Press "Enter" to skip to content

Erkaklar orzusidagi ayol qanday bo`lishi kerak

1) Go`zal ayollar;
2) Ichki dunyosi go`zal, aqlli ayollar;
3) Muloyim va tabiatan bo`ysunuvchi uy bekalari.

Tog’lar qanday paydo bo’lgan?

Tog’larning ulkan salobatiga boqib, ular abadiy tursa kerak, deb o’ylab qolasan, kishi. Ammo ularni tadqiq qiladigan olimlar, geologlar, tog’lar ham o’zgarib turishini, abadiy emasligini isbot qilib berishi mumkin. Yer yuzasida ro’y bergan ma’lum bir o’zgarishlar nurab, evrilib boruvchi tog’larni yaratdi. Suvning muzlashi tog’ yonbag’irlarini nuratadi, yomg’ir va suv oqimlari qoyalardagi tuproqni yuvib ketadi.

Tog’larning ulkan salobatiga boqib, ular abadiy tursa kerak, deb o’ylab qolasan, kishi. Ammo ularni tadqiq qiladigan olimlar, geologlar, tog’lar ham o’zgarib turishini, abadiy emasligini isbot qilib berishi mumkin.

Yer yuzasida ro’y bergan ma’lum bir o’zgarishlar nurab, evrilib boruvchi tog’larni yaratdi. Suvning muzlashi tog’ yonbag’irlarini nuratadi, yomg’ir va suv oqimlari qoyalardagi tuproqni yuvib ketadi. Vaqt o’tishi bilan eng baland cho’qqilar ham tepalik va tekisliklarga aylanib qoladi.

Geologlar tog’larni paydo bo’lishiga qarab, turt turga bo’lishadi. Shu bilan birgalikda, tog’lar bundan bir necha million yillar avval Yer yuzasida ro’y bergan keskin o’zgarishlar natijasida hosil bo’lgan.

«Burma» tog’lar kuchli bosim ta’sirida qisilib, ulkan burmalar hosil qilgan tog’ jinsi qatlamlaridan iborat. Ko’p joylarda ravoq yoki botiq linzalarga o’xshab, egilib ketgan tog’ jinsi qatlamlarini ko’rish mumkin. Bu Yer yuzasi bosimi va siquvining natijasidir. Bunga Appalachi va Alp tog’lari misol bo’la oladi.

Gumbazsimon tog’larda tog’ jinslari yuqoriga gumbazlar shaklida ko’tarilgan bo’ladi. Katta bosim ostida Yer yuzasiga otilib chiqqan suyuq lava bunday tog’ jinsi qatlamlarini hosil qilgan. Bunga AQShning Janubiy Dakota shtatidagi tog’lar misol bo’la oladi.

O’rkach-o’rkach tog’lar Yer qobig’ining sinib o’pirilishi natijasida hosil bo’lgan. Yer qobig’ining keng ko’lamli maydonlari, butun boshli tog’ tizmalari qisqa vaqt mobaynida ko’tarilib tushib turgan. Bunga bo’yi 740 km, eni 150 km bo’lgan Syerra Nevada tog’ tizmasini misol qilib keltirish mumkin. U AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan.

Vulqon tog’lari Yer yuzasiga otilib chiqqan lava, vulqon kuli va toshqollardan tarkib topadi. Odatda, vulqonlar tepasida krateri bor konus shaklida bo’ladi. AQShdagi Reyner, Shasta va Xud, Yaponiyadagi Fudziyama, Italiyadagi Vezuviy vulqonlari mashhur.

Ko’pgina tog’ tizmalari qayd etilgan usullarning birikishi natijasida hosil bo’lgan. AQShning Rokiz tog’larida qisilish, sinish va hatto lava eroziyasi natijasida hosil bo’lgan tog’ tarmoqlarini kuzatish mumkin.

DUNYODAGI ENG BALAND TOG’LAR QAYSI?

Avvalo, tog’larning o’zi nima? Tog’lar — quruqlikning tekisliklar ustidan baland ko’tarilgan qismidir. Tog’larning o’lchami ham, yuzasi ham o’zaro farq qiladi. Ayrim ulkan tog’larning balandligi bir necha kilometrga yetadi. Boshqalari esa past va tekisdir. Ularning balandligi o’zini qurshab turgan tekisliklardan hisoblaganda, 300 metrga yetishi mumkin.

Ayrim tog’lar alohida qad rostlab turuvchi cho’qqilardan iborat. Ammo ular ko’pincha zanjirday bir-biriga ulanib ketadi. Ayrim tog’ tizmalarining yuzlab, hatto, minglab cho’qqilari bor.

Tog’lar faqat quruqlikda emas, dengizlarda ham paydo bo’lishi mumkin. Aslida, Yerdagi eng katta tog’lar okeanlar tubida joylashgan. Agar tog’larning balandligini o’lchashda ularning suv usti va suv ostidagi qismlari ham hisobga olinsa, eng baland tog’ Gavay orollaridagi Mauna Kea bo’lib chiqadi. Uning dengiz sathidan balandligi 4 205 metr, suv ostiga esa yana 4 877 metri yashiringan. Umumiy balandlik esa 9 100 metrdan oshadi va u dunyodagi eng baland tog’dir.

Yer ustidagi eng baland tog’ Everestdir. U Xitoy va Nepal o’rtasida joylashgan. Uning balandligi — 8 848 metr. Ikkinchi o’rinda K2 yoki Kashmirdagi Kodvin Austen cho’qqisi turadi. Uning balandligi — 8 611 metr. Shimoliy Amerikadagi eng baland tog’ Makkinlidir (6 194 metr). Yevropadagi eng baland tog’ Elbrusdir (5 633 metr). Afrikadagi eng baland tog’ — Kilimanjaro (5 963 metr). Janubiy Amerikadagi eng baland tog’ Akonkagua (6 969 metr) Argentina va Chili chegarasida joylashgan. Avstraliyadagi eng baland tog’ esa — Kossyushko (2 226 metr).

ENG UZUN TOG’ TIZMASI QAYSI?

Shimoliy Amerikaning g’arbiy sohillari Bo’ylab cho’zilib ketgan Qoyali tog’lar eng uzun tog’ tizmasi hisoblanadi. Uning Janubiy Amerikadagi davomi And deb ataladi. And tog’lari Janubiy Amerikaning garbiy yonbag’irlari buylab 7 000 km.ga, ya’ni qit’aning boshidan-oxirigacha cho’zilib ketgan. Ispanlar uning shimoliy qismini bejiz Kordilyeri (aynan tarjimasi — «arqon») deb atashmagan.

Ushbu tog’ tizimida bir nechta 6 000 metrdan oshiq cho’qqilar bor. Chili bilan Argentina o’rtasidagi chegarada joylashgan Akonkagua tog’ining balandligi 6 969 metrga yetadi. Akonkagua qit’aning eng baland nuqtasi hisoblanadi.

Andning ko’pgina cho’qqilari faol vulqonlardir. And tog’lari o’zining mis, oltin, kumush siyagari boy tabiiy qazilmalari bilan ham mashhur.

Qadim zamonlarda hindular tog’dan qimmat baho metallarni qazib olishgan. Dunyoning ko’pgina muzeylarida ulardan tayyorlangan bezaklar, taqinchoqlar saqlanadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo’lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma’muriga xabarnoma jo’nating.

Erkaklar orzusidagi ayol qanday bo`lishi kerak?

Albatta, bu savol barcha ayollarni birday tashvishga soladi. Har bir qiz go`zal, jozibali va yoqimtoy bo`lishga intiladi. Ammo shunday ayollar borki, qarama-qarshi jins vakillarini o`zlariga ipsiz bog`lab olishadi, erkaklar ularning atrofida chiroqqa intilgan parvonaday girdikapalak bo`lishadi. Ular bunga qanday erishishadi? Sehr-jodu qilishadimi? Balki ularga tabiat erkaklar ustidan hukm o`tkazishday noyob qobiliyat ato etgandir?

Avvalo erkak kishi ayolning tashqi qiyofasiga – qimmatbaho bo`lmasa-da, toza, ozoda dazmollangan kiyimiga, chiroyli qo`liga va parvarishlangan tirnoqlariga, soch turmagiga katta e`tibor beradi. Tanishuv jarayonida yuqorida sanab o`tilgan xususiyatlar katta rol o`ynaydi. Erkaklarni uch toifadagi ayollar qiziqtiradi:

1) Go`zal ayollar;
2) Ichki dunyosi go`zal, aqlli ayollar;
3) Muloyim va tabiatan bo`ysunuvchi uy bekalari.

Ming afsuski, bu uch fazilatni o`zida birlashtira oladigan ayollar kamdan-kam topiladi. Alohida holda esa ko`pchilik ayollarda uchratish mumkin. Go`zal tashqi qiyofa deganda albatta, mashhur kino yulduzlar kabi bashang kiyinish shart emas. Chunki har bir ayolning o`zigagina xos bo`lgan biror xususiyati bo`ladi (Masalan, charos ko`zi, kichkina burni, go`zal qaddi-qomati va hokazo). Ayol o`zining ijobiy xususiyatlarini anglashi va qadriga etishi lozim (albatta, o`ziga bino qo`yish darajada emas). O`zining bu fazilatini yutuq deb qabul qilib, uning ustida ishlashi, kamchiliklarini bartaraf etishi lozim. Buning uchun har bir ayolga sport, jismoniy mashqlar, sog`lom turmush tarzi yordamga keladi. Ko`z ochib, yumguncha yuzingiz silliqlashib, ko`z ostidagi xaltachalar yo`qolganini, qad-qomatingiz ixchamlashganini sezasiz. O`zida bor go`zallikni ko`rsata olish qobiliyati ko`pincha mashhur yulduzlarda yuqori bo`ladi (aslida ular biz o`ylaganchalik go`zal emas). Ba`zan haqiqatan ham go`zal bo`lgan ayollar chiroyli bo`lmagan ayollar orasida ko`zga tashlanmay qoladi.

Aql va bilimga keladigan bo`lsak, albatta yuqori intellektli shaxs bo`lish shart emas, chunki hamma narsani bilishning, o`rganishning imkoni bo`lmasa ham odam o`z ustida ishlashdan to`xtamasligi lozim. Agar erkak kishi bilan suhbat davomida maktab dasturiga tegishli savollarga ham javob bera olmasangiz, jilmayib, uning gaplarini tasdiqlashdan nariga o`tmasangiz, bunday munosabatlarning umri qisqa bo`ladi. Gapga to`n kiydirib, dunyo yangiliklaridan tortib, futbol o`yinlari haqida fikr bildiruvchi ayollar har qanday erkakning hurmatiga sazovor bo`ladi. Ammo hamma narsaning chegarasi borligini unutmang, keragidan ortiq darajada aqllilik qilish har qanday odamni charchatib qo`yadi.

Erkak kishi bilan suhbat jarayonida nafaqat aql, balki: tez chiqishib ketish, halollik, pokizalik, mehribonlik, xushmuomalalik, o`ziga xoslik kabi ijobiy fazilatlar ham etakchilik qilishi lozim.

Ro`zg`or yumushlarini bajarish, mazali taomlar tayyorlash orqali ham erkak ko`ngligini zabt etish mumkin. Saranjom-sarishta uy, mazali ovqatlar erkak kishini uyga, oilasiga tortadi va bora-bora busiz yasholmaydigan bo`lib qoladi. Sizning qaysi fazilatingiz yoningizdagi odamni o`ziga tortishini oldindan aytish qiyin.

Sizni sevuvchi, ardoqlovchi insonni har doim, har qanday sharoitda qo`llab-quvvatlashga, tushunishga harakat qiling, shunda u bir umr sizning yoningizdan ketolmaydi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.