Press "Enter" to skip to content

Ingliz tilini o‘rganish uchun 15 ta eng yaxshi ilova

Juda grammatikani qilmang! Grammatikani tushunish sizga gapirishni anglatmaydi. Ingliz tilidagi boshqa vazifalar bilan grammatikani muvozanatlash.

Ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar, seriallar va boshqalar — ingliz tilini bepul, tez va oson o‘rganishning o‘nlab yangi usullari

Ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar, o‘yinlar rivojlanishi til o‘rganish jarayoniga ham keskin ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Kutubxonalardagi o‘quv qo‘llanmalari asta-sekin o‘tmishga aylanib borayotgan bir vaqtda tilni osonroq va tezroq o‘zlashtirishga yordam beradigan yangi usullar paydo bo‘ldi. AQSH va Buyuk Britaniyadagi EF Academy maktab-internatlariga qabul bo‘yicha direktor Irina Xarlakina til o‘rganishdagi yangi imkoniyatlar borasida o‘z fikr va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi. “Daryo” uni o‘zbek tiliga o‘girdi.

Foto: @scrtmag / Twitter

Mobil ilovalar sizga oz-ozdan, biroq muntazam shug‘ullanish imkonini beradi

Ingliz tilini o‘rganish uchun mo‘ljallangan barcha ilovalar ikki turga bo‘linadi: kompleks va alohida maqsadga qaratilgan. Kompleks ilovalar tilni har tomonlama qamrab olgan: o‘qish, gapirish, yozish va tinglash. Mustaqil o‘rganish barobarida o‘sha tilda gaplashuvchi millat vakili bilan muloqot qilib borish mumkin. Bunday super ilovalarning qulayligi shundaki, agar oldindan yozib olingan dialoglarni tinglash va tahlil qilishdan charchagan bo‘lsangiz, Sherlok Holms haqidagi hikoyalarni o‘qishingiz yoki ingliz tilida shaxsiy kundalik yurita boshlashingiz mumkin bo‘ladi. Bu nafaqat metrodagi va tirbandlik vaqtidagi diqqinafas vaziyatdan qutqaradi, balki qisqa vaqt ichida sezilarli foyda ham keltiradi.

Ikkinchi turi — til bilishdagi ma’lum bir ko‘nikmani rivojlantiruvchi ilovalar. Masalan, Grammarly klaviaturada yozayotganingizda grammatik xatolarni to‘g‘rilaydi, yaqinda shov-shuv bo‘lgan Wordle o‘yini so‘z boyligini oshiradi. Elsa Speak va Rosetta Stone talaffuzni yaxshilash va aksentni kamaytirishga yordam beradi, IELTS Prep ilovasi va IELTS Exam Preparation & Tutor esa sizni xalqaro IELTS imtihoniga tayyorlaydi.

Dasturchilar har qanday holatda foydalanuvchilarni zeriktirib qo‘ymaslik uchun til o‘rganishning o‘nlab usullarini taklif qiladi. Masalan, o‘yinlar, mnemonik mashqlar va hatto memlar orqali. Ilovalar shu qadar ko‘pki, tilni ko‘p kuch sarflamay o‘rganmoqchi bo‘lgan kishi o‘z maqsadi, usuli va yoqtirgan dizayniga qarab tanlab olishi mumkin.

Irina Xarlakina til o‘rganishda muntazamlik muhimligini ta’kidlaydi:

Kuniga o‘nta so‘zdan muntazam o‘rganib borsangiz, bir yilda 3650 ta so‘z o‘rganasiz. Macmillan lug‘ati mualliflari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, ingliz tilida eng keng tarqalgan 2500 ta so‘z inglizcha nutqning 80 foizini tushunish uchun yetarli. Shu sababli tilni noldan o‘rgansangiz ham, bir yillik qisqa darslar davomida sezilarli muvaffaqiyatga erishasiz.

Interfaol platformalar ko‘proq vaqtni talab qiladi, biroq hamma narsani o‘rgatadi

Interfaol platformalar multimedia materiallari va o‘yin mexanikasi orqali til o‘rganmoqchi bo‘lganlarga mos tushadi. Lingualeo, Study.ru, Englex, Duolingo kabi saytlarning barchasi grammatikadan tortib talaffuzgacha bo‘lgan bilimlarni har tomonlama kuchaytirishga qaratilgan.

Darslarni boshlashdan avval tizim foydalanuvchining o‘sha vaqtgacha o‘zlashtirgan bilimini sinovdan o‘tkazadi. Oddiy grammatika testidan o‘tganingizdan so‘ng siz o‘z darajangizni bilib olasiz va tizim bu daraja uchun maqbul bo‘lgan mashg‘ulotlarni tanlaydi. Shunda foydalanuvchining yangi so‘zlar va qoidalarni o‘zlashtirishi uncha qiyin kechmaydi. Topshiriqlar tilning barcha asosiy jihatlarini qamrab olgan: o‘qish, yozish, tinglash va gapirish.

Interfaol platformalarda professional o‘qituvchilar yoki o‘sha til egalari bilan nutq mahoratini oshirish mumkin. Bu variant, odatda, bepul o‘quv rejasida taqdim etilmaydi. Shuning uchun keraksiz xizmatga ortiqcha pul to‘lamaslik yoki, aksincha, nutq amaliyotidan mahrum bo‘lmaslik uchun qaysi obuna sizga mos kelishini va yangi bilimni o‘zlashtirish uchun qancha vaqt hamda pul sarflashga tayyor ekanligingizni oldindan hal qiling.

O‘rtacha bilimga ega bo‘lgan kishi kasb taqozosi bilan yoki boshqa maqsadda tilni tushunish qobiliyatini oshirmoqchi bo‘lsa, lekin bunga pul sarflashni istamasa, Irina Xarlakina Openlearning Avstraliya platformasiga yoki Coursera ta’lim agregatoriga murojaat qilishi mumkinligini tavsiya qiladi:

Bu variant til o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidagilarga to‘g‘ri kelmaydi — darslar umumiy ta’lim uchun mo‘ljallangan, shu sababli uni tushunish uchun kamida o‘rtacha bilim darajasi kerak.

Afzalliklaridan biri shuki, siz til o‘rganishdan tashqari, tarix, tasviriy san’at, biologiyaga oid bilimlaringizni ham oshirib olishingiz mumkin — har qanday didga mos keladigan kurslar mavjud.

Serial tomoshasi va kitob o‘qishni samarali mashg‘ulotga aylantirish mumkin

Teleseriallar tomosha qilish va audiokitoblar tinglash inglizcha nutqqa ko‘nikib, so‘z boyligini oshirishning samarali usuli hisoblanadi. Shuningdek, real vaziyatlarda u yoki bu iboralarni qanday qo‘llashni eslab qolishga ko‘maklashadi.

Yangi boshlaganlar chet tilini eshitib, tushunishga qiynalishi mumkin. Bunday vaziyatda ona tilidagi subtitrlardan foydalanishni tavsiya qilinadi. Bir muncha vaqt o‘tib, tushunish osonlashganini sezsangiz, ona tilingizdagi subtitrni ingliz tiliga o‘zgartiring. Sevimli serialingizni shu yo‘sinda muntazam tomosha qilib borish tez orada umuman subtitrlarsiz, o‘qish va tarjima qilishga chalg‘imagan holda tomosha qilish imkonini beradi.

Mutaxassis til o‘rganishni endigina boshlaganlarga sevimli filmlarini asl tilida ko‘rib chiqishni tavsiya qiladi. Garri Potter haqidagi klassik afsonani aktyorlarning haqiqiy ovozi bilan tomosha qilganingizda u yangicha ranglarda jilolanadi. Yangi o‘rganuvchilarga ilk bosqichda miyani ortiqcha zo‘riqtirmaslik uchun 25–30 daqiqali epizodlarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi — masalan, “Do‘stlar” (Friends), “Klinika” (Scrubs) yoki “Onangizni qanday uchratdim” (How I met your mother).

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, til o‘rganishda audiokitoblar yetarlicha to‘g‘ri baholanmaydi. Lekin u tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga, so‘z boyligini oshirishga va mashhur iboralar bilan tanishishga imkon beradi:

Boshlang‘ich va o‘rta darajalar uchun mo‘ljallangan kitoblarning ko‘pini internetdan bepul yuklab olish mumkin. Ularni telefoningizga saqlab olib, yugurish vaqtida yoki metroda tinglasangiz bo‘ladi. Masalan, ilk bosqichdagi o‘rganuvchilarga mos bo‘lgan digitalbook.io yoki Storynory kabilarni sinab ko‘ring.

Kompyuter o‘yinlari va ijtimoiy tarmoqlar endi til o‘rganishdan chalg‘itmaydi, aksincha, yordam beradi

Agar kitob va seriallar ingliz tilini o‘rganish uchun juda ko‘p vaqt talab qiladigan usulday ko‘rinsa, unda YouTube va TikTok yordamga keladi. Youtube videoxostingida siz xorijiy tildagi har qanday didga to‘g‘ri keladigan ko‘ngilochar yoki ma’lumot beruvchi kontentni topishingiz mumkin: eng sirli jinoyat tafsilotlaridan tortib sevimli rejissoringizning shaxsiy uslubi haqidagi ma’lumotlargacha. Mutaxassis tanilib borayotgan akkauntlar orasida IELTS’ga tayyorlovchi English Speaking Success, Speak English with Misterduncan, BBC telekanali tomonidan taqdim etiluvchi BBC Learn English yoki biznes lug‘atini rivojlantirish uchun Business English Pod kanalini alohida ta’kidlab o‘tadi. Tunda kayfiyatni ko‘tarish uchun Yevropa kulgi ustalarining chiqishlarini miriqib tomosha qilishingiz yoki sevimli texnoblogeringiz kanalida so‘nggi texnologik yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin.

TikTok trendlarida ingliz tilidagi foydali videolar ko‘p uchrab turadi. Videoroliklarga qo‘shiladigan ovozlarning aksariyati ingliz tilida ham yaratiladi — bu kulgili gaplar, taniqli shaxslardan iqtiboslar yoki mashhur qo‘shiqlardan parchalar bo‘lishi mumkin. Video uncha tushunarli bo‘lmasa, foydalanuvchilar yordamga keladi va gap nima haqida ketayotganini bajonidil tushuntirib beradi. Ko‘plab ingliz tilli blogerlar o‘z nutqiga subtitrlar qo‘shadi.

Mutaxassisning geymerlar uchun ham yaxshi yangiliklari bor: endi bu faoliyat foydalanuvchilarning kognitiv va ijodiy qobiliyatiga haqiqatan ham foyda keltirishi va rivojlantirishini isbotlashga hojat yo‘q. U bu haqida shunday deydi:

CS: GO, Warcraft, Minecraft kabi jamoaviy o‘yinlarda turli mamlakat o‘yinchilari o‘zaro muloqotda bo‘ladi. Bunda foydalanuvchilar tilni biryoqlama o‘rganadi, chunki muloqot jarayonida faqat matn terish tezligi va xorijiy nutqni idrok etish rivojlanadi. Ammo bu chet ellik hamfikrlar bilan tanishish va til bilan bog‘liq to‘siqni bartaraf qilishda ayni muddao. Bundan tashqari, so‘z boyligi ham oshadi.

Pandemiya davrida videomessenjerlar ko‘payishi chet tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan kishilarni bepul va qulay o‘quv vositasi bilan ta’minladi. Zoom, Skype kabi xizmatlar chet tilida so‘zlashuvchi kishilar bilan bog‘lanish imkonini beradi. Bundan tashqari, sizning tilingizni o‘rganayotgan chet ellik foydalanuvchilar bilan bepul yoki shartli ravishda bepul aloqa o‘rnatish mumkin bo‘lgan maxsus videoplatformalar mavjud. Shunday ekan, siz nafaqat ingliz tilini yaxshilashingiz, balki italiyalik yoki avstraliyaliklarni o‘z ona tilingizga qiziqtirishingiz mumkin. Mutaxassis howdoyou.do va lingoglobe saytlarida shu maqsadda do‘stlar orttirish mumkinligini ta’kidlaydi.

Ingliz tilini o‘rganish uchun 15 ta eng yaxshi ilova

Hozirda ingliz tilini o‘rganish keng ommalashgan, bu borada texnologik yechimlar ham talaygina. Quyida xalqaro tilni o‘rganishda eng qulay va foydali bo‘lgan 15 ta ilovani e’tiboringizga havola etamiz.

Ushbu dasturlarni iOS yoki Android smartfoningizga o‘rnating va istalgan vaqtda, istalgan joyda yangi tilni bemalol o‘rganish imkoniga ega bo‘ling.

Quyida keltirilgan barcha ilovalar o‘rganuvchining ingliz tilini bilish darajasiga qarab mo‘ljallangan. Qiyinlik darajasini belgilashingiz, shuningdek, o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan rejimni bo‘sh vaqtingizga qarab moslashingiz mumkin. Bitta dasturni tanlash va u bilan har kuni shug‘ullanish siz uchun yetarli.

Ilovalarni lug‘at boyligini oshirish va grammatikani takrorlash vositasi sifatida mustaqil yoki ingliz tili kurslariga qo‘shimcha element sifatida ishlatilishingiz mumkin.

1. Lingualeo

Ilova ommabop xizmatni turli xil mashg‘ulotlar bilan birgalikda taklif qiladi. Bu mashqlar so‘z boyligini kengaytirishga, shuningdek, o‘qish, yozish va tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Mashqlar gamifikatsiyaga asoslangan bo‘lib, ingliz tiliga qiziqishni yo‘qotmasdan, doimo intilishga undaydi.

2. Duolingo

Ilova kuniga bir necha daqiqa sarflash orqali ingliz tilini o‘yin shaklida o‘rgatadi. Oldin oddiy fe’llar va iboralardan boshlaysiz, sekinlik bilan mashqlar grammatikaga asoslanib boradi.

3. Poliglot 16

Ushbu ilova xuddi shu nomdagi kurs muallifi, taniqli poliglot Dmitriy Petrovga tegishli. Uning so‘zlariga ko‘ra, dastur atigi 16 ta darsda ingliz tilini bazaviy darajada o‘zlashtirishga imkon beradi. Kuniga kamida 15 daqiqa ajratish orqali, siz grammatika qoidalarini o‘rganasiz, kerakli so‘zlarni eslab qolasiz va erkin muloqot uchun iboralar tuzishni o‘rganasiz.

4. Memrise

Memrise – ingliz tilini zavqlantiruvchi mashg‘ulotga aylantiruvchi va yangi so‘zlarni yodlashni osonlashtiradigan o‘yin ko‘rinishidagi yana bir dastur. Memrise sarguzasht olamining kuratori sizni sirlarga boy olam bo‘ylab sayohatga chorlaydi. Bu sayohat davomida sizni sirli topshiriqlar va dushman agentlari kutib turadi. Bu yo‘lda sizga ajoyib yordamchilar ko‘maklashib boradi.

5. BBC Learning English

Ushbu dastur BBC’ning rasmiy ilovasi bo‘lib, unda ingliz tilini o‘rganish uchun radio va turli eshittirish korporatsiyalarining teledasturlarida chiqqan materiallar yig‘ilgan. Audiokontentdan tashqari, grammatikani o‘rganish, iboralar tuzish va yangi so‘zlarni o‘zlashtirish imkonini beruvchi turli xil mashqlar mavjud.

6. easy ten

Ushbu dastur yordamida siz har kuni berilgan leksik mashqni bajarish orqali 10 ta yangi so‘z yodlaysiz. Ilova ko‘p vaqtni talab qilmaydi: kuniga 20 daqiqa vaqt ajratish kifoya. Dastur 20 mingdan ortiq so‘zlarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, talaffuzni yaxshilashga ko‘maklashuvchi maxsus mashqlar ham mavjud. Bundan tashqari, yangi so‘zlarni tematik ro‘yxatlarga ajratishingiz va qo‘shimcha motivatsiya uchun progressingizni kuzatib borishingiz mumkin.

7. Words

Ushbu ilova App Store’ning “Ta’lim” sohasidagi eng yaxshi dasturlar kategoriyasiga tasodifan tushib qolmagan. Dasturning ma’lumotlar bazasida 8 mingdan ortiq so‘z mavjud va undan oflayn rejimda foydalanish mumkin. Asosiy afzalligi: ilova foydalanuvchi darajasiga moslashadi va vazifalarda ilgari qiyinchilik tug‘dirgan so‘zlarni aniqlaydi, keyingi mashqlarda o‘sha so‘zlar siz eslab qolmaguncha berib boriladi.

8. LearnEnglish Grammar

Bu ingliz tilini takomillashtirishni istaganlar uchun Britaniya Konsulligi tomonidan taklif qilingan ilovadir. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, u grammatikani o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, istalgan darajaga erishishda yordam beradi. Mashq qilasiz, test savollariga javob berasiz va turli mavzulardagi iboralar tuzilishini kuzatib borish orqali boy tajribaga ega bo‘lasiz.

9. Rosetta Stone

Ushbu ilova, asosan, yangi so‘zlarni yodlashga e’tibor qaratadi. Shu bilan borga, talaffuzni baholash dasturi o‘rganilgan so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi. Ilova bepul taqdim etiladi, ammo pullik materiallar ham mavjud.

10. Voxy

Ushbu ilovaning boshqalaridan asosiy farqi shundaki, u real vaqtda sizning ehtiyojlaringiz va xohishlaringizga moslashadi. TOEFL’ga tayyorlanishni xohlaysizmi? Yoki sayohat paytida kerak bo‘ladigan iboralarni o‘rganib olmoqchimisiz? Balkim, ingliz tilidagi suhbatga tayyorgarlik ko‘rayotgandirsiz? Marhamat! Bunda ingliz tilida so‘zlashadigan malakali murabbiylar sizga yordam berishadi.

11. Rememba

Yangi iboralarni yodlash va so‘z boyligini kengaytirish uchun maxsus yaratilgan oddiy va qulay dastur. O‘qish jarayoni kartochka usuliga asoslanadi, ular o‘zlashtirishga qarab kamroq yoki tez-tez namoyish etiladi. So‘zlarni o‘zingiz qo‘shishingiz yoki tayyor lug‘at to‘plamidan foydalanishingiz mumkin.

12. English Grammar in Use

Cambridge University Press’dan grammatikani rivojlantirishga qaratilgan ilova. English Grammar in Use yordamida yordamida siz artikllar, noto‘g‘ri fe’llar va otlarni avtomatik ravishda ishlatishingiz mumkin bo‘ladi.

13. 15 000 Useful Phrases

Muloqot jarayonida ko‘p ishlatiladigan 15,500 dan ortiq qiziqarli iboralarni o‘z ichiga olgan ilova-lug‘at. Shuningdek, bu ibora va so‘zlarni professional ish muhitida ham bemalol qo‘llashingiz mumkin.

14. WordBook

Dastur shunchaki lug‘at emas, haqiqiy xazina endi sizning smartfoningizda: 150 ming so‘z, imlo tekshiruvi va anagramlarni yaratish uchun so‘zlarni qidirish imkoniyati. Bundan tashqari, ilova har kuni sizga taqdim etadigan so‘zlarini yodlab borasiz. Lug‘at oflayn rejimda ishlaydi.

15. Puzzle English

Mavjud ko‘nikmalarga qaramasdan, ingliz tilini o‘rganish uchun video va audio jumboqlar, shuningdek, boshqa qiziqarli topshiriqlarni taklif qiluvchi qiziqarli dastur. O‘quv dasturi foydalanuvchi maqsadiga qarab individual ravishda tuziladi.

Ingliz tilini qanday talaffuz qilish

Ingliz tilini o’rganishning aksariyati ingliz tilini qanday talaffuz qilish masalasiga tushadi. Boshqa maqsadlar ham mavjud, ammo ingliz tilida gapirishni o’rganish boshqalar bilan muloqotda bo’lishga yordam beradi va TOEFL, TOEIC, IELTS, Kembrij va boshqa imtihonlarda yaxshi natijalarga olib keladi. Ingliz tilini qanday bilishni bilish uchun sizda reja bo’lishi kerak. Inglizcha ingliz tilida gapirish bo’yicha ushbu qo’llanmada siz ingliz tilida gapirishni o’rganishingiz mumkin.

Agar siz allaqachon ingliz tilini bilsangiz, ushbu qo’llanma sizning ingliz tilida gapirish qobiliyatingizni tezroq yaxshilashga yordam beradi.

Qiyinchilik

Vaqt kerak

Olti oydan uch yilgacha

Mana qanday qilib

Qaysi turdagi ingliz tilini o’rganayotganingizni aniqlang

Ingliz tilida gapirishni o’rganayotganda siz avval qanday ingliz tilida o’qiyotganingizni bilishingiz kerak. O’zingizga savol bering, nima uchun men ingliz tilida gapirishni xohlayman? Ishim uchun ingliz tilida gapirishim kerakmi? Men sayohat va sevimli mashg’ulotlariga sayohat qilish uchun ingliz tilida gapirishni xohlayapmanmi yoki jiddiyroq narsalarni eslay olasizmi? Bu erda “Ingliz tili o’quvchining turi nima?” sizga yordam berish uchun.

Maqsadlaringizni tushuning

Siz ingliz tilidagi o’quvchining qaysi turini bilsangiz, maqsadlaringizni yaxshiroq tushunishga kirishasiz. Maqsadlaringizni bilganingizdan so’ng ingliz tilini yaxshi bilish uchun nima qilish kerakligini yaxshiroq bilib olasiz. Bu sizga qanday turdagi o’quvchini tushunishingizga o’xshaydi. Siz ingliz tilingiz bilan bog’liq bo’lgan narsalarning ro’yxatini yozing.

Siz ikki yil ichida ingliz tilida ravon gapirishni xohlaysizmi? Restoranda ovqat qilish va buyurtma berish uchun etarli ingliz tilida bo’lishni xohlaysizmi? Ingliz tilida nima qilishni aniq bilib olsangiz, siz ingliz tilida gapirishni o’rganishingizga yordam beradi, chunki siz maqsadlarga erishish uchun harakat qilasiz.

Sizning darajangizni bilib oling

Ingliz tilida gapirishni o’rganishdan oldin, qaerdan boshlash kerakligini bilishingiz kerak.

Bir darajadagi testni qo’llash sizning darajangizni tushunishingizga yordam beradi va ingliz tilida yaxshi gapirishni o’rganish uchun sizning darajangizga mos resurslardan foydalanishni boshlashingiz mumkin. Albatta, siz ingliz tilida gaplashishni o’rganish bilan emas, balki turli xil sozlamalarda ingliz tilini qanday o’qishni, yozishni va foydalanishni o’rganasiz. Ushbu viktorina sizning darajangizni topishga yordam beradi. Boshlang’ich darajasidagi testdan boshlang va keyin harakat qiling. Siz 60% dan kamroq vaqtni olganingizdan so’ng to’xtating va shu darajadan boshlang.

Ta’lim strategiyasiga qaror bering

Endi siz ingliz tilini o’rganish maqsadlarini, uslubini va darajasini anglashingiz uchun ingliz tilini o’rganish strategiyasini tanlash vaqti keldi. Ingliz tilini qanday talaffuz qilish savoliga oddiy javob , siz uni imkon qadar tez gapirishingiz kerak. Albatta, bundan ham qiyin. Qaysi turdagi ta’lim strategiyasini qabul qilish kerakligini hal qilish orqali boshlang. Faqat yolg’iz o’qish istaysizmi? Sinf olish istaysizmi? Ingliz tilini o’rganishga qancha vaqt sarflaysiz ? Ingliz tilini o’rganish uchun qancha pul to’lamoqchisiz? Bu savollarga javob bering va strategiyangizni tushunasiz.

Grammatikani o’rganish uchun birgalikda bir rejani joylashtiring

Agar siz ingliz tilida gapirishni bilmoqchi bo’lsangiz, ingliz tilini qanday ishlatishni bilishingiz kerak bo’ladi.

Mana ingliz tilini yaxshi grammatikaga ega bilish uchun beshta eng yaxshi maslahatim.

Kontekstdan grammatikani o’rganish. Vaqtni belgilaydigan mashqlarni bajaring va qisqa o’qish yoki tinglash tanlovidan.

Ingliz tilida gaplashishni o’rganayotganda siz mushaklaringizni ishlatishingiz kerak. Grammatika mashg’ulotlarini ovoz chiqarib o’qing, bu sizga nutqda grammatikani qo’llashni o’rganishga yordam beradi.

Juda grammatikani qilmang! Grammatikani tushunish sizga gapirishni anglatmaydi. Ingliz tilidagi boshqa vazifalar bilan grammatikani muvozanatlash.

Har kuni o’n daqiqa grammatikani bajaring. Har haftada haftada bir marta kamdan-kam hollarda ishlaydi.

Ushbu saytda o’z-o’zini tadqiq qilish resurslaridan foydalaning. Bu erda saytni yaxshilash uchun sizga yordam beradigan grammatik resurslar ko’p.

Gapirish ko’nikmalarini o’rganish uchun birgalikda rejani tuzing

Agar siz ingliz tilida gapirishni bilmoqchi bo’lsangiz, har kuni ingliz tilida gaplashish uchun rejangiz bo’lishi kerak.

Mana, siz faqatgina o’qishni emas, har kuni ingliz tilida gapirishingizga ishonch hosil qilish uchun mening eng yaxshi besh maslahatim.

Ovozingizni ishlatib, barcha mashqlarni bajaring. Grammatika mashqlari, o’qish mashqlari, hamma narsa ovoz chiqarib o’qilishi kerak.

O’zingizga gapiring. Sizni tinglaydigan kishi haqida tashvishlanmang. O’zingiz uchun tez-tez ingliz tilida gapiring.

Har kuni bir mavzu tanlang va u mavzu haqida bir daqiqa gapiring.

Onlayn mashqlardan foydalaning va Skype yoki boshqa dasturlar yordamida ingliz tilida gapiring. Sizni boshlash uchun ingliz tilida so’zlashadigan ba’zi amallar.

Ko’p xatoga yo’l qo’ying! Xatolar haqida tashvishlanmang, ko’p ishlarni qiling va ularni tez-tez bajaring.

So’z bilan tanishish uchun birgalikda rejani tuzing

Ko’p turli mavzularda ingliz tilida gapirishni bilishingiz uchun sizga ko’p so’z kerak bo’ladi. Sizni boshlash uchun ba’zi taklif va manbalar.

So’z daraxtlarini qiling. So’zning daraxtlari va boshqa qiziqarli mashqlar tezroq o’rganish uchun so’z birikmalarini birgalikda yig’ishda sizga yordam berishi mumkin.

Jilddagi o’rgangan yangi so’zlarni kuzatib boring.

Batafsil so’zlarni yanada tezroq o’rganish uchun ingl. Lug’atlardan foydalaning.

Siz yoqtirgan mavzular haqida so’zlarni o’rganishni tanlang. Sizni qiziqtirmaydigan so’zlarni o’rganishning hojati yo’q.

Har kuni biroz so’zni o’rganing. Har kuni ikki yoki uchta yangi so’z / iborani o’rganishga harakat qiling.

O’qishni / Yozishni o’rganish uchun birgalikda rejani tuzing

Agar siz ingliz tilida gapirishni o’rganishni istasangiz, o’qish va yozishni juda tashvishga solmasligingiz mumkin. Shunga qaramay, ingliz tilida o’qish va yozishni o’rganish hamda ingliz tilida qanday gapirishni o’rganish yaxshi bo’ladi.

Bloglardagi qisqa matnlarni yoki ingliz tilidagi mashhur veb-saytlardagi sharhlarni yozishni mashq qiling. Odamlar ushbu saytlarda xatoliklarni kutishadi va siz juda xush kelibsiz.

Ingliz tilini o’rganish uchun o’qing. Siz yoqtirgan mavzuni tanlang va u haqida o’qing.

Yozish paytida bevosita o’z tilingizda tarjima qilmang. Oddiy qilib turing.

Bilan talaffuz qilish uchun birgalikda rejani tuzing

Ingliz tilini o’rganish shuningdek, ingliz tilini qanday talaffuz qilishni o’rganishni anglatadi.

Ingliz musiqasi haqida bilib oling va ingliz tilida talaffuz qilish qobiliyatiga qanday yordam berishi mumkin.

Oddiy talaffuz haqida bilib oling.

Yaxshi talaffuzni amaliyot orqali o’rganish uchun talaffuz dasturini ishlatib ko’ring.

Ingliz tovushlarini tushunishga yordam beradigan yaxshi fonetik transkripsiyalar mavjud lug’at oling .

Og’zidan foydalaning! Har kuni baland ovoz bilan gapiring, sizning talaffuzingiz yaxshi bo’ladi.

Ingliz tilida gapirish uchun imkoniyatlar yaratish

Ingliz tilidan tez-tez foydalanish ingliz tilida yaxshi gapirishni o’rganish kalitidir. Internet orqali ingliz tilida o’qiydigan jamoalarga qo’shiling, masalan iTalki Skype bilan boshqalar bilan ingliz tilida so’zlashish uchun. Mahalliy klublarga qo’shiling, ingliz tiliga gapirish, turistlarga gapirish va ularga yordam berish. Agar siz ingliz tilini o’rganishni o’rganayotgan do’stlaringiz bo’lsa, har kuni ingliz tilida gaplashish uchun har kuni 30 daqiqadan vaqt ajrating. Yaratguvchi bo’ling va ingliz tilida gaplashish uchun iloji boricha ko’proq imkoniyatlar yarating.

Maslahatlar

  1. O’zingizga sabr-toqatli bo’ling. Ingliz tilini yaxshi bilishni o’rganish uchun biroz vaqt ketadi. O’zingizga vaqt ajratib turing va o’zingizga yaxshi munosabatda bo’ling.
  2. Har kuni hamma narsani bajaring, ammo undan zerikarli vazifalardan o’ndan o’n besh minutgacha. Agar siz tinglash qobiliyatini yaxshilashni istasangiz, radiodan bir soatdan ziyodgina o’n besh daqiqa tinglang. O’n daqiqalik grammatik mashqlarni bajaring. Hech qachon juda ko’p Ingliz qilmang. Haftada ikki marta emas, balki kundan-kunga biroz yaxshiroq qilish yaxshidir.
  3. Xatolar tuzing, xatolarga yo’l qo’ying va xatolaringizni davom eting. Sizning o’rganishingiz mumkin bo’lgan yagona yo’l – bu xatoliklarni tuzish, ularni tez-tez qilish va ularni tez-tez qilish.
  4. O’zingiz xohlagan narsalar haqida ingliz tilida gapirishni o’rganing. Agar mavzu haqida gapirishdan zavqlansangiz, ingliz tilida qisqa muddatda yaxshi gapirishni o’rganish siz uchun juda oson bo’ladi.

Sizga nima kerak

  • Sabr
  • Vaqt
  • Xato qilish istagi
  • Siz bilan ingliz tilida gaplashadigan do’stlar
  • Ingliz tilidagi kitoblar yoki Internet resurslari

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.