Press "Enter" to skip to content

Gijjaga qarshi uy sharoitida oddiy usullar va xalq tabobati usullari

Gijjalar ta’sirida ichki a’zolar birmuncha ifloslanadi, himoya kuchi bo‘shashadi. Shu bois bunda tozalanmagan, tuyilgan suli (ovyos) damlamasi naf beradi: 1 l qaynoq suvga 1 piyola suli doni solib, 20 daqiqa qaynatiladi. Ta’bga ko‘ra, damlamaga asal qo‘shib ichish mumkin. Shuningdek, 2 dona limon, sarimsoqpiyoz yoki yerqalampir (xren)dan salat tayyorlab iste’mol qilinadi.

Gijja

Gelmintlar yoki gijjalar – parazit chuvalchanglar oilasining vakillari bo’lib, odatda inson organizmida yashaydi va uning normal ishlashini buzadi (gelmintoz). Hozirgi vaqtda gelmintlarning 400 ga yaqin turlari ma’lum.

Gijjani davolovchi barcha shifokorlarni ko’rish

Gelmintlar yoki gijjalar – parazit chuvalchanglar oilasining vakillari bo’lib, odatda inson organizmida yashaydi va uning normal ishlashini buzadi (gelmintoz). Hozirgi vaqtda gelmintlarning 400 ga yaqin turlari ma’lum.

Zararlangan organda parazitlarning joylashishiga qarab ularning quyidagi turlari ajratiladi::

  • luminal gelmintlar – ichak yo’llarida yashaydi (askaridoz, enterobioz, trixosefalyoz);
  • gepatobiliar tizim gelmintlari – o’t pufagi va jigarda yashaydi;
  • o’pka gelmintlari – o’pkada yashaydi (paragonimoz, tominksoz);
  • to‘qima gelmintlari – mushak va miyada yashaydi (trixinellyoz, shistosomoz);
  • oftalmogelmintlar – ko’zlarda yashaydi (filyarioz).

Bulardan eng keng tarqalgan kasalliklar enterobioz, trixosefalyoz va askaridozdir.

Kelib chiqish sabablari

Gijjalar inson organizmiga parazit tuxumlarini iste’mol qilish orqali tushishi mumkin. Parazitlarning tuxumlari kir narsalarga tegilganda, tirnoqlarni tishlaganda, chala yuvilgan meva sa sabzavotlarni yoki chala pishirilgan go`sht va baliq mahsulotlarini iste`mol qilganda odam organizmiga tushishi mumkin, shuningdek, gijjalar uy hayvonlaridan ham yuqishi mumkin.

Kasallik belgilari

Organizmda gelmintlar mavjudligi belgilari turlicha bo`lishi mumkin, bu esa qaysi parazit turi tana ichiga kirganligiga bog`liq. Gelmintoz belgilariga quyidagilar kiradi:

  • o‘zini yomon his qilish;
  • holsizlik
  • allergiya, eshakemi;
  • charchoq, ruhiy tushkunlik;
  • ishtahaning pasayishi yoki ortishi;
  • тошнота;
  • qusish;
  • qorin bo’shlig’idagi o’tkir og’riqlar;
  • uyqu paytida tishlarni g’ijirlatish;
  • defekatsiya buzilishi (ich qotishi va buzilishi);
  • tez vazn yo’qotish;
  • parazitlar va ularning qismlari, shuningdek, tuxumlar axlat bilan chiqariladi;
  • orqa chiqaruv teshigi atrofidagi qichishish;
  • uyqusizlik.

Parazitlarning turlari har xil bo`lganligi tufayli ular turli organlarga ta’sir qiladi, bu aynan ichaklar va oshqozon-ichak traktining boshqa qismlari bo`lishi shart emas. Agar jigar zararlangan bo’lsa, alomatlar biroz boshqacha bo’ladi: o’ng ko`krak ostida og’riq, teri va ko’z oqining sarg`ayishi, ko’ngil aynish kabilar.

Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldini olish osonroq.

Diagnostika

Har bir holat uchun alohida davolash usulini tayinlash uchun pediatr quyidagi tekshiruvlardan o`tishni buyuradi::

  • umumiy axlat tahlili;
  • umumiy qon tahlili;
  • ichaklarning rentgenogrammasi;
  • сanal teshigi atrofidagi terini qirib olish.

Kasallikni davolash

Gelmintozni davolash bir necha usul bilan amalga oshiriladi, jumladan:

  • parazitlarga qarshi vositalar;
  • sorbentlar;
  • fermentlar;
  • immunitetni kuchaytiruvchi vositalar;
  • gepatoprotektorlar (jigar faoliyatini yaxshilovchi vositalar).

Kerakli ma’lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz

Xavfli jihatlari

Agar gelmintoz noto’g’ri davolansa yoki umuman davolanmasa, quyidagi asoratlar paydo bo’lishi mumkin:

  • gepatit;
  • ichak tutilishi;
  • pankreatit;
  • terining yiringli yaralari;
  • kamqonlik.

Profilaktika

Parazitlarni yuqtirmaslik va kelajakda shifokorga bormaslik uchun, quyidagi tavsiyalarga amal qilish lozim:

  • shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;
  • meva, sabzavotlar va boshqa oziq-ovqatlarni iste`mol qilishdan oldin yuvish;
  • dengiz mahsulotlari, go’sht va baliqlarni iste’mol qilishdan oldin ularga yetarli darajada issiqlik bilan ishlov berish;
  • bolalarni nazorat qilish, ularga ifloslangan narsalarni yeyishi yoki og`ziga solishiga qo`l qo`ymaslik.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.

Gijjaga qarshi uy sharoitida oddiy usullar va xalq tabobati usullari

Ko‘pchilik qorindagi “hayvonot bog‘i” – “zoopark”dan bezor bo‘lib, davo chorasini izlashga tushadi. Gijjalarni zoopark deb atashimizga sabab kishi organizmida ularning 250 dan ortiq turi (!) parazitlarcha hayot kechiradi. Kishi organizmi ularning yashashi uchun juda qulay bo‘lgan issiq va shinamgina “uyadir”. Parazit – bu boshqa organizm hisobiga yashovchi organizm, ya’ni tekinxo‘rlar bo‘lib, to‘qimalar bus-butunligiga jarohat yetkazadi. Ular kishilardagi oziq moddalar, kichik ma’danlar va darmon-dorilarni yeb-yutib, o‘zidan zararli moddalarni chiqaradi. Natijada kishi organizmi zaharlanib, moddalar almashinuvi buziladi. Pirovardida, organizmning kasalliklarga qarshi kurash qobiliyati pasayadi.

  • Kattalarda gijjani davolash
  • Gijjaga qarshi eng samarali dori vositalari
  • Bolalarda gijjani davolash

Kattalarda gijjani davolash

Gijjaga qarshi kurashda, avvalo, davolashdan oldin organizmni tozalash talab etiladi. Oddiy usuli – tuzli surgi omili ichish darkor. Bundan tashqari, a’zoi tanani tozalash uchun xalq tabobati usuli yaxshi naf keltiradi. Xususan:

Itjumrut (krushina) po‘stlog‘i, zubturum (bargizub, podorojnik) bargi, yalpiz bargi, momaqaymoq ildizi, makkajo‘xori popugi (kukuruznie rilsa), qushtoron (sporish) o‘tidan teng miqdorda olib, omuxta qilinadi. Uning 1 choy qoshig‘i ustiga 200 ml qaynoq suv quyiladi. Keyin 50-60 ml.dan kuniga 3 mahal taomdan oldin ichiladi.

Momaqaymoq (oduvanchik) ildizi, yalpiz bargi, sano (aleksandriskiy list, senna) bargi, itjumrut po‘stlog‘i, makkajo‘xori popugi, qirqbo‘g‘in (xvosh) o‘tlaridan teng miqdorda olib aralashtiriladi. Yig‘ma choydan 1 choy qoshiq olib, 200 ml qaynoq suvga solinadi, yarim soat damlanadi. 50 ml.dan kuniga 3 mahal qabul qilinadi.

Beda o‘ti, momaqaymoq ildizi, tirnoqgul (kalendula, nogotki), na’matak (shipovnik) mevalari, buldurg‘un (malina) bargi, chayono‘t (qichitqi o‘t, krapiva) o‘tlari teng ulushda olib aralashtiriladi va 1 choy qoshig‘i 200 ml qaynoq suvga solib, damlashga qo‘yiladi. Keyin kuniga 30 ml.dan 3 mahal ichiladi.

Moychechak (romashka) va bo‘znoch (o‘lmaso‘t, bessmertnik) gullari, dalachoy (zveroboy) o‘ti, qulupnay barglaridan 100 g.dan olinadi-da yig‘ma choy hosil qilinadi. Undan 1 osh qoshiq olib, 0,5 l qaynoq suvga solinadi, yarim soat damlanadi va unga 1 choy qoshiq asal qo‘shiladi. Har kuni 2 marta – ertalab va kechki payt 1 piyoladan iliq holida ichiladi.

Yuqorida zikr etilgan yig‘ma choylar moddalar almashinuvini maromiga keltiradi, yengil peshob haydovchi, surgi sifatida ta’sir etib, tanani tozalaydi. Yig‘ma choylarni 21 kun mobaynida qabul qilish shart. Aks holda, davolash yaxshi natija bermaydi.

Gijjalar ta’sirida ichki a’zolar birmuncha ifloslanadi, himoya kuchi bo‘shashadi. Shu bois bunda tozalanmagan, tuyilgan suli (ovyos) damlamasi naf beradi: 1 l qaynoq suvga 1 piyola suli doni solib, 20 daqiqa qaynatiladi. Ta’bga ko‘ra, damlamaga asal qo‘shib ichish mumkin. Shuningdek, 2 dona limon, sarimsoqpiyoz yoki yerqalampir (xren)dan salat tayyorlab iste’mol qilinadi.

A’zoi tana shu yo‘sinda tozalab tayyorlangach, davolash jarayoniga o‘tiladi. Agarda shunday qilinmasa, bir muddat o‘tgach, gijjalar yana “mehmon”ga keladi.

Gijjaga qarshi eng samarali dori vositalari

Shuningdek, gijjaga qarshi zamonaviy dori vositalari, aytaylik, dekaris, pirantel, antigelmint, fenabal, fenasal, albendazol va boshqalardan ham foydalanish mumkin. Faqat dori vositasi gijja turlariga qarab tanlanadi. Dori omillarini shifokor-mutaxassis buyuradi. Shu bilan birga, gijjalarni yo‘qotishda turkona malhamlar ham yaxshi asqatadi. Xususan:

1 g kukun holiga keltirilgan dastarbosh (pijma) guli, 0,2 g ermon (polin) o‘ti, 1 g bo‘yimodaron (tisyachelistnik) o‘ti olinib, obdan aralashtiriladi. Bu yig‘ma choy 200 ml qaynoq suvda yarim soat davomida damlanadi. 3 kun mobaynida damlama qabul qilingach, to‘rtinchi kundan dozasi, ya’ni me’yori 3 marotaba oshirilib, keyin haftada bir marta ichib turiladi.

Bolalarda gijjani davolash

100 g sabzi urug‘i, 500 g asal olib, omuxta qilinadi. Shundan kuniga 1 choy qoshiqdan 2 mahal berib turiladi.
Achchiq tarvuz (Abu jahl tarvuzi) shirasidan kuniga 2 osh qoshiqdan 2 mahal, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 choy qoshiqdan 1 mahal berilsa, gijjalardan asar ham qolmaydi.

Bo‘znoch guli, ermon o‘ti, itjumrut po‘stlog‘idan teng miqdorda olib aralashtiriladi. 1 choy qoshiq yig‘ma choyni 200 ml qaynoq suvda damlab, 100 ml.dan 2 mahal (erta va kechki payt) 6 kun mobaynida ichiladi. Yettinchi kuni ertalab oshqovoq urug‘laridan yoshga qarab kattalar uchun 300 g, bolalar uchun 50-75 g.dan qabul qilinadi.

Yong‘oq mevasining spirtli 1:10 nisbatdagi tindirmasi 1 tomchidan kuniga 1 mahal 100 ml suvda eritib ichiladi. Tomchi miqdori har kuni oshirib boriladi: ikkinchi kuni 2 tomchi, uchinchi kuni 3 tomchi… – shu tariqa 5 kun ichiladi. Oltinchi kundan esa 2 choy qoshiq tindirmani 1 piyola – 200 ml suvga solib, haftada 1 marta qabul qilinadi. Keyin maydalangan ermon o‘ti kukuni quyidagicha ichiladi: birinchi kun 1/5 choy qoshiq, to‘rtinchi kundan yarim choy qoshiq, 14 kun yarim osh qoshiqdan kuniga 3-4 mahal ichiladi. So‘ng yarim osh qoshiqdan haftada 1 mahal ichib turiladi.

Agarda yuqoridagi giyohlarni tayyorlashga erinsangiz, sarimsoqpiyoz spirtli tindirmasi sizga qo‘l keladi: maydalangan besh bosh o‘rtacha kattalikdagi sarimsoqpiyoz 0,5 l aroqqa qo‘shiladi. Keyin kuniga 30 tomchidan 50 ml suvda eritib ichiladi. Oradan 3 kun o‘tgach, surgi dori ichish talab etiladi.

Davolanish jarayonida parhezga rioya qilish darkor. Qand-qurs, go‘sht, sutli mahsulotlar va shirinliklar iste’molini vaqtincha kamaytirish lozim.

Mirzamir Mirzasharipov, dorishunos.
«Shifo-info» gazetasi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.