Press "Enter" to skip to content

Kuch qanday faktorlar bilan aniqlanadi

 oquvchanlik chegarasiga to`g`ri kelgan kuchlanish .

Lecture 1 Mavzu: Detal va uskunalarni loyihalash, kuchlar va kuchlanishlar Reja

Loyihalash ushbu bosqichlarda amalga oshiriladi: loyiha topshirigʻi, loyiha yechimi va loyiha sinovi. Loyiha topshirigʻida boʻlajak obʼyektni qurishning shartsharoitlari va maqsadga muvofiqligi asoslanadi va uning tafsilotlari belgilanadi. Loyiha yechimida boʻlajak obʼyektning rejasidan tortib toki tayyor holigacha boʻlgan ishlar belgilab olinadi. Loyiha sinovida tayyor loyiha maxsus tuzilgan dastur asosida tekshiriladi.

Bu bosqichlarni amalga oshirishda muhandislik-qidiruv ishlarini bajarishga ham toʻgʻri keladi. Hozir loyihalash jarayonini avtomatlashtirishga ayniqsa keng eʼtibor berilmoqda. Bunda tashkiliy-texnikaviy vositalar, elektron-hisoblash mashinalari, kompyuterlar, avtomatika vositalaridan foydalaniladi. Bu vositalar majmui “inson va mashina” tizimini, yaʼni avtomatlashtirilgan loyihalash tizimini tashkil qiladi. Bu tizim insonni murakkab va sermehnat hisoblash, qiyin jadvallarni tuzish ishlaridan ozod qiladi, loyihalashni ancha tezlashtiradi.

Detal – mashinaning bir xil materiallardan tayyorlangan va alohida bo`laklarga ajralmaydigan qismi. Masalan, bo`lt, gayka, shkiv, tishli g`ildirak va boshqalar.

Uzel — bir necha detallaming yig’indisidan iborat bo`lib, mashinada biror bir ishni bajarishga mo`jallangan.

Mashinasozlikda bir turdagi mashinalar uchun umumiy bo`lgan detal va uzellardan tashqari faqat bir yoki bir necha mashinalarda ishlaydigan detal va uzellar ham uchraydi, masalan, paxta tozalash mashinasining arrasi, to`qimachilik mashinalarda ishlatiladigan urchuq, tikuv mashinalarida ishlatiladigan ignalar va boshqalar. Bu detallarni loyihalash va hisoblash mahsus kurslarda o ‘rganiladi.

Barcha turdagi mashinalarda ishlatiladigan detal va uzellarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin:

1. Birikmalar. Ajralmas (payvand, kalta mixli va boshqalar), ajraluvchan (bo`ltli, shponkali va boshqalar) birikmalar guruhiga bo`linadi.

2. Uzatmalar. Harakatni bir valdan ikkinchi valga o`zaro ishlashish (tishli, zanjirli va boshqalar) yoki ishqalanish (tasmali, friktsion va boshqalar) yordamida uzata oladigan guruhlarga bo`linadi.

3. Uzellarda ishlatiladigan (vallar, podshipniklar, muftalar) detallar guruhi.

Fanni o`rganishdan maqsad shu barcha turdagi mashinalarda ishlatiladigan detal va uzellarni mustahkamlikka hisoblash va loyihalash asoslarini o`rganish. Bunda material tanlash, termik qayta ishlash, detallning aniqlik darajasi, tayyorlash texnologiyasi masalalari ko`riladi.

Mashinasozlik sanoat va qishloq xo`jaligining taraqqiy etishi uchun zarur bo`lgan texniikaviy baza yaratadi. Shunday ekan, xar bir ishchi, injenerning vazifasi zamonamiy talabga to`la javob beradigan, yuqori unumli mustaxkam va foydali ish koeffitsienti yuqori bo`lgan yangidan – yangi mashinalar loyihalashda ularning detallarni mumkin qadar yengil, yetarli darajada mustaxkam, ishqalanishga chidamli, shakli oddiy, ishlatilishi qulay va xavfsiz, Davlat standartlarida qo`yilgan talablarni to`la qondiradigan bo`lishiga erishish kerak. Bundan tashqari detallar ishdan chiqqanda yangisiga tez va oson almashtiriladigan bo`lishi xam zarur.

Tabiiyki bunday vazifani yuqori malakali mutaxassislargina xal qila oladi. Ana shunday mutaxassislar tayyorlashda «Mashina detallari» kursi alohida o`rin tutadi.

Bir qancha detallardan tuzilgan mexanizmlar majmui bo`lib, ma`lum bir ishni bajarish uchun mo`ljallangan vosita mashina deb ataladi.

Xar bir mashina uch gurux mexanizmdan: xarakatlanuvchi , ijro etuvchi va uzatuvchi mexanizmlardan tuzilgan .

Mashinaning bir xil materiallardan tayyorlangan va yig`ish jarayoni qo`llanilmagan qismi detal deb ataladi. Masalan, gayka bolt, shponka, prujina, shu kabi detallar.

Mashinaning ma`lum bir vazifani bajarish uchun mo`ljallangan va yig`ish jarayoni qo`llanilib bir necha detaldan tuzilgan qismi uzel deyiladi. Reduktor, mufta, podshipnik va boshqalar uzellarga misol bo`la oladi.

Quyida mashina detallari va uzellariga qo`yiladigan asosiy talablar bilan tanishib chiqamiz.

  1. Ishga layokatlilik – detal yoki uzelning texnik talablar, standartlarga mos keladigan, o`ziga belgilangan funktsiyani bajara oladigan xolati.
  2. Ishda ishonchlilik – detal yoki uzelning texnik talablar, standartlarga mos keladigan xolatini ma`lum vakt saqlay olish xossasi.
  3. Texnologikligi – detal yoki uzelning ishlab chiqarishda, ekspluatatsiya jarayonida va ta`mirlashda kam mexnat va sarf talab qilishi.
  4. Iqtisodliligi – detal yoki uzelning tayyorlash, ekspluatatsiya va ta`mirlash jarayonlaridagi sarflar xisobi.
  5. Dizayn – detal yoki uzelning tashqi shakllarini tako`lillashtirish, mashina yoki uzelning tashqi ko`rinishining chiroyliligi.

Kuchlanishning bu qiymatini topish uchun chegaraviy kuchlanish xamda mustaxkamlik zapasi qiymatlari aniqlangan bo`lishi kerak . Ma`lum chegaraviy kuchlanishning qiymati materiallarning mexaniqaviy xossalariga boglik bo`lib, laboratoriya sharoitida shu materiallarning namunalarini sinash usuli bilan aniqlanadi. Masalan, plastik materiallarning statik cho`zilishini sinash natijasida 1-rasmda keltirilgan egri chiziq xosil bo`ladi. Bunda A nuqtaga to`g`ri kelgan kuchlanish proportsionallik chegarasi deb, B nuqtaga to`g`ri kelgan kuchlanish oquvchanlik chegarasi deb, D nuqtaga to`g`ri kelgan kuchlanish esa mustaxkamlik chegarasi deb ataladi.

Ruxsat etilgan kuchlanishning qiymatini aniqlashda detalga ta`sir etuvchi kuchning va ishlatilgan materialning xiliga qarab, chegaraviy kuchlanish sifatida mustaxkamlik chegarasi (mo`rt materiallar uchun), oquvchanlik chegarasi (plastik materiallar uchun) yoki tolikish chegarasi (nagruzka uzgaruvchan sikl bilan ta`sir etadigan materiallar uchun) olinishi mumkin.

 proportsionallik chegarasiga to`g`ri kelgan kuchlanish

 oquvchanlik chegarasiga to`g`ri kelgan kuchlanish .

 mustaxkamlik chegarasiga to`g`ri kelgan kuchlanish
Plastik materiallar uchun ruxsat etilgan kuchlanish quyidagicha topiladi :

=
bu erda , – oquvchanlik chegarasiga to`g`ri kelgan kuchlanish

n – mustaxkamlik zapasi koeffitsienti

Mo`rt materiallar uchun ruxsat etilgan kuchlanish quyidagicha topiladi :

bu erda, – mustaxkamlik chegarasiga to`g`ri kelgan kuchlanish

Demak, mustaxkamlik zapasi chegaraviy kuchlanishni ruxsat etilgan kuchlanishga nisbatini ko`rsatadi. Uning qiymati ko`pgina faktorlarga, masalan : a) qabul qilingan xisoblash metodining va xisob sxemasining aniqligiga ; b) detalga ta`sir etuvchi kuch va mo`lentlarning qanchalik to`g`ri hisobga olinganligiga ; v) ishlatiladigan materialning bir jinslilik darajasiga va xossalarining qanchalik o`rganilganligiga ; g) detalning shakli, o`lchamlari, sirtining xolati va sifatiga ; d) detalning muximlik darajasiga bogliq.

Yuqorida keltirilganlar mustaxkamlik zapasining qiymatiga ta`sir qiluvchi faktorlarning asosiylari bo`lib, bundan tashqari, xisoblash yoki tajriba yo`li bilan aniqlanishi juda qiyin bo`lgan faktorlar xam bor.
Mustaxkamlik zapasi koeffitsientining qiymatini mumkin kadar aniq topish uchun differentsial usuldan foydalanish ma`qul bo`ladi. Bu usulga binoan , mustaxkamlik zapasi koeffitsienti uchta xususiy koeffitsientning ko`paytmasi sifatida topiladi. Ya`ni :

detalga ta`sir qiluvchi kuch va mo`lentlarning xakikiy qiymatlari bilan xisoblash uchun qabul qilingan qiymatlar orasidagi farqni xisobga oluvchi koeffitsient .

materiallarning bir jinsliligini , detal tayyorlash texnologiyasi buzilgan taqdirda material mexanikaviy xossalarining normativda ko`rsatilganidan farq qilinishini xisobiga oluvchi koeffitsient .

koeffitsient juda mustaxkam bo`lishni talab etiladigan muxim detallarning mustaxkamlik zapasini qo`shimcha ravishda oshirish maqsadida kiritiladi .

“Mashina detallari” kursida uchraydigan kuchlanishlar turlari bilan tanishamiz .

Normal kuchlanishlar: – siqilish kuchlanishi, – cho`zilish kuchlanishi, – egilish kuchlanishi.

O`rinma kuchlanishlar: – buralish kuchlanishi, – kesilish kuchlanishi.
Bundan tashqari kontakt yuzalarida paydo bo`ladigan kuchlanishlar xam mavjud . – ezilish kuchlanishi , – kontakt kuchlanishi . Masalan, -shponkali brikmalarda , tishli uzatmalarda xosil bo`ladi.

Kuchlanishlar o`zgarmas va uzgaruvchan bo`lishi mumkin. Mashina detallari asosan uch xil turdagi kuchlanishlar bo`yicha xisoblanadi .

2 . Kuchlanish pul’satsiyalanuvchi sikl bilan o`zgaradi .

  1. Kuchlanish simmetrik sikl bilan o`zgaradi .

Assimmetriya koeffitsienti K quyidagicha topiladi

Detal materialiga asosan quyidagi talablar qo`yiladi .

  1. Mustaxkamlik – materialning tashqi kuchlarga qarshilik ko`rsata olish xossasi . Mustaxkamlik bo`yicha baholanadi. Konstruktsion materilallar uchun
  2. Deformatsiyalanuvchanlik – materiallarning shakl o`zgarishiga qarshilik ko`rsatish xususiyati . Uni xarakterlaydigan kattaliklar elastik moduli – E va Puasson koeffitsienti – hisoblanadi. Po`lat materiallar uchun ,
  3. Elastiklik – materiallarning shakl va xajmini tashqi kuchlar ta`siri olingandan so`ng tiklay olish xossasi. U bo`yicha xarakterlanadi .
  4. Plastiklik – materiallarning tashqi kuchlar ta`siri olingandan so`ng sezilarli plastik (koldik) deformatsiyani saqlay olish xossasi.
  5. Energiya to`plashi – elastik energiyani to`plashi xossasi. Bu xossa dinamik kuchlar ta`sirida ishlovchi detallar uchun zarurdir.
  6. Chidamlilik – materialning «charchash»ga qarshilik ko`rsata olish qobiliyati.
  7. Qattiqlik – materialning indentor kirishiga qarshilik ko`rsata olish qobiliyati. Qattiqlikning aniqlashni bir necha usullari mavjud bo`lib, bu usullar Rokvell, Brinel’ va Vikkers presslarida amalga oshiriladi.
  8. Abraziv ishqalanishga chidamlilik – materialning abraziv yemirilishiga karshi qarshilik ko`rsata olish qobiliyati.

TEKSHIRISH SAVOLLARI
1. Mashina deb nimaga aytiladi?

2. Detal deb nimaga aytiladi?

3. Uzel tushunchasiga ta`rif bering .

4. Maxsus detallar deb qanday detallarga aytiladi?

5. Ruxsat etilgan kuchlanish deganda nima tushuniladi?

6. Materiallar uchun mexanikaviy xossalarini aniqlash

(cho`zilish diagrammasi) diagrammasini tushuntiring.

7. Plastik materiallar uchun ruxsat etilgan kuchlanish qanday topiladi?

8. Mo`rt materiallar uchun ruxsat etilgan kuchlanish qanday topiladi?

9. Mustashkamlik zapasi koeffitsenti hakida tushuncha bering.

Nazariy mexanika fanidan savollar

NAZARIY MEXANIKA FANIDAN SAVOLLAR
1.
Ikki vektor qachon teng deyiladi?
2.
Kuch deb nimaga aytiladi?
3.
Kuch qanday aniqlanadi?
4.
Kuchning o‘lchov birligi?
5.
Kuchlar sistemasi o‘zaro ekvivalent deyiladi, agar …?
6.
Teng ta’sir etuvchi kuch nimaga teng?
7.
Muvozanatlashgan kuchlar sistemasi nimaga ekvivalent bo‘ladi?
8.
Jismning biror nuqtasiga qo‘yilgan turli yo‘nalishdagi ikki
1
F
va
2
F
kuchning teng ta’sir etuvchisi
R
nimaga teng?
9.
Qanday kuchlar kesishuvchi kuchlar sistemasini tashkil etadi?
10. Reaksiya kuchlari qanday yo‘naladi?
11. Bir nuqtaga qo‘yilgan o‘zaro
0
90


burchak tashkil etuvchi ikkita
2
1
, F
F
kuchning teng ta’sir
etuvchisi
R
ni qiymatini toping?
12.
n
ta kuchning teng ta’sir etuvchisi qanday aniqlanadi?
13. Teng ta’sir etuvchini analitik usulda aniqlash formulasini ko‘rsating?
14. Fazoda kesishuvchi kuchlar sistemasining analitik muvozanat sharti qanday ifodalanadi?
15. Tekislikda kesishuvchi kuchlar sistemasining analitik muvozanat sharti qanday ifodalanadi?
16. Bir tekislikda yotuvchi va parallel bo‘lmagan uchta kuch muvozanatlashsa, ularning …?
17. Nuqtaga nisbatan kuch momentining nechta xossasi bor?
18. Kuchning ta’sir chizig‘i moment markazini kesib o‘tsa, kuch momenti nimaga teng bo‘ladi?
19. Nuqtaga nisbatan kuch momentining vektori nimaga teng?
20. Nuqtaga nisbatan kuch momentining o’lchov birligi?
21. O‘qqa nisbatan kuch momenti nolga teng, agar …?
22. Kuch deb nimaga aytiladi?
23. Ekvivalent kuchlar sistemasi deb quyidagiga aytiladi?
24. Teng ta’sir etuvchi kuch nimani ifodalaydi?
25. Kesishuvchi kuchlar sistemasi muvozanatda bo‘ladi, agar …?
26. Kesishuvchi kuchlar sistemasi muvozanatda bo‘lishi uchun…
27. Kuchning o‘qdagi proyeksiyasi deb…
28. Kuchlar sistemasining bosh vektori deb…
29. Juft kuch moment vektori yo‘nalishi?
30. Fazodagi juft kuchlarni qo‘shish uchun…
31. Fazodagi kuchlar sistemasi nimaga ekvivalent?
32. Fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasi muvozanatda bo‘lishi uchun …?
33. Bog‘lanish deb nimaga aytiladi?
34. Bog‘lanishdan bo‘shatish prinsipi?
35. Agar jism sterjenlar vositasida bog‘langan bo‘lsa, sterjen reaksiya kuchlari qanday yo‘naladi?
36. Juft kuch deb qanday kuchlar sistemasiga aytiladi?
37. Juft kuchning jismga ta’siri nima bilan aniqlanadi?
38. Bir tekislikda joylashgan juft kuchlarning muvozanatda bo‘lish shartlari…
39. Fazoda joylashgan juft kuchlar sistemasining muvozanatda bo‘lish shartlari…
40. Bir tekislikda joylashgan juft kuchlarning ekvivalentlik sharti?
41. Fazoda joylashgan juft kuchlarning ekvivalentlik shartlari…
42. Berilgan juft kuchni nima bilan muvozanatlash mumkin?
43. Kuchning berilgan nuqtaga nisbatan moment vektori qanday yo‘nalgan?
44. Kuchning nuqtaga nisbatan momenti o‘z ta’sir chizig‘i bo‘ylab ko‘chirilganda o‘zgaradimi?
45. Qaysi bir holatda kuchning berilgan nuqtaga nisbatan momenti nolga teng bo‘ladi?

46. Kuchning berilgan nuqtaga nisbatan yelkasi deb nimaga aytiladi?
47. Juft kuchni jismga ta’sirini o‘zgartirmay qanday ko‘chirish mumkin?
48. Erkin qattiq jism deb shunday jismga aytiladiki?
49. Bitta nuqtaga qo‘yilgan ikkita
1
F
va
2
F
kuchlar orasidagi burchak

bo‘lsa, ularni teng ta’sir
etuvchisining moduli topilsin?
50. Kuch qanday yo‘nalganda
Ox
o‘qidagi proyeksiyasi nolga teng?
51. Tekislikdagi kuchlar sistemasining bosh vektorining modulini toping?
52. Kuchlar sistemasi deb nimaga aytiladi?
53. Nuqtaga nisbatan kuch momentinng ifodasi?
54. Qanday kuch teng ta’sir etuvchi deyiladi?
55. Kuch qanday faktorlar bilan aniqlanadi?
56. Tekislikda ixtiyoriy yo‘nalgan kuchlar sistemasi uchun muvozanat tenglamalari?
57. Muvozanatni o‘zgartiruvchi sabab nima?
58. Kuch biror o‘qqa parallel bo‘lganda shu o‘qqa nisbatan momenti nimaga teng?
59.
Oz
o‘qiga nisbatan kuch momentining analitik ifodasi?
60. Fazodagi kuchlar sistemasining bosh vektor modulini topish formulasi?
61. Absolyut qattiq jism deb nimaga aytiladi?
62. Agar fazoda berilgan kuchlar sistemasi
Oz
o‘qiga parallel bo‘lsa, bu kuchlar sistemasi uchun
muvozanat tenglamasi qanday?
63. Fazodagi kesishuvchi kuchlar sistemasi uchun muvozanat tenglamasi?
64. Ixtiyoriy yo‘nalgan kuchlar sistemasining bosh vektori formulasi?
65. Statikaning asosiy tushunchalari nimadan iborat
66. Kesishuvchi kuchlar sistemasini bitta kuch bilan almashtirish mumkinmi?
67. Jismning kuchlar ta’sirida muvozanatini fanning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
68. Fazodagi juft kuchlarga ekvivalent juft kuch momenti qaysi formula bilan aniqlanadi?
69. Bir to‘g‘ri chiziqda yotmaydigan, bir tekislikda yotuvchi miqdorlari teng yo‘nalishlari qarama-qarshi
o‘zaro parallel ikki kuch qanday kuchlar turkumiga kiradi?
70. Kuch qanday kattalik?
71. Fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlarni berilgan markazga keltirish natijasida umumiy holda nima
hosil bo‘ladi?
72. Fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasining muvozanat shartlari nechta vektor tenglamadan
iborat?
73. Fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasining muvozanat shartlari nechta algebraik tenglamadan
iborat?
74. Tekislikda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasining muvozanat shartlari nechta algebraik
tenglamadan iborat?
75. Kuchni ta’sir chizig‘i bo‘ylab bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko‘chirsak, kuchning jismga ta’siri
o‘zgaradimi?
76. Nuqtaning berilgan trayektoriya bo‘ylab harakat qonuni deb nimaga aytiladi?
77. Nuqta harakati vektor usulda berilganda harakat qonuni qanday ifodalanadi?
78. Nuqta harakati koordinatalar usulida berilganda harakat tenglamalari qanday ifodalanadi?
79. Nuqta harakati tabiiy usulida berilganda harakat tenglamalari qanday ifodalanadi?
80. Kinematikada nuqta harakati qanday usullarda beriladi?
81. Kinematika bo‘limida jismlarning harakatini tekshirishda nimalar hisobga olinmaydi?
82. Nuqta harakati vektor usulda berilganda tezlik vektori qanday?
83. Mexanik harakat nima?
84. Nuqtaning tezlanishi nima?
85. Nuqtaning berilgan vaqtdagi tezligi qanday yo‘nalgan?
86. Nuqtaning radius vektori bilan tezlik vektori orasida qanday bog‘lanish bor?

87. Nuqta tezlik vektorining koordinata o‘qlariga proyeksiyalari nimaga teng?
88. Nuqtaning radius vektori bilan tezlanish vektori orasida qanday bog‘lanish bor?
89. Nuqtaning radius vektori bilan tezlanish vektori orasida qanday bog‘lanish bor?
90. Qanday o‘qlar tabiiy o‘qlar deb ataladi?
91. Nuqta qanday harakat qilganda uning urinma tezlanishi nolga teng?
92. Urinma tezlanish tezlikning nima jihatdan o‘zgarishini ifodalaydi?
93. Normal tezlanish tezlikning nima jihatdan o‘zgarishini ifodalaydi?
94. Egri chiziqli tekis harakat tenglamasi?
95. To‘g‘ri chiziqli tekis harakatda tezlanish nimaga teng?
96. Egri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat tenglamasi?
97. Qattiq jismning qanday harakati ilgarilanma harakat deyiladi?
98. Qattiq jismning qanday harakati tekis – parallel harakat deyiladi?
99. Qattiq jismning qanday harakati qo‘zg‘alms o‘q atrofidagi aylanma harakat deyiladi?
100. Qattiq jismning qanday harakati qo‘zg‘alms nuqta atrofidagi aylanma harakat deyiladi?
101. Inersiya qonuni kimning nomi bilan yuritiladi?
102. Klassik mexanika qonunlari qanday sistemalar uchun o’rinli bo’ladi?
103. Massalar markazi bilan og’irlik markazi qachon bir xil bo’ladi?
104. Sistema harakat miqdori bosh momentining saqlanish qonuni qachon bajariladi?
105. Dinamikaning asosiy qonuni nechta vektor tenglamadan iborat?
106. Dinamika necha qismga bo’linadi?
107. Sistemaning harakat miqdori qanday kattalik?
108. Sistemaning harakat miqdori bosh momenti qanday kattalik?
109. Mexanik harakatning skalyar o’lchovi?
110. Nuqtaga ta’sir etuvchi tashqi kuchlar umumiy holda nimaga bog’liq bo’lmaydi?
111. Erkin tebranma harakat davri boshlang’ich shartlarga …?
112. Erkin tebranma harakat amplitudasi boshlang’ich shartlarga …?
113. Qattiq jismning qo‘zg‘almas o‘q atrofidagi aylanma harakati tenglamasi qanday ko‘rinishda
yoziladi?
114. Nuqtaning trayektoriyasi ma’lum bo‘lsa, harakat qonunining qaysi usulidan foydalanish qulay?
115. Jismning burchak tezligi nima?
116. Jismning burchak tezlanishi nima?
117. Jismning minutiga aylanishlar soni ma’lum bo‘lsa, jismning burchak tezligi qanday aniqlanadi?
118. Aylanma harakat qilayotgan jism nuqtasining chiziqli tezligi qanday aniqlanadi?
119. Qo‘zg‘almas o‘q atrofida aylanayotgan qattiq jism nuqtasining urinma tezlanishi qanday aniqlanadi?
120. Qo‘zg‘almas o‘q atrofida aylanayotgan qattiq jism nuqtasining normal tezlanishi?
121. O‘z tekisligida harakatlanayotgan tekis shaklning tezliklar oniy markazi deb nimaga aytiladi?
122. Harakat qonuni koordinata usulda berilganda tezlik qanday aniqlanadi?
123. Harakat qonuni koordinata usulda berilganda to’la tezlanish qanday aniqlanadi?
124. Harakat qonuni tabiiy usulda berilganda tezlik qanday aniqlanadi?
125. Harakat qonuni tabiiy usulda berilganda tezlanish qanday aniqlanadi?
126. Harakat qonuni tabiiy usulda berilganda normal tezlanish qanday aniqlanadi?
127. Harakat qonuni tabiiy usulda berilganda urinma tezlanish qanday aniqlanadi?
128. Qattiq jismning qo‘zg‘almas o‘q atrofidagi aylanma harakat tenglamasi?
129. Qattiq jismning qo‘zg‘almas o‘q atrofidagi aylanma harakatida burchak tezlik?
130. Tekis-parallel harakatdagi jismning A nuqtasi qutb bo‘lsa, ixtiyoriy M nuqtasining tezligini qutb
usulida aniqlash formulasi?
131. Nuqtaning mutlaq harakati deb nimaga aytiladi?
132. Qattiq jismning qo‘zg‘almas o‘q atrofidagi aylanma harakatida burchak tezlanishi?
133. Murakkab harakatdagi nuqtaning absolyut tezligini aniqlash formulasi?
134. Harakat qonunini vektor usulida qanday ifodalanadi?

135. Harakat qonunini vektor usulida berilganda tezlik qanday aniqlanadi?
136. Tekis aylanma harakat tenglamasi?
137. Harakat qonunini koordinata usulida berilganda tezlik moduli qanday aniqlanadi?
138. Koriolis tezlanishi qachon nolga teng bo‘ladi?
139. Harakati vektor usulida berilgan nuqtaning tezligini aniqlovchi formula?
140. Koriolis tezlanish vektorini yo‘naltirish uchun nisbiy tezlikning perpendikulyar tekislikdagi
proyeksiyasini necha gradusga burish lozim?
141. Aylanma harakatdagi jism nuqtasining tezlanish vektorini hisoblash formulasi?
142. Nuqtaning harakati vektor usulida berilganda, uning harakat qonuniyati?
143. Tekis o‘zgaruvchan aylanma harakatda burchak tezlikni aniqlang?
144. Ilgarilanma harakatdagi jism nuqtalarining harakati qaysi qonunlarga bo‘ysunadi?
145. Agar nuqta koordinata boshida tinch holatdan harakatni boshlagan bo‘lsa, uning tekis o‘zgaruvchan
harakat tenglamasi?
146. Tekis o‘zgaruvchan aylanma harakat qonunini?
147. Aylanma harakatda jism nuqtasining normal tezlanishi formulasi?
148. Murakkab harakatda absolyut tezlik vektori qanday aniqlanadi?
149. Tezlanish deb nimaga aytiladi?
150. Harakatni koordinata usulida berilishi?
151. Radius-vektor deb nimaga aytiladi?
152. Tezlik vektori qanday yo‘nalishga ega?
153. Koriolis tezlanishi ifodasini ko’rsating?
154. Nuqtaning mutlaq tezligi ifodasi?
155. Ko‘chirma harakat aylanma harakatdan iborat bo‘lganda, mutlaq tezlanish formulasi?
156. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat uchun normal, urinma va to‘la tezlanish qanday?
157. To‘g‘ri chiziqli harakatda egrilik radiusi nimaga teng?
158. Egri chiziqli tekis harakatda normal, urinma va to‘la tezlanish uchun qanday ifoda o’rinli?
159. Tekis aylanma harakatda burchak tezlik?
160. Ko‘chirma harakat ilgarilanma harakatdan iborat bo‘lsa, mutlaq tezlanish qanday ifodalanadi?
161. To‘g‘ri chiziqli harakatda normal tezlanish nimaga teng?
162. Klassik mexanikaning birinchi qonunini (inersiya qonuni) ta’riflang.
163. Moddiy nuqtaning harakat differensial tenglamalarining tabiiy o‘qlardagi proyeksiyasi?
164. Moddiy nuqta dinamikasining ikkinchi asosiy masalasida nima ko‘riladi?
165. Sanoq sistemasiga inersial sanoq sistemasi deyiladi, agarda .
166. Moddiy nuqtaning harakatida normal inersiya kuchi qachon nolga teng bo’ladi?
167. Dinamikaning birinchi qonuniga asosan, nolga ekvivalent kuchlar sistemasi bu…
168. Qaytaruvchi kuch deb nimaga aytiladi?
169. Erkin tebranma harakat differensial tenglamasi qanday ko‘rinishga ega?
170. Klassik mexanikaning ikkinchi qonunini (asosiy qonuni) ta’riflang.
171. Moddiy nuqta harakati differensial tenglamalarining Dekart koordinatalari o‘qlaridagi
proyeksiyalari?
172. Moddiy nuqta dinamikasining birinchi asosiy masalasida nima ko‘riladi?
173. Mexanik sistemaning berilgan markazga nisbatan harakat miqdori bosh momenti (kinetik momenti)
ni hisoblash formulasi?
174. Moddiy nuqtaning harakat differensial tenglamalarini integralashda hosil bo‘lgan o‘zgarmaslar
(integral doimiylari) qiymatlari nimadan aniqlanadi?
175. Moddiy nuqtaning harakatida urinma inersiya kuchi qachon nolga teng bo’ladi?
176. Moddiy nuqta kinetik energiyasi…
177. Klassik mexanikaning uchinchi qonunini (ta’sir va aks ta’sir qonuni) ta’riflang.
178. Erksiz (bog‘lanishdagi) moddiy nuqtaning harakat differensial tenglamalari qanday?
179. Rezonans hodisasi ro‘y beradi, agarda .

180. Sistema kinetik energiyasini hisoblash formulasi qanday?
181. Sistemaning massalar markazining harakati haqidagi teorema qanday ifodalanadi?
182. Sistema kinetik energiyasi o‘zgarishi haqidagi teorema qanday ifodalanadi?
183. Koriolis inersiya kuchini ifodalash formulasi?
184. Mexanik sistemaning harakat tenglamasi qanday?
185. Moddiy nuqtaning so‘nuvchi tebranma harakati differensial tenglamasi?
186. Harakat miqdorining o’zgarishi haqidagi teorema sistemaning qanday harakati uchun o’rinli?
187. Sistema kinetik momentining o‘zgarishi haqidagi teorema.
188. Qattiq jismning ilgarilanma harakatidagi kinetik energiyasini hisoblash formulasi qanday
ifodalanadi?
189. Erkin moddiy nuqta harakat differensial tenglamasining vektorli ifodasi qanday
190. Sistema nuqtalari massalarini o’qqa, nuqtaga va tekislikka nisbatan taqsimlanishini qaysi kattalik
xarakterlaydi?
191. Massalar markazi deb radius-vektori quyidagiga teng bo‘lgan geometrik nuqtaga aytiladi?
192. Dinamikaning II qonunini aniqlang.
193. Og‘irlik kuchining bajargan ishi nimaga bog’liq?
194. Erkin tebranma harakat qonuni?
195. Mexanik sistema kinetik momentining saqlanish qonuni qaysi holda o‘rinli?
196. Moddiy nuqta uchun Dalamber prinsipi quyidagicha ifodalanadi?
197. Jismning
Oz
o’qqa nisbatan inersiya momenti?
198. Kuchning chekli ko‘chishda bajargan ishining harakat qonuni vektor usulida berilgandagi ifodasi?
199. Ilgarilanma harakatdagi qattiq jismning inertligini ifodalovchi kattalik nima?
200. Nisbiy harakat differensial tenglamasini aniqlang.
201. Kuchning chekli ko‘chishda bajargan ishining harakat qonuni tabiiy usulida berilgandagi ifodasi?
202. So‘nuvchi tebranma harakat davri qanday hisoblanadi?
203. Klassik mexanikaning to‘rtinchi qonuni (kuchlar ta’sirining o‘zaro mustaqillik qonuni)?
204. Mexanik sistema uchun Dalamber prinsipi ifodasi?
205. Harakatdagi poyezd ichidagi odamning yerga nisbatan harakati qanday harakat?
206. Erkin tebranma harakat davri?
207. Erkin tebranma harakat amplitudasi ifodasi?
208. O’zgarmas mexanik sistema deb qanday sistemaga aytiladi?
209. Bog‘lanishdagi moddiy nuqtaning Dekart koordinata o‘qlaridagi harakat differensial tenglamasi?
210. Muhit qarshilik kuchi kichik bo‘lgan holda (
n
k
) so‘nuvchi tebranma harakat qonuniyati?

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.