Yo’riqnoma: INPS va STIR raqamlarini qanday aniqlash mumkin
Ishga qabul qilishda fuqarolardan talab qilinadigan hujjatlar ro’yxatida pasport nusxasi, jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasidan nusxa (INPS) va soliq to’lovchining yagona identifikatsiya raqami (STIR) mavjud.
Инн qanday olinadi
Mazkur xizmat jismoniy shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish, ularga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini (STIR) berish tartibini belgilaydi.
STIRingizni aniqlang
- Soliq to‘lovchi jismoniy shaxsga davlat soliq xizmati organlariga tashrif buyurmasdan mustaqil ravishda o‘z identifikatsiya raqami (STIR) to‘g‘risida ma’lumot olish hamda Davlat soliq qo‘mitasida ro‘yxatga olinganligi va unga STIR berilganligi to‘g‘risida guvohnomani shakllintirib chop etish imkoniyatlari beriladi.
- Chop etilgan guvohnoma barcha so‘ralgan korxona va tashkilotlarga taqdim etilishi mumkin. Ushbu tashkilotlar guvohnomaning haqiqiyligini tekshirib olish imkoniyatlari mavjud.
Xizmat uchun to‘lov: yig‘im undirilmaydi.
Natija: STIR.
Ushbu xizmatni elektron shaklda olish uchun, quyidagi havoladan o‘ting.
Shuningdek, ushbu xizmatni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali olish mumkin.
Инн qanday olinadi
Ishga qabul qilishda fuqarolardan talab qilinadigan hujjatlar ro’yxatida pasport nusxasi, jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasidan nusxa (INPS) va soliq to’lovchining yagona identifikatsiya raqami (STIR) mavjud.
Byurokratiyaning oldini olish va fuqarolar vaqtini tejash maqsadida hujjatlarni elektron tarzda olishda ko’mak beruvchi yagona hukumat portali 2017-yildan buyon ishlab kelmoqda.
Undan foydalanishda qiyinchiliklar ham uchrab turibdi. Spot “Yo’riqnoma” rukni ostida elektron hukumat xizmatlaridan foydalanish bo’yicha ko’rsatma berib boradi.
INPS — jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi raqamini aniqlash
Jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasini aniqlash qiyinchilik tug’dirmaydi. Bu pasportdagi 14 ta raqam bilan bir xil bo’ladi.
PIN FL- bu fuqaroga berilgan “maxfiy” raqamlar to’plamidir. Unga qarab fuqaroning tug’ilgan yili, jinsi, tug’ilgan joyi, tartib va nazorat raqamini bilsa bo’ladi. Eng qizig’i bu raqam umuman o’zgarmaydi.
INPS ni olish uchun davlat xizmatlari agentligiga yoki Xalq bankining filiallariga ham murojaat qilish mumkin.
Elektron tarzda esa http://cabinet.xb.uz:82/uz havolasi orqali pasport raqami va PIN FL ni tergan holda hujjatni olish mumkin.
Agar INPS hali ochilmagan bo’lsa davlat xizmatlari agentligiga murojaat qilish yoki https://my.gov.uz/uz/open-inps/passport manzili orqali ariza berish mumkin.
STIR (INN) — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini aniqlash
STIRni aniqlash ancha osonroq. Buning uchun my.soliq.uz havolasi orqali kirib pasport raqami va nazorat raqamini kiritsa yetadi. Undan tashqari elektron hukumat yagona interaktiv portali my.gov.uz orqali xuddi shu ma’lumotlarni kiritgan holda olish mumkin.
Agar STIR hali ochilmagan bo’lsa yagona darcha yoki my.soliq.uz sayti orqali amalga oshirish mumkin.
**Spot hafta davomida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo’yicha ma’lumot berib boradi.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.