Kandidoz (molochnitsa) — sabablari, alomatlari, tashxislash, davolash, oldini olish
Kandidoz yuzaga kelishi ko’pchilik grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga qarshi faol bo’lgan keng spektrli kuchli antibiotiklardan foydalanishda yuzaga keladigan tez-tez uchraydigan nojo’ya ta’sir hisoblanadi.
Bolalarda pedikulyoz – sabablari, belgilari, davolash va oldini olish usullari
Bolalarda pedikulyoz – parazitar kasallik boʻlib, uni bosh bitlari keltirib chiqaradi. Pedikulyoz bolalarda boshning bit chaqqan joyida qichishish, toshma toshishi va koʻpincha ikkilamchi infeksiya aralashuvi bilan namoyon boʻladi. Kasallik diagnostikasida pediatr yoki bolalar dermatologi tomonidan, boshning sochli qismlarida, kiyimda va qov sohalarida bitlarni va ularning sirkasini aniqlash (Vud lampasi yordamida) asosida olib boriladi. Bolalarda pedikulyozni davolashda maxsus insektisid preparatlardan foydalaniladi.
Bolalarda bitliqlik ( pedikulyoz ) – ektoparazitar infeksiya boʻlib, qon soʻruvchi hasharotlar (bitlar) keltirib chiqaradi va bu parazitlar bola tanasining sochli qismlarida hayot kechiradi. Inson uchun bitlarning 3 ta turi xavfli hisoblanadi: Pediculus humanus capitis (bosh biti), Pediculus humanus corporis (kiyim-kechak bit) va Pediculus pubis (qov biti). Har bir bit oʻzining parazitlik qilib hayot kechiradigan alohida sohasiga ega va ular oʻziga xos ravishda kasallik keltirib chiqaradi. Bosh biti – asosan yosh bolalarda uchraydi, qov biti – oʻrta yoshlar va oʻsmirlarda koʻp uchrasa, Kiyim-kechak bit i esa – odatda keksa yoshdagi insonlarda, qoniqarsiz sanitariya sharoitida istiqomat qiluvchilarda kuzatiladi.
Bolalar va kattalar orasida pedikulyoz epidemiologik tarqalishi ijtimoiy muammolar keltirib chiqaradi, bu muammoning yechimi pediatriya, dermatologiya va venerologiya sohalarida oʻrganiladi.
Rasmiy statistikaga binoan eng koʻp pedikulyoz holati qayd etiladigan yosh 15 va 24 yosh oraligʻidagi bolalar (35 %), keyingi oʻrinda 14 yoshgacha boʻlgan bolalar (27 %) va kattalar 35 yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan insonlar (16 %) lar hisoblanadi. Bosh biti koʻpincha bolalar uyida, maktab-internatlarida va bolalar bogʻchasida tarbiyalanuvchi bolalarda uchraydi.
- Bolalarda pedikulyoz kelib chiqish sabablari
- Koʻkrak yoshidagi bolalarga bitning yuqish yoʻli
- Bosh biti
- Qov biti
Bolalarda pedikulyoz kelib chiqish sabablari
Pedikulyoz bilan faqatgina qoniqarsiz sanitar sharoitda istiqomat qiluvchi bolalar kasallanadi degan tushuncha mutlaqo xato fikr hisoblanadi. Bolalar orasida bitlash har 5 ta bolaning bittasida kelib chiqadi, ularning qanday sharoitda yashashidan qatʼiy nazar. Bitlarning tarqatuvchisi odam boʻlganligi sababli, uning tarqalishi juda oson, ayniqsa kasallangan bolalar bilan kontakda boʻlish ehtimoli yuqori boʻlgan joylar – bogʻcha, maktab, yozgi oromgohlar yoki boshqa bolalar guruh boʻlib toʻplanadigan joylarda bit yuqishi mumkin. Bitlagan boladan sogʻlom bolaga bitlar gigiyena vositalari orqali (sochiq, taroq, bosh kiyim), oʻyinlar vaqtida va boshqa holatlarda yuqadi. Bitliqlik kasalligiga koʻproq uzun sochlarga ega boʻlgan qizlar moyil boʻladi. Baʼzida pedikulyoz holati bolalar tarbiyalanadigan muassasalarda chaqmoq singari tez tarqalib ketishi mumkin, kasallik odatda yoz-kuz mavsumida keng tarqaladi.
O‘QING: Chaqaloqlarda qorin dam boʼlishi – sabablari, belgilari va bartaraf etish yoʼllari
Koʻkrak yoshidagi bolalarga bitning yuqish yoʻli
Koʻkrak yoshidagi bolalarga bit – katta yoshli pedikulyoz bilan zararlangan insonlar yotoq joyidan yoki yaqin masofadan kontaktda boʻlgan vaqtida (emizayotganda, qoʻlda koʻtarib yurganda va shu kabilar) yuqishi mumkin.
Bundan tashqari bolalarga pedikulyoz – sartaroshxonalarda asbob-anjomlar orqali (agar ular sanitariya normalariga rioya etmasa), jamoat transportida, suv havzalarida choʻmilgan vaqtda yuqish ehtimoli ham bor. Oʻsmirlarga qov biti jinsiy yoʻllar bilan yuqadigan boshqa infeksiyalar bilan birgalikda jinsiy aloqa qilish natijasida ham yuqishi mumkin, masalan JYBYK: gonoreya (soʻzak), sifilis ( zahm ), trixomoniaz , ureoplazmoz va boshqalar.
Pedikulyoz bilan zararlanishda xavf guruhidagi bolalar – immun tizimi kuchsiz boʻlgan, bolalar guruhli tarbiyalanadigan joylarda boʻluvchilar, qoniqarsiz sanitariya-gigiyena talablariga ega boʻlgan boshqa jamoat joylarida boʻladigan va jinsiy hayotga erta kirib borganlar kiradi.
Bit yangi xoʻjayinning kiyimlari yoki sochli qismlarga borib oʻzining tuxumlarini qoʻyadi (sirka), bu tuxumlar oʻzida maxsus yopishqoq modda hisobiga soch tolasiga mahkam yopishib oladi. 6-8 kun oʻtib t uxumdan lichinkalar chiqadi, 10 kun oʻtib ushbu lichinkalar yetiladi va tuxum qoʻyish qobiliyatiga ega boʻlgan bitga aylanadi. Bosh bitining hayot sikli 38 kun, kiyim-kechak bitniki 46 kun va qov bitiniki 17 kunni tashkil etadi. Har bir bit hayot sikli davomida 350-400 tagacha tuxum qoʻyishi mumkin. Bitlarning yashashi va rivojlanishi uchun qulay harorat – 25-27 oC hisoblanadi.
Bolalarda pedikulyoz belgilari
Bosh biti
Bosh biti bolalarda – tananing bosh sohasida kuchli qichishish (ayniqsa boshning tepa, chakka va quloq orqa sohalarida ) bilan namoyon boʻladi. Doimiy qichishish natijasida bola bezovta boʻlib qoladi, uyqusi buziladi va qoʻzgʻaluvchanligi ortib ketadi. Qichishayotgan sohalarni tirnash boshning sochli qismlarida yaralar paydo boʻlishiga olib keladi, ikkilamchi infeksiya qoʻshiladigan boʻlsa – piodermiya, impetigoli ekzema va shu sohaga yaqin joylashgan limfa tugunlarining kattalashishiga sabab boʻladi. Pedikulyozning ogʻir koʻrinishlarida bolalar sochi – qotib qolgan yiring hisobiga yopishqoq boʻlib qoladi va oʻzidan badboʻy hid taratadi.
O‘QING: Bolalarda appenditsit – sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari
Bitning hayot faoliyati natijasida ajratib chiqaradigan mahsulotlari – soʻlak, najas va shu kabilar taʼsirida bolalar yuz, boʻyin sohalari terisida qichishish va toshmalar toshishi kelib chiqadi. Toshmalar papulla , eritematoz dogʻ, vezikula koʻrinishida boʻladi. Buning natijasida bolada surunkali dermatit shakllanishi ham mumkin.
Qov biti
Ushbu bit bolalarda – qov sohasida achishish va qichishish hissini chaqiradi va bu belgilar tunda kuchayadi. Qov sohasida uchrovchi bitning tishlashi yumaloq shakldagi koʻkish-kulrang tugunchalar ( diametrik 3-10 mm. ni tashkil etadigan) paydo boʻlishiga sabab boʻladi va bu kabi tugunchalar tananing qorin va son terisida yuzaga chiqadi. Bunga sabab bit chaqqan joyda qondagi gemoglobin parchalanishi va parchalangan mahsulotlar oʻziga xos rangda boʻlishidir.
Kiyim-kechak biti bolalarda kam uchraydi. Uning oʻziga xosligi qichishuvchi papula va tanada qon tomirli dogʻlar paydo boʻlishidir. Kasallik uzoq davom etishi terining qalinlashuvi va giperpigmentatsiyasiga sabab boʻladi.
Pedikulyoz diagnostikasi
Bolalarda pedikulyoz ota-onalar, hamshira yoki pediatr tomonidan, umumiy bolalar guruh boʻlib toʻplanadigan maskanlarni tekshirilganda yoki poliklinikada, baʼzida sartaroshxonalarda ham aniqlanishi mumkin. Qov biti koʻpincha bolalar dermatologi yoki ginekologi tomonidan tashxislanadi .
Bolalarda pedikulyozning asosiy diagnostikasi – boshning sochli qismlarida yetilgan bitlarni yoki ularning sirkasini vizual koʻrishdan iborat. Sirkalarning soch qazgʻoqidan farqli jihati, sirkalar sochdan ajralamaydi , ularni ezganda “qirsillagan” tovush chiqarishidadir.
Bolalarda pedikulyozni aniqlashda Vud lampasidan ham foydalanish mumkin – tirik sirkalar flyuoressiyalanuvchi havorang yorishish beradi. Pedikulyoz bilan zararlangan bola aniqlanganda, albatta u bilan kontakda boʻlgan shaxslar ham tekshiruvdan oʻtishlari kerak.
Pedikulyoz differensial diagnostikasi – seboreyali dermatit, eshakemi , atopik dermatit, bolalar qichimasi, trixomikoz , birlamchi piodermiya, mikrobli ekzema , impetigo va psoriaz bilan olib boriladi.
Bolalarda pedikulyoz davosi
Pedikulyozning har qanday koʻrinishida bolalarda – bit va uning sirkalariga qarshi preparatlar qoʻllaniladi (ular asosini karbofos , permetrin tashkil etadi). Bu vositalar shampun , emulsiya, losyon , aerozol koʻrinishida, bitlardan butunlay qutulish uchun 1-2 marotaba qoʻllaniladi. Ular yordamida yotoq choyshablari, kiyimlarni tozalash va xonani dezinfeksiya qilish maqsadida foydalansa ham boʻladi.
O‘QING: Bolalarda meningit – sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari
Boshdagi sirkalarni koʻchirishning eng oson yoʻli – sochlarni sirka kislota eritmasini suvda suyultirgan holda yuvish, soʻngra sirkalarni qoʻl bilan terib tashlash yoki taroq bilan tozalab tashlash kerak boʻladi.
Piodermiya holatlarida zararlangan teri sohasi antibakterial mazlar bilan qayta ishlash tavsiya etiladi.
Bolalarda bitliqlik oqibati va profilaktikasi
Bolalarda pedikulyoz zamonaviy vositalar yordamida toʻgʻri davolansa, bit va ularning sirkasidan butunlay qutulishga olib keladi. P edikulyoz qayta kelib chiqishiga sabab – zararlangan joylarda bola bilan kontakda boʻlishning toʻxtatilmasligi natijasida qayta yuqishi boʻlishi mumkin. Bolalarda pedikulyozni oʻz vaqtida davolash bakterial -infeksion asoratlarning oldi olinishini kafolatlaydi ( sepsis , toshmali tif, teri infeksiyalari).
Bolalarda pedikulyoz profilaktikasida – sanitariya-gigiyena madaniyatini oshirish, bolalarga gigiyena qoidalarini oʻrgatish, yotoq choyshablarini muntazam ravishda yuvib turish, bosh va tananing sochli qismlarim jinsiy aʼzolar sohalarini doimo yuvish va ozoda tutish kabilarni tashkil etadi.
Bogʻcha va maktablarda bolalarni pedikulyozni istisno qilish maqsadida tekshirib turish talab etiladi. Bit bilan zararlangan bolalar jamoat joylaridan alohidalanishlari zarur (davo muddati oʻtgunga qadar). Uyda va bolalar muassasalarida muntazam ravishda sanitariya chora tadbirlarini oʻtkazib turish zarur.
Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu – Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.
Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.
Kandidoz (molochnitsa) — sabablari, alomatlari, tashxislash, davolash, oldini olish
Kandidoz (molochnitsa) — zamburug’li infektsiya turlaridan biri, Candida avlodiga mansub mikroskopik achitqisimon zamburug’lar (birinchi o’rinda — Candida albicans) tomonidan chaqiriladi. Ushbu avlodning barcha vakillari shartli-patogen hisoblanadi.
Kandida avlodi mikroorganizmlari ko’pchilik sog’lom kishilarning og’iz, qin va yo’g’on ichak normal mikroflorasi qismi hisoblanadi. Kandidoz kasalligi nafaqat Candida avlodi zamburug’lari mavjudligi bilan, balki ularning ko’p miqdorda ko’payishi va/yoki zamburug’ning ko’proq patogen shtammlarining tushishi bilan bog’liq. Ko’pincha kandidoz umumiy va mahalliy immunitetning pasayishi bilan boshlanadi.
- 1 Etologiyasi
- 2 Epidemiologiya
- 3 Patogenez
- 4 Kandidoz alomatlari va belgilari
- 4.1 Yuzaki kandidozlar
- 4.2 Surunkali, umumiy (granulematoz) kandidoz
- 4.3 Vistseral (tizimli) kandidoz
- 6.1 Erkaklarda kandidozini davolash
- 6.2 Ayollarda qin kandidozini davolash
Etologiyasi
Candida avlodi achitqisimon zamburug’lari takomillashmagan zamburug’lar — deyteromitseta larga mansub. Bemorlar orasida eng ko’p tarqalgan turlari — Candida albicans va Candida tropicalis.
Candida albicans tur achitqisimon zamburug’i — oval yoki dumaloq shakldagi bir hujayrali mikroorganizmlardir. Ular psevdomitseliy (uzunlashgan hujayralardan tashkil topgan iplar), blastosporlar va ayrim xlamidosporalar — ikki qavatli membranali sporalar hosil qiladi. Candida avlodi zamburug’larini chin achitqilardan ajratib turadigan asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
- Psevdomitseliyning mavjudligi;
- Askosporalarning yo’qligi;
- Xarakterli madaniy xususiyatlar.
Epidemiologiya
Ko’pchilik odamlar Candida zamburug’lariga hayotning birinchi yilida duch kelishadi, ba’zi manbalarga ko’ra esa bachadon ichidayoq. Homilaning infektsiyalanishi ehtimoli zamburug’ amniotik suyuqlik, yo’ldosh, kindik qobig’ida aniqlanishi orqali tasdiqlanadi. Keyinchalik chaqaloqlarning Candida zamburug’lari bilan aloqa qilishi tug’ruq yo’llaridan o’tishi davrida, emizish davrida ko’krak bilan aloqada, parvarishlash vaqtida qo’l terisi yoki uy-ro’zg’or buyumlari orqali o’tishida sodir bo’lishi mumkin. Bu zamburug’lar xom go’sht, sut mahsulotlari, sabzavot va mevalarda yetarlicha miqdorda mavjudligi aniqlangan. Zamburug’ manbai, tashuvchilardan tashqari, yosh hayvonlar (buzoqlar, kuchuklar, otlar), shuningdek, parrandalar bo’lishi mumkin.
Kandidoz yuzaga kelishi ko’pchilik grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga qarshi faol bo’lgan keng spektrli kuchli antibiotiklardan foydalanishda yuzaga keladigan tez-tez uchraydigan nojo’ya ta’sir hisoblanadi.
Patogenez
Candida avlodi zamburug’larining patogenlik omillari proteolitik fermentlar va gemolizinlar sekretsiyasi, dermatonekrotik faolligi va yopishqoqligini (epiteliya hujayralariga birikib olish qobiliyati) o’z ichiga oladi. Candida avlodi shartli-patogen zamburug’larida virulentlikning barcha faollashuvini uch guruhga bo’lish mumkin:
- Zamburug’arni tanaga kirishiga yordam beradigan ekzogen omillar (harorat, namlik, kasbiy xavflar);
- Makroorganizmning qarshiligini pasaytiruvchi endogen omillar (endokrin buzilishlar, metabolik kasalliklar, gormonal kontratseptivlarni qo’llash, kortikosteroidli gormonlar, sitostatik vositalar bilan davolanish kurslari);
- Qo’zg’atuvchining patogenligini ta’minlovchi virulent xususiyatlar.
Kandidoz alomatlari va belgilari
Kandidozning namoyon bo’lishi jarayonning joylashuviga bog’liq. Yuzaki va tizimli (vistseral) kandidozlar ajratiladi.
Yuzaki kandidozlar
Yuzaki kandidozlar teri, shilliq qavatlar shikastlanishi, kandidozli onixiya va paronixiyani o’z ichiga oladi.
Achitqili paronixiya va onixiyalar
Paronixiya shish, infiltratsiya, tirnoq bolishlarining giperemiyasi, tirnoq usti terisi (eponixium) yo’qligi bilan ajralib turadi. Tirnoq yon bolishi tirnoq yuzasiga biroz suriladi. Ko’pincha paronixiya va onixiya bir vaqtning o’zida mavjud bo’ladi.
Kandidamikidlar
Kandidamikidlar — ikkilamchi allergik toshma bo’lib, bu patogen va uning hayotiy mahsulotlariga sezilarli darajada sensibilizatsiyadan darak beradi. Polimorf bo’ladi, odatda, eritematoz-skvamoz shishgan dog’lar ko’rinishida, shuningdek, urtikar va bullyoz toshmalar ham bo’lishi mumkin. Kandidamikidlar hosil bo’lishiga subfebrilitet, asosiy o’choqlarda asosiy yallig’lanish jarayonlarining kuchayishi hamrohlik qiladi.
Og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining kandidozi (molochnitsa)
Ushbu shakl yangi tug’ilgan chaqaloqlarda ko’proq uchraydi (lekin har qanday yoshda kuzatilishi mumkin). Yonoq shilliq qavati, shuningdek til va tomoqqa o’tish qismi oqimtir karash bilan qoplanadi (karash tvorogga o’xshatiladi, ya’ni shilliq qavat bola hozirginda tvorog yegan yoki kefir ichganidek ko’rinishda bo’ladi). Agar homiladorlik paytida yoki undan oldin onada qinda shunga o’xshash narsalar kuzatilgan bo’lsa yoki jinsiy a’zo sohasida yoqimsiz his-tuyg’ular (qichish) sezilgan bo’lsa (qin kandidozi), bu kandidoz ekanligiga ishonch komil bo’lishi mumkin. Ko’p hollarda og’iz bo’shlig’i kandidozi o’z vaqtida va to’g’ri davolansa, hech qanday xavf tug’dirmaydi. Agar mahalliy vositalardan foydalanish samarasiz bo’lsa, ushbu jarayonning tabiatini o’rganishga jiddiy yondashish kerak.
Ichak kandidozi
Ichak kandidozi og’ir disbakteriozning turlaridan biri hisoblanadi. Ichakda normal mikroblar yashashi uchun yaroqsiz sharoit yaratilgan hollarda, unda kandidalar ko’payadi. Bu ich ketishi bilan ifodalanadi, ichakda haddan tashqari gaz hosil bo’ladi, axlatda oq aralashmalar mavjud. Kichik bolalar uchun kandidozning bu shakli xavfli bo’lib, ular vazn olish va o’sishdan orqada qolib, ich ketishi vaqtida normal o’sib-rivojlanish uchun zarur bo’lgan vitaminlar va boshqa foydali moddalarni yo’qotadi.
Kandidozli vulvovaginit, balanit va balanopostit
Jinsiy a’zolarning kandidozida ko’p miqdorda oq rangli, tvorogsimon ajralmalar ajraladi, qichish kuzatiladi. Vaginal (qin) kandidoz uchun, boshqa shakllar uchun bo’lgani kabi, shilliq qavatda yashovchi normal mikforlora muvozanatining buzilishi xarakterlidir. Qin kandidozini davolashda, odatda, jinsiy aloqada bo’ladigan hamrohni ham davolash kerakligini inobatga olish kerak, chunki zamburug’ bilan infektsiyalanish qaytalanishi mumkin.
Ayollarda kandidoz belgilari
- Tashqi jinsiy a’zo sohasida achish va qichishish;
- Qindan oq, tvorogsimon ajralmalar kelishi;
- Jinsiy aloqada paytida og’riq;
- Siydik chiqarish paytida og’riq;
- O’tkir, yoqimsiz hid.
Erkaklarda kandidoz (molochnitsa) belgilari
- Olat boshi va kertmak sohasida qichish va achish;
- Olat boshi va kertmakning qizarishi;
- Olat boshida va kertmakda oq karash hosil bo’lishi;
- Jinsiy aloqa vaqtida og’riq;
- Siydik chiqarish paytida og’riq;
- Siydik chiqarish vaqtida spermaga o’xshash oq ajralma chiqishi.
Surunkali, umumiy (granulematoz) kandidoz
Vistseral (tizimli) kandidoz
Ichki organlarning shikastlanishi va kandidozli sepsis rivojlanishi bilan birgalikda kandidoz tarqalishi hollari barcha mamlakatlarda qayd etilgan.
Vaginal kandidozning laboratoriya diagnostikasi
Madaniy tekshirish nafaqat vaginal kandidoz qo’zg’atuvchisini, balki ajratilgan shtammlarning zamburug’larga qarshi preparatlarga sezgirligini ham aniqlashga qaratilgan bo’lishi kerak.
Kandidozni davolash
Ushbu kasallikni davolash uchun ko’plab dori vositalari mavjud. Ulardan ba’zilari mahalliy qo’llaniladi (krem, vaginal shamchalar yoki tabletkalar), ba’zilari esa ichga qabul qilinadi (ichish uchun kapsulalar yoki tabletka). Kandidozni davolash uchun preparatlar:
- Mikonazol;
- Natamitsin (preparat oshqozon-ichak traktida yomon so’rilishi sababli cheklangan ravishda qo’llaniladi);
- Flukonazol;
- Klotrimazol;
- Sertakonazol;
- Nistatin — tetraen guruhning eng dastlabki antimikotiklaridan biri bo’lib, u oshqozon-ichak tizimidan qonga zamonaviy dori-darmonlardan ko’ra yomonroq so’riladi;
- Polijinaks;
- Izokonazol;
- Amfoteritsin B;
- Itrakonazol;
- Siklopiroks;
- Kapril kislotasi;
- Fentikonazol;
- Mikosist;
- Butokonazol (Ginofort).
Tashqi vositalaridan mahalliy qo’llanishda glitserinda 5-10% natriy tetraborat eritmasi ham samaralidir. Kattalarda og’iz shilliq qavati shikastlanganda, glitserinda 20%li natriy tetraborat eritmasi mahalliy qo’llaniladi.
Ba’zi hollarda zamburug’larga qarshi dori vositalariga qo’shimcha ravishda to’ldiruvchi davolash (immunoterapiya, umumiy mustahkamlovchi dori-darmonlar, fizioterapiya va boshqalar), raqobatchi mikroorganizmlarning bakterial preparatlari (sut-achitqi bakteriyalari, laktobakterin, kolibakterin) buyuriladi.
Shuningdek laktuloza saqlovchi prebiotiklar qo’llash ham tavsiya etiladi: Laktusan, Bon-Sante (karamel saqlovchi laktuloza), Dyufalak, Normaze va prebiotik inulin: Kandinorm.
Erkaklarda kandidozini davolash
Kandidozli balanopostitda (olat boshi va kertmakning shikastlanishi) mahalliy davolash yetarli bo’ladi: fentikonazol (Lomeksin 2%) — shikastlangan sohaga kuniga 1-2 marta krem qo’llanishi, kurs 8-10 kun.
Kandidozni davolash keng qamrovli, bosqichma-bosqich bo’lishi, faqat zamburug’lardan qutulishgina emas, balki kasallik rivojlanishiga turtki bo’luvchi omillarini bartaraf etish va hamrohlik qiluvchi kasalliklarni davolashga ham qaratilgan bo’lishi kerak.
Ayollarda qin kandidozini davolash
Kasallikning yengil kechishida mahalliy ta’sir qiluvchi preparatlar, masalan, Lomeksin (fentikonazol) tavsiya etiladi. 1000 mg, bir marta, intravaginal. Masalan, yengil kechuvchi kandidozli vulvovaginitda (qin va tashqi jinsiy a’zolarning shikastlanishi) ba’zan mahalliy davolash yetarli bo’ladi. Og’irroq hollarda, vaginal kandidozning retsidivlarida tizimli va mahalliy antimikotiklardan iborat kombinativ terapiya kerak bo’ladi: flukonazol — og’iz orqali 150 mg va Lomeksin (fentikonazol) 1000 mg intravaginal, bir marta.
Qinda Kandida avlodi zamburug’lari faollashishi paytida anaerob bakteriyalarning o’sishi ham inobatga olinib, tarkibida zamburug’larga qarshi preparatlardan tashqari, nitroimidazol va boshqa antimikrob moddalar (Neotrizol) bo’lgan mahalliy keng spektrli ta’sirga ega dorilardan foydalanish tavsiya etiladi.
Agar ayolda zamburug’li infektsiya retsidivlari muntazam sodir bo’lsa, bu endokrin va boshqa surunkali kasalliklarni tekshirish uchun o’rinli sabab hisoblanadi. Surunkali genital kandidozda odatda yaqin joylashgan a’zolar va organizm tizimlari — siydik pufagi, ichaklar shikastlanishi ham inobatga olinishi kerak.
Shu sababli, to’liq davolanish va qayta kasallanishni oldini olish uchun zamburug’larga qarshi preparatlarni nafaqat mahalliy qo’llash, balki ichga qabul qilish ham kerak. Surunkali shaklli bemorlarni davolash katta qiyinchiliklar tug’diradi. Davolashning samarasizligi doza yoki muddatning yetarli bo’lmasligi, shuningdek, u yoki bu guruhdagi zamburug’larga qarshi dorilarga nisbatan individual past sezgirlik bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Shuning uchun, bunday preparatlarga nisbatan sezgirlikni aniqlash maqsadida bakteriologik tadqiqotlar o’tkazilishi kerak. Shuni esda tutish kerakki, zamburug’lar tezda moslashish va qo’llaniladigan dori-darmonlarga qarshilik shakllantirish qobiliyatiga ega.
Takroriy kandidozda (yil davomida 4 dan ortiq kuchayishlar bo’lsa), hamrohlik qiluvchi infektsiya mavjudligini tekshirib ko’rish kerak va keyinchalik quyidagi davolash usullari qo’llanilishi mumkin:
- Neotrizol yoki Polijinaks vaginal tabletkalari. Kuniga 1 marta 1 tabletkadan, 8-16 kun davomida (ayniqsa qinda nafaqat Kandida avlodi zamburug’lari mavjudligi tasdiqlangan bo’lsa);
- Fentikonazolli vaginal kapsulalar 600 mg: 1- va 4-kunda (ikki kapsula);
- Flukonazol (Diflyukan, Mikosist, Flyukostat) — 150 mg dan ichish uchun, 1-, 4-, 7-kun, keyin 6 oy davomida haftada 1 ta kapsuladan.
- Kandidozning rivojlanishiga sabab bo’lgan holatlarni (qandli diabet, immunitet tanqisligi, gormonal preparatlar bilan davolashni talab qiluvchi kasalliklar) tuzatish.
Qin kandidozi shifokor nazorati ostida davolanadi. Retsidivlarga moyillik, ayniqsa, turtki bo’luvchi omillar mavjud bo’lganda shifokor tomonidan qo’shimcha nazorat va kuzatish zarur.
Kandidozni oldini olish
Zamburug’lar o’sishini oldini olish uchun yaxshi usul tirik sut-achitqi madaniyatini saqlovchi yogurtlar, shuningdek zamburug’larga qarshi yaxshi ta’sirga ega tabiiy mahsulotlar — sarimsoq, propolis, brusnika, greyprfrut, choy daraxti moyi iste’mol qilish kerak.
Kandidozni (ayniqsa qin kandidozini) oldini olish bo’yicha bir qator tavsiyalar mavjud:
- Tasodifiy jinsiy aloqada bo’lishdan saqlanish.
- Tana vaznini me’yorlashtirish — ko’proq meva, sabzavot, achitqi sut mahsulotlari iste’mol qilish. Shakar va boshqa tozalangan uglevodlarni qabul qilishni maskimal darajada cheklash, chunki ular zamburug’lar uchun ozuqa muhiti yaratadi. Achitqisimon yoki mog’or zamburug’lariga sezgirlik bo’lganida, ularni saqlagan mahsulotlardan qochish yaxshi: non, xamirturushli shirin pishiriqlar va mog’orli pishloq.
- Paxtali ichki kiyimidan foydalanish. Sintetik matolar teriga yetarlicha havo o’tkazmaydi. Haroratning ortishi va ter bug’lanishi qiyinlashuvida infektsiya yuzaga kelishi uchun qulay sharoit yaratiladi, shu jumladan, qin kandidozi uchun ham.
- Antibiotiklarni faqat shifokor ko’rsatmasiga ko’ra qabul qilish, bunda shifokorni kandidozga moyillik mavjudligi haqida ogohlantirish kerak, chunki antibiotiklar tabiiy mikroflorani bostiradi va achitqisimon zamburug’lar rivojlanishini rag’batlantiradi.
- Agar jinsiy aloqa paytida lubrikantlardan foydalanilsa, unda faqat suvda eriydiganlarini tanlash kerak.
- Prezervativ va lateksga allergik reaktsiyalar mavjudligida poliuretandan tayyorlangan vositalarni tanlash. Bunday holatda shifokorga borib, bu aniq allergiya, balki boshqa kasallik emasligiga amin bo’lish uchun tekshiruvdan o’tish kerak.
- Kerak bo’lmaganda qinni chaymaslik kerak, bu sog’lom florani yuvilib ketishini oldini oladi.
Gijja
Gelmintlar yoki gijjalar – parazit chuvalchanglar oilasining vakillari bo’lib, odatda inson organizmida yashaydi va uning normal ishlashini buzadi (gelmintoz). Hozirgi vaqtda gelmintlarning 400 ga yaqin turlari ma’lum.
Gijjani davolovchi barcha shifokorlarni ko’rish
Gelmintlar yoki gijjalar – parazit chuvalchanglar oilasining vakillari bo’lib, odatda inson organizmida yashaydi va uning normal ishlashini buzadi (gelmintoz). Hozirgi vaqtda gelmintlarning 400 ga yaqin turlari ma’lum.
Zararlangan organda parazitlarning joylashishiga qarab ularning quyidagi turlari ajratiladi::
- luminal gelmintlar – ichak yo’llarida yashaydi (askaridoz, enterobioz, trixosefalyoz);
- gepatobiliar tizim gelmintlari – o’t pufagi va jigarda yashaydi;
- o’pka gelmintlari – o’pkada yashaydi (paragonimoz, tominksoz);
- to‘qima gelmintlari – mushak va miyada yashaydi (trixinellyoz, shistosomoz);
- oftalmogelmintlar – ko’zlarda yashaydi (filyarioz).
Bulardan eng keng tarqalgan kasalliklar enterobioz, trixosefalyoz va askaridozdir.
Kelib chiqish sabablari
Gijjalar inson organizmiga parazit tuxumlarini iste’mol qilish orqali tushishi mumkin. Parazitlarning tuxumlari kir narsalarga tegilganda, tirnoqlarni tishlaganda, chala yuvilgan meva sa sabzavotlarni yoki chala pishirilgan go`sht va baliq mahsulotlarini iste`mol qilganda odam organizmiga tushishi mumkin, shuningdek, gijjalar uy hayvonlaridan ham yuqishi mumkin.
Kasallik belgilari
Organizmda gelmintlar mavjudligi belgilari turlicha bo`lishi mumkin, bu esa qaysi parazit turi tana ichiga kirganligiga bog`liq. Gelmintoz belgilariga quyidagilar kiradi:
- o‘zini yomon his qilish;
- holsizlik
- allergiya, eshakemi;
- charchoq, ruhiy tushkunlik;
- ishtahaning pasayishi yoki ortishi;
- тошнота;
- qusish;
- qorin bo’shlig’idagi o’tkir og’riqlar;
- uyqu paytida tishlarni g’ijirlatish;
- defekatsiya buzilishi (ich qotishi va buzilishi);
- tez vazn yo’qotish;
- parazitlar va ularning qismlari, shuningdek, tuxumlar axlat bilan chiqariladi;
- orqa chiqaruv teshigi atrofidagi qichishish;
- uyqusizlik.
Parazitlarning turlari har xil bo`lganligi tufayli ular turli organlarga ta’sir qiladi, bu aynan ichaklar va oshqozon-ichak traktining boshqa qismlari bo`lishi shart emas. Agar jigar zararlangan bo’lsa, alomatlar biroz boshqacha bo’ladi: o’ng ko`krak ostida og’riq, teri va ko’z oqining sarg`ayishi, ko’ngil aynish kabilar.
Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldini olish osonroq.
Diagnostika
Har bir holat uchun alohida davolash usulini tayinlash uchun pediatr quyidagi tekshiruvlardan o`tishni buyuradi::
- umumiy axlat tahlili;
- umumiy qon tahlili;
- ichaklarning rentgenogrammasi;
- сanal teshigi atrofidagi terini qirib olish.
Kasallikni davolash
Gelmintozni davolash bir necha usul bilan amalga oshiriladi, jumladan:
- parazitlarga qarshi vositalar;
- sorbentlar;
- fermentlar;
- immunitetni kuchaytiruvchi vositalar;
- gepatoprotektorlar (jigar faoliyatini yaxshilovchi vositalar).
Kerakli ma’lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramizXavfli jihatlari
Agar gelmintoz noto’g’ri davolansa yoki umuman davolanmasa, quyidagi asoratlar paydo bo’lishi mumkin:
- gepatit;
- ichak tutilishi;
- pankreatit;
- terining yiringli yaralari;
- kamqonlik.
Profilaktika
Parazitlarni yuqtirmaslik va kelajakda shifokorga bormaslik uchun, quyidagi tavsiyalarga amal qilish lozim:
- shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;
- meva, sabzavotlar va boshqa oziq-ovqatlarni iste`mol qilishdan oldin yuvish;
- dengiz mahsulotlari, go’sht va baliqlarni iste’mol qilishdan oldin ularga yetarli darajada issiqlik bilan ishlov berish;
- bolalarni nazorat qilish, ularga ifloslangan narsalarni yeyishi yoki og`ziga solishiga qo`l qo`ymaslik.
Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.