30 yoshga kirmay vafot etgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)
Ustazoda Dildora Qayumova
ENG ZO’R TOP-50 manoli, tasirli, xayotiy statuslar to’plami
ENG ZO’R TOP-50 manoli, tasirli, xayotiy statuslar to’plami
Har kuni tabassum qilishni biladigan kishi qanday yashashni ham biladi.
Eng yaxshi dori — bu muloyimlik. Har kuni bir tomchi oling, har bir nutqdan oldin iboralarga ozgina qo’shing.
hayotning ba’zi eshiklari yopilganda, boshqalari ochiladi … Ammo biz yopilganlarga uzoq qarab qolamizki, ochilganlarini ko’rmay qolamiz.
Ma’noli statuslar
Tasodifiy uchrashuvlar mavjud emas. Bu yoki sinov, yoki jazo yoki taqdirning sovg’asi.
Yiqilganda, ikki narsani unutmang — kim sizni itarib yubordi va kim sizni qo’llab-quvvatlamadi. Bu, albatta, oyoqqa turganda foydasi tegishi mumkun.
Agar taqdir maqsadga eltadigan yo’ldan chetlashgan bo’lsa, xavotir olma — shunchaki hayot chuqurlardan seni asrayotgan bo’ladi.
Orzular albatda ushaladi. Aks holda, tabiat bizga orzu qilish qobiliyatini bermagan bo’lar edi.
Ishonch — bu siz odamga pichoq berib, orqangizni burishingiz.
Butun umr davomida sizni tushunadigan va borligingiz bilan qabul qiladigan odam bilan uchrashishni kutasiz. Va nihoyat siz bu insonni ko’rganingizda bilasizki u siz.
Yig’lash uchun yuzlab sabablar kelganda, unutmang hursand bo’lish uchun undan ko’p sabablar bor.
Bu dunyodagi barcha muhim narsalar mol-dunyodan emas, haqiqatdan va quvonchdan yaratilgan.
G’azab va hasadsiz yashashga harakat qiling va xafagarchilik sabablarini chuqalamang, siz shunchaki quvonish uchun jilmaying — tabassum hech kimga zarar qilmaydi!
Ilojsiz narsa oldida siqilmang foyda bermaydi
Barchamiz tanlash imkoniyatiga egamiz. Siz baxtni tanlang.
Bir kuni siz hayotingizdan zavq olish uchun yashash o’rniga, jamiyat yaratgan qoidalar va taqiqlarga rioya qilgan holda hayotingizni o’tkazganingizni anglaysiz, ammo kech bo’ladi.
Butun hayotingizni birga o’tkazadigan yagona odam sizsiz. O’zingizni seving.
Sensiz yashay olmaydiganni qadrlashni biling va sizsiz baxtli bo’lganning orqasidan yugurmang!
Loyga tushgan javoxir har doim javoxir bo’lib qoladi! Va osmonga ko’tarilgan chang changligicha!
Buyuk narsalar haqida orzu qiling: faqat buyuk orzulargina inson qalbiga ta’sir qilishi mumkin.
Hayot kichik bir sir, har hil foydasiz savollar bergandan ko’ra zavqlanib yashash kerak.
Kelsa qabul qilib zavqlanib yashashni, tark etsa qo’yib yuborishni o’rganing.
Faqat uyqudagilar xató qilmaydi.
Biz bugungi kun uchun yashashni o’rganishimiz va uni ma’nosiz o’tmishga aylantirmasligimiz kerak, lekin shuni yodda tutingki, kechagina bugungi kun kelajagimiz edi.
Paskash odamlardan hech qachon o’ch olmang, shunchaki baxtli bo’ling. Ular buni ko’rib siqilib o’lishadi.
Hayot g’alati narsa. Sizning qo’lingizda barcha ko’zirlar bo’lsa, u siz bilan shaxmat o’ynashni boshlaydi.
Chiroyli statuslar
Hayotda shunday gap bor. Siz qanchalik soda bo’lsangiz taqdiringiz shunchalik qiyin bo’ladi.
Baxtli insonlar chaqmoq chaqishi tugashini kutmaydi. Ular yomg’irdan zavqlanishadi.
Baxt hech qachon kulgili yoki qayg’uli bo’lmaydi. baxt shunchaki baxt.
Tabassum qiling va hamma siz bilan kuladi. Yig’lang va siz yolg’izlikda yig’laysiz.
Orzuyingizga ishoning, u yoqimli xususiyatga ega — orzular amalga oshadi.
Hayot har doim adolatli bo’lgan, ba’zida u sizni irodangizni sinab ko’radi halos …
O’zbekcha statuslar
Ba’zan sukut saqlash foydali bo’ladi, shunda odamlar sizni tinglashni xohlashadi. VA YANA bir narsa vaqtida davrani tark etishni biling shunda siz bilan yana ko’rishishni xoxlashadi.
Muammolar aqlli odamlarni harakatga keltiradi, ahmoq odamlarni esa tushkunlikka tushiradi.
O’tmishdagi narsalarni qaytarishga urinmang, u baribir avvalgidek bo’lmaydi
Odamlar uchun yaxshi ko’rinishga intilmang, chunki ularning ko’plari uchun yaxshi odam qulay odam degan ma’noni anglatadi.
Hayotda tasodifiy narsa yo’q va biz bilan sodir bo’ladigan hamma narsa o’z vaqtida va o’z joyida sodir bo’ladi …
Baxt har doyim kamdek ko’rinadi. Va faqat uni yo’qotganingizda, siz uning qancha ko’p bo’lganligini chunib yetasiz.
Shunday yashash keraki borligingiz axamiyatli yo’qligingiz bilinib turishi kerak.
Yaxshi mahsulot reklamaga muhtoj emas. Odamlar bilan ham xuddi shunday.
Oltin statuslar
Hayot odamlarning xohish-irodasini har xil yo’llar bilan sinab ko’radi: bazida hech nimaga erishmasligingiz mumkun. Bazida hamma narsaga birdaniga bir vaqtning o’zida ega bo’lasiz.
Sevgida faqat bitta qonun bor: sevikli kishini baxtli qilish kerak.
Bizga ajratilgan hayot tabiatan qisqa, ammo yaxshi yashagan hayotning xotirasi abadiy qoladi …
Inson ota onasiga quloq solishni bas qilganda emas ular haq bo’lganini tushinganida ulg’aygan bo’lar ekan.
Oilani yaratish uchun sevish kifoya. Uni saqlab qolish uchun bardoshli va kechirimli bo’lish kerak ekan.
Dunyoda sizni sevadigan va sizni xafa qilishni xohlaydigan odamlar doimo bo’ladi. Ular ko’pincha biro dam bo’lib chiqadi.
Baxt bir joyingiz og’rimaganda emas, balki birovni og’riqdan himoya qilganingizda bo’ladi.
Dono kishi biron bir narsani isbotlab bergan emas, balki haqiqatni bilib, tortishmagan.
Nega ibodat qilganda, yig’laganda yoki o’pishda ko’zimizni yumamiz? Chunki biz hayotdagi eng chiroyli narsalarni qalbimiz bilan his qilamiz.
Faqat dushmanlar bir-birlariga haqiqatni aytadilar. O’zaro qarz to’rida o’ralgan do’stlar va sevishganlar yolg’on gapirishadi.
Hech qachon taqdirdan shikoyat qilmang! Do’stlaringizni xafa qilasiz, dushmanlaringizni hursand qilasiz, o’zingizga yordam berolmaysiz.
30 yoshga kirmay vafot etgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)
Insonning qancha yashashi emas, balki qanday hayot kechirishi muhimdir. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov 30 bahorini qarshilash nasib qilmay, erta vafot etgan o‘zbekistonlik mashhurlar haqida material tayyorladi. Ular qisqa hayoti davomidagi ijodi bilan o‘z muxlislariga ma’naviy meros qoldirgan.
Vahshiylarcha o‘ldirilgan Laylo Aliyeva
90-yillar o‘rtalarida “O‘zbekiston”, “Jonginam”, “Yondiradi” kabi qo‘shiqlari bilan millionlab tinglovchilar qalbiga kirib borgan xonanda Laylo Aliyeva 23 yoshida qotillik qurboni bo‘lgan.
1975-yilda Samarqand shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan ijodkor Toshkentda ulg‘aygan. Uning katta bobosi mashhur zargarlardan biri edi. Laylo Aliyeva ikki yoshga kirganida “Moda” jurnalida rasmlari chiqadi, o‘n yoshida esa “Semurg‘” oromgohidagi “Go‘zallik” tanlovida yuqori o‘ringa loyiq ko‘riladi. U hozirgi Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabini bitirgach, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida o‘qiydi. O‘zbekiston xalq artisti Saodat Qobulovaning sevimli shogirdlaridan biri hisoblangan xonanda O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovdan ham qo‘shiq aytish sirlarini o‘rganadi. Qisqa vaqt ichida shirali ovozi va go‘zalligi bilan omma nazariga tushib, muxlislar orttiradi. Xonanda oz umri davomida yigirmadan ziyod qo‘shiqlar ijro qilib, ikkita albom chiqaradi.
Laylo Aliyevaning fojiali o‘limi yashin tezligidek tarqalib, barchani hayratga soladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1998-yilning 1-may kuni o‘sha vaqtda mashhur bo‘lgan “Al-Vakil” guruhining ikki nafar yigiti xonandani yashash uyida qirq ikki joyidan pichoqlab, vahshiylarcha o‘ldiradi. Undan Jasurbek ismli farzand yodgor bo‘lib qolgan.
Surxondaryodagi YTH
“Jiyda gullaganda”, “Boyvachcha”, “Anhor bo‘yida”, “Eslama meni” kabi qo‘shiqlari bilan o‘zbek yoshlari orasida shuhrat qozongan “Bojalar” guruhi a’zosi Mo‘min Oripov ham hayotdan erta ko‘z yumgan.
“Boyvachcha”, “Nortoy”, “Achchiq hayot” singari filmlarda turli darajadagi rollarni talqin qilgan serqirra ijodkor 25 yoshida baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan. Mazkur noxush voqea 2009-yilning 28-iyunidan 29-iyuniga o‘tar kechasi Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yuz bergan. Avtohalokat natijasida guruh a’zosi Jahongir Poziljonov va Javlon Shodmonov og‘ir tan jarohatlari olgan hamda oylab shifoxonada yotib, oyoqqa turgan.
Ustazoda Dildora Qayumova
Suxandon va xonanda sifatida tanilgan Dildora Qayumova 28 yoshida vafot etgan. U 1980-yil 19-dekabrda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Ustazoda ijodkor taniqli televideniye rejissori Zokir Qayumov va O‘zbekiston xalq artisti Malika Qayumovaning farzandi bo‘lib, karyerasini 1998-yilda O‘zbekiston televideniyesida boshlagan.
“Unutmoq osonmas”, “Musiqiy tanaffus”, “Yangi yilda yangi qo‘shiqlar” kabi bir qancha loyihalardagi chiqishlari bilan el nazariga tushgan. Qo‘shiqchilik faoliyatida ham bir qancha taronalari bilan o‘z muxlislarini topgan. Dildora Qayumova 2008-yilda olamdan o‘tgan. Uning bir nafar o‘g‘il farzandi bor.
Avtohalokat qurboni bo‘lgan Radius 21
Radius 21 nomi bilan mashhurlikka erishgan reper Shahzod G‘ulomov o‘n bir yil oldin 29 yoshida avtohalokat sababli olamdan o‘tgan.
U 1981-yil 10-oktabrda Bo‘ka shahrida dunyoga kelgan. Bolaligidan gitara chalish, kitob o‘qish va she’r yozishga juda qiziquvchan bo‘lgan. Maktab va texnikumni tamomlagach, hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining ommaviy bayramlar rejissorligi fakultetida o‘qiydi. Oliy ta’lim muassasasini bitirganidan keyin xususiy telekanallarning birida ikki yil davomida boshlovchi va rejissor sifatida faoliyat yuritadi. Uning “Radius 21” nomli ko‘rsatuvi tez orada tomoshabinlar e’tiborini qozonadi.
Shu tariqa qo‘shiq aytishga bo‘lgan ishtiyoq uni san’at sohasiga yetaklaydi. Bir qator musiqa yo‘nalishida ijod qilgan xonandaning rep yo‘nalishidagi qo‘shiqlari yoshlar orasida keng ommalashadi. Uning “Akfa media” prodyusserlik markazida ijod qilgan davrida, ya’ni 2006—2008-yillarda hamda keyinchalik yaratgan “Dubay”, “Unutolmadim”, “Monolog”, “Har kun”, “Tungi kapalak” singari ko‘plab taronalari haligacha tinglovchilarini yo‘qotmay kelmoqda. Shahzod G‘ulomov “Sevgi fazosi”, “Onaizor”, “Boyvachcha” kabi filmlarda suratga tushgan.
Marhum san’atkorning ukasi Bekzod G‘ulomovning aytishicha, akasi 2010-yilning 12-sentabrida Piskent shahri postiga yaqin joyda Matiz rusumli mashinasida oilasi bilan ketayotgan bo‘lgan. Ularga qarama-qarshi yo‘nalishdan esa kontrabanda mahsulotlarini postdan olib qochayotganlar kelib urilgan. Shahzod G‘ulomov avtohalokat bo‘lgan vaqtda, voqea joyining o‘zida olamdan o‘tgan, 3,5 oylik farzandi Beksulton ertasi kuni vafot etgan. Beksulton xonandaning yolg‘iz farzandi edi.
Piyodalar o‘tish joyidagi baxtsiz hodisa
“Oyijon” filmidagi bosh roli bilan tanilgan ijodkor Farangiz Rejametova (Jamolxonova) 2018-yili 25 yoshida YTH oqibatida vafot etgan.
U 1993-yilda san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. Uning bobosi — O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist To‘g‘on Rejametov, buvisi — O‘zbekiston xalq artisti Shirin Azizova kino va teatrdagi yuzlab rollari orqali o‘zbek san’ati rivojiga hissa qo‘shgan. Onasi — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fotima Rejametova ham betakror ijrolari orqali tomoshabinlar ko‘nglidan joy olgan. Farangiz Rejametova “Sehrli qalpoqcha”, “Uy bekasi” kabi o‘nlab kino va seriallardagi ijrolari bilan ham o‘z muxlislarini topgan.
Foto: Fotima Rejametovaning shaxsiy arxividan
O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti bitiruvchisi hisoblangan 25 yoshli Farangiz Rejametovani 2018-yil 20 iyul kuni soat 21:15 atrofida Abdulla Qodiriy va Mahatma Gandi chorrahasidagi piyodalar o‘tish joyida Mercedes-Benz mashinasi urib ketgan. Haydovchi jabrlanuvchini kasalxonaga olib borgan, ammo aktrisa yo‘lda olamdan o‘tgan.
- Farangiz Rejametova YTH oqibatida halok bo‘ldi
- Toshkent IIBB Farangiz Rejametova halok bo‘lgan YTH bo‘yicha ma’lumot berdi
- “Sen mudom qalbimdasan”. Fotima Rejametova marhum qizi Farangizga atab qo‘shiq kuyladi (video)
Qotil mardikor yigitlar
Skan-Multi taxallusi bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish Iskandar A’zamov 2006-yilda 28 yoshida o‘zining uyida ikki nafar yigit tomonidan shafqatsizlarcha pichoqlab o‘ldirilgan.
Iskandar A’zamov 1978-yil 25-yanvarda tug‘ilgan bo‘lib, u kinorejissor, ssenariynavis va aktyor sifatida ijod qilgan. O‘zbek televideniyesidagi faoliyati 1996-yilda boshlangan. O‘n bir yillik ijodi davomida yuzlab musiqiy videokliplarni suratga olgan. 2003-yil Moskvada, STS kanalida postanovkachi operator bo‘lib ishlagan. U “Xo‘ja Nasriddin: o‘yin boshlanadi” nomli badiiy filmni suratga oladi. Unda asosiy rollarni ijodkorning o‘zi va qo‘shiqchi Sug‘diyona o‘ynagan. Ammo unga o‘z filmining premyerasida qatnashish nasib qilmadi.
Skan-Multi 2006-yilning 23-iyun kuni o‘z uyida ikki nafar yigit tomonidan shafqatsizlarcha pichoqlab o‘ldirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, marhumning xizmatini ado etib yurgan mardikor yigitlar Iskandar A’zamovning orqasiga va yuragiga bir necha marta pichoq urgan. Qotillarning san’atkorni o‘ldirishdan maqsadi pul bo‘lgan. Jinoyatchilar ushlanib, ularga qilmishiga yarasha jazo tayinlangan.
Tungi klub oldidagi janjalning ayanchli yakuni
Erkin kurash bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi Jamshid Kenjayev 2018-yilning 8-avgustidan 9-avgustiga o‘tar kechasi, taxminan, soat 00:25 larda Yunusobod tumanidagi Aurum 898 tungi klubi oldida janjal oqibatida olamdan o‘tgan.
25 yoshida hayotdan ko‘z yumgan sportchi erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘lib, 61 hamda 65 kg vazn toifalarida Incheondagi Osiyo o‘yinlari—2014 musobaqasida, shuningdek, 2015-yil Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan.
Instagram haqida siz bilgan va bilmagan 25 fakt
Instagram haqida eshitmagan, bilmagan inson bo‘lmasa kerak. Undan foydalanmaydiganlar soni ham unchalik ko‘p emas, lekin u haqida qanday ma’lumotlarga egasiz? Tarmoqdan foydalanasiz, lekin u haqida o‘zi nimalarni bilasiz? O‘ylanib qoldingizmi? Bu savollarning abrchasiga ushbu postni o‘qib bo‘lib ikkilanmasdan javob bera olasiz. Quyida Instagram haqida 25 ta fakt keltirib o‘tamiz. Qani, ketdik! Aytgancha, ushbu sahifani Instagram’ingizda ulashishni unutmang! Ana endi, ketdik!
Platforma foydalanuvchilari haqida
1. Instagram’da bir kunda 500 mln, bir oyda esa 1 mlrd foydalanuvchi faol bo‘ladi;
2. Foydalanuvchilarning 50,3 foiz -ayollar; 49,7 foiz -erkaklar;
3. Rossiyaliklar Instagramda 37 mln dan ortiq.
4. Tarmoqda 35 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar miqdori 71%;
5. Instagram’dan foydalanishda 18 yoshdan 29 yoshgacha (59%) insonlar birinchi, 30-49 yoshlilar (33%) ikkinchi o‘rinda faollik qiladi;
6. Foydalanuvchilarning 60% i tarmoqdan har kuni foydalanishadi;
7. Tarmoqda eng ko‘p foydalanuvchiga ega davlatlar: AQSh – 121 million, Hindiston – 71 million, Braziliya – 64 million.
Instagram’dan foydalanish
8. Har bir foydaluvchi Instagram’ga kuniga o‘rtacha hisobda 53 daqiqa sarflaydi;
9. Har kuni 500 million foydalanuvchi o‘z akkuntiga hikoya joylaydi;
10. Instagram foydalanuvchilari har kuni 4,2 mlrd postga layk bosadi; 11. Instagram foydalanuvchilari tarmoqqa kuniga 100 million post joylaydi;
12. Eslatmali qaydlar 56 % dan ko‘proq e’tiborni jalb qiladi;
13. Kamida bitta hashtag‘li yozuvlar 12,6% ko‘proq reaksiyalarni jalb qiladi.
14. Geobelgili postlar 79% dan ko‘qroq faollikni jalb qiladi;
15. Fotolar videolarga qaraganda 36 % ko‘p layk yig‘adi; 16. Instagram’dagi eng ko‘p layk 53 milliondan ortiq “yurak“ to‘plagan tuxum suratiga tegishli.
17. #love – eng mashhur hashtag.
18. Instagram’da eng ko‘p obunachilari bor foydalanuvchilar: Krishtianu Ronaldu (birinchi), Ariana Grande (ikkinchi).
Instagram biznes uchun
19. Instagram’da brendlar reklamasi boshqa tarmoqlardagidan kamida 10 marta ko‘p;
20. Instagram’da 25 milliondan ko‘p biznes-profillar mavjud.
21. 70% foydalanuvchi Instagram’da brend izlaydi.
22. 80% foydalanuvchi kamida bitta biznes-akkauntga ergashadi;
23. 83 % foydalanuvchilar yangi tovarlar va xizmatlar topishda Instagram’ga murojaat qiladi;.
24. Instagram 80% foydalanuvchiga to‘g‘ri xarid uchun ko‘maklashadi.
25. 30% dan ko‘proq foydalanuvchi xaridini Instagramda mobil telefon orqali amalga oshiradi.
Instagram shiddat bilan o‘sishda va o‘zgarishda davom etmoqda. Mana nima uchun ma’lumotlarni kuzatib borishimiz va trendlarni tezda sinovdan o‘tkazishimiz zarur.
Husan Qodirov tayyorladi.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.