Press "Enter" to skip to content

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Haj safari narxi oshgani va qanday xarajatlarni o‘z ichiga olgani haqida ma’lumot berdi

Mashoir (Mino, Arafot, Muzdalifa) xizmatlari ham sezilarli darajada ko‘tarildi. Shunday bo‘lsada, iqtisodiy paket olindi va oldinlari taqdim etilmagan xizmatlar ko‘rsatishga erishildi.

Туристические услуги – умра

Однако вы можете найти похожие объявления в этой категории.

  • Основные разделы OLX
  • Рубрики в разделе “Бизнес и услуги”

Основные разделы OLX :

Рубрики в разделе “Бизнес и услуги” :

  • Ташкентская область (68)
  • Наманганская область (3)
  • Ферганская область (18)
  • Кашкадарьинская область (2)
  • Самаркандская область (8)
  • Андижанская область (1)
  • Сурхандарьинская область (5)
  • Джизакская область (1)
  • Бухарская область (3)
  • Навоийская область (1)

Выбор путевки при помощи туристического агентства — самый надежный способ учесть во время путешествия каждый нюанс, но при этом потратить минимум энергии. Безусловно, поездка будет удачной, если вы правильно выберете туроператора.

Как выбрать экскурсионные туры?

Независимо от того, хотите вы найти горящие туры в Италию и Египет или планируете приобрести дешевые туры по Узбекистану, при выборе агентства придерживайтесь таких рекомендаций:

  • ознакомьтесь со всем перечнем туров, которые предлагает фирма, потому что путевки в Турцию и Тайланд могут существенно отличаться по цене;
  • узнайте, что входит в стоимость, а что — нет;
  • убедитесь, что компания имеет лицензию на международный туризм;
  • памятки, буклеты и другие личные материалы турагентства по каждой из стран — признак хорошего качества услуг;
  • следите за скидками и горячими предложениями — это отличная возможность отправиться в путешествие с максимальной для вас выгодой.

Наконец, важным моментом является вопрос страховки — о наличии и условиях страхования вы можете узнать непосредственно у менеджеров агентства.

Где найти путевки по Европе и не только?

Чем больше предложений, тем больше шансов сделать правильный выбор. Именно поэтому первое, что вам стоит сделать в поисках туров для вашего отпуска, — зайти на OLX.uz. Наш сервис объявлений предоставит вам такие возможности:

  • быстрый поиск среди десятков предложений;
  • интересные и недорогие туры в Узбекистан;
  • выгодные условия для путешествий по всему миру;
  • подробные описания предложений от каждой компании;
  • возможность быстро связаться с менеджерами турфирмы по интернету или телефону;
  • оригинальные услуги, например, вертолетные туры;
  • наличие горящих путевок.

На OLX.uz вы найдете лучшие варианты комфортного и яркого отдыха — останется лишь сделать выбор!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Haj safari narxi oshgani va qanday xarajatlarni o‘z ichiga olgani haqida ma’lumot berdi

“Haj-2022” mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori oshirilib, 62 million 900 ming so‘m etib belgilangandi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi ushbu to‘lovga nimalar kirishi haqida ma’lumot berdi.

Idora tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda birinchi navbatda Saudiya hukumati tomonidan haj safari narxiga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha soliq va majburiy to‘lovlar joriy qilingani, shuningdek, kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshgani bildirib o‘tilgan.

Shuningdekdek, Haj amallarini tashkil etuvchi muassasalarning xizmatlariga 2022-yilda yangi majburiy to‘lovlar joriy etilgani, shu sababli dunyo mamlakatlari uchun haj xizmatlari narxi o‘rtacha 40-45 foizga ko‘tarilgani qayd etilgan.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston tomoni Saudiya bilan olib borilgan uzoq muzokaralar natijasida ziyoratchilar uchun iqtisodiy paket narxiga lyuks darajasidagi xizmat ko‘rsatishga erishdi va to‘lov uchun o‘rta narxni belgiladi. Ayrim davlatlarda eng qimmat paketlar narxi 25 ming dollargacha etib belgilangan.

O‘zbekistonlik ziyoratchilar joriy mavsumda birinchi marta Madina shahrida “Masjidi Nabaviy”dan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli “Zam-zam Pullman” va “Kraun Plaza” mehmonxonalarida istiqomat qiladi. Makka shahrida esa “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida yashaydi.

Ta’kidlanishicha, Ushbu mehmonxonalar yuqori sig‘imli ekani, muqaddas qadamjolarga yaqinligi bilan alohida ajralib turadi. Masalan, Makka shahridagi “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasi barcha hojilarimizni bir vaqtda joylashtirish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, safar davomiyligi ayrim qo‘shni davlatlar ziyoratchilari singari 14-17-20 kun emas, balki 26 kunni tashkil etadi. Bu ham, tabiiy ravishda, narxlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Joriy haj mavsumida Saudiya hukumatining qaroriga asosan, barcha to‘lovlar shirkatlar orqali emas, balki Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligining “Haj elektron portali” orqali belgilangan tartibda amalga oshirildi. Ushbu portalda har bir davlat uchun alohida hisob raqami mavjud bo‘lib, barcha xizmatlar: mehmonxona, transport, mashoir va hokazolar uchun shu yerning o‘zida inson omilisiz shaffof holda amalga oshiriladi.

Mashoir (Mino, Arafot, Muzdalifa) xizmatlari ham sezilarli darajada ko‘tarildi. Shunday bo‘lsada, iqtisodiy paket olindi va oldinlari taqdim etilmagan xizmatlar ko‘rsatishga erishildi.

“Jumladan, avvallari ziyoratchilar Mino vodiysida gilamda yotgan bo‘lsalar, bu yil har bir hoji uchun maxsus yoyma to‘shaklar (matraslar) ajratiladi. Shuningdek, boshqa davlatlarda 3 mahal issiq ovqat berilmasada, yurtimiz ziyoratchilari uchun Mino va Arafotda ham 3 mahal issiq ovqatlar tortiq etiladi. Qolaversa, 24 soat davomida bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladi”, — deyiladi idora bergan izohda.

  • Haj vizasi;
  • Aviabilet;
  • Shaharlararo (Madina-Makka-Jidda) transport xizmati;
  • Madina shahrida “Zam-zam Pullman” va “Kraun Plaza” mehmonxonasi;
  • Madina shahrida Uhud tog‘i, Qubo va ikki qiblali masjidlarga ziyorat;
  • Makka shahrida “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasi;
  • Mino, Arofat va Muzdalifa vodiylaridagi barcha xizmatlar;
  • 24 soat tibbiy xizmat;
  • Hojilarning tibbiy sug‘urtasi;
  • 24 soat transport xizmati;
  • 3 mahal isiq ovqat: nonushta, tushlik va kechki ovqat;
  • Haj qo‘llanmasi;
  • Davlat ramzlari tushirilgan nimcha va sumka;
  • “Zamzam” suvi (5 litr);
  • Respublikaning 7 ta hududidan kuzatish va kutib olish;
  • Madinai munavvaraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys;
  • Qurbonlik.

Haj safarga jo‘nash aviaqatnovlari 18-iyun kuni Uzbekistan Airways samolyotlari orqali amalga oshiriladi va 30-iyunga qadar davom etadi. Ziyoratchilarni Toshkent, Namangan, Samarqand, Qarshi, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlaridan tashish reja qilingan.

«Haj-2022»: O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun kvotalar va narxlar oshirildi

Qayd etilishicha, narxlarning oshishiga Saudiya hukumati tomonidan haj safari narxiga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha soliq va majburiy to‘lovlar joriy qilingani, kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshgani sabab bo‘lgan.

Haj amallarini tashkil etuvchi muassasalarning xizmatlariga 2022 yilda yangi majburiy to‘lovlar joriy etilgan. Shu bois dunyo mamlakatlari uchun haj xizmatlari narxi o‘rtacha 40-45 foizga ko‘tarilgan.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni tomoni bilan olib borilgan muzokaralardan so‘ng joriy yil O‘zbekiston fuqarolari uchun umumiy haj kvotasi 10 865 nafar etib belgilandi. 2019 yilda bu ko‘rsatkich 7 200 nafarni tashkil etgan edi.

Saudiya hukumati tomonidan bu yilgi haj ibodatini ado etish uchun xorijiy va mahalliy fuqarolarga quyidagi talablar e’lon qilingan:

  • Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vazirligi tomonidan qo‘yilgan qat’iy karantin talabiga ko‘ra, “Haj-2022” mavsumida ishtirok etish yosh chegarasi 65 yoshgacha etib belgilandi. Ushbu yosh chegarasiga 1957 yil 30 iyun kunigacha tug‘ilgan insonlar kiradi;
  • Bo‘lajak hojilar Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vazirligi talabiga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan Pfizer/BioNTech (AQSh-Xitoy), Oxford-AstraZeneca (Buyuk Britaniya-Shvetsiya), Moderna (AQSh) va Johnson & Johnson (AQSh) vaksinalarining to‘liq dozasini qabul qilgan bo‘lishlari shart;
  • Barcha ziyoratchilar Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi talabiga ko‘ra, meningitga qarshi 4 valentli vaksinani qabul qilgan bo‘lishi zarur;
  • Barcha fuqarolar Saudiya Arabistoniga kirishdan 72 soat oldin koronavirus diagnostikasi haqida salbiy natijali PZR ma’lumotnomani taqdim etishlari lozim.

Shuningdek, o‘zbekistonlik ziyoratchilar shu yilning 18-30 iyun kunlari Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Urganch-Madina, Nukus-Madina yo‘nalishlari bo‘yicha haj safariga kuzatiladi hamda xuddi shu yo‘nalishlar bo‘yicha 14-31 iyul kunlari qaytib keladi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.