Гўдакни массаж қиламиз
Go‘dakning qorin sohasini ehtiyotkorlik bilan soat mili yo‘nalishi bo‘ylab aylana harakat bilan yengil silang.
Ko‘krak sohasini uqalashda barmoq uchlari bilan ohista o‘rtadan qovurg‘a tutashgan joydan boshlab qo‘ltiq ostiga qarab yo‘nalgan harakat bilan silang. Barmoqlaringiz mayin va yengil holda, markazdan yonga qarab harakatlansin.
Oyog‘ining uchini ushlab, ko‘taring va pastdan yuqoriga, tosga qarab tashqi tomonidan silang. Oyoq tagi, panjalarini uqalash o‘ta muhim ekanligini unutmang. Oyoqni ustki va pastki qismlarini yengil silang. Har bir barmoqlarini tagi bilan alohida uqalang.
Go‘dakni qorniga o‘girib, orqa tomonini bo‘yindan dumg‘azagacha va dumg‘azadan bo‘yinga qarab uqalang. Umurtqaning o‘zini uqalash mumkin emas.
Massaj va uning turlari, fiziologik ta`siri.
Massaj va uning turlari, fiziologik ta`siri. Massaj deb maxsus usular bilan organizm to`qilmalariga mexanik ravishida ta`sir qilishga aytiladi. Bir necha xil massaj farq qilinadi:
- Shifobaxsh massaj;
- Gigienik massaj va uning organizmni sog’lomlashtirish va kasalliklarni oldini olish uchun hamda eng ko`p umumiy massaj sifatida qo`llaniladi. Teri funktsiyasini yaxshilovchi kosmetika massaji ham shu turkumga kiradi;
- Sport massaji. uning maqsadi organizmning funktsional imqoniyatlarini oshirish va sportchida charchash alomatlarini bartaraf etishdan iboratdir. Undan (ko`pincha o`z- o`zini massaj qilib) sportchilar sportiv chinikishdan oldin razminka qilishda hamda charchaganda foydalanadi. Massaj va uning turlari, fiziologik ta`siri.
Massajni fiziologik ta`siri
Juda engil va yuzani massaj qilganda ham teri eng sezgi nerv retseplari birinchi galda mexanik ta`sirotdan ta`sirlanadi. Retseptorni ta`sirlanishiga javoban nerv sistemasida; qon limfa aylanishida xilma-xil reflektor reaktsiyalar yuzaga keladi. Massaj refleks yo`li bilan butun organizmga ta`sir ko`rsatadi va hamma organ hamma to`qimalarda turli o`zgarishlarni keltirib chiqaradi deb xisoblanadi. Bu o`zgarishlar darajasi umuman massajning va xususan, uning ayrim usullarining metodikasi hamda texnikasiga bog’liq bo`ladi.
Massaj ta`sirida bosh miya po`stlog’ida tormozlanish protsesslar kuchayadi. Shuni natijasida muolajalardan keyin odamni mudroq bosadi.
Massajning turli usullari uning dozirovkasiga qarab nerv sistemasining qo`zg’aluvchanliligiga xar -xil ta`sir ko`rsatishi mumkin. Chunonchi, silash va ishqalash qo`zg’aluvchanlikni pasaytirsa, shapillatib urish va kaft qirrasi bilan urib chiqish qo`zg’aluvchanlikni kuchaytiradi. Massaj og’riqni qoldirish mumkin. Massaj mexanik ta`sir qilib epidemik po`stlog’ini tushiradi. Massaj tufayli teridagi qon tomirlari kengayadi. Terida qon aylanishi va yog’ hamda ter bezlari funktsiyasi kuchayadi. Massajdan keyin teri qizarib muloyim bo`lib qoladi.
Massaj qilinayotgan teri qismini temperaturasi ko`tariladi.
Massaj ta`sirida oqsillarning terida paydo bo`ladigan parchalanish maxsulotlari (gistamin, atsetilxolin) ham qon aylanishining yaxshilanishiga ma`lum darajada ta`sir qilinishi mumkin.
Massaj muskullariga katta ta`sir ko`rsatadi muskul va tolalarni qisqartirib, muskul xujayralarini o`zida o`zgarishlar paydo qiladi. Muskulning charchashi massaj ta`sirida massajsiz dam olganidan ertaroq bosiladi. Massaj arofiyaga uchragan muskullar xajmini sezilarli darajada kattalashtirib, ish qobiliyatini oshiradi. Muskulga ko`rsatiladigan ta`sir limfa qon oqimining kuchayishiga olib keladi. Bu xususan silash uqalash vaqtida shishlarning surilib ketishiga yordam beradi. Muskullarda rezerf kopilliyarlari ishga tushadi. Bu kopilliyarlarga qo`shimcha qon, demakki kislorod ham keladi. Massaj uqalayotgan joylarda qonning qayta taksimlanishiga ta`sir qilish bilan birga yurak ishiga ham ta`sir ko`rsatadi. Arterial bosim bilan puls sal o`zgaradi.
Massaj ta`sirida oksidlanish protsesslari tezlashadi, azot almashinuvi kuchayadi, bezlarning sekretor funktsiyasi zo`rayadi, siydik ajralishi ham kuchayadi. Massaj olgan odam yaxshi uxlaydi va ishtaxasi ochiladi.
Гўдакни массаж қиламиз
Профилактик даволаш ва даволовчи массаж муолажаси фақат педиатрнинг тавсияси асосида, маҳсус мутаҳассис томонидан бажарилади.
Замонавий клиник изланишлар натижасида массажнинг гўдак организми жисмоний баркамол бўлишида муҳим ўрин эгаллаши тасдиқланди. Массаж тери, ичак аъзолари, умуман олганда гўдакнинг организмига ижобий таъсир қилади. Массаж асаб системасига ижобий таъсир этади, таъсирчан ва асабий гўдакларга профилактик массаж ижобий таъсир этиб, уйқу ва хулқ атворини маромига келтиради. Бу массаж усулини минимал маълумотга эга оиланинг ҳар бир аъзоси бажариши мумкин.
Гўдаклар ҳаётининг биринчи йилида профилактик массаж тавсия этилади, айниқса, иштахасиз, ҳам ҳаракатли, чала туғилган гўдаклар; сунъий озиқлантиришдаги ва кучсиз мушакли гўдаклар; ҳамда касалликдан чиққан гўдаклар учун.
Ўткир ва сурункали патологияларда профилактик массаж тавсия этилмайди. Ҳар қандай ҳолатда ҳам профилактик массажга ўтиш жараёнидан олдин педиатр билан маслаҳатлашиш даркор.
Мутаҳассислар йиғлаб турган гўдакни массаж қилиш тавсия қилишмайди. Авваламбор, гўдакнинг массажга бўлган салбий нисбатини аниқлаб, уни йўқотиш керак. Қўлингиз совуқлиги ёки гўдакнинг қорни оч бўлса йиғлаш эҳтимоли кузатилади; унда қорин оғриқлари, метеоризм таъсирида ёки бошланаётган касаллик олди бўлиши мумкин. Агарда сиз массажни жуда интенсив равишда қилаётган бўлсангиз, бу ҳолат гўдакда оғриқлар пайдо бўлишига олиб келади.
Массаж овқатлантиргандан 30-40 дақиқадан сўнг, яъни бола тинч ва тўйган ҳолатида бошланади. Бу муолажа тахминан 5-20 дақиқалар давом этади. Гўдак териси тоза ва қуруқ бўлиши шарт! Шунинг учун массаждан олдин гўдакни чайинтириш керак ва қуруқлаб артиш лозим. Массаж учун илиқ, тинч ва елвизаксиз жой бўлиши керак. Хона харорати +24-25С бўлиши керак. Гўдак билан биргаликда столда, каравотда ёки ерда жойлашиб, майин мусиқа қўйинг.
Бошлаймиз:
- Қўлларингиз тоза ва қуруқ бўлиши керак. Зебларни (узукларни) ечиб, қўлингизга кераклигича ёғ суртинг. Қўлни ишқалаб қизитинг. Гўдак илиқликни сезиши лозим.
- Массажни гўдак бошидан бошланг. Бармоқ учлари билан юз ва томоқни майин уқаланг. Қулоқларни, қош чизиқларини, қош оралиғидан чаккага майин сийпаланг, бурун ва лабни “чизинг”.
- Соат нили йўналиши бўйича гўдак қорнини енгил ҳаракатлар билан силанг. Жигарни (ўнг қовурға тагида) массаж қилиш тавсия этилмайди.
- Эҳтиёткорлик билан гўдак кўкрагини уқаланг. Ҳаракатларни марказдан ёнга қараб кўкрак қафасини эзмасдан амалга оширинг.
- Гўдак қўлларига ўтинг. Гўдак панжасини ушлаб қўлини кўтаринг, панжадан елкага қараб силанг.
- Оёқларга ўтинг. Оёқ тагини ушлаган ҳолда оёғини кўтаринг ва тагидан тозга қараб ташқи томонидан силанг.
- Оёқ тагини массажи айниқса муҳим. Оёқни устки ва пастки қисмларини нозик силанг. Ҳар бир бармоқларни алоҳида уқаланг.
- Гўдакни қорнига ўгириб, орқасини бўйиндан думбага ва аксинча силанг.
- Массаждан сўнг гўдакни иссиқ кийинтириб, дам олдиринг.
Қўлларингиз гўдак танасида енгил ҳаракатланиши керак. Массажни амалга ошириш учун гўдак ёғидан фойдаланинг, у қўлларингиз енгил ва сирғалувчан ҳаракатини таъминлайди, гўдак терисини эса намлантиради. Массаж вақтини шундай белгилангки, сизга ҳеч ким ва ҳеч нарса ҳалал бермасин. Ҳеч қаерга шошилишингиз керак эмас, фарзандингиз эса бутунлай бўшашишга тайёр бўлиши керак.
Профилактик массаж гўдак билан қўшимча мулоқот учун ажойиб имкониятдир.
Go‘daklarda uqalash (massaj) muolajasi
Go‘dakda displaziya, bo‘yin qiyshiqligi, yassioyoqlik, tos suyaklaridagi tug‘ma nuqsonlar aniqlangan bo‘lsa, uqalash eng yaxshi davo chorasi hisoblanadi. Aksariyat yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda gipertonus, oyoq va qo‘l barmoqlarining bukilishida muammolar kabi nevrologik xastaliklar kuzatilganda, pediatr tomonidan davolovchi uqalash tavsiya etiladi va bunday muolajalar uqalovchi hamshira tomonidan amalga oshirilishi lozimligini unutmasligimiz kerak.
Kasalliklarni oldini olish uchun…
Mutaxassislar uqalashning profilaktik usulini go‘dakning kundalik parvarishiga kirishi shart bo‘lgan muolajalardan biri deb hisoblashadi. Bunday uqalashni onalar mutaxassis bilan maslahatlashgan holda uy sharoitida amalga oshirishsa bo‘ladi.
Nimalarni bilish muhim? Profilaktik uqalash bola tug‘ilgan kundan boshlab 3 yoshga to‘lguniga qadar davom ettirilgani ma’qul. Yengil, to‘g‘ri yo‘naltirilgan profilaktik massaj go‘dakning jismoniy va ruhiy rivojlanishini ta’minlaydi, oshqozon-ichak faoliyati va nafas olishining yaxshilanishi, immunitetining kuchayishi, moddalar almashinuvi faollashishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Uqalashdan so‘ng bola tanasida qon aylanishi tezlashadi, ishtahasi ochiladi, asablari tinchlanib, yaxshi uxlaydi.
Go‘dakni massaj qilishdan oldin onalar bola organizmining anotomik-fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olishi lozim. Masalan o‘ta nozik sohalar – jigar usti (o‘ng qovurg‘a tagi) va jinsiy a’zolar, ko‘krak uchlari massaj qilinmaydi. Tos sohasining ichki tomonida juda ko‘p nerv tolalari joylashgani bois, bu sohani uqalamagan ma’qul.
Bola yig‘layotganda, qorni ochligida yoki biror joyi og‘rib turganda, shuningdek go‘dak terisida yiringli jarohatlar mavjud bo‘lsa, u yurak yetishmovchiligi bilan tug‘ilgan hollarda yoki xastalik sababli jigari kattalashganda uqalab bo‘lmaydi. Tana harorati ko‘tarilganda tuzalguniga qadar uqalash muolajasi to‘xtatib turiladi.
Profilaktik uqalashdan oldingi tayyorgarlik:
Massaj qilinadigan xona yorug‘, toza, iliq, yelvizaksiz, havo harorati +22-25C oralig‘ida bo‘lsin.
Massaj uchun uydagi eng qulay joyni tanlang. Bu divan, krovat, stol usti bo‘lishi mumkin. Mayin musiqa qo‘yishingiz mumkin. Bolaning eng yaxshi ko‘rgan bir, ikki dona kichikroq o‘yinchog‘ini oldiga qo‘yib qo‘ying.
Bola ovqalangandan so‘ng 30- 40 daqiqa o‘tgach massajni boshlasangiz bo‘ladi.
Massaj paytida bolaning terisi toza va quruq bo‘lsin. Uning terisiga mos bo‘lgan yog‘ yoki kremni tayyorlab qo‘ying.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Issiqda toshmalar toshsa, qanday chora ko‘rish kerak?
Uqalashni boshlaymiz:
Bolani yechintirib, tayyorlangan joyga yotqizing. Uning kayfiyati yaxshi bo‘lishi lozim, shunda u massajdan bezovta bo‘lmaydi.
Uqalash paytida barmoqlaringiz go‘dak tanasida yengil harakatlanishi uchun qo‘lingizni yog‘lab oling va ishqalab qiziting. Chunki go‘dak seskanmay, iliqlikni sezishi lozim.
Uning yuzi va tomog‘ini barmoq uchlari bilan yengil mayin uqalang. Qoshi, qosh oralig‘ini chakkasi tomon sari mayin siypalang. Burun va labini chizganga o‘xshab, so‘ngra quloqlarini sekin massaj qiling.
Go‘dakning qorin sohasini ehtiyotkorlik bilan soat mili yo‘nalishi bo‘ylab aylana harakat bilan yengil silang.
Ko‘krak sohasini uqalashda barmoq uchlari bilan ohista o‘rtadan qovurg‘a tutashgan joydan boshlab qo‘ltiq ostiga qarab yo‘nalgan harakat bilan silang. Barmoqlaringiz mayin va yengil holda, markazdan yonga qarab harakatlansin.
Oyog‘ining uchini ushlab, ko‘taring va pastdan yuqoriga, tosga qarab tashqi tomonidan silang. Oyoq tagi, panjalarini uqalash o‘ta muhim ekanligini unutmang. Oyoqni ustki va pastki qismlarini yengil silang. Har bir barmoqlarini tagi bilan alohida uqalang.
Go‘dakni qorniga o‘girib, orqa tomonini bo‘yindan dumg‘azagacha va dumg‘azadan bo‘yinga qarab uqalang. Umurtqaning o‘zini uqalash mumkin emas.
Qo‘shimcha tavsiyalar:
Uqalash bola ovqatlangandan so‘ng 40 daqiqa 1 soat o‘tgach bajarilgani ma’qul. Cho‘milish va sayrga esa massajdan ikki soat o‘tgandan so‘ng olib chiqsangiz bo‘ladi.
Sovuq fasllarda massaj paytida bolani butunlay yechintirib qo‘ymagan ma’qul.
Muolaja paytida go‘dakning terisini kuzatib turing. Teri o‘ta qizarishi, ko‘karishi yoki og‘riq sezib, yig‘lashi yaxshi emas. Bolani bir necha kun massaj qilishda terisiga surtilgan krem yoki yog‘ nafas oluvchi to‘qimalarini berkitib qo‘yadi. Terida turli xil toshmalar paydo bo‘lmasligi uchun bolani cho‘miltirib turing.
Profilaktik uqalash bir kunda 3-4 marotaba 4-7 daqiqa davom etadi, davolovchi uqalash esa bir kunda bir marotaba 15 daqiqa qilinadi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Bolalarda sil kasalligi qanday kechadi?
Dilfuza TURDIYEVA, pediatr,
tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Barno TOSHMUHAMMЕDOVA,
shifokor-neonatolog.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.