C vitaminiga boy tabiiy mahsulotlar
Qizil bulg‘ori qalampiri
Kivi to’g’risida 9 ta qiziqarli ma’lumotlar
Nordongina va mazali bo’lgan kivi ko’pchilik bolalarga ham kattalarga ham juda yoqadi. Lekin bu mevaga nima uchun bunday nom berilganini bilasizmi? Kivi haqida qiziqarli ma’lumotlardan xabardor bo’ling va hayratlaning!
1. Kivini turlicha nomlashadi. Uning vatani Xitoy bo’lib, u rezavor meva krijovnikni eslatganligi uchun ham, 20-asrgacha uni «xitoycha krijovnik» deb atashgan. Ustidagi tukchalari sababli ham uni Xitoyda yana «maymun shaftolisi» deb ham atashgan. Hozirgi nomda u Yangi Zelandiyada atay boshlashgan. Mamlakat sovuq urush davrida bu meva uchun ortiqcha soliq to’lashni istamagan, va shu tufayli ham bu mevaga o’xshaydigan qushcha nomiga atab kivi qo’yishgan. Bu kichkina qushcha kiviga juda o’xshab ketgan.
2. Kivi – ko’paytirish mahzuli. Taxminan 80 yil avval bu meva juda bemaza ta’mda bo’lgan, faqatgina yangi zelandiyalik fermerlarning izlanishlari va tajribalari sabab u hozirgi nordon, sersuv va yoqimli ta’mga kirgan.
3. Kivi – bu rezavor meva. Xitoyda bu rezavor meva imperatorlar tomonida ulug’lanilgan: undan afrodizyak sifatida foydalanishgan.
4. Kivi eng beor o’simliklardan biri hisoblanadi: uni qurt-qumursqalar yoqtirishmaydi. Lekin, kivi ob-havo o’zgarishlariga juda ta’sirchan bo’lib, sovuqqa chidamaydi, jazirama yozga u chidamsiz bo’lib, ildizlari doimo suvda bo’lishi kerak. Bunday vaqtda u bir kunda 5 litrgacha suv «ichadi».
5. Kivini 84% ini suv tashkil qiladi. Shu xususiyati va kaloriyasi pastligi sabab ham uni parhezbop mahsulotlar safiga kiritishni yoqtirishadi.
6. Kivi – juda foydali mahsulot. Ikkita o’rtacha hajmdagi kivi, apelsinga nisbatan ko’proq vitamin C ni saqlaydi, bitta bananda qancha miqdorda kaliy saqlansa, kivida ham shuncha miqdorda bo’lar ekan.
7. Kivining og’irligi qayd qilingan. Sifatli va maromiga yetib pishgan kivining og’irligi 70 grammdan 100 grammgacha bo’lishi kerak. Kivining yovvoyi turi esa taxminan 30 grammni tashkil qiladi.
8. Kividan jele tayyorlashni mushkulroq. Undagi fermentlar jelatinni parchalab tashlaydi va muzlashiga yo’l qo’ymaydi. Agarda kivining ustidan qaynoq suv quyilsa, undagi vitaminlar, shu bilan birga fermentlar ham parchalaniladi, shundagina jele qilsa bo’ladi.
9. Tillarang kivi ham mavjud. U kesilganda ichi yashil rangda emas, balki tillarangda bo’ladi. Bunday nav birinchi bo’lib 1992-yilda Yangi Zelandiyada aniqlangan. Qimmat turishiga qaramay, bu meva darrov ommalashib ketgan. Xitoyda esa kivining yangi: ichi qizil rangli navi ustida bir necha yillardan beri olimlar ish olib borishmoqda.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
C vitaminiga boy tabiiy mahsulotlar
C vitamini organizmda to‘qimalarni saqlashga va yoshartirishga yordam beradi. Immunitet tizimini mustahkamlaydi va temirning so‘rilishini rag‘batlantiradi. Shamollash va grippga qarshi kurashda foydali hisoblanadi. Ayollar uchun tavsiya etilgan kunlik C vitamini miqdori 75 mg, erkaklar uchun 90 mg. Tabiatning o‘zidan ushbu vitaminga boy mahsulotlarni iste’mol qiling va sog‘lom bo‘ling.
Foto: “Domashniy ochag”
Guava
Bu noyob tropik meva ro‘yxatimizda birinchi o‘rinni egalladi. Uning tarkibida apelsindan 5 barobar ko‘proq C vitamini bor. Uning ta’mi nordon va yarim stakan guava sharbati tarkibida 188 mg C vitamini va atigi 56 kkal kaloriya mavjud.
Qizil bulg‘ori qalampiri
Faqat sitrus mevalardagina C vitamini mavjud, deb o‘ylaganlar yanglishadi. Bulg‘ori boshqa vitaminlarni ham o‘z ichiga oladi, jumladan, A vitamini. Yarim stakan yangi to‘g‘ralgan bulg‘orida 142 mg C vitamini va 20 kkal bor. Pishirilgan bulg‘orida esa 116 mg C vitamini bo‘ladi, shuning uchun ularni pishirmay iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Kivi
Bir dona o‘rtacha kivi mevasida 70 mg B vitamini va 46 kkal mavjud.
Apelsin
So‘nggi paytlarda hamma uchun eng mazali va sevimli mevalardan biri. Bir dona o‘rta apelsin tarkibida 70 mg C vitamini va 62 kkal mavjud. Uning 180 ml sharbatida 61 dan 93 milligrammgacha C vitamin va 79 dan 84 kkalgacha beradi.
Yashil bulg‘or qalampiriKichik yashil bulg‘ori po‘stlog‘ida 60 mg C vitamini va 15 kaloriya bor. Pishganida u faqat 51 mg C vitaminini saqlab qoladi.
Greypfrut sharbati
Greypfrutning yarmida 39 mg C vitamini va 52 kkal mavjud. Ko‘proq foyda olish uchun bu mevaning sharbatini ichish tavsiya etiladi. 180 ml greypfrut sharbati 50-70 mg C vitamini va 71-86 kkal beradi.
Sabzavot sharbatiYangi siqilgan sabzavot sharbati aralashmalari ko‘p miqdordagi vitamin va ozuqa moddalarini o‘z ichiga oladi, shu jumladan, C vitaminini ham. Agar sharbat pomidorga asoslangan bo‘lsa, unda jiddiy kasalliklar, jumladan, saraton bilan kurashishga yordam beradigan antioksidant bo‘lgan likopenning yaxshi qismini qabul qilish mumkin. 180 ml sabzavot sharbatida 50 mg C vitamini va 34 kkal mavjud.
Qulupnay
Bu rezavor kletchatka va antioksidantlarning muhim manbayi, shu jumladan, C vitaminining ham. Yarim stakan qulupnayda 49 mg C vitamini va 27 kkal mavjud.
Bryussel karami
Bu foydali sabzavotning bitta kamchiligi bor – u bolalar uchun mos kelmaydi, lekin o‘smirlar va kattalar uchun bu ajoyib tanlov. Darhaqiqat, 100 gramm Bryussel karamida 48 mg C vitamini, 300 mkg noyob K vitamini va atigi 28 kkal mavjud.
Qovun
O‘rtacha qovunning to‘rtdan bir qismi 47 mg C vitamini va 51 kaloriya beradi.
- Kuz mavsumida immunitetni mustahkamlashga yordam beradigan 9 mahsulot
- Temir moddasiga boy 7 mahsulot
- Faqat immunitet emas: C vitamini qarishga qarshi qanday yordam beradi
- Ismaloq, yong‘oq, jigar va B guruhi vitaminlariga boy boshqa mahsulotlar
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.