Press "Enter" to skip to content

Oʻzbek xalqining Ikkinchi jahon urushida ko rsatgan yuksak jasorati

Aholisining o’rtacha zichligi 1 km
2
ga 37 kishi bo’lgani holda O’rta Yer, Qora va Kaspiy
sohillarida 50-100 kishi, baland tog’ va cho’llarda 1-10 kishiga to’g’ri keladi.
Urbanizasiya darajasi Quvaytda 96 %, Isroilda 92 % , Katarda 80 %, Omanda 13%.
Regionda 21 dan ortiq millioner shahar va shahar aglomerasiyalari mavjud. Ular ichida
Istambul va Tehron eng yyirikgidir. (10-20 mln kishi).
Region davlatlari davlat tuzumiga ko’ra mutloq teokratik, konstitusion, federal monarxiya
davlatlariga va respublika davlatlariga bo’linadi.

Janubi Sharqiy Osiyo davlatlari

O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’Lİm vaziRLİGİ

Janubi Sharqiy Osiyo davlatlari

Janubi Sharqiy Osiyo davlatlari.

Bu regionga Hindi-Xitoy va Malakka yarimorollari hamda Malaya arxipelagida joylashgan
11ta davlat kiradi. Ular II-jahon urushiga qadar Buyuk Britaniya, Fransiya va Gollandiyaning
mustamlakasi bo’lgan. Mazkur davlatlar 1989- yilgacha o’z mustaqilligini qo’lga kyiriktgan.
Eng oxyirikda esa 2002 yil 20-may kuni Sharqiy Timor mustaqil deb e’lon qilindi.
Region xududi 4,4 mln km
2
bo’lib, er shari quruqlik maydoninig 3,1 % ini egallagan.
Maydoniga ko’ra eng yirik davlatlari: Indoneziya (1,9 mln km
2
), boshqa davlatlarning
birortasining maydoni 677 ming km
2
dan (Myanma) katta emas. Maydoning kattaligiga ko’ra
eng mittisi Singapur (0,6 ming yoki 620 km
2
) bo’lib, uning maydoni Moskva shahari
maydonining 2/3 qismiga teng. Singapur maydonining uzunligi 42 km, eni 22 km. Singapurdan
tashqari Bruney (6000 km
2
), Sharqiy Timor (15 ming km
2
) kabi kichik davlatlar ham
joylashgan.

58
Indoneziya rspublikasi 13700 dan ortiq orollardan tashkil topgan. Iqtisodiy geografik
o’rnining qklayligi avvalo regionning barcha mamlakatlarini (Laosdan tashqari) dengiz bo’yida
joylashganligi;
− region mamlakatlarining bir-byirikga qo’shni joylashganligi
− muhim dengiz yo’lari bo’yida joylashganligi
Masalan Singapur ham Sharqiy, ham G’arbiy darvoza.
Janubi-Sharqiy Osiyo iqlimiy jihatidan ekvatorial va subekvatorial mintaqalarda
joylashganligi uchun yog’in-sochin mo’l. Shuning uchun o’simliklarga ayniqsa o’rmonlarga boy.
Indoneziya va Filippin orollari birinchi darajali seysmik mintaqaga kirganligi uchun tez-tez
kuchli zilzilalar bo’lib turadi (masalan, 2004 yil 26-dekabrdagi sunamida 300 ming odam o’ldi)
va harakatdagi vulqonlar ko’p (Apo, Karakatau, Slamet, Kerinchi).
Janubi-Sharqiy Osiyo foydali qazilmalarga boy. Ayniqsa, qalayi, neft-gaz, volfram, nikel,
xrom kabilarga. Masalan: dunyoda xrom qazib olish bo’yicha Filippin 5-o’rinda, nikel qazib
olish bo’yicha Indoneziya 5-o’rinda, Filippin 7-o’rinda, mis qazib olish bo’yicha Filippin 8-
o’rinda turadi. Malakka yarim oroli erning qalayi belbog’i nomini olgan bo’lib, bu erda er
sharidagi eng yirik qalayi zapasi joylashgan. Bruney sultonligi OPEK ga a’zo, Indoneziya esa
kuzatuvchi.

Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarining boshqarilish shakli va davlat tuzumi xilma-xil. Masalan:
Vetnam, Laos,Myanma, Indoneziya, Filippin, Singapur kabi davlatlar respublika, Bruney,
Malayziya, Kambodja, Tailand kabi davlatlar monarxiya shaklida boshqariladi. Myanma va
Malayziya federativ davlat tuzilishiga ega.
Aholisi.
Janubi-Sharqiy
Osiyoda 544 mln kishidan (2003y) ortiq aholi yashaydi. 2006-yilda
565 mln kishiga etdi. Tug’ilish koeffisienti 22 ‰, o’lim 7‰ . 1 ayolga 2,7 bola to’g’ri keladi. 15
yoshgacha bo’lganlar jami aholining 31 % ini, 64 yoshdan o’tganlar 5 % ini tashkil etadi.
O’rtacha umr 66-70 yosh. YAMD –3390 $. Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari aholisi er shari
aholisining 8,5 % ini tashkil etadi. Aholisi soniga ko’ra Indoneziya (220 mln), Filippin (82 mln),
Vetnam (81 mln), Tailand (63 mln) , Myanma (50 mln) kabi davlatlar etakchi (2003). Aholisi
soni eng kam bo’lgan davlatlar: Bruney (0,4 mln), Sharqiy Timor (0,8 mln) kabilardir.

Region aholisi yiliga 9-10 mln kishiga ko’paymoqda. Eng yuqori tabiiy ko’payish Vetnam,
Laos, Kambodja, Filippinga to’g’ri keladi. Aholi ko’payishi shu holatda ketsa, 2025 yilga borib
dunyodagi eng seraholi 11 davlat qatoriga Filippin va Vetnam ham kiradi. Tug’ilish ko’rsatkichi
eng yuqori davlatlar: Laos (36‰), Kampuchiya (28‰), Filippin .
Tug’ilish ko’rsatkichi eng past bo’lgan davlatlar; Cingapur (11‰), Tayland (13‰).

Janubi-Sharqiy Osiyoda tug’ilish koeffisenti 22‰ ni tashkil etadi.
Yoshlar salmog’i eng yuqori (43-44 %) bo’lgan mamlakatlar: Kambodja, Laos, Sharqiy Timor;
eng kam bo’lgan davlatlar: Singapur, Tailand (21-23%). Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari
aholisining o’rtacha zichligi 1km
2
122 kishi bo’lgani holatda, Vetnam, Tailand, Filippinda 200
kishidan ortiq, Laos,Kambodja,Bruneyda 35-40 kishi. Yava yarimorolida 2000 kishi va
Singapurda 6653 kishini tashkil etadi. Ko’pchilik davlatlari ko’p millatlidir. Masalan:
Indoneziyada 150 dan ortiq, Vetnamda 50 dan ortiq, Myanma va Tailandda30 dan ortiq xalq
yashaydi. Urbanizasiya darajasi Singapurda 100%, qolgan barcha davlatlarda 40 % ga etmaydi.
Millioner shaharlari jami 15 ta bo’lib, ular ichida eng yyirikgi Jakarta (9 mln). Hindi-Xitoy
aholisi asosan buddizmga, Malaya arxipelagi aholisi islom diniga e’tiqod qiladi. Dunyoda
musulmonlar soni eng ko’p bo’lgan davlat Indoneziya.
Xo’jaligi XX asrning 70 yillariga qadar Janubi-Sharqiy Osiyo jahonning eng qoloq
o’lkalaridan bo’lib kelgan. Shu yillardan keyin ichki iqtisodiy rivojlanish, tabiiy resurslar (tog’-
kon) va chet el investisiyalari omillari ta’syirikda region mamlakatlarida keskin o’zgarishlar
ro’y bera boshladi.

Hozirda region mamlakatlari sanoatining rivojlanishiga ko’ra 4 guruhga bo’linadi:
1.Yangi sanoatlashgan “Osiyo yo’lbarslari” davlatlari: Singapur, Tailand va Malayziya. Bu
mamlakatlarda Yapon kapitali ta’syirikda va mahalliy ishbilarmonlar faoliyati tufayli “iqtisodiy
mo’jiza” lar ro’y bermoqda. Masalan: Singapur dunyodagi eng yirik savdo markazi, moliyaviy

59
markaz, turizm markazi, industrial markaz (neftni qayta ishlash, kemasozlik, elektrotexnika)
larga aylanib bormoqda. Malayziyada kondensionerlar, elektro va radio texnikalar,
avtomashinalar va boshqa rezina buyumlar, maishiy texnika buyumlari, rangli metallurgiya
sanoati; Tailandda tabiiy kauchuk buyumlari, rangli metallurgiya sanoati, mashinasozlik, engil
sanoat rivojlanib bormoqda.
2. Neft-gaz sanoati rivojlangan davlatlar: Indoneziya va Bruney sultonligi.

Indoneziya yiliga 65 mln t.dan ortiq neft qazib oladi, 30 mlrd m
3
dan ortiq tabiiy gaz qazib
oladi. Asosiy sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, neft – kimyo, tikuvchilik va to’qimachilik,
qorametallurgiya sanoati, kauchuk va o’rmon sanoatlari. Eng yirik sanoat markazlari: Jakarta,
Surabaya, Medon, Padang, Bandun shaxarlarida joylashgan.
Bruney sultonligida sanoat tarmoqlari rivojlanmagan bo’lib, u erda qazib olinayotgan neft
(yiliga 8-10 mln t) va tabiiy gaz (10-13 mlrd m
3
) hom holatida eksportga chiqariladi.
3. Industrlashtirish yo’lidan borayotgan davlatlar. Bu guruhda Vetnam aloxida ajralib turadi.
Mamlakatda qorametallurgiya, mashinasozlik, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoatlari rivojlanib
borayotgan bo’lsada, xo’jalikda oziq-ovqat va engil sanoat etakchidir. Yirik sanoat markazlari
Xanoy va Xoshiminda joylashgan. Myanmada asosan sellyuloza – qog’oz sanoati, to’qimachilik,
oziq-ovqat va rangli metallurgiya sanoatlari rivojlanmoqda. Yirik sanoat markazi Yangon
shahrida joylashgan.

Filippinda asosan tog’-kon sanoati (mis, xrom, temir, alyuminiy) engil va oziq-ovqat sanoati
rivojlanib bormoqda. eng yirik sanoat markazlari: Manila va Sebu shaharlari.
4. Sanoati juda sust rivojlangan davlatlar: Laos va Kambodja. Ularda asosan xunarmandchilik,
zargarlik va qo’lda buyumlar yasash (savat, shlyapa). Bruney va Sharqiy Timorda zamonaviy
sanoat yo’q. Janubi-Sharqiy Osiyoda oziq-ovqat sanoati muhim o’rin tutadi. Dunyo bo’yicha
kokos yog’i ishlab chiqarish va uni eksport qilishda mazkur region etakchi bo’lib, bu sohada
Indoneziya, Malayziya, Tailand davlatlari etakchi. Choy sanoati Indoneziya, Malayziya,
Vetnamda ; qand-shakar sanoati Indoneziya, Malayziya, Tailand ; kofe sanoati Indoneziyada ;
brouler xo’jaligi (akarashka) Tailand, Malayziya, Myanmada yaxshi rivojlangan.
Qishloq xo’jaligi. Janubi-Sharqiy Osiyo qishloq xo’jaligi asosiy o’rnida oziq-ovqat ekinlari
turadi. Bunga sabab oziq-ovqat muammosini bu regionda xaligacha hal qilinmaganligidir.
Regionning musson iqlimli joylarida, Mekong, Irovadi va Xongxa daryo vodiylarida sholikorlik
rivojlangan. Bu erlarda yil bo’yi sholi etishtiriladi va 2-3 marta hosil yig’ib olinadi. Indoneziyada
jami ekin maydonining 2/3 qismiga, Filippinda 90% iga sholi ekiladi. Mekong va Xongxa
daryolarining deltalari Vetnamning “sholi savatchasi” (karzinasi) nomini olgan. Regiondagi
asosiy sholi etishtiruvchi davlatlar:
Indoneziya (yiliga 45 mln t. dunyoda 3- o’rin).
Tailand (yiliga 21 mln t. 4-o’rin)
Vetnam (yiliga 19 mln t. 6- o’rin)
Myanma (yiliga 15 mln t.)
Filippin (yiliga 8 mln t.)

Shakarqamish etishtirish bo’yicha dunyoda indoneziya 7- o’rinda turadi. Mamlakatda yiliga
25 mln t dan ortiq shakarqamish etishtiriladi. Dunyo bo’yicha etishtiriladigan tabiiy
kauchukning 85 % ini Janubi- Shraqiy Osiyo davlatlari, avvalo Indoneziya, Tailand, Malayziya
uchligi beradi.

Myanma, Tailand, Laos chegarasida dunyodagi eng mashhur “oltin burchak” joylashgan.
Asosan Indoneziyada qisman Vetnamda kofe etishtirish rivojlangan. Region qishloq
xo’jaligida yuqoridagilardan tashqarichoy, kakao, paxta, eryonhoq, tamaki, kokos va moyli
palma etishtirish rivojlangan. Janubi-Shraqiy Osiyoda chorvachilik sust rivojlangan bo’lib, bu
tarmoqdan faqat parrandachilik (broyler) yaxshi rivojlangan. Janubi-Sharqiy Osiyo dunyo
bo’yicha YAIM 2,2 % ini beradi.
Transporti. Temir yo’l transporti eng rivojlangan davlatlar: Indoneziya (7 ming km

) va
Myanma (5 ming km). avtomobil transporti va yo’llarining uzunligi ortib uning ahamiyati oshib
bormoqda. indoneziya va Filippinda dengiz transporti rivojlangan. Regiondagi eng yirik dengiz

60
porti Singapur (yiliga 115 -120 mln t yuk o’tkazadi) va Bangkok (60 mln t.) portlaridir.
Xoshimin,Jakarta, Surabaya portlari kichikroq. Havo transporti xalqaro aloqalarda muhim o’rin
tutadi. Eng katta aeroporti Changi (Sing). Keyingi o’rinlarda Bangkok va Jakarta aeroportlari
turadi. Janubi- Sharqiy osiyo tabiiy va tarixiy rekreasion resurslarga boyligi uchun keyingi
paytlarda xalqaro turizm va dam olish tarmoqlari rivojlanib bormoqda.

Asosiy eksporti: neft-gaz, qalayi, volfram, nikel, mis, alyuminiy, xrom, radiotexnika, rezina
buyumlar, elektrotexnika, kondisionerlar, sholi, kauchuk,kofe, kokos yong’og’i va yog’i, broyler,
tropik mevalar, tamaki.

Asosiy importi: mashina va jihozlar, kapital, bug’doy, sanoat mahsulotlari. Pul birligi: rupiya
(Indoneziya), peso (Filippin), rentit (Malayziya), dollar (Singapur va Bruney), bat (Tailand),
dong (Vetnam), riel (Kambodja), kip (Laos), kyat (Myanma).

Janubi-G’arbiy Osiyo davlatlari.
Bu regionda Yaqin va O’rta Sharq hamda Kavkaz orti 20 mamlakati joylashgan. Uning
maydoni 7 mln km
2
, aholisi 245 mln kishidan ortiq. Bu regionda dunyodagi eng yirik yarimorol
Arabiston va Kichik Osiyo yarimoroli joylashgan. Bu regiondagi Afg’oniston, Armaniston va
Ozarbayjondan tashqari barcha davlatlar dengiz bo’yida joylashgan. Bu iqtisodiy qulaylikdir. Bu
regionning iqtisodiy geografik o’irninng qulayligi: ko’pchilik davlatlarning dengiz bo’yida
joylashganligi, Yevropa, Shimoliy Afrika va Hindistonga yaqinligi, muhim dengiz va havo
yo’llarida joylashganligi, neft va tabiiy gazga boyligi. Bu regionni iqtisodiy jihatdan eng kuchli
davlatlari: Turkiya, Isroil, Kipr. Eng qoloqlari: Afg’oniston, Yaman.
Janubi-G’arbiy Osiyoning dunyo miqyosida tutgan o’rni quyidagicha: bu region er shari
maydoninig 4,6 % ini egallagan ; dunyo aholisining 4,6 % ini o’z ichiga oladi; dunyo bo’yicha
YAIM ning 2,6 % ini shu region beradi ; dunyo bo’yicha yalpi eksport mahsulotining 3, 7 % i
shu regionga to’g’ri keladi.
Tabiiy sharoiti juda xilma-xil. Turkiya, Armaniston, Afg’oniston, Eron kabi davlatlarda
tog’lar katta maydonni egallagan. Arabiston yarimoroli davlatlarida cho’llar (Rub-el- Xali, Katta
va kichik Nefut, Suriya), Eronda esa sho’rxok cho’llar (Dashti-Kevir, Dashti-Lut) katta
maydonlarni egallagan. Iqlimiy jihatdan regionni shimolini subtropik, katta janubiy qismini esa
tropik iqlim mintaqasi egallagan.

Regionning asosiy foydali qazilmasi neft va tabiiy gaz. Jahon neft zaxirasining 2/3 qismi,
qazib olishning ¼ qismi Fors korfazi bo’yi davlatlariga to’g’ri keladi. Neft zahirasi bo’yicha
dunyoda Saudiya Arabistoni, Eron, Iroq, Quvayt, BAA etakchi o’rinda turadi.
Dunyoda topilgan 30 ta ulkan neft konining 15 tasi Fors korfaziga to’g’ri keladi. Gavar
(Saudiya Arabistoni), Al-Burxon (Quvayt), Manifa (Saudiya Arabistoni) kabi konlardan
sutkasiga 2 ming tonnagacha neft fontan bo’lib otilib chiqadi. Neft quduqlarining umumiy soni 5
ming ta.
Tabiiy gazni qazib chiqarish bo’yicha Saudiya Arabistoni, Iroq, Eron va BAA davlatlari
etakchi.
Fosforitning yirik konlari Iordaniyada (dunyoda 5-o’rinda). Kaliy tuzining yirik konlari
Isroilda (5-o’rinda). Oltingugurtning yirik konlari Iroqda (dunyoda 4-o’rinda). Mis va xromning
yirik konlari Eron va Turkiyada. Gidroenergiya resurslariga Afg’oniston, Gruziya va Armaniston
boy. Turkiya va Kiprning O’rta Er dengizi sohillari tabiiy-rekreasion resurslarga boy. Shuning
uchun u erlarda turizm rivojlangan.
Aholisi . Kavkaz orti davlatlari, Isroil va Kiprdan tashqari barcha davlatlarda demografik
portlash, ayniqsa Falastin hududida (yillik o’sish 3,7 %). Aholi soniga ko’ra:
Turkiya (71 mln 2003 yil, 73,7 mln 2006 yil);
Eron (67 mln 2003 yil, 71 mln 2006 yil);
Afg’oniston (29 mln 2003 yil, 31 mln 2006 yil);
Iroq (24 mln 2003 y, 29,6 mln 2006 y);
Saudiya Arabistoni (24 mln 2003 y, 24 mln 2006 y);
Yaman (19 mln 2003 y, 21,6 mln 2006 y);

61
Suriya (18 mln 2003 y, 29,5mln 2006 y) kabilar etakchi.

Baxrayn, Katar, Kipr kabi davlatlarda aholi soni 1mln kishiga etmaydi. Regionning qolgan
barcha davlatlarida (Kavkaz orti, BAA, Isroil, Iordaniya, livan, Amman, Quvayt, Falastin) aholi
soni 2,5-8,2 mln (2003 y) kishi oralig’ida.
Tug’ilish koeffisienti eng yuqori bo’lgan davlatlar: Yaman (43 ‰), Afg’oniston (42‰),
Falastin (39‰), Iroq , Saudiya Arabistoni (35‰). Dunyo bo’yicha 22‰.
Tug’ilish koeffisienti eng past bo’lgan davlatlar: Gruziya (9‰), Kipr (12‰), Armaniston,
Ozarbayjon (14‰).

O’lim koeffisienti eng yuqori bo’lgan davlatlar: dunyo bo’yicha 9 ‰. Afg’oniston (18‰),
Iroq va Yaman (10‰).
O’lim koeffisienti eng past davlatlar: BAA, Quvayt (2‰), Baxraynda (3‰).
Chaqaloqlar o’limi eng yuqori Afg’onistonda (154‰); eng kam Kipr va Isroilda (5‰). Dunyo
bo’yicha 55‰.

15 yoshgacha bo’lganlar soni eng ko’p davlatlar: Yaman (48%), Iroq (47%), Falastinda (46
%), Saudiya Arabistoni (43 %). Dunyo bo’yicha 30 %.
15 yoshgacha bo’lganlar soni eng kam davlatlar: Gruziya (20%), Kipr (22 %), Armaniston (24
%).

64 yoshdan yuqori bo’lganlar soni eng ko’p va eng kam bo’lgan davlatlar: Gruziya (14 %),
Kipr, Katar (11%), BAA (1%), Quvayt (2 %).Dunyo bo’yicha 64 yoshdan o’tganlar 7%.

IYAD salmog’i dunyo bo’yicha 7160 $ (2001 y). Regionda IYAD eng yuqori : Quvaytda
(21500$), Kiprda (21100$), eng past: Yaman (730$).

Aholisining o’rtacha zichligi 1 km
2
ga 37 kishi bo’lgani holda O’rta Yer, Qora va Kaspiy
sohillarida 50-100 kishi, baland tog’ va cho’llarda 1-10 kishiga to’g’ri keladi.
Urbanizasiya darajasi Quvaytda 96 %, Isroilda 92 % , Katarda 80 %, Omanda 13%.
Regionda 21 dan ortiq millioner shahar va shahar aglomerasiyalari mavjud. Ular ichida
Istambul va Tehron eng yyirikgidir. (10-20 mln kishi).
Region davlatlari davlat tuzumiga ko’ra mutloq teokratik, konstitusion, federal monarxiya
davlatlariga va respublika davlatlariga bo’linadi.

Aholisining etnik tarkibiga ko’ra Arabiston yarimoroli davlatlari bir millatli, Turkiya, Iroq,
Eron, Afg’oniston kabi davlatlar esa ko’p millatlidir.

Makka va madina shaharlari musulmonlar uchun, Erusalim shahri esa xristian, musulmon va
iudaistlar uchun muqaddas joy sanaladi.

Xo’jaligi. Regiondagi Turkiya, Isroil va Kipr davlatlari Osiyoning yangi industrial davlatlari
qatoriga kiradi. Ular evropa modeli asosida rivojlanmoqda. Yaqin kelajakda Turkiyani Evropa
ittifoqiga kyirikshi mo’ljallangan. Fors korfazi bo’yi davlatlarida neft-kimyo sanoati, Eronda
ko’p tarmoqli iqtisodiyot, Afg’oniston va Yamanda qoloqlik hukmron. Regionda asosiy
rivojlangan sanoat tarmog’i neftni qazib olish va uni qayta ishlashdir. Agar dunyo bo’yicha
yiliga jon boshiga 500 kg neft qazib chiqarilayotgan bo’lsa, bu ko’rsatkich Fors qo’ltig’i bo’yida
3,3 ming t. ni tashkil etadi. Fors korfazi bo’yi davlatlari yiliga 800 mln t.dan ortiq neft qazib
oladi va eksport qiladi. Uning 1/3 qismi (250 mln t) shu joyda qayta ishlanadi. Eng yirik neftni
qayta ishlash korxonalari Saudiya Arabistoni, Eron, Quvayt va BAA da joylashgan. Aynan shu
mamlakatlar eksportini 90-95 % ini neft va neft mahsulotlari tashkil etadi.

Jun-gazlama va ip-gazlama to’qimachiligi Turkiyada, gilam to’qish Eron va Afg’onistonda.
Qora metallurgiya sanoati Turkiya, Eron va Gruziyada, mashinasozlik turkiya va Isroilda
rivojlangan. Janubi- G’arbiy Osiyoning eng yirik sanoat markazlari: Istambul, Tel- Aviv va
Tehron shaharlarida; kichikroq sanoat markazlari: Anqara, Izmir, bog’dod shaharlarida
joylashgan. Mazkur sanoat markazlarini va aholini asosan IES lar, qisman GES lar energiya
bilan ta’minlaydi. Eronda AQSH va Evropa iqtisodi qarishiligiga qaramay AES qurilmoqda.
Qishloq xo’jaligi. Region mamlakatlariningt ko’pchiligi agrar-industrial rivojlanish
hususiyatiga ega, shuning uchun ularning iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi muhim o’rin tutadi.
Lekin ko’p mamlakatlarni qishloq xo’jaligi oziq-ovqat bilan taminlay olmaydi. Bunga sabab:
mexanizasiya va kimyodan kam foydalanish, shuniningdek suv tanqislgidir. Zamonaviy

62
sug’orish usullaridan Isroil, Suriya, Iroq kabi davlatlar foydalanmoqda. Turkiyada angor echki
boqish, Arabiston yarimoroli davlatlarida tuya boqish, Eron va Afg’onistonda qorako’lchilik
rivojlangan. Turkiyada paxtachilik, tamaki, sitrus mevalari, g’alla etishtirish, Eronda xurmo,
sitrus mevalari, qand lavlagi, paxtachilik, Iroq, Suriya va isroilda paxta, tamaki va xurmo,
Arabiston yarimoroli davlatlarida xurmo etishtirish rivojlangan. Afg’oniston (Shibirgen koni)
tabiiy gazni Tojikiston va O’zbekistonga eksport qiladi.

Transporti. Eron, Turkiya, Kavkaz orti davlatlarida temir yo’l transporti, Turkiya, o’rta Er
dengizi bo’ylari va Kavkaz ortida avtomobil transporti yaxshi rivojlangan. Temir yo’llarning
uzunligi Trukiyada 10 ming km, Eronda 5,2 ming km, Saudiya Arabistonida 700 km.

Quvur transporti Saudiya Arabistonida yaxshi rivojlangan. Shuningdek Eron, Iroq, Turkiya
va Ozarbayjonda ham quvur transporti mavjud. Temir yo’llarning umumiy uzunligi:
Afg’onistonda 11 km, Iordaniyada 600 km, Iroqda 3000 km, Isroilda 830 km, Livanda 408 km,
Suriyada 1400 km. Baxrayn, Katar, BAA, Quvayt, Oman, Yaman, Kipr kabi davlatlarda temir
yo’llar yo’q.

Janubi-G’arbiy Osiyoda asosan dengiz transporti rivojlangan bo’lib, u tashqi savdoda muhim
rol o’ynaydi.

Fors korfazida faqat neft eksport qiluvchi maxsus portlar mavjud: Ras-Tannura, Obodon, El-
Jubdil, El-Jubail, Bender-Abbas, Maskad kabilardir. Universal portlardan eng yiriklari: Jidda va
Yanbu (Saudiya Arabistoni).

Tashqi savdo sheriklari: AQSH, Yaponiya va Xorijiy Yevropa davlatlari.

Asosiy eksporti: neft-gaz, neft- kimyo sanoati mahsulotlari, sun’iy matolar, kraskalar, jun-
mato (angorka), xurmo, sitrus, qorako’l, fosforit, kaliy tuzi.
Asosiy importi: mashina va jihozlar, qorametallurgiya mahsulotlari, oziq-ovqat, sanoat
mahsulotlari. Pul birligi: Iordaniya, Baxrayn, Quvayt, Iroqda – dinar;

Oman,
Saudiya
Arabistoni, Yaman, Katar, Eronda – riol;

Livan, Kipr, Suriyada – funt ;

Afg’onistonda

afg’oni.

Mavzu: Xitoy Halq respublikasi.

Xitoy xalq respublikasi – Markaziy va Sharqiy Osiyodagi davlat. U maydonining kattaliga
ko’ra dunyoda 3- o’rinda turadi (9,5). Maydoni g’arbdan sharqqa 5,7 ming km ga, shimoldan
janubga 3,7 ming km masofaga cho’zilgan. Mamlakatning sharqi va janubi-sharqiy qismlari
katta masofada okean bilan tutash, lekin mamlakat xududining katta qismi okeandan uzoqda,
lekin Yanszi va Xuanxe daryolari bo’ylab dengiz kemalari 1000 km dan ko’proq ichkariga
kyirikb bora oladi. Iqtisodiy geografik o’rnining qulayligi Yaponiya va “Osiyo yo’lbarslari”
mamlakatlariga yaqinligi, Rossiya bilan chegaradoshligi, shuningdek Xitoy xalq
respublikasining svilizasiya markazi bo’lib kelganligidir. Xitoyning quruqlik chegarasining
asosiy qismi baland tog’lar va cho’llardan o’tadi.

Xitoy xalq respublikasi siyosiy-ma’muriy jihatidan 23 ta provensiya, 5 ta avtonom rayon va
markazga bo’ysunuvchi 3 ta shahar (Pekin, Shanxay, Tenszin) dan tashkil topgan. Xitoy xududi
tarixda bir necha bor mo’g’ul va yapon bosqinchilari tomonidan istilo qilingan. Shuninng uchun
Xitoyni shimolida 4000km li Buyuk Xitoy devori qurilgan. Gobi, Alashan, Ordos, Takla- Makon
cho’llari bor.
Xitoy xududining 80 % ini rel’efi murakkab, ya’ni tog’lardan iborat, ayniqsa Himolay,
Kunlun,Tyanshan, Tibet, Nanshan, Hingan tog’lari egallagan hududlar qishloq xo’jaligi va
transport yo’llarini o’tkazish uchun noqulaydir.
Xitoy Xalq respublikasini shimoli mo’tadil, markazi subtropik, janubi subekvatorial iqlim
mintaqalarida joylashgan. Qishloq xo’jaligi uchun eng qulay bo’lgan Buyuk Xitoy tekisligi va
Xitoyning sharqiy sohillari musson yomg’irlari va tayfunlar (soatiga 100 -150 km tezlikda

63
sohillarga bostyirikb keluvchi kuchli bo’ronlar) shahar va qishloqlarga, ekinzorlarga, sug’oruv
sistemalariga katta zarar etkazadi. Mamlakat xududining 10% ini o’rmonlar egallagan. Mamlakat
mineral resurslarga boy. Mamlakat shimolida yirik ko’mir konlari (markazida-Datun), yonuvchi
slanes, osh tuzi, yirik neft konlari (ayniqsa, Sariq dengiz shelfida, Dasinga mamlakat neftining
yarmi to’g’ri keladi), temir, qalay, surma, boksit konlari bor. Xitoyning g’arbiy va janubi-g’arbiy
xududlari kam o’zlashtirilgan.
Xitoy 2000-yildan buyon dunyodagi eng seraholi mamlakat bo’lib kelmoqda va
immigrasiyaning asosiy o’choqlaridan byirikga aylanib qolgan. Aholining ko’plab ko’chib
ketishi, ayniqsa, XIX va XX asrda kuzatilindi.

Xorijiy mamlakatlarda Xitoyliklar ko’p to’plangan markazlar paydo bo’ldi, ularni Xuasiyao
deydi. Xorijiy mamlakatlarda xozirda 30 mln dan ortiq Xitoyliklar yashaydi. Buni 90 % i janubi-
sharqiy Osiyoga to’g’ri keladi. Xuasiyaolar sababli Singapur aholisining 85 %, Malayziya
aholisining 34 %, Tailand aholisining 13 % i xitoyliklardir.

1949 yildan 1990 yillargacha Xitoy aholisi 2 barobar ko’paydi, va 1134 mln, 1998 yil 1248
mln, 2003 yil 1295 mln, 2006 yil 1318 mln kishiga etdi. Tug’ilish koeffisienti 13 ‰, o’lim 6‰ .
1 ayolga 1,7 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar jami aholining 22 % ini, 64 yoshdan
o’tganlar 7 % ini tashkil etadi. O’rtacha umr 69-73 yosh. YAMD – 3950 $ (2001). Xitoyda
iqtisodiy faol aholi 700 mln kishini tashkil etadi, shuni 2/5 qismidan ortig’i yoshlardir.
Demografik siyosatga qaramay Xitoyda tabiiy o’sish yiliga 12mln kishidan ortiq. Etnik tarkibiga
ko’ra Xitoy ko’p millatli davlat. Xanlar yoki Xansiylar butun aholining 92 % ini tashkil etadi.
“Kichik millat” lar butun aholining 8 % ini (80 mln kishi) tashkil etgani holda 60ga yaqin millat
va elatlardan tashkil topgan. Ular Xitoyning g’arbiy qismida va tog’li hududlarda tarqalgan
bo’lib, butun Xitoy xududining yarmini egallagan. Aholining o’rtacha zichligi 1 km
2
ga 100
kishidan ortiq, biroq aholisining 90 % i mamlakat hududining 1/3 qismida to’plangan. G’arbiy
xududlarda, ya’ni mamlakat xududining 20 %ida odam deyarli yashamaydi. Xitoy aholi
bo’yicha har qanday ko’rsatkichlarda (shaharlar soni, qishloqlar soni (700 ming), millioner
shaharlar 34 ta) dunyoda birinchi o’rinda turadi. Urbanizasiya 24%. Asosiy siyosiy partiyalari :
Xitoy kommunistik partiyasi (1921 yil tashkil topdi).
Xitoy xo’jaligining tarixiy rivojlanishida Sobiq SSSR ning ta’syirik kuchli bo’lgan. Sobiq
SSSR Xitoy xalq respublikasiga 1,8 mlrd so’m kredit bergan va 260 ta yirik korxona qurishga
yordam bergan. 1960 yillardan Mao Szedum siyosati (“katta sakrash” va “madaniy revolyusiya”)
sababli Sovet-Xitoy munosabatlari yomonlashgan va chegara notinchligi kuzatilgan. 1980
yillardan 2 davlat munosabatlari yana yaxshilangan.

Xozirgi Xitoy sanoati ishlab chiqarishning umumiy xajmiga ko’ra dunyoda birinchi o’rinda
turadi. Mamlakat xududi iqtisodiy taraqqiyotiga ko’ra 3 ta iqtisodiy zonaga: G’arbiy, Shraqiy va
Markaziyga bo’linadi.

Xitoy sanoatini avvalambor og’ir sanoat belgilaydi. Og’ir sanoat tarmoqlari orasida, ayniqsa
toshko’mir qazib chiqarish muhim rol o’ynaydi. Asosiy ko’mir havzalari Shimoli-Sharqda
(Fushun va Fusin) va Shimoliy Xitoydadir. (Datun). Fushun va Fusinda ko’mir asosan shaxta va
ochiq usulda, Datunda esa shaxta usulida qazib olinadi. Ko’mir konlarining metallurgiya
markazlariga yaqinligi iqtisodiy qulaylikni oshiradi. Xitoy 1987 yil 920 mln t. 1990 yil 1100mln
t. ko’mir qazib olib jahonda etakchilik qilmoqda. Neft asosan mamlakatni shimoli-g’arbida va
Sichuon Ra viloyatida qazib olinadi. Eng yirik neft koni Dasinga konidir.
Mamlakatda 1995-yil 140 mln t. neft qazib olindi (jahonda 5-o’rinda). Xitoy xalq
respublikasida 1987- yil 496 mlrd kVt/s, 2000-yil 930 mlrd kVt / s (dunyoda 3-o’rin) elektr
energiyasi hosil qilingan bo’lib, uning asosiy qismi (75 % i) IES larda hosil qilingan. IES lar
asosan mamlakatning shimoli-sharqiy va sharqida ya’ni ko’mir havzalari atroflarida joylashgan.
GES lar Xuanxe va Yanszi daryolarining yuqori oqimlarida qurilgan. AES lar ham mavjud.
Xitoyda noodatiy energiya manbalaridan ham (Geotermal va qalqish ES) foydalaniladi.

Qora metallurgiya sanoatining asosiy markazlari kokslanuvchi yirik ko’mir va ruda konlari
bo’lgan rayonlarda vujudga kelgan. Ularning ichida eng yyirikgi shimoli-sharqdagi Anshan

64
metallurgiya kombinati bo’lib, bu erda yiliga 7-8 mln t. cho’yan eritiladi. Shimoliy Xitoydagi
eng yirik kombinat Baotouda, mrakaziy Janubiy Xitoyda Uxanda joylashgan.
Temir zapasi bo’yicha birinchi o’rin, qazib olish bo’yicha 4- o’rinda turadi. Xitoy Xalq
respublikasida 1990-yil 60 mln t. po’lat, 44 mln t. prokat eritilindi. 2000-yil 115 mln t (birinchi
o’rinda).
Mashinasozlik korxonalarida ixtisoslashgan korxonalar emas, universal korxonalar ustun
turadi. Ular asosan yirik shaharlarda, dengiz portlarida, metallurgiya bazalari yaqinida
joylashgan. Masalan: Shenlida og’ir mashinalar va stanoklar, Chanchunda avtomobillar, ayniqsa
Yanszi bo’ylarida mashinasozlik rivojlangan. Shanxayda dengiz kemalari ishlab chiqariladi.
Xitoy Xalq respublikasida 1987-yil 472 ming avtomashina, 40 ming traktor ishlab chiqarilgan.
Ma’lumki, Xitoy ip –gazlama ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o’rinda turadi. Ishlab
chiqarilgan gazlamaning 90% i ip-gazlamalardir. Mamlakatning asosiy paxta bazasi Shimoliy
Xitoy, ip-gazlama sanoati Shanxayda joylashgan.
Qishloq xo’jaligida 400 mln dan ortiq kishi band. 1990-yil Xitoyda 450 mln t. g’alla
yetishtirildi. Buni asosiy qismini (180mln t) sholi tashkil etadi. Sholi mamlakatni asosan janubi-
sharqida, ya’ni Yashil Xitoyda (choy xam). Bug’doy (1990 yilda 95 mln t.) shimoli-sharqida,
shuningdek makkajo’xori, gaolyan “Sariq Xitoy”da yetishtiriladi.

Mamlakatni shimoli-g’arbiy va g’arbiy qismlari “quruq Xitoy” deyiladi. Bu erda ekstensiv
chorvachilik, janubi-g’arbda – “sovuq Xitoy” da (Tibet, Kunlun, Himolay) qishloq xo’jaligi sust
rivojlangan. Xitoyda 1987 – yil 4,2 mln t, 1990-yil 4,5 mln t. paxta tolasi etishtirildi.
Cho’chqalar soni dunyo bo’yicha 870 mln, Xitoyda 326 mln, qo’ylar 178 mln, qoramol 126 mln
bosh.

Oʻzbek xalqining Ikkinchi jahon urushida ko’rsatgan yuksak jasorati.

Ikkinchi jahon urushi: ajdodlar jasorati va matonati raqamlarda.

11.05.2020 ~ 13.04.2023

Buyuk gʻalabaning 75 yilligi.

1941 – 1945-yillarda bashariyat boshiga mislsiz kulfatlar yogʻdirgan Ikkinchi jahon urushi frontlarida Oʻzbekistonlik jangchilar ham tarifga sigʻmas qahramonligini namoyon etgan.

Oʻzbekiston mudofaaning moddiy ehtiyojini taʼminlashda ham nimaiki zarur boʻlsa, barchasini ayamay sarfladi. Chunonchi, urush yillarida aholi tomonidan mudofaa jamgʻarmasiga 649,9 mln. soʻm naqd pul, 4 mlrd. 226 mln. soʻm zayom puli, 52,9 kg. oltin va kumush topshirildi. Armiyaga 7 518 800 ta gimnastyorka, 2 636 700 ta paxtalik, 2 221 200 ta etik va qoʻnjli botinka yuborildi. Yengil sanoat vazirligi korxonalari tomonidan frontga 246 918 700 soʻmlik mahsulot joʻnatilgan. Qiyinchilik va xomashyo yetishmasligiga qaramasdan, Toshkent toʻqimachilik kombinati front uchun 410 mln metr gazlama ishlab chiqardi. Shuningdek, koʻp miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari joʻnatildi. Chunonchi, 1 282 000 tonna gʻalla, 482 000 tonna kartoshka va sabzavot, 1000 tonna poliz mahsuloti, quruq va hoʻl mevalar shular jumlasidandir. Faqat 1941-yilning ikkinchi yarmida 59 mingta ot frontga olib ketildi.

Respublikaning har bir viloyati, shahar va tumani jangchilarga yordam qoʻllarini choʻzishdi. Masalan, 1942-yilning boshlarida Buxoro viloyatidan 4059 juft issiq kiyim, 9380 juft jun paypoq va qoʻlqop, 5660 qalpoq, 2750 shim, 3000 poʻstin, 18,5 ming litr vino va quruq mevalar olindi. 1943-yilning boshlarida Leningradga Andijon viloyatidan 7884 kilo un va bugʻdoy, 5496 kilo yorma bugʻdoy, 1160 kilo guruch, 418 qoʻy, 8510 kilo quruq meva, Qoraqalpogʻistondan 224916 soʻm naqd pul, 21614 kilo bugʻdoy, 5819 kilo goʻsht, 3700 kilo guruch joʻnatildi.

Qoraqalpogʻistondagi Moʻynoq baliq kombinatidan 20 mln.banka goʻsht va baliq konservasi olingan edi. Surxondaryo va Toshkent viloyatlari ham jangchilardan hech nimani ayamadilar. 1942-yilning kuzida Surxondaryodan 5998 bosh qoramol, 18 tonna asal, 28 tonna yogʻ, 31 tonna quruq meva, 3000 litr vino olindi. Toshkentdan 52 vagonda oziq-ovqat mahsulotlari yuborildi. 1943-yili Surxondaryo viloyati front ehtiyojlari uchun 14 mln. soʻm naqd pul, 330 tonna goʻsht va yogʻ, 530 tonna bugʻdoy, 180 tonna quruq meva, 33168 dona teri topshirdi.

Kiyim-bosh va oziq-ovqat mahsulotlarini Samarqand, Namangan, Xorazm va boshqa viloyatlar ham frontga joʻnatib turganlar.

Ikkinchi Jahon urushining toʻrt yili davomida Oʻzbekiston davlatga 4 806 000 tonna paxta, 54067 tonna pilla, 1 066 000 tonna gʻalla, 195 000 tonna sholi, 108 000 tonna kartoshka, 374 000 tonna sabzavot va hoʻl meva, 35289 tonna quruq meva, 57444 tonna uzum, 1 593 000 tonna goʻsht, 5 286 000 dona teri topshirgani maʼlum. Ular ham mudofaa ehtiyojlariga sarflangan, albatta. Bundan tashqari, urush yillarida Oʻzbekiston aholisi mudofaa jamgʻarmasiga jami 649 900 000 soʻm naqd pul oʻtkazib bergan.

Shuningdek, Oʻzbek xalqi Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldaviya va boshqa joylardan koʻchirib keltirilgan oʻn minglab kishilarga boshpana berib, mehribonlik va gʻamxoʻrlik namunalarini koʻrsatdi. Jang boʻlayotgan hududlardan koʻchirilgan bir million shaxs boshpana, kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan taʼminlandi. Minglab yetim bolalarni oʻzbek oilalari oʻz qaramogʻiga oldilar, farzandlaridan kam koʻrmay tarbiyaladilar. Oʻzbek xalqi jangga ketgan turli millat vakillarining oilalaridan ham moddiy yordamini ayamadi. 113 ta harbiy kasalxona-gospitalni ham otaliqqa oldi.

Fashistlarning tor-mor qilinishida Oʻzbekistonda urush yillarida ishlab chiqarilgan qurol-aslahalar katta ahamiyat kasb etdi. Sanoatning asosiy qismi harbiy qurol ishlab chiqarishga yoʻnaltirilib, ular jang maydoniga uzluksiz yuborib turildi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, 2100 samolyot, 17342 samolyot motori, 17100 minomyot, 27 000 tankka qarshi otadigan zambarak qismlari, 60 000 harbiy kimyoviy anjom, 22 million mina, 560 000 snaryad, 2 million 318 ming aviatsiya bombasi, 1 million dona granata, 100 chaqirimdan ziyod sim, dala radiostansiyalari, tank va samolyotlar uchun 3 milliondan ortiq radiolampa, 5 bronepoyezd, 18 harbiy-sanitar va hammom oʻrnida foydalaniladigan hamda kir yuviladigan poyezd, 2200 koʻchma oshxona olib ketildi.

Oʻzbekiston 1943-yili nemis-fashistlaridan ozod qilingan hududlarga yordam berishni boshlab yubordi. Masalan, mazkur yilning oktyabrida Oʻzbekistondan Belorussiya, Ukraina va Rossiyaning dushmandan tozalangan yerlariga 800 nafar vrach safarbar qilindi. 1944-yilning birinchi yarmida esa Ukrainaga 300 tonna gʻalla, 8300 bosh qoramol, 6700 bosh qoʻy joʻnatildi. 1943-44 yillarda ozod etilgan shaharu-qishloqlarga Qoraqalpogʻistondan 45 800 000 bosh qoramol va qoʻy yuborildi.

Toshkent temiryoʻlchilari vagonlarda turli xil jihozlarni yuborishdi. Stalingradni tiklash uchun 350 nafar quruvchi bordi. Xorazmliklar Xarkovga har xil qishloq xoʻjalik texnikasini joʻnatilgan.

1943-yil avgust oyida dushmandan ozod qilingan joylarga respublikadan 1152 traktor, 25 kombayn, 1138 omoch, 38 seyalka olib ketildi. Sentyabr oyining oxirlarida oziq-ovqat mahsulotlari va jihozlar toʻldirilgan 374 vagon joʻnatildi. 12-oktyabrda Ukrainaga 450 vagonda sovgʻalar bilan birga 300 tonna gʻalla, 8300 bosh qoramol, 10 ming juft oyoq kiyim, 200 ming gazlama mollari, kasalxona, maktab va radiouzellar uchun jihozlar yuborildi.

Voronej va Kursk shaharlariga 275 bosh qoramol, 72 tonna gʻalla, 24 tonna quruq meva olib ketildi. Bulardan tashqari, respublika boʻyicha 300 tonna gʻalla, 180 tonna quruq meva, 10 ming juft oyoq kiyim, 200 ming metr gazlama, 2600 ming soʻm naqd pul, yuk mashinasi, telefon stansiyasi joʻnatildi. Ukraina uchun 350 traktor, 200 avtomashina, 50 kombayn, 1500 omoch berildi. Stavropol oʻlkasiga 1142 traktor, 400 seyalka 1142 nafar agronom va haydovchisi bilan joʻnatildi. Ozod qilingan joylarga Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari 50 ming bosh qoʻy va 190 ming bosh qoramol yuborgan. Shuningdek, nemis-fashistlaridan tozalangan respublika va viloyatlarga 1944-yili 100 000 kitob sovgʻa qilingan edi.

1943–44 yillarda ozod qilingan yerlarga Oʻzbekistondan 13 000 dan ortiq temiryoʻl mutaxassisi, hunar bilim yurtlaridan 15 000 yosh yigit sobiq Leningrad, Kiyev va Dunayga yoʻl oldi. Oʻzbekiston sanoat sohasida ham katta ishlarni amalga oshirib, Rossiya, Ukraina va boshqa joylardan koʻchirib keltirilgan oʻnlab korxonalarni joylashtirib, ularning ishchi-xizmatchilarini boshpana va oziq-ovqat bilan taʼminladi.

Oʻzbekistonda harbiy sohada ham beqiyos ishlar amalga oshirildi. Xususan, Respublikada 15 diviziya va brigada tuzilib, ularda Oʻzbeklar salmoqli oʻrinni egalladilar. Oʻsha harbiy qismlardan tashqari oʻn minglab navqiron yigit harakatdagi armiya saflariga yuborildi. Toshkentdagi harbiy bilim yurtlari front uchun bir necha ming komandir va siyosiy xodimlarni tayyorladi.

Urushning dastlabki oylarida Toshkent shahrining oʻzidan 100 ming yigit va qisman ayollar harbiy xizmatga jalb qilindi. Oʻzbeklar Moskva, Stalingrad, Kavkaz, Qrim, Kursk, Dnepr, Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi janglarda qatnashib, Berlingacha bordilar. Shuningdek, Yaponiya bilan urushda ham ishtirok etishgan, partizan urushlarida mardonavor kurashdilar.

Shu tariqa Oʻzbek xalqi Ikkinchi jahon urushida fashistlarni tor-mor etishga molini ham, jonini ham tikdi. Bamisoli topgan bitta nonini toʻrtga boʻlib, bittasini oʻziga, qolganini bevosita frontga, soʻng respublikaga koʻchirib keltirilganlarga, jangga ketganlarning oilalariga, harbiy gospitallarga, fashistlardan ozod qilingan hududlarning och-nochor aholisiga berdi.Ayni paytda bir milliondan oshiq farzandlari fashistlarga qarshi janglarda mardonavor kurashdi. Ulardan bir necha yuz ming kishi halok boʻldi va jarohatlandi.

Bevosita janglarda 27 mln.kishining yostigʻi qurigan, boshqa talafotlarni ham qoʻshganda 30 mln. kishi nobud boʻlgan Ikkinchi jahon urushi Oʻzbek xalqiga ham beqiyos katta talofat keltirdi. Minglab ayollar beva va bolalar yetim boʻlib qoldilar. Ota-onalar farzandlari dogʻida qaygʻu-alam bilan bu dunyodan koʻz yumdilar.

Bu maʼlumotlar botir jangchilar, sabrli Oʻzbek xalqi Ikkinchi jahon urushida yuksak jasorat koʻrsatganligidan dalolat beradi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.