalarda laringit davosida muolaja — himoyalovchi chora tadbirlar oʻtkaziladi: yotoq tartibi, ovoz boylamlari tinchligi, xona harorati qulay boʻlishi, namlik yetarlicha boʻlishiga eʼtibor qaratiladi. Bolalar diyetasida sovuq, issiq, taʼsirlovchi mahsulotlar va gazli ichimliklardan cheklangan boʻlishi kerak.

Laringit vaqtida yaxshi samara beruvchi usullardan iliq suyuqlik ichish, boʻyin sohasida quruq iliqlik yaratish (boʻyin sohasini juli mato bilan oʻrash), dorivor ingalyatisya, banka va xantal qogʻoz qoʻyish ham buyurilishi mumkin.

Bolalarda laringit davosida fizioterapiyaning ham oʻz oʻrni bor, bolalarda UVCH, boʻyin sohasida elektroforez, mikrotoʻlqinli terapiya, fonoforez, UBN ni boʻyinning oldingi sohasi yuborish kabi muolajalar qoʻllaniladi. Ovoz oʻzgarishi saqlanib qoladigan boʻlsa, logoped mashqlaridan foydalaniladi.

Bolalarda laringit medikomentoz davosida virusga qarshi preparatlar yoki antibiotiklar, nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar, antigistaminlar, yoʻtalga qarshi yoki balgʻam koʻchiruvchi vositalar qoʻllaniladi. Koʻp holatlarda mahalliy qoʻllaniluvchi antiseptik preparatlar buyuriladi – aerozollar, soʻrish uchun tabletkalar. Zaruriyat tugʻilganda dori preparatlari endolaringeal tarzda yuboriladi.

Soxta krup yuzaga chiqadigan boʻlsa, zudlik bilan tez tibbiy yordam koʻrsatilishi kerak, bunda hiqildoqda shish va spazmni bartaraf etish, normal nafas olishni tiklash zarur boʻladi. Tez tibbiy yordam kelgunga qadar bolani tik (vertikal) holatda tutish, toza va nam havo kelishini taʼminlash, ingalyatordan foydalanish, chalgʻituvchi chora tadbirlar (oyoqlarda issiq vannalar qilish) oʻtkazish talab etiladi. Shifoxona sharoitida bolada kislorod terapiya va ingalyatsiya usullari oʻtkaziladi, spazmolitik, gormonal, antigistamin preparatlar yuboriladi. Hiqildoqning kuchli stenozida intubatsiya yoki traxeostomiya muolajalari bajariladi va sunʼiy oʻpka ventilyatsiyasiga ulanadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Chaqaloqning ilk haftasi (Chilla davri)

Bolalarda laringit oqibati va profilaktikasi

Bolalarda asoratsiz laringit oqibati – ijobiy. Koʻpchilik bolalar maktab yoshiga kirguniga qadar kasallikdan butunlay qutulib ketishadi, ammo yalligʻlanish jarayoni takrorlanadigan boʻlsa, kasallik surunkali koʻrinishiga oʻtib ketadi. Soxta krup kelib chiqqan holatlarda kasallik oqibati – tez tibbiy koʻrsatish sifatiga bogʻliq boʻladi, hiqildoq jiddiy stenozida esa asfiksiya natijasida oʻlim holati sodir boʻlish ehtimoli ham bor.

Bolalarda laringit profilaktikasiga – LOR-kasalliklarini oʻz vaqtida davolash, allegik mahsulotlardan cheklanish, kasallangan bolalar bilan kontakda boʻlmaslik, ovoz gigiyenasiga rioya etish, immunitetni umumiy ragʻbatlantirish kabi chora tadbirlarni oʻz ichiga oladi.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Laringit — tasnifi, belgilari va alomatlari, davolash, oldini olish, asoratlari

Laringit (qad.-yun. λάρυγξ — «hiqildoq») — hiqildoq shilliq qavatlarining yallig’lanishi, odatda, shamollashlar yoki qizamiq, skarlatina, ko’kyo’tal kabi infektsion kasalliklar bilan bog’liq bo’ladi. Kasallik rivojlanishiga sovqotish, isib ketish (sovuq yoki issiq taom iste’mol qilish), og’iz orqali nafas olish, havoning changligi, hiqildoqning zo’riqishi sabab bo’lishi mumkin.

Laringit — birinchi navbatda bolalar kasalligi. Bu bolalar va kattalarda havo yo’llarining o’lchamlari farq qilishi bilan bog’liq. Bolalarda hiqildoq bo’shlig’i juda kichik va hatto yengil yallig’lanishi ham sezilarli torayishi — stenozlovchi laringitni keltirib chiqaradi. Kattalarda esa hiqildoq shilliq qavatining yallig’lanishi juda kam hollarda hiqildoq bo’shlig’ining jiddiy torayishiga olib keladi va shu sababli laringitning kechishi ancha yengil bo’ladi.

  • 1 Laringitning tasnifi
    • 1.1 Laringitning kechish shakli bo’yicha tasnifi
    • 1.2 Laringitni kechish intensivligi bo’yicha tasniflash
    • 2.1 Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda va go’daklarda laringit alomatlari
    • 2.2 Laringitda krup rivojlanishining belgilari
    • 4.1 Laringitda parvarishlash tartibi
    • 4.2 Laringitni davolash uchun dorilar
    • 4.3 Antibiotiklarni qo’llash
    • 4.4 Laringitda fizioterapevtik muolajalar

    Laringitning tasnifi

    Zamonaviy tibbiyotda laringitning ikki tasnifi mavjud: kechish shakli va intensivligi bo’yicha.

    Laringitning kechish shakli bo’yicha tasnifi

    • Kataral. Bu laringitning eng oddiy va keng tarqalgan shakli. Bolalardagi ko’plab infektsion kasalliklarga xos bo’lgan alomatlar majmui bilan tavsiflanadi: quruq yo’tal, tana haroratining yengil ko’tarilishi, ovoz xirillashi. Ammo hatto bu shakldagi laringitni ham malakali davolash kerak bo’ladi, chunki u vaqtinchalik ovozning yo’qolishiga va nafas olish yetishmovchiligining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
    • Stenozlovchi. Yuqorida aytib o’tilganidek, stenozlovchi laringit hiqildoq bo’shlig’ining ahamiyatli torayishiga olib keladigan kasallikdir. Ko’pincha nafas olish bilan bog’liq muammolarni chaqiradi (krup yoki bo’g’ma).
    • Gipertrofik. U mustaqil ravishda va kataral laringit ortidan rivojlanishi mumkin. Ovozning xirillashi bilan ifodalanadi, ba’zan ovoz batamom yo’qotiladi.
    • Atrofik. Ko’p hollarda kattalar uchun xos. Asosiy farq — hiqildoq shilliq qavatining ingichkalashidir.
    • Gemorragik. Ko’pincha toksik gripp yoki qon hosil qilish a’zolarining individual patologiyalarida rivojlanadi. Quruq yo’tal bilan xarakterlanadi. Nam yo’tal shakliga o’tganida balg’amda qon quyqalari mavjudligi kuzatiladi.
    • Difteriyali. Difteriyali laringit rivojlanishning aniq belgilanadigan yo’nalishi mavjud: bodomsimon bezdan hiqildoqqacha. Vizual tarzda shilliq qavatlarda oq karash kuzatilishi mumkin, uning ko’chishi esa nafas yo’llarining tiqilib qolishiga sabab bo’ladi. Simptomatikasi bo’yicha laringitning difteriyali shakli streptokokklar tomonidan chaqirilgan infektsiyaga o’xshaydi.
    • Flegmonoz. Hiqildoqning yiringli yallig’lanishli shakli bo’lib, juda kam uchraydi. U laringitning kataral shaklidan rivojlanadi va barcha alomatlarning kuchayishi bilan kechadi.

    Laringitni kechish intensivligi bo’yicha tasniflash

    • O’tkir. To’satdan namoyon bo’ladi va alomatlari juda keskin rivojlanadi: tomoqdagi yoqimsiz hislar (achish, og’riqli yutinish, konvulsiv yo’tal), ovoz pasayadi. Ovoz boylamlarining qizarishi va shishishi kuzatiladi.
    • Surunkali. Laringitning bu shakli tomoq va ovoz boylamlari bilan bog’liq muammolarning sekin rivojlanishi hamda doimiy yo’talish kerakligi zarurati hissi bilan namoyon bo’ladi. Bu ketma-ket bir qator o’tkir laringitlar oqibati hisoblanadi. So’z o’rnida, kattalardagi surunkali laringit ko’pincha kasbiy kasallik kabi rivojlanadi. Unga xonandalar, o’qituvchilar va xizmat vazifalari bo’yicha doimo gapirishga majbur bo’lgan kishilar moyil hisoblanadi.

    Laringit alomatlari

    Bolalarda laringitning birinchi va eng yorqin belgisi ovozning xirillashidir. Bundan tashqari, kasallik rivojlanishining dastlabki bosqichiga quruq yo’tal, yutinishda og’riq sezilishi va nafas olish qiyinchiliklari hamrohlik qiladi.

    Quyidagi alomatlar ham laringit rivojlanishini ko’rsatadi:

    • Tomoqning qizarishi va shishishi;
    • Tovushi it akillashiga o’xshash yo’tal;
    • Haroratning 37,5-38 °C gacha ko’tarilishi;
    • Og’izda quruqlik va tirnalish hissi;
    • Hiqildoq mushaklarining spazmlari.

    Umuman olganda, laringit belgilari boshqa infektsion kasalliklarning rivojlanishiga yetarlicha o’xshash. Lekin ovoz bilan bog’liq muammolar va akkillovchi yo’tal — bu kasallikning o’ziga xos alomatlari bo’lib, deyarli barcha hollarda laringitni xatosiz tashxislash imkonini beradi.

    Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda va go’daklarda laringit alomatlari

    Kattaroq bolalar tomoqdagi noxush hislar, og’riq alomatlari va kasallikning boshqa sabablaridan shikoyat qila olsa, chaqaloqlar bilan hammasi ancha murakkabroq. Ular muammolarni og’zaki ifoda eta olmaydi. Shuning uchun chaqaloqlarda laringit belgilarini vizual tarzda aniqlash kerak. Ota-onalar chaqaloqning injiqlanishi, bezovtaligi va umumiy zaifligidan, yig’lashi vaqtida ovozining xirillashi va nafas olishining qiyinlashuvi, shuningdek yo’tal va burni oqishidan ogoh bo’lishlari kerak. Bularning barchasi shifokorga murojaat qilish uchun o’rinli sabab hisoblanadi, kasallik o’z vaqtida tashxislansa, jiddiy asoratlarning oldi olingan bo’ladi.

    Laringitda krup rivojlanishining belgilari

    Laringit haqida gap ketganda, krup kabi asoratni keltirib o’tmay bo’lmaydi. Bu atama bolalarda nafas olish patologiyasini anglatadi, u hiqildoq bo’shlig’ining sezilarli darajada torayishi tufayli rivojlanadi. Ko’pincha krup kechasi qayd qilinadi va xuruj juda qo’rqinchli ko’rinadi. Bola nafas qisilishidan shikoyat qiladi, uning ovozi ko’pgina noodatiy tovushlar bilan birga kechadi. Ba’zi hollarda tanada ko’karishlar paydo bo’lishi mumkin, bu qonning kislorodga to’yinmaganligini ko’rsatadi.

    Xurujning aynan kechqurun sodir bo’lishi — yotgan holatda shilliq hiqildoqqa oqib keladi va havo yetarlicha nam bo’lmaganida va havo harorati yuqori bo’lganida qurib boshlaydi va qotadi, shu sababli havo o’tishini qiyinlashtiradi. Statistikaga ko’ra, laringit tufayli krup har ikkinchi bolada sodir bo’ladi. Shuning uchun, pediatrdan laringit tashxisini eshitgach, yaqin oradagi tunda bolada nafas olish olish patologiyasi rivojlana boshlashiga tayyor bo’lish kerak.

    Laringitning bunday rivojlanishida birinchi va eng to’g’ri qadam tez yordam chaqirish va bolani kasalxonaga yotqizishdir. Krupni mustaqil bartaraf etish uchun esa xonadagi havoni namlantirish va haroratni 18 °C gacha sovutish kerak. Ideal holda, bolani hammomga olib kirib, sovuq suv jo’mragini ochib qo’yish zarur. Shundan so’ng, krup alomatlari tezlik bilan pasaya boshlaydi.

    Shifokorlar aytishicha, krupning bir qarashda murakkabligi va muammoli ekanligiga qaramasdan, u jiddiy xavf tug’dirmaydi. Ota-onalar vahimaga tushmasliklari kerak va aksariyat hollarda oddiy, to’g’ri amallarni bajarib, ushbu qiyinchilikni shifokorlar kelguniga qadar mustaqil yengishlari mumkin.

    Bolalarda laringitning klinik diagnostikasi

    Laringitni tashxislash va davolash pediatr tomonidan amalga oshiriladi, zarurat bo’lganda otorinolaringolog bilan maslahatlashashish kerak. Ushbu kasallikning klinik diagnostikasi kompleksi quyidagilardan iborat:

    1. Anamnez va bemorlarning shikoyatlarini tahlil qilish.
    2. Limfa tugunlari o’lchamidagi o’zgarishlarni va hiqildoqda og’riq mavjudligini ko’rsatuvchi belgilarni aniqlashga qaratilgan bolaning umumiy tekshiruvi.
    3. Hiqildoqni endoskop yordamida vizual tekshirish, bunda hiqildoq bo’shlig’ining torayishi, qizarish va shishish mavjudligi, shuningdek yiringli va shilliqli karashlar mavjudligi aniqlanadi.
    4. Infektsion kasallikning qo’zg’atuvchisini aniqlashga imkon beradigan hiqildoq shilliq qavatidan surtma olish.
    5. Laringitning kelib chiqishini (virusli yoki bakterial) aniqlashga mo’ljallangan umumiy qon tahlili.

    Ushbu ma’lumotlarga asoslanib, pediatr yakuniy tashxisni qo’yadi, davolash usullarini belgilaydi va bolaning kasalxonaga yotqizilishi zarurligini hal qiladi. Quyidagi hollarda laringit statsionar davolanishi kerak:

    • Nafas olish patologiyalari, yaqin kelajakda bo’g’maga olib kelishi mumkin bo’lgan hiqildoqning torayishi mavjudligi;
    • Murakkab shakllardagi laringit;
    • Bemorda laringit rivojlanishini og’irlashtirishi mumkin bo’lgan allergiya, markaziy asab tizimi kasalliklari va boshqa patologiyalar mavjudligida.

    Bolalarda laringitni davolash

    Laringitni davolash tartibi uch asosiy yo’nalishga asoslangan:

    • Bolani parvarish qilish tartibi;
    • Dori vositalari;
    • Fizioterapevtik muolajalar.

    Laringitda parvarishlash tartibi

    Hiqildoq yallig’lansa, bola ma’lum bir turmush tarziga rioya qilishi kerak. Eng asosiysi — bu yotoq tartibi va ovozli faoliyatning cheklanishi. Albatta, bolani bir hafta davomida ovoz chiqarmaslikka majbur qilib bo’lmaydi, ammo kerak bo’lsa, pichirlab gapirishni o’rgatishga harakat qilish kerak. Bunda hiqildoq yetarlicha tez tiklanadi va bolada hali endi rivojlanayotgan ovoz boylamlarining tuzatib bo’lmaydigan nuqsonlari rivojlanishi ehtimoli nolga tenglashadi.

    Bola joylashgan xonadagi havo salqin va nam bo’lishi kerak. Optimal harorat -18 °C, namlik — 70%. Bunday ko’rsatkichlarni ta’minlash uchun xonani shamollatish, agar kerak bo’lsa, isitish moslamalarini o’chirish va namlagichni ishlatish kerak.

    Laringitda ovqatlanish tomoqni ta’sirlantirmaydigan bo’lishi kerak. Issiq ham, sovuq ham, nordon ham emas. Tomoq to’liq dam olishi kerak. Shu bilan suyuqlik ichish (u ham ta’sirlantirmaydigan) maksimal miqdorda bo’lishi kerak. Bu yondashuv quruq yo’tal bosqichidan tezda o’tish va toksinlarning organizmga ta’sirini kamaytirish imkonini beradi.

    Laringitni davolash uchun dorilar

    Bolalarda laringit tashxislanganda, ko’p hollarda, kasallikning alomatlarini bartaraf etishga mo’ljallangan dori vositalari to’plami buyuriladi. Shartli ravishda, ular bartaraf etadigan alomatlar bo’yicha to’rt guruhga bo’linadi:

    • Antigistaminlar. Antigistaminlarning ta’siri bolalarda hiqildoq shilliq qavatining shishini kamaytirish, shuningdek, bolaning umumiy ahvolini tinchlantirishga qaratilgan.
    • Balg’am ko’chiruvchi vositalar va yo’talni bartaraf etadigan dorilar. Ushbu guruh dorilarini belgilanishi shifokor tavsiyasi bilan amalga oshirilishi kerak. Bemorning o’ziga xos xususiyatlariga va laringitning xarakteriga qarab, organizmga salbiy ta’sir ko’rsatmasdan eng yaxshi ta’sir qiladigab dori-darmonlar tanlanadi.
    • Tomoqdagi noxush hislarni bartaraf etish uchun preparatlar. Ushbu guruhdagi dori vositalari, asosan, shimish uchun tabletkalar va sirop shaklida ishlab chiqariladi. Bunday vositalar yutinishdagi og’riqni bartaraf etadi, antiseptik va antibakterial ta’sir ko’rsatadi.
    • Isitma tushiruvchi preparatlar. Laringit isitma bilan kechadigan hollarda, uni tushirish uchun bolaga dori berish kerak. Eng samaralilari Nurofen va Parasetamol hisoblanadi. Shu bilan birga, shunday tabiatli aksariyat kasalliklarda bo’lgani kabi, harorat 38 °C gacha bo’lganida uni tushirish tavsiya etilmaydi.

    Antibiotiklarni qo’llash

    Bolalar laringitini davolashda antibiotiklar kamdan-kam hollarda qo’llaniladi. Ularni tayinlashning asosiy sabablari — yallig’lanish jarayonining bakterial tabiati va bola organizmning yuqori darajada intoksikatsiyasi. Shu bilan birga, bakterial laringit juda kam uchraydi, shu sababli antibiotiklardan foydalanish ham.

    Bundan tashqari, laringitda kerakli ko’rsatmalarsiz ham antibiotiklar buyuriladigan hollar qayd qilinadi. Bu asoratlar rivojlanishini oldini olish uchun amalga oshiriladi. Lekin tibbiyotda bunday qadam ortiqcha hisoblanadi va uning foydasi yetkazishi mumkin bo’lgan zararni qoplamaydi.

    Agar bolada laringit uchun antibiotiklarni qo’llashga ko’rsatmalar bo’lsa, ko’p hollarda boshqa infektsion kasalliklarga xos preparatlar qo’llaniladi: penitsillinlar, sefalosporinlar va makrolidlar. Oxirgi ikki guruh, penitsillin preparatlariga nisbatan individual intolerantlik yoki boshqa sabablar mavjud bo’lganida qo’llaniladi.

    Laringitda fizioterapevtik muolajalar

    Yuqorida ta’kidlanganidek, laringitni davolashda eng muhim omil — nam havo hisoblanadi. Shuning uchun bu kasallikda ingalyatsiyalar tavsiya etiladi. Muolaja shifoxonada maxsus uskunalarda yoki uy sharoitida ingalyatorda bajarilishi kerak. Bug’ bilan nafas olish tavsiya etilmaydi, ayniqsa bolalarga, bu shilliq qavatning kuyishiga olib kelishi mumkin.

    Ingalyatsiya uchun preparatlardan soda eritmasi (bir stakan suv uchun bir choy qoshiq), moychechak va yalpizli damlamalar tavsiya etiladi. Dori vositalaridan ingalyatsiya uchun ko’pincha Lazolvan va Sinupret tavsiya etiladi.

    Laringit bilan og’rigan bolalarga ingalyatsiya kuniga ikki marta buyuriladi. Muolaja ovqatlanish oraliqlarida o’tkazilishi kerak. Ta’sirini maksimal qilish uchun ingalyatsiya vaqtida va undan yarim soat keyin umuman gaplashmaslik zarur.

    Statsionar davolanish sharoitida bolalardagi laringit uchun boshqa fizioterapevtik usullar: UYCH terapiyasi, ta’siri hiqildoqqa qaratilgan elektroforez, ultrabinafsha nurlanish va mikroto’lqinli ta’sir qilish tayinlanadi. Bu usullarning barchasi laringit kechishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va kasallikning asosiy alomatlarini samarali tarzda bartaraf qiladi.

    Xalq tabobati yordamida laringitni davolash usullari

    Bunday infektsiyada xalqona vositalar ham uning alomatlarini yengish uchun mo’ljallangan. Eng samarali usul tomoqni chayishdir. Buning uchun tabiiy balg’am ko’chiruvchi, shuningdek antiseptik va yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega bo’lgan o’simliklar damlamalari ishlatiladi. Xususan, tomoqni chayish uchun qaynatilgan lavlagi sharbati samarali bo’ladi. Bundan tashqari, qaynoq suvda eritilgan asal (bir stakan suvga choy qoshiq) ham chayqash uchun foydalidir. Olingan vosita sovugach, kuniga uch marta chayish uchun qo’llaniladi.

    O’tkir laringitda boshqa isitish usullarini qo’llash ham foydali bo’ladi. Xususan, ko’pincha bolalar oyoqlari xantalli vannalar qilinadi, kechasi isitish uchun bo’yniga kompresslar qo’yiladi. Ushbu muolajalardan foydalanilsa, organizm tezroq tiklanadi, laringitning alomatlari esa kamroq noqulaylik yetkazadi.

    Lekin yodda tutish kerakki, kasallik medikamentlar bilan davolaniladi, xalq tabobati vositalari esa faqat qo’shimcha sifatida qo’llanilishi mumkin.

    Laringit fonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan asoratlar

    Laringitni o’z vaqtida davolamaslik yoki davolashning umuman yo’qligi, shuningdek noto’g’ri tanlangan davolash taktikasi jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. O’tkir laringit ko’pincha surunkali shaklga o’tadi va surunkali shakli quyidagi oqibatlarga olib kelishi ehtimoli mavjud:

    • Hiqildoq devorlarining torayishi va nafas olish patologiyalarining rivojlanishi;
    • Ovozning to’liq yo’qolishiga olib kelishi mumkin bo’lgan ovoz boylamlari bilan bog’liq muammolar;
    • Ovoz boylamlaridagi neoplazmalar: granulomalar, poliplar;
    • Hiqildoq sohasidagi yaxshi sifatli o’smalar;
    • Hiqildoq saratoni.

    Surunkali laringitda bemorlarning qariyb 90 foizida hiqildoq stenozi rivojlansa, boshqa mumkin bo’lgan asoratlar juda kam uchraydi. Ularga kerakli davolanishning yo’qligi va bir vaqtga to’g’ri kelib qolgan bir qator og’irlashtiruvchi omillar olib kelishi mumkin.

    Bundan tashqari, laringitning yiringli shakllari rivojlanishi ham asoratlar qatoriga kiradi. Ular ko’pincha quyidagi murakkabliklar bilan tavsiflanadi:

    • Ko’krak qafasidagi yallig’lanish (mediastinit);
    • O’pkaning abstsesslari (o’pkada yiring bilan to’lgan bo’shliq shakllanishi);
    • Sepsis;
    • Bo’yin to’qimasining yiringli yallig’lanishi (flegmona).

    Laringitning aynan yiringli shakllari eng noxush va bartaraf etishi murakkab bo’lgan turi sanaladi va uning rivojlanishini oldini olish uchun hamma choralarni qo’llash kerak.

    Laringitni oldini olish

    Aynan ushbu kasallikni oldini olishga qaratilgan maxsus profilaktik choralar mavjud emas. Infektsiya mutlaqo hammaga ta’sir ko’rsatadi. Biroq, ota-onaning vazifasi, bola organimzning himoya funktsiyalarini iloji boricha mustahkam qilishdir. Birinchi navbatda bolani chiniqtirish kerak. Bolani sovuqroq suvda yuvintiring, ob-havoga qaramasdan ko’proq sayr qildiring, sport bilan shug’ullanishini ta’minlang. Bu organizmni ko’plab kasalliklarga mustaqil qarshilik ko’rsata olishiga imkon beradi.

    Bundan tashqari, to’g’ri va sog’lom ovqatlanish ayniqsa muhimdir. Bolalar taomnomasida, umuman kattalarnikida ham foydali, tabiiy mahsulotlar: sabzavotlar, go’sht, dengiz mahsulotlari, sut mahsulotlari ustun bo’lishi kerak. Shu bilan birga, gazli ichimliklar, shirinliklar va shu kabilarni cheklash kerak.

    Infektsion kasalliklarga qarshi kurashda yana bir muhim omil — bola xonasida to’g’ri mikroiqlim bo’lishi. Xona harorati to’g’ri bo’lishi kerak: havoni 22-25 °C gacha isitib yubormang. 18 °C qulay yashash uchun yetarli. Shu bilan siz farzandlaringizning uyquchanligini unutasiz. Ular yanada faol bo’ladi.

    Namlikni ham nazorat qilishingiz kerak. Bu kichik nyuansga juda ko’pchilik ahamiyat bermaydi, ammo namlikni o’lchash va havoni namlantirish uchun qurilma har bir bolaning xonasida bo’lishi kerak, umuman kattalar xonasida ham. Yuqorida aytib o’tilgan harorat bilan birga 60-70 foiz darajadagi namlik ko’plab bolalar kasalliklarining oldini olish kalitidir.

    Ларингит: причины, симптомы и лечение

    Гортань – это сложный орган, представляющий собой комплекс различных тканевых структур с развитой сетью кровеносных, лимфатических сосудов и нервов.

    Гортань – полый воздухоносный орган, жесткость которому придают хрящи. Сверху гортань открывается в гортаноглотку, а снизу переходит в трахею.

    Внутри гортань покрыта тонкой слизистой оболочкой цилиндрического мерцательного эпителия, а в местах механической нагрузки (надгортанник, задняя стенка гортани, свободные края голосовых складок) более прочным многослойным плоским эпителием.

    Скелет гортани состоит из 5 главных хрящей:

    • трех непарных (перстневидный, щитовидный и надгортанник)
    • двух парных (черпаловидные хрящи)

    Голосовые складки представляют собой два мышечно-связочных тяжа белесовато-перламутрового цвета. 3

    Гортань обеспечивает ряд важных функций:

    • дыхательную
    • фонаторную (голосовую)
    • защитную
    • кашлевую
    • отхаркивающую
    • речеобразующую (она основана на дыхательной и голосовой функциях)

    Причины ларингита

    КОММЕНТАРИЙ

    Инфекции

    Причиной возникновения острого ларингита может стать инфекция, которая проникает в слизистую глотки и гортани и легко активизируется на фоне снижения общего и местного иммунитета.

    К основным возбудителям острого и хронического ларингита относятся преимущественно стрептококки и стафилококки, которые могут активизироваться под влиянием неблагоприятных факторов.

    Неинфекционные причины

    – курение и алкоголь
    – химический и термический ожог гортани
    – аллергия
    – сильные голосовые нагрузки

    Факторы риска развития острого ларингита:

    • снижение иммунитета
    • общее и местное переохлаждение
    • заболевания глотки и околоносовых пазух
    • влияние вредных привычек

    Острое воспаление слизистой оболочки гортани может являться следствием катарального воспаления слизистой оболочки носа, околоносовых пазух (синусит) или глотки (тонзиллит, фарингит).

    Острый ларингит развивается на фоне вирусов:

    • ОРВИ
    • вируса гриппа A, B, и C
    • парагриппа
    • аденовирусной инфекции 4

    Среди бактерий частыми возбудителями острого ларингита являются:

    • гемофильная палочка (H. Influenzae)
    • хламидии пневмония (Chlamydia pneumoniae)
    • моракселла (Moraxella catarrhalis)
    • пневмококк (S. pneumoniae) 5

    Классификация острого ларингита

    Катаральный ларингит

    Самая распространенная форма заболевания. Острый ларингит характеризуется катаральным воспалением слизистой оболочки гортани без признаков стеноза. Катаральный ларингит является самой простой формой ларингита, которая лечится амбулаторно.

    Отечный ларингит

    Характеризуется отеком слизистого и подслизистого слоя гортани. Клинические проявления отечного ларингита зависят от размера отека. Причины – ангионевротические (отек Квинке) и аллергические.

    Флегмозный ларингит (абсцедирующий)

    Острый ларингит с образованием абсцесса в области надгортанника или черпалонадгортанных складок.

    Симптомы острого ларингита

    При катаральной форме ларингита наблюдаются следующие жалобы:

    • боль в горле
    • першение в горле
    • охриплость, осиплость, потеря голоса
    • кашель сухой или влажный
    • затруднение дыхания на вдохе
    • одышка
    • ухудшение общего самочувствия, головная боль, слабость
    • повышение температуры тела до 37,1—38,0 °C 6

    Симптомы ларингита при флегмозной (абсцедирующей) форме:

    • трудности при глотании
    • одышка
    • фебрильная температура (38-39 °C) отражает присоединение воспаления или переход катарального воспаления гортани во флегмонозное
    • наблюдается нарастающая симптоматика стеноза гортани

    Острая дыхательная недостаточность при ларингите

    Выраженность клинических проявлений напрямую связана с тяжестью воспалительных изменений.

    Главным симптомом острой дыхательной недостаточности является одышка. В зависимости от тяжести выделяют следующие степени дыхательной недостаточности:

    • I степень – одышка, возникающая при физической нагрузке.
    • II степень – одышка, возникающая при малых физических нагрузках (неспешная ходьба, умывание, одевание).
    • III степень – одышка в состоянии покоя. 7

    Клиническая картина острого ларингита при осмотре

    Основным методом диагностики ларингита является инструментальная и эндоскопическая ларингоскопия.

    При катаральном ларингите:

    • слизистая оболочка гортани красная и отечная
    • голосовые складки розовые или ярко-красные, утолщены, подвижны, смыкаются не полностью
    • может скапливаться слизистый или слизисто-гнойный секрет, который может вызывать влажный кашель

    В зависимости от формы острого ларингита, отек и гиперемия (красная слизистая), размеры надгортанника, сужение просвета гортани могут быть выражены по-разному.

    При осложненной (абсцедирующей) форме в области надгортанника определяется шаровидное образование с просвечивающим гнойным содержимым.

    При стенозе гортани происходит сужение ее просвета.

    Стеноз гортани

    По клиническому течению и величине просвета дыхательных путей различают четыре степени стеноза гортани: 8

    • Стадия компенсации – просвет голосовой щели составляет 6-8 мм или сужение просвета трахеи на 1/3
    • Стадия субкомпенсации – голосовая щель 3-4 мм, просвет трахеи сужен на ½ и более
    • Стадия декомпенсации – голосовая щель 2-3 мм, щелевидный просвет трахеи
    • Асфиксия – голосовая щель и/или просвет трахеи 1 мм

    Тщательный осмотр гортани может провести только врач-оториноларинголог. Самостоятельно пациент осмотреть себя и оценить тяжесть состояния не может.

    Анализы при ларингите

    При заболевании острым ларингитом врач может назначить следующие анализы:

    • общий и биохимический анализ крови, определение ее газового состава
    • микробиологическое, микологическое исследования, полимеразная цепная реакция для выявления возбудителя (ПЦР)
    • при необходимости – определение чувствительности выделенных патогенов к антибиотикам

    Лечение острого ларингита 9

    Лечение острого ларингита требует комплексного подхода.

    Антибактериальная терапия

    Применение антибактериальной терапии больным нетяжелой формой ларингита не требуется. При выраженных воспалительных явлениях, при осложненных формах острого ларингита, при развитии абсцесса, а также при обострениях хронического ларингита назначаются антибактериальные препараты широкого спектра действия (амоксициллин/клавулановая кислота, цефалоспорины III–IV поколений) или респираторные фторхинолоны.

    Симптоматическая терапия

    Включает в себя прием жаропонижающих, обезболивающих препаратов.

    Ингаляционная терапия

    Показана больным любой формой ларингита, в том числе абсцедирующей.

    Ингаляции могут применяться в качестве монотерапии при неосложненных формах ларингита, в качестве симптоматического лечения для увлажнения слизистой оболочки гортани, а также в комплексе с другими методами лечения при воспалительных заболеваниях гортани.

    В ингаляционной форме применяются лекарственные средства, обладающие антибактериальным, противогрибковым, противоотечным, муколитическим, противовоспалительным действием, а также способностью увлажнять слизистую оболочку.

    Основным преимуществом ингаляций является возможность достижения быстрого и эффективного лечебного действия при применении небольшой дозы лекарственного препарата, что значительно снижает отрицательный системный эффект. Во время ингаляции происходит быстрое всасывание лекарственных препаратов. Создается высокая концентрация лекарственного средства непосредственно в очаге воспаления.

    Антигистаминные препараты

    Назначаются при аллергической форме острого ларингита.

    Противоотечная и противовоспалительная терапия

    Противогрибковые препараты назначаются при диагностике грибкового поражения.

    Муколитические препараты


    Прочие рекомендации по лечению:

    • голосовой покой – рекомендуется разговаривать как можно меньше, избегать крика, громкой речи и шепота
    • щадящая диета – не рекомендуется есть острую, соленую, слишком горячую или холодную пищу
    • отказ от курения и алкоголя

    При неэффективности лечения или проявлении осложнений показана госпитализация. При необходимости выполняется оперативное вмешательство.

    Показаниями к экстренной госпитализации являются осложнения острого ларинготрахеита:

    • отечный ларингит
    • эпиглоттит
    • абсцессы надгортанника, осложнённые формы заболевания (инфильтративной и абсцедирующей)
    • угроза развития стеноза гортани

    После перенесенного заболевания восстановительный период длится 2 недели. При проведении хирургического вмешательства рекомендуется наблюдение у оториноларинголога в течение нескольких месяцев.

    Лечение острого ларингита в домашних условиях

    Необходимо принимать больше жидкости: чай с лимоном и медом, морсы, минеральную воду. Полоскание горла травяными настоями ромашки, календулы, шалфея помогут успокоить слизистую глотки, но такое лечение не является основным и будет эффективно только в комплексе с другими препаратами.

    Тантум ® Верде для лечения острого ларингита

    Так как острый ларингит может развиваться вследствие воспалительных изменений в глотке, например, тонзиллофарингитов, важно своевременно начать лечение с применения местных препаратов.

    Лечение обязательно должно быть комплексным и поэтому необходимо тщательно подойти к выбору лекарства. Препарат от боли в горле должен работать как антисептик, анестетик и обладать противовоспалительным эффектом.

    Всеми этими свойствами обладает препарат Тантум ® Верде, который рекомендован для лечения заболеваний глотки и профилактики острого ларингита.

    Бензидамин – действующее вещество Тантум ® Верде, обладает противовоспалительным и обезболивающим эффектом 11,17 . Он оказывает антибактериальное действие за счет быстрого проникновения внутрь микроорганизмов и повреждения их структуры жизнедеятельности. 18

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.