Press "Enter" to skip to content

Kutubxonachilik: asoslari, ahamiyati, qonunlari, muammolari

Biroq O‘zbekistonda maktab kutubxonachisining asosiy vazifasi bolalarni darsliklar bilan taʼminlashdan iborat, xolos. Bizning maktabimizda bu vazifa birinchi o‘rinda turmasligi mumkin, lekin, albatta, eng asosiylaridan. Arizalar va hisobotlar to‘ldirish, kitoblarni qabul qilish hamda ularni elektron maʼlumotlar bazasiga kiritish kerak. Zero, elektron baza ham maktab o‘quvchilariga kutubxonadan kitob olish imkonini beradi.

Kutubxona qanday bo’lishi kerak

Maktab kutubxonalarining zamonaviy vazifasi bolalar ularda hayotni o‘rganishlari uchun sharoit yaratishdan iborat. Biroq O‘zbekistondagi maktab kutubxonalarining asosiy funksiyasi go‘yoki o‘quvchilarni darsliklar bilan taʼminlashdan iboratdek. «Gazeta.uz» maktab kutubxonalarining vazifalari borasida kutubxonachilar fikrlari bilan qiziqdi.

Maktab kutubxonalarining zamonaviy vazifasi bolalar ularda hayotni o‘rganishlari uchun sharoit yaratishdan iborat. Biroq O‘zbekistondagi maktab kutubxonalarining asosiy funksiyasi go‘yoki o‘quvchilarni darsliklar bilan taʼminlashdan iboratdek. «Gazeta.uz» maktab kutubxonalarining vazifalari borasida kutubxonachilar fikrlari bilan qiziqdi.

Maktab kutubxonalari axborot va bilimga tobora ko‘proq asoslanib borayotgan zamonaviy dunyoda muvaffaqiyatli faoliyat olib borish uchun fundamental ahamiyat kasb etuvchi maʼlumot va g‘oyalarni taqdim etadi. Maktab kutubxonalari o‘quvchilarni umrbod taʼlim olish ko‘nikmalari bilan qurollantiradi, ularning tasavvurlarini rivojlantiradi va bolalarning masʼuliyatli fuqaro bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashadi.

Maktab kutubxonalari axborot va bilimga tobora ko‘proq asoslanib borayotgan zamonaviy dunyoda muvaffaqiyatli faoliyat olib borish uchun fundamental ahamiyat kasb etuvchi maʼlumot va g‘oyalarni taqdim etadi. Maktab kutubxonalari o‘quvchilarni umrbod taʼlim olish ko‘nikmalari bilan qurollantiradi, ularning tasavvurlarini rivojlantiradi va bolalarning masʼuliyatli fuqaro bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashadi.

Xalqaro kutubxonalar uyushmalari va muassasalari federatsiyasining maktab kutubxonalari to‘g‘risidagi manifesti nutqida shunday deyiladi.

Amesbury ingliz maktabi o‘qituvchisining fikricha, kutubxona, bu – faqatgina kitoblar saqlash va mutolaa maskani emas. Bu yerda bolalar nafaqat maktab dasturlarini o‘qishadi, balki hayotni o‘rganadilar. Shuning uchun maktab xodimlari kutubxonada shunday muhit yaratilishi kerakki, ushbu izlanishlarni olib borish osonlashsin, biroq yana-da muhimrog‘i – bolalarda tadqiqot o‘tkazish istak-xohishi uyg‘onsin, deb hisoblaydilar.

Yorug‘ bino, yumshoq o‘rindiqlar va binbeglar, bolalarning bo‘yiga mos kitob javonlari, stol usti o‘yinlari va konstruktorlar, shuningdek, bolani dunyoni o‘rganishga qiziqtiradigan texnologiyalar – bularning barchasi zamonaviy maktab kutubxonalarining jim o‘tirib kitob o‘qiydigan emas, balki kashfiyot, o‘zaro taʼsir va o‘yin maydoni bo‘lib xizmat qilishiga zamin yaratadi.

Shvetsiyaning 30 dan ortiq taʼlim muassasalariga ega Vittra maktab tashkiloti har bir maktabni loyihalashda kutubxonani binoning markaziy va muhim ahamiyatga ega elementi sifatida ko‘radi. Misol uchun, Stokgolmdagi maktablardan birida kutubxona xoll markazida joylashgan bo‘lib, boshqa joylardan “xazina qutisi” kabi ochiladigan qora hajm bilan ajratilgan. Tashkilot xodimlarining fikricha, kutubxona uchun alohida joy ajratish shart emas. Aksincha, maktabning barcha binolari kutubxona sifatida ishlatilishi mumkin – divanlar, o‘rindiqlar, stollar va hattoki yerda o‘qish mumkin.

Foto: architypereview.com
Фото: architypereview.com
Фото: architypereview.com

Nyu-Mexiko munitsipal kutubxonasi xodimlari rivojlangan maktab kutubxonalari dasturi bolalarning akademik muvaffaqiyatlarini yaxshilashi hamda ularning keyingi hayotlarida muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini oshirishi, bunda yumshoq ko‘nikmalar (tanqidiy fikrlash, shaxslararo munosabatlar, hissiy intellekt, ijodkorlik, tinglash va axborotni qayta ishlash, o‘z-o‘zini tashkil qilish ) akademik bilimlarga qaraganda muhimroq rol o‘ynashini aniqlashdi.

Biroq bu muvaffaqiyat maktab kutubxonachilarining malakasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning vazifasi o‘quvchilarga beriladigan kitoblarni ro‘yxatga oluvchi emas, balki o‘qituvchi bo‘lishdan iboratdir. Maktab kutubxonachilari Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyasi va muassasalari federatsiyasi tushunchasiga ko‘ra, bolalarga maʼlumotni qidirish va uni to‘g‘ri tahlil qilishda yordam beradigan odamlardir.

O‘zbekistondagi maktab kutubxonalari raqamlarda

Xalq taʼlimi vazirligining Maktabdan tashqari taʼlim, sport va turizmni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Qoraboyevning “Gazete.uz”ga maʼlum qilishicha, respublikadagi 10130 ta maktabdan atigi 22 tasida kutubxona yo‘q. Shu bilan birga, 3671 ta maktabda o‘quv zallari mavjud emas.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Xalqaro kutubxona uyushmalari va muassasalari federatsiyasi har bir o‘quvchiga 7-8 nusxadan kitob ajratishni tavsiya qiladi. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich, darsliklarni hisobga olmaganda, har bir bolaga atigi 1,5 tadanni tashkil etadi.

Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»

Ammo bugungi kunda kutubxona fondining aniq hajmini aniqlash qiyin, dedi Murodjon Qoraboyev. Bu kitoblarning elektron bazasi yo‘qligi bilan bog‘liq. Hozirda Toshkentdagi 41 ta maktabda kutubxonalarni raqamlashtirish sinov tariqasida joriy etildi. Respublika maktab kutubxonalarida kitoblarning elektron hisobini yuritishni 2026 yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

Kitoblarning qog‘oz hisobini yuritish kutubxonachilar ish vaqtining asosiy qismini egallaydi, deya tan oldi Murodjon Qoraboyev. Ko‘pincha kitoblar yo‘qoladi va topilmaydi, maktabda qancha va qanday kitoblar borligi hamda hozirda bu kitoblar kimning qo‘lida ekanligi maʼlum emas.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilda 6,46 mln o‘quvchining 3,1 mln nafari kitobxon hisoblangan. Kitobxon bolalarning asosiy qismini 5-7-sinf o‘quvchilari tashkil etadi, deydi Murodjon Qoraboyev.

«Joriy yilda 86 nomdagi rus mumtoz asarlari o‘zbek tilida chop etib, maktablarga 10 000 dona tarqatdik. Biz yetkazib berayotgan kitoblar umumiy sonining 20-30 foizi maktab o‘quvchilarini qiziqtiradi. Adabiyotlarning asosiy qismi orasida maktab o‘quvchilari uchun qiziqarli kitoblar yo‘q. Ko‘pincha ular javonlarda yangi kitoblarni ko‘rishni xohlashadi, kutubxona fondidagi kitoblarni emas. Shu bois yil davomida barcha maktablarga yetkazib beriladigan 300 nomdagi kitobdan iborat yangilangan ro‘yxatni tuzishni rejalashtirganmiz. Istalgan kitoblar orasida Stiv Jobsning tarjimai holi ham, Jorj Oruellning “1984” asari ham, “Potteriana” ham bor».

«Joriy yilda 86 nomdagi rus mumtoz asarlari o‘zbek tilida chop etib, maktablarga 10 000 dona tarqatdik. Biz yetkazib berayotgan kitoblar umumiy sonining 20-30 foizi maktab o‘quvchilarini qiziqtiradi. Adabiyotlarning asosiy qismi orasida maktab o‘quvchilari uchun qiziqarli kitoblar yo‘q. Ko‘pincha ular javonlarda yangi kitoblarni ko‘rishni xohlashadi, kutubxona fondidagi kitoblarni emas. Shu bois yil davomida barcha maktablarga yetkazib beriladigan 300 nomdagi kitobdan iborat yangilangan ro‘yxatni tuzishni rejalashtirganmiz. Istalgan kitoblar orasida Stiv Jobsning tarjimai holi ham, Jorj Oruellning “1984” asari ham, “Potteriana” ham bor».

Murodjon Qoraboyev

Murodjon Qoraboyevning so‘zlariga ko‘ra, kitob fondi to‘ldirilgani haqida hamma kutubxonachilar ham o‘quvchilarni xabardor qilavermaydi.

«Bunday maktablar kam, 2-3 foizlar atrofida. Ko‘pincha maktablarimizda keksa odamlar ishlaydi, ular tajribaga ega, lekin ular darsliklar tarqatish, kitoblar inventarizatsiyasi va jurnallarni to‘ldirishni birinchi o‘ringa qo‘yishadi», — dedi mutaxassis.

«Gazeta.uz» poytaxtdagi uchta maktab va Toshkent viloyatidagi bitta taʼlim muassasasi kutubxonachilari bilan suhbatlashib, ularning faoliyati hamda maktab kutubxonalarining vazifalari haqida so‘radi.

Galina Loginova
2016 yildan buyon «Lider bolalar maktabi» kutubxonachisi
Kutubxonachi sifatidagi ish staji — 40 yil

Bizning vaqtlarda maktabda taʼlim sakkiz yoki o‘n yillik edi. 8-sinfni bitirganimda opam kutubxona texnikumida o‘qirdi. Men o‘rta maktabga borishni xohlamadim, shuning uchun opamning maslahatiga kirib, u bilan birga o‘qishga bordim. Texnikumdan so‘ng, Madaniyat institutiga o‘qishga kirdim va u yerda oliy kutubxona taʼlimini oldim.

Kutubxonachi sifatidagi 40 yillik faoliyatimning 22 yilini O‘qituvchilar malakasini oshirish instituti resurs markaziga bag‘ishladim. Institut rektori o‘qituvchilarga dars o‘tishim kerakligini aytdi. Uzoq vaqt xohlamadim, lekin oxiri rozi bo‘ldim.

Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»

«Lider» maktabi kutubxonasida ishlash O‘qituvchilar malakasini oshirish institutida ishlashdan farq qiladi. U yerda dars bermaganman, lekin bu yerda 5-8-sinf o‘quvchilari uchun «Kutubxona» darsi bor, uni o‘zim o‘taman.

«Kutubxona» fani – maktabimizning ustun jihatlaridan. Bolalar bilan kitob o‘qiymiz, asarlar asosidagi filmlarni tomosha qilamiz, muhokama qilamiz. Biz xatto maktabga kutubxona kerakmi o‘zi yoki yo‘qmi, deya muhokama qilishimiz ham mumkin. Menda bu mavzu bo‘yicha bolalar yozgan insholar bor.

Biz bolalar maktab o‘quv dasturining bir qismi sifatida o‘tadigan adabiyotlarni o‘qimaymiz. Men ularni chet el mualliflari – O. Genri, Jek London hikoyalari bilan tanishtirishga harakat qilaman. Unutilmas sanalar bo‘yicha muhim voqea bilan bog‘liq adabiyotlarni mutolaa qilamiz. Masalan, 9 maygacha maktabimizdagi ko‘plab o‘quvchilar «Anna Frankning kundaligi»ni o‘qib chiqishdi, kutubxonada esa «Yo‘l-yo‘l pijamali bola» filmini tomosha qildik.

Mening darsimda, boshqalarda bo‘lgani kabi, bolalar topshiriqlar olishadi. Muallif haqida maʼlumot to‘plash yoki asarga izoh yozishni so‘rashim mumkin. Hamma o‘quvchilar ham topshiriqlarni bajarmaydi, chunki men baho qo‘ymayman – metodologiyasi yo‘q. Lekin o‘qituvchilar bilan kelishuvim bor, agar bola «Kutubxona» darsida topshiriqni yaxshi bajarsa, adabiyotdan «5» qo‘yiladi. Bu bolalarni ruhlantiradi.

Ekskursion darslar ham o‘tib turamiz. Turli kutubxonalarga sayohatlar uyushtirib, bolalarga ular qanday bo‘lishini ko‘rsatdik. Futbol muzeyini tomosha qilish uchun «Bunyodkor» stadioniga bordik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi stansiyasida, nashriyotda bo‘lishdi. Chunki kutubxona – faqat badiiy adabiyot emas, balki turli bilimlar, turli soha va yo‘nalishlardir. Shuningdek, sanʼat galereyalariga tashrif buyurish, borishdan avval bolalarga ko‘riladigan rasmlar, ularni chizgan rassom yoki u yashagan davr haqida biror narsa aytib berish mumkin. Ehtimol, keyin bolalar bu haqda ko‘proq bilishni xohlashadi yoki hatto chizishni boshlashar.

Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»
Sinfdan tashqari adabiyotni o‘qigan bolaning annotatsiyasi
Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»
Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»

Biroq O‘zbekistonda maktab kutubxonachisining asosiy vazifasi bolalarni darsliklar bilan taʼminlashdan iborat, xolos. Bizning maktabimizda bu vazifa birinchi o‘rinda turmasligi mumkin, lekin, albatta, eng asosiylaridan. Arizalar va hisobotlar to‘ldirish, kitoblarni qabul qilish hamda ularni elektron maʼlumotlar bazasiga kiritish kerak. Zero, elektron baza ham maktab o‘quvchilariga kutubxonadan kitob olish imkonini beradi.

Maktab kutubxonachisining ahamiyati aslo kam bo‘lmagan yana bir vazifasi — bolalarni kitoblardan maʼlumot izlashga o‘rgatishdan iboratdir. Baʼzida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga Internetda bo‘lmagan maʼlumotlarni izlash vazifasi topshiriladi. Men ularga ensiklopediyalar va lug‘atlardan qanday foydalanishni o‘rgataman hamda kerakli kitoblar qaysi stellajlarda turishini bilishlari uchun kutubxona qanday tashkil etilishini tushuntiraman.

Kitob targ‘iboti – kutubxonachining ustuvor vazifasi. Bolani kitobga qiziqtirish uchun u bilan gaplashish kerak. Hozirgi bolalar bizning davrlardagidek emas. Ularni o‘zlariga yoqmagan narsaga qiziqtirib bo‘lmaydi.

Kutubxonamizda bolalar uchun qiziqarli kitoblar to‘plangan. Maktab maʼmuriyati tomonidan maktab kutubxonasini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Men kitob fondini to‘ldirish uchun o‘qituvchilar va rahbariyat bilan ishlayman, shuningdek, bolalar o‘rtasida ular nimani yoqtirishini va nimaga qiziqishini bilish uchun so‘rovlar o‘tkazaman. Mening hisob-kitoblarimga ko‘ra, bolalarimizning 80 foizi – kitobxon.

Kitobxon bolalarning hammasi ham mumtoz adabiyotga qiziqadi, deya olmayman. Ularni unchalik yoqtirishmaydi. Biroq bu normal holat, chunki dunyo o‘zgarmoqda. Klassikani o‘qimagan bolalar hech narsa o‘qimaydi, deb o‘ylash xato. Ular shunday narsalarni o‘qiydilarki, hatto biz ularga yeta olmay qolamiz. Bolalarning o‘z sevimli mualliflari bor. Ular qiziqarli kitoblar, bolalar bilan bitta to‘lqinda bo‘lish uchun ularning ko‘pini o‘qiganman. O‘qituvchilar ham o‘quvchilarimiz qaysi kitoblarni mutolaa qilishayotganini so‘rab turishadi.

Bizda bolalar zavq bilan o‘qiydigan: «Garri Potter», «Ajdahoni qanday o‘rgatish kerak», «Ochlik o‘yinlari», “Pardus” kitoblar turkumi, «Jangchi mushuklar», «Narniya yilnomalari» kitoblari, Rik Riordan, Meyzi Xitchins, Stiv Stiv Stivenson asarlari joy olgan javon mavjud.

O‘rta sinflar o‘quvchilari «Sherlok»ni yaxshi ko‘rishadi va hatto ushbu kitob haqidagi bilimlar bo‘yicha viktorina ham o‘tkazishgan. Yuqori sinf o‘quvchilari esa ko‘proq «Buyuk Getsbi», «Dorian Grey portreti», «Andisha va g‘urur», «Jeyn Eyr»ni mutolaa qilishadi.

Qolaversa, bizda iqtisod va moliyaga oid ko‘plab kitoblar ham bor — bunday adabiyotga qiziqish oiladan keladi. Ko‘pgina talabalar allaqachon «Boshlovchi investor», «Bolalar va pul» kitoblarini o‘qib chiqishgan.

Kutubxonada kitob tanlovlari, viktorina va festivallar o‘tkazamiz. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning 30 yilligi munosabati bilan BMT Bolalar jamg‘armasi bilan birgalikda bu yerda «Sevimli kitobing bilan selfi» tanlovini o‘tkazdik. O‘quvchilarimiz «Artek»dagi adabiy bellashuvga ham borib kelishdi.

Maktabimizning barcha 1–7-sinf o‘quvchilari mutolaa kundaligini yuritishadi, unda o‘zlari o‘qigan kitoblar, ushbu asarlarning qisqacha mazmuni va ular haqdagi fikr-mulohazalarini yozib borishadi. Shunday qilib, ular o‘qigan narsalarini chiroyli bayon etishni o‘rganadilar. Shuningdek, bunday kundaliklar avval o‘qilgan kitoblarni tezda yodga olishga ham yordam beradi.

Kutubxonamizning Instagram‘da ham o‘z sahifasi mavjud. Unda qiziqarli asarlar uchun taqrizlar, kutubxonadagi yangi kitoblar sharhlarini eʼlon qilamiz, har bir yosh toifasi uchun tavsiyalar berib boramiz.

O‘quvchilarimizning ota-onalari ham o‘qish jarayonlarida qatnashadi. Ular kitob yarmarkalarida ishtirok etib, bolalarga kitob sotib olishadi, maktab kutubxonasiga ham ko‘plab kitoblar hadya qilishadi. Ota-onalar kutubxonaga kelib, ularning farzandlari qanday kitob o‘qiyotgani bilan qiziqishadi, agar u kam kitob o‘qiyotgan bo‘lsa, uni bunga qanday qiziqtirish haqida o‘qituvchilar va mendan maslahatlar so‘rashadi.

Bundan tashqari, biz o‘quvchilarning oilalari bilan birga «Kitoblar avlodlarni birlashtiradi» nomli tadbirni o‘tkazdik. Alohida sinflar otasi, onasi, buvisi va bobosi, opa-singil va aka-ukalarining sevimli kitoblari haqidagi «Uch avlod tanlovi» loyihasini yaratishdi. Bolalar avlodlarning xohish-istaklari qanday o‘zgargani, yoshi kattalar qanday kitoblarni xuh ko‘rishiyu, yoshlar nimalarga eʼtibor qaratishini ko‘rishdi. Keyin har kim o‘z oilasining sevimli kitoblari haqida so‘zlab berdi.

Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»
Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»
Фото: Евгений Сорочин / «Газета.uz»

Bugungi kunda kutubxonalar axborot-resurs markazlari hisoblanadi. Bu yerda bolalar o‘z bilimlarini kengaytirishlari va chuqurlashtirishlari kerak. Bolalarni diqqat bilan o‘qishga o‘rgatish lozim.

Butun dunyoda maktab kutubxonalarining vazifalari ortib bormoqda. Kutubxonamizda bolalar nafaqat kitoblar bilan ishlashadi, balki kino ham tomosha qilishadi. Ular bu yerda o‘z loyihalari bilan shug‘ullanadilar, videoroliklar suratga olishadi. Baʼzan faqat suhbatlashish, maslahatlashish, sirlarini aytish uchun kelishadi. Baʼzan sinfda shovqin-suron bo‘lsa, shu yerda shug‘ullanishadi.

Maktab kutubxonalarida ilmiy fantastika, detektiv hikoyalar yoki astronomiya ishqibozlari uchun qiziqishga ko‘ra maxsus klublar ham bo‘lishi mumkin. Debatlar va nutq madaniyati bo‘yicha darslar o‘tkazish mumkin, chunki bolalar bahslashishni, o‘z nuqtai nazarini ifodalashni, dalillar keltirish va tahlil qilishni o‘rganishlari kerak.

Dilfuza Kamolova
1989 yildan buyon 22-sonli umumtaʼlim maktabi kutubxonachisi

Men har doim kutubxonachi bo‘lib ishlaganman. Ushbu maktabga uyim yaqin bo‘lgani uchun kelganman.

Bugungi kunda maktab kutubxonachisining vazifalari asosan bolalarni darsliklar
bilan taʼminlashdan iborat. Bundan tashqari, biz badiiy adabiyot nuqtai nazaridan bolalarning xohishlarini o‘rganamiz. Ular qanchalik ko‘p o‘qishsa, shunchalik ko‘p bilimga ega bo‘ladi, ularning dunyoqarashi shunchalik oson shakllanadi. Shuning uchun ham biz ularga qiziq bo‘lgan va yoshiga to‘g‘ri kelgan kitoblarni taklif
qilishimiz kerak.

Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»
Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»
Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»
Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»
Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»
Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»

Shuningdek, o‘quvchilar haqiqatan ham kitobni o‘qigan yoki yo‘qligi, u yoqqanini bilish uchun ular bilan suhbatlashishimiz lozim. Baʼzan bolalar kitobni asar haqida salbiy fikr bildirib qaytarishadi: qahramon yoqmadi, syujet zerikarli ekan.

Men bolaga uni ko‘proq jalb qilishi mumkin bo‘lgan boshqa boblarni o‘qib ko‘rishni maslahat beraman. Keyin bolalar hayrat aralash fikrlari bilan qaytib kelishadi.

Maktab kutubxonasida o‘quvchilarga darslarga tayyorgarlik ko‘rish, kerakli maʼlumotlarni topishda yordam beramiz. Bizda (sekin ishlasada) kompyuter va internet bor, shu bois biz bolalarga referatlar tayyorlashda ko‘maklashamiz, materiallarni printerda chop etib beramiz.

Biz asosan badiiy adabiyot bilan shug‘ullanamiz. Bolalar maktab darsligi doirasida o‘qishi kerak bo‘lgan kitoblarni olishadi, bular «O‘tkan kunlar», Xudoyberdi To‘xtaboyevning asarlaridir. Shuningdek, hozir biz jahon adabiyoti asarlari — Lev Tolstoyning «Urush va tinchlik», Pushkinning sheʼrlarini qabul qilib oldik. Bolalar ushbu kitoblarni o‘qiyapti.

Kutubxonamizda qanday qo‘shimcha funksiyalar paydo bo‘lishi mumkinligini aytish qiyin, chunki yaqin-yaqingacha bizdagi sharoitlar umuman boshqacha edi: kutubxonada birorta ham kompyuter yo‘q edi, biz “formulyar”larda ishlardik, shuning uchun kitoblarni qidirishga ko‘p vaqt sarflanardi. Hozir esa biz kitoblarning elektron hisobini yuritayapmiz.

Fondni to‘ldirish bilan bog‘liq muammolar ham yo‘q, chunki barcha adabiyotlar allaqachon raqamlashtirilgan, barcha bolalarda esa telefon bor. Agar ular qaysidir kitobni topa olmayotgan bo‘lsa biz ularga qidirishda yordamlashamiz. Agar bolakay kitobni qog‘oz ko‘rinishida o‘qishni istasa, biz unga kitobni chop etib beramiz. Bizda rasmlar uchun — rangli printer — ham bor.

Raʼno Shorahimova
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi 45-sonli STEM-maktabining kutubxonachisi

Mening asosiy vazifam — bolalarni kutubxonaga jalb qilish, ularga qiziqarli adabiyotlarni tanlashda yordam berish va darsliklar bilan taʼminlashdan iborat.

Bu yerga bolalar shug‘ullanish, muloqot qilish, dunyo qarashini kengaytirish uchun kelishadi. Kutubxonamiz kompyuter va internet bilan jihozlanganligi tufayli bolalar asarlar haqida qo‘shimcha maʼlumotlarni onlayn tarzda olishlari mumkin. Ularda shunday istak uyg‘onadi, sababi adabiyot har birimizga har xil taʼsir qiladi. Bundan tashqari, biz yaqinda audiokitoblarni qabul qilib oldik, ularni bolalarning iltimosiga ko‘ra telefonlariga o‘tkazib beramiz.

Men boshlang‘ich maktab o‘quvchilariga ovoz chiqarib o‘qib beraman, keyin ulardan qahramonlarning feʼl-atvori, personajlarning ijobiy va salbiy taraflari haqida so‘rayman. Ëshi kattaroq bolalar allaqachon o‘zlari o‘qishga qiziqib qolgan, kelib, kitobni tanlab, olib ketishadi.

Baʼzi bolalar va hatto ularning ota-onalari mendan o‘z so‘zlarim bilan biron-bir romanni tasvirlab berishimni so‘rashadi. Hamma ota-onalarda ham smartfon bor emas. Bundan tashqari, ular kitob o‘qishga vaqtlari yo‘qligini aytishadi. Men ularga kelib, o‘zlari o‘qishlarini tavsiya qilaman. Agar ular chindan ham xohlashsa, kelishadi va o‘qib ketishadi. Lekin menga kitob nima haqida ekanligini aytib berish qiyin emas, shuning uchun ham shu kabi suhbatlarni o‘tkazaman.

Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»
Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»
Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»
Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»
Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»
Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»

O‘quvchilarimiz ko‘proq sheʼriyatga qiziqishadi, shuning uchun ham Muhammad Yusuf, Zulfiya – kabi shoirlarning asarlariga talab katta. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari «Gulliverning sarguzashtlari» va boshqa ertaklarni sevishadi. Katta sinf o‘quvchilariga esa – Alisher Navoiy, Boburning sheʼrlari qiziq. Bolalar kitoblarni qaytarib berishayotganda esa men ulardan bu kitobdan nimani olganlari, nimani tushunib yetganlarini so‘rayman. Ularning so‘zlariga qarab ular rostdan o‘qigan yoki yo‘qligini tushunib olaman.

Bolalarga kutubxonalar kerak. Kitoblarda o‘qiganlari xotiralarida qoladi. Internetdan olingan maʼlumotlar ham esda qoladi, biroq qo‘shimcha maʼlumot olish uchun bolalar kitoblarga murojaat qilishadi. Shuning uchun ham kutubxonachilar juda ham kerak.

Bundan tashqari, uyda har doim ham kitob o‘qishga sharoit bo‘lmaydi. Agar telefon bo‘lsa, demak kitob o‘qishga sharoit yo‘q, deb hisoblayvering. Qishloqlarda bolalar uy ishlari bilan shug‘ullanishadi, ota-onalari ularga kitob sotib olib berishmaydi. Bola maktab kutubxonasiga kirib, kitoblarni ko‘rganida, uni o‘qishni xohlaydi.

Kitob o‘qish avvalo bolada maʼnaviyatni rivojlantiradi. Prezident aytganidek, yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi. Demak, biz uchun kitob birinchi o‘rinda turishi kerak. O‘qish bolaning dunyoqarashi, xotirasi va fikrlashini rivojlantiradi.

Men maktab rahbariyatiga kutubxonamiz fondini to‘ldirish taklifi bilan murojaat qildim. Agar har bir bitiruvchi hech bo‘lmasa, bittadan kitob sovg‘a qilsa, ularning soni ko‘payadi. Ëki bizga tadbirkorlar yordam bersa, kutubxonada ertak va badiiy adabiyotlar yana-da ortadi. Men o‘zim ham kitob xarid qilish uchun bozorma-bozor yuraman.

O‘ylaymanki, kelajakda maktab kutubxonasining vazifalaridan biri kam taʼminlangan bolalarni o‘qishga maqsadli jalb qilish bo‘lishi mumkin. Agar bizda sharoitlar bo‘lganda, biz bu bolalarga o‘z uylaridayoq kitob o‘qib berishimiz mumkin bo‘ladi.

Kutubxonachilik: asoslari, ahamiyati, qonunlari, muammolari

Thekutubxonashunoslik Bu Ispaniya Qirollik akademiyasi tomonidan belgilab qo’yilganidek, kutubxonalarni har tomonlama o’rganadigan fan. Ushbu atama yunoncha “biblion” so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, kitob, “quti” va fe’lga tarjima qilingan “logos” deb ta’riflangan kitobni anglatadi.

Bu so’zni professor va bibliofil vakili Domingo Buonokuore 1940 yilda kiritgan. O’sha paytda u buni kitoblar va kutubxonalar bilan bog’liq bilimlar to’plami sifatida aniqlagan.

Biroq, ushbu fanning kamida bir asr davomida nazariy an’analarga ega ekanligi haqida ko’rsatmalar mavjud, bu yozuvchi Xaym Dias Ortega tomonidan nashr etilgan tekshiruvlaridan birida ta’kidlangan.

Ortega, shuningdek, kutubxonachilik doimo intizom sifatida shakllanganligini tasdiqlovchi dalillar mavjudligini eslatib o’tadi.

O’tgan yillar davomida ba’zilar kutubxonachilik atamasini kutubxonachilikning o’rnini bosuvchi sifatida ishlatishdi va bu o’rganish uchun sabab bo’ldi. Ba’zi mualliflar ularni bir xil deb belgilaydilar, ammo aslida kutubxonashunoslik ushbu ma’lumot fanining bir bo’lagi hisoblanadi.

Tadqiqot boshqa yordamchi fanlar tomonidan qo’llab-quvvatlanadi, ulardan eng muhimi paleografiya, filologiya va tarixiy metodologiya.

Kutubxonashunoslik asoslari

Kutubxonashunoslikning nazariy va falsafiy asoslariga ko’ra, inson ma’lumotni harakatga keltirmaslik va bajarmaslik zarurligiga ega. Siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi ilmiy izlanishlar va bilimlarni izlash shundan kelib chiqadi.

Bibliografik tadqiqotlarning barcha turlarini nafaqat bosma, balki elektron shaklda tashkil etish, tizimlashtirish va tasniflash nazariyalari va usullarini o’rganish, shakllantirishga asoslangan.

Ushbu fanning maqsadlaridan biri – kerakli bilimlarni kitoblar, hujjatlar, kartochkalar va shubhalarni bartaraf etishga qodir bo’lgan va har qanday mavzu bo’yicha tushuncha beradigan barcha materiallar bilan uyushgan ravishda ta’minlashdir.

Kutubxonashunoslikda fan sifatida kutubxona tizimi hodisa sifatida qaraladi. Unda nafaqat an’anaviy, balki virtual ham kitob do’konlaridan foydalanish va o’rganish, bu erda kitoblardan tashqari insoniyat faoliyati to’g’risidagi har qanday hujjatlashtirilgan ma’lumotlarga ega bo’lish imkoniyati mavjud.

Kutubxonashunoslikka ixtisoslashganlar quyidagilar bilan ham shug’ullanadilar.

– bilimlarni tarqatish amalga oshiriladigan joylar.

– inson, moliyaviy va texnologik resurslar.

– kutubxonalarda qo’llaniladigan texnik ishlanmalar.

– kutubxona sohasini qamrab olgan qonunlarni o’rganish.

– sohada mutaxassislarni tayyorlash.

– Sektor va uning tuzilishi bo’yicha tadqiqotlar.

– kutubxonada sodir bo’ladigan jarayonlarning har biri.

– Ushbu intizomni va uning boshqa bilim sohalari bilan qanday rivojlanishini tahlil qiling.

Kutubxonashunoslikning ahamiyati

Ushbu fanning ahamiyati shundaki, u inson bilimlarini uni to’g’ri tarqatish uchun boshqarishga mas’uldir va shuning uchun jamiyat hozirgi paytda ham, kelajakda ham ma’lumotga ega bo’lgan qadriyatni tushunishga majbur qiladi.

Kutubxonachilik inson tomonidan yozilgan hujjatlarni tashkil etish, saqlash va tarqatish zarurligidan kelib chiqib, bizning davrimizgacha.

Ushbu jarayonni yanada samarali qilish uchun vaqt o’tishi bilan protseduralar va usullar yaratilib, takomillashtirildi.

Bugungi kunda turli xil o’quv xonalarida kutubxonachilik bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash taklif etiladi.

Chili, Kolumbiya, Meksika, Venesuela va boshqa davlatlar ushbu axborot fani bo’yicha tadqiqotlar o’tkazdilar.

Kutubxonachilikning beshta qonuni

Matematik va kutubxonachi Shiyali Ramamrita Ranganatan 1931 yilda kutubxonalar tamoyillari haqidagi nazariyani taklif qildi.

Ranganatan bu tabiiy me’yorlar emas, balki barcha tashkiliy choralar bajarilishi kerak bo’lgan me’yoriy tamoyillar ekanligini tushuntirdi. Bugungi kunda ular butun dunyoda kutubxonashunoslikning beshta qonuni sifatida qabul qilingan.

1- Kitoblardan foydalanish kerak

Kutubxonalardagi ishlarida u kitoblar zanjirband qilinganligini va hokimiyat saqlashga va undan foydalanmaslikka e’tibor berganini payqadi. Uning ta’kidlashicha, agar foydalanuvchilar nashrlarga kira olmasa, ularning qiymati qadrlanmaydi. U yozishni jamoatchilikka qulayroq qilish uchun ishlagan.

2- Har bir o’quvchiga o’z kitobi

Ranganatan uchun ijtimoiy tabaqasidan farq qilmaydigan odamlar xat orqali o’qish, o’rganish va bilish huquqiga ega edilar.

Shu sababli kutubxonachilar umumiy madaniyatni bilish, jamiyatning ehtiyojlari va afzalliklarini anglashning ahamiyati katta, chunki u ularga xizmat ko’rsatishni taklif qiladi.

Shunday qilib, kutubxonalar o’zlarining ensiklopediyalarining sarlavhalarini jamoatchilikning kitobxonlikni targ’ib qilish izlanishlari bilan mos kelishini ma’lum qilish vazifasini bajargan.

3- Har bir kitobga uning o’quvchisi

Ranganatanxonning kitob do’konlari nazariyalarida kitobni o’z o’quvchisini topishi uchun usullarni ishlab chiqish mumkin.

Eng samarali usullardan biri bu ochiq javonlar va har bir ensiklopediyaning o’quv xonalarida mos va aniq maydonga ega bo’lishidir.

4- Siz o’quvchining vaqtini tejashingiz kerak

Kitob do’koni o’z foydalanuvchilariga mukammal xizmatni taklif qilganda muvaffaqiyatli bo’ladi va bu sizning vaqtingizni tejashga yordam beradi. Binolarni yaxshiroq boshqarish, o’qitilgan xodimlar bilan foydalanuvchi kerakli narsani samarali topadi va shu bilan u erda qolishini qadrlaydi.

5- Kutubxona o’sib boruvchi organizmdir

Ranganatan uchun kutubxonalar doimiy o’zgarib turadigan va o’sib boradigan joylardir, shuning uchun tashkilot va o’qitish juda zarur.

Ushbu to’siqlar ichida o’qish maydonlarini, javonlarni kengaytirish, yangi nomlarni sotib olish har doim dasturlashtirilgan bo’lishi kerak. Vaqt o’tishi bilan yangilanish joy uchun juda muhimdir.

Boshqa nazariyalar

2004 yildan 2015 yilgacha boshqa kutubxonachilar Ranganatan standartlarining ayrim variantlarini ularni yangi foydalanuvchilar, jamoat kutubxonalari va Internetga qo’shilish talablariga moslashtirish uchun ma’lumot izlashning yangi usuli sifatida kiritdilar.

Kutubxonachining muammolari

Kutubxonachining ish maydoni kutubxonaga qaraganda kengroq, chunki u kitoblarga g’amxo’rlik qilish va saqlashdan tashqariga chiqadi.

Muhim kompaniyalar hujjatli ma’lumotlarni tasniflash va buyurtma qilish uchun ushbu professional profilni talab qiladi.

Siz bilimlarning jamiyatga qo’shgan hissasi uchun loyihalarni ishlab chiqishingiz mumkin. Har qanday kompaniya yoki muassasa hujjatlarini samarali tartibga solish uchun doimiy ravishda o’qitish va umumiy madaniyat va texnologiyalarni yangilashda bo’lishdan tashqari.

Adabiyotlar

  1. Migel Anxel Rendon Rojas (2005) kutubxona fanining nazariy va falsafiy asoslari
  2. Xayme Rios Ortega (2008) Kutubxonashunoslik didaktikasi: fanni o’qitish nazariyasi va tamoyillari.
  3. Felipe Martines Arellano, Xuan Xose Kalva Gonsales (2003) kutubxona tadqiqotlari, bugungi va kelajak.
  4. Erik de Grolier. Kutubxona va axborot siyosatining istiqbollari va Ranganatan merosi
  5. Axborot fanlari bo’limi. Gavana Universitetining aloqa fakulteti. Kutubxonachilik ikki bosqichda

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.