Jinsiy quvvatni oshirish usullari, yo’llari, maslahatlar, tabiiy vositalar, mashqlar
6. O’troq hayot tarzi jinsiy quvvatni kamaytirishga qodir. Qayd etilishicha, o’troq kasb egalarining erlik quvvati jismoniy faoliyat bilan shug’ullanadigan kasb egalariga nisbatan zaifroq bo’ladi. Shuning uchun uy sharoitida jinsiy quvvatni kuchaytirishning yana bir samarali usuli — bu jismoniy faollik va faol sport bilan shug’ullanishdir.
Jinsiy quvvatni oshirish tabiiy usullari, aniq ritseplar
Qadim zamonlardanoq odamlar jinsiy quvvatni oshiruvchi omillarni izlab topish, buning uchun turli taomlarni tayyorlashga urinishgan. Masalan, yunonlar muhabbat o‘tini alangalatish uchun yosh echki go‘shti, yangi qaynatilgan tuxum yeyishni tavsiya etganlar. XV asrda yozilgan bir pazandalik kitobida shunday deyilgan: “Nahorga bir dona tuxum sarig‘ini yeyish yoki uch kun kanda qilmay piyoz va tuxum iste’mol qilish bilan o‘zingizda quvvat hamda shirin xayol parvoziga ega bo‘lasiz”.
Abu Ali ibn Sinoning “Shahvoniy quvvat haqida risolasi”da qayd etilishicha, quyidagilar quvvatbaxsh taomlar sirasiga kiradi: barcha yog‘siz bo‘lmagan quritilgan go‘shtlar, piyoz va piyozdan tayyorlanadigan tabohalar (tuxum, piyoz va to‘g‘ralgan go‘sht qo‘shib pishiriladigan taom), halim, tandirda pishadigan taomlar, qovurmalar.
Shahvoniy quvvatbaxsh mahsulotlarga qo‘y go‘shti, bedana, qirg‘ovul, chumchuqning go‘sht va tuxumlarini kiritish mumkin. Quvvatbaxshlik borasida qazi-qarta, po‘stdumba alohida ta’riflanadi.
Mashhur olim Freydning fikricha, jinsiy aloqaga quvvat bag‘ishlaydigan samarali vosita javdar unidan yopilgan kulchalar, qovoq urug‘i, mevalarning qoqilari, qo‘ziqorinlar, yerga to‘kilib tushgan olmalardir.
Shuningdek, yong‘oq, no‘xat, loviya, mosh yeb turish ham foydali.
Qadimda ukrain va rus tabiblari jinsiy qobiliyatni oshirish uchun sutda qaynatilgan sholg‘omni sabzi suvi bilan aralashtirib, ozgina asal qo‘shib, chorak stakandan kuniga 4 mahal, ovqatlanishdan oldin ichishni tavsiya etganlar.
As-Sa’idu-s-Samarqandiyning ta’rifiga qaraganda, bedana go‘shti nihoyatda quvvatbaxshligi bilan ajralib turadi. U shunday yozadi: “Aning eti tamomi qushlarning etidan yaxshidur va me’dadin tez o‘tuvchi va shahvatga harakat berguvchidir. Ko‘p yemoq badanning qichuviga sabab bo‘lur va aning islohi toza yog‘lardir. Va ani yog‘ ichida pishirmoq kabob qilmoqdin yaxshiroqdur”.
Kashnich ichki jinsiy a’zolarning qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Buning uchun kashnich urug‘idan 1 choyqoshiq olib, ustiga 1stakan qaynoqsuv quyiladi va 30 daqiqa damlanadi. Suzib, kuniga 3 mahal, ovqatlanishdan yarim soat oldin 1 oshqoshiqdan ichiladi. Bunday amal shahvoniyatdagi funksional buzilishlarda ijobiy natija beradi.
Shayx Nafauliyning “Arab muhabbat san’ati” risolasida shunday ma’lumot berilgan: “Nikoh to‘yidan oldin parhezga qat’iy rioyaqilish kerak. Ovqatda faqat qovurilgan piyoz va tuxum sarig‘ini iste’mol qilish kerak. Bu esa dil rozi bilan ishqiy munosabatni qiyomiga yetkazadi”.
С давних времен люди искали факторы, повышающие сексуальную силу, и пытались готовить для этого разные продукты. Например, греки рекомендовали есть молодую козлятину и свежесваренные яйца, чтобы зажечь огонь любви. Кулинарная книга, написанная в 15 веке, гласит: «Съедение яичного желтка на обед или поедание лука и яиц без сахара в течение трех дней даст вам энергию и сладкий полет воображения».
Согласно «Трактату о сексуальной силе» Абу Али ибн Сины, энергетическими продуктами считаются: все не постное вяленое мясо, лук и луковая табаха (яйца, лук и мясной фарш в тушеном виде), халим, блюда, приготовленные в печь, жаркое.
К продуктам-афродизиакам относятся баранина, перепелка, фазан, мясо воробья и яйца. С точки зрения силы кази-карта и поддумба описываются отдельно.
По мнению известного ученого Фрейда, эффективным средством, придающим энергию половому акту, являются упавшие на землю ржаная мука, тыквенные семечки, кожура фруктов, грибы и яблоки.
Также полезно есть орехи, горох, фасоль, маш.
В древности украинские и русские знахари рекомендовали смешивать отварную репу на молоке с морковным соком, добавляя немного меда, и пить по четверти стакана 4 раза в день перед едой для улучшения половой функции.
По описанию Ас-Саиду-с-Самарканди, перепелиное мясо чрезвычайно питательно. Он пишет: «Мясо его лучше мяса всех птиц, и оно быстроходно и возбуждает похоть». Много еды вызывает зуд в теле, а средство — чистые жиры. И готовить его на масле лучше, чем делать шашлыки.
Пажитник улучшает кровоснабжение внутренних половых органов. Для этого возьмите 1 чайную ложку семян кориандра, залейте ее 1 стаканом кипятка и дайте настояться 30 минут. Процедить и пить по 1 столовой ложке 3 раза в день за полчаса до еды. Такое действие дает положительный результат при функциональных нарушениях сексуальности.
В книге шейха Нафаули «Искусство арабской любви» приводится следующая информация: «Перед свадьбой следует строго соблюдать диету. Ешьте только жареный лук и яичные желтки. И это приводит к романтическим отношениям с сердцем».
Sizni ushbu maqolalar ham qiziqtirishi mumkin:
- Jinsiy faollikni oshirish uchun aniq tavsiyalar
- Jinsiy aloqa usullari, har xil jinsiy pozitsiyalar
- Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish mumkinmi — Aniq tavsiyalar
- Jinsiy aloqa sirlari, aniq tavsiya va maslahatlar
- Jinsiy aloqaning qisqa bo’lish sabablari va davolash usullari
- Jinsiy ojizlik yoxud jinsiy qo‘zg‘alishning sustligi sabablari
- Jinsiy zaiflik, jinsiy ojizlik sabablari
- Matodagi dog’larni oqartirishning samarali usullari, aniq tavsiyalar
- Normal jinsiy aloqa qila olmaslik yoxud mijoz sustligi
- Jinsiy munosabat haqida donolar maslahati
Jinsiy quvvatni oshirish usullari, yo’llari, maslahatlar, tabiiy vositalar, mashqlar
Bugungi kunda ahvol shundayki, ko’plab o’rta yoshli erkaklar, ba’zi yoshlar ham jinsiy quvvat (potentsiya) bilan bog’liq muammolarga duch kelishmoqda. Shifokorga borishdan qo’rqib, erkaklar jinsiy quvvatni oshirish uchun dorilarga, ya’ni sun’iy preparatlarga murojat qilishmoqda, tabiiy vositalarni esa eslaridan chiqarib qo’yishdi. Sintetik vositalar faqat bitta afzallikka ega: ular erlik quvvatini darhol oshiradi. Misol uchun, taniqli Viagra yarim soatdan keyin ta’sir qila boshlaydi va o’z ta’sirini 5 soat davomida saqlab qoladi.
Jinsiy quvvatni tabiiy ravishda oshirish usullari nafaqat jinsiy vazifani takomillashtirishga, balki erkaklar jinsiy funktsiyasiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qiladigan butun organizmni sog’lomlashtirishga qaratilgan bo’ladi.
Jinsiy quvvat bilan bog’liq muammo vaqtinchalik (bunda erektsiya buzilishi qisqa muddat kuzatiladi) yoki doimiy (erektsiya buzilishi uzoq vaqt qayd qilinadi) bo’lishi mumkin. Agar bunday muammo yuzaga kelsa, shifokor bilan bog’lanishdan oldin erkaklar sog’lig’ini va jinsiy quvvatni oshirish haqida maslahatlarga amal qilib, uni mustaqi hal qilishga urinib ko’rish mumkin.
Tabiiy usullar bilan jinsiy quvvatni oshirish yo’llari
1. Ovqatlanish butun organizmning faoliyatida asosiy rol o’ynaydi. Oziq-ovqat tarkibida organizm uchun barcha muhim ozuqalar, ayniqsa, jinsiy quvvatni oshiruvchi vitaminlar va minerallar saqlashi kerak, ularning asosiylari rux, selen, B guruhi, E va C vitaminlaridir. Har kuni siz bu moddalarni sutkalik ehtiyoj miqdorida iste’mol qilishingiz kerak.
2. Jinsiy quvvatni oshirish uchun mashqlar kichik tos a’zolarida qon aylanishini kuchaytirish va potentsiya mushaklarini (qov-dum mushaklari) chiniqtirishga qaratilgan bo’ladi. Ushbu mashg’ulotlar sizdan ko’p vaqt talab qilmaydi va birinchi haftadan keyinoq sezilarli natijalarga erishasiz.
3. Jinsiy funktsiya va jinsiy xohish erkak jinsiy gormoni — testosteron darajasi bilan bevosita bog’liq. Erkak organizmida testosteronning pasayishi potentsiya va jinsiy imkoniyatlarning zaiflashuviga sabab bo’ladi. Bu, ayniqsa, o’rta va katta yoshdagi erkaklarga tegishlidir, chunki 25 yoshdan keyin testosteron darajasi yiliga taxminan 1-1,5% ga asta-sekin kamaya boshlaydi.
4. Erkaklarda ortiqcha vazn potentsiyaning eng yomon dushmanidir. Gap shundaki, semizlik nafaqat testosteron darajasini pasaytiradi, balki ayol jinsiy gormoni — estrogen darajasini oshiradi, bu esa nafaqat erektil disfunktsiyaga olib keladi, balki erkaklarning umumiy salomatligini yomonlashtiradi. Bundan tashqari, ortiqcha og’irlik yurak-tomir kasalliklari va qandli diabet rivojlanishiga yordam berishi mumkin, ular esa jinsiy quvvatni pasayishi va salomatlikning yomonlashuviga sabab bo’ladi.
Semizlik to’g’risida batafsil→
Ortiqcha vaznni tashxislash uchun, erkak beli aylanasini o’lchash kerak — 94 sm yoki undan ko’prog’i semirishni ko’rsatadi.
5. Spirtli ichimliklar, sigareta chekish va giyohvand moddalarni iste’mol qilishdan bosh torting. Zararli odatlar erkaklarning eng yomon dushmani ekanligi allaqachon shifokorlar tomonidan tasdiqlangan. Faqat zararli odatlardan xalos bo’lishning o’zigina erkaklarning jinsiy quvvatini sezilarli darajada yaxshilaydi.
6. O’troq hayot tarzi jinsiy quvvatni kamaytirishga qodir. Qayd etilishicha, o’troq kasb egalarining erlik quvvati jismoniy faoliyat bilan shug’ullanadigan kasb egalariga nisbatan zaifroq bo’ladi. Shuning uchun uy sharoitida jinsiy quvvatni kuchaytirishning yana bir samarali usuli — bu jismoniy faollik va faol sport bilan shug’ullanishdir.
Biroq, agar kasbingiz sizni kun davomida o’tirgan joyga ishlashga majbur qilsa, qov-dum mushaklarini chiniqtirishga qaratilgan kegel mashqlari vaziyatni to’g’rilashga yordam beradi. Ushbu mashqlarning afzalligi, ularni bajarish uchun ish joyingizdan turishingiz shart emas.
7. Ko’pincha erektil disfunktsiya bilan bog’liq muammolar psixologik siqilishlar natijasida paydo bo’ladi. Bular noto’g’ri jinsiy aloqa natijalari, jinsiy qobiliyatga ishonchsizlik va hokazolar bo’lishi mumkin. Har holda, jinsiy komplekslardan mustaqil qutula olmasangiz, unda shifokorlar yordami bilan qutulishingiz kerak — seksopatolog yoki psixoterapevt.
8. Stress, uzoq muddatli depressiyalar va siqilishlardan qoching. Organizm biron bir tashvish yoki siqilishga duch kelganida, jinsiy funktsiya zaiflashadi. Bu urug’lantirishning qadimiy mexanizmiga bog’liq bo’lib, uning mohiyati shundaki, keyingi avlod eng qulay sharoitda tug’ilishi kerak.
9. To’yib uxlang. Kuniga kamida 8 soat ajrating. Uyqu optimal sharoitlarda, sukunat va zulmatda o’tishi kerak.
Jinsiy quvvatni oshirish masalasiga kompleks yondashish kerak, shunda muolajalar samaradorligi ancha yuqori bo’ladi.
Jinsiy quvvatni oshirish: mashqlar, tabiiy usullar, TOP-3 mahsulot
Bugungi kunda ko’plab o’rta yoshli erkaklar, ba’zida esa yoshlar ham jinsiy quvvat bilan bog’liq muammolarga duch kelishmoqda. Shifokorga borishdan iymanib, erkaklar shubhali dorilar, sun’iy preparatlarga murojat qilishlari mumkin.
Sintetik vositalar faqat bitta afzallikka ega: ular darhol natija beradi. Misol uchun, taniqli Viagra yarim soatdan keyin ta’sir qila boshlaydi va o’z ta’sirini 5 soat davomida saqlab qoladi. Biroq, muammoning tabiiy yechimlari ham mavjud, ular uzoq muddatli ta’sirga ega va umumiy salomatlikka ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Jinsiy quvvatni oshirish uchun mashqlar
Bunday mashqlar kichik chanoq a’zolarida qon aylanishini kuchaytirish va potentsiya mushaklarini chiniqtirishga qaratilgan bo’ladi. Ularni bajarish ko’p vaqt talab qilmaydi, natijalar esa birinchi haftadan keyinoq sezila boshlaydi.
Kardio
Erektsiya nomal bo’lishi uchun sog’lom yurak-tomir tizimi kerak. Qon aylanishi sifatining testosteron darajasi, shuningdek, moyaklar va miya sog’lig’iga qanchalik ta’sir qilishi haqida batafsil to’xtalish shart emas.
Bir narsani ta’kidlash kifoya: kardiozo’riqishlar — jinsiy quvvatni oshirishning ajoyib usuli. Aerob mashqlar bilan erektil disfunktsiya hatto davolanar ekan, oldini olish hech gap emas.
Oddiy qoida: yurak uchun foydali bo’lgan mashg’ulotlar potentsiya uchun ham foydali bo’ladi.
Shuning uchun kardio mashg’ulotlar uchun kuniga kamida 30-40 daqiqa ajratish tavsiya etiladi. Yugurish, suzish, tennis o’ynash (kamida stol tennisi) yoki bir nechta bekatni piyoda bosib o’tish ayni muddao.
Kegel mashqlari
Bu mashqlar haqida ko’pchilik eshitgan bo’lishi kerak, ammo ular ko’pincha faqat ayollar uchun tavsiya etiladi. Kamida bir necha erkaklar bu mashqlarni muntazam bajarganda uning foydasini sezishganini aytgan. Xususan uning foydali ta’sirlari quyidagilardan iborat:
- Erektsiyani yaxshilash;
- Orgazm intensivligini oshirish;
- Erta bo’shalishni oldini olish.
Ovqatlanish tartibi
Ovqatlanish butun organizmning faoliyatida asosiy rol o’ynaydi. Oziq-ovqat o’z tarkibida organizm uchun barcha muhim moddalar, ayniqsa, jinsiy quvvatni oshiruvchi vitaminlar va minerallar saqlashi kerak. Ularning asosiylari rux, selen, B guruhi, E va C vitaminlaridir. Har kuni bu moddalarni sutkalik ehtiyoj miqdorida iste’mol qilish umumiy salomatlik o’z joyida bo’lishiga ko’maklashadi.
Sarimsoq, qalampir va banan
Ba’zi bir meva va sabzavotlar potentsiyaga ta’siri jihatidan sehrli xususiyatga ega. Kardio mashqlari kabi, ular qon aylanishini yaxshilaydi. HealthLine Amerika tibbiyot manbai quyidagilarni ko’proq iste’mol qilishni tavsiya qiladi:
- Piyoz va sarimsoq (agar ularning o’ziga xos hidiga ko’z yumish imkoni bo’lsa). Ular qon aylanishini rag’batlantiradi.
- Banan. O’zida ko’p miqdori kaliy saqlaydi, bu mikroelement qon bosimini me’yorlashtiradi va libidoni kuchaytiradi.
- Achchiq qalampir, shu jumladan chili. Ushbu mahsulot ham qon aylanishini yaxshilaydi va gipertoniya bilan kurashishda yordam beradi.
Qahva
Xyustonda Texas qoshidagi Ilmiy Sog’liqni saqlash Markazi tadqiqotchilari o’tkazgan izlanish natijasi kuniga 2-3 finjon qahva iste’mol qiladigan erkaklar kofeinni hush ko’rmaydiganlarga nisbatan erektil disfunktsiyadan kamroq shikoyat qilishlarini aniqladi.
Chuqurroq o’rganishlar shuni ko’rsatdiki, kofein jinsiy funktsiyaga Viagra kabi ta’sir ko’rsatar ekan: uni iste’mol qilishda tomirlar kengayadi va qon oqimi kuchayadi. Bu ikki element kuchli erektsiyaning kaliti sanaladi.
B guruh vitaminlari va Omega-3
Omega-3 yog’ kislotalari qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi. Bunday moddalar losos, tunets, avokado, zaytun yog’ida mavjud.
Vitamin B1 nerv signlallarini miyadan organizmning turli qismlariga, jumladan olatga o’tishi yaxshilaydi. Bu vitamin yeryong’oq va loviya tarkibida yetarlicha miqdorda mavjud.
B guruhi vitaminlarining butun spektri tovuq tuxumida saqlanadi. B-komplekt gormon darajasini muvozanatlashtiradi, stressning salbiy oqibatlarini kamaytiradi va natijada erektsiyani yanada barqaror qiladi.
Tabiiy usullar
Albatta, jinsiy quvvatni uy sharoitida kuchaytirish mumkin va buning bir nechta yo’llari mavjud. Shunday bo’lsa-da, avvalo mutaxassis bilan maslahatlashish va birinchi navbatda u tavsiya etgan usullarni qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Vaznni me’yorlashtirish
Semizlik nafaqat testosteron darajasini pasaytiradi, balki ayollar jinsiy gormoni — estrogen darajasini oshiradi ham. Bu esa erektil disfunktsiyaga olib keladi, erkaklarning umumiy salomatligini yomonlashtiradi. Bundan tashqari, ortiqcha vazn yurak-tomir kasalliklari va qandli diabet rivojlanishiga hissa qo’shishi mumkin.
Psixologik yondashuv
Stress, uzoq muddatli depressiyalar va siqilishlardan qochish zarur. Organizm muayyan tashvish yoki stressga duch kelganida, jinsiy funktsiya zaiflashadi. Bunday holat urug’lantirishning qadimiy mexanizmiga bog’liq bo’lib, u keyingi avlod eng qulay sharoitda tug’ilishi zarurligi uchun javobgardir.
Testosteron
Jinsiy funktsiya va mayl erkak jinsiy gormoni — testosteron darajasi bilan bevosita bog’liq. Erkak organizmida testosteronning pasayishi potentsiya va jinsiy imkoniyatlarning zaiflashuviga sabab bo’ladi. Bu, ayniqsa, o’rta va katta yoshdagi erkaklarga tegishlidir, chunki 25 yoshdan keyin testosteron darajasi yiliga taxminan 1-1,5% ga kamaya boshlaydi.
Stressni kamaytirish
Stress — erektsiyaning asosiy dushmanlaridan biri. U yurak ritmining buzilishi, qon bosimi oshishiga olib keladi, ruhiy tushkunlikni oshiradi. Bu psixofiziologik «kokteyl» jinsiy maylga jiddiy zarar yetkazadi va boshqa sohalardagi samaradorlikni ham pasaytiradi.
Yechim: salbiy psixologik stress ta’sirini kamaytirish yo’llarini topish. Yoga, boks xaltasini bor kuch bilan urish, psixoterapiya, dilkash inson bilan suhbatlashish — variantlar juda ko’p.
Yomon odatlardan voz kechish
Erkak sigaret va alkogolli ichimliklardan taskin topmasligi kerak. Aks holda tomir spazmlari yuzaga kelib, erektsiya yanada yomonlashishi mumkin. Birgina zararli odatlardan xalos bo’lishning o’zi erkaklarning jinsiy quvvatini sezilarli darajada yaxshilashga qodir.
Chiroqni yoqish
G’ira-shira yorug’lik va qorong’ulikda inson organizmni melatonin gormonini ishlab chiqara boshlaydi. Bu gormon tinchlanish va uyquga ketishga yordam beradi, biroq ayni paytda erkak libidosini ham zaiflashtiradi.
Melatonin kamroq bo’lsa, jinsiy mayl ham kuchliroq, erektsiya yaxshiroq bo’ladi. Shu tufayli kunduzi yetarli darajada quyosh nurlaridan bahramand bo’lish, yaqinlikni yorug’lik me’yorda bo’lgan sharoitda amalga oshirish ta’sirini sinab ko’rish kerak.
Tibbiy muolajalar
Dori vositalari
Dori vositalarini qo’llash eng ommabop, lekin potentsiyani yaxshilash uchun har doim ham xavfsiz va samarali sanalmaydigan usuldir. Preparatlarning aksariyati kumulyativ ta’sirga ega emas va ular favqulodda tibbiy yordam uchun mo’ljallangan bo’ladi. Bundan tashqari, kerakli dori vositasini tanlash uchun muammoning sababini bilish muhimdir.
Masalan, erektil disfunktsiya asosida gormonal buzilishlar yotsa, davolash gormonlarni me’yorlashtirishga yo’naltirilishi kerak. Agar muammo tomirlarning aterosklerozi tufayli yuzaga kelsa, unda hech bo’lmaganda jinsiy aloqa vaqtida ularning kengayishiga qaratilgan choralar qo’llash kerak.
- Bir qator vositalar, jumladan BFQ lar — ko’p oylar davomida qabul qilib borilishi kerak, ular potentsiyaga bevosita ta’sir qilmaydi, balki uning qaytishiga ko’maklashadi.
- Sildenafil yoki tadalafil asosli boshqa preparatlar, shuningdek, ko’p miqdorda in’yektsiya va malhalmar erektil disfunktsiyaning qon tomirlar bilan bog’liq sabablariga ta’sir qiladi va uni qisqa muddatga tiklashga mo’ljallangan.
Vakuum ta’siri
Har bir insonga tibbiy banka qo’yish amaliyoti tanish, bu muolaja qo’llash sohasiga qon kelishini kuchaytiradi. Olat funktsiyasini qisqa muddatga tiklash uchun mo’ljallangan ko’plab qurilmalar aynan shu tarzda ishlaydi.
Vakuum terapiya potentsiya pasayishida bemorning har bir jinsiy aloqadan oldin mustaqil ravishda amalga oshiradigan bir muddatli yoki doimiy fizioterapevtik muolaja sanaladi. Maxsus qurilma jinsiy olat atrofida manfiy bosim hosil qiladi, natijada bu sohaga qon kelishi kuchayib, erektsiya sodir bo’ladi. Ushbu yondashuv muammoni uzoq muddatga hal qilmaydi, u dori-darmonlarga sezuvchanligi bo’lmagan ba’zi bemorlarga yordam berishi mumkin.
Zarb-to’lqinli terapiya
Akustik to’lqinlarning tirik to’qimalarda regenerativ jarayonlarni rag’batlantirish qobiliyatiga asoslangan urologiya sohasida innovatsion yondashuv. ZTT seanslari olat sohasida yangi qon tomirlarni shakllantirishga yordam beradi. Buning natijasida hatto periferik qon ta’minoti muammolari mavjud bo’lganda ham (ko’pincha yurak kasalliklari va qandli diabetdan aziyat chekadigan bemorlarda kuzatiladi) potentsiya bir necha hafta ichida tiklanadi.
Usul deyarli hech qanday qarshi ko’rsatmalarga ega emas va turli yoshdagi bemorlarda qo’shimcha dori vositalarisiz uzoq muddatli natijaga erishish imkonini beradi.
Jinsiy quvvatning pasayishi, albatta, erkak uchun stressdir. Biroq, bu holatni fojiali deb hisoblab bo’lmaydi: shifokorlar fikriga ko’ra, bunday muammoning tuzatib bo’lmaydigan shakllari deyarli uchramaydi. Erektil disfunktsiya belgilari kuzatilsa, shifokorga tashrifini ortga surmaslik tavsiya etiladi. Davolash qanchalik tez boshlansa, jinsiy hayot quvonchi shunchalik ertaroq qaytadi.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.