Koreyaga ishga borish uchun nima qilish kerak
Ularning har birida batafsilroq talablar, inobatga olinishi kerak bo’lgan jihatlar mavjud. Masalan ishga ketmoqchi bo’lgan shaxs 18-39 yoshli bo’lishi, og’ir jinoyatlar sodir etmaganligi va hokazo.
Koreyada qanday ishlar bor
Mamlakatga ishchi kuchi yuboradigan 16 ta davlat qatorida O‘zbekiston ham bor.
Foto: travel.rambler
Janubiy Koreyaning Sokcho shahrida “Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati” tomonidan mazkur davlatga E-9 vizasi asosida ishchi kuchi yuboruvchi 16 davlatdan kelgan tashkilotlar rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Tadbirda O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o‘rinbosari Azizbek Yunusov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Koreya vakillari tomonidan Bandlikka ruxsat berish (EPS) tizimining 2022-yildagi faoliyati natijalari va 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur tizim tarixida ilk bor Koreyaga E-9 vizasi asosida ishchi kuchi yuboruvchi 16 ta davlatlar uchun umumiy kvota soni 2023-yilda 110 ming deb belgilangani alohida ta’kidlandi.
Bu o‘z navbatida Janubiy Koreyaga ishchilarni yuborayotgan davlatlarga katta mas’uliyat ekanligi, bunda fuqarolarni mamlakatga kirib kelishdan oldingi tayyorlov va ko‘niktirish kurslariga yanada kattaroq e’tibor qaratilishi kerakligi qayd etildi.
Avvalroq 2023-yilda O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga 1,5 ming ishchi jalb etish ko‘zda tutilgani haqida xabar berilgandi.
17-yanvarda dastlabki 24 nafar o‘zbekistonlik mehnat migrantlari Buyuk Britaniyadagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan fermalarda mavsumiy ishlash uchun yuborildi.
Shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi fuqarolarni xorijiy davlatlarga ishga jalb qilish, ularning xorijda huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar yuzasidan ma’lumot bergandi.
Xorijning vakolatli tashkilotlari va ish beruvchilari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Buyuk Britaniya, Bolgariya, Latviya, Polsha, Germaniya, Serbiya, Finlyandiya, Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlardan 112 ta tashkilot bilan hamkorlik kelishuvlari imzolanib, ularda 15 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari aniqlangan.
Xususan, 2022-yilda Rossiya, Koreya, Qozog‘iston, Germaniya, Serbiya, Yaponiya, Angliya, Turkiya kabi davlatlarda 36 mingga yaqin fuqaro manzilli ishlarga joylashtirildi.
Shuningdek, muzokaralar natijasida Koreyaga 4901 nafar, Angliyaga 78 nafar, Germaniyaga esa 63 nafar fuqaro ishga jo‘natilgan.
Bugungi kunda chet elda ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar uchun Germaniya, Ruminiya, Vengriya, Angliya kabi davlatlarda tibbiyot, haydovchilik, qurilish hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning turli sohalarida bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilmoqda.
Koreyaga ishga borish uchun nima qilish kerak
Eng qisqa qilib aytganda quyidagi bosqichlardan o’tish kerak bo’ladi:
- Koreys tili bo’yicha imtihon
- Ishga joylashish bo’yicha ariza
- Mehnat shartnomasini tuzish
- Chiqib ketish oldidan o’qitish
- Koreyaga jo’nash
Ularning har birida batafsilroq talablar, inobatga olinishi kerak bo’lgan jihatlar mavjud. Masalan ishga ketmoqchi bo’lgan shaxs 18-39 yoshli bo’lishi, og’ir jinoyatlar sodir etmaganligi va hokazo.
Velosipedni qaytadan kashf etmaslik uchun, yaxshisi barcha ma’lumotlarni o’zingiz bu masala bo’yicha rasmiy sayt hisoblanmish https://www.eps.go.kr/uz/index.html (yuqori menyuda Ishga joylashish protsedurasi bo’limi) orqali bilib olishingiz mumkin. E’tiborli tomoni, u yerda ma’lumotlar o’zbek tilida ba’zi bir imlo xatolari bilan yozilgan, shu sababli kishida bu sayt soxta degan taassurot uyg’otishi mumkin. Lekin yo’q, u rasmiy sayt, berilgan ko’rsatmalarga amal qilish kerak bo’ladi.
Oxshash xabarlar:
- Professional fotograf bo’lish uchun kursga borish kerak…
- 2022 YILDA BIR KISHI UCHUN HAJGA BORISH NARXI
- Fitness zaliga borish endi shart emas!
- Bolalarni bog’cha va maktabga olib borish biznesi
- Qaysi holatlarda bolani darhol vrach pediatr ko‘rigiga olib…
- Qaysi davlatlarda visasiz, visa bilan borish
- Toshkentdan Hajga avtomoshinada borish xarajatlari qancha?
- Homilador boʻlish uchun nima qilish kerak?
- Farzand olish uchun nima qilish kerak?
- Ko’krakni kichraytirish uchun nima qilish kerak?
- Omadli bo’lish uchun nima qilish kerak?
- Qo‘rquvni yengish uchun nima qilish kerak? 12+
- Suv quvurlari muzlamasligi uchun nima qilish kerak?
- Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak?
- Egizak farzand kurish uchun nima qilish kerak
13 комментариев к “Koreyaga ishga borish uchun nima qilish kerak”
- Уведомление: nova88
- Уведомление: good cc shop online
- Уведомление: fentanylplåster placering
- Уведомление: sportsbet
- Уведомление: เงินด่วนปทุมธานี
- Уведомление: team velocity in scrum
- Уведомление: magic mushroom identification guide florida
- Уведомление: sbobet
- Уведомление: Thomas Adewumi University
- Уведомление: Investing in the stock market
- Уведомление: check my blog
- Уведомление: click site
- Уведомление: Where to find DMT in Melbourne
Sayt Haqida
Assalomu alaykum, Savol-Javob.com saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.