IPhone 14 narxlari ma’lum bo‘ldi
iPhone 14 Pro
iPhone 14 narxlari
Internetga Apple’ning yangi avlod iPhone smartfonlari haqida deyarli har kuni turli xil ma’lumotlar sizdirilmoqda va shular orasida bir nechta insayderlar tomonidan tasdiqlangan iPhone 14 narxlari ham tarqatib yuborildi.
iPhone 14 seriyasi to’rt xil: 6.1 dyuymli iPhone 14/Pro, 6.7 dyuymli iPhone 14 Max/Pro Max modellarida chiqarilishi va ko’rib turganingizdek, ular orasida Mini versiyasi bo’lmasligi allaqachon ma’lum bo’lgan edi. Shulardan faqat ikki Pro model – iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max kompaniyaning ikki tirqishli yangi dizayniga ega bo’lishi turli xil aniq chizilgan dizaynlar bilan bir necha marotaba tasdiqlandi. Shuningdek, smartfon 48MP kamera, ko’proq batareya hajmi va boshqa yuqori xususiyatlar bilan chiqarilishi kutilmoqda va mish-mishlarga ko’ra uning narxlari quyidagicha:
Apple iPhone 14 | $800 |
Apple iPhone 14 Max | $900 |
Apple iPhone 14 Pro | $1,100 |
Apple iPhone 14 Pro Max | $1,200 |
Narxlar bugungi kun sotuvidagi iPhone 13 seriyasinikiga qaraganda $100 qimmatligi yaqqol ko’rinib turibdi. Apple yangi iPhone 14 smartfonlarini kuzning ilk oyida taqdim qilishi kutilmoqda.
iPhone 14 narxlari ma’lum bo‘ldi
Internetda shu yilning kuzida taqdim etilishi kutilayotgan yangi iPhone 14 lineykasining narxlari paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Phonearena.
iPhone 14 Pro yoki 14 Pro Max olish niyatida bo‘lgan barcha hamyonlarini to‘ldirib, narxlar oshishiga tayyor turishi kerakligi ta’kidlanmoqda. Bazaviy iPhone 14 ning narxi oshishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
- iPhone 14 — 799 dollar;
- iPhone 14 Plus — 899 dollar;
- iPhone 14 Pro — 1099 dollar;
- iPhone 14 Pro Max — 1199 dollar.
- iPhone 13 — 799 dollar;
- iPhone 13 mini — 699 dollar;
- iPhone 13 Pro — 999 dollar;
- iPhone 13 Pro Max — 1099 dollar.
2022-yilda Apple mini-versiyadagi smartfonlaridan voz kechadi. Uning o‘rniga Max yoki Plus modellar taqdim etiladi.
Hozirda iPhone 13 — ikkida kichik modelning kattasi. Shuning uchun iPhone 13 va 13 Pro narxlari o‘rtasidagi tafovut — 100 dollar. Yangi lineykasida paydo bo‘ladigan iPhone 14 Plus narxi oddiy iPhone 14 dan 100 dollar qimmatroq bo‘ladi. Narxlar orasidagi farqni shunday qoldirish uchun Apple iPhone 14 va 14 Plus’ni arzonlashtirishi yoki katta modellar narxini oshirishiga majbur bo‘ladi.
Avvalroq iPhone 14 lineykasidan o‘rin oladigan smartfonlarning taxminiy narxlari e’lon qilingani, Plus modellari qaytishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.
- Internetda iPhone 14 Pro Max’ning maketi paydo bo‘ldi (video)
- Yangi Apple Watch va iPhone 14 sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimiga ega bo‘ladi
- Insayder: iPhone 14 avtofokusli frontal kameraga ega bo‘ladi
iPhone 14 smartfonlarining taxminiy narxlari e’lon qilindi
“Apple” kompaniyasining iPhone 14 Pro Max va iPhone 14 Pro smartfonlari A17 chipsetining eksklyuzivligi, kameradagi yangilanish sababli yuqori narxga baholanadi.
Ma’lum qilinishicha, 17-sentabr, juma kuni iPhone’ga oldindan buyurtmalar boshlanganda, Apple eski modellar uchun qulay narxlar taklif qilishi mumkin.
iPhone 14 seriyasining barcha taxminiy xotirasi va narx variantlari esa quyidagicha:
iPhone 14
- – 128 gigabayt — 799-899 dollar;
– 256 gigabayt — 899-999 dollar;
– 512 gigabayt — 999-1099 dollar.
iPhone 14 Max
- – 128 gigabayt — 899-999 dollar;
– 256 gigabayt — 999-1099 dollar;
– 512 gigabayt — 1099-1199 dollar.
iPhone 14 Pro
- – 128 gigabayt — 1099-1199 dollar;
– 256 gigabayt — 1199-1299 dollar;
– 512 gigabayt — 1399-1499 dollar;
– 1 terabayt — 1599-1699 dollar.
iPhone 14 Pro Max
- – 128 gigabayt — 1199-1299 dollar;
– 256 gigabayt — 1299-1399 dollar;
– 512 gigabayt — 1499-1599 dollar;
– 1 terabayt — 1699-1799 dollar.
Eslatib o’tamiz, iPhone 14 smartfonlari taqdimoti 7-sentabrda boʻlib oʻtadi, oldindan buyurtmalar 14-sentabrdan boshlab, yangi smartfonlar esa 16-sentabrdan sotuvga chiqarilishi haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, iPhone 14 Pro rekord darajadagi xotiraga ega bo’lishi haqida ham xabar bergan edik. Hozirgi kunda Xitoydan tashqari Hindiston va Braziliyada Apple o’z smartfonlarini chiqarishni yo’lga qo’ydi.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.