Press "Enter" to skip to content

Hakim Nazir (1915–2008)

Hakim Nazirning 50 yilligi munosabati bilan ikki jildlik «Tanlangan asarlari» (1969—1970), 60 yilligi munosabati bilan besh jildlik «Tanlangan asarlari» (1977—1981) chop etilgan. Yozuvchining 80 yilligi munosabati bilan uning ikki yangi kitobi bosilgan — biri «Oq fotiha yoki bolalik sarguzashtlarim» xotira-qissasi (1995), ikkinchisi esa «Yodimdasiz, azizlarim» (1995) esdaliklaridir.

Назир, Хаким

Хаким Назир (Назиров) (узб. Ҳаким Назир ; 15 октября 1915 года, Ташкент — 15 мая 2008 года) — узбекский советский писатель. Народный писатель Узбекской ССР (1984), Лауреат Государственной премии Узбекской ССР имени Хамзы (1981).

Биография

Родился в рабочей семье.

В 1941 году окончил факультет языка и литературы Ташкентского педагогического института. Сотрудничал в молодежных газетах и журналах (1933—1941), радио-комитете (1942—1953), Издательстве литературы и искусства (1956—1961). Ответственный секретарь Союза писателей (1953—1954), литературный консультант (1954—1978).

Член ВКП(б) с 1947 года.

Печатался с 1935 года. Автор сборников рассказов «Соревнующиеся» («Мусобақадошлар», 1951), «Цена человека» («Одамнинг қадри», 1958), «В поисках героя» («Қаҳрамонни излаб», 1970), повестей «Парни, которые привели море» («Сув гадоси — оқпадар денгизни башлаб қайтди», 1962), «Ветры Коктерака» («Кўктерак шабадаси», 1968), повести для детей «Неугасимые молнии» («Сӯнмас чақмоқлар», 1957, рус. пер. 1958), «Огненная река» («Ёнар даре», 1966) и др.

Рассказ «Затмение солнца» представлял СССР (наряду с рассказами Р. Погодина, О. Донченко, М. Мревлишвили, Я. Раннапа, В. К. Железникова) в сборнике рассказов писателей разных стран «Дети мира» (1962), подготовленном международной редакционной коллегией (издан в СССР в 1965 году).

Сочинения

Мени танийсизми?, Тошкент, 1963;

Шошилинч телеграмма, Тошкент, 1967; в рус. пер. — Огненная река в песках, М., 1967;

Ветры Коктерака. Повесть и рассказы, М., 1971.

Награды

  • Орден «Эл-юрт хурмати» (2000) [1] .
  • Медаль «За трудовое отличие» (1959) [2] .
  • Народный писатель Узбекской ССР (1984).
  • Государственная премия Узбекской ССР имени Хамзы (1981).

Литература

Попов Н., Всего несколько дней// «Дружба народов», 1968, № 5;

Воронкова Л., Добрый талант// «Учительская газета», 1971, 2 нояб.;

Қаюмов Л., Ҳаким Назир, в его кн.: Замондошлар, Тошкент, 1972;

Норматов М., Ҳаким Назир, Тошкент, 1973.

Примечания

  1. ↑Указ Президента Республики Узбекистан от 25 августа 2000 года № УП-2704 «О награждении в связи с девятой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просвещения, средств массовой информации и общественных сфер»
  2. ↑О награждении орденами и медалями СССР работников искусства и литературы Узбекской ССР(неопр.) . Дата обращения: 21 февраля 2022.Архивировано 19 февраля 2022 года.

Hakim Nazir (1915 2008)

Hakim Nazir o’zbek bolalar nasrining otaxon ijodkorlaridan, kichkintoylarning sevimli
adiblaridan biridir. U bolalar uchun o’ndan ziyod qissa, roman, pesa, son-sanoqsiz hikoyalar
yaratdi. «So’nmas chaqmoqlar», «Yonar daryo», «Kenjatoy» qissalari, «Lochin qanotlari»
romani, o’nlab hikoyalari ko’pgina xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellarda ham o’z
o’quvchisini topdi.
Zahmatkash adib 1915- yilda Toshkent shahrida mahsido’z-kosib oilasida dunyoga keldi.
Onasi Malika otinning maktabida boshlang’ich ma’lumot olgandan keyin, poyabzal fabrikasiga
kirdi, shu bilan birga kechki ishchilar dorilfununi (industrial texnikum)da o’qishni davom ettirdi.
Hakim Nazir bolaligidan kitobxonlikka juda o’ch bo’ldi, gazeta va jurnallarda bosilgan
asarlarni chanqoqlik bilan o’qib chiqardi. Undagi o’qish-yozishga bo’lgan qiziqish uni hozirgi
«Tong yulduzi» gazetasi tahririyatida ishlashga olib keldi. 1934 — 1935-yillardan dastlabki
hikoya, ocherklari gazetada, «Yosh kuch» jurnalida bosilib chiqdi. Bular havaskorlik mashqlari
edi. Adib jiddiyroq asar yozish uchun hayot taassurotlaridan tashqari chuqur nazariy ma’lumot
ham zarur ekanligini angladi. Kunduzi tahririyatlarda ishlab, kechki Toshkent davlat pedagogika
institutida o’qidi va til-adabiyot fakultetini muvaffaqiyatli bitirdi. Biroz vaqt o’qituvchilik qildi.
Adabiy ishga astoydil berildi. 1942-yildan boshlab o’n bir yil davomida O’zbekiston radio
qo’mitasida bo’lim boshlig’i, bosh muharrir bo’lib ishladi. So’ng Badiiy adabiyot nashriyotida
bosh muharrir, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasida kotib, adabiy maslahatchi vazifalarini
bajardi. Mazkur vazifalarni yozuvchi ijodiy ish bilan qo’shib olib bordi.
Qunt, chidam bilan o’z ustida ishlashi, tinimsiz ijodiy izlanishi tufayli Hakim Nazir bolalar
yozuvchisi sifatida kitobxonlarga tanildi. 1940-yilda «Kenja» (yangi nomi «Quyosh qachon
tutiladi?»), 1946- yilda «Salim ota» nomli hikoyalari respublika tanlovlarida sovrindor bo’ldi.
1951-yilda esa rus tilida chiqqan «Malchiki iz kishlaka» hikoyalar to’plami Moskvada bo’lib
o’tgan tanlovda mukofot oldi.
Sevimli yozuvchimizning ijod yo’liga sinchiklab nazar tashlasak, uning dastlabki ijodiy
izlanishlari hikoyachilikdan boshlanganini ko’ramiz. Uning birinchi kitobi «Qishloqdagi

jiyanlarim» ham hikoyalardan jamlangandir. Hikoya janri yozuvchi bilan yosh kitobxonlar
olamini birlashtirishda bamisoli bir ko’prik bo’ldi. Bu ko’prik orqali Hakim Nazir bolalarning
boy, go’zal, quvnoq, ajoyibotlarga to’la dunyosiga kirib bordi. Bir-biridan ta’sirli, bir-biridan
o’qimishli, bolalarcha jonli hikoyalari dunyo yuzini ko’rdi. Bularda kichkintoylarning
quvonchlarga to’la turmushi, his-tuyg’ulari, o’qishi, xulq-odobi, kattalarga hurmati, mehnatga
munosabati, milliy qadriyatlar o’z badiiy ifodasini topdi. Hikoyalarida yozuvchining
kichkintoylar yoshi, saviyasi va ruhiyatini ko’rsatishga alohida e’tibor bergani ko’rinib turadi.
«Qishloqdagi jiyanlarim» (1948), «Besh baho» (1955) «CHo’l havosi» (1958), «Yaxshi ism»
(1962), «Meni taniysizmi?» (1963), «Bolajonlarim» (1964) nomli hikoyalar to’plamlari birin-
ketin e’lon qilinib, bolalar va o’smirlarning ma’naviy mulkiga aylandi.
Hakim Nazirning ko’pgina hikoyalari bog’cha yoshidagi yoki endigina birinchi sinfga
qadam qo’ygan bolalar hayotini aks ettirishga bag’ishlangan. Buni adibning «Bir og’iz so’z»,
«Rasmli kitobcha», «Davronning qushchasi», «Qaysargina ukam», «Yaxshi ism», «Ikki o’rtoq»,
«Bulbul», «Qanddon», «Igna», «Bir tup g’o’za» kabi hikoyalari misolida aytish mumkin. Bu
hikoyalarda bolalar o’rtasidagi o’zaro do’stlik, axloq-odob, a’lo o’qish, jamoat ishlarida faollik
ko’rsatish, kattalarning yumushlariga ko’mak-lashish, qushlar va jonivorlarga g’amxo’r bo’lish,
orzu-umidlar qanotida yashash va boshqa masalalar aks etganini ko’ramiz.
Bolalarda orzu-umid, yaxshilik sari intilish kattalarga nisbatan kuchliroq bo’ladi. «Yaxshi
ism» hikoyasida adib xuddi shu to’g’rida so’z yuritadi.
SHoira endigina birinchi sinfga qadam qo’ygan. U hali maktab qonun-qoidasini yaxshi
bilmaydi. SHuning uchun qizcha maktab o’qituvchisi Zuhra yulduziga raketa uchirilganligi
to’g’risidagi axborotni gazetadan o’qib berganida butun sinfni boshiga ko’tarib:

Topdim! Topdim! Topdim! — deya ovozining boricha baqi-rib yuboradi.
Ayon bo’lishicha, kecha SHoiraning onasi unga singilcha tug’ib bergan bo’lib, chaqaloqqa
nima deb ism qo’yish muammo bo’lib turgan ekan. SHoirada havas, yaxshi niyat kuchli. Unga
raketa va ayniqsa, Zuhra yulduzi yoqib qoladi. SHu onda singilchasiga Zuhra deb ism berish
fikri tug’iladi. Bu haqda u butun sinfga so’zlab beradi.
«Yaxshi ism»ning ahamiyati shundaki, o’quvchining SHoiraga, tanlagan ismga, qudratli
texnikaga, shirinsuxan muallimaga va otaga bir umr havasi keladi.
Bolalarga har taraflama to’g’ri ta’lim-tarbiya berish, tushuntirish, o’rgatish, ularda o’qish
va mehnatga ko’nikmalar hosil qilish kattalarga bog’liq. Kichkintoylarning otaxon adibi
«Bulbul» hikoyasida bu masalaga katta e’tibor beradi. Ona tabiatga, qushlarga mehribonchilik
qilish g’oyasi bu asarning asosini tashkil etadi.
Qobiljon qushlarni ehtiyot qilish, e’zozlash kerak ekanligini, ularni urish, ozor berish
yomonligini tushunib yetmaydi. SHu sababli qo’shni hovliga kelib sayragan bulbulni kesak otib
urmoqchi bo’ladi.
Olim aka ishdan qaytganda Qobiljon qo’shnilarnikiga bulbul kelganidan xabar beradi:

Dada, dada! — dedi u ko’zini katta-katta ochib, — nega bizning bog’ga bulbul
kelmaydi-ya?

Qo’rqadi, — dedi dadasi.

Nimadan qo’rqadi? — dedi u ajablanib.

Sendan! — dedi dadasi.

I-ya, nega endi mendan qo’rqadi?

Axir kesak otsang, u mayib bo’ladi-da! Bu ishing yaramaydi, deb aytib edim-ku.
Qobiljon indamay, o’ylanib qoldi: endi nima bo’ladi? Rostdan ham bulbul uning bog’iga
hech kelmasmikan-a?

Kesak otmasam keladimi, dada? — dedi oxiri Qobiljon.

Albatta, keladi, — deb ishontirdi dadasi.

Bo’pti! — dedi Qobiljon va shu paytdan boshlab qushlarga kesak otmaydigan
bo’ldi.
Adibning maktab yoshidagi kichik bolalarga yozgan juda ko’p hikoyalari kitobxonni ona
yurtni sevishga, mehnatkash bo’lishga, mehnat ahlini, ota-onani e’zozlashga, kasb-hunar egasi

bo’lishga chorlaydi. «Bir tup g’o’za» hikoyasida yosh qahramonlarning xalq boyligiga bo’lgan
munosabatlari g’oyat hayotiy detallar, jonli, qiziqarli voqealar asosida ifoda etiladi.
Muallif hikoyada qahramonlar xususiyatiga alohida e’tibor beradi. Abdusamad cho’rtkesar
bola. Goho ba’zi gaplarni shartta aytib yuboradi (sigirni qidirib yurganda Qoraboy akaga qilgan
muomalasini esga oling). Karim sofdil, to’g’ri bola. SHu bilan birga, serharakatligi bilan
boshqalardan ajralib turadi. Bu holni biz Karimning xatti-harakatlari, qiliq, odatlari, so’zlari,
o’rtoqlari bilan munosabatlarida ko’ramiz.
Muallif «Qishloqdagi jiyanlarim» to’plamidagi «Valijonning dadasi» hikoyasida
bolalarning jangchilarga hurmat va muhab-batini tasvirlaydi. Buni ikkinchi jahon urushidan
qahramon bo’lib qaytgan Valijonning dadasini butun qishloq ahli zo’r hurmat va katta tantana
bilan kutib olganini ko’rsatish orqali ochadi.
«Boshoq» hikoyasi bolalarning o’qishdan bo’sh vaqtlarida ota-onalarga yordam
berishlarini Azimjon, Mamat, Salimjon, Toshtilla obrazlarida gavdalantiradi.
«Jiyanimning toychasi» hikoyasi kitobxonni qishloq bolalarining xarakterlari va hayoti
bilan tanishtiradi. Mahmudjon bilan Omonning otasi paxtadan mo’l hosil olish uchun kim
o’zishga kirishadi. Bolalar o’z otalarining g’olib chiqishi uchun kuyib-pishib harakat qiladilar.
Mahmudjon jonidan aziz toychasini aravaga qo’shib, paxta tashishga kirishadi. Bu bilan
yozuvchi qishloq bolalarining o’ziga xos xususiyatini yaratadi. Kichik bir parcha orqali katta bir
voqeani — bolalarning ulug’ ishlarga qo’l urganligini haqqoniy ko’rsatadi.
Hakim Nazirning aksariyat asarlari, yuqorida ko’rganimizdek, umuminsoniy va milliy
qadriyatlarga bag’ishlangan. Uning jami kitoblari 50 dan ortiq. SHulardan 7 tasi bolalar va
o’smirlar uchun yozilgan qissalar. Muallifning birinchi qissasi — «Ko’k orol chiroqlari»da
urushdan keyin qishloq hayotida yuz bergan qiyinchiliklarni yengishda ota-onalariga
ko’maklashgan bolalar haqida, ularning mehnatda chiniqishi, do’stlikning sinalishi aks ettiriladi.
Bu qissani muallif kitobxonlar talabi asosida qayta ishlab, «So’nmas chaqmoqlar» nomi bilan
nashr ettirdi.
Hakim Nazirning «Yonar daryo» qissasi o’zbek bolalar adabiyotining katta yutug’idir.
«Gazqaynar» manzarasini yorqin bo’yoqlarda gavdalantirgan bu asarda o’sha davrda Qizilqum
sahrosi kishilarining jasorati, jo’shqin hayoti, qahramonligi hamda bir-biriga chin mehribonligi
tasvirlanadi, shuningdek, oiladagi bola tarbiyasi, bunda ota-onaning tutgan o’rni ko’rsatiladi.
Asarda voqea o’n ikki yoshli o’quvchi Damir tilidan hikoya qilinadi. Bundan ikki yil avval otasi
vafot etib, singlisi Popuk ikkovi onasining qaramog’ida qolishgan. Ko’p vaqtlari ishda o’tadigan
ona bolalar tarbiyasiga kam e’tibor bergan. Damir esa keksa buvisining o’ta mehribonligi,
yumshoqligi tufayli o’yinqaroq, o’qishga kamhafsala, o’jar bo’lib qolgan. Natijada, u onasiga
bo’yin egmaslikka harakat qiladi.
Damirlarning uzoq qarindoshlari Sulton amaki ularning uylariga tez-tez kelib turadi,
shuning uchun bolalar unga o’rganib qolishgan. Keyinchalik ota sifatida shu oilaga kirgan Sulton
amaki Damir xarakterining shakllanishida muhim o’rin tutadi. Damir xarakterida iz qoldirgan
ikkinchi muhim voqea uning Qizilqumga safari bo’ladi. Bu uning ko’z o’ngida yangi olam
ochadi, uni mehnat quchog’ida chiniqtiradi.
Gazchilarning «G’ildirab yuradigan posyolkasi», «CHo’pon boboning boshchiligida»
ochilgan «Mo’’jiza quduq», bemorligiga qaramay Sulton amaki ko’rsatgan fidokorlik, umuman,
gazchilarning afsonaviy qahramonligi Damir ruhida keskin burilish yasaydi.
Yozuvchining «Kenjatoy» qissasida hunar maktabi hayoti qiziqarli va jozibador aks
ettirilgan bo’lib, o’smirlarda ishchi kasbidan faxrlanish tuyg’usini tarbiyalashga xizmat etadi.
«Tohir-Zuhra qissasi»ni olsak unda bosh muammo hayotga qadam qo’yayotgan balog’at
pallasidagi o’spirin bilan qizaloqning yosh qalblarida tug’ilgan ilk sevgi kechinmalariga
qaratilgan, yoniq iztiroblari tasviriga keng o’rin berilgan.
«Dadamni topib beringlar» qissasida bir dehqon oilasi boshiga tushgan nohaqlik kichiklar
nazari orqali o’tkazilib, ularning ongi va ruhiyatiga yetkazilgan salbiy ta’siri badiiy tahlil
etilganini ko’ramiz va yosh qahramonlar bilan birga iztirobga tushamiz.

Hakim Nazir so’nggi kitobini «Oq fotiha» deb atadi. Bu xotira-qissa bo’lib, bolalik
sarguzashtlariga bag’ishlangan. Muallif bezovtalik, g’ulg’ula-hayajonlarga to’la bolalik
chog’lari, ko’rgan-kechirganlarini jonli lavhalarda hikoya qiladi, kichiklikda ota-onasidan olgan
ilk insoniy saboqlari uchun chuqur va samimiy minnatdorchiligini izhor etadi.
Hakim Nazir 1973- yilda «Lochin qanotlari» romanini yaratdi. Bunda urushga ketgan ota-
onalarning o’rnini bosgan O’ktam, Umri va boshqa yosh vatanparvarlar timsollari
gavdalantirildi. Romanni jamoatchilik iliq qabul etdi. Tadqiqotchilar «Lochin qanotlari» romani
o’zbek bolalar adabiyotida deyarli qo’l urilmagan mavzu —urush yillari kichkintoylarning
buyuk g’alabaga qo’shgan hissasini ko’rsatishga bag’ishlangan yirik asar sifatida qimmatlidir,
deb yozadilar.
Yozuvchining «CHiranma g’oz — hunaring oz» nomli pesasi ko’p yillar davomida yosh
tomoshabinlar teatri sahnasida qo’yildi.

Hakim Nazir (1915–2008)

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir 1915 yil 15 oktyabrda Toshkentning Arpapoya mahallasida mahsido‘z kosib oilasida tavallud topdi. Boshlang‘ich ma’lumotni uyida onasi Malika otin maktabida olgan. Mehnat faoliyatini 15 yoshidan oyoq-kiyim fabrikasida boshlagan, ishlab turib, kechki yshchi-yoshlar maktabida o‘qishni davom ettirgan. 1941 yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining kechki bo‘limini, 1954—1956 yilda Moskvada Oliy Adabiyot kursini bitirgan.

1933 yildan «Lenin uchquni» gazetasida ishlay boshlagan. Shundan beri 50 yil davomida uzluksiz bolalar matbuotida, respublika radioeshittirish Davlat qo‘mitasida, Badiiy adabiyot nashriyotida, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, bosh muharrir, adabiy maslahatchi vazifalarida xizmat etdi.

Hakim Nazirning adabiy faoliyati 30-yillarning o‘rtalaridan boshlangan bo‘lib, dastlabki mashq hikoyalari 1934 yilda «Lenin uchquni», «Yosh kuch», «Vojatiy» kabi gazeta-jurnallarda bosilgan. Birinchi kitobi «Qishloqdagi jiyanlarim» 1948 yilda nashr etilgan. Kattalar va bolalar uchun jami chop etilgan kitoblari 50 dan ortiq. Ularda odob-axloq, odamiylik, do‘stlik va mehnatga muhabbat, vatanparvarlik haqida bahs boradi. Bolalarning rang-barang olamlari gavdalantiriladi.

Adibning «Pionerlar bog‘i» (1950), «Besh baho» (1955), «Cho‘l havosi» (1958), «Yaxshi nom» (1962), «Meni taniysizmi?» (1963), «Bolajonlarim» (1964), «Ali bilan Sher» (1971), «Bir og‘iz so‘z» (1982),«Baqaloq va chaqaloq»(1998) kabi hikoyalar to‘plamlari shu jihatdan xarakterlidir.

Adibning bolalar uchun yozgan qissalari orasida «Ko‘korol chiroqlari» (1954), «Yonar daryo» (1966), «Kenjatoy» (1976), «Tohir-Zuhra qissasi» (1985) va «Dadamni topib beringlar» (1991) kabi asarlarida yoshlarning boy, beg‘ubor va sirli ichki olami, mehnatga, oila va muhabbatga, hayotga bo‘lgan munosabatlari ifoda etilgan.

Yozuvchining «Lochin qanotlari» (1973) romani o‘zbek bolalar va o‘smirlar adabiyotida juda kam yoritilgan urush mavzusiga bag‘ishlangan.

Hakim Nazir dramaturg sifatida «Chiranma g‘oz — hunaring oz» pesasi bilan o‘zbek bolalar dramaturgiyasi rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan. Asar ko‘p yillar davomida Yosh tomoshabinlar teatri sahnasida qo‘yilgan va qo‘yilmokda.

Yozuvchi ijodida kattalar uchun yozilgan hikoyalar, ocherklar va qissalar ham yetakchi o‘rinni egallaydi. Jumladan, «Musobaqadoshlar» (1950), «Odamning qadri» (1958), «O‘tlar tutashganda» (1960), «Onaizor» (1961), «Aziz odam» (1964), «Shoshilinch telegrammalar» (1987) kabi hikoyalar va ocherklar to‘plamlari, «Suv gadosi» (1962) va «Ko‘kterak shabadasi» (1988) kabi qissalari shular jumlasidandir.

Hakim Nazirning 50 yilligi munosabati bilan ikki jildlik «Tanlangan asarlari» (1969—1970), 60 yilligi munosabati bilan besh jildlik «Tanlangan asarlari» (1977—1981) chop etilgan. Yozuvchining 80 yilligi munosabati bilan uning ikki yangi kitobi bosilgan — biri «Oq fotiha yoki bolalik sarguzashtlarim» xotira-qissasi (1995), ikkinchisi esa «Yodimdasiz, azizlarim» (1995) esdaliklaridir.

Hakim Nazirning o‘nlab kitoblari rus, qozoq, kirg‘iz, turkman, tojik, gruzin, arman, ukrain, belorus, latish, litva, eston, nemis, frantsuz, ispan, bulg‘or, chex, mo‘g‘ul tillariga ag‘darilgan.

Uning nashr etilgan asarlarining umumiy tiraji bir yarim milliondan oshib ketgan.

Hakim Nazir besh jildlik «Tanlangan asarlari» uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan (1981). 1984 yilda unga «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» faxriy unvoni berilgan. U Xans Kristian Andersen nomidagi Xalqaro Faxriy diplom bilan ham mukofotlangan (1984), «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

Hakim Nazir 2008 yil 15 may kuni vafot etgan.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.