Press "Enter" to skip to content

Ovqatlanish haqida Islom dinidan qimmatli ma’lumot

Kamqonlikda qoida tariqasida, anemiya gipoksiyasi rivojlanishi oqibatida rivojlangan holatlardan shikoyat qilinadi. Yengil shakllarda bu zaiflik, charchoq, umumiy holsizlik va diqqat-e’tiborning pasayishi bilan namoyon bo’ladi. Jiddiy shakllarda bemorlarda kam yoki o’rtacha zo’riqishlarda hansirash, yurak o’ynashi, bosh og’rig’i, quloq shovqinlanishi, uyqu, ishtaha va jinsiy mayl buzilishi kuzatilishi mumkin.

Kamqonlik (anemiya) — sabablari, belgilari, davolash va oldini olish

Anemiya (yunoncha anemia; an «inkor» + haima — «qon»), kamqonlik — qonning birlik hajmida eritrositlar soni va ulardagi gemoglobin miqdorining kamayishi bilan ifodalanadigan holat.

«Anemiya» atamasi ma’lum kasallikni belgilab bermaydi, chunki u organizmning turli xil patologiyalari alomatlaridan biri hisoblanadi. Gidriemiya (psevdoanemiya, masalan homilador ayollarda) va bevosita anemiyani farqlay bilish kerak. Gidremiyada qonning shaklli elementlari (eritrosit, leykosit va trombotitlar) hamda gemoglobinning mutlaq miqdori o’zgarmaydi, biroq qonning suyuq qismi miqdori oshishi tufayli nisbiy ko’rsatkichlari pasayishi mumkin.

Tasnifi

Anemiya kasallik emas, balki qon tizimining birlamchi shikastlanishi yoki unga aloqasi bo’lmagan aksariyat kasallik va patologiyalar bilan bog’liq bo’lgan simptom sanaladi. Kamqonlikni tasniflash uchun amaliy maqsadga muvofiqlik tamoyilidan foydalanish qabul qilingan. Yuzaga kelgan klinik amaliyot quyidagi klassifikatsiyaga mos keladi:

  • O’tkir qon yo’qotish bilan bog’liq;
  • Qizil qon hujayralari ishlab chiqarilishining buzilishi bilan bog’liq: aplastik, temir tanqisligi, megaloblast, sideroblast turi, surunkali kasalliklar;
  • Qizil qon hujayralarining ko’p miqdorda shikastlanishi yoxud gemolitik anemiya.

Zamonaviy klassifikatsiya anemiyani differentsial tashxislash imkonini beradigan klinik-laboratoriya xususiyatlariga asoslangan. Anemik sindromning sabablarini aniqlash jarayonida tibbiy tadqiqotlar majmuini o’tkazishda «qonning ferritin zardobi» ko’rsatkichi alohida o’rin tutadi.

Kamqonlikni aniqlash

Qonda gemoglobin kontsentratsiyasining pasayishi ko’pincha eritrositlar sonining kamayishi va ularning sifat tarkibi o’zgarishi bilan yuz beradi. Har qanday anemiya qonning nafas funktsiyasi zaiflashuvi va to’qimalarning kislorod ochligi sezishiga olib keladi. Jins va yoshdan kelib chiqib, bir litri qondagi gemoglobinning (Hb) normal darajasi turlicha bo’lishi mumkin.

Yosh va jins Hb chegarasi (g / l) Hb chegarasi (g /%)
Bolalar (3 oy — 5 yosh) 110 11.0
Bolalar (5-12 yosh) 115 11.5
Bolalar (12-15 yosh) 120 12.0
Erkaklar (> 15 yosh) 130-160 13.0-16.0
Homilador bo’lmagan ayollar (> 15 yosh) 120-140 12.0-14.0
Homilador ayollar 110 11.0

Rang ko’rsatkichi bo’yicha

Rang ko’rsatkichi (RK) eritrositning gemoglobin bilan to’yinganligini ko’rsatadi. Odatda, erkaklar va ayollar uchun uning me’yoriy ko’rsatkichi 0,86-1,1 ga tengdir. Ko’rsatkichga qarab, quyidagilar ajratiladi:

Gipoxrom

  • Temir tanqisligi anemiyasi;
  • Talassemiya.

Normoxrom

Normoxrom — RK 0,86-1,1:

  • Gemolitik anemiya (qizil qon tanachalari nobud bo’lish darajasi ularning ishlab chiqarish tezligidan oshib ketganda);
  • Gemorragik (qon ketish oqibatida);
  • Suyak iligining neoplastik kasalliklari;
  • Aplastik anemiya;
  • Suyak iligidan tashqari onkologiyalar;
  • Eritropoetin ishlab chiqarishning kamayishi oqibatida rivojlangan kamqonlik.

Giperxrom

Giperxrom — RK > 1.1:

  • Vitamin B12 yetishmasligi;
  • Foliy kislotasi yetishmasligi;
  • Mielodisplastik sindrom.

Og’irlik darajasi bo’yicha

Gemoglobin miqdorining pasayish darajasiga qarab, anemiyaning uch turi farqlanadi:

  • Yengil — gemoglobin darajasi normadan past, biroq 90 g/l dan yuqori;
  • O’rtacha — gemoglobin darajasi 90-70 g/l oralig’ida;
  • Og’ir — gemoglobin darajasi 70 g/l dan kamroq.

Suyak iligining regenerativ qobiliyati bo’yicha

Bunday regeneratsiyaning asosiy belgisi periferik qonda retikulositlar (yosh qizil qon hujayralari) miqdorining ko’payishi sanaladi. Bu ko’rsatkich normada 0,5-2 foizni tashkil etadi.

  • Aregenerator (masalan, aplastik a-ya) — retikulositlar yo’qligi bilan ajralib turadi;
  • Giporegenerator (vitamin B12 va temir tanqisligi a-ya) — retikulositlar 0,5% dan past;
  • Normoregenerator yoki regenerator (post-gemorragik) — retikulositlar soni me’yorda (0,5-2%);
  • Giperregenerator (gemolitik a-ya) — retikulositlar soni 2% dan ortiq.

Patogenetik tasnif

Ushbu tasnif kamqonlikning patologik jarayon sifatida rivojlanishi mexanizmlariga asoslangan:

  • Temir tanqisligi a-ya — temir mikroelementining yetishmasligi bilan bog’liq;
  • Disgemopoetik a-ya — qizil suyak iligida qon hosil bo’lishi buzilishi bilan bog’liq;
  • Postgemorragik a-ya — o’tkir yoki surunkali qon yo’qotish bilan bog’liq;
  • Gemolitik a-ya — qizil qon tanachalarining massiv nobud bo’lishi bilan bog’liq;
  • B12 tanqisligi (megaloblast a-ya) — DNK va RNK sintezi buzilganligi bilan bog’liq;
  • Foliy kislota tanqisligi anemiyasi.

Etiologiyaga ko’ra

Surunkali yallig’lanishlarda:

  • Infektsiyalarda:
    • Sil kasali;
    • Bakterial endokardit;
    • Bronxoektatik kasallik;
    • O’pka abstsessi;
    • Brutsellyoz;
    • Pielonefrit;
    • Osteomielit;
    • Mikozlar.
    • Tizimli eritematoz;
    • Revmatoid artrit;
    • Tugunchali poliarterit;
    • Xorton kasalligi.

    Megaloblast anemiya:

    • Pernitsinoz anemiya;
    • Gemolitik miokardit.

    Sabablari

    Kamqonlikning turiga qarab, etiologik omillar juda turlicha bo’lishi mumkin, jumladan:

    • Bir xilda ovqatlanish (taomnomada sut mahsulotlarining ustunligi);
    • Vitaminlar yetishmasligi;
    • Nomuntazam ovqatlanish;
    • Boshdan o’tkazilgan otkir respirator infektsiyalar, bolalar infektsiyalari;
    • Gelmint invaziyalari (gijja).

    Patogenezi

    Anemiya rivojlanishining uchta asosiy mexanizmi ajratiladi:

    • Normal eritrositlar shakllanishi va gemoglobin sintezi buzilishi natijasida paydo bo’lgan kamqonlik. Rivojlanishning bu mexanizmi qizil suyak iligi kasalliklarida, temir moddasi, B12 vitamini, foliy kislotasi yetishmovchiligi holatida kuzatiladi.
    • Eritrositlarning yo’qotilishi natijasida, asosan, o’tkir qon yo’qotish (jarohat, jarrohlik) bilan bog’liq. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, kichik hajmlarda surunkali qon yo’qotishda kamqonlikning sababi eritrositlarning yo’qotilishi emas, balki ular bilan birga temir moddasining chiqib ketishi sanaladi.
    • Eritrositlarning massiv nobud bo’lish natijasida. Odatda, qizil qon hujayralarining hayot muddati o’rtacha 120 kunni tashkil etadi. Ba’zi hollarda (gemolitik anemiya, gemoglobinopatiyalar va boshqalar) qizil qon hujayralari tezroq nobud bo’ladi. Ba’zan eritrositlarning nobud bo’lishiga ko’p miqdorda sirka kislotasi iste’mol qilish ham hissa qo’shadi.

    Klinik belgilari

    Ko’pincha kamqonlik aniq namoyon bo’lmaydi va e’tibordan chetda qoladi. Bemor salomatligidan shikoyat qilmaydi, muammo esa umumiy qon tahlili topshirishda tasodifan aniqlanadi.

    Kamqonlikda qoida tariqasida, anemiya gipoksiyasi rivojlanishi oqibatida rivojlangan holatlardan shikoyat qilinadi. Yengil shakllarda bu zaiflik, charchoq, umumiy holsizlik va diqqat-e’tiborning pasayishi bilan namoyon bo’ladi. Jiddiy shakllarda bemorlarda kam yoki o’rtacha zo’riqishlarda hansirash, yurak o’ynashi, bosh og’rig’i, quloq shovqinlanishi, uyqu, ishtaha va jinsiy mayl buzilishi kuzatilishi mumkin.

    Juda kuchli kamqonlikda yoki hamrohlik qiluvchi kasalliklar mavjudligida yurak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin.

    Ko’pincha, o’rta va og’ir kamqonlikning diagnostik muhim alomati teri, shilliq qavatlarning oqimtir rangda bo’lishi sanaladi. Bundan tashqari, tashxislashda xeyloz va koylonixiya rivojlanishi, yurak impulsining kuchayishi va funktsional sistolik shovqin paydo bo’lishi kabi belgilar ham muhim ahamiyat tutadi.

    Gipoksiya bilan bevosita bog’liq bo’lgan umumiy simptomlardan tashqari, etiologiya va patogenezdan kelib chiqib qarab boshqa alomatlar kuzatilishi mumkin. Misol uchun, B12 tanqisligida sezuvchanlikning buzilishi, gemolitik anemiyada sariqlik va hokazo.

    Homiladorlik davrida kamqonlik

    Homiladorlik davrida kamqonlikning barcha turlari ichida temir moddasi yetishmasligi bilan bog’liq turi eng ko’p kuzatiladi. Bu temirga bo’lgan sutkalik ehtiyojning 0,6 dan 3,5 mg ortishi bilan bog’liq bo’lib, ushbu ehtiyoj mikroelementning oziq-ovqatlardan so’rilish qobiliyatidan (kuniga 1,8-2 mg) ko’proqdir. Temir homila va yo’ldoshning shakllanishiga sarflanadi.

    Homiladorlik davrida kamqonlik davom etaversa, u jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, xususan:

    • Homilaning kislorod ochligiga duchor bo’lishi, bu normal rivojlanish uchun, ayniqsa miyaning, salbiy ta’sir ko’rsatadi;
    • Og’ir anemiyali ayollar homiladorlik vaqtida o’zlarini yomonroq his qiladi;
    • Muddatidan oldin tug’ish ehtimoli ortadi;
    • Tug’ruqdan keyin infektsiya rivojlanish xavfi yuqoriroq bo’ladi.

    Homilador ayollardagi kamqonlikni fiziologik giperplaziyadan farqlay bilish kerak. Ikkinchi holatda qon massasining 23-24% ga ko’payishi tufayli gematokrit, gemoglobin va qizil qon hujayralari miqdorining foiz ulushi kamayadi.

    Giperplaziya alomatlarsiz kechadi, davolanishni talab qilmaydi va tug’ruqdan 1-2 hafta o’tgach o’z-o’zidan me’yorga keladi.

    Normal homiladorlik va homiladorligi bo’lmagan ayollarda qon tarkibining me’yoriy ko’rsatkichlari

    Ko’rsatkich Homilador emas Homilador
    Hb , g / l 145-125 105-110
    Qizil qon hujayralari × 10-12 / l 3.7 ± 0.25 3.25 ± 0.25
    Retikulositlar 5-10 10-25
    Gematokrit 40-42 33-35
    Leykositlar × 10 9 / l 7 ± 3 10 ± 5
    Trombositlar × 10 9 / l 300 150
    ECHT mm / soat 13-26 50-80

    Davolash

    Kamqonlikni davolashda asosan Vitamin B12 va temir qo’shimchalari ishlatiladi. Bundan tashqari, gemoglobin past darajada bo’lsa eritrositar massa quyish amalga oshirilishi mumkin. Umuman olganda, davolash strategiyasi anemiya turi va bemor holatining og’irligiga bog’liq.

    • Davolash statsionar sharoitda olib boriladi.
    • Taomnoma to’liq bo’lishi, yetarli miqdorda oqsil, temir moddasi va vitaminlar saqlashi kerak.
    • Hayotiy ko’rsatkichlarga ko’ra, gemodinamikaning keskin buzilishi, gemoglobin miqdorining 70-80 g/l dan pasayib ketishida gemotransfuziyaga murojaat qilinadi.
    • Anemiyaning individual shakllarini davolash etiologiya va patogenezni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
    • O’tkir postgemorragik anemiya holatida dastlab qon ketishini to’xtatish kerak. Katta hajmda qon yo’qotishdan keyin temir preparatlari belgilanadi.
    • Temir tanqisligi kamqonligini patogenetik davolash temir preparatlarini ichga qabul qilish (gemostimulin, ferropleks, tardiferon) yoki parenteral kiritishni (ferrum-lek, ferbitol, ektofer) nazarda tutadi.
    • Vitamin B12 tanqisligini davolash vitamin preparatlarini parenteral kiritish, ba’zan esa koferment — adenosinekobalamin qo’shilishi bilan amalga oshiriladi. O’tkazilayotgan terapiyaning samaradorligi ko’rsatkichi retikulositar kriz — 5-6 kun davomida retikulositlar sonining 20-30 foizga ko’tarilishi hisoblanadi.
    • Aplastik anemiyani davolash qon quyish, suyak iligi transplantatsiyasi, glyukokortikoid va anabolik gormonlar bilan davolashni o’z ichiga oladi.

    Oldini olish

    Kamqonlik profilaktikasining asosiy vositasi muvozanatli va vitaminlarga boy parhezga amal qilish, shuningdek davolovchi shifokorning tavsiyalariga muvofiq temir saqlovchi preparatlarni qo’llash hisoblanadi. Temir mikroelementining sutkalik norma miqdori 20-25 mg`ni tashkil etadi.

    Ushbu miqdorning asosiy qismi (90%) qizil qon hujayralari parchalanishida chiqariladigan endogen temir bo’lib, 10% oziq-ovqat mahsulotlari bilan kiradigan ekzogen temir sanaladi. Ayollarga siklik qon yo’qotishi tufayli ushbu mikroelement erkaklarga nisbatan ko’proq kerak bo’ladi.

    Prognoz

    • Temir tanqisligi kamqonligida prognoz ko’p hollarda ijobiy bo’ladi;
    • Gemolitik anemiyaning irsiy shakllarida prognoz gemolitik krizlar soni va holatning darajasiga bog’liq;
    • Aplastik anemiya og’ir gematologik kasallikdir.

    Ovqatlanish haqida Islom dinidan “qimmatli ma’lumot”

    Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz, Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga esa behisob salovotu durudlarimiz bo‘lsin.

    عَنِ مِقْدَامِ بْنِ مَعْدِيكَرِبَ رضي الله عنه ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: ” مَا مَلَأ آدَمِيٌّ وِعَاءً شَرًّا مِنْ بَطْنِهِ، بِحَسْبِ ابْنِ آدَمَ أَكَلَاتٌ يُقِمْنَ صُلْبَهُ ، فَإِنْ كَانَ لَا مَحَالَةَ فَثُلُثٌ لِطَعَامِهِ، وَثُلُثٌ لِشَرَابِهِ، وَثُلُثٌ لِنَفَسِهِ ” رَوَاهُ الترمذي و احمد والحاكم.

    Miqdom ibn Madiykarib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

    «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

    «Odam bolasi to‘ldiradigan idishlarning eng yomoni qorindir. Odam bolasiga qaddini tutadigan emaklar kifoyadir. Agar juda lozim bo‘lsa, taomi uchun uchdan bir, sharobi uchun uchdan bir va nafasi uchun uchdan bir», dedilar».

    Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilganlar.

    Inson umri davomida qanchadan-qancha idishlarni nimalar bilandir to‘ldiradi. Bular ichida eng yomoni qorindir. Nima uchun? Chunki kishi qorinni to‘ldirish uchun ko‘p ovqat eyish kerak. Buning uchun ko‘p vaqt va mablag‘ sarflanadi. Eng yomoni, ko‘p taom tanavvul qilgan inson odatda dangasa bo‘lib qoladi. Natijada qanchadan-qancha manfaatli ishlar tark qilinadi. Biz zikr qilgan manfaatli ishlardan biri – ilm talab qilishlikdir.

    Ko‘p taom tanavvul qilish uyquni chaqiradi. Ko‘p eyishlik har xil kasalliklarni keltirib chiqarishi ham isbotlangan. Ko‘p uxlab vaqtini zoe qilgan kishi, kasal bo‘lganida davolanish uchun mablag‘ sarflaydi. Ko‘rinib turibdiki, ko‘p eyishlik ham umrga, ham mablag‘ga ziyon keltiradi. Inson ovqat eyishni ko‘paytirsa, bora-bora bunga odatlanadi va o‘z-o‘zidan bu uning kundalik mashg‘ulotiga aylanadi. Bunisi ham mayli, odatda to‘yib ovqatlangan inson ko‘p vaqtini hojatxonada o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Salafi solihlarimizning hayotini o‘rganar ekanmiz, ular ovqatlanish borasida ham barchamizga etarli darajada namuna bo‘lganiga guvohi bo‘lamiz. Shunday zotning biridan, «Nima uchun o‘ta kam taom eysiz?», deya so‘ralibdi. Ul zot «Ko‘p esam ko‘p hojatxonaga borishim kerak. Bu ko‘p vaqtim bekor ketishiga olib keladi. Umr o‘ta qisqa, uni zoe qilmaslik kerak», degan ekan.

    Salafi solihlarimizdan yana biri qotgan nonni suvga ivitib er ekan. Undan nima uchun bunday qilishi to‘g‘risida so‘ralganida, «Ivitib esam vaqtim kamroq ketadi. Qotgan nonning o‘zini chaynab eyish ko‘p vaqtimni oladi», deya javob qaytargan ekan.

    Mazkur ma’lumotlar tolibi ilmlar uchun bebaho ibratdir. Sababi, tolibi ilm ko‘p ovqat eyishga o‘rgansa, o‘zi uchun bebaho bo‘lgan ilmni hosil qilishlikdan mahrum bo‘ladi. Inson hadisi sharifda aytilganidek, «Odam bolasiga qaddini tutadigan emaklar kifoyadir»ga amal qilsa bir umr aziz-u, mukarram bo‘ladi. Zotan tolibi ilmda og‘ir jismoniy mehnat, charchoq va mashaqqatlar yo‘q. U asosan ma’naviy, tarbiyaviy va ruhiy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadi. Buning uchun kishiga ozgina taom ham kifoya qiladi.

    «Agar juda lozim bo‘lsa, taomi uchun uchdan bir, sharobi uchun uchdan bir va nafasi uchun uchdan bir»

    To‘g‘ri, ma’naviy mashg‘ulotlar ham odamni toliqtiradi. Mabodo bu toliqish taomning kamligidan bo‘lsa, zarurat uchun hadisi sharifda aytilganidek, oshqozonni uchga taqsimlash kerak. Bu eng to‘g‘ri va foydali taqsimdir. Agar inson mazkur qoidaga amal qilmasa, qorin bandasiga aylanib qolishi mumkin. Natijada kishining butun tashvishi, o‘y-xayoli qorinni to‘ldirish bo‘lib qoladi. Aslida inson eyish uchun yashamasdan, yashash uchun eyish kerak.

    عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ رَجُلاً كَانَ يَأْكُلُ أَكْلاً كَثِيرًا فَأَسْلَمَ فَكَانَ يَأْكُلُ أَكْلاً قَلِيلاً فَذُكِرَ ذَلِكَ لِلنَّبِيِّ فَقَالَ: إِنَّ الْمُؤْمِنَ يَأْكُلُ فِي مِعًى وَاحِدٍ وَالْكَافِرَ يَأْكُلُ فِي سَبْعَةِ أَمْعَاءٍ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ .

    Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

    «Bir kishi juda ko‘p taom er edi. Bas, musulmon bo‘ldi va oz taom eydigan bo‘lib qoldi. Bu Nabiy sollallohu alayhi vasallamga zikr qilindi. Shunda U zot:

    «Albatta, mo‘min bir oshqozon ila eydi. Kofir esa, etti oshqozon ila eydi», dedilar».

    Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar.

    Bunda ikki tomonning hayotdan ko‘zlagan maqsadi muhim o‘rin tutadi. Ya’ni, mo‘min yashash uchun eydi, kofir eyish uchun yashaydi. Shuning uchun mo‘minga bir oshqozon, kofirga etti oshqozonga etarli deyilgan.

    Mo‘min-musulmonlar o‘z diniga amal qilib, qoringa qul bo‘lmay yashaganida dunyoning peshqadami bo‘ldilar. Alloh taoloning dinidan uzoqlashib, etti oshqozonga etarli taom eydigan darajaga chiqqanlarida ishlar teskarisiga aylandi. Agar mo‘min-musulmonla r qoringa banda bo‘lishni yig‘ishtirsa hamda islom ta’limotlariga to‘liq amal qilishga o‘tsa avvalgidek peshqadam bo‘lishlari mumkin. Bu borada ahli ilmlar, tolibi ilmlar barchaga birdek o‘rnak va namuna bo‘lishi kerak. Zotan, omma xalq doimo har bir ishda millatning peshqadamlari bo‘lmish ulamolarga ergashadi va taqlid qiladi. Shuning uchun ham ulamolar nafaqat o‘zlarini, balki ularga ergashayotgan omma xalqning ham tashvishlarini tushunib etishi va ular uchun ham javobgarlik hissini bilishlari kerak.

    Toshkent Islom Instituti o‘qituvchisi,
    «To‘xtaboy» jome masjidi imom-xatibi,
    «Oltin Qalam» XI Milliy mukofoti sohibi

    Semirib ketmaslik uchun qanday ovqatlanish lozim? Ozgʻin ayollarning 10 ta foydali odati

    Dugonalar, hamkasb yoki qoʻshnilari orasida nozik qomatlilari, albatta, topiladi. Koʻz oʻngimizda ular juda koʻp ovqat yeydilar va umuman semirmaydi. Baʼzan bu genetika bilan bogʻliq. Baʼzan esa toʻgʻri bajariladigan kundalik odatlarga.

    Ular yetarlicha uxlaydi

    Ehtimol, ular soat 23:00 da uyquga yotishadi, 12:00 dan oldin uygʻonishadi. Tushdan soʻng bolalari bilan birga dam olishadi. Asosiysi, ularda surunkali uyqusizlik yoʻq. Energiya yetishmasligini oziq-ovqat bilan toʻldirish kerak emas. Biz bilgan “energiyani qayta tiklovchilar” orasida birinchi oʻrinda shokolad, pechenye va chipslar semirib ketishga moyillik yaratadilar.

    Oʻzlarini mamnun qilishni rad etmaydilar

    Foto: “Noviy ochag”

    Ozgʻin ayollar lazzatlarni nafaqat ovqatlardan, balki hayotning turli sohalaridan topadilar. Ular sayohatlarga boradilar (hatto, yaqin atrofdagi shaharlarga ham), doʻstlar uchun vaqt topadilar (albatta, ular bilan birga kafeda oʻtirmaydilar, balki konkida yuqoriga chiqadigan devorga boradilar yoki kinoga tushadilar), qiziqarli mashgʻulotlar (30 yoshlilar uchun qoʻshiq aytishni oʻrganishni sharmandalik va ahmoqlik deb hisoblamang) bilan vaqt oʻtkazadilar. Oʻzingizni xursand qilishning koʻplab usullari turganda shirinliklarsiz amalga oshiradigan odatlar bilan mashgʻul boʻlish semirib ketayotganingiz haqida oʻylab oʻtirgandan koʻra foydaliroqdir.

    Kuchli parhez tutmaydilar

    Foto: “Noviy ochag”

    Hamisha kelishgan qomatli ayollar oʻzlarini kuchli cheklovlar bilan qiynamaydi. Baʼzida ular juda koʻp ovqatlanadigan va umuman semirmaydiganga oʻxshaydi. Bir tomondan, bu toʻgʻri: ular haqiqatan ham oʻzlariga xohlagan narsani hatto, tortni ham yeyishga ruxsat beradi. Ammo dushanbadan boshlab ular kuchli parhezga oʻtmagani uchun, ertangi kunlar uchun ham bugun ovqatlanishlari shart emas. Bu shuni anglatadiki, ular tortdan bir boʻlak yeydilar va toʻxtaydilar. Chunki bundan ortigʻini shunchaki xohlashmaydi.

    Shoshilmaydilar

    Ular semirib ketmaslik uchun qanday ovqatlanishni bilishadi. Siz asta-sekin, his-tuygʻu, tartib va ​​albatta, zavq bilan ovqatlanishingiz kerak. Ozgʻin ayollar boshqalar kabi toʻyish signali ovqatlanganingizdan taxminan 20 daqiqadan soʻng miyaga yetib borishini biladilar. Ammo farqli ravishda ular ilm-fan yutuqlarini hayotga tatbiq etgan holda oʻzlari amal qiladi.

    Oʻz ehtiyojlarini bilishadi

    Nima uchun ayrimlar koʻp ovqat yegani bilan semirmaydi? Balki ular kuniga taomni oz-ozdan bir necha marta ovqatlanishar. Yoki taomni uch mahal yeydilar. Toʻyimli nonushta qilishadi. Ertalabga faqat bir chashka qora qahva ichishar, bir necha soatdan keyingina ovqatlanishar. Gap shundaki, bundaylar taniqli diyetologlarning maslahatlariga koʻr-koʻrona ergashmaydilar, aksincha, oʻzlarini yaxshi his qilishlari uchun qanday ovqatlanish kerakligini oʻzlari biladilar.

    Faqat och qolganda ovqatlanadilar

    Baʼzilar ovqatlanish tartibini va sogʻlom boʻlishni biladilar, shu bois doʻstlari, hamkasblari yoki turmush oʻrtogʻi bilan birga nimadir yeb oʻtirmaydi. Stolda yonma-yon oʻtirishsa ham ularning oldida hech narsa boʻlmaydi. Hamkasblar bilan yigʻinlarda esa limonli suv ichishlari mumkin, xolos.

    Sogʻlom mahsulotlarni tanlaydilar

    Hamisha qomatini bir xil ushlaydiganlar qanday ovqatlar ularni tezda semirtirib yuborishini bilishadi, shuning uchun ozuqalarning sogʻlom muqobillarini tanlashadi. Tabiiy shakar, toʻyintirilgan sut, tvorog va oddiy yogʻli yogurtlar, sariyogʻ — bularning barchasi oʻrnini bosuvchi mahsulotlarga qaraganda mazaliroqdir. Shunday qilib, hatto, kichik bir qismdan ham koʻproq zavq olasiz.

    Faol harakatni yaxshi koʻradilar

    Foto: “Noviy ochag”

    Koʻp piyoda yurishadi, changʻida uchishadi, kechki paytlar Lotin Amerikasi musiqalariga raqsga tushadi. Kerak boʻlganda shartta turib sport zal tomon ketadilar. Ular shunchaki oʻzlari yoqtirgan faoliyat turini topib oladilar. Shundan koʻp ovqat yeyishsa ham semirib ketmaslikka qodir.

    Stress bilan qanday kurashishni biladilar

    Nega bunday insonlar kuchli stressdan keyin semirmaydi? Ular oʻzlari bilan meditatsiya qiladi, nafas olish texnikasidan foydalanadi va art-terapiya bilan shugʻullanadi. Yoki darhol turmush oʻrtogʻiga ogʻriqli hodisalarni aytib berishadi, bir soʻz bilan aytganda his-tuygʻularni ichga yutmaydilar. Qanday boʻlmasin, ular stressni shokolad bilan emas, balki boshqa (odatda samaraliroq) usullar bilan yengillashtirishni bilishadi.

    Oʻzlarini boshqara oladilar

    Ha, qabul qilish qanchalik achinarli boʻlmasin, lekin bizning vaznimiz toʻgʻridan-toʻgʻri isteʼmol qilingan kaloriyalar soniga bogʻliq. Nozik qomatli ayollarning asosiy siri shundaki, ular semira boshlaganlarida oʻz vaqtida vaziyatni qanday nazorat qilishni bilishadi va hatto, bir yoki ikki kilogramm ortiqcha vazn paydo boʻlganini sezadilar. Turmush qursalar ham, farzandli boʻlsalar ham, ziyofatga borsalar ham dam olishmaydi. Buning yordamida ular vaznning tubdan oʻzgarishiga yoʻl qoʻymaydilar, yaʼni kuchli diyetalar yoki mashaqqatli mashgʻulotlarga boʻlgan ehtiyoj oʻz-oʻzidan yoʻqoladi.

    Qanday ovqatlanish lozimligi va semirmaslik haqida maslahatlar

    • Zararli shirinliklar haqida unuting. Pishiriqlar, tort va kekslarni taomnomadan butunlay chiqarib tashlashingiz kerak boʻlsa-da, uning oʻrniga rezavor, quruq va hoʻl mevalar, asal, qora shokolad va shakarsiz marmelad kabi foydali shirin muqobillarini inkor etib boʻlmaydi.
    • Suv ichish rejimiga rioya qiling. Suv ochlik hissini sezdirmaydi, metabolizmni tezlashtiradi va vaznni kamaytiradi. Ayollar kuniga kamida 2 litr suv ichishlari kerak.
    • Kuniga 7 soat uxlang. Uyqusizlik haddan tashqari koʻp ovqatlanishga olib keladi. Bu ochlik hissini ragʻbatlantiradigan grelin gormoni ishlab chiqarilishi tufayli yuzaga keladi.
    • Kuchli diyeta qilishni toʻxtating. Ular nafaqat samarasiz boʻlishi mumkin, balki qattiq cheklovlar koʻproq kilogramm va jiddiy sogʻliq muammolariga olib kelishi hech gap emas.
    • Ertalablari, albatta, nonushta qiling. Birinchi taom kun boʻyi energiya berishga va metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi. Sogʻlom nonushta tarkibida oqsillar, murakkab uglevodlar va klechatka taxminan 400 kilokaloriya miqdorida boʻlishi lozim.

    Mavzuga doir:

    • Teri burmalari, immunitet pasayishi, depressiya: vazn yoʻqotganda organizmda qanday oʻzgarishlar kuzatiladi?
    • Ozishga qaror qilgan bo‘lsangiz, har doim muzlatkichdan topilishi kerak bo‘lgan 6 ta mahsulot

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.