Press "Enter" to skip to content

Kompyuter qanday ikkita tashkiliy qismdan iborat

28 Kichik nashriyot tizimlari nashriyot tizimlari “kompyuterli nashriyot faoliyati” axborot texnologiyasini ta’minlaydi, matnni bichim solish va tahrirlash, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo’yish va hokazolarni bajaradi.

1-MAVZU: Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari, Dasturlar va apparat ta’minoti.

Presentation on theme: “1-MAVZU: Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari, Dasturlar va apparat ta’minoti.”— Presentation transcript:

1 1-MAVZU: Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari, Dasturlar va apparat ta’minoti.

2 Reja: 1.Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari. 2.Dasturlar va apparat ta’minoti

3 Kompyuter – inglizcha so‘z bo‘lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda hisoblovchi bo‘lmasada, matnlar, tovush, video va boshqa ma‘lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – Kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma‘lumotlarni qayta ishlashdan iborat.

4 Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: Raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtrilgan. Ammo, raqamli Kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lganligi uchun, ulardan ko‘proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda Kompyuterlarning 5 guruhi keng qo‘llanilmoqda. Kompyuterlarni xotirasining hajmi, 1 sek. da bajaradigan amallar tezligi, ma‘lumotlarning razryad to‘rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, 5 guruhga bo‘lish mumkin:

5  super Kompyuterlar (Super Computer)  blok Kompyuterlar (Manframe Computer)  mini Kompyuterlar (MiniComputer)  shaxsiy Kompyuterlar (PC- Personal Computer)  bloknot (Noutbook) Kompyuterlar.

6 Super Kompyuterlar (TOR 500 Kompyuterlar) – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Bunday masalalar sifatida ob havoning global prognoziga oid masalalarni uch o‘lchovli fazoda turli oqimlarning ketishini o‘rganish masalalari, global informatsion sistemalar va hakozolarni keltirish mumkin. Bu Kompyuterlar 1 sekundda o‘n trillon amal bajaradi.

7 Blok Kompyuterlar – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi super Kompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog‘ona past. Bularga misol sifatida AQSH ning CRAY (kray), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli Kompyuterlarini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.

8 Mini Kompyuterlar (kichik Kompyuterlar)- hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan blok Kompyuterlardan kamida bir pog‘ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy Kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday Kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-dasturiy boshqaruv protsessori), ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan VAX, SUN turkumli Kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqa mini Kompyuterlar misol bo‘la roladi.

9 Shaxsiy Kompyuterlar- hozirda ko‘pchilik foydalanuvchilar IBM rusumidagi Kompyuterlardan keng foydalanishmoqda. IBM rusumiga mos Kompyuterlar deganda, ham programma ta‘minoti mosligi, texnik ta‘minoti mosligi, ya‘ni bir-biriga mos kelishi nazarda tutilgan. Bunday Kompyuterlar Pentium 3,4 va 750-1000 megagertsni, xotira hajmi 64, 128,256, 512 megabaytni tashkil qiladi.

10 U quyidagi qurilmalardan tashkil topgan:  sistema bloki  monitor  klaviatura  sichqoncha  tashqi qurilmalar  Sistema bloki- yassi (desktop) yoki minora (town) ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo‘lib, ular quyidagilardir:  Tezkor xotira (RAM- Random Access Memory –ixtiyoriy kirish mumkin bo‘lgan mikroprotsessor. Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan.  Registr-ma‘lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo‘ljallangan qurilma. Har bir registr o‘z navbatida triggerlardan tashkil topgan. Trigger-bu kichik kondensator bo‘lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda 1 ni, aks holda 0 ni ifodalaydi.  Registrdagi triggerlarning miqdori Kompyuterni necha razryadli ekanini bildiradi. Registrlar-bu yacheykalar deb xam yuritiladi. Bu yacheykalarning xar bir razryadida bir bit axborot joylashadi ya‘ni 0 yoki 1

11  Razryadlar soni deganda bir vaqtda qayta ishlanadigan ikkilik razryadlar soni tushiniladi.  Qurilmalar nazoratchilari (bu kontrolerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta‘minlash bloki).  Yumshoq disk qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver)  Qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver)  Faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan lazer disk qurilmasi (CD-ROM Compact Disk Read Only Memory), shinalar, modem va boshqa qurilmalardan iborat.  Sistema blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko‘plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.  Ular mos ravishda LPT1, LPT4 va COM1 – COM3 deb nomlanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.

12  Monitor. Monitor (displey) Kompyuterda matn va grafik ma‘lumotlarni tasvirlash ko‘rish uchun ishlatiladi. Monitorlarning har xil ko‘rinishlari mavjud, ya‘ni ular o‘zidan chiqaruvchi past radiatsiyali (Lowe radiation) so‘zlarini uchratish mumkin.Shuning uchun inson organizimiga tas‘iri juda kam miqdorda bo‘lgan 17-21 dyuymli SVGA (Super Video Grafic Adapter- ya‘ni katta video grafik adapter) monitorlar ishlab chiqarilmoqda.  Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontal va vertikal nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan: 14 dyuymli Kompyuterlarda tasvirlash qobiliyati 800 x 600, 15 dyuymli monitorda 1024 x 768, 17 dyuymli monitorda 1280 x 1024 va 21 dyuymli monitorda 1600 x 1200. Bundan tashqari ularning yana bir xususiyati piksellar sonining kata kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800 x 600 ga teng bo‘lgan monitorlarda piksel 0,31 mm ga, 1024 x 768 ga teng bo‘lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25 mm teng bo‘lishi kerak. Monitorning tez ishlashi adapterga bog‘liq. Matn rejimida monitor tez ishlaydi, grafik rejimda sekinroq ishlaydi. Ularni tez ishlashini o‘rnatish mumkin.

13  Modem. Kompyuter telefon tarmog‘i orqali axborot almashish maqsadida ishlayotganida, telefon tarmog‘idan olingan signalni qabul qiluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma kerak bo‘ladi. Qurilmaning kirishida axborot modulyatsiya qilinadi, chiqishida esa demodulyatsiyaga uchraydi, shundan modem nomi kelib chiqqan. Modemning asosiy vazifasi Kompyuterdan kelgan signalni telefon tarmog‘i ish chastotasi diapozoniga mos chastotadagi elektr signaliga aylantirib berishdan iborat. Bu tarmoqning akustik kanalini modem quyi va yuqori chastota yo‘laklariga ajratadi. Quyi chastotali yo‘lak ma‘lumotlarni uzatishda, yuqori yo‘lakli chastotalar esa qabul qilish uchun qo‘llaniladi. IBM rusumidagi Kompyuterlarni ishlab chiqaruvchi firmalar:  IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Aser, Olivetti, Gateway, Sun va boshqa firmalardir.  Ishlab chiqarilishiga qarab Kompyuterlar ikki xil bo‘ladi: Oq yasalgan va lintsenziya asosida ishlab chiqargan Kompyuterlar Sariq yasalgan Kompyuterlar hisoblanadi. Yuqoridagi zikr etilgan komponiyalar ishlab chiqargan Kompyuterlar oq Kompyuterlar, Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya davlatlarida ishlab chiqarilgan.

14 Noutbuk Kompyuterlar- bu Kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo‘lib, batareya asosida ishlaydi. Hozirda bunday Kompyuterlarni IBM, Compaq, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda.

15 Kompyuterning dasturiy ta’minoti

16 Sistemaviy dasturiy ta’minot. Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (software) lardir.

17 Apparat ta’minoti ─ bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir. Dasturiy ta’minot – kompyuterning ikkinchi muhim qisimi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasidagi bog’lanish qanday amalgam oshiriladi? Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim.

18 Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish ─ bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa ─ dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish ─ apparat ─ dasturiy interfeys deyiladi.interfeysi

19 Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin ─ sistemaviy dasturiy ta’minot;─ amaliy dasturiy ta’minot; ─ dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalar

20 Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) ─ Kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.

21 Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package) ─ Bu aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.

22 Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari ─ Yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.jumladan

23 Komyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta’minot (ADT) dir. Bunga asosiy sabab ─ kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanilishidir.

24 Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin.

25 Muammoga yo’naltirilgan ADT ga quyidagilar kiradi: ─ bugalteriya uchun DT; ─ personalni boshqarish DT; ─ jarayonlarni boshqarish DT; ─ bank axborot tizimlari va boshqalar.

26 Umumiy maqsadli ADT ─ soha mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z ichiga oladi. Bular: ─ kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT); ─ matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muxarrirlari;chop etuvchi matn muxarrirlari ─ grafik muxarrirlar; ─ hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar; ─ taqdimot qilish vositalari, ayni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus dasturlar.ayni tasvirlar hosil qilish

27 Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: ─ rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar;rejalovchi yoki organayzerlarolib boruvchi dasturlar ─ tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang’ich matnni ko’rsatilgan tilga tarjima qilishga mo’ljallangan dasturlar; ─ skaner yordamida o’qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan o’zgartiruvchi dasturiy vositalar; ─ tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi o’zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.

28 Kichik nashriyot tizimlari nashriyot tizimlari “kompyuterli nashriyot faoliyati” axborot texnologiyasini ta’minlaydi, matnni bichim solish va tahrirlash, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo’yish va hokazolarni bajaradi.

29 Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o’zgarishi, lazerli disklarning paydo bo’lishi, ma’lumotlarning tarmoqli texnalogiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi.dasturiy vositalari

30 Sun’iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni to’rt yo’nalishga bo’lish mumkin: ─ ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar. Ushbu yo’nalish kompyuterda o’yinlarni (shaxmat, shashka va h.k) avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish bilan shug’ullanadi. ─ Bilimlarga asoslangan intelektual tizimlar. yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli sun’iy intellekt tizimlarini ma’lum va kichik sohalarning eksperti sifatida tan olinishi va qo’llanishi mumkin. ─ EHM larning yangi arxitekturasini yaratish. Bu yo’nalish sun’iy tafakkur mashinalari (beshinchi avlod EHM lari)ni yaratish muammolarini o’rganadi. ─ Intelektual robotlar.

31 E’tiboringiz uchun rahmat

Kompyuter tashkillashtirish

Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razrad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo`lish mumkin:

– super kompyuterlar (Super Computer);
– blok kompyuterlar (Manframe Computer);
– mini kompyuterlar (Minicomputer);
– shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer);

Kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat, bular texnikaviy ta’minot (hardware) va dasturiy ta`minot (software)lardir.Texnikaviy ta’minoti — bu kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir.
Hisoblash tizimi tarkibi konfiguratsiya deb ataladi. Odatda hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalari alohida olib о‘rganiladi. Shuning uchun ham mos ravishda hisoblash tizimlari apparat konfiguratsiyasi va dasturiy konfiguratsiyasi alohida olib о‘rganiladi. Bunday bо‘linish axborot texnologiyalari uchun muhim ahamiyatga egadir, chunki kо‘p xollarda alohida olingan masala yechimni ham apparat, ham dastur vositalari yordamida ta’minlash mumkin. Hisoblash tizimlarining apparat ta’minoti tarkibiga, apparat konfiguratsiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar kiradi. Zamonaviy kompyuter va hisoblash majmua (kompleks)lari blok-modulli konstruksiya (tuzilish)dan iborat. Ma’lum ishlarni bajarishga zarur bо‘lgan apparat konfiguratsiyani tayyor blok va qismlardan yig‘ib olish mumkin.
Qurilmalarning, markaziy protsessorga (Central Processing UNIT, CPU) nisbatan joylashishiga qarab tashqi va ichki qurilmalarga ajratamiz.Tashqi qurilmalar, qoida bо‘yicha, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalaridir, ularni odatda periferik qurilmalar deb ham ataladi. Bundan tashqari ma’lumotlarni uzoq saqlashga mо‘ljallangan qurilmalar ham tashqi qurilmalarga kiradi.Alohida blok va qismlar orasidagi kelishuvchanlik, birgalikda ishlashdagi moslanuvchanlik, apparatli interfeys deb ataluvchi о‘tish apparat-mantiqiy qurilmalari yordamida bajariladi. Hisoblash texnikasidagi apparat interfeysiga belgilangan standartlar protokollar deyiladi. Shunday qilib, protokol – bu qurilma yaratuvchilari tomonidan, bu qurilmaning boshqa qurilmalar bilan muvaffaqiyatli va kelishilgan holda birgilikda ishlashi uchun, ishlab chiqiladigan texnik shartlar majmuasidir. Dastur – buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Kompyuter uchun tuzilgan har dastur vazifasi – apparat vositalarni boshqarishdir. Birinchi qarashda dasturning qurilmalar bilan xech qanday bog‘liqligi yо‘qdek kо‘rinadi, ya’ni masalan, dastur kiritish qurilmlaridan ma’lumot kiritishni va chiqarish qurilmalariga ham ma’lumot chiqarishni talab qilmasa ham, baribir uning ishi kompyuterning apparat qurilmalarini boshqarishga asoslangan.
Kompyuterda, dasturiy va apparat ta’minot, doimo uzilmas aloqada va uzluksiz bog‘lanishda ishlaydi. Biz bu ikki kategoriyani alohida kо‘rib chiqayotganimizga qaramasdan, ular orasida dialektik aloqa mavjudligi va
ularni alohida kо‘rib chiqish shartli ekanlgini esdan chiqarmaslik kerak.
Kompyuterlar va hisoblash tizimlarining dasturiy ta’minoti tuzilishini dasturiy konfiguratsiya deb ham ataladi. Dasturlar orasida xuddi kompyuterning fizik qismlari orasidagi kabi о‘zaro aloqa mavjud. Aksariyat kо‘pgina dasturlar, quyiroq darajadagi boshqa dasturlarga tayanib ishlaydi. Bunday bog‘lanish dasturlararo interfeys deyiladi. Bunday interfeys (muloqot) ning mavjudligi texnik shartlar va о‘zaro aloqa qoidalariga asoslangan bо‘lsa ham, amalda u dasturiy ta’minotni о‘zaro aloqada bо‘lgan bir nechta sathlar (daraja)larga taqsimlash bilan ta’minlanadi. Dastur ta’minoti sathlari piramida tuzilishiga egadir. Har bir keyingi sath oldingi sathlar dasturiy ta’minotiga tayanadi.
Shunga alohida etibor berish kerakki, har bir yuqoridagi sath butun tizimning funksionalligini oshiradi. Masalan, asos dasturiy ta’minoti sathiga ega bо‘lgan hisoblash tizimi kо‘p funksiyalarni bajara olmaydi, ammo u tizimli dasturiy ta’minotni о‘rnatishga imkon beradi, ya’ni sharoit yaratadi.
Dasturiy ta`minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo’lib, u ma`lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta`minotsiz har qanday zamonaviy kompyuterda biror amal bajarib bo’lmaydi.
Kompyuterning texnikaviy va dasturiy ta`minoti orasida bog’lanish qanday amalga oshiriladi?
Avvalo ular orasidagi boglanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli tex­nik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish bu, texnikaviy interfeysi, dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa dasturiy interfeys, texnikaviy qismlari va dasturlar ora­sidagi o’zaro bog’lanish texnikaviy dasturiy interfeys deyiladi.
Zamonaviy kompyuter tizimlarida axborotlarga ishlov berish asosiy vazifa
hisoblanadi, lekin yagona vazifa emas. Kompyuter tizimlarining boshqa vazifalari
axborotlarni yig’ish (kiritish), o’zgartirish, axborotlarni to’plash va saqlash,
ma’lumotlarni qabul qilish-uzatish, nusxa ko’chirish va ko’paytirish hisoblanadi. Bu
barcha vazifalarni bajarishda bevosita amalga oshiruvchi tizimlar v a tarmoqlarning
eng asosiy elementi bo’lgan kompyuterdir. Uning ishlov berish tezligi va ishlov
berish natijasi, aniqligi, umuman, tizimning ishlash samaradorligi unga bog’liq.
Kompyuterning yuqorida sanab o’tilgan vazifalari asosiy elementlar arifmetik-
mantiqiy qurilma, prosessor, xotira, kiritish/chiqarish qurilmasi, boshqarish
qurilmalaridan foydalanib amalga oshiriladi. Buning asosida barcha elementlarning
o’zaro birgalikda ishlashi asosida dasturiy boshqarish tizimidan iborat bo’lgan,

xotirada saqlanadigan ishlov berish dasturi va ma’lumotlarni boshqarish tamoyili

  • arifmetik-mantiqiy qurilma;
  • maʼlumotlar va adreslar shinasi;
  • registrlar;
  • buyruq jamlagichi;
  • kesh, yaʼni kichik hajmli oʻta tezkor xotira;
  • qoʻzgʻaluvchan vergulli sonlar matematik soprotsessori.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.