Press "Enter" to skip to content

Jinsiy tarbiya (Saralangan savol-javob)

Qizbola bo’lsangiz hozirch to’xtab turing. Bo’shanaman deb qaltis xarakat qilib qo’ysangizda bokiralik qizlik pardani buzib qo’yadigan bo’lsangiz keyinchalik so’rizga sho’rva to’kilishi mumkun.

Jinsiy tarbiya (Saralangan savol-javob)

Oilada o‘smirlarga kattalar tomonidan oz bo‘lsada jinsiy tarbiya berilishi lozim. Masalan, ona qiziga, ota esa o‘g‘liga nozik masalalarda ma’lum tushunchalarni asta-sekin uqtirib borishi shart. Aks holda o‘smirlar ko‘cha-kuyda chala-chulpa ma’lumot olganlari bois ularning ongida jinsiy hayot xususida noto‘g‘ri tasavvurlar shakllanadi. Ba’zan kelin-kuyovlik davrida ko‘ngilxiraliklarga ham yoshlarning jinsiy turmushga tayyor emasliklari sabab bo‘lmoqda… Quyidagi maktublarni o‘qiylik.

Savollarga seksopatolog Ravil Ismanov javob beradi.

Men turmushga chiqqunimga qadar erkak zotidan o‘zimni chetga olib yurardim. Sababi, onam hamisha «o‘g‘il bolalar juda yovuz, qo‘rqinchli, sen ularga qayrilib ham qarama” der edilar. Shu so‘zlar kichikligimdan miyamga singib qolgani uchunmi, nikoh kechasida kuyovni o‘zimga yaqinlashtirmadim. Sal qo‘l tekkizsa, dag‘dag‘ titray boshlardim, ahvolimdan uning o‘zi ham qo‘rqib ketardi. Ishonasizmi, bu hol besh oycha davom etdi, qovusholmadik. Axiyri erim buni qaysidir shifokor tanishiga aytibdi. Shundan so‘ng sirimiz ochilib, men ancha vaqt psixolog muolajalarini oldim. Onam menga nima uchun shunday deganikin-a? Nega men ham o‘sha gapga yopishib oldim? Turmushimizdagi tushunmovchiliklarda kimning aybi ko‘proq? Hanuzgacha tushunolmayman…N.Z.

Erkaklar yovuz emas

– Bu xol aslida vaginizm deb ataladi. Ya’ni, ba’zi bir onalar qizlarini uyatchan va iboli qilib tarbiyalamoqchi bo‘ladilaru, lekin ko‘pincha qosh qo‘yaman, deb ko‘z chiqaradilar. Natijada qizlarda erkak zotiga nafrat paydo bo‘ladi, qizlar voyaga etgani sayin o‘sha nafrat yanada kuchayaveradi. Mana shu narsa nikohdan keyingi jinsiy hayotni mushkullashtiradi. Bir voqeani aytay. Yigirma besh yoshli S. ismli qiz turmush qurganiga sakkiz oy bo‘lsada, kuyovni yaqiniga yo‘latmagan. Otasi tez-tez ichib uyga mast holda kelgani onasi bilan doim janjallashgani bois qiz erkaklarni yomon ko‘rib qolgan. Hatto turmushga chiqishga xohishi bo‘lmagan. Qarindoshlarining qistovi bilan nikohga rozilik bergan. Biroq kechalari kuyovga jon-jahdi bilan qarshilik qilgan. Shu tufayli, qizning jinsiy a’zolari, son va qorin devori mushaklari qisqarib ketgan… Tibbiy tekshiruvda bu qizga «vaginizmning ikkinchi bosqichi” deb tashxis qo‘yilgan. Demak, muhtarama onalarimiz qizlarni jinsiy tarbiya sirlaridan asta-sekin ogoh etib borishlari kerak. Ya’ni o‘z hayosini saqlagan holda erkak zotiga hurmat va mehr bilan qarashga o‘rganganlari ma’qul. Ana shunda ko‘ngil xiraliklar yuz bermaydi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Balanit – erkaklar kasalligi

Behayoliklar girdobida qoldim

Bir jurnal qo‘limga tushib qoldi. Uning hamma varaqlarida erkak va ayolning behayo munosabatlari tasvirlangan edi. Bu menga qattiq ta’sir qildi. o‘shandan beri yursam ham, tursam ham haligi shahvoniy manzaralar hech xayolimdan ketmaydi. Shunaqa holatlarni hatto tushimda ham ko‘radigan bo‘lib qoldim. Ahvolimni hech kimga aytolmayman. Bu kasallikmi? Undan qanday qutulsa bo‘ladi?Aziza, 16 yosh.

Toki, kuchli ishtiyoqqa aylanmasin

«Vizionizm» deb ataladigan kasallik bor. Pornografik suratlar va kinolarni tomosha qilib, so‘ng ko‘rgan manzaralarini o‘ylab yurishadi. Bu yoqimli bo‘lib tuyuladi. Ayanchlisi, shundan boshqa hech narsa ularni qiziqtirmay qo‘yadi. Vizionizm bugunga kelib o‘g‘il bolalarning 33 foizida, qizlarning 18,5 foizida uchraydi. Maktub egasiga maslahatimiz shunday: kasallik rivojlanib, kuchli ishtiyoqqa aylanmasidan avval o‘zingizni uy yumushlari yoki darslik topshiriqlari bilan chalg‘iting. Ko‘proq tabiat qo‘ynida sayr qiling, ziyoli do‘stlaringiz suhbatlaridan bahramand bo‘ling. Tarixiy filmlarni ko‘rish yoki qiziqarli kitobni o‘qishingiz ham mumkin. Agar bu narsalarning hech biri sizga yordam bermasa, psixolog shifokorga murojaat etishingizga to‘g‘ri keladi.

Nega og‘riq bo‘ladi?

Bir yigitni yoqtirib, unga turmushga chiqdim. Lekin to‘ydan keyingi har bir oqshom men uchun bitmas-tuganmas azobga aylandi. Negadeysizmi? qovushish paytida qattiq og‘rikdan «dod” deb yuborgim keladi. Mana bir yarim oydan beri shu ahvol. Birovga aytishga uyalaman. Nega shunday bo‘larkin? Sabo, 19yoshdaman.

Sababini aniqlash zarur!

– Qovushish paytida ayol jinsiy a’zosida og‘riq bo‘lishiga bir qancha sabablar bor. Ayrim hollarda (masalan, ayol birdaniga ozib ketganda, muntazam ravishda og‘ir yuk ko‘targanda, surunkali kasalliklar bilan og‘riganda yoki immuniteti susayib holsizlanganda) bachadon bo‘yni o‘z o‘rnidan sal chetga siljishi mumkin. Natijada yaqinlashuv paytida og‘riq turadi. Ayol organizmida gormonal buzilishlar ro‘y bersa, ya’ni jinsiy gormonlar etarli darajada ishlab chiqarilmasa, qovushishdan oldin jinsiy a’zodan shilliq ajralmaydi va qin namlanmasdan quruqligicha qoladi. Oqibatda yaqinlik kuchli og‘riqni qo‘zg‘atadi. Shuningdek jinsiy a’zoda arzimas shikastlanish, yorilish va tirnalishlar bo‘lganda ham qovushish chog‘ida og‘riqni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari disbakterioz, kolit singari ichak xastaliklarining xuruji boshlanayotganda jinsiy aloqa og‘riq bilan o‘tadi. Shuning uchun, eng yaxshisi ginekolog-shifokorga uchrab, og‘riqning aniq sababini bilish va zarur muolajalarni olish kerak.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Uy sharoitida yuzni oqartirish

Qovushishning qoidasi bormi?

Yangi kelinman, umr yo‘ldoshimga endigina o‘rganayapman. Ammo uning ba’zi odatlari ko‘nglimni xijil qilmoqda. Mening istak-xohishim, kayfiyatim bilan hisoblashmasdan, hatto sog‘lig‘im bilan qiziqmay qovushishga undayverishi to‘g‘rimi, axir? Jinsiy hayotning ham o‘z qoidalari bordir. Shu haqda bilgim keladi. Zarifa, 20 yoshda.

Juftingizda mayl uyg‘oting

– Jinsiy yaqinlaShuv o‘zaro kelin-kuyovning xohish-mayli bilan amalga oshirilgandagina har ikki tomon bundan to‘la-to‘kis huzur-halovat topadi. Ayniqsa, «ilk visoldan» keyingi uch yoki besh kunlik «tiyilish” kelinchakning jinsiy a’zosidagi jarohat izlari bitishiga yordam beradi. Xo‘sh, qovushishning qanday qoidalari bor? Masalan, o‘ta to‘yib ovqatlangandan so‘ng yoki juda och qolgan paytda jinsiy yaqinlik qilinsa, ichaklar faoliyatiga putur etadi. Zo‘riqtiruvchi jismoniy va aqliy mehnatdan keyin ham jimoga kirishish zararli. Avtomobil yoki poezdda qovushishdan ehtiyot bo‘ling, bu noqulay holatda albatta jarohat olishingiz mumkin. Kimningdir biror joyi og‘rib turganda yoki isitmalaganda qilingan yaqinlik umuman huzur-halovat bag‘ishlamaydi, balki bemor uchun zararli hisoblanadi. Kuyov Shuni unutmasligi kerakki, kelinchak jinsiy yaqinlikka tayyor bo‘lmasa, u qovushishdan lazzatlanmaydi, natijada asabi zo‘riqadi, umr yo‘ldoshidan ko‘ngli qoladi, hatto bu hol uning jinsiy a’zolaridagi qon aylanish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayol nafaqat ruhan, balki jismonan ham shikastlanadi.

O‘sha tunni unutolmayman…

To‘y kechasi turmush o‘rtog‘im tomonidan qo‘pollik bilan qilingan jinsiy munosabat qurboni bo‘lganman. Ko‘p qon yo‘qotib o‘sha kechaning o‘zidayoq shifoxonaga tushdim. Bir hafta davolanib oilamga qaytdim. Juftingiz faqat o‘z hirsini o‘ylab noto‘g‘ri xatti-harakatlar qilsa, bezib qolarkansan kishi. Avvaliga qo‘rqib aytganlariga ko‘ngan bo‘lsam, keyinchalik undan shunchalar sovib ketdimki, ko‘p o‘tmay ajralishdik. Nima uchun ba’zi yigitlar juftiga bu qadar qo‘pol munosabatda bo‘larkin-a? Jinsiy madaniyat, mehr-muhabbat va umr yo‘ldoshini asrab-avaylash kabi fazilatlardan bexabarmi ular? Yigitlarga mutaxassis tomonidan eng zarur maslahatlar berilishini istayman, toki qizlar nikoh tunida men kabi qiynoq girdobida qolishmasin.Zahro, 19yoshda.

Ayol «qulog‘i» bilan sevadi

– Er-xotin jinsiy qobiliyatining darajasi muhim ahamiyatga ega. Erkakning «mayli» uning ko‘ruv a’zosida, ayolning seksualligi esa eshituv a’zosida mujassamlashgan. Ya’ni kuyov ayolining husni-malohatiga maftun bo‘lsa, kelinchak qallig‘ining shirin so‘zlari va erkalashlaridan rohatlanadi. Agar kuyov to‘y kechasi ichkilik ichib yoki jinsiy tarbiyadan bexabar holda kelinchakka qo‘pol munosabatda bo‘lsa, bunda kelinchak faqat azob chekadi, hatto qon ketishi ham mumkin. Kelinchak hayz ko‘rgan bo‘lsa, jinsiy aloqa qilmaslik kerak, aks holda bu gigiyenaga zid hisoblanib, bachadonga infeksiya tushishi mumkin. Xullas, visol kechalari xavotirlarga barham berish uchun kuyov kelinchakni ko‘proq sevib erkalashi, unda mayl uyg‘onishini kutishi, sabr-toqatli bo‘lishi lozim. «Ayol qulog‘i bilan sevadi” degan hikmatni unutmang.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Yuz uchun pomidordan foydali niqoblar

Jinsiy tarbiya borasida ota-onalarga maslahatlar

Qachonki, oilada jinsiy jihatdan to‘g‘ri tarbiya berilmas ekan, o‘smirlar ruhiyati va organizmida jinsiy hayotga oid turli buzilishlar kelib chiqishi ehtimoldan holi emas. Buning oxiri xayrli kechmaydi, balki yosh oila hayoti ilk kunlardanoq iztirob va tashvishlar iskanjasida qoladi. har ikkala tomonning bir biridan ko‘ngli to‘lmaydi. Shunday ekan, yoshlarning jinsiy tarbiyasida hushyor va sergak bo‘lganimiz ma’qul. O‘smirlik yoshida endokrin bezlar va jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi, jinsiy mayl uyg‘ona boshlaydi. Bu vaqtda qizlarni hayz ko‘rishga tayyorlash, o‘g‘il bolalarda esa ihtilom (bulg‘anib qolish)ning tabiiy hol ekanligini aytish lozim. O‘g‘illarga ayol zotiga hurmat bilan qarashni, sabrli bo‘lishni o‘rgating. Qizlarga bokiralik va iffatni saqlashning mazmun mohiyatini tushuntiring. Asosiysi, har bir qiz yoki yigit jinsiy hayot xususida to‘g‘ri tasavvurlarga ega bo‘lsin va o‘zlaridagi shahvoniy his-tuyg‘ularni ongli ravishda jilovlasin.

Array ( [title] => [pic] => [list_link] => )

«Sihat-salomatlik” jurnali.

Jinsiy aloqa savollar 3 ta eng muxum savollar haqida

Qizbollar qanday boshanishadi? Qizbollarga hali bo’shanish tibbiy taraflama mumkun emas. Jinsiy aloqa hali ular qilmaganligi uchun organizmi gormanal tarafdan boshanishga tayor emas. Bo’shanish bu tibbiyot taraflama aytilganda ayol hamda erkak bir biri bilan to’ydan keyin to’shakda yotib jinsiy aloqa qilishiga aytiladi.

Qizbola bo’lsangiz hozirch to’xtab turing. Bo’shanaman deb qaltis xarakat qilib qo’ysangizda bokiralik qizlik pardani buzib qo’yadigan bo’lsangiz keyinchalik so’rizga sho’rva to’kilishi mumkun.

Eng yaxshi maslaxatim shuki ozgina sabir qiling. Yaxshi o’zizga qaragan sog’lom qiz bo’lib ozgina sabir qilib tursangiz nasb qilsa manashu orzuingizdagi yigitingiz to’ydan keyin siz kutgan orgazmni ato etadi.

5 ga 1 ursamxam olatim yaxshi turmaydi keyinchali xammasi yaxshi bo’lib ketadimi?

Umuman olganda masturbatsiya olatni yaxshilashga yordam bermaydi. 5 ga 1 urishdan ko’ra tibbiy tomondan inson o’z ayoli bilan jinsiy aloqada bo’lishi kerak. Ayol kishi bilan qonunan nikohdan o’tib turmush qurib 3 oy davomida kun ora 3 kunda bir jinsiy aloqa qilib yursangiz shunda ham olat qatiq turmasa unda jinsiy zayiflik haqida o’ylasangiz bo’ladi.

Lekin yigitlar uylanmasdan turib 5-6 oy jinsiy aloqada bo’lmasangiz o’zizga o’ziz jinsiy zayif bo’lib qoldim deb hulosa qilmang. Masturbatsiyani kamroq qilib o’zizni soportga bag’ishlab yaxshi yeb ichib, zararli odatlarni qilmasangiz sizda jinsiy aloqada kamchilik bo’lmaydi.

Demak uylanmasdan oldin bunaqa yomon ishlarni kamroq qilsangiz tanangizni o’zi yigitlik quvatizni tikalab beradi. 5 ga 1 urib olatni yaxshi turish turmasligini tibbiyotda solishtirib bo’lmaydi shu sababdan agar siz uylangandan keyin 3 oy maboynida olatiz jinsiy aloqada yaxshi turmasa unda impotensiya boshlanishi desa bo’ladi.

Erim tez boshanadi argasm olmasdan ham homilador bo’lishim mumkunmi?

Hayotda shunday voqiyalar bo’ladiki er tez boshanib qo’yadi yoki ayoliga qilishi kerak bo’lgan jinsy aloqadan oldingi extiroslik harakatlarni silab siypalash, o’pish, shirin so’zlarni aytmasa qizlar erishi qiyin kechadi.

Agar ayol jinsiy aloqadan qoniqmasa er o’zi qoniqib yuraversa. Ayol kishida shunday yomon tasurot qoladi hozir bo’lgan aloqamidi yoki nima degan. Bu yaxshilikka olib kelmaydi. Jinsiy aloqani ham o’z qonun qoidasi bor oldindan sizlarga aytib kelaman.

Javobga keladigan bo’lsak, aslida tez xomilador bo’lish uchun ayol kishi haqiqatdan jinsiy aloqadan qoniqishi kerak. Jinsiy aloqadan qoniqib yuradigan bo’lsa buning juda ko’p foydali tomonlari bor. Aynan bu ayolning savolida homilador bo’lishga aloqasi bormi? Albatda bor. Homiladorlikka tayorlovchi maxsus garmonlar aynan jinsiy aloqadan qoniqqan paytida qonga ishlab chiqilib keyin urug’lanish yuzaga chiqadi.

Shu sababli jinsiy aloqadan qoniqmaydigan ayol nomiga farzand ko’rish uchun aloqa qilib yuraversa farzand ko’rish imkonyati kamayadi.

23 yoshlik yigit o’zidan kotta ayol bilan aloqa qilib yursa zarari bormi?

Misol uchun deylik ayolni yoshi 10-15 yil kotta. Agar yosh ygit hali uylanmasdan turib yoshi kotta ayol bilan jinsiy aloqada bo’lib yursa u ayolning yashirin unga tengdosh boshqa erkagi bo’lishi mumkun. Bu ayol boshqa erkaklar bilan ham yashirin aloqada bo’lib yursa yosh yigitga infeksiya tushishi mumkun.

Agar yoshi kotta ayolar bilan uylanmagan yigit jinsiy aloqada bo’lib yursa bu yoshi kotta ayol manashu yoshga qadar infeksiyalarni yashirin olib yurgan bo’lishi mumkun.

Manashu yashirin infeksiya sizga yuqsa buni hali siz bilmaysiz. Aynan sizbilmagan payt sizning mayaklarizni prostata bezlarini zararlab yursa uylangandan keyin farzandsizlik yoki boshqa xunik kasaliklar sizda ko’rina boshlanishi mumkun.

Sperma sfati yomon, bola bo’lmayabdi, bepushtlik, erta bo’shanish, va boshqa narsalar sizga kotta muommo ko’rsatishi mumkun.

Ikkinchi yomon tomoni ayol yosh yigitni bir mazasini totib ko’rgandan keyin tez tez aloqada bo’lib turishni xoxlaydi. Yigiy endi o’sayotgan davrida uni bor kuchini tortib olishga harakat qiladi. Keyin esa 2-3 yildan keyin uyiga qaytib bir 18-20 yoshli qizga uylanadi. Ana undan keyin u qiz bilan aloqada bo’lsa. Yigit yillar davomida bor kuchini o’sha yoshi kotta ayolga to’kib kelgan.

Buni asoratlari quyidagicha: ayolini qondiraolmaslik, o’z vaqtida turmaslik, bolalik bo’laolmay yurish, jinsiy kasaliklar bilan chalinb yurish va boshqalar kiradi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.