Press "Enter" to skip to content

Suhbat qobiliyatini native spikerlar bilan muloqot qilish orqali rivojlantirish uchun 5 ta mobil ilova

Afzalliklari:

Ingliz tilini o‘rganish uchun foydali 65ta sayt

Ushbu sahifada ingliz tilini o‘rganishingiz uchun foydali saytlar ruyxatini to‘pladik. Agarda ushbu saytlar ingliz tilini o‘rganishingiz uchun oz bo‘lsada yordam bersa, demak biz o‘z niyatimizga erishgan bo‘lamiz. O‘z fikr-mulohazangizni sahifa so‘ngida qoldiring.

Qiziqarli saytlar

  1. The Free Dictionary – lug‘at + idiomalar, forum, qiziqarli o‘yinlar. agar ruyhatdat o‘tib, a’zo bo‘lsangiz, maqolalar o‘qiganingiz uchun ball to‘planadi: http://www.thefreedictionary.com/
  2. Real English – ko‘chadagi odamlar bilan haqiqiy ingliz tilida olib borilgan suhbatlar. Mavzular alohida bandlar asosida to‘plangan: http://www.real-english.com/
  3. Learn It! – ingliz tilini mustaqil ravishda o‘z tenqurlaringiz bilan o‘rganing. 3 oy davomida, xar 3 kunda turli topshiriqlar va vazifalarga javob bering: http://learnit90.ru/
  4. Ingliz tilini qo‘shiqlar yordamida o‘rganing! So‘zlar tarjimasi, subtitrlar va vazifalarni bajaring: http://www.esolcourses.com/topics/learn-english-with-songs.html
  5. Ingliz tilini o‘qib o‘rganish uchun yaxshi sayt: matnni yuklab kutubxonadan tushunmagan so‘z, yoki jumlani tanlang va so‘zni tarjimasini bilib oling http://readlang.com/
  6. Vkontakte ijtimoiy tarmog‘ida xar kuni ingliz tilidagi pdf jurnallarni yuklab olish imkoniyati: https://vk.com/stopthepress

Britaniya kengashining saytlari

  1. Bolalar uchun: http://learnenglishkids.britishcouncil.org
  2. O‘smirlar uchun: http://learnenglishteens.britishcouncil.org/
  3. Kattalar uchun: http://learnenglish.britishcouncil.org/en/
Umumiy to‘plamga ega taniqli saytlar
  1. Ingliz tilini o‘rganishni endi boshlagan foydalanuvchilar uchun yaxshi sayt: turli dialog va boshlang‘ich ma’lumotlar olish imkoniyati: http://www.rong-chang.com
  2. Grammatika, talaffuz qilish, o‘qish, eshitish va interaktiv lug‘at: http://easyworldofenglish.com
  3. English Daily — xar kungi mashg‘ulotlar olib borish uchun foydali saytlardan biri: yangi so‘zlar, uyga vazifa va mashqlar: http://www.english-daily.com/
  4. Fluentu — video yordamida ta’lim olish uchun eng qulay sayt. So‘zga bosilganda video to‘xtatilib lug‘atga qo‘shiladi. Xar videodan so‘ng mashqlar bajarish mumkin: http://www.fluentu.com/
  5. Busuu — xalqaro mejdunarodnoe uyushma; pullik xizmatlarga ham ega: http://www.busuu.com/
  6. Duolingvo — o‘yin yordamida qisqa darslar: http://duolingvo.com
BBC mashg‘ulotlari
  1. Talaffuz qilish mashg‘ulotlari: http://www.bbc.co.uk/worldservice/learningenglish/multimedia/pron/
  2. Boshlang‘ich o‘rganuvchilar uchun: http://www.bbc.co.uk/learningenglish/russian/course/lower-intermediate
  3. Umumiy mashg‘ulotlar: http://www.bbc.co.uk/learningenglish/ 6 Minute English va Words in the News ruknlari foydalanuvchilar orasida alohida mashhurlikka ega.
Qurilmalar bilan ishlash
  1. Ta’lim oladigan tilda matn yozsangiz, dastur xatolaringizni to‘g‘irlab ketadi: http://lang-8.com/
  2. YOzishmalar orqali tanishuv imkoniyati: http://polyglotclub.com/ , http://www.mylanguageexchange.com/ , http://www.interpals.net/ , https://www.conversationexchange.com/ , https://www.gospeaky.com/
  3. Meet up: ingliz tilida so‘zlashib, uchrashish imkoniyati: http://www.meetup.com/
  4. Verbling — video yordamida ingliz tilini o‘rganish imkoniyati: https://www.verbling.com
  5. Italki: matn, video yordamida ingliz tilini o‘rgatuvchi eng taniqli saytlardan biri: http://www.italki.com
Video
  1. Learn English with Jennifer – odatiy bo‘lmagan video-ta’lim sayti. Videolar yordamida Jennifer hayotiy vaziyatlar va dialoglarda uchrovchi ingliz tili so‘zlarini 65 ta darslar yordamida o‘rgatadi. Boshlang‘ich ma’lumotlarni o‘rganuvchilar uchun foydali resurs: http://www.manythings.org/videos/jenniferesl-lessons/
  2. Ororo.tv – video va seriallar yordamida ingliz tilini o‘rgatuvchi foydali saytlardan biri. Video to‘xtatilganda so‘zlar tarjima qilinadi: http://ororo.tv
  3. TV411 — hayotda ko‘p uchraydigan ingliz tili so‘zlari haqida videoresurs: http://tv411.org
  4. Videoportal: http://gcflearnfree.org/everydaylife

+ taniqli filolog, tilshunos Dmitriy Petrov darslari: http://poliglot16.ru/en/

Eshitish
  1. Eshitib vaziflar bajaring: http://www.esl-lab.com/index.htm
  2. Boshlang‘ich ta’lim oluvchilar uchun audiokitoblar: http://deepenglish.com/
  3. Audiokitoblar to‘plami: http://www.eslpod.com/eslpod_blog/
  4. Vkontakte ijtimoiy tarmoqdagi audiokitoblar: https://vk.com/english_audiobooks
  5. Butun dunyodagi volontyorlar audiokitoblarni o‘qib berishadi: https://librivox.org/
  6. Radiostansiyalar, dasturlar, kitoblar: http://tunein.com/search/?query=london
  7. Bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblarni taniqli aktyorlar o‘qib berishadi: http://www.storylineonline.net/
  8. Taniqli odamlar nutqi: http://www.mobydickbigread.com/
  9. Imtixon topshiruvchilar uchun: Listening on youtube: https://www.youtube.com/channel/UCy1bAUeyRtUuh8PYpIlllhg
Fonetika
  1. Tom bilan birga so‘zlarni talaffuz etib yangi so‘zlarni o‘rganamiz: http://www.manythings.org/videos/tom/
  2. Kundalik so‘zlarning batafsil bayoni: http://www.manythings.org/lar/
  3. Ingliz tilining amerikacha talaffuzining Rachel yordamida batafsil bayoni: http://www.manythings.org/videos/rachelsenglish-howto/
  4. Repeat after us – matnlar va so‘zlarning talaffuzini eshitib yod oling: http://www.repeatafterus.com/
  5. Karaoke: http://www.singsnap.com/
  6. Forvo — so‘zlarning talafuz etilishini real odam talaffuzi orqali eshitib o‘rganish mumkin: http://ru.forvo.com/languages/en/
Grammatika
  1. Irregular Verbs Rap Song – Fluency MC guruhi musiqasini eshitib so‘zlarni o‘rganing: http://www.youtube.com/watch?v=gNaDvAYC0Jw
  2. Listen and Repeat Podcast – so‘zlarni va matnlarni eshitib takrorlang: http://www.manythings.org/repeat/
  3. ingliz tilidagi xatolar haqidagi sayt: http://public.wsu.edu/~brians/errors/errors.html
  4. Grammarly — ushbu sayt yordamida jurnalistlar o‘z xatolarini to‘g‘irlab borishadi. Matn kiriting va xatolaringizni tekshiring: http://grammarly.com/
Leksika
  1. “Quvnoq ingliz tili” (so‘zni xarqlar yordamida toping). Do‘stingiz yoki o‘rtoqlaringiz bilan so‘zlarni toping va yangi ko‘nikmalarga ega bo‘ling. O‘qituvchilar so‘zlarning ro‘yxatini tuzishlari mumkin: http://www.hangman.no/
  2. 161 000 ta ingliz tili jumlalari tarjimasi: http://www.manythings.org/bilingual/rus/
  3. Idiomalar haqidagi sayt: http://www.idiomsite.com/
  4. So‘zlarni yod olishga mo‘ljallangan flesh-kartochkalar: http://www.memrise.com/ va http://ankisrs.net/ , https://www.brainscape.com/ va https://quizlet.com/
  5. Sayt orqali matn yozish qoidalarini o‘rganishingiz mumkin: https://www.dailypage.co/
O‘qish
  1. Avvalo notanish so‘zlarni birma-bir o‘rganib, shu so‘zlar yordamida matn tuziladi, judayam qo‘lay usul: http://crazylink.ru/
  2. Kundalik yangiliklar: http://breakingnewsenglish.com/ va http://www.newsinlevels.com/
  3. So‘zlarni tarjima qilish orqali ingliz tilini o‘rganamiz: http://english.prolingvo.info/online/chitat.php
  4. Turli mavzulardagi yangiliklar jamlanmasi: http://cdlponline.org
Matbuot (gazetalar)
  1. The Guardian gazetasi: http://www.theguardian.com/uk
  2. Mirror gazetasi: http://www.mirror.co.uk/
  3. Buyuk Britaniya gazetalari ro‘yxati: https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_newspapers_in_the_United_Kingdom
Testlar
  1. ESL Grammar Quizzes – ingliz tili bo‘yicha bilimingizni sinab ko‘rish imkoniyati: http://www.usingenglish.com/quizzes/
  2. Ingliz tilidan test savollari: http://www.english-test.net/ i http://www.nonstopenglish.com/
  3. Kembridj testlari: http://www.cambridgeenglish.org/test-your-english/
Lug‘atlar
  1. Multitran: http://multitran.ru
  2. Jumlalarni tuzishga yordam beruvchi sayt. So‘zni kiritib – turli hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan jumlalarni bilib olishingiz mumkin: http://www.ozdic.com
  3. Interaktiv lug‘at: http://www.languageguide.org/english/vocabulary/
  4. Xar kuni ingliz tili jargonlari va ko‘cha shevasi berib boriladi: http://www.urbandictionary.com/

Ruyxatga qo‘shilmagan sayt:

English Central http://www.englishcentral.com/

Ginnes.Uz

Facebook guruh:

Veb saytdan olingan ma’lumotlarni boshqa saytlarga qo’yilganda www.sadikov.uz manzili ko’rsatilishini iltimos qilib qolaman. © Sadikov.Uz

Saytdagi audio, video va xujjat ko’rinishdagi ma’lumotlar o’z egalariga tegishli. Barcha fayllar va suratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan. Ular o’z mualliflik huquqlarini saqlab qolgandirlar. Ma’lumotlar faqat tanishish maqsadida blogga qo’yilgan. Iltimos, mualliflarning mehnatini hurmat qilaylik. Agar siz saytimdagi qaysidir ma’lumotni egasi bo’lsangiz va sizning ma’lumotingiz saytimda qo’yilishini istamasangiz, iltimos darhol menga murojaat qiling: @sadikovuz (telegram) yoki uzbeknasim@yahoo.com.

Разработки уроков, dars ishlanmalari, тесты, testlar, maqollar, пословицы, стихи, sherlar, презентации, taqdimotlar, рефераты, referatlar, дошкольные материалы, maktabgacha ta’lim, интересное детям, bolalarga qiziqarli ma’lumotlar, топ факты, top faktlar, психологические тесты, psixologik testlar, блок тесты, blok testlar, гранты, grantlar

Telegram: @sadikovuz

Suhbat qobiliyatini “native spikerlar” bilan muloqot qilish orqali rivojlantirish uchun 5 ta mobil ilova

Avvalgi blog postimizda sizlar bilan chet tillarini samarali o’rganishdagi bepul ilovalar haqida gaplashgan edik. Ingliz tilini va boshqa xorijiy tillarni o’rganishda eng qoʻl keladigan qobiliyat esa bu albatta — gapirish, yaʼni speaking. Suhbatlashish qobiliyati (speaking) ni rivojlantirishda esa tajriba muhim hisoblanadi. Ayniqsa, oʻrganilayotgan tilni “native spikerlar” bilan suhbatlashish orqali his qilish, asl maʼnosini anglash – jarayonni yanada qiziq boʻlishida yordam beradi.

Demak, ushbu blogda suhbat davomida ravon va mazmunli gapirish uchun yordam beradigan bepul mobil ilovalar haqida maʼlumot beriladi. Quyidagi ilovalar orqali “native spikerlar” bilan yaqindan tanishish, oʻrgangan bilimlarni mustahkamlash, savollar paydo boʻlsa soʻrash imkoniyati mavjud.

Tandem

  1. Tandem — ushbu ilovani bugungi kunda juda koʻplab xorijiy til oʻrganuvchilar faol ishlatib kelishmoqda. Agar hali biror marta xorijliklar bilan onlayn suhbatlashib koʻrmagan boʻlsangiz, boshlanishiga juda foydali ilova hisoblanadi.

Afzalliklari:

Xabar almashishda video yozuv, ovozli suhbat va qo‘ng’iroq xizmatlaridan foydalanish mumkin. Yozayotgan xabaringizni sifatini ta’minlash uchun sherigingiz jumlangizni tuzatishi yoki izoh qo‘shishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha vositalar ham mavjud.

Endi savol tugʻilishi mumkin, roʻyxatdan oʻtgandan soʻng qanday qilib suhbatdosh topish va savollaringizga professionallar tomonidan javob olishingiz mumkin?

Javobi esa oddiy, roʻyxatdan oʻtganingizdan soʻng sizga shu mobil ilovadan foydalanib kelayotgan odamlar muloqot qilish uchun xabar qoldiradi. Ularning akkauntlarida esa ularga berilgan izohlar va qiziqishlari, til bilish darajalari koʻp holatlarda yozilgan boʻladi. Yaʼni sizga xabar yozgan va suhbatlashmoqchi boʻlgan odam oldingi foydalanuvchilarga qanday yordam bergani, qaysi jihatlari kuchli ekani haqida foydalanuvchilar tomonidan fikr qoldirilgan boʻladi. Suhbatdosh tanlashda ularning qiziqishlari, til bilish darajasiga alohida eʼtibor qaratish kerak.

Bilingua

Ushbu mobil ilovaning dizayni yorqin ranglarga asoslangan bo‘lib, interaktiv o‘yinlarga juda boy.

Afzalliklari:

Ilovadan foydalanish davomida xuddi o’zingizga o’xshagan xarakterli, qiziqishlari bir xil sherikni tanlashingiz mumkin. Buning uchun ro’yxatdan o’tish davomida qiziqishlaringiz va xarakterlaringiz haqida yozib qoldirasiz, undan soʻng siz bilan bir xil xarakter va qiziqishlarga ega odamlar suhbatlashishga taklif yozib qoldirishadi.

Masalan, sizning qiziqishingiz sport: futbol, tennis, parashyutdan sakrash kabi narsalar, xarakteringiz esa — samimiy, tirishqoq boʻlsa, sizga ham aynan shunday xususiyatlarga ega odamlar xabar yozadi. Til oʻrganishni oʻzingiz qiziqqan mavzudagi suhbatlardan boshlash, jarayonni tezlashtiradi. Bu esa tilni yaxshiroq qiziqish bilan davom ettirishga asosiy turtki boʻla oladi.

Yana bir o‘ziga xosliklaridan biri shuki, har kunlik yig’gan ballaringiz, o‘sish ko‘rsatkichingiz ko‘rsatib boriladi. Tilni turli xil o‘yinlar, quizlar, emotsiyalar orqali o‘rganishingiz mumkin.

HiNative

Ushbu ilovadan hozirgi kunda 170 dan ortiq dunyo mamlakatlari aholisi foydalanadi.

Afzalliklari:

Ilovaning asosiy ustunligi savol-javob shaklida suhbatlar olib borilishi, yaʼni foydalanuvchi oʻrganayotgan tilining madaniyati, taomlari yoki grammatikasi haqida savollari boʻlsa yozishi yoki boshqa foydalanuvchilarning savollariga javob berib ball yig’ishi mumkin. Masalan, Amerika taomlari va madaniyatidagi qaysidir odatlariga juda qiziqsangiz bemalol savol yozib qoldirishingiz mumkin.

“Native spikerlar” savolga qisqa muddatda javob yozishadi. Savollaringizni rasm yoki ovozli xabar shaklida ham qoldirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz, bu esa talaffuzingizdagi kamchiliklarini to‘g‘irlashga yordam beradi.

Speaky

Ushbu ilovadan foydalanuvchilar nafaqat ogʻzaki gapirish qobiliyatlarini, balki yozish (writing) qobiliyatlarini ham baravariga rivojlantirib ketish imkoniyatiga ega.

Afzalliklari:

Soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilishingizdan tashqari, ularni toʻgʻri yoza olasizmi yoki yoʻqmi bilib olishingiz mumkin. Agar xato yoki kamchiliklarga yoʻl qoʻysangiz, native spikerlar muloyimlik bilan sizga ushbu xatolarni toʻgʻirlashga yordam berishadi.

Meetup

Ushbu ilova 20 yildan koʻproq muddat davomida juda koʻplab qiziqishlari va maqsadlari bir xil boʻlgan insonlarni onlayn holatda uchrashib, bir mavzuda suhbatlashishlari uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etib kelmoqda.

Asosiy afzalligi jamoa bilan bitta mavzu tanlab shu mavzu haqida suhbatlashish, boshqa jamoa aʼzolarning fikrini eshitish orqali dunyoqarashini kengaytirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, bu ilovadan foydalanuvchilari juda faol muloqot qilishlari bilan ajralib turishadi. Hattoki, qiziqish va maqsadlari bir xil boʻlgan jamoa aʼzolari oflayn tarzda uchrashib katta loyihalarga ham qoʻl urishgan.

Xulosa

Chet tillarini o’rganishda olingan nazariy bilimlarni amalda qo’llash olgan bilimingiz mustahkam bo’lishida katta yordam beradi. Shunday ekan harakat qilishdan va boshqa odamlar bilan suhbat qilishdan uyalmang!

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.